Научная статья на тему 'QO‘QON TARIXINING O‘RGANILISHI'

QO‘QON TARIXINING O‘RGANILISHI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
600
103
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qo‘qon xonligi / manba / tadqiqotchi / tarixnavis / manbashunos / O‘rta Osiyo / Rossiya imperiyasi / Markaziy Osiyo / mustamlakachilik / diplomatik / iqtisodiy-siyosiy / mafkura / obyetkiv / chorizm / tadqiqot / separatism / metodologiya / klishe / sohet hokimyati / sharqshunoslik. / Коканское ханство / источник / исследователь / историк / источниковед / Средняя Азия / Российская империя / Средняя Азия / колониализм / дипломатический / экономико-политический / идеология / цель / царизм / исследование / сепаратизм / методология / клише / правительство Сохета / ориентализм

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — М.А. Ermatova

Mazkur maqolada bevosita Qo‘qon xonligi tarixini yoritishga bag‘ishlangan bir qancha asarlning sharhi keltirilgan. Xonlik tarixi turli davrlarda o‘rganilganligi sababli, unda bir qancha tafovutlar mavjudligini ko‘rishimiz mumkin. Birinchi navbatda manbalarga yondashuv davr mafkurasi bilan olib borilganligini ko‘ramiz. Quyidagi keltirilgan bir qancha asarlarda xonlik tarixiga oid mavjud yutuqlar bilan bir qator xato va kamchiliklar keltirilib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ИЗУЧЕНИЕ ИСТОРИИ КОКАНА

В данной статье представлен обзор ряда работ, непосредственно посвященных истории Коханского ханства. Поскольку история ханства изучалась в разные периоды, мы видим, что в ней есть некоторые различия. Прежде всего мы видим, что подход к источникам основывался на идеологии того времени. В некоторых из следующих работ, связанных с достижениями истории ханства, отмечен ряд ошибок и недостатков.

Текст научной работы на тему «QO‘QON TARIXINING O‘RGANILISHI»

Oriental Journal of Social Sciences SJIF for 2022: 5.908

ORIENTAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES

journal homepage: https://www.suppQrtscience.uz/index.php/oiss

QO'QON TARIXINING O'RGANILISHI

М.А. Ermatova

magistrant,

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Elektronpochta manzili: mg9698@mail.ru

Kalit so'zlar: Qo'qon xonligi, manba, tadqiqotchi, tarixnavis, manbashunos, O'rta Osiyo, Rossiya imperiyasi, Markaziy Osiyo, mustamlakachilik, diplomatik, iqtisodiy-siyosiy, mafkura, obyetkiv, chorizm, tadqiqot, separatism,

metodologiya, klishe, sohet hokimyati, sharqshunoslik.

Annotatsiya: Mazkur maqolada bevosita Qo'qon xonligi tarixini yoritishga bag'ishlangan bir qancha asarlning sharhi keltirilgan. Xonlik tarixi turli davrlarda o'rganilganligi sababli, unda bir qancha tafovutlar mavjudligini ko'rishimiz mumkin. Birinchi navbatda manbalarga yondashuv davr mafkurasi bilan olib borilganligini ko'ramiz. Quyidagi keltirilgan bir qancha asarlarda xonlik tarixiga oid mavjud yutuqlar bilan bir qator xato va kamchiliklar keltirilib o'tilgan.

STUDY OF THE HISTORY OF KOKAN

M.A. Ermatova

master student,

Tashkent State University of Oriental Studies Email address: mg9698@mail.ru

Key words: Kokan Khanate, source, researcher, historian, source scholar, Central Asia, Russian Empire, Central Asia, colonialism, diplomatic, economic-political, ideology, objectivity, tsarism, research, separatism,

methodology, cliché, Sohet government, Oriental studies.

Abstract: This article provides a review of a number of works directly devoted to the history of the Kokhan Khanate. Since the history of the Khanate was studied in different periods, we can see that there are some differences in it. First of all, we see that the approach to the sources was based on the ideology of the time. A number of mistakes and shortcomings have been mentioned in some of the following works related to the achievements of the history of the Khanate.

ИЗУЧЕНИЕ ИСТОРИИ КОКАНА

М.А. Эрматова

магистрант,

Ташкентского государственного университета востоковедения

Адрес электронной почты: mg9698@mail.ru

Ключевые слова:

Коканское ханство, источник, исследователь, историк, источниковед, Средняя Азия, Российская империя, Средняя Азия, колониализм, дипломатический, экономико-политический, идеология, цель, царизм, исследование, сепаратизм, методология, клише, правительство Сохета, ориентализм_

Tarix ikki jihatdan yiroq turadi: kuzatilish va tajriba qilinish. Aynan shu omillarning yo'qligi, bugungi kunda tarixdagi taqiqotlarda bir qator chalkashliklarni olib kelmoqda. Bunga asosiy sabablardan biri har qanday tarixiy jarayon yoki uning bir qismi (ayniqsa yozma manbalar) tadqiqotchi ya'ni subyekt tomonidan tahlil qilinadi. Mark Weberning fikricha, tarix tarixchining «layoqati va ixtiyori, xohish-irodasi»dir. Tarixchi keng ko'lamli obyekt ichidan o'z idroki asosida anglagan qisminigina yuzaga chiqarib, ajratib ola oladi.

Qo'qon xonligi (1709-1876) tarixan qisqa vaqt bo'lsa-da, O'rta Osiyo xalqlarining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida katta ro'l o'ynagan.

Ayniqsa, o'zbek davlatchiligining uzviy bo'lagi bo'lgan Qo'qon xonligi va uning ma'muriy-boshqaruv tizimini aniq faktlarga tayangan holda ochib berish, tahlil qilish tarix fani uchun dolzarb ahamiyatga egadir.

Bu xonlik davlat tuzilishining ko'p xususiyatlari bilan boshqa O'rta Osiyo xonliklariga o'xshash bo'lgan bo'lsa-da, undagi davlatni idora etishga mas'ul bo'lgan shaxslar, boshqaruv tizimining ayrim bo'g'inlari funksiyalarida keskin farqlar bor edi1.

Qo'qon xonligi va boshqa O'rta Osiyo davlatlari hayotining turli masalalarini yoritishga qiziqish tadqiqotchilar tomonidan Rossiyaning mintaqadagi harbiy harakatlaridan ancha avval boshlangan. Bu jarayon mahalliy va xorij mualliflarining mintaqa davlatlarining boy tarixiy merosiga, ularning G'arb va Sharq mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalari tarixiga qiziqish bilan baholanadi. Ayniqsa Markaziy Osiyo xonliklari tarixshunosligi materiallari XIX asrga kelib, mintaqa Rossiya va Buyuk Britaniya o'rtasidagi harbiy-siyosiy, diplomatik raqobat ob'ektiga aylantirilganidan keyin hamda xonliklar o'rtasidagi ziddiyatlar chorizm uchun Markaziy Osiyoda imperialistik va strategik maqsadlarni amalga oshirish uchun qulay vaziyat yuzaga keltirilganidan keyin ko'payib bordi.

Qo'qon xonligi nafaqat, qo'shni xonlik va amrliklar balki unga chegaradosh hamda o'zaro diplomatik va siyosiy -iqtisodiy aloqda bo'lgan davlatlar tarixida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Xonlik tarixiga bag'ishlangan tadqiqotlar ko'lami makon va zamon nuqtai nazaridan kattaligi tufayli uni rus tadqiqotchilari va mahalliy tadqiqotchilar guruhiga bo'lish mumkin. Mintaqaviy guruhga ajratayotganimning sababi, ikki hudud tadqiqotchilari bir mavzuga ikki xil mafkura bilan yondashiladi.

V.V.Bartold olib borgan tadqiqotlarida asosiy e'tiborini Qo'qon tarixining siyosiy jihatlariga qaratgan. A.Vamberi esa bundan mustasno holatda o'z asarlarida mustamlakachilik siyosatini yoritmagan2. A.Kun va A.P.Xoroshxin asarlarida XIX asr 70-yillarida Buxoro va

Аннотация: В данной статье представлен обзор ряда работ, непосредственно посвященных истории Коханского ханства. Поскольку история ханства изучалась в разные периоды, мы видим, что в ней есть некоторые различия. Прежде всего мы видим, что подход к источникам основывался на идеологии того времени. В некоторых из следующих работ, связанных с достижениями истории ханства, отмечен ряд ошибок и недостатков.

1 Бартольд В.В. История Коканда и Ферганской долины / Соч. Т. III. - Москва, 1965.- С. 462-466

2 Махмудов Ш.Ю. КУ^он хонлигининг маъмурий-бош^арув тизими1876. Тарих фанлари номзоди. ...дисс. - Т., 2007. - 7 б.

Xiva xonliklariga nisbatan Qo'qon xonligi tarixiga ko'proq e'tibor berilgan. Ular tomonidan yaratilgan tarixiy asarlarda Qo'qon xonligining siyosiy hayoti bilan bir qatorda yirik shaharlarning davlat iqtisodiyotidagi o'rni, mamlakat aholisining etnik tarkibi, etnoslarning mashg'ulotlari, bozorlar, karvonsaroylar faoliyati hamda davlatning iqtisodiy hayotida muhim ahamiyat kasb etuvchi moliya tizimi va soliqlarning miqdori haqida boshqa adabiyotlarga nisbatan aniqroq ma'lumotlar berilgan3.

Xonlik tarixiga doir muhim asarlardan biri V.P.Nalivkinga4 tegishlidir. Uning asarida davlatchilik tizimidagi holatlar va siyosiy jarayonlar bayon etilgan.

N.A.Maevning tadqiqotlari xonning bosib olinishini obyektiv yoritishga harakat qilinganligi bilan ajrlib turiladi5. XIX asrning 50-yillarida Qo'qon bo'lgan CH.CH.Valixanov asarlarida ko'rgan-kechirganlari haqida bir qancha ma'lumotlar berib o'tadi. Jumladan o'sha vaqtdagi ya'ni XIX asrning 50-yillaridagi xonlikdagi

siyosiy-ijtimoiy jarayonlar, shaharlar, aholining etnik tarkibi, mashg'ulotlari, savdo-sotiq munosabatlarining o'ziga xos jihatlarini yozib qoldirgan6.

Qo'qon xonligi tarixi bo'yicha 40 dan ortiq manbalar yaratilgan bo'lib, ular asosan xonlar tomonidan buyurtma asosida yozilgan hisoblanadi. Sharq tarixnavisligining o'ziga xos xususiyatlaridan biri hisoblangan yondashuvning ikki tarfi ham borki, bunda obyektivlikdan qochib, mavjud jarayon faqat bir tomonlama yoritiladi. Bunday kamchiliklar manbalarni yaratish jarayonida uchrasa, bundan keyingi ya'ni uni o'rganishda ham qator kamchiliklar uchrashi ehtimoldan holi emas. Bobojonov o'z tadqiqotlarida sovet davrida Qo'qon tarixini o'rgangan olimlarning ishini tahlil qilib chiqadi.

S.X.Ishonxonov tomonidan Qo'qon tangalari katalogi tuzilib, nashr etildi. Bu tadqiqot nafaqat numizmatika sohasi uchun katta yutuq bo'ldi. Bundan tashqari, shu paytgacha mavjud bo'lgan xonlarning hukmronlik davrlariga o'zgartirishlar kiritishga hamda siyosiy jarayonlarni yangicha talqin qilishga asos bo'ldi. Biroq bu katalog bundanda kengroq bo'lish imkoniga ham ega edi. Yana tangalardagi ayrim yozuvlarning noto'g'ri o'qilishi va uning ilmiy muoamalga kiritilishi tarixchi uchun katta xato hisoblanadi.

Qo'qon tarixini manbalar asosida tadqiq qilgan olim T.K.Beysembiyevning "Tarixi Shohruxiy" va "Alimquli hayoti" asarlari doirasida tahlil qilinganlgini ko'rib chiqamiz. Muallif o'z ishida Qo'qon siyosiy tarixi umumiy shaklda bayon etgan. Qo'qon tarixnavisligi bo'yicha juda muhim manba va nashrlardan foydalanishi , T.K.Beysembiyev o'ziga xos xususiyatlaridan biri sifatida e'tirof etiladi. Bu "Qo'qon yilnomalariga oid izohli ko'rsatkich" asarida yana bir karra tasdiqlanadi. Tadqiqotchi ishlarini so'ngida o'zining biblogirafiyasini ham keltirib o'tgan, bu esa undan keyingi tadqiqotchi uchun bir qator qulayliklarni yuzaga keltiradi.

Muallif ijod qilgan davrni inobatga oladigan bo'lsak, o'z ishiga sinfiy(mafkurafiy) qarashlar bilan yondashgan, biroq mustaqillikdan so'ng bundan ham ozod bo'ldi. Rossiya imperiyasining Qo'qon hududiga bostirib kirishi haqidagi muhim manba hisoblangan "Alimquli hayoti" asarining tarjima qilinishi va o'rganilishi muallifning tarix uchun bergan tuhfalaridan biri hisoblanadi.

Sovet sharq maktabining o'zoga xos uslubi- bu bitta qo'lyozma manba ustida ishlash, uni tahlil qilish va o'rganish asosida dissertatsiya yozishdir. Qiyosiy tahlil qilinmasa, birgina manba bilan kifoyalnasa, manbadagi ma'lumotlarni isbotlanmasdan ilmiy muomalaga olib kirilsa, bu uni inkor etuvchi boshqa bir manba o'rtasida qarama-qarshilikni yuzaga keltiradi va natijada o'sha jarayon haqida mavhumlik yuzaga keladi.

^адрадимов З.Ш. Кукон хонлигида савдо муносабатлари.тарих фанлари номзод ... дис-Наманган.2009-188в

4 Наливкин В. Краткая история Кокандского ханства. - Казань: 8 6.

5 Маев Н.А. О школьном образовании у магометань Средней Азии // Туркестанские ведомости. 1876. - № 48

6 Валиханов Ч. Ч. О состоянии Алтышара или шести восточных городов китайской провинции в 1858-1859 годах / Собрание сочинений. В 5-томах. - Алма-Ата, Т. III. 1985 - C. 97-222;

E.Xurshut Hakimxon To'raning "Muntahab at tavorix" asari ustida izlanish olib boradi. Uning bir qator nashrlari shu asarga bag'ishlanadi. Avvalroq A.Muxtorov tomonidan o'rganilgan va nashr etilgan bo'lsada, tadqiqotchi uni qaytadan bir muncha batafsilroq o'rganilganligi undagi mavjud xatolarni tog'irlanganligini ko'rishimiz mumkin. Biroq asarga sinfiy-mafkurafiy yondashilganligi hamda qayta ishlangan manba doktorlik dissertatsiyasi uchun asos bo'la olamasligi keltirilib o'tilgan

XIX asrning 80- yillari oxiri va 90-yillar boshlarida yana bir sovet sharq maktabining vakili Sh.X.Vohidov Qo'qon tarixnavisligini manbalar) asosida o'rgana boshladi. Ilmiy ishi asosan xonlik tarixiga doir manbalarni turkumlash asosida amalga oshirildi. Bu unga qadar noma'lum bo'lgan yokida kam o'rganilgan manbalarni ilmiy muomalaga olib kirdi, biroq bu manbalar haqida shunchaki ustki ma'lumotlarni beradi xolos.

Qo'qonning siyosiy tarixiga oid ba'zi tafsilotlarni X.N.Bobobekovnig tadqiqotlarida uchratishimiz mumkin. " Po'latxon qo'zg'aloni" o'sha davr uchun xos bo'lgan qabila separatizmining noaniq ko'rinishlarni xalq harakati yoki hatto sinfiy kurashning ko'rinishlari sifatida tavsiflash ham Sovet tarixiy metodologiyasining ta'siri sifatida ko'rib chiqilgan. Muallif tadqiqotlarida mustamlaka davrining rus tilidagi nashrlari( asosan A.Serenbrennikov) va arxiv materiallariga asoslanib yozilgan bo'lib, ularda mahalliy manbaladan juda kam foydalanilgan. Shu bilan birga ularni ham hech qanday tahlil va tizimsiz asosida olib bordi. Lekin bu jarayonga bir tomonlama ya'ni mafkuraga asoslangan qarashlar bilan yondashish hisoblanadi. X.Bobobekovning qator asarlari A.Hasanovning asariga o'xshash nashrlar qatoriga kiritish mumkin. Ularning nomlarining yaqqol o'xshashligi sovet davridagi tarixshunoslik maktabining vazifalaridan kelib chiqqanligi bejiz emas.

Yana bir sovet maktabining o'ziga xos uslublaridan biri dissertatsiyaning nomlanishida bir xil klishelardan foydalanishdir. Ya'ni "Falon muallifning asar falon va falon hudud tarixini o'rganishda muhim manba sifatida" . Aslida bu ba'zi manbalar tarixiy jihatdan ahamiyat kasb etmaydi degan fikrni uyg'otadi.

Aynan shu klishelardan tadqiqotchilar hozirgi kunga qadar foydalanib kelishmoqda. Bu esa aynan mavzu nomini tanlashdagi konseptual fikrlashga o'rgatilmagan tadqiqotchilarni ko'paytirishda davom etadi.

Yuqorida biz tadqiqotchi Bobojonovning Qo'qon tarixi boyicha olib borilgan ishlarning yutuq va kamchiliklarni ko'rib chiqdik. Ularda kuzatilgan umumiy kamchiliklardan biri bu-tarixni mafkura bilan yoritish va uni siyosatning quroli sifatida ishlatishdir. Masalaning bir tomoni borki biz bu illatdan hali ham butkunlay vos kechmadik.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mадраx,имов З.Ш. ^укон хонлигида савдо муносабатлари.тарих фанлари номзод ... дис-Наманган.2009-9 в.

2. Бартольд В.В. История Коканда и Ферганской долины / Соч. Т. III. -Москва, 1965.- С. 462-466

3. Валиханов Ч. Ч. О состоянии Алтышара или шести восточных городов китайской провинции в 1858-1859 годах / Собрание сочинений. В 5-томах. - Алма-Ата, Т. III. 1985 - C. 97-222;

4. Маев Н.А. О школьном образовании у магометань Средней Азии // Туркестанские ведомости. 1876. - № 48

5. Махмудов Ш.Ю. ^укон хонлигининг маъмурий-бошкарув тизими1876. Тарих фанлари номзоди. .. .дисс. - Т., 2007. - 163 б.

6. Наливкин В. Краткая история Кокандского ханства. - Казань: 1886.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.