MAHMUDXO'JA BEHBUDIYNING PEDAGOGIK MEROSI
Z. B. Axrarova
O'zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti "Pedagogika va umumiy psixologiya" kafedrasi
dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi
ABSTRACT
The article analyzes the contribution to the development of spiritual culture of the educator Mahmudhoja Behbudi, who was one of the outstanding leaders of the national revival movement that emerged in Turkestan in the XX century, who played an important role in awakening the public consciousness of the Uzbek people at that time. Possessing a broad outlook and deep knowledge, he has always opposed conservatism and ignorance and in his works called for the correct understanding and interpretation of the Islamic religion. His goal was to enlighten the people and bring them to the level of highly developed peoples of the world, to build an advanced society in all respects, a state based on the unshakable principles of humanism and democracy.
Keywords: jadidism, spiritual culture, science, religion, enlightenment, morality, politics, art, spiritual perfection
АННОТАЦИЯ
В статье анализируется вклад в развитие духовной культуры просветителя Махмудходжи Бехбуди, который был одним из выдающихся лидеров движения национального возрождения, возникшего в Туркестане в XX веке, сыгравшего важную роль в пробуждении общественного сознания узбекского народа в тот период. Обладая широким кругозором и глубокими знаниями, он всегда выступал против консерватизма и невежества и в своих произведениях призывал к правильному пониманию и толкованию исламской религии. Он ставил перед собой цель просветить народ и вывести его на уровень высокоразвитих народов мира, построить передовое во всех отношениях общество, государство основанное на незыблемых принципах гуманизма и демократии.
Ключевые слов: джадидизм, духовная культура, наука, религия, просвещения, мораль,политика, исскуство, духовное совершенство
ANNOTATSIYA
Maqolada XX asrda Turkistonda vujudga kelgan milliy uyg'onish harakatining atoqli rahbarlaridan biri bo'lgan, o'sha davrda o'zbek xalqi ijtimoiy ongining uyg'onishida muhim rol o'ynagan ajdodimiz jadid ma'riftparvari Mahmudxo'ja Behbudiyning ma'naviy madaniyat taraqqiyotiga qo'shgan hissasi tahlil qilingan.
27-mart, 2024
303
Keng dunyoqarash va chuqur bilimga ega bo'lgan Behbudiy o'z asarlarida islom dinini noto'g'ri talqin etilmasligi, ma'rifiy jihatlariga e'tibor qaratishga chaqirgan. Behbudiyning maqsadi xalqni ma'rifatli qilish va ularni dunyoning yuksak rivojlangan xalqlari darajasiga olib chiqish, har tomonlama rivojlangan jamiyat, insonparvarlik va demokratiyaning mustahkam tamoyillariga asoslangan davlat qurish edi.Maqolada Behbudiy merosida ilm-ma'rifat, axloq, san'atning yoshlar ma'naviy madaniyati, milliy o'zlikni anglashga ta'siri masalalarining yoritilishiga e'tibor qaratilgan, asarlarining zamonaviy ahamiyati ko'rsatib o'tilgan.
Tayanch tushunchalar:jadidchilik, ma'naviy madaniyat, ilm, ma'rifat, din, axloq, san'at, siyosat, ma'naviy barkamollik.
Mamlakatimizda Uchinchi Renessans voqeligi strategik vazifa va milliy g'oya darajasiga ko'tarilmoqda. Uning muhim omillaridan biri sanalgan oliy ta'lim tizimi ham tubdan isloh qilinmoqda. Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi texnologiyalar va innovatsiyalarning jadal rivojlanishi bilan bog'liq global muammolar yechimini topishga qaratilgan. Bu yo'nalishdagi asosiy vazifalardan biri nafaqat hozirgi muammolarni aniqlash, shu bilan birga, ilm- fan va texnologiyalarning eng so'nggi yutuqlaridan boxabar bo'lish, zamonaviy texnologiyalarga doir bilimlarni egallash, tizimli va ijodiy fikrlash ko'nikmasiga ega yuqori malakali mutaxassislarni o'qitish, tayyorlashdir. Binobarin, hozirgi paytda bashariyatning ilm- fan sohasida bellashuvi tobora avj olyapti. Dunyoning ilg'or davlatlarida ta'limni rivojlantirish birinchi galdagi vazifa sifatida belgilanishi ham bejiz emas. Sog'lom, bilimli, madaniyatli yoshlar mamlakat taraqqiyoti va kelajagini belgilab beruvchi hamda jamiyatda ijobiy o'zgarishlarni amalga oshirishda harakatlanuvchi kuchdir. O'z navbatida o'sib kelayotgan avlodni har tomonlama yetuk va barkamol shaxs etib tarbiyalash ta'lim sohasida olib borilayotgan bugungi islohotlar samarasi bilan belgilanadi. Uchinchi Renesans qurishning talablari asosida ta'lim tizimini progressiv isloh qilish va rivojlantirish, tahsil oluvchilarning qiziqish va ehtiyojlari asosida sifatli bilim berish,tahsil oluvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash vazifasini qat'iy tarzda belgilab berilgan. 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot
strategiyaning 5-bandida Ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish masalasi belgilangan. Mazkur tadqiqot ishi ham belgilangan ushbu vazifalarni amalga oshirishga katta xizmat qiladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 sentabrdagi "Ma'rifatparvar jadidchilik harakati namoyandalarini mukofotlash to'g'risida"gi farmonida, milliy ta'lim va tarbiya tizimini yaratishga beqiyos hissa qo'shgan mutafakkir Mahmudxo'ja Behbudiy "Buyuk xizmatlari uchun"ordeni bilan taqdirlandi.Bu albatta yurtimizda ulug' ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularga hurmat ko'rsatish kabi xayrli islohatlar amalga oshirish va albatta allomaning ilmiy merosini yanada chuqur o'rganishga keng yo'l
27-mart, 2024
304
ochadi. Shu maqsadda mazkur tadqiqot ishimiz belgilangan hayrli vazifalarni ro'yobga chiqarishga xizmat qilishi shubhasiz.
Yuksak ma'naviyat va axloqiy barkamollik har qanday xalq, har qanday da vlat rivojining bosh mezoni bo'lib xizmat qilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyyev: "Yangi O'zbekiston orzusi, bugungi kunlarimizga nisbatan aytganda, hozirgi davrning taqozosi, uning asl qiyofasini, harakatlantiruvchi kuchlari va omillarini belgilaydigan g'oyaviy-ma'naviy asos, xalqimizga xos yaratuvchanlik shijoati va keng ko'lamli islohotlarimizning yaqqol ifodasidir", - deb ta'kidlashlari bejiz emas.
Bo'lajak mutaxassis sifatida talabalar har qanday vaziyatda tanqidiy fikrlash va muammolar yechimini topishni, o'zaro hamkorlik asosida yetakchilik qobiliyatini namoyon etishni, zamonaviy bilimlarga chanqoqlikni va vaziyatga moslashuvchanlikni, tadbirkorlik va ishbilarmonlikni, insonlar bilan samarali muloqatni tashkil etishni, ishlab chiqarish jarayonida ma'lumotlarni baholashni va tahlil qilishni, yangiliklarga qiziquvchanligini va tasavvur hosil qilish ko'nikmalarini egallashlarini ustuvor vazifalar qilib qo'yilgan.
Ma'lumki, XIX asr oxiri XX asr boshlarida Chor Rossiyasining O'rta Osiyodagi yoki o'sha davrda nomlangan, Turkistondagi mustamlakachilik siyosati faqatgina siyosiy hukmronlikni emas, iqtisodiy hukmronlikni ham anglatar edi. Ishlab chiqarish, sanoat korxonalarining yaratilishi, texnika, transport tarmog'ining kengayishi mehnatga yangicha munosabatni talab qilar edi. Chor Rossiyasi uchun aynan mana shu jarayon yangi rus Turkistonini tashkil etishga yordam berdi berdi.
Ishlab chiqarishning yangilanishi, yangi aloqalari vujudga keldi, sanoat, temir yo'llar, qurilish va boshqa sohalarda dastlabki ishchi guruhlari paydo bo'ldi.
O'lkanining Chor Rossiya xomashyo manbaiga aylantirilishi, talanishi va boyliklarning talanishi jadidlarning hamda milliy burjuaziyaning ularga qarshi turishi, mamlakatnining har tomonlama mustaqilligini tiklash g'oyasi ma'naviy kurash jarayonini boshlab berdi.
Turkistonning o'sha davrdagi ziyoli qatlami rus hukmronligini chetdan sun'iy ravishda yaratilganligi, bu milliy qadriyatlarni ifodalay olmasligiga ishonch hosil qilib, o'z mamlakatini o'zgalar emas, o'zlari boshqarishlari lozimligini tushunib yetdilar. Buning uchun esa kurashish lozimligini, bu yo'lda bor imkoniyatdan foydalanish Vatanining ozodligi shunchaki oddiy kurash bilan emas, balki yetuk siyosiy iroda bilan amalga oshirilishi lozimligini bor bo'yi bilan anglab yetdilar. Mahmudxo'ja Behbudiy shuning uchun ham "haq olinur, berilmas", degan edi. Ana shunday milliy istiqlol kurashida jadid allomalari yetakchilik qildilar. Ular orasida ma'rifatparvar alloma Mahmudxo'ja Behbudiyning faoliyati alohida o'ringa ega.
Mahmudxo'ja Behbudiyning ma'naviy- axloqiy qarashlari shakllanishi uning musulmon kishisi, Turkiston farzandi sifatidagi o'z xalqi turmushidan qayg'usi bilan bog'lanib ketadi. Bir tomondan mo'min musulmon sifatida har bir farzandni yuksak
27-mart, 2024
305
musulmonchilik axloqi bilan tarbiyalash tarafdori bo'lsa, yana bir jihat o'lkaning o'zgalarga qaramligi uning bosh qayg'usi bo'lganligi yaqqol ko'zga tashlanib turadi. Bu qayg'u esa farzandlarni zamonaviy ilm-fanni egallash orqali vatanni ilm yo'li bilan ozod qilish lozimligini uqtiradi."Zamona ilmu hunaridan bebahra xalq o'zgalarga poymol bo'ladi", uning bunday xulosasi uning har bir maqolasi, darsligi va u yaratgan birinchi proza asari "Padarkush"da qizil ipdek ko'zga tashlanib turadi. "Padarkush" personajlarining bu qadar tubanlikka ketish sabablari ham ularning axloqsizligi, ilmsizligi edi. Turkiston shaharlarida ochilib kelayotgan pivoxonalar va ba'zi axloqsizlik o'chog'i bo'lgan mayxonalarning ko'payib ketayotganligi uni tom ma'noda qayg'uga soladi. Ba'zi boylarning bunday joylar uchun o'z mulklaridan joy berayotganligi kechirib bo'lmas xato edi. Aziz farzandlar uchun bir maktab qurmoq uchun joy so'raganda, o'zlarini chetga oluvchilarni qattiq tanqid ostiga oladi. Hazrat Mahmudxo'ja Behbudiyning ma'naviy-axloqiy qarashlari mazmuni, uning farzandlarni ilm- ma'rifat bilan qurollantirish orqali yuksak insoniy axloqqa erishish mumkinligini bilan belgilanadi.
Shuni ta'kidlashimiz lozimki, Chor xukumati mahalliy xalqni o'z qadriyatlari, o'tmishidan ayirish uchun tizimli har tomonlama o'ylangan strategiya asosida ish olib bordi.
Chor hukumati tub aholining savodini, bilimini va milliy his-tuyg'ularinining namoyon bo'lishidan juda qo'rqar edilar. Xalqni asta-sekinlik bilan bilimsizlikka qaratilgan siyosatni amalga oshirishga harakat qildilar. 1870 yildayoq Rossiya xalq maorifi vazirligi barcha mahalliy aholini ruslashtirishdan iborat bo'lishi haqida qaror qabul qilgan. N.O.Ostroumov: "Rus hukumati mahalliy aholini rus xalqi bilan aralashtirishga harakat qilish kerak. Shu yo'nalishda mahalliy aholining maorifini ma'lum darajada rivojlantirish lozim"deb aytgan.
Turkiston general-gubernatori I.A.Kuropatin esa kundaliklarida "Biz 50 yil tub-joy aholini taraqqiyotidan chetda tutdik", - deb qayt etgan edi.
Bosqinchi ma'murlarning o'ylangan strategiyasiga qarshi mahalliy ziyolilar sinfi yetishib chiqdi. Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy, A.Fitrat, Cho'lpon, A.Shakuriy kabi ma'rifatparvarlar milliy maktablarni isloh qilish, dunyov iy fanlarni o'qitish dasturini kengaytirgan holda yangi usul maktablarini tashkil etdilar. Ular oddiy xalq uchun kutubxonalar tashkil qildilar. Darslik va o'quv qo'llanmalar yozdilar, gazeta-jurnallar tashkil qilib, ma'rifaparvar g'oyalarini keng yoydilar. Shuning uchun ham "Rus-tuzem" maktablari mahalliy aholi o'rtasida keng tarqalmadi. Oddiy odamlar rus maktablari milliy manfaatlarni zidligini anglab yetgan edi.
Xalq hayotini yangi bosqichga ko'tarishga undovchi gazetalarning XX asr boshlarida Turkiston o'lkasida keng yoyilishi Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Fitrat, Cho'lpon singari yoshlarni dunyoning boshqa mamlakatida yashovchi xalqni hayoti bilan, yangi asrning ma'rifatparvarlik
27-mart, 2024
306
g'oyalari orqali tanishtira boshladi. Rossiya, Turkiya va Erondagi inqiloblar Turkistonga ham yetib keldi.
Dastlab, asosan, ma'rifiy masalalarni amalga oshirishda, jadidlarning birlashishi va harakatining keng yoyilishida o'zbek jadidchiligining otasi Mahmudxo'ja Behbudiyning xizmatlari beqiyosdir.
Jadidlar chor Rossiyasi davrida ham, sovet hokimiyati davrida ham qoralanib kelindi. Faqat xalqimiz mustaqillikka erishganidan keyin jadid ma'rifatparvarlari faoliyatini keng ko'lamda o'rganila boshlandi. Turkiston jadidchilik harakati va uning ma'naviy-ma'rifiy asoslarining mohiyati, jadidlarning xalq tafakkurini o'stirish, ma'naviyatini boyitish yo'lida olib borgan kurashlari, jadidchilik g'oyalarining Turkistonga tarqalishida milliy matbuot, badiiy adabiyot va teatrning ahamiyati masalalariga doir ko'plab tadqiqotlar olib borildi.
Amerikalik olim E.Olvort "Padarkush" dramasi haqida "Dramada ilgari surilgan jiddiy muammolar ta'lim va tarbiyani kuchaytirish, xalqni asriy jaholat, qoloqlikdan qutqarish, jinoyat va jazo, majburiyat va mas'uliyat singari ijtimoiy munosabatlar sodda va ta'sirli ifodalangan. Dramada ilk bora turkistonliklarga o'z tilida, tipik obrazlar, tipik xarakterlar orqali jiddiy hayotiy muammolar, ochiqchasiga gapirilgan edi. Ilmsizlik, jaholat, to'g'ri yo'ldan adashish oilaga baxtsizlik, chinakam kulfat keltirishi ta'sirli dialoglarda aks ettirilgani uchun sahnadagi harakatlar tomoshabinni hayratga solib, butun vujudini qamrab oladi. Sahnadagi voqealarni to'g'ri idrok qilgan har qanday tomoshabin Turkistonning asosiy fojiasi nimadan iborat ekanligini ko'rib yig'laydilar, mamlakat yoshlarini o'qitish orqali yangi hayotga olib chiqish zarurligini tushunadilar [2] deb ta'kidlaydi.
Olmoniyadagi Humboldt universiteti professori atoqli turkshunos Ingeborg Baldauf - mashhur jadid adibi va ma'rifatchi Mahmudxo'ja Behbudiyning haj safari kundaliklarini o'rgangan hamda olmon tiliga o'girgan. Mutafakkir ilmiy merosini tadqiq qilganimda ma'rifatparvarligi bilan birgalikda Behbudiyning buyuk tarbiyachi ustoz ekanini his qilganman. Zero, islohot va ma'rifat tarbiyadan boshlanadi. Behbudiy xotin -qizlarning tarbiyada tutgan yuksak o'rnini o'zining asarlarida muntazam qayd etadi. "Oyina" jurnaliga tarbiya mavzusida yozgan maqolalarida ham Behbudiy ayol va onaning jamiyat rivojidagi mavqei baland ekanini qayta-qayta ta'kidlaydi.
Behbudiyning ijodi va amaliy faoliyati keng qamrovli va serqirra bo'lib, u maktab-maorifni isloh qilishdan tortib, Turkistonni ozod Vatanga aylantirish masalasiga borib taqaladi. Jadidchilik harakatining ma'rifatparvarlik asoslari, ularda milliy g'oya masalalari, jadid matbuotining shakllanishi, jadid adabiyoti va san'ati, jadid maktabi va maorifi, axloqiy va estetik tarbiya masalalari tarixiy, filologik, falsafiy, pedagogik jihatlari o'rganildi. Behbudiyning deyarli barcha maqola va asarlari nashr etilib, xalqqa taqdim etildi. Yangi usul maktabi, milliy matbuot, adabiyot va teatr tarixini o'rganishga bag'ishlangan ko'plab asarlar maydonga keldi.
307
И 27-mart, 2024 Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
M.Behbudiyning ma'rifatparvarlik g'oyalari, jamiyatni taraqqiy ettirish uchun kadrlar tayyorlashning zarurligi to'g'risidagi qarashlari, uning «Padarkush» asaridagi ziyoli obrazi orqali ifodalanadi. Ziyoli o'zining ilm-fan, texnika, madaniyat, davlat, jamiyat ishlari haqidagi fikr- mulohazalarini aniq, lo'nda, ilmiy, ishonarli dalillar orqali tushuntirishga, isbotlashga harakat qiladi. Xususan, ziyolidagi bu xususiyatlar uning boy bilan bo'lgan munozarasida yaqqol ko'zga tashlanadi.
Turkiston xalqiniig mashaqqatli mehnat qilishiga qaramasdan, qashshoq bo'lib yashab kelayotganligining ildizlarini ochishga harakat qilgan ma'rifatparvarlardan biri ham Mahmudxo'ja Behbudiy edi. U XX asr boshlaridagi ijtimoiy muhitni tahlil qilib, xalqning qashshoqlikda yashashining asosiy sababi - bu mustamlakachilik siyosati deb hisoblaydi.
Behbudiyning millat manfaatini himoya qilish, savdo, tijorat, dehqonchilik, ilmfan, texnikani rivojlantirish bobida Yevropadan o'rnak olish, jahon sivilizatsiyasi yutuqlarini egallash va unga qo'shilishi uchun yoshlarni xorij mamlakatlariga o'qish uchun yuborish zarurligi kabi masalalarni o'sha davrda aniq qo'yganligi endilikda ma'lum bo'ldi. Jamiyat ijtimoiy taraqqiyotining asosiy ustunliklaridan biri, jadidlarning nuqtai nazaricha islom tushunchasini yangilash, uni mutaassiblikdan tozalash, diniy bag'rikenglikni targ'ib qilishdan iborat edi.
M. Behbudiy ham asl islom g'oyalarining unutilishini halqning tarqoqligi va o'zaro nizolarini sabab qilib ko'rsatadi.
Jadidlarning asarlarida faqat din, til emas balki axloqiy masalalar ham o'z ifodasini topgan. Ular axloqiy masalalarni hal qilish jamiyat taraqqiyoti uchun muhim omil ekanligini teran anglaganlar. Xususan, mahalliy aholi turmushidagi ba'zi urf-odat va an'analarning mohiyatini tahlil qilib, ularga axloqiy nuqtai nazardan baho berganlar. Ayniqsa, jadidlarning to'y-ma'rakalar va dafn marosimlari haqidagi qarashlari ayni kunlarda ham o'z ahamiyatini yo'qotgan emas.
Behbudiyning ta'kidlashicha, to'y va azadagi har qanday dabdababozlik va manmanlik kishilarni xonavayron va g'arib etuvchi, inqirozga sabab bo'luvchi dushmandir.
Darhaqiqat, to'ylardagi dabdababozlik ayrim hollarda ichkilikning meyoridan ortiq iste'mol qilinishi ta'ziyalardagi isrofgarchilik, islom diniga zid bo'lgan mavrid -ma'rakalar o'sha davrlardagina emas, hozir ham juda muhim.
Behbudiyning nuqtai nazaricha, Turkiston boylari xalqni harob va barbod etadigan dabdabali to'ylarni o'tkazish bilan ovora. Behbudiy to'ylarni kamxarajat, bejirim o'tkazish tarafdori bo'lib, unga sarflanishi mumkin bo'lgan ortiqcha pullardan bolalarni Kavkaz, Qrim, Qozon, Orenburgga o'qishga yuborish uchun foydalanish maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.
Xulosa qilib aytsak, Mahmudxo'ja Behbudiyning ma'rifiy - axloqiy qarashlaridan bugungi yoshlar tarbiyasi masalalarida foydalanish ham bugungi globallashuv
27-mart, 2024
308
jarayonlarida milliy ong va milliy dunyoqarashni o'zligicha saqlash garovi ekanligini ko'ramiz.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O'qituvchi va murabbiylar kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi.1-oktabr 2020 yil
2. Ahrorova Z.Mahmudxo'ja Behbudiyning pdegogik qarashlari va ma'rifiy-amaliy faoliyati. Pedagog. Fan.nomzodi. diss.T.: 1997. 157
3. Ахророва, З. Б. (2019). Алишер Навоии ижоди воситасида баркамол авлодни тарбиялаш. Современное образование (Узбекистан), (3 (76)), 49-53.
4. Ахророва, З. Б. (2023). МАДМУДХУЖА БЕДБУДИЙНИНГ МАЪНАВИЙАХЛО^ИЙ ТАРБИЯГА ОИД ^АРАШЛАРИ. Academic research in educational sciences, 5(NUU Conference 2), 201-206.
5. Edvort Olvort. Birinchi o'zbek dramasi "Jahon adabiyoti" jurnali, 2009 yil, 9-son.
6. Хамрокулова, Ш. Э. (2021). Узбек маърифатпарвари Абдурауф Фитрат асарларида экологик тарбия масалалари. Science and Education, 2(11), 1116-1119.
7. Хамрокулова, Ш. Э., and F. Р. Тулишов. "АБДУРАУФ ФИТРАТ АСАРЛАРИДА ИЖТИМОИЙ ТАРБИЯ МАСАЛАЛАРИНИНГ ЁРИТИЛИШИ." ZAMONAVIY TARAQQIYOTDA ILM-FAN VA MADANIYATNING O 'RNI 2.24 (2022): 123-126.
8. Ахрарова, З. Б. (2021). УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМДА ПЕДАГОГИК ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИ ^УЛЛАШ ЖАРАЁНЛАРИ. Academic research in educational sciences, 2(NUU Conference 1), 190-194.
309
И 27-mart, 2024 Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi