Научная статья на тему 'MAHSULOT TANNARXI HISOBIGA OLISHDA BOSHQARUV HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI'

MAHSULOT TANNARXI HISOBIGA OLISHDA BOSHQARUV HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
819
83
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
moliyaviy hisobi / boshqaruv hisobi / mahsulot tannarxi / rejalashtirish / interpritatsiya / hisobotdorlik. / financial accounting / management accounting / product cost / planning / interpretation / reporting.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Shaxrinoz Avazxonovna Kurbonova

Ushbu maqolada ilmiy tadqiqotning maqsadi boshqaruv hisobining keyingi yillardagi taraqqiyoti, moliya va menejment sohadagi muhim innovatsiyalar, ishlab chiqarishga doir boshqaruv hisobining asosiy vazifalari tadqiq etishdan iborat. Tadqiqot metodologiyasi tizimni tahlil qilish, o'lchash va taqqoslash kabi nazariy bilimlarni solishtirish, sintez qilish, umumlashtirish va texnikaga asoslangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROBLEMS OF IMPROVING MANAGEMENT ACCOUNTING IN PRODUCT COST ACCOUNTING

In this paper, the purpose of the scientific research is to investigate the development of management accounting in the following years, important innovations in the field of Finance and management, the main functions of management accounting in production. The research methodology is based on the comparison, synthesis, generalization and techniques of theoretical knowledge such as System Analysis, measurement and comparison.

Текст научной работы на тему «MAHSULOT TANNARXI HISOBIGA OLISHDA BOSHQARUV HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI»

MAHSULOT TANNARXI HISOBIGA OLISHDA BOSHQARUV HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Shaxrinoz Avazxonovna Kurbonova

Farg'ona politexnika instituti [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ilmiy tadqiqotning maqsadi boshqaruv hisobining keyingi yillardagi taraqqiyoti, moliya va menejment sohadagi muhim innovatsiyalar, ishlab chiqarishga doir boshqaruv hisobining asosiy vazifalari tadqiq etishdan iborat. Tadqiqot metodologiyasi tizimni tahlil qilish, o'lchash va taqqoslash kabi nazariy bilimlarni solishtirish, sintez qilish, umumlashtirish va texnikaga asoslangan.

Kalit so'zlar: moliyaviy hisobi, boshqaruv hisobi, mahsulot tannarxi, rejalashtirish, interpritatsiya, hisobotdorlik.

PROBLEMS OF IMPROVING MANAGEMENT ACCOUNTING IN PRODUCT

COST ACCOUNTING

ABSTRACT

In this paper, the purpose of the scientific research is to investigate the development of management accounting in the following years, important innovations in the field of Finance and management, the main functions of management accounting in production. The research methodology is based on the comparison, synthesis, generalization and techniques of theoretical knowledge such as System Analysis, measurement and comparison.

Keywords: financial accounting, management accounting, product cost, planning, interpretation, reporting.

Kirish. Xalqaro tajribalarda buxgalteriya hisobi tizimi moliyaviy hisob va boshqaruv hisobi kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan. Shu nuqtai nazardan bugungi kunda buxgalteriya hisobi fani ham moliyaviy hisob va boshqaruv hisobiga bo'lib o'rganilmoqda. Moliyaviy hisob bu asosan tashqi axborot foydalanuvchilarga moliyaviy hisobot ko'rinishida axborotlarni taqdim qilish bo'lsa, boshqaruv hisobi esa ichki axborot foydalanuvchilar, ya'ni menejerlarga yokiy boshqaruv qarorlarini qabul qiluvshi shahslarga ishonchli, shaffof, foydali axborotlarni yetkazib berishning quyi tizimiga aytiladi.

Boshqaruv qarorlarining sifati ko'p jihatdan boshqaruvchilar va menejerlarni o'z vaqtida, sifatli, ob'ektiv va tezkor axborotlar bilan ta'min etish darajasiga bog'liq

bo'ladi. Bu masalani hal etishda boshqaruv hisobi muhim rol o'ynaydi. Bu o'z navbatida ushbu soha mutaxassislari oldiga yangicha vazifalar qo'ymoqda. [1].

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Olimlarning tadqiqotlarida ta'kidlanishicha "Strategik boshqaruv hisobi" atamasi 20-asrning 80-yillarida AQSH va G'arbiy Yevropa mamlakatlarida paydo bo'lgan, biroq, keng qo'llanilmagan. O'tgan asrning 90-yillariga kelib, strategik boshqaruv hisobiga oid bahslar avj oldi. "Strategik boshqaruv hisobi" atamasi birinchi bo'lib, K.Simmondz tadqiqotlarida keltirilgan."[2]

Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqot metodologiyasi tizimni tahlil qilish, o'lchash va taqqoslash kabi nazariy bilimlarni solishtirish, sintez qilish, umumlashtirish va texnikaga asoslangan.

Tahlil va natijalar. Boshqaruv hisobining keyingi 50 yilda taraqqiyoti: axborot revolyutsiyasi va axborot texnologiyalarining rivojlanishi, mahsulot ishlab chiqarish liniyalarining kengayishi, iqtisodiyotning globallashuvi va innovatsion iqtisodiyot, servis (xizmat ko'rsatish) sohasining ustuvor rivojlanishi va boshqa omillar bilan belgilanadi.[3]

Axborot revolyutsiyasi axborotlarning hajmi va oqimini kengaytirdi. Ularga ishlov berishda yangi texnologiyalarni qo'llashni taqozo qildi. Ishlab chiqarish liniyalarining kengayishi yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishga olib keldi. Bu esa tannarxni mahsulotlar o'rtasida taqsimlash texnikasi (metodlari)ni takomillashtirishni talab etadi. Iqtisodiyotning globallashuvi raqobat muhitini kengaytirdi, bu esa aniq, dolzarb va o'z vatida taqdim etiladigan axborotlarga bo'lgan talabni kuchaytirdi. [12]

Mamlakatimiz global iqtisodiyot sharoitida global hisob siyosatini yuritish va stantartlarini qabul qilish bugungi kun talabi hisoblanadi. Zero hisob siyosati, shaffofligi har qanday axborot foydalanuvchisiga tushunarliy va ma'lumot taqdim etiluvchiga ya'ni potensial investorga malakali, moliyaviy qarorlar qabul qilish imkonini yaratadi.[4]

Transmilliy korporatsiyalarning rivojlanishi transfert bahoni shakllantirish maslasini dolzarb qilib qo'ydi.[5] Globallashuv professiyani rivojlanishiga olib keldi. Yaponiyada strategik menejment va operatsion menejment hamda menejmentlik hisobida yangi innovatsiyalar qo'llanila boshladi. Natijada, raqobatga bardosh berish uchun ko'pchilik amerikalik kompaniyalar ham Yaponiya menejment tizimini qo'llay boshladi. Servis sohasining ustuvor rivojlanishi ushbu kompaniyalar tomonidan ularning menejment talablariga javob beradigan boshqaruv hisobini rivojlanishiga olib keldi.[8, 11] Ayniqsa, turizm, transport, moliya tashkilotlari va tibbiyot menejmenti sohasida keskin burilish yasadi. Xizmatlar tannarxini aniqlash boshqaruv hisobining muhim ob'ektiga aylandi.

Ishlab chiqarish korxona yoki qismlari, tsexlari, bo'linmalari, bo'limlari, markazlari o'zining aniq tashkiliy boshqarish vazifa (funktsiya)lariga ega. Bu tashkiliy boshqarish tuzilmasi ko'pgina omillar (texnologiya, firmani joylanishi, firmaning quvvati, faoliyati, xodimlarning firmaga munosabatlari, muhitni o'zgaruvchanligi,

ta'minlanish va hokazolar)ga bog'liq. Boshqaruvning umumiy vazifalariga quyidagilar kiritilgan:

• Rejalashtirish va kompaniya siyosatini shakllantirish. Rejalashtirish mavjud axborotlar asosida maqsadlar va vazifalarning qo'yilishini prognozlashtirish; harakatlarning muqobil kurslari hamda faoliyatga doir dasturlar bo'yicha siyosatni ishlab chiqish. Menejmentlik ushbu masalalarni boshqarishda katta yordam ko'rsata oladi. Bunda hisobotlar o'tgan natijalarni yoritib beradi va kelgui faoliyatni baholash imkonini yaratadi.

• Qarorlar qabul qilish jarayonida yordam berish. Menejmentlikning turli zamonaviy texnika (metod)lari yordamida qarorlar qabul qilish jarayoni ilmiyligini oshiradi. Har bir maqbul bo'lgan muqobillar uchun tannarx, narx, foyda ko'rsatkichlari hamda jamg'armalar bilan bog'liq ma'lumotlar to'planiladi, tahlil qilinadi va asoslangan qarorlar qabul qilish uchun baza bo'lib xizmat qiladi. [13]

• Tashkil etish unsurlari. "Jalb qilingan kapital qaytimi (samaradorlik)" menejmentlikning muhim unsurlaridan hisoblanadi. Xolbuki, menejmentlik tannarx va javobgarliklarni nazorat qilish maqsadida Javobgarlik markazlariga katta e'tiborni qaratish orqali ko'p jihatdan detsentralizatsiyani qo'llab quvvatlaydi. Bu esa o'z navbatida samarali va harakatchan tashkiliy strukturani yaratishda foydali hisoblanadi. [16]

Ishlab chiqarish korxonalarida Boshqaruv (menejmentlik)ning kompaniya darajasida aniqlashtirilgan vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:

1) uzoq muddatli rejalar va qisqa muddatli rejalar (byudjet)larni ishlab chiqish va ularning bajarilishi ustidan nazoratni o'rnatish; [7]

2) xarajatlarni tan olish, baholash, tasniflash hamda funktsional bog'liqligini aniqlash va regression tahlilini amalga oshirish;

3) tannarx kontseptsiyasi va tannarx tabiatini belgilash hamda CVP (Cost Volume Profit) tahlilini amalga oshirish; [15]

4) ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligi tannarxini hisoblash, mahsulot tannarxining elementlari bo'yicha axborotlarni shakllantirish; [6]

5) materiallar, mehnat xarajatlari va ustama ishlab chiqarish xarajatlari hisobini zamonaviy yondashuv va usullar asosida yuritish; [14]

6) ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxi to'g'risidagi hisobot, sotilgan mahsulotlarning tannarxi to'g'risidagi hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish;

7) tannarxni hisoblashning buyurtmali va jarayonli tizimlarini qo'llash orqali tannarxni va xarajatlarni optimallashtirish yo'llarini ishlab chiqish;

8) uzoq muddatli investitsiyalar, xususan moliyaviy quyilmalar, yangi texnologiyalarni joriy qilinishini rejalashtirish hamda rejalarning bajarilishini nazorat qilish;

9) segmentar hisobotni tayyorlash va tahlil qilish, javobgarlik markazlari faoliyatini baholash.

10) korxonaning siyosatidan kelib chiqib boshqa vazifalarni kiritish mumkin. Ushbu vazifalarning hal qilinishi boshqaruvni to'g'ri tashkil qilinganligiga asos

bo'ladi.

Xulosa va takliflar. Xulosa qilishimiz mumkinki, ushbu holatlardan boshqaruv hisobining roli oshmoqda. O'quv rejalarimizda boshqaruv hisobini alohida fan sifatida kiritishimiz kerak bo'ladi. Korxona va tashkilotlarda boshqaruv hisobi bilan shug'ullanadigan buxgalterlarni shakllantirish kerak bo'ladi.

Boshqaruv hisobi bo'yicha ham xalqaro darajada sertifikatlarni joriy qilish vaqti keldi. Yuqorida sanab o'tilgan vazifalar menejmentning hozirgi talablariga javob beradi. Ularni boshqaruv hisobini tashkil etishda inobatga olinishi boshqaruvning samaradorligining oshishiga olib keladi.

REFERENCES

1. Роздольская, И. В., & Исманов, И. Н. (2020). РАЗВИТИЕ ЦИФРОВОЙ КОРПОРАТИВНОЙ КУЛЬТУРЫ КАК ВАЖНОГО ИНСТРУМЕНТА СТРАТЕГИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ ОРГАНИЗАЦИИ. In Развитие экономической науки в условиях формирования глобального цифрового общества (pp. 24-29).

2. Azizaxon Rustamjon Qizi Sobirjonova (2020). KORXONANING STRATEGIK SALOHIYATINI BOSHQARISHNING ASOSIY YO'NALISHLARI. Science and Education, 1 (9), 283-288..

3. Муминова, Э. А., Кундузова, К. И., & Умаралиев, З. Б. (2018). МОДЕРНИЗАЦИИ ЭКОНОМИКИ И ИННОВАЦИОННОГО РАЗВИТИЯ УЗБЕКИСТАНА. In НАУЧНО-ТЕХНИЧЕСКИЙ ПРОГРЕСС: СОЦИАЛЬНЫЕ, ТЕХНИЧЕСКИЕ И ОБЩЕСТВЕННЫЕ ФАКТОРЫ (pp. 194-198).

4. Tohirovich, Q. N. (2021). XALQARO MOLIYAVIY HISOB STANDARTLARIGA O 'TISH DOLZARBLIGI. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 1(2), 56-64.

5. Tolibjonovich, N. O. (2020). Global Economic Crises: The Global Economic Crisis In The Context Of The Coronavirus Pandemic And Its Elimination In Uzbekistan. Solid State Technology, 63(4), 5131-5145.

6. Shokiraliyevich, G. I. (2021). Role of information and communication technologies in accounting and digital economy. SOUTH ASIAN JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT RESEARCH, 11(5), 17-20.

7. Temirkulov, A. A. (2020). The correct acceptance of the investment decision is a factor of success of implementation of the process. ISJ Theoretical & Applied Science, 05 (85), 689-692.

8. Шоев, Д. А. (2019). Важные факторы повышения качества образования. Проблемы современной науки и образования, (12-2 (145)).

9. Атабаева, З. А. (2019). Организация учета инвестиций на Капитальные вложения. Проблемы современной науки и образования, (12-1 (145)).

10. Savinova, G. A. (2020). ЭКОНОМИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ И УПРАВЛЕНИЕ ПРЕДПРИЯТИЯМИ МАЛОГО БИЗНЕСА. Theoretical & Applied Science, (6), 227230.

11. Давлятшаев, А. А. (2020). СОЦИАЛЬНЫЙ АНАЛИЗ ИНВЕСТИЦИОННЫХ ПРОЕКТОВ. In МИНТАКД ЩТИСОДИЁТИНИ ИНВЕСТИЦИЯЛАШНИНГ МОЛИЯВИЙ-ХУ^УКИЙ ВА ИННОВАЦИОН ЖИХДТЛАРИ (pp. 516-520).

12. Qudbiyev, Nodir Tohirovich. (2021). Xalqaro moliyaviy hisob standartlariga o'tish dolzarbligi - Relevance of the transition to international financial accounting standards. SJ international journal of theoretical and practical research, 1(2), 56-64.

13. Abduraximov, Boburjon Umarjon O'g'li, Qudbiyev, Nodir Tohirovich, & Mominov, Ikromjon Luxmonjon O'g'li (2021). AYLANMA MABLAG'LARNI BOSHQARISH TIJORAT KORXONASI MUVAFFAQIYATINING ASOSI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (10), 724-733.

14. Rasulova, Shaxnoza Xatamovna (2021). ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARINI KAMAYTIRISHNING IQTISODIY AHAMIYATI VA UNI TO'G'RI HISOBGA OLISH ZARURIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (10), 713-718.

15. Abduxalimovna, A. Z., & Nabiyevich, I. I. (2021). Organization of Long-Term Asset Accounting on the Basis of International Standards. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF INNOVATIONS ON TOURISM MANAGEMENT AND FINANCE, 2(11), 86-92.

16. Ibragimova, Z. (2021). BUXGALTERIYA HISOBI TIZIMINING HOLATI VA UNING FAOLIYATINI BAHOLASH. Scientific progress, 2(2), 811-815.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.