Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
"MUNTAXAB AT-TAVORIX" ASARI TARIXIY MANBA SIFATIDA
Omonboyeva Shodiya
O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistranti +998951552444
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada XIX asr ikkinchi yarmigacha bo 'lgan davrda O 'rta Osiyo xonliklari tarixini yoritishda Muhammad Hakimxon To'raning "Muntaxab at-tavorix"asarining ahamiyati va asardagi qimmatli ma'lumotlar keltirib o'tilgan. Asarning o 'rganilish tadqiqotlari ham yoritilgan.
Kalit so'zlar: Muhammad Hakimxon To'ra, Muntaxab at-tavorix, Shodmon Vohidov, Buxoro amirligi, Qo'qon xonligi, Enver Hurshut, Haydarbek Bobobekov.
АННОТАЦИЯ
В данной статье приводится значение работы Мухаммада Хакимана Туры "Мунтахаб ат-Таварих" в освещении истории среднеазиатских ханств в период до второй половины XIX века и ценные сведения, содержащиеся в работе. Исследование работы также было освещено.
Ключевые слова: Мухаммад Хакимхан тура, Мунтахаб ат таварих, Шодмон Вахидов, Бухарский эмират, Кокандское ханство, Энвер Хуршут, Хайдарбек Бобобеков.
ABSTRACT
In this article, the significance of the work "Muntakhab-ut-Tawarikh" by Mohammad Hakim Khan and valuable information in the work in its coverage of the history of the khanates of Central Asia in the period up to the second half of the 19th century. The studies of the work is also covered.
Key words: Mohammad Hakim Khan, Muntakhab-ut-Tawarikh, Shodman Vokhidov, emirate of Bukhara, Khanate of Kokand, Enver Khurshut, Khaydarbek Bobobekov.
KIRISH
XIX asrgacha O'rta Osiyo ko'plab ijtimoiy-siyosiy voqealarga va hukmdorlar almashinuviga guvoh bo'ldi. Bu davrlardagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, hukmron sulolalar, harbiy yurishlar, siyosiy aloqalar va madaniy hayot haqida juda ko'plab asarlar yozildi. Shunday asarlardan biri tarixchi Muhammad Hamkimxon To'raning "Muntaxab at-tavorix" asaridir. Asar fors tilida yozilgan va tarixchilar tomonidan o'zbek tiliga o'girilgan. Asardagi ko'plab ma'lumotlar va tarixiy ma'lumotlat muallifning o'zi qatnashgan hamda guvoh bo'lgan voqea-hodislarga tayanadi. Asar 5
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
bobdan iborat hisoblanib,aynan so'nggi bobida O'rta Osiyoda hukmronlik qilgan sulolalar safforiylar, somoniylar sulolasi. ol bo'ya hukmronligi. g'aznaviylar. saljuqiylar. xorazmshohlar saltanati, chingiz va chingiziylar xonadoni. temuriylar. shayboniylar. ashtarxoniylar. mang'itlar sulolasi, minglar sulolasi keng yoritib berilgan. Asarning yana bir ahamiyati hukmdorlarning shaxsiyalatlari, shu davrda yashagan aholining turmush sharoitlari, jang tasvirlari to'g'risida ham ma'lumot keltirib o'tilgan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
"Muntaxab-at-tavorix" nodir tarixiy, adabiy, geografik asar bo'lib, ensiklopedik xarakterga ega. Shuning uchun ham mazkur asar turli soha mutaxassislari e'tiborini jalb qilgan. Muhammad Hakimxon asarida keltirilgan ma'lumotlar tarixshunoslar, sharqshunoslar, adabiyotshunoslar, geograflar tomonidan ilmiy tadqiqotlar jarayonida keng foydalanilgan. O'zbekistonda mashhur olim Enver Xurshut tomonidan "Muntaxab attavorix" maxsus o'rganilgan. E. Xurshut o'z tadqiqotlarida asarning nusxalari, uning manbalari, tarixiy va adabiy manba sifatidagi ahamiyati, memuar janrdagi nodir asar ekani va asar muallifi sayohatlarini keng tahlil qilgan[1;41-45].
Qo'qon xonligi tarixi bo'yicha yirik mutaxassis akademik Haydarbek Bobobekov xonlik tarixiga oid asarlarida Muhammad Hakimxonning shaxsiyati, "Muntaxab at - tavorix"ning ilmiy ahamiyati, XIX asr Qo'qon tarixshunoslik doirasida tutgan o'rni haqida ma'lumot beradi. H. Bobobekoning ta'kidlashicha bu asar o'zining janri bo'yicha o'ziga xos uch janrni mujassamlashtirgan: jahon tarixi, lokal (mahalliy) tarix va memuar (esdaliklar). Asar rejasiga ko'ra tipik jahon tarixidir[2;176].
Yo'lchi Qosimov ham o'z asarida "Muntaxab at-tavorix"-ning Qo'qon xonligi tarixini o'rganishdagi ahamiyati, asarning o'rganilish tarixi va uning nusxalariga doir ma'lumot bergan. Y. Qosimovning ma'lumotiga ko'ra, 1917-yilgacha qo'lyozmaning "Farg'onacha turkiy tilda" ayrim parchalar toshbosma usulida kitob qilib chop etilgan. Hozirda ba kitobning bir nusxasi qo'qonlik adabiyotshunos olim A. Madaminov qo'lida saqlanmoqda[3;65-66].
"Muxtaxab at-tavorix"ning qo'lyozma nusxalariga to'xtaladigan bo'lsak, Dushanbeda, Tojikistonda A.A.Semenovning uy muzeyida saqlanayotgan forscha fotonusxasini Ahror Muxtorov 1983-yili ikki kitob holida chop etdi. Asarning o'zbekcha nusxasi ham bo'lib, hozirda O'zR FA Sharqshunoslik instituti xazinasida (raqami № 594) saqlanmoqda. Shuningdek. Muntaxab at-tavorix" yozilgan yiliyoq nusxa ko'chirish boshlangan. Ya'ni Shahrisabzda Muhammadamin kotib tomomonidan 10 nusxa ko'chirilgan. Ayniqsa ulardan S 470-sonli (Rossiya), 63-sonli (Tojikiston), 592-sonli (O'zbekiston) nusxalari juda yaxshi saqlangan Kitobning
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
ikkinchi jildi tanqidiy matni yaponiyalik olimlar Yayoi Kawahara va Koichi Haneda tomonidan Tokio shahrida 2006-yili e'lon qilindi[6;241].
MUHOKAMA VA NATIJALAR.
"Muntaxab at-tavorix" (Saylangan tarixlar kitobi) asari muallifi Muhammad Hakimxon ibn Ma'sumxon to'ra Qo'qon tarixnavislik maktabining yirik namoyandasi hisoblanib, muallif haqidagi ma'lumotlar asosan shu yozma yodgorlikning o'zida keltirilgan[4;4].Asarning tuzilishi:
I bob. Payg'ambarlar.
II bob. Qadimiy Eron sulolalari.
III bob. Chin va Farang shohlari.
IV bob. Chahoryorlar, umaviylar va abbosiylar xalifalari haqida.
V bob. 1) Safforiylar, 2) Somoniylar sulolasi. 3) Ol Bo'ya hukmronligi. 4) G'aznaviylar. 5) Saljuqiylar. 6) Xorazmshohlar saltanati. 7) Chingiz va chingiziylar xonadoni. 8) Temuriylar. 9) Shayboniylar. 10) Ashtarxoniylar. 11) Mang'itiya saltanati. 12) Mingiya toifasi[5;5]
Hakimxonning bu asari umumtarixiy asarlardan bo'lib, dunyoning vujudga kelgan vaqtidan boshlab, XIX asrning yarmigacha bo'lgan davrni qamrab oladi. "Muntaxab at-tavorix"ning birinchi qismi XVIII asrning o'rtalaridan XIX asrning o'rtasiga qadar bo'lgan davrdagi Buxoro amirligi tarixiga taalluqlidir. Bu qismda avtor Buxoro amirlarining yagona markazlashgan davlat qurish uchun olib borgan kurashlari, ularning Xiva va Qo'qon xonlari hamda mustaqil O'ratepa va Shahrisabz o'lkalari bilan bo'lgan aloqalari haqida hikoya qiladi.
Asarning ikkinchi qismi esa Qo'qon xonligi tashkil topganidan boshlab (XVIII asr) XIX asrning yarmiga qadar bo'lgan tarixni o'z ichiga oladi. Bu yerda ham xuddi oldingi qismdagi singari Hakimxon Qo'qon xonligining tashkil topish tarixi, uning qo'shni davlatlar bilan aloqalari, shu jumladan Xitoy bilan munosabatlarini batafsil hikoya qiladi.
Asarning uchinchi qismi, oldingilaridan farqli o'laroq, muallif sayohatlarini tashkil etadi.
"Muntaxab at-tavorix" nusxalaridan Sankt-Peterburg nusxasida (S 470) yana ilova ham bor. Bu ilova xam Muhammad Hakimxon qalamiga mansub bo'lib, unda Sheralixon davri (1842-1845 y.) hamda Xudoyorxonning taxt ustiga chiqishi bayon etilgani (689-707 betlar). "Muntaxab at-tavorix"ning manbalari juda xam ko'p bo'lgan. Qo'qon tarixchilarining asarlari fors-islomiy tarixnavisligi asosida shakllangan bo'lib, ularda umumjahon va lokal (mahalliy) tarixga bag'ishlab yozilgan asarlar uchraydi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
"Muntaxab at-tavorix" asari umumjahon tarixiga bag'ishlangani bois muallif tarixni olam va odam yaratilishidan boshlab, XIX asrning o'rtalarigacha bayon qilgan. Shuning uchun taqdim etilayotgan ma'lumotlarning dastlabki qismi boshqa ko'plab tarixiy va adabiy manbalar asosida bitilgan. Shu sababli ular originallik kasb etmay, asarning qolgan qismi uchta mavzuga, ya'ni Buxoro mang'itlari tarixi, Qo'qonda hukm surgan minglar sulolasi xamda muallifning chet ellarga sayohati bayoni bo'yicha taqsimlanar ekan, bu ma'lumotlarning barchasi Muhammad Hakimxonning o'z qalamiga mansub qimmatli manba hisoblanadi.
Muhammad Hakimxon o'sha davr voqealarining bevosita ishtirokchilaridan ham talaygina ma'lumotlarni eshitgan va muallif bu faktlarni "Muntaxab at-tavorix"da maxsus qayd etib o'tadi. Minglar va mang'itlarning hukmronligi, ya'ni Qo'qon xonligi va Buxoro amirligi tarixiga oid ma'lumotlar o'ta muhim va birlamchi manba sifatida biz uchun qimmatlidir. Shuning uchun ham mazkur manba Qo'qon tarixnavislik maktabida (Buxoro tarixnavisligida xam) o'zining originalligi va rasmiy tarixchi tomonidan yozilmagani bilan ajralib turadi.
"Muntaxab at-tavorix"da muallif uchun manba vazifasini bajargan maktublar (Do'stmuhammadxonning Hindiston general-gubernatori V.Maknotenning kotibi Lotga maktubi; Sulton Mahmudxonning amir Nasrullohga xati; amir Nasrullohning Qo'qon xoni Muhammadalixonga xati va boshqalar)ning hujjat sifatida havola etilishi esa asarning tarixiy qiymatini yana ham oshirishga xizmat qilgan. Hatto ular afg'on, hind tarixchilarining ma'lumotlarini to'ldirishga ham yaroqlidir. Bundan tashqari asarda muallif sharq shoir va adiblaridan Ibn Sino, Firdavsiy, Umar Xayom, Sa'diy, Pahlavon Maxmud, Nizomiy, Alisher Navoiy, Bedil, Xusrav Dehlaviy, Inoyatulloh Kanbu, Ahmad ibn Yusuf, qo'qonlik shoirlar Fazliy, Akmal Sher Ho'qandiy, Nusrat, Behjat, Amiriy (amir Umarxon), Xorazm xoni Muxammadrahimxon I she'rlaridan namunalar keltiradi. Asarning badiiy bezaklari sifatida fors-tojik, o'zbek, arab xalqlarining maqol va masallaridan unumli foydalanilgan. Hattoki,xitoy xalq maqolini ham keltirib o'tgan.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, Hakimxonning "Muntaxab at-tavorix" asari O'rta Osiyo xalqlari va unga qo'shni bo'lgan davlatlar tarixi haqida muhim manbalardandir. Bu asar mehnatkashlarning ahvoli, ommaviy harakatlar haqida juda ko'p materiallarni qamrab olganligi bilan boshqa tarixiy asarlardan alohida ajralib turadi.
Asarning yana bir diqqatga sazovor yeri shundaki, muallif saroy tarixchilaridan bo'lgan emas. Aksincha, u o'zining demokratik e'tiqodi uchun Qo'qon xonligidan haydab chiqarilgan va butun umrini darbadarlikda o'tkazgan.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
Hakimxon o'z davrining mashhur shoirlaridan bo'lgan Hoziq, Nodira, Sultonxon Adolar bilan shaxsan tanish edi. U o'z asarida yuqorida nomlari tilga olingan o'zbek shoirlarining hayoti va faoliyati haqida qimmatli materiallar berib, ularning bir qancha she'rlaridan namunalar keltiradi.Yana shuni qayd etish kerakki, Hakimxon afg'on xalqining ingliz kolonizatorlariga qarshi kurashini boshqargan Afg'oniston hokimi Do'st Muhammadxon bilan ham shaxsan tanish bo'lgan.
Hakimxon asarida yuqorida ta'kidlab o'tilgan muhim mulohazalarni yozish jarayonida, o'z hayotini ham ta'riflab o'tadi. U XIX asming birinchi choragidayoq rus tilini bemalol gaplasha olish darajasida o'rganib olgan birinchi o'zbeklardan sanalardi.
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO'YHATI (REFERENCES)
1. Хуршут Э. «Мунтахаб ат- таварих» как источник по истории Средней Азии и сопредельных стран XVIII-XIX вв.// Общественные науки в Узбекистане. -1984.- №7.- 41-45 betlar;
2. Bobobekov H.N. Qo'qon tarixi.- Toshkent: Fan, 1996.- 176 bet.
3. Qosimov Y. Qo'qon xonligi tarixi ocherklari.- Tashkent, 1992.- 65- 66 betlar.
4. Э.Хуршут. Хдкимхоннинг хдёти ва саёхдтлари. Тошкент: Узбекистон ССР фан нашриети, 1987.-4-bet
5. Мухдммадхдкимхон Тура. Мунтахаб ат-таворих (Хуканд ва Бухоро тарихи, саёхдт ва хотиралар). Тошкент "Янги аср авлоди" 2010.-5-bet
6. Abdumajid Madraimov.Gavhar Fuzailova.Manbashunoslik.Toshkent, "O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti" 2008.-241-bet
7. Abdumannobovich, X. M. (2023). TRANSFORMATION OF PAREMIOLOGICAL UNITS IN SOUTHERN SURKHANDARYA UZBEK DIALECTS. European International Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, 3(05), 168-173.
8. Abdukarim Jamoliddin. O'zbek olimlarining Muhammad Hakimxonning "Muntaxab at-tavorix" asarini o'rganish bo'yicha tadqiqotlari/O'zbekistonda ilm-fan va ta'lim masalari:muammo va yechimlar mavzusida konferebsiya.2020.209-bet