Научная статья на тему 'CODONOPSIS CLIMATIDEA URUG`LARINING UNIB CHIQISHIGA HARORAT VA STRATIFIKATSIYA QILISHNING TA'SIRI'

CODONOPSIS CLIMATIDEA URUG`LARINING UNIB CHIQISHIGA HARORAT VA STRATIFIKATSIYA QILISHNING TA'SIRI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
410
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Dorivor o`simliklar / vitro sharoit / urug'lar / plantatsiyal / shifobaxshlik xususiyatlari / harorat / alkaloidlar / polisaxaridlar / alkaloidlar.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Usmonova Bahora Komiljon Qizi

Ushbu maqolada Codonopsis climatidea urug`larining unib chiqishiga harorat va stratifikatsiya qilishning ta'siri o'rganildi. Unga ko'ra, 1 oylik urug'larning unish ko`rsatkichlari 120С, 240С va 290С haroratlarda mos ravishda 6%, 0% va 0% tashkil etdi. Urug`lar -190С haroratda 20 kun saqlandi. Stratifikatsiya ishlari 60 kun yoki 90 kun ichida amalga oshirildi. 60 kunlik ko`chatlar 120C da unib chiqdi va ularning yashovchanligi 62% (stratifikatsiyalangan) va 33% (stratifikatsiyalanmagan) ni tashkil etdi. 90 kunlik urug`lar 120C haroratda undirildi va ularning unuvchanligi 24% (stratifikatsiyalangan) va 36% (xona haroratida saqlangan) ni tashkil etdi. Urug‘ning 120С haroratda unib chiqish ko`rsatkichi yaxshi bo`lishini o`simlikning tabiiy o`sish sharoitida soya va nam joylarda o`sishga moslashganligi bilan izohlash mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CODONOPSIS CLIMATIDEA URUG`LARINING UNIB CHIQISHIGA HARORAT VA STRATIFIKATSIYA QILISHNING TA'SIRI»

CODONOPSIS CLIMATIDEA URUG LARINING UNIB CHIQISHIGA HARORAT VA

STRATIFIKATSIYA QILISHNING TA'SIRI Usmonova Bahora Komiljon qizi

Jizzax politexnika instituti, "Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi" kafedrasi assistenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.8367949

Annotatsiya. Ushbu maqolada Codonopsis climatidea uruglarining unib chiqishiga harorat va stratifikatsiya qilishning ta'siri o'rganildi. Unga ko'ra, 1 oylik urug'larning unish ko'rsatkichlari 12°С, 240С va 290С haroratlarda mos ravishda 6%, 0% va 0% tashkil etdi. Uruglar -190С haroratda 20 kun saqlandi. Stratifikatsiya ishlari 60 kun yoki 90 kun ichida amalga oshirildi. 60 kunlik ko'chatlar 120C da unib chiqdi va ularning yashovchanligi 62% (stratifikatsiyalangan) va 33% (stratifikatsiyalanmagan) ni tashkil etdi. 90 kunlik urug lar 120C haroratda undirildi va ularning unuvchanligi 24% (stratifikatsiyalangan) va 36% (xona haroratida saqlangan) ni tashkil etdi. Urug'ning 12° С haroratda unib chiqish ko'rsatkichi yaxshi bo'lishini o 'simlikning tabiiy o 'sish sharoitida soya va nam joylarda o sishga moslashganligi bilan izohlash mumkin.

Kalit so'zlar: Dorivor o'simliklar, vitro sharoit, urug'lar, plantatsiyal, shifobaxshlik xususiyatlari, harorat, alkaloidlar, polisaxaridlar, alkaloidlar.

Abstract. This article examined the effect of temperature and stratification on seed germination of Codonopsis climatidea. The germination rate of monthly seeds at temperatures of 120C, 240C and 290 C was 6%, 0% and 0%, respectively. The seeds were stored for 20 days at a temperature of -190С. Stratification was performed on 60 day-old and 90-day-old seeds. Germination rates of 60-day-old seeds at 120С were 62% (stratified) and 33% (non-stratified). The germination rates of 90-day-old seeds at 12°C were 24% (stratified) and 36% (non-stratified). The fact that the seeds germinate well at a temperature of 120C can be explained by the fact that the plant is adapted to grow in shady and humid places in natural growing conditions.

Keywords: Medicinal plants, in vitro conditions, seeds, plantation, healing properties, temperature, alkaloids, polysaccharides, alkaloids.

Аннотация. В данной статье изучено влияние температуры и стратификации на всхожесть семян Codonopsis climatidea. По его словам, всхожесть месячных семян при температуре 120С, 240С и 290С составила 6%, 0% и 0% соответственно. Семена хранили при -190С в течение 20 дней. Работу по стратификации проводили через 60 или 90 дней. 60-дневные сеянцы прорастали при температуре 120°С, их жизнеспособность составила 62% (стратифицированная) и 33% (нестратифицированная). 90-дневные семена собирали при температуре 120°С, их всхожесть составляла 24% (стратифицированные) и 36% (хранящиеся при комнатной температуре). Хорошая всхожесть семян при температуре 120°С объясняется тем, что растение приспособлено к произрастанию в тени и влажных местах в естественных условиях произрастания.

Ключевые слова: Лекарственные растения, условия in vitro, семена, плантация, целебные свойства, температура, алкалоиды, полисахариды, алкалоиды.

Kirish

Dorivor o'simliklardan tayyorlanadigan dori-darmonlarga bo'lgan talab kundan-kunga ortib bormoqda. Bu esa, o'z navbatida, dorivor o'simliklardan kengroq foydalanishni taqozo etadi. Buning uchun dorivor o'simliklarni ko'paytirishning ilmiy asoslangan usullarini ishlab chiqish, plantatsiyalarini yaratish va amaliyotga joriy etish zarur.

Dug'bo'y-Codonopsis Well. turkumining kopchilik turlari tarkibiga kora a poliatsetilenlar, fenilpropanoidlar, alkaloidlar, triterpenoidlar va polisaxaridlar mavjudligi sababli rasmiy tibbiyotda qo'llanib kelinadi [1, 2, 3, 4].

Campanulaceae oilasiga mansub dug'boy turkumi ilono'tsimon ko'p yillik o'simlik turlarini birlashtiradi. Dug'bo'yning dunyo bo'yicha 48 ta tur mavjud [5]. Turning ilmiy nomi yunoncha "codon" (qong'iroq) va "opsis" (o'xshash) so'zlaridan kelib chiqqan. Ayrim manbalarda ushbu turning O'rta Osiyoda yagona turi (Codonopsis climatidea) borligi qayd etilgan bo'lsa [6, 7, 8], boshqa manbalarda esa ikkita turi uchrashi keltirilib [9, 10], Codonopsis obtusa (Chip) Nannf. Turi ham uchrashi qayd etilgan.

2016 yilda Hasanov va boshqalar tomonidan yangi turkumning Codonopsis bactriana F.O.Khass., U.Kodyrov & A.Myrz. turi fanga kiritilgan [11]. O'zbekiston florasida bu turlar tog li mintaqadaning o'rmon bilan qoplangan daryo va ko'llarning qirg'oqlarida uchraydi. Ayni vaqtda o'zbek olimlar tomonidan turkumning 2 turi-Codonopsis climatidea (Schrenk) C.B.Clarke va Codonopsis bactriana F.O.Khass., U.Kodyrov & A.Myrz. O'zbekistonda uchrashi qayd etib kelinmoqda [11, 12].

Ma'lumotlarni turli xilligi uchinchi tur Codonopsis obtuse (Chip) Nannf. ustida qo'shimcha tadqiqotlar olib borishni, turkum turlarini to'liq o'rganishni taqozo qiladi. Kelgusi ishlarimizda bu turkum haqida kengroq ma'lumot berishga harakat qilamiz.

Shifobaxshlik xususiyatlari bo'yicha yetakchi orinda turuvchi dorivor o'simliklardan biri ilono'tsimon dug'bo'y - Codonopsis climatidea (Schrenk) C.B.Clarke OzR FA Botanika instituti tomonidan ishlab chiqilgan va rasmiy tibbiyotga kiritilgan "ЖСХ-Желчегонный сбор Ходжиматова" gepatoprotektiv davolovchi vositasining asosiy komponenti hisoblanadi[3, 4].

O'zbekistonda Codonopsis climatideaning amaliyotda qollashga yaroqli bolgan toqima kulturasini in vitro va biomassasini olish imkoniyatlarini o'rganish bo'yicha tadqiqotlar olib borilayotganligi adabiyotlardan ma'lum [13]. Codonopsis climatidea ning qiyosiy kimyoviy tahlili in vitro yetishtirilgan ekilgan kulturaning differentsiallangan to'qimalarida in vivo o'sadigan o'simliklarga xos bo'lgan pigmentlar, lipidlar va alkaloidlar mavjudligini ko'rsatdi [14]. Bu holat in vitro sharoitda Codonopsis climatidea dan uzoq muddatli sifatli homashyo olish mumkinligini anglatadi.

Codonopsis clematidea "O'zbekiston Respublikasining biologik xilma-xillikni saqlash bo'yicha oltinchi Milliy ma'ruzasi" bo'yicha zudlik bilan ko'paytirish choralarini talab qiluvchi tur hisoblanadi [15].

Ushbu maqolada Ilono'tsimon dug'bo'yning urug' unuvchanligi bo'yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari keltirilgan.

Tadqiqot ob'ektlari va uslublari.

Tadqiqot ob'ekti Campanulaceae Juss. oilasiga mansub ilono'tsimon dug'bo'y -Codonopsis climatidea (Schrenk) C.B.Clarke.

Codonopsis climatidea uruglari 2021-yil 25-iyulda Zomin milliy bog'idan yig'ilgan. Urug'lar tozalanib, sifat ko'rsatkichlari aniqlandi. 1000 dona urug' og'irligi o'lchandi. Urug'lar 3 xil muddatga, ya'ni terilgandan 30 kun, 60 kun yoki 90 kun o'tkazib, tinim davri qancha davom

etishi kerakligini bilish; urug'larni unishi uchun qulay bo'lgan haroratni aniqlash (120 C, 240 C, 290 C ); urug'larni unib chiqishi uchun stratifikatsiya qilish zarurmi yoki yo'qligini aniqlash maqsadida tajribalar o'tkazildi (muzlatgichda -19°C da 20 kun saqlandi).

Urug'lar petri kosachalarida 50 donadanundirishga qo yildi. Ungan urug'lar in vitro ko'paytirishda foydalanish uchun namuna materialini tayyorlash maqsadida torfga ekildi. Tadqiqotlar 2021-yilda "De Nova Agro" MChJ laboratoriyasida o'tkazildi.

Olingan natijalar va ularning tahlili.

1000 dona urug'ining og'irligi 0,680 gr. Urug'lari mayda, jigarrang tusli, sillik, ingichka ellipssimon shaklli (1-rasm).

1-rasm. Codonopsis climatidea urug'larining tashqi ko'rinishi

Urug'lar yig'ib olingandan keyin 30 kun o'tgach undirishga qo'yilgan urug'larning unuvchanligi 120C, 240C va 290C haroratda mos ravishda 6%, 0% va 0% ni tashkil etdi.

120C haroratda urug'larning unib chiqishi boshqa variantlarga qaraganda yaxshiroq bo'lganligi sababli keyingi tajribalar shu haroratda o'tkazildi. Urug'larning unuvchanligi juda past ko'rsatkichni tashkil qildi. Bu esa urug'larni unishi uchun qo'shimcha choralar ko'rish zarurligini ko'rsatdi. Urug'larni 20 kun davomida -19°C daqoldirilib stratifikatsiya qilindi. Stratifikatsiya ishi urug'lar terilgan kundan 60 kun va 90 kundan keyin amalga oshirildi. Stratifikatsiya qilingan va xona haroratida saqlangan urug'lar petri idishida 120C da bir oy davomida undirildi va ularning unuvchanligi mos ravishda 62% (2-rasm) va 33% ni tashkil etdi.

2-rasm. Codonopsis climatidea stratifikatsiya qilingan urug'larni unish jarayoni

Urug'lar terilgandan 90 kun o'tgandan so'ng undirishga qo'yilganda urug'lar xona haroratida saqlangan urug'larda -190 va yashovchanligi mos ravishda 24% va 36% ni tashkil etdi (1-jadval).

Demak, stratifikatsiya ishlarini urug'larning tinim davrining boshida olib borish yaxshi natija beradi va yuqori ko'rsatkichga ega bo'ladi. Urug'larning unib chiqishining 90 kunida ularning unumdorlik koeffitsienti stratifikatsiya variantda 24% ni va stratifikatsiya qilinmagan variantda 36% ni tashkil etdi. O'tkazilgan tajribalar urug'larning tinim davri 90 kun bo'lganda stratifikatsiya qilmasdan ekish yaxshi natija berishini namoyon etdi.

1-jadval

Urug'larning unuvchanlik ko'rsatkichlari

№ Tadbir nomi Unuvchanlik ko'rsatkichi, %

60 kunlik 90 kunlik

1 Stratifikatsiya qilingan 62 24

2 Xona haroratida saqlangan 33 36

Urug'larni petri kosasida undirib olingandan so'ng boshlang'ich materialni tayyorlab olish va in vitro sharoitida ko'paytirish ishlarida kelajakda foydalanish uchun torfga ekildi (3-4-rasmlar).

3-rasm. Codonopsis clematidea ning torfda o^stiriladiganyosh nihollari

4-rasm. Codonopsis clematidea ning in vitro sharoitida ko^paytirish ishlarida foydslanish uchun tayyor ko^chat materiallari

Xulosa. Ayni paytda O'zbekiston florasida Codonopsis climatidea osimligining tabiiy o'sish maydonlari yildan-yilga kamayib borayotgani, o'simlikning xomashyosiga bo'lgan talabi ortib borayotganini hisobga olib, zudlik bilan plantatsiyalar tashkil etish zarur. O'tkazilgan tajribalar plantatsiyalarni tashkil etishda yuqori natijaga erishish uchun stratifikatsiya zarur degan xulosaga kelishimizga imkon berdi. Urug'ning 120C haroratda unib chiqish ko'rsatkichi yaxshi bo'lishini o'simlikning tabiiy o'sish sharoitida soya va nam joylarda o'sishga moslashganligi bilan izohlash mumkin. Shu bilan birga, olib borilgan tadqiqotlar davomida o'simlikni in vitro sharoitida ko'paytirish uchun baza ham yaratildi.

REFERENCES

1. Jing-Yu He. Na Ma. Shu Zhu. Katsuko Komatsu. Zhi-Yuan Li and Wei-Ming FuThe genus Codonopsis (Campanulaceae): a review of phytochemistry, bioactivity and quality control // Journal of Natural Medicines, 2015. - Vol. 69. - P. 1-21. doi: 10.1007/s11418-014-0861-9.

2. Shunsuke Ishida, Mamoru Okasaka, Freddy Ramos, Yoshiki Kashiwada, Yoshihisa Takaishi, Olimjon K. Kodzhimatov, Ozodbek Ashurmetov. New alkaloid from aerial parts of Codonopsis clematidea //Journal of Natural Medicines,Vol. 62, 2008. pp. 236238.

3. Хожиматов О.К. Трава кодонопсиса ломоносовидного. Фармакопейная статья ФС 42 Уз - 0164 - 2017. - 10 с.

4. Хожиматов О.К. Желчегонный сбор Ходжиматова. Фармакопейная статья ФС 42 Уз -0168 - 2017. - 14 с.

5. Plants of the World Online. http://www.plantsoftheworldonline.org/ (accessed 15.12.2021).

6. Ли А.Д. Род Codonopsis. В кн.: Определитель растений Средней Азии. Критический конспект флоры. - Ташкент: Наука, 1987. Т. 9. - С. 360.

7. Govaerts R. World Checklist of Seed Plants Deurne: MIM, 1999. V. 3. - P. 1-1532.

8. Wu Z., Raven P.H., Hong D. Flora of China. - St. Louis: Missouri Botanical Garden Press, 2011. V. 19. - P. 1-884.

9. Rechinger K.H., Schiman-Szeika H. Flora Iranica. - Austria: Akademische Druck und Verlagsanslt, Graz, 1965. V. 13. - P. 3-4.

10. Hong D.Y. A Monograph of Codonopsis and Allied Genera (Campanulaceae). - Beijing: Science Press, 2015. - P. 1-256.

11. Khassanov F.O., Kodyrov U.H., Myrzagaliyeva A. A new species of genus Codonopsis Wall. (Campanulaceae) from Middle Asia. - Iran. J. Bot. 2018. V. 24 (2). - P. 119-123.

12. Сенников А.Н. (ред.) 2017. Флора Узбекистана, Т. 2. Издательство «Навруз», Ташкент. xii + 200 с.

13. Атаажанов Д.М. Культура in vitro лекарственных растений Ruta graveolens L. и

Codonopsis clematidea Schrenk. Автореферат дисс..... канд. биол. наук. - Ташкент,

1997. - С. 29.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.