Научная статья на тему 'MAXMUDXO‘JA BEHBUDIY VA MUNAVVARQORI ABDURASHIDXONOV QARASHLARIDA TA’LIM TIZIMIGA E’TIBOR VA ADOLATPARVARLIK G‘OYALARI'

MAXMUDXO‘JA BEHBUDIY VA MUNAVVARQORI ABDURASHIDXONOV QARASHLARIDA TA’LIM TIZIMIGA E’TIBOR VA ADOLATPARVARLIK G‘OYALARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

885
68
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta‟lim / ilm / ma‟rifat / tarbiya / ijtimoiy adolat / istiqlol / jamiyat / huquq / erkinlik.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Saidjon Sanoyevich Hamroyev

Ushbu maqolada mamlakatimizning taraqqiyoti va ravnaqi yo„lida buyuk jadid mutafakkirlarimiz Mahmudxo„ja Behbudiy va Munavvarqori Abdurashidxonovlarning millat va xalqni tanazzul va Vatanni butunlay yo„q bo„lish xavfidan saqlab qolish, avlodlarni erk va ozodlik, mustaqillik ruhida tarbiyalash, ma‟rifat va taraqqiyotta yetkazish uchun ta‟lim va tarbiyadan boshqa nojot yo„qligi va bu bo„yicha amalga oshirilgan amaliy ishlari to„g„risida fikr yuritilgan hamda kelgusida amalga oshirilajak ishlar bo„yicha yurtimizda ijtimoiy adolat tamoyili asosida ta‟lim-tarbiya masalalari doimiy kun tartibida bo„lishini asoslanganligi ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAXMUDXO‘JA BEHBUDIY VA MUNAVVARQORI ABDURASHIDXONOV QARASHLARIDA TA’LIM TIZIMIGA E’TIBOR VA ADOLATPARVARLIK G‘OYALARI»

MAXMUDXO'JA BEHBUDIY VA MUNAVVARQORI ABDURASHIDXONOV QARASHLARIDA TA'LIM TIZIMIGA E'TIBOR VA

ADOLATPARVARLIK G'OYALARI

Saidjon Sanoyevich Hamroyev

Buxoro davlat universitetining mustaqil tadqiqotchisi [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada mamlakatimizning taraqqiyoti va ravnaqi yo'lida buyuk jadid mutafakkirlarimiz Mahmudxo'ja Behbudiy va Munavvarqori Abdurashidxonovlarning millat va xalqni tanazzul va Vatanni butunlay yo'q bo'lish xavfidan saqlab qolish, avlodlarni erk va ozodlik, mustaqillik ruhida tarbiyalash, ma'rifat va taraqqiyotta yetkazish uchun ta'lim va tarbiyadan boshqa nojot yo'qligi va bu bo'yicha amalga oshirilgan amaliy ishlari to'g'risida fikr yuritilgan hamda kelgusida amalga oshirilajak ishlar bo'yicha yurtimizda ijtimoiy adolat tamoyili asosida ta'lim-tarbiya masalalari doimiy kun tartibida bo'lishini asoslanganligi ochib berilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, ilm, ma'rifat, tarbiya, ijtimoiy adolat, istiqlol, jamiyat, huquq, erkinlik.

KIRISH

Mahmudxo'ja Behbudiy XX asr boshlarida Turkiston ijtimoiy-siyosiy harakatchiligining eng yirik namoyandasi, xalq ommasi ijtimoiy ongining uyg'onishida beqiyos hissa qo'shgan mutafakkir olim, yangi davr o'zbek madaniyatining asoschisidir. Turkiston jadidlarining yo'l boshchisi hamda mustaqillik g'oyasining targ'ibotchisi, yangi maktablar g'oyasining nazariyotchisi hamda amaliyotchisi hisoblanadi. Mahmudxo'ja Behbudiy o'zbek tarixining g'oyat og'ir va murakkab bir davrida yashab, faoliyat ko'rsatishga to'g'ri kelgan. 16 asrda boshlangan inqiroz, o'zaro janjallar, mahalliy urug'-aymoqchilik nizolari millatni charchatgan, mazkur vaziyatdan foydalanib, Ruslar zo'rlik bilan tutqun saqlashga urinardi. Mana shunday bir sharoitda Vatanni butunlay yo'q bo'lish xavfidan saqlab qolish, avlodlarni erk va ozodlik, mustaqillik ruhida tarbiyalash, ma'rifat va taraqqiyotga boshlash jadidlar nomi bilan tarixga kirgan, istiqlol uchun kurash yo'lida jonini garovga tikkan buyuk vatandoshimiz Behbudiy zimmasiga tushgan edi.

November, 2022

491

Inson ma'naviyatini rivojlantirishda barkamol avlodni voyaga yetkazishda ma'naviy-axloqiy tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Chunki ma'naviy-axloqiy ruhda tarbiyalangan inson xalqimiz ma'naviyati va ma'rifatini yuksaltirishda, milliy ongini uyg'otishda, yurtning taraqqiy etishiga o„z hissasini qo'shib, Vatan va ota-ona oldidagi burchi va mas'uliyatini anglashga olib keladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Behbudiyning ta'limiy-axloqiy qarashlarida insonning ma'naviy barkamol shaxs egallashi zarur bo'lgan talablariga ilmdan orttirilgan xislat, ichki va tashqi ko'rinishidan topilgan haqiqat, aql tufayli hosil qilingan xulq-atvor, mol-mulkdan ham ziyoda bo'lgan salomatlik hisoblangan [1]. Ushbu talablar hozirgi kunda barkamol insonni tarbiyalashda mardlik, to'g'rilik, adolatparvarlik, vafodorlik, halollik, saxiylik, mehr-oqibat, insonparvarlik kabi xislatlarni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi.

Behbudiyning ma'rifiy qarashlari o'sha davrning yetakchi g'oyasi sifatida shakllanib, safdoshlari uchun ushbu qarashlar yo'lboshchi bo'lib xizmat qildi. Uning millatni qullik changalidan qutqarish yo'llari va ma'naviy jihatlarini yuksaltirishni ko'zda tutgan holda fidoiylik bilan faoliyatini olib bordi. Behbudiy yangi maktablarda diniy va dunyoviy bilimlarni mukammal o'qitishni tashkil etib, yoshlarni komillik darajasiga ko'tarish, gazeta va jurnallar tashkil qilib, xalqning ma'naviyatini oshirishni, teatr orqali madaniy darajasini rivojlantirishni o'z oldiga maqsad qildi.

Behbudiyning yana bir komillik jihati u nafaqat musulmon dunyosi g'oyalari bilan balki butun dunyo qarashlarini o'rganib, yuksak ma'rifatparvar sifatida shakllandi. Sharqdan donishmandlik va fozillik g'oyalarini olib, g'arbning mehnatsevarligini uyg'unlashtirib, fozil jamiyatni shakllantirishni o'z oldiga maqsad qo'ydi. Ma'naviyatni yuksaltirishning birdan bir yo'li ta'lim va tarbiyaning rivojlantirish edi. Shu o'rinda Prezident Sh.Mirziyoyevning "Eng katta boylik - bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros - bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik - bu bilimsizlikdir" [2]-deb ta'riflaganlaridek. Bu tushunchalar inson dunyoqarashining ma'naviy jihatlarini o'zida mujassam etgan hodisadir. Bilamizki, insonnning shakllanishi ta'lim va tarbiyaning maskani bo'lgan maktablarda amalga oshirilib, turmushimizga tatbiq etiladi. Mamlakat oldigan qo'ygan maqsadlari va taraqqiyotiga yuksak insoniy va shaxsiy fazilatlarga ega bo'lgan yoshlar orqali amalga oshiriladi. Behbudiyning qarashlarida yuksak ma'naviyatli yoshlar tarbiyasini birinchi navbatda nazarda tutadi.

Behbudiy bu ishlarni amalga oshirish uchun yangi turdagi maktablarga asos soldi. Ushbu yangi maktablarda yoshlarni

November, 2022

492

tarbiyalash va o'qitish bo'yicha yangi kitoblar yaratdi. Ularni savodini chiqarish va ma'rifatli qilish uchun tinmay mehnat qildi hamda izlanishda bo'ldi. Ta'limda albatta tartib hamda uslub alohida ahamiyatga ega. Oldinlar o'n yillab savodi chiqmagan o'quvchilarni savodini olti oyda chiqarishaga erishdi. Eski maktablarda faqat yod olish bilan o'qitishgan bo'lsa, bu maktablarda o'quvchilarni ijodiy yonddashish zarurligini belgiladi. Darslarida ko'rgazmali o'tishni tashkil qilib, yoshlarni kuzatish qobiliyati va tafakkurini rivojlantirishini isbotlab berdi. U tashkil etgan maktabda o'qitishning tizimliligi va izchilligi nazariyaning amaliyot bilan bog'liqligini ko'rsatib berdi.

Bundan tashqari Behbudiy yurt va millat taraqqiyoti uchun aholi o'rtasida ilm va fanni targ'ib etish, ularni savodxonligin ko'tarish, diniy va dunyoviy bilimlarni o'rganish nihoyatda lozimligi uqtirib, fidoiylik bilan bir qancha ishlarni amalga oshirdi.

Behbudiy o'zining barcha fikrlarida mamlakatni va xalqni og'ir ahvoldan olib chiqishning yagona yo'li ilm va fanni rivojlantirish ekanligini ta'kidlaydi. U barcha harakat va xarajatlarni ilm fanning rivojiga sarflash hamda diniy fanlar bilan bir qatorda dunyoviy darslarni hamohang o'rganish va bir necha chet tillarini o'rganish zarurligi aytadi.

U xalqni o'zligini anglashga, huquq va erkinligini chuqur bilishga hamda ilmu-ma'rifatli bo'lishga yo'naltiradi. Ma'rifatparvar Behbudiy ham nazariy ham amaliy jihatdan o'zi namuna bo'ladi. Yana bir mutafakkirimiz Munavavvarqori Abdurashidxonov xalqni savodxon ma'rifatli qilish, maktab va madrasalardagi o'qish va o'qitish, fuqarolarning ta'lim olish huquqi hamda ularni ta'minlash bo'yicha o'z qarashlarini qoldirgan. U o'zining xotiralarida yozishicha, jadidlarning bosh shiori va maqsadi o'ta teran, mazmunli va uchta so'zdan iborat: "Ozodlik, tenglik, adolat" [3] so'zlari ularga dasturamal bo'lgan. U ilm-fanning jamiyat taraqqiyotidagi o'rniga yuksak baho berib, diniy va dunyoviy ilmlar bilan bir qatorda zamonaviy fanlarni ham o'rganishga chaqiradi.

"Ilm odamning zehnini ochar, aqlini ortirar, bilmagan narsalarini bildirur, dunyoda baxtli va izzatli qilur. Oxiratda saodatli va shafoatli qilur" [4] degan sermazmun g'oyalarida ilm olishning afzalliklarini aytib o'tgan. Uning aytishicha agar ota-onalarimiz va ustozlarimiz bizga bilganlarimizni o'rgatmagan bo'lsalar edi, biz hech narsani bilmas edik. Haqiqtdan ham bilim olish insonni yuksaklarga ko'taradi. Uning hayot yo'lini ravon qiladi.

U maktab va madrasalardagi o'qitish jarayonlarini tahlil qilib, noto'g'ri tashkil etilganligidan juda afsuslanar edi. -"Ey qarindoshlar, voy millatdoshlar! Ko'zimizni g'aflat uyqusidan

November, 2022

493

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

ochib atrofimizga nazar solmakimiz lozimdir. Har bir millat o'z saodat va istiqbolini muhofazasig'a birinchi vosita ilm ekanligiga qanoat hosil qilib, ilm va maorifga ortiq darajada qo'shish qilgan bu zamonda bizlar bu g'aflat va jaholatimizda davom etsak, istiqbolimiz nihoyatda xavflik bo'lib hamma olamga kulgu bo'lmog'imizga hech shubha yo'qdir" [5] degan fikrlarida ham mutafakkirning millat va xalqining ilm olishiga va shu orqali mamlakatni tanazzul yoqasidan olib chiqishga targ'ibot qilgan.

Ta'kidlash joizki, Mahmudxo'ja Behbudiy va Munavvarqori Abdurashidxonovlar jadidlar siyosiy partiyasining ham dasturlarini ishlab chiqishda yetakchilik qilganlar. Jumladan, "Turk adami markaziyat firqasi"ning Maromnomasi va Nizomnomasini ishlab chiqqanlar. Ushbu hujjatlarda ilm, fan va maorif sohalariga alohida e'tibor qaratganlar.

"-Ta'lim olish huquqi - jinsi, millati va dinidan qat'iy nazar barchaga beriladi" [6] -deb kiritilgan bandida millat va xalqning barcha qatlamlarini ta'lim olishlari uchun teng huqularga egaliklari ko'rsatilib, ijtimoiy adolatning ro'yobga chiqishiga zamin yaratganlar.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 30 sentyabr kuni O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ziyolilarga qilgan murojaatida jadidchilik harakati, shaxslari haqida to'xtalib o'tdilar. Prezident so'zlari bilan aytadigan bo'lsak, «bu fidoyi va jonkuyar zotlar butun umrlarini milliy uyg'onish g'oyasiga bag'ishlab, o'lkani jaholat va qoloqlikdan olib chiqish, millatimizni g'aflat botqog'idan qutqarish uchun bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etdilar. Shu yo'lda ular o'zlarining aziz jonlarini ham qurbon qildilar»[7]. Haqiqatdan ham jadid mutafakkir bobolarimizning jonkuyarligi, ta'limga bo'lgan e'tiborlari e'tirof etgan holda ularning hayot yo'llari biz uchun dasturamal bo'lmog'i lozim.

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev maktab ta'limi tizimini isloh qilish bo'yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida fikr yuritar ekan, ulug' ma'rifatparvar bobomiz Mahmudxo'ja Behbudiyning "Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i maktabdir" degan fikrini alohida ta'kidlab, jahondagi rivojlangan davlatlar tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, ularda jamiyat hayotini o'zgartirishga qaratilgan islohotlar avvalo ta'lim tizimidan, bog'cha, maktab, tarbiya masalasidan boshlanganini ko'ramiz. Chunki maktabni o'zgartirmasdan turib, odamni, jamiyatni o'zgartirib bo'lmaydi. Ta'lim va tarbiyaning asosi, poydevori bu - maktab. Maktabni maktab

qiladigan kuch esa o'qituvchilardir." [8]

November, 2022

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

Hozirgi kunda mamlakatimizda ta'lim-tarbiyaga bo'lgan e'tibor kuchaydi. Har bir oila o'z farzandini bilim olishlari uchun mamlakatimiz yaratib bergan sharoitlardan keng foydalanib, ta'limga alohida qarashlari shakllandi. Oliy ta'lim muassalariga qamrovni oshirish bo'yicha amalga oshirilayotgan amaliy ishlar hamda kirish imtihonlaridan o'rnatilan ijtimoiy adolat, shaffoflik tizimining yaratilishi xalqimiz kelajakka bo'lgan ishonchini yana bir marotaba oshirib, yurt ravnaqi yo'lida samarali mehnat qilib, o'z hissasini qo'shib kelmoqdalar.

Shu o'rinda bizning buyuk jadid mutafakkirlarimizning hayot yo'li va ibratlari yo'limizni yoritguvchi mayoq bo'lib xizmat qilmoqda. Zero, ularning ta'biricha quyi va yuqori matablarning isloh etilishi millatni isloh etilishidir.

REFERENCES

1. Maxmudxo'ja Bexbudiy millt fidoiysi va ma'rifatparvar. Durdona nashriyoti, 2014

2. Shavkat Mirziyoyev "YANGI O'ZBEKISTON STRATEGIYASI"- Toshkent: "O'zbekiston" nashriyoti. 2021. 24 bet

3. Munavvarqori Abdurashidxonov. Yoshlar nashriyot uyi. Toshkent 2022 yil

4. Abdurashidxonov M. Xotiralarimdan (jadidchilik tarixidan lavhalar). Nashrga tayyorlovchi S.Xolboyev-Toshkent: Sharq, 2001 yil

5. Munavvarqori A. Ilm. Tanlangan asarlar. T.:Ma'naviyat; 2003.-B.73

6. Munavvrqori A. Bizni jaholat - jahli murakkab//Taraqqiy. 1906, 14 iyun

7. Turk adami markaziyat (federalist) firqasining Maromnomasi// Fan va turmush. 1990. №7.-B.7-8

8. Xalq so'zi gazetasi 2020 yil, oktyabr

9. https://uza.uz/posts/33187

10. Mahmudxo'ja Behbudiy. Yoshlar nashriyot uyi. Toshkent 2022 yil

11. Munavvarqori Abdurashidxonov. Yoshlar nashriyot uyi. Toshkent 2022 yil

November, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.