Научная статья на тему 'MAKKAJO‘XORI MAHSULDORLIGINI OSHIRUVCHI ELEKTR AVJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI'

MAKKAJO‘XORI MAHSULDORLIGINI OSHIRUVCHI ELEKTR AVJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
4
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Makkajo‘xori urug’i / kvartlash metodi / ultrabinafsha nur / elektr / avjlanish / urug’ini unuvchanligi / biometrik ko‘rsatkichlar / bioenergetik / biosintetik jarayonlar / ultrabinafsha nur / genetik zaxirlari / ildiz soni. / Семена кукурузы / метод четвертования / ультрафиолетовое излучение / электричество / прорастание / всхожесть семян / биометрические показатели / биоэнергетические / биосинтетические процессы / ультрафиолетовое излучение / генетические ресурсы / количество корней

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Yusupov Dilshod Rashidovich, Otaxonov Xusan Raxmatjon O‘g’li

Maqolada makkajo‘xori mahsuldorligini oshirishda uning biologik ko’rsatkichlarini elektrotexnologik usulda urug’ni ekishdan oldin ultrabinafsha nurning turli xil diapazonlarida ta’sir qilib elektr avjlantirish, zararsizlantirish xisobiga unuvchanlik darajasini, o’suvchanlik, ildiz qismidagi o’zgarishlarni, kasalliklarni oldini olishni o’rganish bo’yicha amaliy tadqiqot natijalari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Electrical stimulation technology boosting maize yields

В статье с целью повышения продуктивности кукурузы изучаются ее биологические показатели электротехнологическим методом перед посевом семян при воздействии разного спектра ультрафиолетового света, уровень всхожести, рост, изменения корневой части, профилактика болезней представлены результаты практических исследований по обучению.

Текст научной работы на тему «MAKKAJO‘XORI MAHSULDORLIGINI OSHIRUVCHI ELEKTR AVJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI»

практической конференции, 24 мая 2022 года. - Рязань: РГАТУ, 2022. Часть I. - С. 458462.

6. Ражабов А. и др. Гуза майдонларига трихограмма таркатиш курилмаси //АгроИлм. Тошкент. - 2017. - №. 3. - С. 93-94.

7. Ражабов А. Х., Тухтабаев М. А. Сопротивление в цилиндрической трубе эжектора расселителя трихограммы //Инновацион технологиялар. - 2020. Спецвыпуск. -С. 50-54.

8. Худаяров Б. М. и др. Скорость потока воздуха в цилиндрической трубе эжектора расселителя трихограммы //Техническое обеспечение сельского хозяйства. - 2019. - №. 1. - С. 125-132.

9. Арипов А. О. и др. Инновационная технология производства хлопка-сырца //Инновацион технологиялар. - 2020. Спецвыпуск. - С. 11-15.

10. Тухтабаев М. Устройство для дозированного расселения трихограммы //Scienceweb academic papers collection. - Рязань: РГАТУ, 2022.

11. Кассета для разведения трихограммы. Изобретение СССР № SU 1547799 А1. Кл. А01К 67/00 // Опуб. 07.03.1990. Бюл. № 9.

12. Хамидов Х. и др. Устройство для дозированного расселения трихограммы //Патент на изобретение Узб № IAP05592. Опуб. 29.06.2018, Бюл. № 6.

13. Устройство для дозированного расселения трихограммы с воздуха. Изобретение СССР № 1675165 А1. Кл. B64D 1/16 // Опуб. 07.09.1991. Бюл. № 28.

14. Тухтабоев М. А. Экологическая оценка широкозахватных машинно-тракторных агрегатов //Современные тенденции развития аграрного комплекса. - 2016. -С. 272-275.

15. Тухтабаев М.А., Нормирзаев А.Р., Вахабова М.А. Расселение трихограммы механизированным способом / Сбор. статей LXXI международной естественнонаучной конференции: Техноконгресс. - Кемерово, 2022. - С. 5-11.

16. Ражабов А.Х., Тухтабаев М.А., Хошимжонов Ж.Я. Сопротивление в цилиндрической трубе эжектора расселителя трихограммы / Материалы национальной научно-практической конференции: Современное состояние и перспективы развития механизации сельского хозяйства и эксплуатации транспорта, 13 декабря 2021 года. -Рязань: РГАТУ, 2021. - C. 142-146.

17. Ражабов А. Х., Тухтабоев М. А., Джиянов М. Р. Гуза майдонларига трихограмма таркатишнинг технологик асослари //Глобальная наука и инновация. - НурСултан, 2021. Том-1, - № 3(14), - С. 17-19.

UDK 631.53.027.325

MAKKAJO'XORI MAHSULDORLIGINI OSHIRUVCHI ELEKTR AVJLANTIRISH

TEXNOLOGIYASI

Yusupov Dilshod Rashidovich Namangan muxandislik qurilish instituti, PhD, dotsent. dilshod-el@mail.ru

Otaxonov Xusan Raxmatjon o'g'li Toshkent davlat texnika universiteti Qo'qon filiali doktoranti, xusanotaxonov5 5 @gmail. com

Annotatsiya: Maqolada makkajo'xori mahsuldorligini oshirishda uning biologik ko'rsatkichlarini elektrotexnologik usulda urug'ni ekishdan oldin ultrabinafsha nurning turli xil

diapazonlarida ta'sir qilib elektr avjlantirish, zararsizlantirish xisobiga unuvchanlik darajasini, o'suvchanlik, ildiz qismidagi o'zgarishlarni, kasalliklarni oldini olishni o'rganish bo'yicha amaliy tadqiqot natijalari keltirilgan.

Annotatsiya: В статье с целью повышения продуктивности кукурузы изучаются ее биологические показатели электротехнологическим методом перед посевом семян при воздействии разного спектра ультрафиолетового света, уровень всхожести, рост, изменения корневой части, профилактика болезней представлены результаты практических исследований по обучению.

Abstract: In the article, in order to increase the productivity of corn, its biological indicators are studied by the electrotechnological method before sowing seeds under the influence of a different spectrum of ultraviolet light, the level of germination, growth, changes in the root part, disease prevention, the results of practical research on training are presented.

Kalit so'zlar: Makkajo'xori urug'i, kvartlash metodi, ultrabinafsha nur, elektr, avjlanish, urug'ini unuvchanligi, biometrik ko'rsatkichlar, bioenergetik, biosintetik jarayonlar, ultrabinafsha nur, genetik zaxirlari, ildiz soni.

Ключевые слова: Семена кукурузы, метод четвертования, ультрафиолетовое излучение, электричество, прорастание, всхожесть семян, биометрические показатели, биоэнергетические, биосинтетические процессы, ультрафиолетовое излучение, генетические ресурсы, количество корней

Key words: Maize seeds, quartering method, ultraviolet radiation, electricity, germination, seed germination, biometrics, bioenergetic, biosynthetic processes, ultraviolet radiation, genetic resources, number of roots

KIRISH

Makkajo'xori urug'i sifatini yaxshilash va buning natijasida hosildorlikni oshirish O'zbekiston agrosanoat kom'leksining eng muhim dolzarb masalalaridan biridir. Bugungi kunda qishloq xo'jaligi ekinlarini yetishtirish, qayta ishlash va saqlashning yangi usullari va texnologiyalari ishlab chiqilmoqda. Urug'larni saqlash paytida ularning bioenergiya zaxirasi tugaydi, shuning uchun urug'lik materialining samarali uyg'onishi, o'simliklarning sog'lom o'sishi va rivojlanishining turli xil energiya ta'sirlaridan foydalanish taklif etiladi.

So'nggi yillarda qishloq xo'jaligi maxsulotlari mahsuldorligini oshirish amaliyotida donli ekinlar, sabzavotlar, dukkakli ekinlar va ularning urug'lariga kimyoviy usulda ishlov berish ishlari keng miqyosida jadallashmoqda, lekin insoniyat uchun esa ekologik sog'lom mahsulot muhimdir. Dunyo olimlari tomonidan kimyoviy usuliga qaraganda soddaroq kimyoviy moddalardan xoli bo'lgan ekologik toza yuqori samaradorlikka ega erisha oladigan zararsiz usullarni joriy etish ustida izlanmoqdalar. Hozirga kelib, elektrofizik usulda urug'ga va o'simlikka ta'sir qilish faol tadbiq etila boshladi[1,2].

Hozirda ma'lumki, ultrabinafsha nurlanishdan turli biologik ob'ektlardagi ijobiy ta'sirlari o'rganish bo'yicha izlanish va uning natijalari mavjud.

Ultrabinafsha nur xar bir tirik organizm uchun kerakli bo'lgan muxim omillardan biri hisoblanadi. Har xil turdagi nurlanishlarning ta'sirlari va uzoq vaqt davomida o'tkazilgan tajribalarning ijobiy natijalari qaramay, bu boradagi ishlar natijalari qishloq xo'jaligida foydalanish samarasi haqida hali aniq fikrlar mavjud emas[3,4].

Makkajo'xori urug'lari, barcha o'simlik urug'lari kabi, turli xil kimyoviy elementlardan iborat. Makkajo'xori urug'larida to'ilgan asosiy elementlarga uglerod (C), vodorod (H), kislorod (O) va azot (N) kiradi. Bu elementlar makkajo'xori urug'ida mavjud bo'lgan uglevodlar, li'idlar, oqsillar va nuklein kislotalar kabi biologik molekulalarning tuzilishi va faoliyati uchun zarurdir. Ushbu asosiy elementlarga qo'shimcha ravishda, makkajo'xori urug'lari fosfor ('), kaliy (K),

kaltsiy (Ca), magniy (Mg), oltingugurt (S), temir (Fe), marganets (Mn) sink (Zn) kabi boshqa elementlarni ham o'z ichiga oladi. Bu elementlar turli xil fiziologik jarayonlarda, jumladan, ferment faollashuvida, fotosintezda, ozuqa moddalarini o'zlashtirishda va urug'larning rivojlanishida hal qiluvchi rol o'ynaydi. Bu jarayonni ya'ni urug'ni biologik jarayonini tezlashtirish uchun ultrabinafsha nur (UV) tahsirlari orqali tadqiqot ishlarini amalga oshirib kelinmoqda. [5,6]

Urug'larning ultrabinafsha (UV) nurlanishida hujayraning biologik membranasining o'tkazuvchanligi o'zgaradi, bu esa dastlabki o'sish jarayonlarini rag'batlantirishga olib keladi. UV nurlanishi natijasida lipidlarning oksidlanish darajasi, pH va ATF(adenozintrifosfatom) faolligi o'zgaradi, bu esa urug'larning energiya salohiyatini oshirishga olib keladigan bioenergetik va biosintetik jarayonlarning kuchayishiga olib keladi.

Bundan tashqari, UV nurlanishi urug'lardagi o'sishning genetik zaxiralarini jalb qiladi, bu o'simliklarning ko'p asrlik quyosh nurlanishiga moslashishi bilan bog'liq bo'lib, bu o'simliklarning o'sishi va rivojlanishiga olib keladi.

Mazkur ishda tadqiqotning maqsadi makkajo'xori urug'ining ekish oldin ultrabinafsha nur bilan ishlov berib, qo'yidagi ko'rsatgichlardagi o'zgarishlarni tajriba va tuproq sharoitida amaliy izlanishlarni olib borishdan iboratdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Qishloq xo'jalik ekinlari urug'ini ekishdan avval avjlantirish maqsadida elektr maydonida saralash, ishlov berish ishlari bir qancha olimlar tomonida b;j,bq natijalar olib kelingan bo'lib, xorijda qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida qo'llash bo'yicha ilm-fanni rivojlanishiga sezilarli ulushni A.M.Kuzin, N.M.Berezkina, S.I.Vasilev, I.V.Yudaev, S.V.Mashkov E.E.Samurganov, I.I.Martinenko, A.A.Shevchenko, P.N.Listov, L.G.Prishep, A.M.Basov, A.M.Yevreinov, N.A.Klimov, V. I.Baev, I.F.Borodin, W.L.Balls, K.S.Chastets, V.I.Tarushkin, V.B.Shmigil, V.S.Leonov, V.M.Bogoyavlinskiy, Yu.I.Bajenov, M.G.Nikolaeva, V.G.Burlakov, S.V.Oskin, A.A.Niyazkulov, V.D.Mamadjanov va boshqalar qo'shganlar.

O'zbek olimlari V.V.Mazayev, A.Muxammadiyev, A.Yusubaliyev, P.Musabekov, H.M.Muradov va S.Islikov boshqalarning urug'larni ekishdan oldin nurlanishini o'rganish bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, bu xar bir tirik organizmiga ijobiy qiladi, jumladan qishloq xo'jaligi ekinlarida hosil olish muddatini qisqartirishi, hosildorlikning oshishi, zararkunandalardan tozalashga, kasalliklarni oldini olish imkonini beradi.

Ye.A.Kalashnikova esa urug'larga elektrotexnologik ishlov berish ya'ni lazer, elektromagnit, yuqori chastotali va boshqa turdagi nurlanishlar fizik parametrlari ta'sirlari bilan ishlov berish ularning genetik holatlarini o'zgartirmaydi, balki genomning faolligini oshiradi, o'sish va shakllanish jarayonlarini rag'batlantiradi [2].

Yuqoridagi olimlarning tadqiqot ishlari elektr maydon, yuqori chastota, magnit maydonlarida ishlov berish bo'yicha olib borilgan bo'lsada, lekin makkajo'xori urug'ini ekishdan oldin ultrabinafsha nur bilan ishlov berib elektr avjlantirish hamda maqbul parametrlarini aniqlash bo'yicha amaliy tadqiqotlar o'tkazilmagan.

Tadqiqot ikki bosqichda o'tkazildi. Birinchi etap - nurlangan va nurlanmagan urug'larni unuvchanligini va o'sish energiyasini, hamda ko'chatlarning biometrik ko'rsatkichlari: poya va barglarning massasi, ildiz tizimining uzunligi va massasi. Ikkinchi bosqich - dala shoroitida o'simliklarning rivojlanish bosqichlari bo'yicha o'sishini fenologik kuzatishlar asosida o'tkazildi. Tadqiqotlarni olib borishda makkajo'xorining "Moldaviya 425 MB" navidan foydalanildi.

NATIJALAR

O'simliklarning o'sish energiyasi urug'larning hayotiyligining asosiy ko'rsatkichlaridan biri bo'lib, u urug'larning unib chiqish tezligi va birdamliligini tavsiflaydi. Urug'lik materialining

sifatini baholashning asosiy mezoni laboratoriya unib chiqish ko'rsatkichidir, chunki u standart sharoitlarda, namlik, haroratda ko'chat bergan urug'larning foizini ko'rsatadi.

Tadqiqotni tajriba sharoitida olib borishda, makkajo'xori urug'larining elektr avjlantirish hisobiga unib chiqishi va o'sish energiyasini oshirish uchun urug'ga ultrabinafsha nur bilan ta'sir qilingan variantlar fenologik kuzatishlar asosida o'rganilda. Tadqiqot jarayonida urug'larni kvartlash metodidan foydalanib variantlarga ajratib olindi. Har vatiant uchun urug' 30 donadan qilib olindi. Urug'larni turli hil me'yorlar asosida ishlov berilgan variantlar termostat (iqlim kamerasi)ga joylashtirib, namlik va harorat datchigini nazorat qilib turilda. Har kuni fenologik kuzatishlar amalga oshirildi. Tadqiqot natijalari 10-kunga kelganda va nazorat hamda variantlardagi farqlar -jadvalga kiritildi.

Tajriba sharoitida qilingan variantlar tuproqda tuvakchalarga ekilgan holatda ham kuzatishlar o'tkazilda. Bunda ham tadqiqot 4 ta variant asosida olib borildi. Natijalar 20-kunda olindi va 2-jadvalga kiritildi.

1-Rasm. Makkajo'xori urug'ni unuvchanligini tajriba sharoitida aniqlash.

Yuqoridagi rasmda tajribaning, nazorat va 3 ta variant asosida urug'ning unuvchanligi aniqlangan. 3- variantdagi (o'ngdan birinchisi) o'simlikning bo'yi va tana qismi qalinlini qolgan variantlarga nisbatan yuqoriligini ko'rishimiz mumkin.

1-jadval

Makkajo'xori urug'lariga elektrotexnologik ishlov berish orqali ko'chatlarning biometrik ko'rsatkichlariga ta'siri

№ Variantlar UBN da Urug' Ildiz Ildiz Ildiz Ildiz soni

ishlov soni uzunligi soni uzunligi o'rtachasi

berish (sm) (ta) o'rtachasi (ta)

vaqti, sek (sm)

1 Nazorat - 30 455.5 75 15.1 2.5

2 4*254+300=n*A+B 30 30 371 85 12.3 2.8

3 4*254+300=n*A+B 50 30 257 60 8.5 2

4 4*254+300=n*A+B 70 30 522.5 102 17.4 3.4

Izoh: UBN-ultrabinafsha nur, n-lampalar soni, A va B dipazondagi nurlar

Yuqoridagi jadvalda- har bir variantning ildiz uzunligi va ildiz soni 30 ta urug'ning jami o'lchamlari umumiy qilib olingan. Ildiz uzunligi o'rtachasi va ildiz soni o'rtachasi umumiy qiymatni 30 ga bo'lganimizdan kelib chiqdi. Natijada Variant-3 ning qiymatlari boshqa variantlarga qaraganda yuqoriligini ko'rishimiz mumkin.

2-rasm.Urug'ning tuproq sharoitidagi xolati

2-jadval

shlov berilgan urug'ni tuproq sharoitidagi biometrik ko'rsatkichlari

№ Variantlar Unib chiqish soni (ta) Massa (gr)

1 Nazorat 5 6

2 4*254+300 11 11

3 4*254+300 12 16

4 4*254+300 15 17

MUHOKAMA

Ilmiy izlanish olib borish uchun makkajo'xori urug'ini ekishdan oldin unuvchanligini oshirish maqsadida TDTU Qo'qon filiali "Elektr va elektronika" kafedrasi ilmiy lobaratoriyasida va tuproq sharoitida tadqiqotlar ishlari olib borildi.

Tadqiqot ishi urug'ga ishlov berish va uni fenologik kuzatish metodikasi asosida bajarildi. Tajriba 2 xil usulda olib borildi ya'ni tajriba sharoitida urug'ning unuvchanligi va tuproq sharotida esa ko'chatning o'sish davri qisqaligi kuzatildi. Ushbu tajribani o'tkazishda makkajo'xori urug'ini 30 donadan qilib olindi. Urug'larni X=254 nm bo'lgan lampadan 4 ta (har bir lampa 30Wt) va X=300 nm bo'lgan lampalar orqali amalga oshirildi. Quvvat esa P=150Wt ni tashkil qildi.

XULOSA

O'tkazilgan tajribadan olingan ma'lumotlarning tahlili asosida quyidagilarni xulosa qilish mumkin. Makkajo'xorini ("Moldaviya 425 MB") navli urug'ini ekishdan oldin urug'ga balandligi 4 sm, quvvati P=150Wt va ishlov berish vaqti 70 sekund davomida ultrabinafsha nur berilganda, V-4 dagi urug'ning biologik ko'rsatkichlarda ijobiy natijalar aniqlandi. Ushbu olingan ko'rsatkichlar nazoratga nisbatan solishtirilganda V-4 dagi nurlatilgan urug'larning ildiz uzunligi V-1 natijalariga qaraganda 2.3 sm uzun hamda ildiz soni esa 1-2 taga oshganligini aniqlandi. Bundan tajriba sinov qishloq xo'jaligida makkajo'xori donini va silos tayyorlashda qo'llab hosildorlikni oshirishda tavsiya etiladi.

ADABIYOTLAR

1. Авдеева, В. Н. Применение электрофизических факторов в процессе предпосевной обработки семян пшеницы // Инновации аграрной науки и производства: состояние, проблемы и пути решения: сб. тр. Международной науч.-практ. конф. -Ставрополь, 2008. - С. 101-104.

2. Долговых, О. Г. Влияние лазерной обработки на семена яровой пшеницы Ирен- / О. Г. Долговых, В. В. Красилников, Р. Р. Газтдинов // Инженерный вестник

Дона. - 2012. - № 4(2). - С. 2-4.

3. Казакова, А. С. Влияние предпосевной обработки семян ярового ячменя электромагнитным полем переменной частоты на их посевные качества / А. С. Казакова, М. Г. Федорищенко, П. А. Бондаренко // Межвузовский сб. науч. тр. -Зерноград: ФГОУ ВПО АЧГАА, 2005. - С. 207-210

4. Ксёнз, Н. В. Анализ электрических и магнитных воздействий на семена / Н. В. Ксёнз, С. В. Качешвили // Механизация и электрификация сельского хозяйства. - 2000. -№5. - С. 30

5. D.R.Yusupov, X.R.Otaxonov- Makkajo'xori maxsuldorligini oshirishda urug'larga elektrotexnologik ishlov berish. INNOVATIONS IN TECHNOLOGY AND SCIENCE EDUCATION- ISSN 2181-371X, 2023. 1486-1492b.

UDC. 635.131:133

VEGETABLE CULTIVATION TECHNOLOGY AND BASICS OF LAND PREPARATION FOR PLANTING

Abdunazarov Elbek Elmurodovich, Scientific Research Institute of Agriculture Mechanization, doctoral student, PhD Phone: +998941517756, e-mail: abdunazarovelbek@gmail.com

Makhsudov Azizjon Pulatovich, Namangan engineering-construction institute, doctoral student, +998973748500

G'ulomov Muhammadjalol Nizomjon o'g'li, Namangan engineering-construction institute, researcher.+998905660173, muhammadialol0098@gmail.com

Muxammadaliyev Bekzodbek Dilmurod o'g'li, Namangan engineering-construction institute, researcher. +998917585277, bekzodmuxammadalivev00@gmail.com

Abstract. This article discusses vegetable cultivation technology and the basics of land preparation for planting, with a focus on how to prepare to transplant seedlings. The article provides guidance on when to transplant seedlings and how to figure out the exact timing, as well as tips for making sure the soil is ready and waiting for the best weather to transplant seedlings. The article also outlines the step-by-step process for transplanting seedlings and such as what happens if you transplant seedlings too early, how big seedlings should be before transplanting, and how to transplant small seedlings. By following the tips and guidance provided in this article, readers can successfully transplant their seedlings and enjoy a bountiful vegetable harvest.

Аннотация. Ushbu maqolada sabzavot etishtirish texnologiyasi va erni ekish uchun tayyorlash asoslari ko'rib chiqiladi, ko'chatlarni ko'chirib o'tkazishga qanday tayyorgarlik ko'rishga e'tibor beriladi. Maqolada ko'chatlarni qachon ko'chirib o'tkazish va aniq vaqtni qanday aniqlash bo'yicha ko'rsatmalar, shuningdek, tuproq tayyor ekanligiga ishonch hosil qilish va ko'chatlarni ekish uchun eng yaxshi ob-havoni kutish bo'yicha maslahatlar mavjud. Maqolada, shuningdek, ko'chatlarni ko'chirib o'tkazishning bosqichma-bosqich jarayoni va agar siz ko'chatlarni juda erta ko'chirib o'tkazsangiz nima bo'ladi, ko'chat o'tkazishdan oldin ko'chatlar qanchalik katta bo'lishi kerak va kichik ko'chatlarni qanday ko'chirib o'tkazish kerakligi haqida gapirib beradi. Ushbu maqolada keltirilgan maslahatlar va ko'rsatmalarga rioya qilib, o'quvchilar

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.