Научная статья на тему 'AERVA LANATA L. URUG‘LARINING AYRIM BIOLOGIK XUSUSIYATLARI'

AERVA LANATA L. URUG‘LARINING AYRIM BIOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Технологии материалов»

CC BY
104
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
Ushbu maqolada Aerva lanata L. tukli erva o‘simligi urug‘larining bioekologik xususiyatlari o‘rganildi. Urug‘larning morfologik tasviri optik-vizual kuzatish asosida amalga oshirildi. Urug‘larning sifatini o‘rganish M.K. Firsova usulida GOST 34221-2017 ni inobatga olgan holda bajarildi. Tukli ervaning urug‘larini tozalashda / perikarp ajratilishida qiyinchiliklar 15-20 % urug‘ mahsulotining yo‘qolishiga olib kelishini hisobga olganda / yana bir parametr ko‘rsatgich tozalanmagan (perikarp ichidag

Аннотация научной статьи по технологиям материалов, автор научной работы — Dustiyorov Mehroj Dilshodovich, Qaysarov Vahob Tuxtamishevich

Ushbu maqolada Aerva lanata L. tukli erva o‘simligi urug‘larining bioekologik xususiyatlari o‘rganildi. Urug‘larning morfologik tasviri optik-vizual kuzatish asosida amalga oshirildi. Urug‘larning sifatini o‘rganish M.K. Firsova usulida GOST 34221-2017 ni inobatga olgan holda bajarildi. Tukli ervaning urug‘larini tozalashda, perikarp ajratilishida qiyinchiliklar 15-20 % urug‘ mahsulotining yo‘qolishiga olib kelishini hisobga olganda, yana bir parametr ko‘rsatgich tozalanmagan (perikarp ichidagi) urug‘larni ekish usuli ko‘rib chiqildi. Turli haroratlarida o‘tkazilgan urug‘larning o‘sishi bo‘yicha bajarilgan tadqiqotlarimiz shuni ko‘rsatdiki tukli ervaning urug‘ini o‘sishi uchun zarur bo‘lgan harorat bu 20 0S dan yuqori bo‘lgan havo harorati hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AERVA LANATA L. URUG‘LARINING AYRIM BIOLOGIK XUSUSIYATLARI»

UO'K 630.581.5

AERVA LANATA L. URUG'LARINING AYRIM BIOLOGIK XUSUSIYATLARI 1Dustiyorov Mehroj Dilshodovich 2Qaysarov Vahob Tuxtamishevich

1TDAU Dorivor o'simliklar kafedrasi tayanch doktoranti 2TDAU Dorivor o'simliklar kafedrasi

dotsenti 1mehrojnur90@mail .ru https://doi.org/10.5281/zenodo.10080653

Annotatsiya. Ushbu maqolada Aerva lanata L. - tukli erva o'simligi urug'larining bioekologik xususiyatlari o'rganildi. Urug'larning morfologik tasviri optik-vizual kuzatish asosida amalga oshirildi. Urug'larning sifatini o'rganish M.K. Firsova usulida GOST 342212017 ni inobatga olgan holda bajarildi. Tukli ervaning urug'larini tozalashda, perikarp ajratilishida qiyinchiliklar 15-20 % urug' mahsulotining yo'qolishiga olib kelishini hisobga olganda, yana bir parametr ko'rsatgich tozalanmagan (perikarp ichidagi) urug'larni ekish usuli ko'rib chiqildi. Turli haroratlarida o'tkazilgan urug'larning o'sishi bo'yicha bajarilgan tadqiqotlarimiz shuni ko'rsatdiki tukli ervaning urug'ini o'sishi uchun zarur bo'lgan harorat bu 20 0Sdanyuqori bo'lgan havo harorati hisoblanadi.

Kalit so'zlar: Aerva lanataL., tukli erva, GOST34221-2017, M.K. Firsova usuli, biologik xususiyatlari, to'pguli konussimon, boshoq, qattiq, ovalsimon, urug'larining unuvchanligi.

Аннотация. В данной статье изучены биоэкологические свойства Aerva lanata (L.) - семян растения эрвы волосистой. Морфологическое изображение семян было составлено на основе оптико-визуального наблюдения. Изучая качество семян М.К. Ее проводили методом Фирсовой с учетом ГОСТ 34221-2017. Учитывая, что трудности очистки семян шалфея волосистого, отделение околоплодника приводят к потере 15-20% семенной продукции, другим параметрическим показателем являлся способ посева неочищенных семян (внутри околоплодника). Наши исследования по росту семян при различных температурах показали, что необходимой для роста семян травы волосистой является температура воздуха выше 20 0С.

Ключевые слова: Aerva lanata L., эрва волосистая, ГОСТ 34221-2017, М.К. Метод Фирсовой, биологические характеристики, конусовидные, колосовидные, твердые, овальные, всхожесть семян.

Abstrast. In this article, bioecological properties of Aerva lanata L. - hairy erva plant seeds were studied. The morphological image of the seeds was made based on optical-visual observation. Studying the quality of seeds It was carried out by the M.K. Firsova method, taking into account GOST 34221-2017. Taking into account that difficulties in cleaning the seeds of hairy sage, separation of the pericarp lead to a loss of 15-20% of the seed product, another parameter was considered the method of sowing the seeds that were not cleaned (within the pericarp). Our studies on the growth of seeds at different temperatures have shown that the temperature necessary for the growth of hairy grass seeds is an air temperature above 20 0C.

Keywords: Aerva lanata L., hairy erva, GOST 34221-2017, M.K. Firsova method, biological characteristics, cone-shaped, spike, hard, oval, seed germination.

Kirish. Mamlakatimizda so'nggi yillarda dorivor va ziravor o'simliklarni rivojlantirishga, xususan tabiiy boyliklardan samarali va unumli foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda. Jumladan, "Yovvoyi holda o'suvchi dorivori o'simliklarni muxofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari

to'g'risida"gi 2020 yil 10 apreldagi PQ-4670-son qarori va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.05.2022 yildagi PQ-251-son "Dorivor o'simliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlash hamda davolashda ulardan keng foydalanishni tashkil yetish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarorlari sohani tubdan rivojlanishining huquqiy asoslarini yaratib berdi.

Tukli erva (Aerva lanata L. Juss. ex Schultes) Amaranthaceae oilasiga mansub bir yillik o'simlik, bo'yi 55-70 sm. Ildizi chuqur emas ko'zga tashlanmaydigan oqish rangda, ildizi uq ildizli, asosiy ildiz o'rnini bosuvchi yirik II tartibli tarmoqlagan ildizlari bor. Ildizlari asosan tuproqning 3-8 sm chuqurligida joylashadi. Barglari lansetsimon, ovalsimon, yoki ellipsimon, tekis qirrali, qisqa bandi yordamida poya va novdalarida qarama-qarshi joylashgan. To'p guli konussimon zich boshoq tarzda bo'lib, qalin oqimtir tuk bilan qoplangan. O'simlik gullarining kengligi 2 mm, tashqi tomoni sertukli bo'lgani uchun kulrang oqish, ichki tomoni och yashil rangda. Urg'lari 0,6-0,8 mm qora, yaltiroq rangda. Urug'i noyabr oyida pishadi [1]. Tukli erva tropik va subtropik mintaqalarda o'sadigan ko'p yillik begona o't. Asosiy poyasi yog'ochlangan bo'lib, bo'yi 94 sm gacha, o'rtacha 70 sm tashkil etadi. Poyasining o'sishi iyun oyining o'rtalarida to'xtaydi va shu davrda II tartibli yon novdalar o'sadi. Bir tupdagi I tartibli novdalar soni 3 tadan 13 tagacha, uzunligi 2 sm dan 40 sm gacha yetadi. O'simlikda kamdan kam hollardagina III tartibli novdalar chiqadi. To'pguli konussimon zich boshoq tarzida bo'lib, qalin oqimtir tuk bilan qoplangan. Tukli erva Afirika, Osiyo, Filippin va Yangi Gvineyaning tropik va subtropik mintaqalarida tabiiy ravishda o'sadi. Tukli erva quruq yalang tuproqlarda, qumli tuproqlarda, cho'l tekisliklarida uchraydi. Butalar orasida ham o'sib turadi.

Tadqiqot uslublari. Tadqiqotlar 2022-yillarda olib borilgan bo'lib, ushbu bir yillik madaniy o'simlik bilan tajriba 2022-yilda gruntda olib borilgan. Materialning morfologik tasviri optik-vizual kuzatish asosida amalga oshirildi. Urug'larning sifatini o'rganish M.K. Firsova usulida GOST 34221-2017 ni inobatga olgan holda bajarildi. Urug'larning o'sish va unuvchanlik energiyasini aniqlash uchun barqaror (20 0C) va o'zgaruvchan (6 soat 300C da va 18 soat 200C da) harorat ishlatildi. Petri chashkalarida, har birida 100 dona urug'dan belgilangan holda, atrof muhit harorati yuqori bo'lganda ishlash uchun mo'ljallangan termostatda DH4000BII, qorong'i sharoitda olib borildi. Urug'larning o'sib chiqishi I.V.Borisova tasnifiga muvofiq aniqlandi. O'simlarning fenologik kuzatuvlari umumiy qabul qilingan metodika asosida bajarilgan (Beydeman, 1974).

Harorat rejimining almashishi keskin, qisqa vaqt oralig'ida amalga oshirildi. Ildizi urug'ning uzunligidan kam bo'lmagan o'sib chiqqan urug'lar yaxshi o'sib chiqqan deb hisoblandi. 1000 dona urug'ning massasi GOST bo'yicha aniqlandi.

Natijalar va munozaralar. O'zbekiston iqlimi kontinental etib tasniflanadi, yozi issiq, qishlari salqin. Mamlakatning janubiy qismi eng issiq hisoblanadi, shimoliy qismi esa janubiy qismiga nisbatan harorati past hisoblanadi. Urug'lar ekilishidan oldin ularga quruq isitish usulida ishlov berildi. Urug'larning laboratoriya unuvchanligini aniqlash uchun urug'lardan 2 ta namuna olindi. Termostatda kun davomida birinchi namuna 300C gacha harorat ta'sir qilindi, ikkinchisi nazorat sifatida urug'lar 200C da saqlandi.

Tukli ervaning urug'larini tozalashda, perikarp ajratilishida qiyinchiliklar 15-20 % urug' mahsulotining yo'qolishiga olib kelishini hisobga olganda, yana bir parametr ko'rsatgich tozalanmagan (perikarp ichidagi) urug'larni ekish usuli ko'rib chiqildi. Ko'chat qator qilib ekish usulida olib borildi, o'simlik qatorlari orasi 30 sm. Shunda har bir oraliqqa 0,5-0,6 g urug' ekildi. Tukli ervaning mevasi to'pguli konussimon zich boshoq tarzida bo'lib, diametri 1 mm. Urug'lari

ancha mayda (0,6-0,8 mm), qattiq, ovalsimon shaklda, qora rangli, silliq, yaltiroq. Urug'ining terisi qalin, murtagi halqasimon. 1000 dona reproduksion urug'larning massasi 0,083-0,086 g atrofida.

Olingan natijalar shuni ko'rsatadiki, urug'larning unuvchanligi bir xil vaqtda paydo bo'lmaydi. Urug'lardagi birinchi unuvchanlik o'zgaruvchan harorat (20-300S) sharoitida 7-kunda paydo bo'ldi (1-rasm), bu esa 15-200C bo'lgan barqaror harorat sharoitida faqatgina 20-kunda o'sishning boshlashi qayd qilingan bilan taqqoslaganda, sezilarli darajada (13 kunga) o'sish vaqtini qisqartirdi.

1-rasm. Aerva lanata L. - tukli erva o'simligida laboratoriya tajriba ishlari A, B -analitik tarozida 1000 dona urug' tortish. V, G- Laboratoriya sharoitida termostatda urug' unuvchanligini o'rganish. D-unub chikkan maysalarni kuzatish

Laboratoriyada turli haroratlarida o'tkazilgan urug'larning o'sishi bo'yicha bajarilgan tadqiqotlarimiz shuni ko'rsatdiki tukli ervaning urug'ini o'sishi uchun zarur bo'lgan harorat bu 20 0S dan yuqori bo'lgan havo harorati hisoblanadi.

Tajriba boshlanish kunidan hisoblaganda 13-kunda urug'larning unuvchanligi faqatgina 3,0 % ni tashkil qildi. O'sish energiyasi pastligiga qaramasdan, urug'larning aksariyat qismi (52,3 %) 20-kunda o'sib chiqdi. O'zgaruvchan haroratda urug'larning o'sish dinamikasini o'rganish tajribasi shuni ko'rsatdiki, eng ko'p urug'lar 10-26 kunlar oralig'ida unib chiqqan. Shunda urug'larning o'sish intensivligi kuniga 7,67+-2,09 donani ko'rsatdi. Shunda 14-17 kunlar oralig'ida maksimal 25% o'sish kuzatildi. Oxirgi kunlarda o'sgan urug'lar miqdori 4,33% ni tashkil qildi. Tajribalarda ko'rish mumkinki 20-300C o'sish dinamikasi 7 kun tajriba natijalarida 0.3%, 8 kun 1.3%, 10 kun 3% ni tashkil etgan bo'lsa 15 kun kuzatish natijalarida 28,7 % ni 26 kun esa 64,3 % ni tashkil etdi bu esa tajribalar kunlar kesimi yuqori harorat yigindisi ta'sirida 10 % gacha oshishini ko'rish mumkin. Bu natijalar 15-200C harorat ta'sirdagi tajribalarga taqqoslaganda 16 kun holatida 0.1%, 26 kunda esa 3 % ni tashkil etish mumkinligi va harorat osimlik unuvchanligiga ijobiy tasir etishini korish mumkin. (1-jadval).

Urug'larning o'sish turi tasnifiga muvofiq, tukli erva urug'lari 2-turdagi urug'larga mansub bo'lib, o'stirish davri o'rtasida maksimal o'sadigan o'simtalar sekin o'suvchi xususiyatga egadir.

1-jadval Aerva lanata L. urug'larining laboratoriyada unuvchanligi (%).

Variant Tajriba kuni

7 8 9 10 11 13 14 15 16 17 20 23 26

15-200С 0,0 0,0 0,0 0,0 0,0 0,0 0,0 0,0 0,1 0,2 0,3 1,0 3,0

20-300С 0,3 1,3 2,0 3,0 4,0 10,0 18,0 28,7 38,0 43,3 52,3 60,0 64,3

Urug'larga zararsizlantirish maqsadida issiqliq yordamida (400С) ishlov berish va o'sish va unuvchanlik energiyasini ko'tarish maqsadida urug'larni ekishga tayyorlash shuni ko'rsatdiki, tajribaninng 20 - kunida, ishlov berilgan urug'larni laboratoriyada unuvchanligi faqat 44 % ni tashkil qildi, nazorat guruhida - 46 % ni.

Xulosa. O'zgaruvchan haroratda laboratoriya sharoitida unuvchanligi 64,3 % ni tashkil etgan bo'lsada, barqaror 200C da - 2,0 % ni tashkil etdi xolos. Umuman olganda, ushbu hol urug'larning o'sishiga harorat omili sezilarli darajada ta'sir ko'rsatishini tasdiqlaydi. Urug'larning sekin usishi ularning turli chuqurlikdagi fiziolgiyasi bilan bog'liq bo'ladi.

Shunday qilib, tukli erva urug'larining unuvchanligini ko'tarish maqsadida turli xil harorat yordamida undirish usuli samarador emasligi aniqlandi.

REFERENCES

1. Murdaxaev Y.M. "O'zbekistonda vatan topgan dorivor o'simliklar" Toshkent, 1990 y.

2. Murdaxaev Y.M. "Introduksiya lekarstvennix rasteniy v Uzbekistan" Avtoreferat. Toshkent Botanika instituti 1992. -42 b, 1999-y

3. Tuxtaev B.Yo. Introduksiya lekarstvennix rasteniy na zasolennix zemlyax Uzbekistana: Avtoreferat. Tashkent: 2009.-38 s

4. Xolmatov X.X va boshqalar "Ruscha-lotincha-o'zbekcha dorivor o'simliklar lug'at" Toshkent, 1992 y.

5. Xolmatov X.X., Axmedov O'.A. "Farmakognoziya" Tashkent, 2007 y

6. Фирсова M. K. «Методы исследования и оценки качества ества семян» Гос. изд-во селхоз лит-ры, 1955 г.

7. Beydeman, I.N. «Methods of Studying Plant and Plant Phenology» 1974

8. Dustiyorov M.D. "Tukli erva (Aerva lanata L.) o'simligining urug' unuvchanligi va maysa biologiyasi" TDAU AGRO INFORM Maxsus son [2] 2021 41-46 bet

9. https://www.gbif.org/species/3085014

10. https://www.sciencedirect.com/science/article/abs/pii/S0926669020307317

11. https://telmone.com/ru/products/diietychna-dobavka-aerva-lanata-apitamax/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.