Научная статья на тему '“TARIXI RASHIDIY” ASARINING MARKAZIY OSIYO TARIXINI YORITISHDAGI AHAMIYATI'

“TARIXI RASHIDIY” ASARINING MARKAZIY OSIYO TARIXINI YORITISHDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Muhammad Haydar / “ Tarixi rashidiy” / Mo‘g‘uliston / chig‘atoylar / o‘zbeklar / Amur Temur harbiy yurishlari / islom. / Muhammad Haydar / "History of Rashidi" / Mongolia / Chigatays / Uzbeks / Amur Timur's military campaigns / Islam.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Sharipova, Dilnavoz

Ushbu maqolada XIV-XVI asrlarda Markaziy Osiyo tarixini o‘rganishda tarixchi va sarkarda Mirzo Muhammad Haydarning “Tarixi Rashidiy” asarining ahamiyati hamda asarda keltirilgan noyob va qimmatli ma’lumotlar keltirilib o‘tilgan. Shuningdek, Mavaraunnahr, Xuroson,, Mo‘g‘iliston hududlaridagi harbiy-siyosiy vaziyatlarni ochib beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE SIGNIFICANCE OF THE WORK OF "THE HISTORY OF RASHIDI" IN ILLUMINATING THE HISTORY OF CENTRAL ASIA

In this article, the significance of the work ";History of Rashidi" by the historian and general Mirza Muhammad Haydar in the study of the history of Central Asia in the 14th-16th centuries and the unique and valuable information presented in the work are mentioned. Reveals the military and political situations in the regions of Movarounnahr, Khurasan,Mongolia.

Текст научной работы на тему «“TARIXI RASHIDIY” ASARINING MARKAZIY OSIYO TARIXINI YORITISHDAGI AHAMIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784

educational, natural and social sciences 4 (5), May, 2024

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7 www.oriens.uz

"TARIXI RASHIDIY" ASARINING MARKAZIY OSIYO TARIXINI

YORITISHDAGI AHAMIYATI

Sharipova Dilnavoz

Xalqaro islom akademiyasi magistranti +998906072544

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada XIV-XVI asrlarda Markaziy Osiyo tarixini o'rganishda tarixchi va sarkarda Mirzo Muhammad Haydarning "Tarixi Rashidiy" asarining ahamiyati hamda asarda keltirilgan noyob va qimmatli ma'lumotlar keltirilib o'tilgan. Shuningdek, Mavaraunnahr, Xuroson,, Mo'g'iliston hududlaridagi harbiy-siyosiy vaziyatlarni ochib beradi.

Kalit so'zla:MuhammadHaydar, " Tarixi rashidiy", Mo 'g'uliston, chig'atoylar, o 'zbeklar,Amur Temur harbiy yurishlari, islom.

АННОТАЦИЯ

В данной статье раскрывается значение труда «История Рашиди» историка и полководца Мирзы Мухаммада Хайдара в изучении истории Средней Азии XIV-XVI веков и уникальные и ценные сведения, представленные в работе. Упоминается.раскрывается военно-политическая обстановка в районах Илистана.

Ключевые слова: Мухаммад Хайдар, «История Рашиди», Монголия, чигатайцы, узбеки, военные походы Амур-Тимура, ислам.

ABSTRACT

In this article, the significance of the work "History of Rashidi" by the historian and general Mirza Muhammad Haydar in the study of the history of Central Asia in the 14th-16th centuries and the unique and valuable information presented in the work are mentioned. Reveals the military and political situations in the regions of Movarounnahr, Khurasan,Mongolia.

Key words: Muhammad Haydar, "History of Rashidi", Mongolia, Chigatays, Uzbeks, Amur Timur's military campaigns, Islam.

KIRISH

XIII-XV asrlarda Markaziy Osiyo ko'plab hukmdorlarga va ijtimoiy-siyosiy voqealarga guvoh bo'ldi. Bu davrlardagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, hukmron sulolalar, harbiy yurishlar, siyosiy aloqalar va madaniy hayot haqida juda ko'plab asarlar yozildi. Shunday asarlardan biri tarixchi va sarkarda Mirzo Muhammad Haydarning "Tarixi Rashidiy" asaridir. Bu asar fors tilida yozilgan bo'lib,tarixchilar uchun qimmatli manba hisoblanadi. Chunki, asardagi ko'plab ma'lumotlar va tarixiy

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

faktlar muallifning o'zi qatnashgan hamda guvoh bo'lgan voqea-hodislarga tayanadi. Asar Movarounnahr, Xuroson, Hindiston va Sharqiy Turkistonda hukmronlik qilgan olti sulolalar -Temuriylar, boburiylar, shayboniylar, mo'g'ul xonlari, qozoq xonlari va safaviylar shajaralari keng va uzviy holda yoritilgan. Shuningdek, asarda Tug'luq Temur, Amir Temur, Shayboniyxon, Zahriddin Muhammad Bobur, Yunusxon va boshqa bir qancha o'zbek xonlari, mo'g'ul xonlari va boburiylardan bo'lgan hukmdorlar haqida anchagina mufassal tarzda bayon etilgan. Asarning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, unda mo'g'ul hkmdorlarining islomni qabul qilish tarixi, jarayonlari va shart- sharoitlari keltirilgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Tarixan Mirzo Muhammad Haydar Ayoziyning "Tarixi Rashidiy" asaridagi nafaqat milliy, balki ko'pgina jahon adabiyoti namoyondalarining nazarida bo'lgan. Bugungi kunga qadar asar rus, turk, xitoy, qozoq, uyg'ur kabi ko'pgina Sharq va G'arb tillariga tarjima qilingan. Xususan, 1940-yilda E.Denison Ross va Neil Elias tomonidan ingliz tiliga o'girilgan. "Tarixi Rashidiy" ni ingliz tiliga ilk marta britaniyalik sharqshunos olim Eduard Denison Ross (1871-1940) tarjima qilgan edi. Dastlab, "Tarixi Rashidiy" asari Emin Vongning evarasi Mir Tohirning o'g'li, Qashqar hokimbegi Zuhuriddin hokimbekning farmoniga binoan Xoja Muhammad Sharif tomonidan fors tilidan turkiy tilga tarjima qilingan.

Britaniya "Qirollik geografiya jamiyati"ning oltin medal sohibi, Britaniya qirolichasining XuRosson va Seyistonga tayinlagan konsul-generali, geograf, sayyoh olim Ney Elias (1844-1897) esa tarjimani tahrir qilib, izohlar va xarita bilan boyitib, Londonda 1895 yili "Sampson Lou, Martson and Company, Ltd."da bosib chiqargan[1;796].

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining qo'lyozmalar xazinasida Mirzo Muhammad Haydar (1499-1551)ning fors tilida yozilgan mashhur asarining bitta tukiy tarjima nusxasi 10191/II raqamda saqlanmoqda.

Shunngdek, asar turkiy tarjimasining to'liq va to'liqsiz 10 ta qo'lyozma nusxalari bizgacha yetib kelgan bo'lib, ularning 7 ta nusxasi Rossiya Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutining Sankt-Peterburg bo'limida saqlanmoqda. Ko'plan olimlar bu asarni o'rganganligi sababli ko'plab tillarga tarjima ham qilingan. Jumladan: Muhammad Sodiq Qoshg'ariy,Mullo Muhammad Niyoz Abdulg'afur o'g'li,fransuz olimi Rene Grosse, ingliz olimlari Uilyam Erksin, Tomas Arnold, amerikalik Uiler Tekston, eronlik Husayn Razmjo, Qozi Ahmad Tataviy, o'zbek olimi Hamidulla Hasanov, Bo'riboy Ahmedov, Asomiddin O'rinboyev va yana

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

boshqa olimlar. Shuningdek, rus olimlardan V.V.Bartold, V.V.Velyaminov Zemov o'z tadqiqotlarida ushbu asardan asosiy manba sifatida foydalanishgan. 1996-yilda U.Takston asarni inglizchaga to'liq o'giradi, kirish so'zi yozib, izohlar, ko'rsatkichlar, xarita ilova qiladi va Harvard universitetidagi Yaqin Sharq tillari va madaniyati fakultetida nashr etadi. Ushbu nashr "Mirza Haydar Dughlt's Tarikhi-i-Rashidi:A History of the Khans of Moghulistan" deb nomlangan. 2008-yil esa asarning inglizcha nusxasi beshinchi marta, Nyu- Yorkda chop etildi va u "A History of Moghuls of Central Asia: The Tarikh-i" deb nomlandi. Mirzo Muhammad Haydarning "Tarixi Rashidiy" asari yozilganidan keyin 1 asr o'tar-o'tmas sharq geograflari va tarixchilari tmonidan foydalanilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

XIII-XV asrda Movarounnahr ko'plab hukmdorlarning boshqaruvi guvohi bo'ldi. Hukmron sulolalar va ularning ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga ta'siri to'g'risida ko'plab asarlar yozildi. Shunday asarlardan biri "Tarixi Rashidiy" dir.

Asarning birinchi fasli hazrati Odam alayhissalomdan to hazrati Muhammad Rasulullohgacha o'tgan podshohlari haqida qisqacha ma'lumot berilgan bo'lib, asarning 2-7 fasllarida Temuchin Chingizxonning nasabi, uning avlodilari to'g'risida ma'lumot berilsa, 8-faslida asarning yozilishi va uning "Tarixi Rashidiy" deb atalishi sabablari bayon etiladi[2;30].

Shuningdek, asar 2 qismdan iborat bo'lib, u daftar ham deb ataladi. Asarning birinchi daftari Qoshg'ar, Qozog'iston, shuningdek, Movarounnahr va Turkistonning XIV-XVI asr boshlaridagi siyosiy tarixini mukammal qamrab oladi. Ikkinchi daftar esa birinchisidan keskin farq qilib, muallifning esdaliklaridan, ya'ni voqealarga boy jo'shqin hayoti davomidagi ko'rgan-kechirgan xotiralarining jonli va ta'sirli bayonidan iborat. Bu ma'lumotlar Qoshg'ar, Movarounnahr, Afg'oniston hamda Shimoliy Hindistonning XVI asrning birinchi yarmidagi tarixini o'rganishda asosiy va qimmatli manbalardan hisoblanadi.Asarning qimmatli tomoni ham shunda,ya'ni asar aniq faktlarga tayangan.Bunda muallif odatda o'zi ishtirok etgan yoki zamondoshlaridan aniq eshitgan hodisalarini bayon qiladi.Mirzo Haydar asarning ko'p joylarida "Mo'g'ullarning ishonchli kishilari og'zidan eshitganim va otam hamda amakim (Alloh taolo ularga behisht bog'lardan joy ato qilsin)ning hikoya qilishlaricha "-deya e'tirof etishi ham asarning qanchalik aniq ma'lumotlarga tayanishini bildiradi.

Asarning birinchi daftari turli naql-rivoyatlar, shuningdek, Yoqut Hamaviyning «Mujam ul-buldon», Juvayniyning «Tarixi Jahonkushoy», Rashididdinning «Jome ut-tavorix», Jamol Qarshiyning «Mulhaqot us-suroh», Sharafuddin Ali Yazdiyning

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

«Zafamoma», Mirzo Ulug'bekning «Tarixi arba' ulus» va nihoyat Abdurazzoq Samarqandiyning «Matla' us-sa'dayn» kitoblaridagi ma'lumotlar asosida yozilgan. Lekin, unda ham Markaziy Osiyoning XIV-XV asrlardagi ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid yangi, yuqoridagi manbalarda bo'lmagan ma'lumotlar ko'p. Qolaversa, birinchi daftar Qoshg'ar, Qozog'iston, shuningdek, Movarounnahr va Turkistonning XIV-XVI asr boshlaridagi siyosiy tarixini mukammal qamrab olishi bilan qimmatlidir[3 ;29].

Asarda mo'g'ul hukmdorlari haqida juda keng va qimmatli ma'lumotlar bor.Xususan,asarning birinchi qismida mo'g'ullarning islom dinini qabul qilish tarixi quyidagicha yoritilgan; "Tug'luq Temurxon xon bo'ldi. Bu xabar Mavlono Arshadiddinga etgan zahoti u Oqsuvdan Mo'g'ulistonga jo'nadi.Xon ulug'vor hukmdor edi,Mavlono u bilan uchrashishga va muloqot qilishga qancha urinmasin, bunga muyassar bo'la olomadi.Shunda u xon qarorgohiga yaqin joyda har tongda azon ayta boshladi. Bir kuni tongda xon o'z mulozimlaridan birini chaqirib:"Mana bu tovushni eshityapsanmi? Ancha kundan beri tong mahali kimdir mana shunday qichqiradi.Borib uni keltir", -dedi.Mavlono janoblari hali azonni to'xtatmay o'sha mo'gul paydo bo'ldida, Mavlono giribonidan tutib, xon qoshiga sudrab keldi.Xon un yoniga chorlab: "Sen qanday odamsanki, har kuni tongda,uyquning eng shirin paytida dod solasan?" deb so'radi. "Men bir vaqtlar sen musulmon bo'laman, deb va'da bergan odamning o'g'li bo'laman" dedi va yuqorida zikr qilingan hikoyani aytib berdi.Xon esa " Yaxshi,nega sen kelding,otang qayerda?" deb so'radi.Mavlono: "Otam vafot etdi va bu ishni menga vasiyat qildi" dedi.Xon aytdiki:Xon ko'tarilganimdan buyon shunday so'z berganimni doimo yodga olaman,o'sha odam esa kelmasdi,sen endi xush kelibsan.Nima qilish kerak?".

O'sha tong hidoyat oftobi inoyat mashrig'idan chiqib, kofirning qorong'u kechasini yoritdi.Mavlono janoblari xonni g'usl qildirib,iymon mohiyatini tushuntirdi.Xon musulmon bo'ldi.Bundan tashqari,ular islomni oshkora targ'ib qilish va yoyish rejasini tuzdilar"[4.9]

Bundan tashqari, "Tarixi Rashidiy" asarida Amir Temur shaxsiga ham alohida to'xtalgan va uning harbiy yurishlari, hokimiyati shaxsiyatiga aslohida e'tibor qaratilgan.Amir Temurning hokimiyat tuzishi, mo'g'ullar bilan munosabati,adolatli qarorlari barchasi mufassal bayon qilingan. Mirzo Haydar asardagi Amir Temur bilan bog'liq ma'lumotlar uchun Sharafiddin Ali Yazdiyning " Zafarnoma" asaridan foydalangan.

"Tarixi Rashidiy"ning boshqa tarixiy asarlardan farq etuvchi xususiyati shundaki, unda hukmdorlar tarixi talqini bilan uzviy ravishda turli davrlardagi diniy-ruhoniy peshvolik vakillari - pir-murshidlarining ham o'ziga xos sulolalari faoliyati

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

o'z aksini topgandir.[5;7]. Chingiz tomonidan Qoraqurumga ko'chirilgan Mavlono Shujo'iddin Mahmuddan boshlab, Tug'luq Temurxonni islomga keltirgan Mavlono Arshadiddin, uning avlodidan Xoja Tojiddin, Xoja Muhammad Yusuflargacha bu tarixda ma'lumotlar bor. Ularning eng mashhurlari Xoja Ubaydulloh Ahror va Xoja Nuro bo'lib hisoblanadilar. Xoja Ubaydullohning sodiq muridi - Xoja Nuro nafaqat diniyruhiy jabhaning buyuk arbobi, ayni paytda o'z zamonining mislsiz hoziq tabibi ham bo'lib hisoblanadi. Chunki u Sharq mamlakatlarining ilm-fan markazlarida bo'lib, tibbiyot sohasining eng mo'tabar ustozlaridan saboq olgan va birga xizmat ham qilgan. Muhammad Haydar Mirzo u kishining karomatu tabobati haqida juda ko'tarinki ruhda fikr yuritadi. "Tarixi Rashidiy" muallifi o'z kitobida ko'pgina diniy arboblar va ularning asarlariga o'rin ajratadi. Ularning faoliyatini elyurt xaloskorligini ta'minlashda, ma'naviy-ma'rifiy jabhada shohu gadoga teng ta'sir o'tkazishda kuzatadi. O'z e'tiqodi manbai va shaxsiy yutuqlarini shu piri murshidlar faoliyatlari sharofatidan ko'radi.[6;174].

Tarixchi olim asarni yozish davomida bevosita o'sha davr jonli muhitini kitobxonlarga his qildirishga harakat qilgan. Tarixiy yurishlar bilan birgalikda mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol va ra'iyatning ahvoli ham bayon etilgan. Muhammad Haydarning "Tarixi Rashidiy" asarlari qator tarixchi olimlar tomonidan o'rganilgan. Asar yaratilgandan beri o'tgan davr mobaynida ko'plab turli saviyadagi kotiblar nusxalar ko'chirishgan, tarjimonlar bir necha marotaba turkiy tilga o'girganlar. Ana shu jarayonda nusxalararo farqlar tobora ko'paya borgan. Ko'plab olimlar tomonidan ushbu asar o'rganilib o'z ona tillariga tarjima qilinganO'zbekiston va jahon tarixchi olimlari "Markaziy Osiyo haqidagi yagona mukammal asar" deb bir og'izdan tasdiqlagan. "Tarixi Rashidiy" nafaqat Mo'g'uliston, ayni paytda O'rta Osiyoning o'sha davrdagi yirik shaharlari Andijon, Toshkent, Xo'jand, Sayram, Turkiston, O'ratepa,

Buxoro, Qarshi, Hisor, Qunduz, Marv va boshqa mamlakatlar: Afg'oniston, Pokiston, Hindiston, Sharqiy Turkiston va Kashmirning XV-XVI asrlardagi tarixini o'rganishda birlamchi asosiy manbalardan bo'lib xizmat qiladi.

Muhammad Haydar va uning "Tarixi Rashidiy" asari o'tgan asrning o'rtalaridan beri ilmiy jamoatchilikning diqqat-e'tiborini jalb etib keladi. Uning ayrim qismlari uyg'ur, o'zbek va rus tillariga taijima qilingan. Asarning qisqartirilgan inglizcha taijimasi bo'lib, 1895-yili Londonda nashrdan chiqqan. A.O'rinboyev, R.Jalilova va L.Epifanova ruschaga taijima qilib, so'zboshi va zarur izohlar bilan, 1996-yili Toshkentda chop etgan. Kitob qozoq tiliga ham taijima qilib nashr etilgan. "Tarixi

XULOSA

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Rashidiy" asarining qo'lyozmalari Sankt-Peterburg, Toshkent, shuningdek, ko'pgina xorijiy mamlakatlaming kutubxonalarida saqlanmoqda.

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO'YHATI (REFERENCES)

1. Samandarova N. "Tarixi Rashidiy" asari tarixiy manba sifatida/ Innavatsion in technology and science education 2023. 796-bet.

2. Rustamova.M "Tarixi Rashidiy" asari tahlili, 2016.30-bet.

3. Akhmedov B. Source of history of Uzbekistan, - 2001

4. Mup30 My^aMMag X,angap Ae3HH. Tapuxu PamuguH. Hampra TaftepnoBHH, cy36ornn, Ta6gun, rooxgap Ba KypcarKHnnap Myannn^n t.^.H. O.^anunoB. - T.: O'zbekiston, 2011. - E. 38.

5. Xamidov, M. (2023). ON SOME SIMILAR AND DIFFERENT ASPECTS OF PROVERBS AND SUBJECTS. American Journal of Pedagogical and Educational Research, 15, 66-68.

6. Xamidov, M. (2023). BADIIY MATNLARDA UCHROVCHI O 'ZBEK SHEVA MAQOLLARINING TRANSFORMATSIYASI. MODELS AND METHODS FOR INCREASING THE EFFICIENCY OF INNOVATIVE RESEARCH, 3(25), 204-206.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.