Научная статья на тему 'MAKKAJO‘XORI UNUVCHANLIGINI OSHIRISHDA ULTRABINAFSHA NURNING O‘RNI'

MAKKAJO‘XORI UNUVCHANLIGINI OSHIRISHDA ULTRABINAFSHA NURNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Биотехнологии в медицине»

CC BY
7
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Makkajo‘xori urug’i / kvartlash metodi / ultrabinafsha nur / urug’ini unuvchanligi / biometrik ko‘rsatkichlar / urug’ning kimyoviy tarkibi / biosintetik jarayonlar / genetik zaxirlari / ildiz va tana uzunligi.

Аннотация научной статьи по биотехнологиям в медицине, автор научной работы — Yusupov Dilshod Rashidovich, Otaxonov Xusan Raxmatjon O‘g’li

Maqolada makkajo‘xori unuvchanligini oshirishda uning biologik ko‘rsatkichlarini elektrotexnologik usulda ya’ni ultrabinafsha nurning turli xil diapazonlarida (253.7 va 300 nm) ta’sir qilib elektr avjlantirish, zararsizlantirish xisobiga unuvchanlik darajasini, o’suvchanlik, ildiz va tana qismidagi o‘zgarishlarni o’rganish bo’yicha amaliy tadqiqot natijalari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKKAJO‘XORI UNUVCHANLIGINI OSHIRISHDA ULTRABINAFSHA NURNING O‘RNI»

UDK 631.53.027.325

MAKKAJO'XORI UNUVCHANLIGINI OSHIRISHDA ULTRABINAFSHA NURNING O'RNI

*Yusupov Dilshod Rashidovich, 2Otaxonov Xusan Raxmatjon o'g'li

1Namangan muxandislik qurilish instituti PhD, dotsent 2Toshkent davlat texnika universiteti Qo'qon filiali doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11477302

Annotatsiya. Maqolada makkajo'xori unuvchanligini oshirishda uning biologik ko'rsatkichlarini elektrotexnologik usulda ya'ni ultrabinafsha nurning turli xil diapazonlarida (253.7 va 300 nm) ta'sir qilib elektr avjlantirish, zararsizlantirish xisobiga unuvchanlik darajasini, o'suvchanlik, ildiz va tana qismidagi o'zgarishlarni o'rganish bo'yicha amaliy tadqiqot natijalari keltirilgan.

Kalit so'zlar: Makkajo'xori urug'i, kvartlash metodi, ultrabinafsha nur, urug'ini unuvchanligi, biometrik ko'rsatkichlar, urug'ning kimyoviy tarkibi, biosintetik jarayonlar, genetik zaxirlari, ildiz va tana uzunligi.

Annotatsiya. В статье представлены результаты практического исследования по повышению плодородия кукурузы электротехнологическими методами, т.е. воздействия ультрафиолета разных диапазонов (253,7 и 300 нм) на уровень плодородия, роста и изменений в корне и теле. части.

Ключевые слова: Семена кукурузы, метод четвертования, ультрафиолетовое излучение, всхожесть семян, биометрические параметры, химический состав семян, биосинтетические процессы, генетические ресурсы, длина корня и тела.

Annotation. The article presents the results of a practical study on increasing the fertility of corn by electrotechnological methods, i.e., the effects of different ranges of ultraviolet light (253.7 and 300 nm) on the level of fertility, growth, and changes in the root and body parts.

Key words: Maize seed, quartering method, ultraviolet light, seed germination, biometric parameters, chemical composition of seed, biosynthetic processes, genetic resources, root and body length.

Kirish. Jahon miqyosida aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlalshda agrar sohaning o'rni va ahamiyati kundan-kunga oshib bormoqda.Jumladan, mamlakatimizda ham mavjud resurs va imkoniyatlardan oqilona foydalanib, aholining qishloq xo'jalik mahsulotlari bilan kafolatli ta'minlash,hosildorlik va manfatdorlikni yanada oshirish, sohaga ilm-fan yutuqlari hamda zamonaviy yondashuvlar joriy etish dolzarb masalasidir.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 29 dekabr kuni Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasida, kambag'allikni qisqartirish va qishloq aholisi daromadlarini ko'paytirish eng tez natija beradigan omil bu- qishloq xo'jaligida hosildorlik va samaradorlikni keskin oshirish ekanligini alohida ta'kidlab o'tdilar [1].

So'nggi yillarda qishloq xo'jaligi maxsulotlari mahsuldorligini oshirish amaliyotida donli ekinlar, sabzavotlar, dukkakli ekinlar va ularning urug'lariga kimyoviy usulda ishlov berish ishlari keng miqyosida jadallashmoqda, lekin insoniyat uchun esa ekologik sog'lom mahsulot muhimdir. Dunyo olimlari tomonidan kimyoviy usuliga qaraganda soddaroq kimyoviy moddalardan xoli bo'lgan ekologik toza yuqori samaradorlikka ega erisha oladigan zararsiz usullarni joriy etish ustida izlanmoqdalar. Hozirga kelib, elektrofizik usulda urug'ga va o'simlikka ta'sir qilish faol tadbiq etila boshladi [2].

Ultrabinafsha nur xar bir tirik organizm uchun kerakli bo'lgan muxim omillardan biri hisoblanadi. Har xil turdagi nurlanishlarning ta'sirlari va uzoq vaqt davomida o'tkazilgan tajribalarning ijobiy natijalari qaramay, bu boradagi ishlar natijalari qishloq xo'jaligida foydalanish samarasi haqida hali aniq fikrlar mavjud emas[3,4].

Makkajo'xori urug'lari, barcha o'simlik urug'lari kabi, turli xil kimyoviy elementlard an iborat. Makkajo'xori urug'larida mavjud asosiy elementlarga 4.3-5% moy, murtagida 10% moy, 65-83% kraxmal, 8-13% oqsil, 1.4% kul, 10.6% to'qima kiradi. Bu elementlar makkajo'xori urug'ida mavjud bo'lgan uglevodlar, lipidlar, oqsillar va nuklein kislotalar kabi biologik molekulalarning tuzilishi va faoliyati uchun zarurdir. Ushbu asosiy elementlarga qo'shimcha ravishda, makkajo'xori urug'lari fosfor (P), kaliy (K), kaltsiy (Ca), magniy (Mg), oltingugurt (S), temir (Fe), marganets (Mn) sink (Zn) kabi boshqa elementlarni ham o'z ichiga oladi. Bu elementlar turli xil fiziologik jarayonlarda, jumladan, ferment faollashuvida, fotosintezda, ozuqa moddalarini o'zlashtirishda va urug'larning rivojlanishida hal qiluvchi rol o'ynaydi. Bu jarayonni ya'ni urug'ni biologik jarayonini tezlashtirish uchun ultrabinafsha nur (UV) ta'sirlari orqali tadqiqot ishlarini amalga oshirib kelinmoqda. [5]

Urug'larning ultrabinafsha (UV) nurlanishida hujayraning biologik membranasining o'tkazuvchanligi o'zgaradi, bu esa dastlabki o'sish jarayonlarini rag'batlantirishga olib keladi. UV nurlanishi natijasida lipidlarning oksidlanish darajasi, pH va ATF(adenozintrifosfatom) faolligi o'zgaradi, bu esa urug'larning energiya salohiyatini oshirishga olib keladigan bioenergetik va biosintetik jarayonlarning kuchayishiga olib keladi.

Tajriba. Tadqiqot TDTU QF "Elektr texnologiyalari" kafedra laboratoriyasida olib borildi. Tadqiqot ishida makkajo'xorining "O'zbekiston 601" "O'zbekiston 300" navlaridan foydalanildi.

Tadqiqotni tajriba sharoitida olib borishda, makkajo'xori urug'larining elektr avjlantirish hisobiga unib chiqishi va o'sish energiyasini oshirish uchun urug'ga ultrabinafsha nur bilan ta'sir qilingan variantlar fenologik kuzatishlar asosida o'rganildi. Tadqiqot jarayonida urug'larni kvartlash metodidan foydalanib variantlarga ajratib olindi. Har variant uchun urug' 30 donadan qilib olindi. Urug'larni turli xil me'yorlar asosida ishlov berilgan variantlar termostat (iqlim kamerasi)ga joylashtirib, namlik va harorat datchigi orqali nazorat qilib turildi. Har kuni fenologik kuzatishlar amalga oshirildi. Tadqiqot natijalari 10-kunga kelganda va nazorat hamda

variantlardagi farqlar 1-jadvalga kiritildi. ■

1-Rasm. Makkajo'xori urug'ini unuvchanligini tajriba sharoitida aniqlash.

Yuqoridagi rasmda tajribaning, nazorat va nurlatilgan variant asosida urug'ning unuvchanligi aniqlangan. 253.7 va 300nmda makkajo'xori urug'i nurlatildi, bunda lampalarni quvvatlarini oshirib turli xil variantlar asosida tajriba olib borildi.

1-jadval. Makkajo'xori urug'lariga elektrotexnologik ishlov berish orqali ko'chatlarning biometrik ko'rsatkichlariga ta'siri

№ Variantlar (253.7+300) P UBN da ishlov berish vaqti, min H Urug' soni Unuvchanlik % Ildiz uzunligi o'rtachasi (sm) Tana uzunligi o'rtachasi (sm) Ildiz soni (ta)

1. Nazorat - 30 83 11.7 5.1 3

2. 30+30 6 10 30 96 19.7 12.1 5

3. 30+60 6 10 30 96 16.4 8.8 4

4. 30+90 6 10 30 96 17 11 4

5. 60+60 6 10 30 93 16 6 4

6. 60+90 6 10 30 96 17.6 8.6 4

7. 90+90 6 10 30 93 17.1 7.3 3

Xulosa. O'tkazilgan tajribadan olingan ma'lumotlarning tahlili asosida quyidagilarni xulosa qilish mumkin. Makkajo'xorini "O'zbekiston 601", "O'zbekiston 100" navli urug'ini ekishdan oldin urug'ga balandligi 10 sm, quvvati P=60Wt va ishlov berish vaqti 6min davomida ultrabinafsha nur berilganda, V-2 dagi urug'ning biologik ko'rsatkichlarda ijobiy natijalar aniqlandi. Ushbu olingan ko'rsatkichlar nazoratga nisbatan solishtirilganda V-2 dagi nurlatilgan urug'larning ildiz uzunligi V-1 natijalariga qaraganda 8 sm uzun hamda ildiz soni esa 1-2 taga oshganligini aniqlandi. Bundan tajriba sinov qishloq xo'jaligida makkajo'xori donini va silos tayyorlashda qo'llab hosildorlikni oshirishda tavsiya etiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Makkajo'xori yetishtirish[Matn]:ilmiy nashr / "Agrobank"ATB.-Toshkent: "Tasvir" nashriyot uyi,2021. -76b.

2. Долговых, О. Г. Влияние лазерной обработки на семена яровой пшеницы Ирен- / О. Г. Долговых, В. В. Красилников, Р. Р. Газтдинов // Инженерный вестник Дона. - 2012. - № 4(2). - С. 2-4.

3. Казакова, А. С. Влияние предпосевной обработки семян ярового ячменя электромагнитным полем переменной частоты на их посевные качества / А. С. Казакова, М. Г. Федорищенко, П. А. Бондаренко // Межвузовский сб. науч. тр. - Зерноград: ФГОУ ВПО АЧГАА, 2005. - С. 207-210

4. Ксёнз, Н. В. Анализ электрических и магнитных воздействий на семена / Н. В. Ксёнз, С. В. Качешвили // Механизация и электрификация сельского хозяйства. - 2000. -№5. - С. 30

5. D.R.Yusupov, X.R.Otaxonov- Makkajo'xori maxsuldorligini oshirishda urug'larga elektrotexnologik ishlov berish. INNOVATIONS IN TECHNOLOGY AND SCIENCE EDUCATION- ISSN 2181-371X, 2023. 1486-1492b.

6. D.R.Yusupov, X.R.Otaxonov- Makkajo'xori maxsuldorligini oshiruvchi elektravjlantirish texnologiyasi. Mexanika Va Texnologiya Ilmiy Jurnali, 2023, №3(12). 165-170b.

7. D.R.Yusupov, X.R.Otaxonov- Makkajo'xori ekishdan oldin unuvchanligini oshirish elektrotexnologiyasi. "Innovatsion texnika va texnologiyalarning qishloq xo'jaligi -oziq -ovqat tarmog'idagi muammo va istiqbollari" mavzusidagi III Xalqaro ilmiy-texnik anjumani, 2023, 402-404b.

8. D.R.Yusupov, X.R.Otaxonov- Makkajo'xori o'simligini zararkunandalardan tozalashning elektrotexnologiyasi. "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish: muammo va yechimlar" mavzusidagi Respublika miqyosidagi ilmiy-texnik anjumani, 2023, 319-322b.

9. Michurin, I. V. To'plangan asarlar. - M. : Selxozgiz, 1948. - T. 1. - 299 b.

10. Muxammadiev A., Usmonov I. I., Ibrohimov V. I. Asalari oilasini parvarishlashda elektrotexnologik usullarning istiqbollari //Science Promotion. 2023. T. 1. №. 1. C.137-140

11. Muxammadiev A., Yusupov D. R., Ibrohimov V. I. Asalarichilikda Elektrotexnologik Usullarni Qo'llash //Conferencea. - 2023. - C. 70-73.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.