Научная статья на тему 'MAHALLIY BYUDJETLARNING XARAJATLARINI BOSHQARISHDAGI MAVJUD MUAMMOLAR ULARNI HAL ETISH IMKONIYATLARI'

MAHALLIY BYUDJETLARNING XARAJATLARINI BOSHQARISHDAGI MAVJUD MUAMMOLAR ULARNI HAL ETISH IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
261
450
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mahalliy byudjetlarning xarajatlarini boshqarish / g‘aznachilik tizimi / mahalliy byudjetlar daromadlari / mahalliy byudjetlarining daromadlari / byudjetidan ajratiladigan subvensiyalar / mahalliy davlat hokimiyati idoralari o’zlariga yuklatilgan vazifa

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Kamolov Odiljon Sayfidinovich, Ibroximov Davronbek Muxammad O‘g‘li

Ushbu maqolada byudjet ijrosining tezkorligi va sifatliligiga hamda byudjet mablag‘larini samarali boshqarishda o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazayotganligi mavjud mexanizmni takomillashtirish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlarni ko‘rishni talab etadi. Shu sababli ham g‘aznachilik tizimi va uning istiqbolli yo‘nalishlarini nazariy va amaliy jihatdan ko‘rib chiqish bugungi kunda dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan masalalardan biri hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAHALLIY BYUDJETLARNING XARAJATLARINI BOSHQARISHDAGI MAVJUD MUAMMOLAR ULARNI HAL ETISH IMKONIYATLARI»

MAHALLIY BYUDJETLARNING XARAJATLARINI BOSHQARISHDAGI MAVJUD MUAMMOLAR ULARNI HAL

ETISH IMKONIYATLARI

Kamolov Odiljon Sayfidinovich

Oriental universiteti, Iqtisodiyot va turizm kafedrasi dotsenti. i.f.n.

Ibroximov Davronbek Muxammad o'g'li

Oriental universiteti, Iqtisodiyot va turizm

kafedrasi o'qituvchisi

Annotatsiya. Ushbu maqolada byudjet ijrosining tezkorligi va sifatliligiga hamda byudjet mablag'larini samarali boshqarishda o'zining salbiy ta 'sirini o'tkazayotganligi mavjud mexanizmni takomillashtirish bo'yicha tezkor chora-tadbirlarni ko'rishni talab etadi. Shu sababli ham g'aznachilik tizimi va uning i&iqbolli yo'nalishlarini nazariy va amaliy jihatdan ko'rib chiqish bugungi kunda dolzarb ahamiyatga ega bo'lgan masalalardan biri hisoblanadi.

Kalitso'zlar: Mahalliy byudjetlarningxarajatlarini boshqarish, g'aznachilik tizimi, mahalliy byudjetlar daromadlari, mahalliy byudjetlarining daromadlari, byudjetidan ajratiladigan subvensiyalar, mahalliy davlat hokimiyati idoralari o'zlariga yuklatilgan vazifa.

Аннотация. В данной статье тот факт, что это оказывает негативное влияние на скорость и качество исполнения бюджета и на эффективное управление бюджетными средствами, требует принятия немедленных мер по совершенствованию существующего механизма. По этой причине теоретическое и практическое рассмотрение казначейской системы и ее перспективных направлений является одним из актуальных вопросов на сегодняшний день.

Ключевые слова: управление местными бюджетами, казначейская система, доходы местных бюджетов, доходы местных бюджетов, субвенции, выделяемые из бюджета, задачи, возложенные на органы местного самоуправления.

Abtfract. In this article, the fact that it has a negative impact on the speed and quality of the budget execution and on the effective management of budget funds requires immediate measures to be taken to improve the exiting mechanism. For this reason, theoretical and practical consideration of the treasury sytfem and its prospective directions is one of the issues of urgent importance today.

Key words: management of local budgets, treasury sytfem, revenues of local budgets, revenues of local budgets, subventions allocatedfrom the budget, tasks assigned to local governmentagencies.

Mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlari samarali ijrosining yangi mexanizmini amaliy otga kiritish bugungi kunda byudj et islohotlarining yirik yo 'nalishlaridan biri dir.

Mahalliy byudjetlar daromadlari asosan mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar, belgilangan normativlarga muvofiq umumdavlat soliqlari, bozorlardan

- 301 -

tushadigan daromadlar hamda boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Shuningdek, O'zbeki&on Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan subvensiyalar, o'tkazib beriladigan daromadlar va dotatsiyalar mahalliy byudjetlarining daromadlari hisoblanadi. Tuman hokimliklari binolarida "Innovatsiya va texnologiya markazi" uchun maxsus xonalar ajratish hamda mahalliy budjet mablag'lari hisobidan zarur kompyuter texnikasi, aloqa vositalari, internet va boshqa zarur jihozlar bilan ta'minlash. Sug'orish quduqlarini qazish, irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish uchun talab etiladigan mablag'larni (respublka va mahalliy budjet hamda tashabbuskorlar o'z mablag'lari) aniq hisob-kitob qilgan holda, 2022-yilda yangi va foydalanishdan chiqqan 129 ming gektar yerlarni o'zlashtirish bo'yicha da&ur ishlab chiqish hamda mablag' ajratish tizimini yo'lga qo'yish. Respublika va mahalliy budjet mablag'lari hamda tashabbuskorlarning o'z mablag'idan xarajatlari moliyalashtirish1. O'zbeki&on Respublikasida soliq siyosatini takomillashtirish kontseptsiyasi asosida soliq qonunchiligini soddalashtirish, soliq yukini keskin pasaytirish, soliqqa tortiladigan ob'ektlarni to'liq qamrab olish va soliqlarning yig'iluvchanligini oshirish orqali tegishli byudjetlar daromad bazalarini mu&ahkamlash, mahalliy soliq va yig'imlarning soliq ma'muriyatchiligi mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Shuning uchun mahalliy byudjetlarning markaz byudjetiga qaramligini keskin kamaytirish, byudjetlararo munosabatlarni tubdan isloh qilish va mahalliy byudjetlar mablag'larini samarali boshqarishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining mu&aqil ish olib borishlarini ta'minlash muhim omil hisoblanadi.

Mahalliy davlat hokimiyati idoralari o'zlariga yuklatilgan vazifa va funktsiyalarni lozim darajada bajarishlari uchun byudjet daromadlaridan iborat barqaror moliyaviy-iqtisodiy asosga ega bo'lmog'i lozim.

Shu sababli, yuqorida qayd etilgan va o'z echimini kutayotgan muammolarning ijobiy hal etilishi, birinchidan, byudjetlararo munosabatlarning takomillashtirilishiga, ikkinchidan, mahalliy byudjetlar jami daromadlari tarkibida o'z daromadlari ulushining oshirilishiga xizmat qiladi. Mana shu muhim ikki shartning bajarilishi mahalliy byudjetlar mu&aqilligini ta'minlash va oshirish imkonini beradi.

Yuqoridagilar bilan birga, mahalliy byudjetlarning moliyaviy jihatdan mu&aqilligiga bir qator omillar ham o'z ta'sirini ko'rsatadi. Jumladan: hudud iqtisodiyotining su& rivojlanishi; rivojlangan ishlab chiqarish, bozor va ijtimoiy infratuzilma tizimining mavjud emasligi; mahalliy byudjetlarning soliq potentsialini qisqartirishga yo'naltirilgan davlat organlarining siyosati; mahalliy hokimiyat idoralariga tegishli mol-mulklardan2 samarali foydalana olmaslik (yoki mulkni byudjet tizimining boshqa bo'g'iniga o'tkazilishi sababli mulkning qisqarishi), daromad manbalarining etarli emasligi sababli mahalliy byudjetlar mu&aqillik darajasining pasayishi; mahalliy soliqlar va yig'imlarni to'lashda ayrim jismoniy va yuridik shaxslarning soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni to'lashdan bo'yin tovlashi; mahalliy byudjetlarning ijrosi u&idan byudjet nazoratining su&ligi;

1 O'zbeki&on Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbeki&onning taraqqiyot Srategiyasini to'g'risida farmoni.

2 Qayd etish joizki, rivojlangan mamlakatlarda (Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Portugaliya, Irlandiya, Niderlandiya) mahalliy byudjetlarning asosini mulk solig'i yoki foyda solig'i tashkil etadi.

hududlarning iqtisodiy salohiyatidan, tabiiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalana olmaslik kabilar mahalliy byudjetlar moliyaviy mu$;aqilligining ta'minlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Shuningdek, hududlar iqtisodiyotida yuqori qo'shimcha qiymatga ega bo'lgan tarmoqlarning rivojlanmaganligi, hududlar iqtisodiy saloxiyatiga nisbatan ijtimoiy majburiyatlarning salmoqliligi, yashirin iqtisodiyot darajasining yuqoriligi yoki norasmiy hamda yashirin faoliyat turlarining kengayishi natijasida soliqqa tortish bazasinig nisbatan torayib borishi kabilar ham mahalliy byudjetlar mu^aqilligini oshirishda salbiy ta'sir doirasiga ega.

O'z navbatida, mahalliy byudjetlar mu^aqilligini oshirishda ularning daromad vakolatlari va xarajat majburiyatlari asosiy o'rinni egallaydi. Byudjet tizimi bo'g'inlari o'rtasida daromadlar vakolatlari va xarajatlar majburiyatlarining taqsimoti har bir mamlakatda mavjud bo'lib, moliya tizimi va fiskal siyosatiga bog'liq bo'ladi. Byudjet tizimi bo'g'inlari o'rtasidagi munosabatlar davlat tuzilishi shakliga qarab, turli tamoyillar asosida shakllanadi. Aksariyat mamlakatlarda markaziy va mahalliy byudjetlar o'rtasida, shuningdek, quyi byudjetlar o'rtasida ham daromadlar vakolatlari va xarajatlar majburiyatlarini belgilashda muammolar mavjud.

Qoraqalpog'i^on Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining iqtisodiyot xarajatlari qishloq xo'jaligi sohasida hududiy nazorat organlarini saqlab turish, yerlarni rekultivatsiya qilish ishlarini bajarish; uy-joy kommunal xo'jaligi obyektlarida ta'mirlash ishlarini olib borish; suv yo'llarining ayrim texnik ucha^kalarini saqlab turish; aholi punktlarini obodonlashtirish; shaharlarning, boshqa aholi punktlarining ko'chalarini va xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llarini ta'mirlash kabi xarajatlardir bundan tashqari ulardan Qoraqalpog'i^on Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buyurtmachi bo'lgan markazlashtirilgan inve^itsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini saqlash xarajatlari, mahalliy byudjetning zaxira jamg'armalarini shakllantirish xarajatlari, davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun er ucha^kalarining olib qo'yilishi munosabati bilan yuridik va jismoniy shaxslarga etkazilgan zararning o'rnini qoplash xarajatlari kabi xarajatlar ham amalga oshiriladi. Qoraqalpog'i^on Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga byudjet ssudalari, dotatsiyalar, subvensiyalar va o'tkazib beriladigan daromadlar ajratilishi ham mumkin.

Mahalliy byudjetlardan iqtisodiyotga qilingan xarajatlar natijada hududlar iqtisodiyotini rivojlantirish bilan mahalliy byudjet daromadlar bazasini kengaytirishga xizmat qiladi. Mahalliy byudjetning daromadlar bazasini oshirishning ichki zaxiralari, hududlarda ishlab chiqarishning rivojlanishi, joylarda iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi bilan chambarchas bog'liq. Mahalliy byudjetlar mavqeyini yanada oshirish hukumatimizning byudjet soliq siyosatining samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan muhim omillardan biri hisoblanadi. mahalliy byudjetlar daromadlarining shakllanishidagi ushbu yo'nalishda aytish mumkinki, davlat byudjeti daromadlarining katta qismini joylarga berish, mahalliy byudjetlarni mu^ahkamlash zarur. Bu esa

mintaqalar mu$;aqilligini oshirish, ularning tashabbuskorligini, byudjetning ijrosidan manfaatdorligini va bu boradagi ma'suliyatini oshirish imkonini beradi. Bundan tashqari, bu narsa mahalliy byudjetlarga tushumlarning yangi manbalarini qidirib topishga rag'batlantiradi, joylarda byudjet intizomini mu$;ahkamlaydi. Markazlashtirilgan moliyaviy resurslardan samarali foydalanishda mahalliy byudjetlarning vakolatlarini oshirish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan bo'lib qolmoqda va hozirgi olib borilayotgan islohotlar ham hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida mahalliy byudjetlarning vakolatlarini oshirishga yo'naltirilgan.

Mahalliy byudjetlar O'zbeki^on Respublikasi davlat byudjetining muhim tarkibiy qismini tashkil etadi hamda Mahalliy xokimiyatlarning faoliyat ko'rsatishlarida moliyaviy manba bo'lib hisoblanadi. Mahalliy byudjetlar tizimi Mahalliy talab-extiyojlarni to'laroq qondirishni hamda davlatning markazlashgan tartibda amalga oshiradigan tadbirlarining bajarilishi bilan chambarchas bog'langan holda ijro etishga imkon yaratib beradi. Mahalliy xokimiyat organlariga Mahalliy byudjet daromadlarining ko'payishi va resurslarning tejmakorlik bilan sarflanishi vazifasi yuklatiladi.

Mahalliy byudjetlar orqali ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishni moliyaviy manbalar bilan ta'minlanishi amalga oshiriladi. Mahalliy byudjetlar O'zbekiston Respublikasi davlat byudjeti tizimining asosiy qismi sifatida o'zida ko'pgina mustaqil byudjetlarni mujassamlashtiradi va davlat byudjetida qariyib 60%ni tashkil o'iladi.

Mahalliy xokimiyat organlari mahalliy byudjetga daromadlar kelib tushishini ko'paytirish hamda resurslardan optimal foydalanishdan manfaatdordirlar, chunki joylarda iqtisodiyot va madaniyatning o'sish sur'atlari mahalliy rezervlarni safarbar etishga, mablag'larni rejali sarflashga doir ishlarni tashkil etishga bevosita bog'liq bo'lib, bu o'z navbatida umuman O'zbeki^on Respublikasining davlat byudjetini muvaffaqiyatli bajarishga imkon yaratadi.

Mahalliy byudjetlarning ijtimoiy iqtisodiy mohiyatini o'rganish va iqtisodiyotni boshkarish va tartibga solishdagi ishtirokni ko'rib chiqish jarayonida, daromadlarining tashkil topishini tahlil qilish, ushbu sohadagi muammolarni echishga qator xulosalar va takliflar berishga asos bo'ladi. Bular quyidagilardan iborat:

1. Mahalliy xokimiyatlarni davlat boshqaruvidagi xududlarni ijtimoiy-iqtisodiy tomondan boshqarishdagi rolini oshirish, hozirgi kunning asosiy masalalaridan biridir. Bunda maalliy boshqaruv organlarining moliya-byudjet huquqlarini, qonuniy asoslarini va ularning bu huquqlarini kengaytirish juda muhimdir. Kon^itutsiyaning 100-moddasiga asosan, Mahalliy xokimiyatlarga byudjetlarini shakllantirish va uni ijro etish, Mahalliy soliqlar, yig'imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg'armalarni xosil qilish huquqlari berilgan. Ammo iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida rivojlangan, bozor io'tisodiga o'tayotgan davlatlarning tajribalarini chuqur o'rgangan holda, O'zbeki^onning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, byudjet qonunchiligi rivojlantirilish zarurdir.

Bunda asosiy e'tibor quyidagilarga qaratilishi lozimdir:

- Mahalliy xokimiyat organlarining Mahalliy byudjetlarni rejalashtirish, tasdiqlash va bajarishdagi huquqlarini kengaytirishga;

- respublika byudjeti va mahalliy byudjetlarning o'zaro aloqalarini, qonuniy asoslarini yaratishga, ya'ni bunda turli byudjetlarning o'zaro majburiyatlari, huquqlari o'z aksini topishi lozim. O'zbeki^onning unitar davlat ekanligidan kelib chiqib, asosiy e'tiborni Mahalliy byudjetlarni davlat byudjetining tarkibiy qismi sifatida mu^aqilligining oshirishga;

- respublika byudjeti va Mahalliy byudjetlar o'rtasida daromadlar va xarajatlarning qonuniy chegarasini yaratishga qaratilishi lozim deb hisoblayman.

2. Mahalliy byudjetlarga umumdavlat soliqlaridan ajratmalar, Mahalliy xududlarda ushbu soliqlardan tushadigan tushum xijmiga nisbatan foizlarda belgilanadi. Foizlar yillar bo'yicha turli xildir.

Bu orqali Mahalliy hokimiyatlarni ushbu soliqlardan tushadigan daromadlarini ko'paytirib borishdagi manfaatdorligi oshiriladi. Byudjet ijrosi davomida Mahalliy byudjetlarni daromadlar rejasini o'zgartirish orqali Mahalliy byudjetlar tomonidan amalga oshirilayotgan xarajatlarni daromadlar bilan ta'minlashga chek o'o'yilishi darkor. Buning uchun esa xududlarning soliqlarni yig'ish imkoniyatini to'g'ri belgilash juda muhimdir. Shu sababli moliya organlarining, byudjet daromadlarini tushishi bilan shuYoullanuvi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishdagi huquqlarini kengaytirish lozim deb hisoblayman.

3. Hozirgi kunda korxona va jamoa xo'jaliklari o'z daromadlari hisobidan ijtimoiy ob'ekitlarni Mahalliy xokimiyatlar balansiga olib borish, bu korxonalarga bushagan mablag'larni ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo'naltirish imkoniyatini beradiki, pirovard natijada bu byudjet daromadlarini ko'paytirishga olib keladi. Buning uchun esa barcha imkoniyatlar mavjuddir.

4. O'tkazilgan iqtisodiy tahlil shuni ko'rsatadiki, Mahalliy byudjetlardan amalga oshirilayotgan xarajatlarni oshib borishi, ma'lum jihatdan ularni qo'shimcha daromadlar bilan ta'minlanishi amalga oshirilgan. Ko'rinib turibdiki, Mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllanishida davlatning ishtiroki juda kuchli va ularga bog'lanib qolgan. Ammo bugungi kunda Mahalliy byudjetlarni daromadlar bazasini mu^ahkamlash davlat tomonidan ularning daromadlarini tartibga solish mexanizmini takomillashtirishni, Mahalliy xokimiyatlarning byudj et daromadlarini ko 'paytirib borishdagi manfaatdorligini kuchaytirishni talab o'iladi.

5. Mahalliy byudjetlar daromadlarini ko'paytirib borish, Mahalliy xokimiyatlarning ularni bajarishdagi javobgarligini oshirish va mu^aqilligini kengaytirish bilan bog'liqdir. Mahalliy byudjetlarning ijrosi davomida bo'sh bo'lgan mablag'larni qisqa muddatlarga bank muassasalariga sotish huquqini berish (chet davlatlarda ushbu huquq berilgan), byudjetga qo'shimcha mablag'lar ishlab topish imkoniyatini yaratadi

6. Mahalliy byudjetlar xarajatlarining asosiy qismini ijtimoiy madaniy tadbir xarajatlari tashkil o'iladi. Bu xarajatlarni samaradorligini oshirish ularni rejalashtirishni takomillashtirish bilan bevosita bog'liqdir.

7. Iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot moddasini ko'zda tutish juda muhimdir. Bunda nafaqat davlat kapital qo'yilmalari, balki Mahalliy xokimiyatlar tomonidan ham kapital qo'yilmalarni xajmini oshirishni qo'shimcha mablag'larining manbalarini topish va yo'naltirish lozimdir. Shu sababli, Mahalliy

xokimiyatlar ixtiyorida xususiylashtirishdan tushayotgan tushumlarni qoldirilayotgan qismini Mahalliy byudjetlarni xarajatlari tarkibidagi taraqqiyot moddasiga jamlash va ularni ishlatish xududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida bu mablag'lardan foydalanish samaradorligini oshiradi, deb o'ylaymiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O'zbeki^on Respublikasi Kon^itutsiyasi // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/671/0093-son.

2. O'zbeki^on Respublikasining Soliq Kodeksi // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 03/21/689/0395-son.

3. O'zbeki^on Respublikasi Budjet Kodeksi // Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son.

4. O'zbeki^on Respublikasi "Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida"gi 913-XII-son Qonuni // Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son.

5. O'zbeki^on Respublikasining 2020-yil 25-dekabrdagi "2021-yil uchun O'zbeki^on Respublikasining Davlat budjeti to'g'risida" O'RQ-657-son Qonuni https:// lex.uz/docs/-5186044

6. O'zbeki^on Respublikasining 2021-yil 30-dekabrdagi "2022-yil uchun O'zbeki^on Respublikasining Davlat budjeti to'g'risida" O'RQ-742-son Qonuni https:// lex.uz/docs/-5801127

7. O'zbeki^on Respublikasi Xalq deputatlari Yunusobod tumani kengashining 2022-yil 5-yanvardagi "Yunusobod tumanining 2022-yil uchun mahalliy budjetini tasdiqlash to'g'risidagi" II-57-1-14-206-K/22-sonli qarori

8. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik

- har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. - Toshkent: O'zbeki^on , 2017. - 104 b.

9. O'zbeki^on Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 29.12.2020-y. // https://president.uz/uz/li&s/view/4057

10. Shernayev A.A, Budjetdan tashqari jamg'armalar moliyaviy resurslarini shakllantirish va taqsimlash amaliyotini takomillashtirish yo'nalishlari. «Студенческий вестник»: научный журнал. - № 1(99). Часть 6. Москва, Изд. «Интернаука», 2020.

- с. 87-89 .

11. Шернаев А.А. Налоговое планирование в системе обеспечения финансовой безопасности в акционерных обществах. «Интернаука»: научный журнал - № 12(141). Часть 2. Москва, изд. «Интернаука», 2020. - с. 43-45.

12. Шернаев А.А. Актуальность среднесрочного бюджетированя в Республике Узбекистан. Перспективы Инноваций, Экономики и Бизнеса - Прага, 2009. - №1.

- С. 65-66.

13. Шернаев А.А. Необходимость перехода от годового прогнозирования бюджета к среднесрочному бюдетированию в Узбекистане. Экономика и финансы.

- Москва, 2008. - №13. - с. 9-11.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.