INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
TURKISTONDA JADIDCHILIK HARAKATI DAVOMIDA TA'LIM-TARBIYANING
AHAMIYATI
1Davlatxon Rustamova Toyirjon qizi, 2Rayimjonova Shukrona Olimjon qizi
1FarDu, o'qituvchi, 2FarDU talabasi [email protected], [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.11004109
Annotatsiya. Ushbu maqolamizda Turkistonda jadidchilik harakatining paydo bo'lishi, ularning faoliyati, ta'lim-tarbiyaga oid qarashlari, harakatlari haqida mulohazalar keltirilgan.
Kalit so'zlar: ta'lim-tarbiya, ota-ona, jaholat, bilimsizlik, ma'rifat, vatanga muhabbat, yangu usul maktablari.
Abstract. In this article, comments are made about the emergence of the Jadidist movement in Turkestan, their activities, views and actions related to education.
Keywords: education, parents, ignorance, ignorance, enlightenment, love of country, new method schools.
Аннотация. В данной статье даются комментарии о возникновении джадидистского движения в Туркестане, их деятельности, взглядах и действиях, связанных с образованием.
Ключевые слова: образование, родители, невежество, невежество, просвещение, любовь к Родине, школы нового метода.
Mustaqillikka erishganimizdan so'ng, qachonlardir unitishga majbur etilgan buyuk siymolar nomi, ajdodlarimizning bizga qoldirgan boy meroslari qayta tiklandi va ularni o'rganish, kelajak avlodga yetkazish yuksak maqsadga aylandi. Shu qatorda bugungi kunda xalqni ma'naviyatga, ilm-ziyoga olib chiqishga uringan jadidlarimizning yodi qayta tiklanib, ularning hayot yo'llari, xalqni jaholatdan olib chiqishdagi sa'y-harakatlari kelajak avlodga ham o'rnak, ham dastak sifatida e'tirof etilmoqda.
Ma'lumki, 11-12-dekabr kunlari Toshkent shahrida "Jadidlar: milliy o'zlik, istiqlol va davlatchilik g'oyalari" mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya bo'lib o'tdi. Ushbu konferensiya Milliy mass-mediani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Fanlar akademiyasi Tarix instituti, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag'on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda Turkiy davlatlar tashkiloti hamkorligida tashkil etilib, konferensiya ishtirokchilariga mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev yo'llagan o'z tabrigida jadid ma'rifatparvar bobolarimiz haqida quyidagi fikrlarni ta'kidlab o'tdilar: "Barchamizga ayonki, "Tilda, fikrda, ishda birlik" degan ezgu g'oya bilan maydonga chiqqan jadid bobolarimiz xalqlarimizni jaholat va qoloqlikdan olib chiqish, ularni g'aflat botqog'idan qutqarishning asosiy yo'li - bilim va ma'rifatda, dunyoviy taraqqiyotni egallashda, deb bildilar"
Jadidchilik - XIX asr oxiri-XX asr boshidagi ko'plab Sharq mamalakatlaridagi milliy-taraqqiyparvar ziyolilar harakataning islohotchilik harakati hisoblanadi. Asli "jadid" so'zi "yangi" degan ma'noni bildirib, "usuli jadid" ya'ni "ya'ngi usullar" tushunchasi o'qitish va ta'limning yangi usullari degan ma'noni bildirgan. Nafaqat bizning yurtimiz, balki butun O'rta Osiyo xalqlarining madaniy, milliy-siyosiy jihatdan yuksaltirish, bilimi, dunyoqarashini o'stirishda xalqning ziyoli ma'rifatparvarlarining harakatidir. Ma'rifatparvar ziyolilar xalqni mafkuraviy ozod qilishning asosiy omili bilim olishda, za'monaviy ta'limda deb hisoblashgan va xalqni yangicha ta'lim-ta'rbiya olishlari yo'lida harakat qilishgan. Ular avvalo, maktab yoshidagi
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
bolalarni yangicha o'qitish maqsadida ta'lim jarayonini isloh qilishga intilishgan. Ma'rifatparvarlar xalqning ongiga ma'naviy va axloqiy qarashlar bilan kirib borishga e'tibor qaratishgan va dunyoqarashni oshirish uchun esa, turli spektakllar, kitoblar va ko'ngil ochar tamoshalardan foydalanganlar.
Turkiston jadidlarining yetuk namoyondalari Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvar Qori Abdurashidxonov, Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev, Abdulla Avloniy, Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xo'jayev, T. Norbo'tayevlardir. Ular yuksak bilim va saviyali, zamonaviy ta'limlarni egallagan ziyoli insonlar bo'lgan va maktab o'quvchilari uchun qator darsliklar yaratishgan, risolalar chop etishgan, xalqni savodli qilishga harakat qilib, jurnal va gazetalar chop etishgan. Eng e'tiborli jihati shundaki, jadidlarning harakatlari islomiy tarbiya va dunyoqarash asosida olib borilgan.
Jadidlarimiz xalqni qorong'ulikdan olib chiqishning yagona va muhim sharti sifatida ta'lim-tarbiyaga alohida e'tibor qaratishgan. Ta'lim va tarbiya har sohada, har zamonda hayotiy qonuniyat uchun eng muhim, eng dolzarb masaladir. Uni tubdan o'zgartirish, yangi zamon talablari darajasiga ko'tarishning yagona sharti - unga bir butun tizim sifatida yondashmoq va shunga uyg'un tarzda ish olib borishdir. Abdulla Avloniy taэkidlaganidek:"Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir". Bu haqda buyuk mashoyixlarimizning "har bir millatning saodati, davlatning tinch va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog'liqdir.
Jadidlarning bunday muttahid frontni tuzishga intilganlarining boisi turli sharoit bilan belgilangandi. Avom ham, boylar ham, ulamo ham, ziyolilar ham chor hukumati qaramog'ida bo'lgan mustamlakaning biri oz, ikkinchisi ko'p siquvda bo'lgan kishilar edilar. Markaziy Osiyo bozorlarida rus savdo va sanoat burjuaziyasi hukmron bo'lib, mahalliy burjuaziya vakillari sina boshlagan edilar. Boshqacha aytganda, mustamlakachilik azobini mahalliy boylar va savdogarlar ham seza boshladilar. Ana shunday tarixiy sharoitda, jadidlarning fikr-mulohazalariga ko'ra, oddiy xalqning iqtisodiy-madaniy hayotini yaxshilash qanday zarur bo'lsa, chet el kapitali iskanjasidan, mustamlakachilik kishanlaridan qutilish ham shunchalik kechiktirib bo'lmas vazifa edi.
Jadidlar 1906 yildayoq «Taraqqiy» deb nomlangan gazeta nashr ettirib, o'z g'oyalarini tarqata boshladilar, oradan ko'p o'tmay, «Xurshid», «Shuhrat» singari yangi gazetalar dunyo yuzini ko'rdi. Markaziy Osiyoning turli shaharlarida jadid maktablari bodroqdek ochilib, ularda diniy ilmlar bilan birgalikda dunyoviy bilimlar ham keng targ'ib qilindi. «Jadidlar nima haqida gapirishmasin, hammasi yangi nafas, yangi g'oya edi, proletar mafkurasi ham, ishchilar sinfi ham yo'q edi, tabiat birlamchi deguvchilarning mafkurasini deyarli hech kim tushunmas, biladiganlar esa juda ozchilikni tashkil qilar edi. SHuning uchun jadidchilikning yangi g'oyalar bilan paydo bo'lib, ruhoniylarga, hukmron sinflarga qarshi turishi, madaniyatni yaratishi, bir so'z bilan aytganda, yangilik edi, «jadid» jumlasining ma'nosi ham «yangi» demakdir».
Abdulla Avloniyning "Turkiy guliston yoxud axloq" asari yangi usul maktablarining yuqori sinflarida ta'lim va axloqiy tarbiya berish uchun darslik sifatida o'qitilgan. Ushbu asarni chuqur o'rganar ekanmiz, biz o'sha davrdagi maktablarda o'quvchilarga dars berishda umuminsoniy va diniy qadryatlari, xalq og'zaki ijodi, Qur'on oyatlari, hadislar shuningdek, buyuk allomalarimizning hikmatli so'zlaridan imkon qadar keng foydalanganliklarini ko'ramiz. Bu esa, ta'lim bilan tarbiyaning uzviylikda olib borilganiga misoldir.
G'aspirali "usuli jadid" bilan o'qitishning qoidalarini qo'yidagicha tushuntiradi:
S butun alifboni birdan o'rgatish og'ir;
S ibtido (boshda) uch, besh harf o'rgatib borish osondir;
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
birinchi darsdan shogirdlari yozishni boshlamasliklari darkor;
darslar muayyan soatlarga, qismlarga ajratilib o'rgatilishi lozim;
o'quvchi bir darsni o'zlashtirmaguncha ikkinchisiga o'tilmasligi kerak;
harflar bilan tanishtirganda, ular haqida kengroq ma'lumot berilgani
ma'qul;
bolalarni har olti oyda imtihon qilish;
yil oxirida sinfdan sinfga o'tkazish,
o'zlashtirmaganlarni sinfda qoldirish ko'zda tutiladi. Darslar har xil va har biri yarim soatdan bir soatgacha bo'lishi mumkin. Darslar orasida tanaffuslar bo'lmog'i kerak.
Bu qoidalar orqali Ismoilbek G'aspirali shu davrgacha bo'lgan pedagogik fikrlarni to'liq tahlil qilib, maktab tartib-qoidalariga kiritganligi ma'lum. Uning didaktikasidan ko'zlangan maqsad, avvalo, o'quvchining ta'lim olishi uchun uning fiziologik, psixologik jihatlari ham e'tiborga olinishi ko'zda tutilgan edi. Shu maqsadda ta'lim tamoyillari to'g'ri va reja asosida tanlangan edi. G'aspiralining jadid usulidagi maktab tartib-qoidalari Turkiston ma'rifatparvarlari tomonidan o'rganib chiqildi va amaliyotda joriy etildi. Jadid usulidagi maktablarning vujudga kelishi bilan ta'limda dunyoviy fanlarning ham kiritilishi yuzaga keldi. An'anaviy ta'lim berish usullarida o'zgartirishlar kiritildi. Asosan, tabiiy fanlarning kiritilishi, hamda ona tili va adabiyot fanlarining o'qitilish usullarining rivojlantirilishi bunga misol bo'la oladi. Jadid pedagoglari o'z darsliklarini yangicha yondashuv asosida yaratib, o'z darslarida undan foydalandilar. Jumladan, jadid ma'rifatparlarining yetakchi vakillaridan biri Mahmudxo'ja Behbudiy "usuli jadid" maktablari uchun bir qancha darsliklar yozdi. "Muxtasari tarixi islom", ("Islomning qisqacha tarixi"), "Madxali jo'g'rofiya umroniy" ("Aholi jo'g'rofiyasiga kirish"), "Muxtasari jo'g'rofi rusiy" ("Rossiyaning qisqacha jo'g'rofiyasi"), "Amaliyoti islom" kabi kitoblari yangi usul maktablarida qo'llanildi. Bunday darsliklarning ta'lim maydonida yuzaga kelishi yangi davr didaktikasining yuksalishiga zamin yaratdi.
Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki, tarbiya oiladan boshlanadi. Bu haqida Munavvarqori abdurashidxonov bolaning ta'lim-tarbiya olishidaota-onaning javobgarligi haqida so'z yuritib, o'z farzandining ma'rifatli bo'lishi uchun qo'lidan kelgancha harakat qilishi lozimligini ta'kidlab, bu kabi insonlar mavjud ekanligini ham aytib o'tadilar. Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda jadidlarning yetuk namoyondasi Abdurauf Fitrat ham ayni yuqoridagi fikrlarni ta'kidlab, "Xalqning aniq bir maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo'lishi, baxtli bo'lib izzat-hurmat topishi, jahongir yoki zaif bo'lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e'tibordan qolib, o'zgalarga tobe va qul bo'lishi ularning o'z ota-onalaridan bolalikdan olgan tarbiyalariga bog'liqdir" deganilar.
REFERENCES
1. Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq.T.: O'qituvchi. 1992.
2. Abdurashidxonov M. Adibus Soniy. - ziyouz.com kutubxonasi.
3. https://president.uz/oz/lists/view/6919
4. Тургунбоев Б. BO 'LAJAK O 'QITUVCHILAR UCHUN RAQAMLI PEDAGOGIKANING O 'RNI //IQRO INDEXING. - 2024. - Т. 8. - №. 2.
5. Toyirovna R. D. AJMR //AJMR. - 2020.
6. Akbarova Z., Rustamova D. BOSHLANG 'ICH SINF O 'QUVCHILARI NUTQIDA LEKSIK SINONIMLARNI FAOLLASHTIRISH BOSQICHLARI //Scientific journal of the Fergana State University. - 2022. - №. 3. - С. 75-75.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
7. Rustamova D. T. K., Mamajonova F. M. K. STAGES OF ACTIVATING LEXICAL SYNONYMS IN THE SPEECH OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. - 2022. - T. 2. - №. 10. -C. 750-756.
8. Ergasheva D. SHAXSIY PEDAGOGIK TAJRIBANING TAVSIFI HAMDA O'QITUVCHI USLUBLARI //Interpretation and researches. - 2023. - T. 1. - №. 7.