PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
TASHKENT, e-s MAY 2024
www.in-academy.uz
MAHALLIY BYUDJETLARNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Komila Achilova Shahzoda Tohirova
Toshkent amaliy fanlar universiteti, Toshkent shahar Chilonzor tumani Gavhar ko 'chasi 1 -uy
[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13324976 Annotatsiya: Maqolada iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish sharoitida mahalliy byudjetlarning moliya tizimidagi o'rni va ularning daromadlari bazasini kengaytirishni takomillashtirish masalalari, hozirgi kundagi holati va boshqaruvda joriy etish tahlil qilib o'rganilgan. Mahalliy byudjet daromadlarining konseptual asoslarini chuqur o'rganish va ularning barqarorligini ta'minlash bo'yicha amaliy taklif va tavsiyalar taklif etildi.
Kalit so'zlar: davlat byudjeti, mahalliy byudjetlar, mahalliy byudjetlar daromadlari, mahalliy byudjetlar xarajatlari, moliyaviy mustaqillik, mahalliy boshqaruv.
KIRISH
Jahonda global miqyosdagi integratsiya va raqobatlashuvning kuchayishi sharoitida davlat byudjetining muhim tarkibiy qismi bo'lgan mahalliy byudjetlarning o'ziga xos xususiyatlari uslubiyotini takomillashtirishga doir ilmiy-tadqiqotlarning ahamiyati oshib bormoqda. Mahalliy byudjetlar O'zbekiston Respublikasi davlat byudjetida muhim tarkibiy qismni tashkil etadi va mahalliy hokimiyatlarning faoliyat ko'rsatishlarida moliyaviy manba bo'lib hisoblanadi. Mahalliy byudjetlar tizimi mahalliy talab-ehtiyojlarni to'laroq qondirishni hamda davlatning markazlashgan tartibda amalga oshiradigan tadbirlarining bajarilishi bilan chambarchas bog'langan holda ijro etishga imkon yaratib beradi. Mahalliy hokimiyat organlariga mahalliy byudjet daromadlarining ko'payishi va resurslarning tejamkorlik bilan sarflanishi vazifasi yuklatiladi.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Mamlakatimiz iqtisodchi olimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi mahalliy byudjetlarining tuzilishi va daromadlarini shakllantirishda soliqlarning o'rni va ahamiyatini oshirish jarayonlari tadqiq etilgan. Avvalo, mahalliy byudjetga berilgan ayrim iqtisodchi olimlarning ta'riflarini tahlil qiladigan bo'lsak, A.A.Shernaev, N.E.Jiyanovalarning fikricha, "mahalliy byudjet - Davlat byudjetining daromad manbalari va ulardan tushumlarni, shuningdek, xarajat yo'nalishlari va moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratilgan mablag'lar miqdorini nazarda tutuvchi tegishli viloyat, tuman, shaharning pul mablag'lari jamg'armasidan iborat qismidir [1]. O'z navbatida prof. T.Malikovning ta'rif berishicha esa, "mahalliy byudjet -Davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablag'lari fondini tashkil etuvchi bir qismi bo'lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag'lar sarfi yo'nalishlari va miqdori nazarda tutiladi" [2]. N.Xaydarov fikricha mahalliy byudjetlarning daromad manbalarini ko'paytirish va viloyatlarda yangi ish o'rinlarini yaratish uchun xorjiy investorlarni jalb etishni rag'batlantirish zarur. Buning uchun mamlakat bo'yicha xorijiy investorlar qanday turdagi tadbirkorlik va tijorat faoliyati bilan shug'ullana olmaydigan soha va
tarmoqlar ro'yxati ishlab chiqilib, qolgan barcha soha va tarmoqlarga yashil yo'l borligi ko'rsatilish lozim[3]. Rus olimlaridan Yu.Tumanskaya fikricha mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlarining rolini kuchaytirish va mahalliy ahamiyatga molik muammolarni hal etish samaradorligini oshirish zarurati mahalliy byudjetlarga daromadlarni shakllantirish tizimini ham byudjetni boshqarish nuqtai nazaridan, ham hududiy
1,3 A.A.Shernaev, N.E.Jiyanova «Davlat moliyasini boshqarish» darslik. - T.: TFI, 2019. - 365 b.
2 Malikov T.S., Olimjonov O.O. Moliya. Darslik, Toshkent Moliya instituti. - Toshkent: 2019. 887-b.
daromadlar bazasini baholashning ishonchliligi nuqtai nazaridan takomillashtirishni taklif etadi. S.Mishina mahalliy byudjetlarning daromadlari va xarajatlarini shakllantirishning umumiy prinsiplari byudjet tizimini shakllantirish tamoyillariga hamda davlat va mahalliy hokimiyat organlarining iqtisodiy tizimda bajaradigan roliga asoslanishini qayd etadi. Yuqoridagi iqtisodchilar tomonidan ilgari surilayotgan fikr mulohazalarda mahalliy byudjetlarning davlat byudjetidagi o'rni va ularning daromadlarini shakllantirish va barqarorligini ta'minlashning amaldagi holati tadqiq etilgan.
Mahalliy byudjetlarning hududlar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi tutgan o'rni va ahamiyatini yanada oshirish uchun avvalo ularnining moliyaviy resurslari bazasini rivojlashtirish lozim. Mahalliy byudjetlar davlat budjetining tarkibiy elementi hisoblanar ekan avvalo jamlanma daromadlarni optimal taqsimlash orqali ularnining moliyaviy imkoniyatlarini oshirish mumkin bo'ladi.
MAHALLIY BYUDJETLAR TUZILISHI O'zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksiga binoan, mahalliy byudjet- davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablag'lari jamg'armasini tashkil etuvchi bir qismi bo'lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag'lar sarfi yo'nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
Mahalliy byudjetlar hududiy davlat boshqaruv organlari moliyaviy tizimining birlamchi tarkibiy qismi sanaladi. Shu bilan bir qatorda, ular mahalliy organlarni o'z oldilarida turgan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy
P, N
02 CT SG
ITT h-. m a o g-
s. 3
6* £
„ tu
3 ¿s
II
Ri ^ S" »
tu
o § &
X g.
S ^ °
0Q p, M a> » ITT
crt
B.
cg
U> Ui
Respublika byudjeti
Tumanlar byudjetlari
Shaharlar byudjetlari
Shahar byudjeti
Tumanlar byudjetlari
Viloyat byudjeti
Tegishli viloyatlar tumanlari byudjetlari_
Tegishli viloyatlar shaharlari byudjetlari
PPSUTLSC-2024
. PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE
55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF
I Li I ™ ^ЭТ CENTURY
TASHKENT, e-e MAY 2024
Uchinchidan, mahalliy byudjetlar milliy daromadni qayta taqsimlab turishga xizmat qiladi. Mahalliy byudjetlar orqali milliy iqtisodiyotning tegishli hududi doirasida mamlakat miqyosida yaratilgan yalpi ichki mahsulotning bir qismini shu hududga taqsimlashni ta'minlaydi. Bu yerda mahalliy byudejtlarning makro va mikro darajada taqsimlovchi moliyaviy instrument xususiyati yuzaga chiqadi. Mahalliy hududlar doirasidagi milliy iqtisodiy va moliyaviy siyosatni amalga oshirishda mahalliy byudjetlar muhim vositachi sifatida ishtirok etadi.
To'rtinchidan, mahalliy byudjetlar mamlakat miqyosidagi pul resurslarining milliy iqtisodiyot manfaatlari nuqtai nazaridan optimal taqsimlanib turilishini ta'minlaydi va shu orqali hududlarning turli xil rivojlanishi natijasida kelib chiqadigan moliyaviy taqchilliklarni muvofiqlashtirib turadi. Itqisodiy qonuniyatga ko'ra, hududlarning bir tekisda rivojlanishi murakkab masala hisoblanadi. Hududlar miqyosidagi moliyaviy muammolar milliy doirada tus oladiki, bu davlat miqyosida yuzaga kelgan hududlarni moliyaviy barqarorligini ta'minlash miqyosida markazlashgan pul fondi shaklidagi mahalliy byudjetlarga ehtiyoj tug'iladi. Mahalliy byudjetlar bu yerda hududlar o'rtasida moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash omili sifatida mavjud bo'ladi. Har bir hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi tabaqalashuvi mavjud bo'lar ekan, har bir hududga tegishli mahalliy byudjetlarning daromadlarini prognoz qilish iqtisodiy zarur bo'ladi. Beshinchidan, mahalliy byudjetlar investitsion fond sifatida mavjud bo'ladi. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda investitsion loyihalarni moliyalashtirishda asosiy moliyaviy manba sifatida ishtirok etadi. Ayniqsa, hududlardagi aholi manfaatlariga xizmat qiluvchi ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan loyihalarda mahalliy byudjetlarning roli oshib bormoqda. Mahalliy doirasidagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning ijobiy hal etilishi mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligiga bog'liq bo'ladi. Agar, mahalliy byudjetlarda moliyaviy mablag'lar yetarli bo'lsa, mahalliy hokimiyatlarning muhim bo'lgan-hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish funksiyasining moliyaviy ko'rinishi sifatida yuzaga chiqadi. Shu jihatdan olganda mahalliy byudjetlar milliy iqtisodiyot darajasidagi va hududlarga daxldor bo'lgan davlat Dasturlarini amalga oshirishning moliyaviy imkoniyati ko'rinishida ham namoyan bo'ladi. Umumiy xulosa qilib aytganda har qaysi davlatning qaysiki byudjet tuzilishi bir necha bosqichlaridan iborat bo'lgan davlatlarda mahalliy byudjetlarning o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish katta ahamiyatga ega. Bu esa, davlatning hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining qanchalik amalga oshishida muhim sanaladi.
XULOSA
Xulosa o'rinda shuni aytish joizki, Iqtisodiy mustaqillik haqida mahalliy byudjetlar daromad bazasining o'sishiga ijobiy xulosa chiqarish uchun ko'rsatkichlarning o'sishi bilan birga biriktirilgan daromadlar ulushining o'sishi dinamikasi, aholi jon boshiga to'g'ri keladigan byudjet resurslari miqdorining
www.in-academy.uz
ortishi hamda investitsiyalarning o'zlashtirilishi, real investitsiya hajmining ortishi va shunga bog'liq holda iqtisodiy salohiyatdan foydalanish sur'atlarida ham sezilarli o'sish kuzatilishi lozim.
Mahalliy byudjetlarning daromadlarini prognoz qilish va ularning daromad bazasini mustahkamlashda foydalanish uchun taklif etilgan o'zaro integratsion bog'liqlik mexanizmlarining samaradorligini ta'minlovchi uslubiy algoritmining moliya-soliq amaliyotiga keng joriy qilinishi mahalliy byudjetlarning daromadlarini prognoz qilish va ularning daromad bazasini mustahkamlashning o'zaro uyg'unligini ta'minlaydi, prognoz ko'rsatkichlari bilan daromad manbalari o'rtasida ilmiy asoslangan moliyaviy bog'liqlik ta'minlanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
[1] O'zbekiston Respublikasining Byudjet Kodeksi, 2013 yil 26 dekabr, 35- modda
[2] O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. https://lex.uz
[3] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-60-sonli Farmoni.
[4] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy byudjetlarga tushumlarning to'liqligini ta'minlash bo'yicha soliq va moliya organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmoni. Toshkent shahri, 2017-yil 13-dekabr
[5] O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi "Byudjetnoma 2024-2026", T-2023 yil.
[6] T.S. Malikov, O. Olimjonov Moliya. Darslik. -T.: "IQTISOD-MOLIYA", 2019, 453-bet.
[7] Кашина Н.В. Налоговый потенциал в системе бюджетного прогнозирования. // «Финансы» №2, 2002, стр. 78-79.
[8] Кашина Н.П. Использование налогового потенциала региона в системе государственного финансового планирования. // М.: «Финансы и статистика». 2003, стр. 246
[9] Кузнецов С.П. Местное самоуправление: новый этап становления.// «Финансы» №1, 2003, стр. 13-16.
[10] A.A. Shernayev, N.E. Jiyanova "Davlat moliyasini boshqarish" darslik -T: TMI, 2019-365-b.