SALSOLA RICHTERI URUG'LARINING LABORATORIYA SHAROITIDA
UNUVCHANLIGI Xamroyev Xusen Fatullayevich
Toshkent davlat agrar universiteti, dotsent, O'zbekiston. [email protected]
https://doi.org/10.5281/zenodo.10079256
Annotatsiya. Maqolada Salsola richteri ning turli muddatlarda terib olingan va turlicha ishlov berilgan urug'larini laoboratoriya sharoitida unuvchanligi va unish energiyasi bo 'yicha ma'lumot keltirib o'tilgan. Tadqiqotlarda Salsola richteri ning yanvar oyida terib olingan urug'larni issiq suvda ivitgandan so'ng 25oC termostat 40 kun o'stirish orqali unuvchanlikni 88% gacha yetkazish mumkinligi aniqlangan.
Kalit so'zlar: Salsola richteri, urug', suv, qum, termostat, urug' unuvchanligi, urug'ning unish energiyasi.
Аннотация. В статье представлена информация о всхожести и энергии прорастания семян Salsola richteri, собранных и обработанных в разное время в лабораторных условиях. Исследования показали, что всхожесть Salsola richteri может достигать 88% за счет проращивания семян, собранных в январе, после замачивание в горячей воде с термостатом 25оС в течение 40 дней.
Ключевые слова: Salsola richteri, семя, вода, песок, термостат, проращивания семян, энергия прорастания семян.
Abstract. The article presents information on germination and germination energy of Salsola richteri seeds collected and processed at different times in the laboratory. Studies have shown that the germination of Salsola richteri can reach 88% due to germination of seeds collected in January, after soaking in hot water with a 25(°C thermostat for 40 days.
Keywords: Salsola richteri, seed, water, sand, thermostat, seed germination, seed germination energy.
Kirish. CHo'l o'simliklarining urug'lari turli xil himoya mexanizmlari va usullari tufayli og'ir ekologik sharoitlarga yaxshi moslashgan. Ularning urug'lari tashqi belgilari (rangi, shakli, hajmi, vazni) va ichki belgilari (murtakning kattaligi, uning differensiatsiyasi, endospermning mavjudligi va b). Turli ingibitorlar, ikkilamchi metabolitlar yoki boshqa moddalar mavjudligi sababli urug'larning unib chiqishi ko'pincha kechikadi. Urug'ning unib chiqishi qurg'oqchil o'simliklarning yorug'lik va haroratga bo'lgan munosabati bo'lib, u kelib chiqqan joy, urug'ning pishish vaqti va ayniqsa, mevalarning morfologiyasiga qarab o'zgaradi. Urug'larning tinim davriga alohida e'tibor berish muhim ahamiyat kasb etadi, ya'ni urug'ning optimal qulay sharoitlar mavjud bo'lganda o'sishi aynan tinim davri bilan bog'liq hisoblanadi.
Chet el davlatlarida ham ozuqabop o'simliklardan keng ko'lamda foydalanishga alohida e'tibor qaratilgan. Jumladan, Buyuk Britaniyada daraxt-butalardan, Shveysariyada dukkakli va boshoqli o'simliklardan, Xitoyda Artemesia ordosica L. dan, Yaponiyada tropik dukkakli o'simliklarning Brazos navi, Lolium multiflorum, Festuca elatior duragaylaridan foydalanib yaylovlarni mahsuldorligini oshirish uslublari ilmiy asoslangan holda ishlab chiqilgan bo'lsa, Estoniyada asosan 5-7 ta o'simlik turlaridan foydalanilib, yaylov mahsuldorligini o'rtacha 6630 kg/ga gacha oshirishga erishilgan. Boliviya, Braziliya, Kolumbiya va Venesuelaning tabiiy yaylovlarida maxsus agrotexnik usullar (mineral o'g'itlash, qayta tiklash) ni qo'llab introduksiya qilingan o'simliklar (dukkakli va boshoqli) urug'ini sepish yordamida, yaylovlar mahsuldorligini oshirish ishlari amalga oshirilgan.
B.M. Toremuratovich hamda K.Sarigul kabi olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlari Rixter sho'rasi o'simligini (Salsola richteri kar.) madaniy holda o'sib turganda biomorfologik xususiyatlarini о'rganishga bag'ishlangan. Ochiq qumli xujudlarda cherkezning yaxshi o'sishi, urug'larning yuqori mahsuldorligi, urug'lar va so'qmoqlar bilan ko'payishi va sezilarli sho'rlanishga bardosh bera olishi, ildiz tizimining kuchli o'sishi uning qumlar mustahkamlanganda istiqbolli o'simlik sifatida rivojlanishiga yordam berishi ta'kidlangan [6].
Ma'lumki, ushbu dorivor o'simlikning barglarida alkaloidlarning umumiy miqdori 0,17 dan 0,80% gacha, mevalarda - quruq vaznning 0,32 dan 1,25% gacha. Salsolin barcha namuna olish sanalarida barglar va mevalarda asosiy alkaloid mavjud [13].
G.A. Tilaki ma'lumotlarida keltirilishicha yaylov o'simliklarining ozuqa sifatini aniqlash yaylov sig'imini baholashning asosiy omillaridan biridir. Yaylov turlarining yem-xashak sifatining fazoviy va vaqtinchalik farqlari mavjud. Ushbu tadqiqotda Salsola arbuscula va Salsola richteri kabi ikkita galofit turidan namunalar Poshteh Abbas Sabzevar tadqiqot stansiyasida vegetativ o'sish, to'liq gullash va urug'larning tarqalishining uchta fenologik bosqichida uch nusxada to'plangan. Ma'lumotlarni tahlil qilish uchun dispersiya tahlili va Dunkanning ko'p diapazonli testi ishlatilgan. Natijalar shuni ko'rsatdiki, vegetativ o'sishda ikkala turning yem-xashak sifati boshqa bosqichlarga qaraganda yuqori. Oziq-ovqat sifati va suvda eruvchan uglevodlar ko'rsatkichlari turli xil fenologik bosqichlarda va turlar orasida sezilarli darajada farqlanadi (R<0,05). Salsola richteri barcha fenologik bosqichlarda Salsola arbuscula ga qaraganda yaxshiroq ozuqaviy xususiyatlarga ega bo'ldi. Tadqiqotlar natijalariga ko'ra, ikkinchi bosqich (gullash) yaylov uchun yeng qulay davr sifatida belgilandi. Chunki bu vaqtda yem-xashak sifati va o'simlikda yeruvchan uglevodlar boqish uchun maqbul bo'lib, o'tlash o'simliklarga kamroq zarar yetkazadi [12].
M. Bahadoran ta'kidlashicha Salsola richteri (Chenopodiaceae) Eronning Eron-Turon mintaqasining shimoli va sharqidagi cho'l hududlarida tarqalgan. Ushbu tadqiqotda Salsola richteri qurg'oqchilik stressiga fiziologik xususiyatlari o'rganilgan. Gullash bosqichidagi o'simliklardan namuna olish Eronning Janubiy Xuroson viloyatining Shahraxt va Boshro'y cho'llarida o'tkazilgan. Bunda qurg'oqchilik stressining prolin, natriy, kaliy, eruvchan oqsil, flavonoid konsentratsiyasi va fosfataza kislotasi faolligi bilan bog'liqligi ikkita tadqiqotda taqqoslangan. Natijalar shuni ko'rsatdiki, Boshro'yda yig'ilgan S. richteri barglarida bu ko'rsatkichlarning barchasi Shaxraxtadagiga qaraganda ko'proq bo'lgan. Boshro'yda tuproq namligining pastligi va o'rtacha oylik haroratning yuqori bo'lishi uni Shahroxtga nisbatan quruqroq hududga aylantirgan. Shunday qilib, Boshro'y hududida o'sadigan turlarda birikmalar konsentratsiyasi va fosfataza kislotasi faolligining sezilarli ustunligi Salsola richteri ning stress sharoitlariga nisbatan katta fiziologik chidamliligini ko'rsatgan [9].
H. Heidari-Sharifabad hamda H. Mirzaie-Nodoushan ma'lumotlarida keltirilishicha Salsolaning (Salsola) uch turi Salsola dendroides Pall., Salsola richteri (Moq.) Karel ex Litw., Salsola orientalis va Salsola C.Gmel. tuzga chidamliligi, noorganik ionlarning to'planishi va sho'rlangan sharoitda biomassa hosil bo'lishi jihatidan solishtirilgan. Urug'lar issiqxona sharoitida to'rt marta takroriy tajriba beshinchi darajadagi sho'rlangan va sterillangan kvarsda o'stirilgan. SHo'rlanish bilan Na+ ning to'planishi ortgan, K+ yesa kamaygan. Barcha uch tur past sho'rlanish darajasida ijobiy turgun o'sishni ko'rsatdi. Ildiz o'sishi, bir nechta istisnolardan tashqari, kurtaklar o'sishi bilan deyarli bir xil tendensiyaga ya'ni intilishga erishgan. Ushbu natijalardan ko'rinib turibdiki, prolin to'planishi tuzga chidamlilikning yaxshi ko'rsatkichi ekanligini ko'rsatadi. Bunda eriydigan qandlar ham sho'rlanish natijasida ko'paygan [10].
Cho'lda o'sadigan ozuqabop butalar urug'larining sifat ko'rsatkichlarini baholash va ularning plantatsiyalarini barpo etish ishlari yetarli darajada asoslanmaganligi sababli, hozirgi kunda yaylov ozuqabop daraxt-butalarining urug'chilik bazasi shakllantirilmagan.
Tadqiqot uslubi. Urug'larning unib chiqishini o'rganish laboratoriya sharoitida M.K.Firsova [7], Z.G.Bespalova va boshqalar [1], M.G.Nikolayeva va boshqalar [3-5] va I.V.Borisova [2] larning standart usullariga muvofiq amalga oshirildi. Buning uchun laboratoriya sharoitida urug'lar qumda xona harorati 27°C da, Petri idishida namlangan filtr qog'ozda 25°C termostatda o'stirish uchun tayyorlandi. 25°C termostatda urug'larni suvga ivitib va ivitmasdan ekildi. Urug'larni bir qismini ekishdan oldin iliq suvga 10 soatga bo'ktirish ishlarini amalga oshirildi. Har bir tadqiqot varianti uchun to'rtta takroriy 100 ta urug' olindi. Namlagich -distillangan suv bilan urug'lar 1-2 kundan keyin kerak bo'lganda namlandi. Unib chiqqan urug'lar unib chiqib boshlagan kundan oxirigacha har kuni hisoblab borildi. Urug'larning massasi 0,01 g aniqlikda elektron tarozida aniqlandi. Urug'larning sifatini tavsiflash uchun quyidagi ko'rsatkichlar qo'llaniladi: unib chiqish va unib chiqish energiyasi. Tahlil qilinayotgan namunaning unib chiqishi ruxsat etilgan og'ishlarni hisobga olgan holda to'rtta takroriy unib chiqish natijalarining o'rtacha arifmetik qiymatini hisoblash yo'li bilan aniqlandi.
TaaKHKOT HaTii'/Ka.iapii Ba y.apHHHr MyxoKaMacn. Salsola richteri (Moq.) Kar. Ex Litv (Rixter cherkezi) - SHo'radoshlar oilasi Chenopodiaceae Vent. oilasi vakili balandligi 2 m gacha bo'lgan buta, shoxlangan, bir yillik novdalarining po'stlog'i kumushsimon oq rangda. Barglari navbat bilan joylashgan, guloldi bargchalari gulqo'rg'ondan qisqaroq. Gullari ikki jinsli, besh a'zoli, to'pguli ro'vak.
Salsola richteri turi urug'larini har xil variantda laboratoriya sharoitida ekib undirish natijalari
Dekabr
Harorat va undirilgan muhit Kunlar Jami ungan urug'lar soni, % Unish energiya si, %
0 3 7 0 5
250C termostatda iliq suvda ivitgandan so'ng (I) 2 8 0 57 30
250C termostatda suvda ivitmasdan (II) 2 46 21
Qumda 270C (III) 1 41 19
Fevral
Harorat va undirilgan muhit Kunlar Jami ungan urug'lar soni, % Unish energiya si, %
0 3 7 0
250C termostatda iliq suvda ivitgandan so'ng (I) 8 0 4 2 88 38
250C termostatda suvda ivitmasdan (II) 5 3 62 28
Qumda 270C (III) 5 51 24
Mart
Harorat va undirilgan muhit Kunlar Jami ungan urug'lar soni, % Unish energiya si, %
G 5 s G 3
25GC termostatda iliq suvda ivitgandan so'ng(I) 7 8 0 641 35
25GC termostatda suvda ivitmasdan (II) 6 2 57 28
Qumda 27GC (III) 7 2 51 29
*4 takrorlikdan o'rtacha ko'rsatkichlar keltirilgan.
Gulyonbarglari sarg'ish, о'rtasidan pastda qanotchali mevalar va tepasida birlashtiruvchi ustuni bor. Mevasi qanotlari bilan diametri 13,4 mm bо'lgan 5 ta kulrang^arg'ish gulyonbargdan tashkil topgan bir urug'li lizikarp quruq qopchadan iborat. Mevalari oktabr oyida pishib yetiladi. 1000 dona urug' og'irligi 7,8 g.
Laboratoriya sharoitida ekilgan S. richteri urug'larining dekabr oyida (I) va (II) i tajribadagilar 4i kuni, (III) - tajribadagi esa 8~ kuni unib chiqdi (4.5~jadvalga qarang). Urug'larning unib chiqish davomiyligi 25 kunni tashkil etdi. (I) i tajribada unish 57%, unish energiyasi esa 30%, (II) i tajribada unish 46%, unish energiyasi 41%, (III) i tajribada 19% unib chiqdi, unish energiyasi esa 9% ni tashkil etdi.
Fevral oyida laboratoriya sharoitida ekilgan urug'larning (I) va (II) i tajribadagilar 2i kuni, (III) - tajribadagi esa 5i kuni unib chiqdi. Urug'larning unib chiqish davomiyligi 20 kunni tashkil etdi. (I) ~ tajribada unish 88%, unish energiyasi esa 38%, (II) i tajribada unish 62%, unish energiyasi 28%, (III) i tajribada 51% unib chiqdi, unish energiyasi esa 24% ni tashkil etdi.
Urug'larning mart oyida laboratoriya sharoitida ekilgan uchala tajribadagilari ham 2 -kunda unib chiqdi. Urug'larning unib chiqish davomiyligi 23 kunni tashkil etdi. (I) i tajribada unish 64%, unish energiyasi esa 35%, (II) i tajribada unish 57%, unish energiyasi 28%, (III) i tajribada 51% unib chiqdi, unish energiyasi esa 29% ni tashkil etdi.
Хулоса: S. richteri turining ham fevral oyida ekilgan ikkinchi tajribasida urug' unuvchanlik nisbatan yuqori, ya'ni 88% ni tashkil etdi, ya'ni urug' unuvchanligi yuqori Ьо'Ыь Bu tur uchun tinim davri aralash (kombinatsiyalangan) Ьо'НЬ, qisman shu davrni о'tagach unuvchanlik samaradorligi oshdi. S. richteri va H. aphyllum turlarida perikarpiy yupqa Ьо'^п^ sababli urug'ning yashovchanligi qisqa, tinim davriga deyarli muhtoj emas. Shuningdek, uchta tur uchun ham optimal harorat 25°С Ьо'Ыь
REFERENCES
1. Беспалова З.Г., Борисова И.В., Попова Т.А., Санжид Ж. Семенное возобновление растений. Пустынные степи и северные пустыни МНР. - Л.: Изд^о, 1980. - 4.I. - С. 154^75.
2. Борисова И. В. Типы прорастания семян степных и пустынных растений. Ботанический журнал - 1996. - Т. 81, №12. - С. 9^2.
3. Николаева М.Г. Физиология глубокого покоя семян. - Л.: Наука, 1967. - 206 с.
4. Николаева М.Г. Эколого-физиологические особенности покоя и прорастания семян. Бот. журн. - 2001. - Т. 86, №12 - С. Ь14.
5. Николаева М.Г., Разумова М.В., Гладкова В.Н. Справочник по проращиванию покоящихся семян. - Л.: Наука, 1985. - 348 с.
6. Поздова Л.М., Титова Г.Е., Бутузова О.Г. Особенносты формирования и прорастания семян с морфо-физиологическим типом покоя. Биологическое разнообразие. Интродукция растений. Матер. III Междунар. научн. конф. СПб., 2003. - С. 350-352.
7. Фирсова М. К. Семенной контроль. - 3-е изд., перераб. и доп. - Москва: Колос, 1969. -295 с.
8. Фатуллаевич, Х,амроев Хусен, and Нагметулла Бегдулла Угли Хожамуратов. "Орол денгизининг куриган тубида урмон барпо этиш самарадорлиги."Science and innovation Special Issue (2022): 72-75.
9. Bahadoran M. et al. Study on some physiological characteristics of Salsola richteri in drought condition in the two desert regions of the South Khorasan province //Iranian Journal of Plant Biology. - 2015. - T. 7. - №. 24. - S. 1-14.
10. Heidari-Sharifabad H., Mirzaie-Nodoushan H. Salinity-induced growth and some metabolic changes in three Salsola species //Journal of arid environments. - 2006. - T. 67. - №. 4. - S. 715-720.
11. Khamroyev, Khusen, and Obidjon Abdullayev. "Formation of the vegetation cover in the desert pasture phytocenoses."£3S Web of Conferences. Vol. 304. EDP Sciences, 2021.
12. Tilaki G. A. D. et al. Investigation on the effects of phenological stages on forage quality and soluble carbohydrates in Salsola arbuscula and Salsola richteri species in saline rangelands of Sabzevar //Iranian Journal of Range and Desert Research. - 2012. - T. 18. - №. 4. - S. 652661.
13. Toremuratovich B. M., Sarigul K. Bio-morphological features of salsola richteri kar in cultural conditions //Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - T. 11. - №. 3. - S. 1230-1234.