Научная статья на тему 'MAHALLIY KENGASHLAR VA MAHALLIY IJRO ETUVCHI HOKIMIYAT ORGANLARI O’RTASIDAGI BOG’LIQLIKNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

MAHALLIY KENGASHLAR VA MAHALLIY IJRO ETUVCHI HOKIMIYAT ORGANLARI O’RTASIDAGI BOG’LIQLIKNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

91
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
mahalliy kengashlar / viloyat / tuman / shahar hokimliklari / xalq deputatlari kengashlari sessiyalari / hokim o‘rinbosarlari / mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining struktura va shtatlari / struktura bo‗linmalarining rahbarlari / viloyat / tuman / shahar budjetlari / hokimlar va mahalliy kengashlarning qarorlari / qarorlarning ijrosi / hisobot / сессия местных советов / Органы исполнительной власти на местах (хокимияты) / Советы народных депутатов / заместитили хакимов / структуры и аппараты местных исполнительных органов / руководители структурных подразделений / областные / районные и городские бюджеты / решения хакимов и местных советов / исполнение решений / отчет

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Sanjarbek Sunnat O’G’Li Abduraxmanov

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida mahalliy kengashlar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘rtasidagi bog‘liqlikning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida muhokama yuritilib, ushbu xususiyatlar xalq deputatlar Kengashlari hamda hokimlarning vakolatlarining sohalar kesimida namoyon bo‘lishi atroflicha tahlil hamda muhokama qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье рассматриваются специфические особенности взаимоотношений местных советов и местных исполнительных органов в Республике Узбекистан, а проявление этих особенностей в сферах полномочий Советов народных депутатов и хакимов подвергается подробному анализу и обсуждению.

Текст научной работы на тему «MAHALLIY KENGASHLAR VA MAHALLIY IJRO ETUVCHI HOKIMIYAT ORGANLARI O’RTASIDAGI BOG’LIQLIKNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-137-145

MAHALLIY KENGASHLAR VA MAHALLIY IJRO ETUVCHI HOKIMIYAT ORGANLARI O'RTASIDAGI BOG'LIQLIKNING O'ZIGA

XOS XUSUSIYATLARI

Sanjarbek Sunnat o'g'li Abduraxmanov

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti "Fuqarolik jamiyati va huquq ta'limi" kafedrasi siyosiy fanlar bo'yicha

tayanch doktoranti

Mazkur maqolada O'zbekiston Respublikasida mahalliy kengashlar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari o'rtasidagi bog'liqlikning o'ziga xos xususiyatlari to'g'risida muhokama yuritilib, ushbu xususiyatlar xalq deputatlar Kengashlari hamda hokimlarning vakolatlarining sohalar kesimida namoyon bo'lishi atroflicha tahlil hamda muhokama qilingan.

Kalit so'zlar: mahalliy kengashlar, viloyat, tuman, shahar hokimliklari, xalq deputatlari kengashlari sessiyalari, hokim o'rinbosarlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining struktura va shtatlari, struktura bo'linmalarining rahbarlari, viloyat, tuman, shahar budjetlari, hokimlar va mahalliy kengashlarning qarorlari, qarorlarning ijrosi, hisobot.

В данной статье рассматриваются специфические особенности взаимоотношений местных советов и местных исполнительных органов в Республике Узбекистан, а проявление этих особенностей в сферах полномочий Советов народных депутатов и хакимов подвергается подробному анализу и обсуждению.

Ключевые слова: сессия местных советов, Органы исполнительной власти на местах (хокимияты), Советы народных депутатов, заместитили хакимов, структуры и аппараты местных исполнительных органов, руководители структурных подразделений, областные, районные и городские бюджеты, решения хакимов и местных советов, исполнение решений , отчет.

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

This article examines the specific features of the relationship between local councils and local executive authorities

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-137-145

in the Republic of Uzbekistan, and the manifestation of these features in the spheres of the powers of the Councils of People's Deputies and governors is subjected to detailed analysis and discussion.

Keywords: sessions of local councils, regional, district, city governments, councils of people's deputies, deputy governors, structures and staffs of local executive bodies, heads of structural units, regional, district, city budgets, decisions of governors and local councils, execution of decisions, report.

Hozirgi kunda O'zbekiston siyosiy hamda huquqiy tizimida qonun chiqaruvchi hokimiyat vakolatlarini amalga oshiradigan parlament - Oliy Majlisning quyi organlari hisoblanmish xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlari faoliyatining samaradorligini ta'minlash hamda ularning o'zlariga belgilab berilgan vakolatlar hamda vazifalarini to'laqonli va sifatli bajarilishini ta'minlashda ularning mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari o'rtasidagi bog'liqlikning o'ziga xos xususiyatlari dolzarb masala hisoblanadi. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018-yildagi Oliy Majlisga murojaatnomasida mahalliy kengashlar faoliyatiga quyidagicha haqli e'tiroz bildirgan edilar: "Parlamentimiz sog'liqni saqlash tizimi, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda mahalliy Kengashlarda ishchanlik, o'z-o'zini tanqid ruhini yaratishga bosh-qosh bo'lishi zarurligi taklif qilingan edi. Biroq bu sohalarda parlament va deputatlarning o'rni yetarlicha sezilmayapti... Hisobotlarga e'tibor bersak, mahalliy Kengashlar faoliyatida go'yoki ijobiy o'zgarishlar yuz berayotgandek tuyuladi, lekin ular faqat raqamlarda aks etmoqda, xolos. Bizga raqamlar emas, aniq natija kerak... Qachonki, hududlardagi vaziyat ijobiy tomonga o'zgarsa, byudjet ijrosi to'liq ta'minlansa, jinoyatchilik kamaysa, yangi ish o'rinlari yaratilsa, eng muhimi, xalqimizning turmush darajasi yaxshilansa, mahalliy Kengashlar faoliyatiga ijobiy baho bersa bo'ladi" [1]. Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yildagi Oliy Majlisga murojaatnomasida quyidagilarni ta'kidlagan edilar: "Mahalliy ijro organlari, vakillik idoralari hamda mahallaning institutsional asoslarini yanada takomillashtirish lozim. Mahalliy hokimlik va kengashlar bundan 27 yil avval, ya'ni hokimlik instituti joriy etilgan dastlabki paytda qabul qilingan Qonun asosida ishlamoqda. Bu hujjat bugungi islohotlarimiz talablariga mutlaqo javob bermasligini hisobga olib, uni tubdan yangilash zarur.. .Qonunchilik palatasi va Senat,

Kirish

Vazirlar Mahkamasi bilan birga 2021-yil 1-aprelga qadar mahalliy

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-137-145

ijro va vakillik organlari hamda mahalla instituti faoliyatini tubdan takomillashtirishga oid yangi qonun loyihalarini ishlab chiqsin. Ushbu hujjatlarda hokimlar, ularning o'rinbosarlari va maslahatchilarining vakolat chegarasi, vazifa va funksiyalari aniq belgilanishi lozim" [2] Bu esa o'z-o'zidan mahalliy kengashlar faoliyati samaradorligini ta'minlashda mahalliy kengashlar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari o'rtasidagi bog'liqlikning o'ziga xos xususiyatlarini yoritish muhim hamda dolzarb masala ekanligini ko'rsatib beradi.

Adabiyotlar tahlili va metodologiyasi. O'zbekistonda mahalliy kengashlar hamda mahalliy ijro hokimiyati organlari o'rtasidagi masalalar Z.Isroilova, S.Adilxodjayeva, Sh.Asadov, D.Bekchanov, A.Dadasheva, Sh.Jalilov, G.Ismailova, A.Yo'ldoshev, G.Malikova, A.Mahmudov, S.Muratayev, X.Odilqoriyev, M.Radjabova, X.Ruzmetov, I.Sobirov, A.To'laganov, I.Xamedov, O.Xusanov, A.Babadjanovlar tomonidan, MDH davlatlari miqyosida V.Avseenko, A.Akmalova, G.Atamanchuk, M.Baglay, V.Baranchikov, G.Barabashev, N.Bandar, V.Bocharov, T.Byalkina, O.Kishakovskaya, R.Muxayev, M.Yegorovalar tomonidan, xorijiy mamlakatlarda esa A.Gerbert, M.Jefferi, A.Tompson, U.Donald, V.Smitburg, Jesse Ribbot, Keys Miller Allin Lokner (AQSH), A.Chandler, J.Kingdom, Stiv Parkinson, Rod Latham, Rojer Kemp (Buyuk Britaniya), Karlos Silva Jan Buchek (Shveytsariya), Maleka Banu, Siddik Kamal (Bangladesh), Orapin Sopchokchai (Tailand) tomonidan yetarlicha hamda atroflicha o'rganilgan.

Muhokama va natijalar. Mahalliy kengashlar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari o'rtasidagi bog'liqlikning o'ziga xos xususiyatlarini yoritishdan oldin mahalliy kengashlar hamda mahalliy ijro etuvchi organlar tushunchalarini yoritib olishimiz lozim. Xususan, O'zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrdagi "Mahalliy davlat hokimiyati organlari to'g'risida"gi 913-XII-son Qonunining 1-moddasiga ko'ra, viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo'ysunadigan shaharlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlari hisoblanishi belgilangan. [3] Ya'ni, bundan kelib chiqadiki, mahalliy kengashlar - xalq deputatlari, viloyat (tuman) shahar kengashlari hisoblanadi. Yuqoridagi Qonun 21-moddasiga ko'ra, viloyat, tuman, shahar ijroiya hokimiyatiga hokim boshchilik qiladi. Hokim O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan miqdorda birinchi o'rinbosar va o'rinbosarlarga ega bo'ladi. Ushbu Qonun 22-moddasiga binoan, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari (hokimliklar) boshqarmalar, bo'limlar va boshqa bo'linmalardan iborat. [3] Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining 2016-yil 27-apreldagi 123-son "Viloyatlar,

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-137-145

shaharlar va tuman hokimliklari boshqaruv apparatlari to'g'risidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida"gi Qaroriga ko'ra, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari quyidagi 3 toifaga ajratish mumkin:

• Yuqoridagi Qarorga 1-ilova sifatida tasdiqlangan "Viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining boshqaruv apparatlari to'g'risida"gi namunaviy nizom 10-bandiga ko'ra, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari boshqaruv apparatining tuzilmasi hokimning yordamchisi, tashkiliy-nazorat guruhi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi, Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati, yuridik xizmat, axborot-tahlil guruhi, ishlar boshqarmasi, hokim o'rinbosarlarining kotibiyatlaridan iborat bo'ladi; [4]

• Yuqoridagi Qarorga 2-ilova sifatida tasdiqlangan "Viloyat markazlari bo'lgan shaharlar va viloyatga bo'ysunuvchi shaharlar hokimliklari boshqaruv apparatlari to'g'risida"gi namunaviy nizom 10-bandiga asosan, viloyat markazlari bo'lgan shaharlar va viloyatga bo'ysunuvchi shaharlar hokimliklari boshqaruv apparatining tuzilmasi hokimning yordamchisi, iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo'limi, tashkiliy-nazorat guruhi, safarbarlik ishlari va favqulodda vaziyatlar bo'yicha mutaxassis, sohalar bo'yicha bosh va yetakchi mutaxassislar, Bolalarni himoya qilish shu'basi, yurist, buxgalteriya va kanselyariyadan iborat bo'ladi; [5]

• Yuqoridagi Qarorga 3-ilova sifatida tasdiqlangan "Tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatlari to'g'risida"gi namunaviy nizom 10-bandiga binoan, tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatlari boshqaruv apparatining tuzilmasi hokimning yordamchisi, iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo'limi, tashkiliy-nazorat guruhi, sohalar bo'yicha bosh va yetakchi mutaxassislar, Bolalarni himoya qilish shu'basi, yurist, buxgalteriya va kanselyariyadan iborat bo'ladi. [6]

Yuqoridagilardan kelib chiqib, aytishimiz mumkinki, mahalliy kengashlar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari o'rtasidagi bog'liqlikning o'ziga xos xususiyatlari deganda, xalq deputatlari, viloyat (tuman) shahar kengashlari bilan viloyat, tuman, shahar hokimlari o'rtasidagi munosabatlarda namoyon bo'ladi. Demak, mahalliy kengashlar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari o'rtasidagi munosabatlar quyidagilarda namoyon bo'ladi:

Birinchidan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi boshlig'i - hokimni tayinlash masalasiga bog'liqligi. Xususan, O'zbekiston Respublikasining 1993-yil

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-137-145

2-sentabrdagi "Mahalliy davlat hokimiyati organlari to'g'risida"gi 913-XII-son Qonunning 2-moddasida

• viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tegishli xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar o'tkazilganidan so'ng xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etilishi, tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari umumiy sonining ko'pchilik ovozini olgan viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodi tasdiqlangan hisoblanishi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining qaroriga muvofiq hokim nomzodi bo'yicha farmon qabul qilishi;

• tuman, shahar hokimlari viloyat, Toshkent shahar hokimi tomonidan tayinlanishi va lavozimidan ozod etilishi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanishi, viloyat, tuman, shahar hokimlari tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari orasidan tayinlanishi va tasdiqlanishi;

• tumanga bo'ysunuvchi shahar hokimi tuman hokimi tomonidan tayinlanishi va lavozimidan ozod etilishi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanishi;

• viloyat hokimi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda shahar hokimini tuman (shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar bundan mustasno) hokimiga bo'ysundirish va yagona boshqaruv organlarini tuzish vakolatiga ega bo'lib, bu xususdagi qaror keyinchalik xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlanishi belgilangan. [3]

Ikkinchidan, xalq deputatlari kengashlari sessiyalarini o'tkazish masalasiga bog'liqligi. Xususan, O'zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrdagi "Mahalliy davlat hokimiyati organlari to'g'risida"gi 913-XII-son Qonunning 17-moddasida:

• xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining sessiyalari tegishli hokim, hokim yo'qligida esa uning o'rinbosarlaridan biri tomonidan zaruratga qarab biroq, yiliga kamida ikki marta chaqirilishi;

• sessiya, shuningdek xalq deputatlari tegishli Kengashi deputatlari kamida uchdan ikki qismining tashabbusiga binoan ham chaqirilishi mumkinligi;

• yangi saylangan xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining birinchi sessiyasi hokim tomonidan saylovdan keyin kechi bilan uch haftalik muddat ichida chaqirilishi va u keksa deputatlardan biri tomonidan ochilishi.

• Xalq deputatlari Kengashi sessiyalarida hokim, u

yo'qligida esa Kengashning qaroriga yoki hokimning

April, 2023

National University of Uzbekistan

Google Scholar indexed

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-137-145

topshirig'iga binoan mazkur Kengashning deputatlaridan biri raislik qilishi ko'rsatilgan.

Uchinchidan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi boshlig'i - hokimning o'rinbosarlarini tayinlash masalasiga bog'liqligi. Xususan, O'zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrdagi "Mahalliy davlat hokimiyati organlari to'g'risida"gi 913-XII-son Qonunning 21-moddasida:

• viloyat va Toshkent shahar hokimining birinchi o'rinbosari hamda o'rinbosarlari hokim tomonidan O'zbekiston Respublikasining Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etilishi, bu xususda qabul qilingan qaror tegishli xalq deputatlari Kengashining tasdig'iga kiritilishi;

• tuman, shahar hokimining o'rinbosarlari tegishli hokim tomonidan yuqori turuvchi hokim bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanishi va lavozimdan ozod etilishi, bu xususda qabul qilingan qaror tuman, shahar xalq deputatlari Kengashining tasdig'iga kiritilishi belgilangan. [3]

To'rtinchidan, mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining struktura va shtatlarini tasdiqlash masalasiga bog'liqligi. Xususan, O'zbekiston Respublikasining 1993-yil

2-sentabrdagi "Mahalliy davlat hokimiyati organlari to'g'risida"gi 913-XII-son Qonunning 22-moddasida:

• viloyatlar va Toshkent shahar ijroiya hokimiyati organlarining strukturasi va shtatlari hokim tomonidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tegishli xalq deputatlari Kengashi tasdiqlagan budjet doirasida belgilanishi va o'zgartirilishi;

• tuman, shahar ijroiya hokimiyati organlarining strukturasi va shtatlari hokim tomonidan yuqori turuvchi hokim bilan kelishilgan holda tegishli xalq deputatlari Kengashi tasdiqlagan budjet doirasida belgilanishi va o'zgartirilishi;

• viloyat, tuman, shahar hokimliklari apparatining strukturasi va shtatlari viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari Kengashi tasdiqlagan budjet doirasida belgilanishi va o'zgartirilishi.

Beshinchidan, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari struktura bo'linmalarining rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish masalasiga bog'liqligi. Xususan, O'zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrdagi "Mahalliy davlat hokimiyati organlari to'g'risida"gi 913-XII-son Qonunning 23-moddasida basharti, qonunchilikda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilishning o'zga tartibi belgilanmagan bo'lsa, ijroiya hokimiyati struktura bo'linmalarining rahbarlari davlat boshqaruvining yuqori

ч 11 ■ ■ ■ 'им

https://nuu.uz/ International Scientific and Practical Conference

National University of Uzbekistan

Google Scholar indexed

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-137-145

organlari bilan kelishilgan holda tegishli hokimning taqdimiga binoan — xalq deputatlari Kengashi tomonidan sessiyalar oralig'idagi davrda esa — hokim tomonidan lavozimga tayinlanishi va lavozimdan ozod etilishi, bu xususda qabul qilingan qaror xalq deputatlari Kengashining tasdig'iga kiritilishi belgilangan. [3]

Oltinchidan, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarini, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlarini qabul qilish masalasiga bog'liqligi. Xususan, O'zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrdagi "Mahalliy davlat hokimiyati organlari to'g'risida"gi 913-XII-son Qonunning 24-moddasiga ko'ra, xalq deputatlari Kengashlari vakolatlariga quyidagilar kiradi:

• viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarini, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlarini tegishincha viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga binoan ko'rib chiqish hamda qabul qilishi;

• viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarining, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to'g'risidagi hisobotlarni tegishincha viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga binoan ko'rib chiqish hamda tasdiqlashi;

• xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tegishli viloyatlarning viloyat budjetlaridan hamda Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlarini ko'rib chiqishi hamda tasdiqlashi. [3]

Yettinchidan, hokim qarorlarini tasdiqlash va bekor qilish masalasi hamda o'z navbatida mahalliy Kengashlarning qarorlarini bekor qilish masalasiga bog'liqligi. Xususan, O'zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrdagi "Mahalliy davlat hokimiyati organlari to'g'risida"gi 913-XII-son Qonunning 24-moddasiga ko'ra, xalq deputatlari Kengashlari vakolatlariga quyidagilar kiradi:

• ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda hokim qarorlarini tasdiqlash;

• hokimning va quyi Kengashning O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga mos kelmaydigan qarorlarini bekor qilish;

• Yuqoridagi Qonun 25-moddasiga ko'ra, viloyat, tuman, shahar hokimi quyi turuvchi hokimlarning qarorlarini, basharti ular O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlariga, shuningdek yuqori turuvchi xalq deputatlari Kengashi va hokimning qarorlariga zid bo'lsa, bekor qiladi va xalq deputatlari Kengashiga quyi turuvchi xalq deputatlari Kengashlarining hujjatlarini bekor qilish to'g'risida taqdimnoma kiritadi. [3]

April, 2023

143

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-137-145

Sakkizinchidan, hokimning xalq deputatlari Kengashi qarorlarining ijrosini tashkil etishiga bog'liqligi. Xususan, O'zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrdagi "Mahalliy davlat hokimiyati organlari to'g'risida"gi 913-XII-son Qonunning 25-moddasiga ko'ra, viloyat, tuman, shahar hokimi:

• viloyat, tuman va shahar hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashi qarorlarining ijrosini tashkil etadi;

• xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qilgan va chiqargan hujjatlarni bajarmaganliklari uchun mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish to'g'risida qonunda belgilangan tartibda taqdimnoma kiritadi [3]

To'qqizinchidan, hokimning viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini xalq deputatlari Kengashi tomonidan eshitish masalasiga bog'liqligi. Xususan, O'zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrdagi "Mahalliy davlat hokimiyati organlari to'g'risida"gi 913-XII-son Qonunning 251-moddasiga ko'ra, viloyat, tuman, shahar hokimi:

• har yili tegishli xalq deputatlari Kengashiga viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobot taqdim etadi;

• viloyat, tuman, shahar hokimining hisobotini muhokama qilish yakunlari bo'yicha tegishli xalq deputatlari Kengashining qarori qabul qilinib, unda tegishli hokim va mahalliy ijroiya hokimiyati organlari ishining samaradorligiga kompleks baho beriladi, ularning ishini takomillashtirishga doir tavsiyalar va takliflar, shuningdek qaror amalga oshirilishining borishi ustidan nazoratni ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

Xulosa. Mahalliy kengashlar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari o'rtasidagi bog'liqlikning o'ziga xos xususiyatlarini quyidagi toifalarga bo'lish mumkin:

• xalq deputatlari kengashlari tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi boshlig'i - hokim, hokimning o'rinbosarlarini tayinlash, mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining struktura va shtatlarini tasdiqlash, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari struktura bo'linmalarining rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarini, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlarini qabul qilish, hokim qarorlarini tasdiqlash va bekor qilish masalasi hamda o'z navbatida mahalliy Kengashlarning qarorlarini bekor qilish hamda hokimning viloyat,

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-137-145

tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitishda;

• viloyat, tuman, shahar hokimlari tomonidan xalq deputatlari kengashlari sessiyalarini o'tkazish, xalq deputatlari Kengashi qarorlarining ijrosini tashkil etishda namoyon bo'ladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, milliy qonunchiligimizda mahalliy kengashlar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari o'rtasidagi bog'liqlikning o'ziga xos xususiyatlari mahalliy kengashlar vakolatlarining mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari vakolatidan ustunligida namoyon bo'ladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 22-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi, https: //president.uz/oz/lists/view/1371.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi, https://president.uz/uz/lists/view/4057.

3. O'zbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati organlari to'g'risida"gi 1993-yil 2-sentabrdagi 913-XII-son Qonun, https://lex.uz/ru/docs/-112170.

4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-apreldagi 123-son Qarori bilan tasdiqlangan "Viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining boshqaruv apparatlari to'g'risida"gi namunaviy nizom, https://lex.uz/ru/docs/-2941418#-

5. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-apreldagi 123-son Qarori bilan tasdiqlangan "Viloyat markazlari bo'lgan shaharlar va viloyatga bo'ysunuvchi shaharlar hokimliklari boshqaruv apparatlari to'g'risida"gi namunaviy nizom, https://lex.uz/ru/docs/-2941418#-2941786

6. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-apreldagi 123-son Qarori bilan tasdiqlangan "Tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatlari to'g'risida"gi namunaviy nizom, https://lex.uz/ru/docs/-2941418#-2941786

7. MUXAMEDJANOVA, L. (2022). ОИЛА ^ЛДРИЯТЛАРИНИНГ ШАХС КАМОЛОТИДА ТУТГАН УРНИ. https://scienceweb.uz/publication/4488

2941786

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

April, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.