Научная статья на тему 'MAHSULOT TANNARXINI KALKULYATSIYA QILISH YO‘LLARI'

MAHSULOT TANNARXINI KALKULYATSIYA QILISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
9263
758
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
boshqaruv hisobi / kalkulyasiya usullari / kalkulyasiya metodlari / mahsulot tannarxi / ishlab chiqarish xarajatlari. / management accounting / calculation methods / calculation methods / product cost / production costs.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Bozorov Bobur Haqberdievich

Mazkur maqolada boshqaruv hisobi hamda korxonalar faoliyatida kalkulyasiyaning tutgan o‘rni, kalkulyasiyaning mazmun-mohiyati, mahsulot tannarxi kalkulyasiyasi usullari, ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar birligining tannarxini aniqlash, ya’ni to‘g‘ri kalkulyasiya qilish uslublari, kalkulyasiya tuzish vaqtiga ko‘ra farqlanishi, kalkulyasiya tuzishdagi muammolar, kalkulyasiya qilishning tarkibiy muammolari, kalkulyasiya qilishning umumiy muammolari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Мethods of calculating the cost of a product

In this article, Management Accounting and the role of accounting in the activities of enterprises, the content and essence of the calculation, methods of product cost calculation, the products produced, the work done and the identification of the cost of the unit of services provided, that is, the methods of accurate calculation, the difference according to the time of calculation, the problems in the creating calculation, structural issues of calculation, as such, general pdoblems are observed.

Текст научной работы на тему «MAHSULOT TANNARXINI KALKULYATSIYA QILISH YO‘LLARI»

MAHSULOT TANNARXINI KALKULYATSIYA QILISH YO'LLARI.

Toshkent arxitektura qurilish insituti Qurilish iqtisodiyoti yo'nalishi 2 kurs magistranti Bozorov Bobur Haqberdievich boburbozorov96@gmail.com

Annotatsiya: Mazkur maqolada boshqaruv hisobi hamda korxonalar faoliyatida kalkulyasiyaning tutgan o 'rni, kalkulyasiyaning mazmun-mohiyati, mahsulot tannarxi kalkulyasiyasi usullari, ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan ish va ko'rsatilgan xizmatlar birligining tannarxini aniqlash, ya'ni to'g'ri kalkulyasiya qilish uslublari, kalkulyasiya tuzish vaqtiga ko'ra farqlanishi, kalkulyasiya tuzishdagi muammolar, kalkulyasiya qilishning tarkibiy muammolari, kalkulyasiya qilishning umumiy muammolari yoritilgan.

Kalit so'zlar: boshqaruv hisobi, kalkulyasiya usullari, kalkulyasiya metodlari, mahsulot tannarxi, ishlab chiqarish xarajatlari.

Аннотация: В данной статье рассматриваются управленческий учет и роль бухгалтерского учета в деятельности предприятий, содержание и сущность расчета, методы расчета себестоимости продукции, произведенной продукции, выполненных работ и определения себестоимости единицы оказанных услуг, то есть методы точного расчета, разница по времени расчета, проблемы в организации учета.

Ключевые слова: управленческий учет, методы расчета, методы расчета, себестоимость продукции, себестоимость продукции.

Abstract: In this article, Management Accounting and the role of accounting in the activities of enterprises, the content and essence of the calculation, methods of product cost calculation, the products produced, the work done and the identification of the cost of the unit of services provided, that is, the methods of accurate calculation, the difference according to the time of calculation, the problems in the creating calculation, structural issues of calculation, as such, general pdoblems are observed.

Keywords: management accounting, calculation methods, calculation methods, product cost, production costs.

KIRISH

Bugungi kunda an'anaviy (traditional) va zamonaviy (innovative) buxgalteriya hisobi amaliyoti o'rtasidagi o'zaro farqli jihatlar boshqaruv hisobi yo'nalishini ham

R

yangidan tadqiq etish zaruriyatini ko'rsatmoqda. SHuningdek, an'anaviy hisobda foydalanilgan tahliliy va tannarx hisoblash usullari va ularning natijaviy ko'rsatkichlari o'z navbatida joriy amaliyotning yangi bosqichida hisoblashning zamonaviy modellarini ishlab chiqishni talab etadi. Xususan, o'tgan yili Davlat dasturi doirasida 21 trillion so'm va 1 milliard dollarga teng 76 mingta ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirildi. Bu kabi dasturlarning davomiyligini ta'minlash va kutilgan samarali natijalarga erishishda xarajatlarni boshqarishning muqobil usullarini yaratish muhim sanaladi.

Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik usulidan foydalanildi. Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish yo'llari obyektiv ochib berildi. Хорнгрен Ч.Т., Фостер Дж. (2004) Бухгалтерский учет. Управленческий аспект. М.: Финансы и статистика nomli kitoblari mantiqiy izchillik va asosiy manba sifatida tadqiq qilindi.

Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda firma va kompaniyalar buxgalteriya hisobi sohasidagi ish vaqtlarining deyarli 90 foizini boshqaruv hisobini tashkil etish va yuritishga sarflaydilar. Rossiya Federatsiyasi Savdo va iqtisodiy rivojlanish Vazirligi qoshida boshqaruv hisobi masalalari bo'yicha kengash tashkil etilganligi, AQSHning Bufallo shahrida 1919 yildan buyon professional tashkilot Xarajatlar hisobi bo'yicha mutaxassislar milliy assotsiatsiyasining (National Association of Cost Accountants) faoliyati ushbu sohaning rivojlanish bosqichlarini ifodalaydi 1 . Xarajatlarning boshqaruv mexanizmini me'yorlarga asosan tashkil etmay korxonalarni samarali rivojlantirib bo'lmaydi. Boshqaruv mexanizmlarining asosiy vazifalaridan biri sifatning maqbul darajasini saqlab qolgan holda, ishlab chiqarishda har bir mahsulot birligiga sarflanadigan xarajatlar miqdorini kamaytirishga imkon beruvchi xo'jalik mexanizmlarining yangi usullarini vujudga keltirish va undan samarali foydalanishdir.

i Management And Accounting Web URL: http://maaw.info/AccountingHistoryDatesAndEvents.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

MUHOKAMA VA NATIJALAR

1-jadval

Qayta ishlash sanoati sohalarida ishlab chiqarish narxlari indeksi (foizda)

Саноат сосалари 2019- 2019- 2019-03 2019- 2019- 2019-

01 02 04 05 06

Ишлаб чикариш 108,8 101,0 100,0 98,7 100,8 100,1

нархлари индекси

Кай та ишлаш 111,4 101,0 100,4 99,5 100,2 99,9

саноати

Озик,-овкат саноати 100,8 100,3 101,1 100,1 100,6 100,1

Ичимлик 100,9 100,4 99,9 100,6 100,2 100,5

Тукимачилик 99,9 100,2 99,7 99,8 100,1 100,2

Кимёвий махсулотлар 134,4 100,6 100,1 95,9 99,6 100,1

Нефтни к;айта ишлаш 105,8 98,6 98,9 99,7 100,6 98,6

саноати

Бошк;а турдаги 100,2 101,9 103,9 103,8 98,7 98,6

минерал мах,сулотлар

Металлургия саноати 171,9 100,1 100,2 98,1 100,5 100,7

Тайёр металл 114,5 100,1 100,1 100,1 100,1 100,0

ма^сулотлари (машина

ва ускуналардан ташк;ари)

Электр жих;озлар 100,0 99,5 100,0 100,0 100,0 100,0

саноати

Автотранспорт 100,7 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0

воситалари, тиркама

ва ярим тиркамалар

Iqtisodiyotning tarkibiy sohalarida ishlab chiqarish narxlari indeksi 2019 yilning dastlabki olti oyi davomida o'sish xususiyatiga egaligi narxga ta'sir etuvchi omillar tarkibini, xususan, ishlab chiqarish bilan bog'liq xarajatlarni maq bul usullar asosida hisoblashni talab etadi. Qayta ishlash sanoatining metallurgiya (7%) va ichimliklar (5%) ishlab chiqarish sohalarida narxlarning sezilarli darajada oshganini, koks va neftni qayta ishlash (-1.4%) va boshqa nometall-mineral mahsulotlar (-1.4%) ishlab chiqarish sohalarida esa, aksincha, narxlarning pasayish sur'atini kuzatish mumkin.

Boshqaruv apparatini qarorlar qabul qilishda zaruriy va tezkor ma'lumotlar bilan ta'minlash, qilingan xarajatlarni o'z vaqtida nazorat qilish, axborotlarni doimiy yangilab borish va qayta ishlashda kalkulyasiya uslublariga nisbatan talablar belgilanadi.

Kalkulyasiyalash tuzish vaqtiga ko'ra 2 turga bo'linadi: dastlabki va yakuniy kalkulyasiyalash.

Boshqaruv hisobi vazifalarini samarali hal etishda mavjud muammolar va xatolarni reglamentlash muhim ahamiyatga ega. Qabul qilinayotgan qarorlarning boshqaruv tizimida tavsiflanadigan tahlil etishdagi xatolar: - hisob yuritishning

tahliliy funksiyasi muhimligini tushunmaslik; - korxonadagi mavjud hisob yuritish va tahlil qilish tizimi mahsulot ishlab chiqarishning zararsiz hajmini aniqlash imkonini bermaydi; - chetlanishlarni tahlil qilishga etarlicha e'tibor qaratilmaydi.

Калькуляция тузиш вактига кура

Дастлабки калькуляциялаш-

ишлаб чи^ариш жараёни тугаллангунга к;адар тузилади

Лойи^авий калькуляция- инновацион дастурларнинг иктисодий самарадорлилигини асослашда

фойдаланилади. (к;урилиш, реконструкция, янги ма^сулотлар ишлаб чик,ариш, технологиялар ва бошк,а сох;аларда)

Л

Норматив калькуляция - мах,сулот таннархи х;исоби меъёрий *исоб асосида (маълум санагача амал к,илади) олиб борилади ва к;иск;а муддатли режалаштиришда фойдаланилади.

г \

Режавий калькуляция-режали >;исоб

ба^оларига асосланади, урта муддатли

режалаштиришда фойдаланилади,

/ \

Якуний калькуляциялаш-

ишлаб чик;ариш жараёни якунлангач тузилади

ч_J

Хисобот калькуляцияси-аник; *исоб элементлари,

бирламчи х;исоб маълумотлари асосида, фактларга таяниб ишлаб чикилади

Л

Умумхужалик калькуляцияси-ишлаб чикаришнинг барча харажатлари, ресурсларнинг та>у1илий >^исоб ба>;олари асосида ^исобланади.

)

1-расм. Калькуляциянинг тузиш вактига кура фаркланиши.

Boshqaruv hisobi imkoniyatlarini to'liq ochib berishda u bilan bog'liq muammolarni o'rganish talab etiladi. Kalkulyasiyalashning asosiy muammolari:

Korxonaning qaysi tarmoqqa mansubligiga ko'ra kalkulyasiyalash ikki variantda amalga oshirilishi mumkin: yarim tayyor mahsulotli va yarim tayyor mahsulotsiz. YArim tayyor mahsulotli variantda har bir bosqich bo'yicha mahsulot tannarxi hisoblab chiqariladi. Oxirgi bosqich tannarxi barcha tayyor mahsulot tannarxi bo'lib hisoblanadi.

YArim tayyor mahsulotsiz variantda tayyor mahsulot tannarxiga barcha alohida bosqichlar bo'yicha uni ishlab chiqarish xarajatlari kiritiladi.

136

XULOSA VA TAKLIFLAR.

Boshqaruv hisobining umumiy taktikasi, ya'ni joriy davrda ishlab chiqarishni tashkil etish, dalillash, qabul qilingan qarorlarni tahlil va nazorat qilish, shuningdek, kalkulyasiyalash usullari va uni tuzishdagi muammolar yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi takliflar ishlab chiqildi:

□ rivojlangan mamlakatlar tajribasiga asosan yirik ishlab chiqarish hajmiga ega korxonlarda umumiy ma'lumotlarni qamrab oluvchi "informatsion-mikromuhit" yaratish;

□ ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini kengaytirish va rag'batlantirish maqsadida 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid Davlat dasturiga muvofiq energiya-tejamkor va atrof-muhit holatiga salbiy ta'siri kam bo'lgan ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etuvchi (ma'muriyatga xizmat qiluvchi asosiy vositalardan tashqari) asosiy vositalarga nisbatan turli nisbatda pasaytirilgan mulkiy soliq stavkalarini joriy etish;

□ kalkulyasiya qilish usullarini ishlab chiqarishga mosligi yuzasidan baholashda boshqaruv hisobini dasturiy natijaviyligini ta'minlovchi avtomatlashtirilgan tizim yaratish;

□ ishlab chiqarish jarayonida me'yoriy darajalar asosida iqtisod qilingan moddiy resurslar bo'yicha rag'batlantirish choralarini joriy etish;

□ bozor mexanizmlari ta'sirida narxning chegaraviy karidorlari belgilangan sharoitda kalkulyasiya qilish usullarini foydaga bevosita va bilvosita ta'sirini muqobil variantlarni qo'llash orqali tanlash;

□ bozor talablari asosida rivojlanayotgan investitsiyaviy muhit jozibadorligi indekslarining boshqaruv hisobi tizimiga oid ko'rsatkichlar bilan bevosita bog'liqligi, ularni hamjihatlikda yuritishni tatbiq etish.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Babaev YU.A. (2007) Buxgalterskiy uchet Izdatelstvo: «Velbi» Karpova T. P. (2004) Janr: Buxgalterskiy uchet Izdatelstvo: «YUNITI-DANA».

2. Murojaatnoma (2018) O'zbekiston Respublikasi Prezident SHavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.

3. Xorngren CH.T., Foster Dj. (2004) Buxgalterskiy uchet. Upravlencheskiy aspekt. M. : Finansu i statistika.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.