Научная статья на тему 'ISLOM TARIXINI QIYOSIY O’RGANISHDA XALIFALAR TARIXIGA BAG’ISHLANGAN ASARLARNING TUTGAN O’RNI'

ISLOM TARIXINI QIYOSIY O’RGANISHDA XALIFALAR TARIXIGA BAG’ISHLANGAN ASARLARNING TUTGAN O’RNI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
416
44
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xulafo / roshid xalifalar / siyrat / tobe’inlar / mag’oziy / tabaqot. / Caliphate / Rashid Caliphs / Sirat / Tabein / Maghazi / Tabaqat.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — To’xtayev Nasrullo Nurullayevich

Ushbu maqolada 7 asrdan 15 asrgacha bo’lgan davrdagi siyosiy tarix-xalifalar tarixiga doir bir qancha asarlar haqida so’z boradi. Mavzu doirasida yozilgan tegishli tarixiy asarlar asl manbalarga tayangan holda ilk bor imkon qadar bir joyga yig’ishga harakat qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF THE WORKS DEDICATED TO THE HISTORY OF THE CALIPHS IN THE COMPARATIVE STUDY OF ISLAMIC HISTORY

This article deals with a number of works on the history of political caliphs from the 7th century to the 15th century. Relevant historical works written on the subject will be tried to be collected together as much as possible for the first time, relying on the original sources.

Текст научной работы на тему «ISLOM TARIXINI QIYOSIY O’RGANISHDA XALIFALAR TARIXIGA BAG’ISHLANGAN ASARLARNING TUTGAN O’RNI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(9), September, 2023

ISLOM TARIXINI QIYOSIY O'RGANISHDA XALIFALAR TARIXIGA BAG'ISHLANGAN ASARLARNING TUTGAN O'RNI

To'xtayev Nasrullo Nurullayevich

Imom Termiziy o'rta maxsus ta'lim muassasasi ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha

bo'lim boshlig'i +998919087676

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada 7 asrdan 15 asrgacha bo 'lgan davrdagi siyosiy tarix-xalifalar tarixiga doir bir qancha asarlar haqida so 'z boradi. Mavzu doirasida yozilgan tegishli tarixiy asarlar asl manbalarga tayangan holda ilk bor imkon qadar bir joyga yig'ishga harakat qilinadi.

Kalitso'zlar: Xulafo, roshidxalifalar, siyrat, tobe'inlar, mag'oziy, tabaqot.

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматривается ряд работ по истории политических халифов с 7 по 15 век. Соответствующие исторические работы, написанные на эту тему, старались впервые максимально собрать воедино, опираясь на первоисточники.

Ключевые слова: халифат, рашидские халифы, сират, табейн, магази, табакат.

ABSTRACT

This article deals with a number of works on the history of political caliphs from the 7th century to the 15th century. Relevant historical works written on the subject will be tried to be collected together as much as possible for the first time, relying on the original sources.

Keywords: Caliphate, Rashid Caliphs, Sirat, Tabein, Maghazi, Tabaqat.

KIRISH (INTRODUCTION)

Tarixni ma'lum soha va davrlarga ajratgan holda o'rganish ob'ektni to'laroq tadqiq etishga asos bo'ladi. Bu uslub o'rganish va o'rgatishning sinalgan samarali uslubi bo'lib, ilm-fanning barcha sohalarida joriy etiluvchi tabiiy qonuniyatdir. Xususan, islomiy ilmlar sohasi ham alohida tarmoqlarga bo'lingan bo'lib, jumladan, islom tarixini yoritishda tarojim-tabaqot kitoblari va ularning turli yo'nalishlari alohida ahamiyat kasb etadi. Bular orasiga xalifalar tarixini misol tariqasida ko'rsatish mumkin. Bu sohaning yoritilishi asrlar davomida alohida mavzu sifatida shakllanib borgan.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

MUHOKAMA (DISCUSSION)

Ilk davrlarda xalifalar tarixi siyosiy tarixning ajralmas bo'lagi edi. Darhaqiqat, tarix ilmining dastlabki namoyondalaridan biri, tobe'in, mashhur muhaddis va faqih Abu Abdulloh Urva ibn Zubayr Asadiy (22-93/643-712) yozgan «Mag'oziy» (G'azotlar) asarining asosiy mavzusi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak hayotlari to'g'risida bo'lishi bilan birga to'rt roshid xalifalarning davri bilan ham chambarchas bog'liq . Bu kitobning bir qismi Tabariy, Ibn Ishoq va Voqidiy hamda Ibn Kasir kabi mashhur tarixchilar tomonidan keltirilgan iqtiboslar orqali bizgacha yetib kelganligi ma'lum .

III/VIII asrga kelib tarix ilmi yuksak darajada rivojlandi, yirik kitoblar yozildi. Jumladan, basralik muhaddis Abu Abdulloh Muhammad ibn Sa'd ibn Mani' Bag'dodiyning (168-230/784-845) ko'p jildlik «Tabaqot al-kubro» (Katta tabaqalar), mashhur tarixchi va nasab olimi Abulhasan yoki Abu bakr Ahmad ibn Yahyo ibn Jobir ibn Dovud Balazuriyning (190-279/806-892) «Futuh al-buldon» (Mamlakatlar fathi), muhaddis va mashhur tarixchi Abu Bakr Ahmad ibn Ali ibn Sobit Xatib Bag'dodiyning (392-463/1002-1071) ko'p jildlik «Tarixu Bag'dod» kabi asarlari umumiy tarix qatori, xalifalar tarixini yoritishda ham asosiy manbalardan sanalgan. Bundan tashqari, tarixchilar XIII-XIV asrning yetuk olimi sifatida biladigan ikki mashhur shaxs, Abu Abdulloh Shamsiddin Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon ibn Qoymaz Zahabiy Damashqiyning (673-748/1274-1348) ko'p jildlik «Tarix al-islom» hamda Abulfido Ismoil ibn Umar ibn Kasir Damashqiyning (701-774/1303-1373) «Al-Bidoyatu van-nihoya» (Ibtido va intiho) kabi yirik asarlari ham shular jumlasidandir. Mazkur ikki kitob o'z nomi bilan tabaqot va tarojim kitoblar sirasiga kirib, islom olamida muhim manba sifatida keng miqyosda foydalaniladi.

"Xalifalar tarixi" nomi bilan ataluvchi ushbu mavzuga oid asarlar yozish an'anasi ilk bor VIII-IX asrlarda, ya'ni tobe'inlar davrida alohida tarmoq sifatida ajralib shakllana boshladi. O'z yo'nalishining ibtidosi o'laroq yozilgan ushbu kitoblar xalifalar tarixini to'liq qamrab olmasdan, ma'lum bir davr bilan chegaralangan.

Jumladan, "Xaliflar tarixi" rukni ostidagi turli yillarda yozilgan ilk alohida manbalar qatoriga quyidagi kitoblarni keltirish mumkin:

1. Tobe'in, hofiz, tarix ilmining ilk namoyondalaridan biri va hadisda o 'z davrining «Amirul muminin» darajasiga yetgan Abu Abdulloh Muhammad ibn Ishoq ibn Yasor Muttalibiy Madaniyning (vaf 151/768) «Tarix al-xulafo» asari . Asli yunon, musulmon geograf va tarixchi olimi Yoqut Hamaviy (1179-1229) va tarixda «Ibn Nadim» nomi bilan tanilgan Abul Faroj Muhammad ibn Ishoq o'z asarlarida keltirishicha, bu kitob Muhammad ibn Ishoq tomonidan bitilgan «Mag'oziy» (G'azotlar) asarining davomi sifatida yozilgan bo'lib, unda roshid xalifalar va

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(9), September, 2023

Ummaviylar davri yoritilgan. Afsuski, bu kitobning faqatgina bir parcha qismi Imom Muhammad Tabariy o'zining ba'zi kitoblarida u kishidan keltirgan iqtiboslari orqali bizgacha yetib kelgan .

2. Tarixda «Madoiniy» nomi bilan mashhur basralik nasab olimi, tarixchi va adib Abulhasan Ali ibn Muhammad ibn Abdulloh Qurashiyning (135-224/753839-40) «Axbar al-xulafo» (Xalifalarning xabarlari) asari . Bu kitobning bizgacha yetib kelganligi ma'lum emas. Shuningdek, bu kitob «Tarix a'mor al-xulafo» (Xalifalar hayotlari tarixi) «Tarix al-xulafo» va «Axbar al-xulafo al-kabir» (Ulug' xalifalar tarixi) kabi bir necha xil nomlar bilan ham atalganligi ma 'lum . Asarda to'rt roshid xalifalar va ummaviylar davri, shuningdek, Abbos o'g'illaridan chiqqan birinchi xalifa Abul Abbos Abdulloh, Mansur, Mahdiy, Hodiy, Horun ar-Roshid, Amin, Ma'mun va Mu'tasim davrlari ham yoritilgan .

3. «Abu Ja'far Bag'dodiy» nomi bilan tanilgan nasab olimi, muhaddis va faqih Abu Ja'far Muhammad ibn Habib ibn Umayya ibn Amir Hoshimiyning (vaf 245/859) «Tarix al-xulafo» asari . Bu kitobning ham bizgacha yetib kelganligi ma'lum emas. Xatib Bag'dodiy kitobning nomini zikr etgan bo'lmasada, bu mavzuda u kishidan qilingan ko'plab rivoyatlarni o'z kitoblarida keltirib o'tgan .

4. «Ibn Abu Dunyo» nomi bilan mashhur bo'lgan taniqli muhaddis, tarixchi hamda ko'plab asarlar muallifi Abdulloh ibn Muhammad ibn Ubayd ibn Sufyon Qurashiy Bag'dodiyning (208-281/823-894) «Tarix al-xulafo» asari . Bu kitobning ham bizgacha yetib kelganligi ma'lum emas. Lekin Xatib Bag'dodiy Abu Qays Ali ibn Ahmad ibn Rifo' Bag'dodiy orqali (vaf 352-963) , «Ibn Adim» nomi bilan tanilgan Abu Jaroda Umar ibn Ahmad ibn Hibbatulloh Uqayliy (588-660/1192-1262) Abu Hasan Umar ibn Hasan Ashnoniydan (259-339/872-950), u kishi esa Ibn Abu Dunyodan rivoyat qilgan .

5. Taniqli tarixchi va faqih Abu Ja'far Muhammad ibn Jarir ibn Yazid Tabariyning (224-310/839-923) ko'p jildlik «Tarixi Tabariy» asari. Bu kitob «Tarix ar-rusul val-muluk» (Payg'ambarlar va podsholar tarixi) nomi bilan ham mashhur. Asarda Odam alayhissalomdan o'zi yashagan davrgacha bo'lgan tarixni isnodi bilan muxtasar holda keltirgan. Bu kitob islom tarixi bo'yicha asosiy manbalardan biri sifatida keng foydalaniladi.

6. Tarixchi va muhaddis Abu Bishr Muhammad ibn Ahmad ibn Hammod Dulabiy Ansoriyning (224-310/839-923) «Axbar al-xulafo» asari. Bu kitobning ham bizgacha yetib kelganligi ma'lum emas. Ibn Kasir kitobning nomini zikr etmasada, bu mavzuda u kishidan qilingan rivoyatlarni o'z kitobida keltirib o'tgan .

7. Nahvshunos olim va hofiz Abu Abdulloh Ibrohim ibn Muhammad ibn Arofa Niftavayhning (244-323/858-935) «Tarix al-xulafo» asari . Bu kitobning

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(9), September, 2023

bizgacha yetib kelganligi ma'lum emas. Lekin kitobni Imom Zahabiy va Imom Suyutiy o'z kitoblarida zikr qilib o'tgan. Kitob ikki jilddan iborat bo'lib, Qohir Billoh Abu Mansurning (320-322/932-934) xalifaligiga qadar yozilgan. Ibn Asokir bu borada u kishidan qilingan rivoyatlarni o'z kitobida keltirib o'tgan .

8. Buyuk allomalardan biri, tarixda «Suliy» nomi bilan tanilgan mashhur shatranj o'yinchisi, adib va shoir Abu Bakr Muhammad ibn Yahyo Abdulloh Suliyning (267-336/880-947) Abbosiylar va ularning shoirlariga bag'ishlangan «Ash'aru avlad al-xulafa va axbarihim min kitabi Avroq» (Avroq kitobidan xalifalar bolalarining she'rlari va ularning xabarlari) kitobi. Asarda xalifalar bolalarining va Bani Abbosning yozgan she'rlari bayon qilingan bo'lib, xalifa Mu'taz billah Muhammad (252-255/866-869) davrigacha yozilgan. Asar ilk bor 1936 yili Misrdagi «Matbuoti Soviy» matbuotida chop etilgan.

9. Muhaddis va adib Abu Muhammad Ismoil ibn Ali ibn Ismoil Xattobiyning (vaf 350/961) «Muxtasar tarix al-xulafo» asari . Ibn Asokir o'z kitobida bu asardan iqtibos keltirgan. Muallif kitobida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning siyratlari va roshid xalifalar davri, shuningdek, ummaviylar va abbosiylar davlatining o'zi yashagan davrgacha bo'lgan tarixini qisqacha tarzda yoritgan. Unda Muktafiy billah (289-295/902-908) xalifaligi davrida Ibn Mahrul Qarmatiy nomi bilan mashhur bo'lgan Ali ibn Abdullohning xuruji haqida ham qisqacha to'xtalib o'tgan. Kitobning bizgacha birinchi qismi yetib kelgan va u 1389/1969 yili ilk bor Daniyaning «Dor kutubi Kopengagen» nashriyotida chop etilgan.

10. Muhaddis va imom Abu Nosir Zuhayr ibn Hasan ibn Ali Quzo'iyning (vaf 454/1062) «Kitab al-anbai bi anbiya va tavorix al-xulafa va valayat al-umaro» (Anbiyolar xabarlari, xalifalar tarixi hamda amirlar boshqaruvi haqida xabarlar) asari. Kitobda Odam alayhissalomdan hijriy 427/1036 yilgacha, ya'ni Qoim bi-amrillah (422-467/1021-1075) davrigacha muxtasar holda yoritilgan. Asar 1418/1998 yili ilk marotaba Bayrut shahridagi «Maktabat al-asriya» nashriyotida chop etilgan.

11. Tarixda «Ibn Hazm» nomi bilan tanilgan andalusiyalik faqih alloma va tarixchi Abu Muhammad Ali ibn Ahmad ibn Sa'id ibn Hazm Zohiriyning (384456/994-1064) «Asma al-xulafa val-vulati va zikri mudadihim» (Xalifa va voliylar ismlari hamda boshqaruv muddatlarining zikri) kitobi. Asarda asosan roshid xalifalar, ummaviylar, abbosiy xalifa Abu Ja'far Qoim bi-amrillah davri (422-450\1031-1058-59) va shuningdek undan keyingi xalifalar va Andalusiyada tuzilgan ummaviylar davlati voliylarining ismlari hamda ularning voliylik muddatlari keltirilgan. Asar ilk bor 1407/1987 yili Bayrut shahridagi «Muassas al-arabiya li-d-dirosa van-nashr» nashriyotida chop etilgan.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

12. Tarixchi va faqih alloma Abulhasan Muhammad ibn Ali ibn Muhammad ibn Imroniyning (vaf 580/1184) «Al-Inbau fi tarixi al-xulafa» (Xalifalar tarixida xabarlar) asari. Bu kitob muallif tomonidan yozilgan mashhur asarlardan bo'lib, unda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning siyratlari, roshid xalifalar va ummaviy hukmdorlarning ismlari hamda podsholik davrlari muxtasar holda yoritilgan. Shu jumladan, abbosiy hukmdorlar davri nisbatan kengroq yoritilgan bo'lib, abbosiy xalifa Abu Muzaffar Mustanjid billah (555-566/1160-1170-71) davrigacha bayon qilingan. Kitob Qosim Samiroiy tomonidan tadqiq qilinib, 1421/2001 yili ilk bor Qohiragi «Dor al-afaq al-arabiya» nashriyotida chop etilgan.

13. Abu Marvon Abdulmalik ibn Qosim ibn Kardabus Tavvazroyning (vaf 580/1184) «Al-Iktifau min tarix al-xulafa» (Xalifalar tarixi borasida kifoya qiluvchi kitob) asari. Kitob ikki qismdan iborat bo'lib, birinchi qismda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning siyratlari va roshid xalifalar hamda ummaviylar davlati tarixi o'rin egallagan. Ikkinchi qismda esa abbosiy hukmdor Abu Muzaffar Mustanjid billah (555-566/1160-1170-71) davrigacha yoritilgan. Shuningdek, muallif o'z asarida Andalusiyada tuzilgan ummaviylar davlati haqida ham qisqaroq to'htalib o'tgan. Kitob doktor Solih ibn Abdulloh G'omidiy tomonidan tadqiq qilinib, 2013 yilda Bayrut shahridagi «Dor al-kutub al-ilmiya» nashriyotida chop etilgan.

14. O'z davrining yetuk muhaddis olimi va faqih Abulfaroj Abdurahmon ibn Ali ibn Javziyning (vaf 594/1200) «Al-Misbah al-muzi'y fi xilafa al-Mustaziy'» (Mustaziy' xalifaligini yorituvchi chiroq) asari. Noji' Abdulloh Ibrohim ushbu kitobni Bag'dod universitetining markaziy kutubxonasida saqlanadigan nusxa asosida tadqiq qilgan bo'lib, 2000 yil Bayrut shahridagi «Shirkat al-matbuot lit-tavzi' van-nashr» nashriyotida chop etilgan.

15. Ibn Javziyning bu mavzuda yozilgan boshqa yirik asari «Al-Muntazam fi tavorix al-muluk val-umam» (Podsholar va xalqlar tarixlarining tartiblanishi) kitobi. Asar jami 18 jilddan iborat bo'lib, Odam alayhissalomning tug'ilishidan 574/1178 yilgacha muxtasar yoritilgan. Asarning Suhayl Zakkor tomonidan tadqiq qilinib, 1415/1995 yili Bayrut shahridagi «Dor al-fikr» nashriyotida chop etilgan.

16. Abulxattob Umar ibn Hasan ibn Ali ibn Muhammad Izoviyning (544633/1150-1233) yirik «An-Nibros fi tarix xulofa bani al-abbos» (Bani Abbos xalifalarining tarixidagi yorituvchi mash'ala) asari. Kitobda asosan Saffoh davridan Mustaziy bi-amrillah (567-575/1172-1180) davrigacha davlatning ijtimoiy va siyosiy hayoti haqida so'z yuritilgan. Bu kitob 1946 yili Bag'dod shahridagi «Maorif» nashriyotida chop etilgan.

17. Abu Surur Ali ibn Abdulloh ibn Muhammad Ruhiyning (vaf 648/1250) «Balog'atu zurofa fi zikri tavorix al-xulafa» (Xalifalar tarixlarini zikr qilishda yetuk

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

balog'at) asari. Kitobda asosan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning nasl-nasablari, sifatlari va roshid xalifalar davri shuningdek, taniqli xalifalarning ismlari hamda ularning hukmronlik qilgan davrlari aks ettirilgan. Bu kitob 1327/1909 yili Misrdagi «An-Najah» nashriyotida chop etilgan.

18. Abulhasan Ali ibn Muhammad ibn Mahmud Kazaruniyning (611697/1214-1297-98) «Muxtasar tarix min avval az-zaman ila muntaha davlati bani abbas» (Zamonning ibtidosidan bani Abbos davlatining intihosigacha bo'lgan muxtasar tarix) asari. Kitobda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning siyratlari va g'azotlari keltirilib, Abu Bakr Siddiq davridan xalifa Musta'sim Abdulloh (640659/1243-1261) davrigacha aks ettirilgan. Kitob Mustafo Javvad tomonidan tadqiq etilib, 1390/1970 yili Bag'dod shahridagi «Maktabatu nur» nashryotida chop etilgan.

19. Abu Abdulloh Mug'ultoy ibn Qulayj ibn Abdulloh Bakjuriyning (689762/1290-1361) «Muxtasar tarix al-xulafo» kitobi. Xalifalar tarixiga bag'ishlagan bu muxtasar kitob asosan geografiya, tarix va boshqa ijtimoiy fanlar bilan chambarchas bog'liq bo'lib, unda roshid xalifalar davridan Abbosiy hukmdor Mu'tasim billah (640-659/1243-1261) davrigacha bayon qilingan. Kitob Osiyo Kaliybon Ali Barih tomonidan ilmiy tadqiq qilinib, 2001 yili Qohiradagi «Dor al-faxr li-n-nashr va-t-tavziy'» nashriyotida chop etilgan.

20. Tarixchi va adib Abulabbos Ahmad ibn Ali ibn Ahmad Qalqashandiyning (756-821/1355-1418) «Maasir al-inafa fi ma'alim al-xilafa» (Xalifalik alomatlaridagi yuksak fazilatlar) asari. Ushbu asar muallifning mashhur asarlaridan biri bo'lib, u ikki qismdan iborat. Birinchisi, xalifalik qay tarzda bo'lishi va unga saylanish yo'llari hususidadir. Ikkinchi qismida, xalifalar, xususan, Abu Bakr Siddiq davridan Musta'inbillah (808-815/1406-1412) davrigacha yozilgan. Kitob Abdusattor Ahmad Firoj tomonidan tadqiq qilinib, 2008 yili Kuvayt shahridagi «Matbuatu hukumat al-Quvayt» nashriyotida chop etilgan.

21. Tarixchi va alloma Abulmahosin Yusuf ibn Tag'riberdiyning (vaf 874/1470) «Mavarid al-latofa man valiya as-sultona va-l-xilafa» (Xalifalik va podsholikka saylangan kishilar haqida latif manba) asari. Kitobda Abu Bakr Siddiq xalifalik davridan Musta'in billah (808-815/1406-1412) davrigacha keltirilgan. Kitob Doktor Nabiyl Muhammad Abdulaziz tomonidan tadqiq qilinib, 1412/1992 yili Qohiraning «Dor al-kutub al-misriya» nashriyotida chop etilgan.

22. Abulfazl Jaloliddin Abdurahmon Suyutiyning (849-911/1445-1505) «Tarix al-xulafo» asari. Kitob Muhammad G'asson Nasuh Azqul Husayniy tomonidan tadqiq qilingan bo'lib, Qatardagi «Vizaro al-avqof ash-shu'un al-islamiyya» muassasida chop etilgan. Asosan kitobda Abu Bakr Siddiq davridan so'nggi abbosiy xalifa Mutavakkil alalloh (884-903/1479-1498) davrigacha,

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

shuningdek Andalusiyada tuzilgan ummaviylar, ubaydiylar davlati, Bani Tobatoba alaviy Hasaniylar davlati va Tabariston davlatidagi podsholarning ismlari hamda xalifalik yillari qisqacha keltirilgan.

Dastlab, bu yunalishga ilk qadam tobe'inlar davrida qo'yildi. Biz yuqorida keltirgan asarlar VIII asrdan to XV asrgacha bo'lgan davr oralig'ida yozilgan bo'lib, har biri o'z zamoniga aloqador muhim manbalar qatorida sanaladi. Bu asarlar «Xalifalar tarixi»ni o'rganishda manbalarning bir-biriga ketma-ket chambarchas bog'liq holda rivojlanish klassifikatsiyasini tahlil qilish yo'liga tushib olishda ko'makchi vazifasini o'taydigan muhim asl manbalar hisoblanadi. Shuningdek, ular nafaqat «Xalifalar tarixi», balki butun islom ilmlarini o'rganishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Bir jihatni unutmaslik kerakki, xalifalar haqida yozilgan dastlabki kitoblar ma'lum davr bilan chegaralanib, bir yoki bir nechta xalifalar davrini yoritish bilan kifoyalangan. O'sha davrning buyuk olimi Imom Jaloliddin Suyutiy buni e'tirof etib, bu borada ba'zi fikrlarni keltirib o'tgan. Shu jumladan, o'z so'zida muallif, bu sohada ish hali o'z nihoyasiga yetmaganligiga ishora qilgan va buni e'tibordan chetda qoldirmay, ushbu mavzuda o'rtacha hajmdagi «Tarix al-xulafo» asarini bitgan. Kitobda keltirilgan shaxs va hodisalarning har biri haqida ko'plab kitoblar bitilgan. Uning maqsadi voqealar tafsilotini to'liq bayon qilish emas, balki bu kitobni o'qigan kishida ushbu tarix haqida umumiy tasavvur shakllantirish va eng zaruriy ma'lumotlarni taqdim qilishdir.

Shu bilan birga, bu sohadagi asarlarning ko'p qismi hali ilmiy jihatdan keng o'rganilmagan, ular bilan yaqindan tanishish va tadqiq qilish esa Islom tarixini qiyosiy o'rganish yo'nalishiga asos bo'lishi mumkin.

Shuningdek, 14 asrlik tarixi islom davri bilan uzviy bog'liq bo'lgan Markaziy Osiyo mintaqasida, jumladan o'z yurtimizda ham «Xalifalar tarixi» rukni ostidagi asl manbalar bilan yaqindan tanishish va kelgusida bu asarlarni o'zbek tiliga tarjima qilish borasida ham kun sayin qiziqish-talab ortib bormoqda.

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Abulfaroj Muhammad ibn Ishoq ibn Muhammad ibn Ishoq Mu'taziliy. Fihrist. Ayman Fuod Said tadqiqi. - London: Muassasa al-furqon li-turosi al-islamiy. 1429/2009. III.

2. Abu al-Qosim SUlaymon ibn Ahmad ibn Ayyub Tabariy. Tarixi Tabariy. Dorul afkarid-davliya. 1430/2009.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

3. Abu Hotim Muhammad ibn Hibbon ibn Ahmad. As-Saqofat. Dairotu l-maorif al-usmaniya. 1393/1973. XI.

4. Abu Bakr Ahmad ibn Ali ibn Sobit Xatib Bag'dodiy. Tarixu Bag'dod. - Bayrut: Dor al-g'arb al-islamiy. 1422/2001. XXI.

5. Shihobiddin Abu Abdulloh Yoqut Hamaviy Rumiy. Mu'jam al-udaba. -Bayrut: Dor al-g'arb al-islamiy. 1413/1993. VII.

6. Abdulmalik ibn Muhammad Tavazzariy. al-Iktifau min tarix al-xulafa. - Qohira: Dor al-kutub al-Misriya. 1391/1971.

7. Abul Qosim Ali ibn Hasan ibn Hibbatulloh Ibn Asokir. Tarixu madinatu Dimashq va zikru fazluha va tasmiyatu man hallaha minal amasil. - Bayrut: Dor ihyau -t-turos. 1415/1995. LXX.

8. Abu Abdulloh Shamsiddin Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon Zahabiy Damashqiy. Siyar a'lom an-nubala. - Bayrut: Dor al-fikr. 1413/1993. XXIII.

9. Abulfido Ismoil ibn Umar ibn Kasir Damashqiy. Al-Bidoyatu van-nihoya. -Bayrut: Maktabat al-maorif. 1410/1990. XV.

10. Abu Jaroda Umar ibn Ahmad ibn Hibbatulloh Uqayliy. Bug'ya at-talab fi tarixi Halab. - Bayrut: Dor al-fikr. 1408/1988. XII.

11. Abu Bakr Jaloliddin Abdurohman Suyutiy. Tarix al-xulafo. Muhammad G'asson Nasuh Azqul Husayniy va boshqalar tadqiqi. - Qatar: Vizarotul avqof ash-shu'un al-islamiya. 1434/2013. Ikkinchi nashr.

12. Abu Bakr Jaloliddin Abdurohman Suyutiy. Tadrib ar-roviy. Toriq Avzulloh tadqiqi. - Riyoz: Al-maktabatu al-asima. 1424/2003. III.

13. Abu Bakr Jaloliddin Jaloliddin Abdurohman Suyutiy. Tarix al-xulafo. Abdulloh Shokirov tarjimasi. Xalifalar tarixi. - Toshkent: "Sharq". 1441/2020.

14. Xayriddin ibn Mahmud ibn Muhammad ibn Ali ibn Foris Zirikliy Dimashqiy. Al-A'lom. - Bayrut: Dor al-ilm li al-malayiyni, 1423/2002. VIII.

15. Tolal Su'ud Da'janiy. Mavarid ibn Asokir fiy tarixi Dimashq. - Madina: al-Ja'miatu -l-islamiya. 1425/2004. Birinchi nashr.

16. Abdulaziz Duriy. Nash'atu ilmu tarix i'ndal-arab. - Bayrut: Markaz ad-dirasa al-vahdatu -l- arabiya. 1428/2007. Ikkinchi nashr.

17. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Mustalahul hadis. - Toshkent: «Hilol nashr» nashriyot-matbaasi. 2018.

18. Jo'rabek Cho'tmatov. Termizning bezavol qal'alari yohud Termiz tarixi. -Toshkent: YANGI NASHR, 2017.

19. Abott, Nabia. Studies in Arabic literary Papyri. Chicago, IL: University of Chicago Press {1957-1972}),3 vol. (Oriental Institute publications; v. 75-77,3 vols. 1: Historical Texts, p.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

20. Jalaluddin as-Suyuti. History of the caliphs. Translated from the original Arabic by Major H.S. Jarrett. Calcutta: printed by J.W. Tomas, Baptist mission press. And published by the Asiatic society, 57, Park street, 1881.

21. Mamanovich, R. K. (2021). Components of political culture in political processes. Academicia: an international multidisciplinary research journal, 11(2), 953-959.

22. Rasulov, H. M. (2021). ELECTION PHENOMENON I THE PROBLEM OF IMPROVING THE ELECTRIC CULTURE OF THE POPULATION. ВОСТОЧНО ЕВРОПЕЙСКИЙ НАУЧНЫЙ ЖУРНАЛ,, 75(part 6), 28.

23. Celaleddin SuyM. Halifeler Tarihi. Arapfa aslindan feviren: Onur Ozatag. -Istanbul: Ottken, 2014.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.