Научная статья на тему 'MAHMUD SHOKIRNING “AT-TARIX AL-ISLAMIY” ASARI UMAVIYLAR DAVRINI YORITISHDA MUHIM MANBA'

MAHMUD SHOKIRNING “AT-TARIX AL-ISLAMIY” ASARI UMAVIYLAR DAVRINI YORITISHDA MUHIM MANBA Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mahmud Shokir / Xulafoi roshidinlar / Islomiy boshqaruv (alhukumatul islomiy) / Umaviylar / Abbosiylar / Mamlukiylar / Usmoniylar.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Turdimirzayev Jahongir Abduqayum Oʻgʻli

Ushbu maqolada Mahmud Shokirning “at-Tarix al-Islam” asari tavsifi berilgan. Asar insoniyat paydo boʻlgandan to XX asrgacha boʻlgan voqealar rivojini oʻzida qamrab olgan.Muallif uni 22 kitobda tasnif etgan. Maqolada har bir qismda qaysi davr voqealari yoriltigani va olim nimalarga e’tibor berganligi aytib oʻtilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAHMUD SHOKIRNING “AT-TARIX AL-ISLAMIY” ASARI UMAVIYLAR DAVRINI YORITISHDA MUHIM MANBA»

Central Asian Journal of

Education and Innovation

MAHMUD SHOKIRNING "AT-TARIX AL-ISLAMIY" ASARI UMAVIYLAR DAVRINI YORITISHDA MUHIM MANBA

Turdimirzayev Jahongir Abduqayum o'g'li

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi 2-kurs magistranti Tel. (99) 0605175, E-mail: turdimirzayevjahongir@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.11243207

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10-May 2024 yil Ma'qullandi: 15-May 2024 yil Nashr qilindi: 22-May 2024 yil

KEY WORDS

Ushbu maqolada Mahmud Shokirning "at-Tarix alIslam" asari tavsifl berilgan. Asar insoniyat paydo bo'lgandan to XX asrgacha bo'lgan voqealar rivojini o'zida qamrab olgan. Muallif uni22 kitobda tasnif etgan. Maqolada har bir qismda qaysi davr voqealari yoriltigani va olim nimalarga e'tibor berganligi aytib o'tilgan.

Mahmud Shokir, Xulafoi roshidinlar, Islomiy boshqaruv (alhukumatul islomiy), Umaviylar, Abbosiylar, Mamlukiylar,

Usmoniylar.

Muallif "at-Tarix al-Islam" asarini yozishda dastlab tarixni davrlarga bo'linishi xususida bahs yuritadi. Insoniyat tarixi haqidagi ikki nazariyani keltirib o'tadi. U G'arb (Yevropa) va Sharq (Osiyo) xalqlari nazariyasidir.

Avvalo, Yevropaliklarning tarixni davrlarga bo'lish to'g'risidagi fikrlarini keltirib o'tadi. Unda dunyo tarixi uch davrga bo'linib, dastlabki davr qadimgi tarix deb ataladi. U miloddan avvalgi 3200-yillar atrofida insonning yozishni o'rganishi davridan boshlanib, to milodiy 476-yilda Rim shahrining nemis varvarlari qo'liga o'tishi bilan tugaydi.Tarixning bu bo'limining yakuni Yevropaliklar nazariyasiga ko'ra ulkan imperiyalarning barpo etilishi va sivilizatsiyalarning vujudga kelishi bilan tavsiflanadi [1, P. 6].

Undan oldingi davrga kelsak, u tarixdan oldingi davr sifatida tanilgan va ular insonni ibtidoiy hayot kechirgan, kiyinish, gapirishni bilmagan davr deya hisoblaydilar. Chunki ular Xudo tomonidan odamlarga yo'l ko'rsatish uchun yuborilgan payg'ambarlar va elchilarni tan olmaydilar.

O'rta asrlar tarixi milodiy 476-yilda Rimning qulashi bilan boshlanib, hijriy 857-yilda Usmonlilar sultoni Muhammad II (Mehmet fotih) qo'lida Konstantinopolning zabt etilishi bilan tugaydi. Bu davr cherkov nazorati, feodal tuzum, davrligi bilan ajralib turadi.

Zamonaviy tarix Konstantinopolning zabt etilishi bilan boshlanib, biz yashayotgan davrga kelib tugaydi. U sanoat inqilobi, ilm-fanning yoyilishi va Yevropaliklar nazariyasiga ko'ra zamonaviy sivilizatsiyaning o'rnatilishi bilan tavsiflanadi [2, P. 6].

Umumjahon deya da'vo qilgan bu tarix aslida faqat Yevropaga tegishli bo'lib, qolgan davlatlarni ham o'z ichiga oladi degani emas. Islom tarixiga keladigan bo'lsak uni urf-odat, qadriyat, e'tiqodlarimiz asosida uch qismga bo'lishimiz mumkin: 1-Islomgacha bo'lgan tarix, 2-islom tarixi davri, 3- yangi davr tarixi.

Islomgacha bo'lgan tarix uzoq davom etgan bo'lib, u o'z xususiyatlariga ko'ra payg'ambarlari bilan birga yashab, ularning yo'liga ergashganlarni hisobga olmaganda johiliyat davri bo'lgan. Shuning uchun bu davrni birinchi johiliyat davri deyishimiz mumkin. Chunki bu vaqtda Alloh taoloning o'sha davr qavmlariga yuborgan payg'ambari nozil qilgan yo'l-yo'riqlaridan og'ish, tark etish bo'lgan.

Islom tarixi davri esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va u zotdan keyingi roshid xalifalar hayotini o'z ichiga oladi. Xalifalar Rasuli akram(s.a.v) ko'rsatgan yo'ldan yurganlar, undan zarracha ham chetga chiqishmadi. Shundan keyin og'ish burchagi Roshidun xalifalar davrining tugashidan boshlab paydo bo'la boshladi va vaqt o'tishi bilan Umaviylar va Abbosiylar davrida bu og'ish burchagi asta-sekin o'sib bordi, Abbosiylar davlatining tugashi bilan u butun doirani bosib o'tdi.

Uchinchisi bo'lgan yangi davr tarixida ham jaholat davrining ikkinchisi desa bo'ladi. Chunki bu davrdan boshlab hukmdorlar, hokimlar islom chegaralaridan chiqa boshladi. Hukumatlar tartibsizlik va jaholat botqog'ida qolib, qaramlikka ergashib keta boshlagan, To'g'ri ularning hammasi ham shunday bo'lgan deb hisoblamaymiz. Bu vaqt Mamlukiylar, Usmonlilar va boshqalar hukmronlik qilgan hisoblanadi [3, P. 11].

Muallif "Islomgacha bo'lgan tarix", "islom tarixi davri", "yangi davr tarixi" asosida asar quyidagicha bosqichlarga bo'lib o'rganiladi:

1. Risolatdan avvalgi davr voqealari

2. Rosululloh (s.a.v) siyratlari

3. Xulafoi roshidinlar davri voqealari

4. Islomiy boshqaruv davri (alhukumatul islomiy) voqealari

5. Umaviylar davri voqealari

6. Abbosiylar davri voqealari

7. Mamlukiylar davri voqealari

8. Usmoniylar davri voqealari

9. Yangi davr voqealari

Risolatdan avvalgi davr voqealari, avvalgi o'tgan payg'ambarlar tarixini muallif bevosita qur'oni karimda tayangan holda bayon etadi. Qur'oni karimda oldin o'tgan qavmlar tarixi, ularga yuborilgan payg'ambarlar, voqea hodisotlari bayoni kelgandir. Qur'oni karimning uchdan bir qismi deyarli tarix ilmiga bag'ishlangan hisoblanadi va o'z navbatida eng ishonchi manba hamdir.

Muallif yuqorida kelgan bosqichlarni ketma-ketlikda yoritib beradi. Yigirma ikki kitobning barchasini qisqacha muqaddima orqali boshlaydi. Kitoblarning muqaddimasida o'sha qismda nimalar haqida so'z ketishi haqida qisqacha ma'lumot berib o'tadi. Bundan tashqari asarda kelayotgan shaxslar, joylar yoki tushunilishi qiyin bo'lgan jumlalarga havolada ma'lumot va izohlar berib o'tadi.

Kitobning dastlabki qismida avvalo musulmon ummati haqida so'z yuritiladi: U qanday bo'lishi, nima sababdan ilmsizlik jaholat botqog'iga botganligi, undan qutilish uchun muallif o'zining fikr mulohazalarini berib o'tadi. So'ngra insoniyatning paydo bo'lishi, odam (a,s) yaratilishlari, Alloh taoloning insonni boshqa maxluqotlardan afzal qilganligi, qanday sifatlari bilan boshqa maxluqotlardan ajralib turishi haqida aytib o'tadi. So'ngra har qavmga Alloh taolo o'zining tilida risolatini yetkazish uchun payg'ambarlar yuborgani, ular esa Allohning amrlarini yetkazganligi, undan yuz o'girgan, payg'ambarlarini masxara qilganlarga Alloh taolo iymon

keltirganlardan boshqalariga osmondan toshlar yog'dirib, kuchli chinqiriq, suv bosib ketishi va shu kabi turli balo-ofatlar bilan yo'q qilib, ularning o'rniga boshqa qavmlarni keltirganligini va ularga ham payg'ambarlar, rasullar yuborganligini aytib o'tadi. Muallif keltirgan barcha ma'lumotlariga Qur'oni karim oyatlaridan dalillar keltiradi. Undan tashqari tarixda eng muhim kasb etgan qadimiy diyorlar (tigr va yefret daryolari (frot va dajla daryolari oralig'idagi diyor Mesopatamiya ya'ni Iroq, Shom diyori, Misr va Afrika davlati, Arab diyorlari)ga alohidadan boblar ajratadi va bu yerlarga insonlarning kelib o'rnashi u yerdagi hokimliklar haqida ma'lumotlar berib o'tadi.

Asarning dastlabki qismi ko'plab asrlani o'z ichiga olgan bo'lsa ikkinchi qismi, ya'ni Rasululloh (s.a.v) davrlarida yarim asrdan biroz ko'proq bo'lgan vaqt yoritiladi. Chunki islomgacha bo'lgan vaqt haqidagi ma'lumotlar yetarli emas. Biz bu bosqich haqida ko'p narsani bilmaymiz va sivilizatsiyalarning ochilishiga qaramay, uning ba'zi nuqtalari hali ham sirli. Qur'oni karimda bu haqda zikr qilingan narsalarni istisno qilmasak, bizlar bilgan ko'plab narsalarga ishonish qiyin. Qur'on karim esa sivilizatsiyalar yoki xalqlar tarixini o'rganuvchi ilmlar kitobi emas, balki u hidoyat kitobidir, u hayot tarzidir va agar unda ba'zi qavmlar zikr qilingan bo'lsa ularning hayotidan faqat ibrat olish uchundir.

Bu qismda bayon qilinadigan Rasululloh (s.a.v) hayotlari haqidagi ma'lumotlar barchasi haqiqatdir. Chunki U zotning hayotlarini barcha jabhalari olimlar tomonidan o'rganilgan va bayon qilib o'tilgan. U zotning siyratlari bizlarning hayotimiz uchun hidoyat mayog'i hisoblanadi. Rasululloh (s.a.v) ning hayotlari ko'plab islom ulamolari tomonidan o'rganilgan va o'rganilmoqda. Chunki ular qaysidir jihatdan U zotning hayotlariga yondashadi va ularning barchasi insoniyat uchun manfaatlidir [2, P. 4].

Muallif bu kitobdagi Rasululloh (s.a.v) siyratlarini to'rt qismga bo'lgan holda bayon qiladi:

1. Risolat, payg'ambarlik tabiati haqida

2. Rasululloh (s.a.v)ning ulg'ayishliklari

3. Makkka shahridagi islom diniga da'vat

4. Madina shahridagi da'vat

Mahmud Shokir Makka shahridagi islom da'vatini ham Rosululloh (s.a.v)ning maxfiy da'vatlari, so'ngra oshkora da'vatlari va davlat tashkil etish uchun harakatlari kabi uch bobga bo'lib bayon qiladi. Madina shahridagi da'vatni ham uch bob qilib tasnifladi: davlat barpo etish ishlari va mushriklarning bu davlatni yo'q qilishga urinishi, so'ngra islom davlatining kengayishining boshlanishi.

Asarning keyingi qismi esa xulofoi roshidinlar davriga bag'ishlanadi. Bu davr davlatchilik asosida juda muhim kasb etadi. Hozirgi davrdagi vazirliklar, devon ishlariga ham ayni shu davrda asos solingan. Asarning bu qismi ham kirish orqali boshlanib, bu davr tarixi, xalifalik va bay'at masalalari haqida ma'lumot berib o'tiladi. So'ngra har bir xulafoi roshidinlar (Abu Bakr Siddiq (r.a), Umar (r.a), Usmon (r.a), Ali (r.a)) uchun alohida boblar ajratilgan. Har bir bobda xalifalarning islomdan avvalgi hatyotlari, islomdan keying hayotlari, ularga bay'at qilinishi, bu vaqtda amalga oshirilgan futuhotlar va yana boshqa muhim ishlar yoritib o'tilgan. Chunkji bu zotlarning islomdan avvalgi hayotlari ham o'ziga xos bo'lgan. Masalan, Abu Bakr Siddiq (r.a) islomdan avval ham Rosululloh (s.a.v) ning eng do'stlari bo'lganlar. Johiliyat udumlari, butlarga ibodat qilishlardan nafratlanar edilar. Umar ibn Xattob (r.a) ham islomdan avval savdo-sotiq ishlari bilan shug'ullangalar, juda ham adolatli bo'lganlar.

Asarning to'rtinchi qismi bevosita yozilayapgan ilmiy ishga bog'liq hisoblanadi, ya'ni Umaviylar xalifaligi davriga bag'ishlangan. Bu qism muqaddima, sufyoniylar oilasi, Marvoniylar oilasi kabi katta boblarga ajratilib, undagi hukmdorlarning har biriga alohida bo'limlar ajratilgan. Unda Umaviylarning johiliyat davridan to Abbosiylar xalifaligining boshlangunicha bo'lgan davr mobaynidagi tarixi bayon qilingan. Yana Rosululloh (s.a.v) davrlari va roshid xalifalar davridagi siyosiy boshqaruv ishlarda umaviylarning ro'li yoritilgan. Har bir umaviy xalifa davri alohida bobda aks etgan [7, P. 5]. Yana bu kitobda Umaviylar va Marvoniylar hukmronligi orasida xalifalikni boshqargan Abdulloh ibn Zubayr (r.a) ning boshqaruv davri berilgan. Chunki Yazid ibn Muoviya vafotidan so'ng xalifaliknning aksar qismi Abdulloh ibn Zubayr (r.a) ning xalifaligini tan oladilar va U zot qarib 10 yil 683-692 yillarda Makkada xalifalik qiladilar. Bu asarda Umaviylar davrini yoritish bilan bir qatorda u davrda amalga oshirilgan harbiy yurishlar, xorijiylar harakati, viloyatlar boshqaruv masalalariga ham alohida urg'u beriladi. Bu davrni o'rganib borsangiz bizning yurtlar Xurososon va Movarounnaxr haqida ham ko'p ma'lumotlarga ega bo'lasiz. Sababi umaviylar 661-750 yillarda Yaqin va O'rta Sharq, Xuroson, Movarounnahr, Afrika va Ispaniyada hukm yuritganlar. Asarning yakunida Umaviylar davlati inqirozi, inqirozga olib boqilgan sabablar va bu davrdagi Abbosiylarning harakati yoritib o'tilgan.

Umaviylar davrining oxiridan boshlab islomiy fathlar to'xtadi va odamlar ichki nizolar bila o'ralshib qoldilar, fursatdan foydalanib turli guruhlar o'zlarining xufyona harakatlarini boshladilar. Turli guruhlar isyon ko'tara boshladilar. U guruhlarga Sinbodlar, Ravandiylar, Maqniylar, Bobokiylar va boshqalarni keltirish mumkin. Ular islomni yo'q qilishni niyat qilgandilar. Ayni bu vaqtda Abbosiylar ham o'zlarining harakatlarini boshlagan edilar [3, P. 6].

Asarning keyingi ikki qismi Abbosiylar xalifaligi davriga to'g'ri keladi. Abbosiylar to'rt yuz yildan ortiq ya'ni, hijriy 132 - 606 yillar, milodiy 750 - yildan to 1258 - yilgacha hukmronlik qilgan.

Abbosiylar davri ikki bosqichga bo'linadi. Bu ko'pchilik tarixchilar kelishgan istilohdir.

Birinchi bosqich abbosiylarning birinchi davlati deb atalib, hijriy 132-248 (milodiy 750862) yillarni o'z ichiga oladi. Unda xalifa o'z hukmini yuritgan bu bosqichda davlat nihoyatda kuchli bo'lgan, boshqaruv xalifalar tomonidan mukammal ravishda olib borilgan.

Ikkinchi bosqich hijriy 248-656 (milodiy 862-1258) yillarni o'z ichiga olgan va u abbosiylarning ikkinchi davlati deb ataladi. Bu bosqichda xalifalar ancha zaiflashib, o'z qudratlarini yo'qotadilar, ishni askarlar o'z qo'llariga oladilar. Bu davrda davlat boshqaruvini 27 xalifa olib borgan [5, P.80].

Abbosiylarning birinchi davri Abul Abbos ibn Muhammaddan hukmronligi davridan boshlab Ja'far ibn Muhammad ibn Horun Mutavakkil davrigacha davom etgan. Bu davr abbosiylarning qudrati yuksalgan davr hisoblanadi.

Abbosiylar davlatining ikkinchi bosqichida zaiflashuvi kuzatilishi aytib o'tildi. Muallif bu zaiflashuvning birinchi belgisi sifatida islom tarqagan mintaqalarda kichik davlatlarning paydo bo'lishidi, bu kichik davlatlar abbosiylar davlatining suyanchig'iga aylanishi aytib o'tadi. Bu davlatlar qatoriga shom shaharlaridan Zankiylar va Ayyubiylar davlati bo'lib, bu davlatlar salibchilarga qarshi kurashgan. Shom shaharlarining shimolida ya'ni, Mosul va Halabda Hamadoniylar davlati bo'lib, ular Rumliklarga qarshi kurashgan [2, P.121].

Ikkinchi davrning eng muhim belgilari quyidagilar:

- Xalifalarning zaifligi. Xalifalik ishlarining xarbiy kuchlar tomonidan boshqarilishi.

- O'z mintaqalarida mustaqil bo'lib olgan rahbarlarning mayda davlatlarga bo'linib ketishi va xalifaning ularni e'tirof etishi.

- Avvalgi islomiy tamaddun natijalarining zohir bo'lishi. Ilm-fanning rivojlanishi, obodonchilik, farovonlik va ayni paytda isrofgarchilikka yo'l qo'yilishi.

- Hoshimiy nasabini da'vo qiluvchi botiniy harakatlarning paydo bo'lishi.

- Musulmon davlatlariga salib yurishlarining uyushtirilishi.

- Mo'g'ullarning Islom olamiga qarshi urushi. Abbosiylar xalifaligining tugatilishi. Hijriy 656 (milodiy 1258) yilda Bog'dodning qulashi [2, P. 121].

Keyinchalik abbosiy xalifalar hokimiyatlarini mustaxkamlash maqsadida islom tarixida birinchi bo'lib mamluklardan foydalanganlar. Ma'lumki abbosiylar davlatini tashkil topishida Fors omili muhim ro'l o'ynagan. Shunga mos ravishda Forslarning ta'siri brogan sari kuchayishi qarshisida Abbosiy xalifalar, ayniqsa Al-Ma'mun (813-833) davridan ularga qarshi muvozanat saqlash maqsadida ilk marta islom davlatining chegaralari tashqarisidan Turk harbiylarini olib kelishni boshlaydilar. Qisqa vaqtda ularning soni 30 mingga yetadi. Ular uchun Samura shahrini qurib keng iqtolar joriy qiladilar. Ularning arab va ajamlarga aralashib ketmasligi uchun Turk qizlarini olib kelib, bu qizlarga alohida maosh ham belgilardilar. Bu turk harbiylariga turk beyi va aslzodalari qo'mondonlik qilishgan.

Abbosiy xalifalar o'z qo'shinlari safiga olgan bu turk askarlari tufayli tashqi tahlikalarga muvaffaqqiyatli qarshi turdilar. Faqat bu orada voliylar ham mustaqilligini mustahkamlash uchun davomiy mamluklar sotib olishi natijasida bu mamluk guruhlar islom davlatining har tarafiga yoyilib ketadi. Bu holat Abbosiylar davlatining zaiflashuviga olib keladi. Chunki ko'rsatgan muvaffaqqiyatlari sababli boshqa hududlarga yuborilgan qo'mondonlar turgan hududlarida ta'sirlarini orttirib, boshqaruvni o'z qo'llariga ola boshladilar. Ular turgan hududlarida mamluk tizimini juda muvaffaqqiyat bilan joriy etadilar. Buning yaqqol misoli Misrda ko'rildi. Mamluk qo'shiniga ega bo'lgan qo'mondonlar sekin asta xalifalikdan ajrab, mustaqil davlatlarini tuzdilar [6, P.1,2,3].

Muallif asarning yettinchi qismini beshta bobga ajratib birinchi bobi yuqorida keltirilgan mamluklar davlatiga bag'ishlangan. Ikkinchi bobi Arab jazirasi haqida bo'lib, Hijoz, Yaman, Yamoma, Bahrayn va Omman shaharlari haqida ma'lumotlar keltiradi. Uchinchi bobi esa Mo'g'ullar davlati haqida bo'lib, uni shimoliy Mo'g'ullar davlati, Elhoniylar davlati, Chig'atoy oilasi, O'qtoy oilasi va Temurlank ya'ni sohibqiron Amir Temur davlati kabi fasllarga ajratgan. Amir Temurni yevropa va arab tarixchilari mo'g'ul deb atagani uchun muallif uni mo'g'ullar davlatining tarkibida berib o'tadi. Bu qismning to'rtinchi bobi Hindistondagi musulmonlar haqida bo'lib, Hindiston atrofidagi musulmonlar, Dehli sultonlari, Janubi-Sharqiy Osiyoda islom kabi fasllarga ajratgan. Asarning so'ngi beshinchi bobi Mag'rib, Andalus va Garbiy Afrika davlatlariga bag'ishlangan.

Asarning keying sakkizinchi qismi usmoniylar imperiyasiga bag'ishlangan. Bizga ma'lumki abbosiylar xalifaligi qulatilgandan keyin, birqancha vaqtlardan keyin muqaddas Makka va Madina shaharlari Usmoniylar imperiyasi tasarrufiga o'tadi. 6 asrdan ortiq davom etgan usmoniylar davlati katta imperiyaga aylanib, keng hududlarni o'z ichiga olgan. Muallif bu davrni yoritishda muqaddima va beshta bob va bu boblarni yana fasllarga bo'lib o'rganadi. Boblar quyidagilardir: 1- Usmoniylar imperiyasi, 2- Arab jazirasi, 3- O'rta Osiyo va Tatar davlati xarobalari, 4- Hindiston va janubi sharqiy Osiyo davlatlari, 5- Afrika hududi. Usmoniylar imperiya deb nomlangan bob tarkibiga usmonlilar imperiyasi, usmonlilargacha bo'lgan

Anadolu, davlatning barpo etilishi va uning qudrati, usmonli saltanatining kuchli davlatga aylanishi, usmonli xalifaligi - qudrat cho'qqisiga erishgan davri, usmonli xalifaligi - zaiflik davri, usmonli xalifaligi - tanazzul davri kabi fasllarga ajratilgan holda bayon etilgan. Arab jazirasi deb nomlanga bobni esa Hijoz, Najd, Tihama, sharqiy mintaqa (Bahrayn), Yaman, Ummon va shu kabi fasllarga ajratilgan holda bayon etilgan. Uchinchi bob esa Sharqiy Yevropa va G'arbiy Sibir, Sharqiy Turkiston, Safaviylar va Eron davlati, Afg'oniston zamini, kabi fasllarga bo'lib o'rganilgan. Bu bobda ko'rinib turibdiki O'rta Osiya davlatlari haqida ham ma'lumotlar berib o'tilgan, undan tashqari Eron safaviylari haqida ham ma'lumotlar berib o'tilgan, bundan bevosita O'rta Osiyo xonliklariga oid ma'lumotlarni ham uchratishimiz mumkin, chunki bilamizki, Zahiriddin Muhammad Bobur va Ismoil Sfaviy va Muhammad Shyboniyxon va Ismoil Safaviy o'rtasidagi munosabatlarni. Hindiston va Janubi-Sharqiy Osiyo deb nomlangan bob tarkibiga esa Hindiston, Maldiv orollari, Malayziya, Indoneziya, Filippin kabi davlatlar haqida ma'lumotlar kiritib o'tilgan va oxirgi Afrika deb nomlangan bob tarkibiga esa Nil vodiysi, Mag'rib (Marokash), G'arbiy Afrika, Markaziy Afrika, Sharqiy Afrika va uning davlatlari haqida ma'lumotlar berilgan.

Asarning keying qismi Islom boshqaruvi haqidagi tushunchalarga bag'ishlangan bo'lib, unda yetakchilik, boshqaruv, rejalashtirish, sho'ro (maslahat) ( u o'z ichida Badr, Xandaq, Hudaybiyadagi maslahatlar yana Abu Bakr Siddiq (r.a) xalifalik davridagi, Umar al-Foruq (r.a) xalifalik davridagi Sho'ro haqida ma'lumotlar berilgan), devon, xalifa, vazirliklar, sud hokimiyati kabi boshqaruvga oid ma'lumotlar berilgan.

Asarning qolgan qismlari XIX-XX asrga oid bo'lib unda bir qancha davlatlar Iroq, Misr, Sudan, Marokash, Afrika davlatlari, eron, Afg'oniston va boshqa davlatlarga oid ma'lumotlar keltirilgan.

References:

1. Mahmud Shokir. At-tarix al-islam. - Bayrut: Maktab al islamiy, 2000. - J. I. - B. 6.

2. Mahmud Shokir. At-tarix al-islam. - Bayrut: Maktab al islamiy, 2000. - J. II. - B. 4.

3. Mahmud Shokir. At-tarix al-islam. - Bayrut: Maktab al islamiy, 2000. - J. V. - B. 6.

4. Mahmud Shokir. At-tarix al-islam. - Bayrut: Maktab al islamiy, 2000. - J. VI. - B. 3.

5. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Islom tarixi. T.: Hilol Nashr, 2017. - J. II. - B. 80.

6. Cüneyt Kanat. Memlük-Timurlu Münasebetleri (1382-1447). Ankara. Türk Tarix Kurumu, 2022. - B. 1-2-3.

7. Ummataliyev S. Islom tarixidan oltin sahifalar. T.: O'qituvchi, 2021. - B. 5.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.