Научная статья на тему 'Mahalliy byudjetar moliyaviy barqarorligini ta’minlashning dolzarb muammolari'

Mahalliy byudjetar moliyaviy barqarorligini ta’minlashning dolzarb muammolari Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
264
50
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
mahalliy byudjetlar / byudjet daromadlari / qo‘shimcha manbalar / byudjet tizimi / daromadlar bazasi / hududlarni kompleks rivojlantirish / barqaror moliyalashtirish / byudjetlararo munosabatlar / byudjet balansliligi / byudjet tizimi byudjetlаri dаrоmаdlаrini prоgnоz qilish vа xаrаjаtlаrini rejаlаshtirish / fiscal siyosat

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Dilxayot G’ayrat O’g’li Merganov, Jasur Xamrabayevich Razzoqov

Maqolada mahalliy byudjetlar barqarorligini ta’minlash masalalrining umumnazariy asoslari yoritilgan bo‘lib, unda mahalliy byudjetlarni daromadlaridan samarali foydalanish bo‘yicha hukumatimiz tomonidan so‘nggi yillarda qabul qilingan me’yoriy-huquqiy asoslariga to‘xtalib o‘tilgan va ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Mahalliy byudjetar moliyaviy barqarorligini ta’minlashning dolzarb muammolari»

Mahalliy byudjetar moliyaviy barqarorligini ta'minlashning

dolzarb muammolari

Dilxayot G'ayrat o'g'li Merganov Jasur Xamrabayevich Razzoqov

TMI

Annotatsiya: Maqolada mahalliy byudjetlar barqarorligini ta'minlash masalalrining umumnazariy asoslari yoritilgan bo'lib, unda mahalliy byudjetlarni daromadlaridan samarali foydalanish bo'yicha hukumatimiz tomonidan so'nggi yillarda qabul qilingan me'yoriy-huquqiy asoslariga to'xtalib o'tilgan va ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar berilgan.

Kalit so'zlar: mahalliy byudjetlar, byudjet daromadlari, qo'shimcha manbalar, byudjet tizimi, daromadlar bazasi, hududlarni kompleks rivojlantirish, barqaror moliyalashtirish, byudjetlararo munosabatlar, byudjet balansliligi, byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish, fiscal siyosat.

Actual problems of ensuring the financial stability of the local

budget

Dilkhayot Ghairat oglu Merganov

Jasur Khamrabayevich Razzokov

TMI

Abstract: The article highlights the general theoretical foundations for ensuring the sustainability of local budgets, which considers the legal framework adopted by our government in recent years on the effective use of local budget revenues and makes proposals for their improvement.

Keywords: local budgets, budget revenues, additional resources, budget system, revenue base, integrated regional development, sustainable financing, interbudgetary relations, budget balance, budget system, budget revenue forecasting and expenditure planning, budget policy.

Respublikamizda so'nggi yillarda byudjet tizimida olib borilayotgan islohotlar mahalliy byudjetlar daromad manbalarini barqarorligini ta'minlashga asos bo'lib hisoblanmoqda. Hozirgi kunda hududlarni moliyaviy barqarorligini ta'minlashda mahalliy byudjetlarning ahamiyati yanada ortib bormoqda, shu sababli mahalliy byudjetlarni daromadlarini mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Davlat o'zining funksiya va vazifalarini amalga oshirish uchun ma'lum bir xarajatlar qilishi zarur bo'ladi va ularni soliqlar va yig'imlar orqali mablag'larni to'playdilar. Soliqlar iqtisodiyotni boshqarishning asosiy qurollaridan biri bo'lganligi bois mutaxassislar doimiy ravishda soliqlar yalpi ichki mahsulotga nisbatan salmog'i haqida fikr va muloxazalar yuritadilar.

Mamlakatimizning turli hududlari bo'ylab ijtimiy-iqtisodiy vaziyatning o'zgarishi hamda iqtisodiyotni yangilash sharoitida mahalliy byudjetlarning faoliyatini samarali tashkil etish va mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligini yanada oshirish davlat moliyasini isloh etishning eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Hozirgi kunda mahalliy byudjetlar boshqaruv tizimini isloh qilish va optimallashtirish masalalari byudjet qonunchiligini takomillashtirsh oldida turgan muhim vazifadir.1

Hududlarning kompleks rivojlanishi, uning iqtisodiy salohiyati, xorijiy investitsiyalari va innovatsion texnologiyalarini jalb qila olish qobiliyati ko'p jihatdan hududlarning rivojlanganlik darajasiga bog'liq hisoblanadi. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish masalalari "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi dasturda2 o'z ifodasini topgan. Ta'kidlash joizki, hududlarni kompleks rivojlantirishda mahalliy byudjetlarning o'rni yuqori bo'lib, ko'plab hududiy loyihalarning amalga oshirilishi, aholiga o'z vaqtida sifatli ijtimoiy xizmat ko'rsatish darajasi mahalliy byudjetlarning mustaqilligi va daromadlarning barqarorligiga bog'liq hisoblanadi.

Mahalliy byudjetlarning daromad bazasini tubdan mustahkamlash va no-markazlashtirish asosida hududlarni kompleks rivojlantirishni barqaror moliya-lashtirish, byudjetlararo munosabatlarni yanada takomillashtirish,mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko'maklashish, yangi ish joylari yaratish hamda aholi bandligini ta'minlash, muhandislik-kommunikatsiya, yo'l-transport va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish hisobiga soliq salohiyatini kengaytirish bo'yicha aniq maqsadga yo'naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ularning mas'uliyatini oshirishni ta'minlash asosiy maqsadimizdir.3

Mamlakatimizda byudjet va ijtimoiy siyosatning uyg'unligini ta'minlash maqsadida moliya tizimining sohalarini, jumladan byudjet tizimini va uning tarkibiy

1 Аллаяров С. Р., Кандахарова Ш. Н. ПЕРСПЕКТИВЫ ЭФФЕКТИВНОГО ИСПОЛЬЗОВАНИЯ БЮДЖЕТНЫХ СРЕДСТВ В УПРАВЛЕНИИ ГОСУДАРСТВЕННЫМИ ФИНАНСАМИ //СТОЛИЦА НАУКИ. - 2021. - Т. 3. - С. 4.

2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida" 4947-sonli Farmoni, O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda.

3 О'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 dekabrdagi "Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy byudjetlarga tushumlarning to'liqligini ta'minlash bo'yicha soliq va moliya organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5283 -sonli Farmonidan

qismi hisoblangan mahalliy byudjetlarni samarali boshqarish masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu holat davlat ijtimoiy siyosatining joylardagi ijobiy ijrosini ta'minlash, shuningdek, hududiy iqtisodiyot muammolari keskinlashuvining oldini olishni hamda mahalliy byudjetlar huquq va majburiyatlarning kengayib borishi sharoitida ularning moliyaviy imkoniyatlarini yaxshilash uchun zamin yaratadi.

Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida mahalliy moliya tizimi hamda mahalliy byudjetlar barqarorligini ta'minlash va byudjet siyosatini to'g'ri tashkil etish nechog'li zarurligini alohida ta'kidlab o'tish lozim. Diyorimizda tub islohotlar yanada chuqurlashayotgan hozirgi vaqtda ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida bo'lgani kabi moliya va byudjet sohasida ham chuqur o'zgarishlarni amalga oshirish davr talabidir.4

Iqtisodiyotda bozor munosabatlari tobora rivojlanayotgan bir paytda davlat doimiy vazifalarini bajarishi uchun markazlashgan moliyaviy mablag'larga ega bo'lishi zaruriyati yanada kuchayadi. Ayniqsa, O'zbekiston demokratik fuqarolik jamiyati qurishni va bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar qatoriga kirishni o'z oldiga vazifa qilib qo'ygan vaziyatda markazlashgan pul fondlarini shakllantirish beqiyos o'rin tutadi. Mahalliy davlat boshqaruv organlari demokratik davlat tuzilishining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ular zimmalaridagi vazifalarini bajarishlari uchun muayyan mulkka va moliya-byudjet huquqiga ega bo'lishlari shart. Mahalliy hokimiyat idoralari, hokimlar, xalq deputatlari kengashlari o'z vakolatlari doirasida hududlarning moliya faoliyatini amalga oshiradilar.

Mahalliy byudjetlar tizimi mahalliy talab-ehtiyojlarni to'laroq, qondirishni hamda davlatning markazlashgan tartibda amalga oshiradigan tadbirlarning bajarilishi bilan chambarchas bog'langan holda ijro etishga imkon yaratib beradi. Respublika va mahalliy byudjetlari o'rtasidagi munosabatlarni, bog'liqligini yanada takomillashtirish, shubhasiz regionlarni iqtisodiy rivojlantirish, ular o'rtasidagi iqtisodiy nomutanosiblikka mumkin qadar barham berishdan iborat. Bundan tashqari, mahalliy byudjetlarga tushumlarning yangi manbalarini qidirib topish, soliq undirishning progressiv tizimini joriy qilish va mavjud soliq tushumlari asosini takomillashtirish sohasida bir qancha ishlar amalga oshirilgan bo'lsada bu ishlarning haqiqiy holati hali to'liq o'rganilmagan.5 Shu sababli mahalliy byudjetlarning samarali shakllantirish masalalarini tadqiq etish va tahlil qilish zarurdir. Yuqorida ta'kidlab o'tilgan masalalar maqolaning dolzarbligini belgilab beradi.

Hududiy davlat boshqaruv organlari moliyaviy tizimining asosiy tarkibiy qismi -bu mahalliy byudjet hisoblanadi. Mahalliy byudjetlar mamlakat moliya tizimining

4 Аллaярoв С. TeopeTH4ecKoe исслeдoвaниe oптимaльнoй фискaльнoй и дeнeжнo-крeдитнoй шлитики для стимулирoвaния экoнoмичeскoгo pocra // Няучный журнaл финяншв и бухгaлтeрскoгo y4eTa. - 2018. - Т. 9. - No 8. - С. 206-212.

5 Аллaяpoв С. Р., Зяйнитдишв С. М. У. Идтитодий усишга тяъсир курсятувчи oмиллap вя улярнинг тяснифи //Science and Education. - 2021. - Т. 2. - №. 11. - С. 1156-1169.

asosiy sohasi bo'lishi bilan bir qatorda mahalliy organlarning o'z oldida turgan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy funksiyalarini amalga oshirishda moliyaviy resurslar bilan ham ta'minlab turadi. Hududiy boshqaruv organlari faoliyatining asosiy moliyaviy negizi mahalliy byudjetlar hisoblanar ekan ularga yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirilishi ularning moliyaviy mablag'larga ega bo'lishi bilan bog'liq. Mahalliy byudjetlar orqali hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi moliyaviy mablag'lar bilan ta'minlab boriladi. Shunday ekan mahalliy byudjet daromadlari va xarajatlarini muvofiqlashtirish respublika va uning hududlarining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Mahalliy byudjet davlat byudjeti iqtisodiy kategoriyasining tarkibiy qismi hisoblanadi va iqtisodiy manoda hududiy boshqaruv organlarining o'z vazifa va funksiyalarini bajarishini ta'minlash uchun zarur bo'lgan davlatning markazlashtirilgan pul mablag'lari fondidir. Huquqiy jihatdan esa mahalliy byudjet bu mahalliy boshqaruv organlarini vazifa va funksiyalarini moliyaviy ta'minlash uchun mo'ljallangan pul mablag'lari jamg'armasini tashkil etish va sarflashning qonun bilan belgilangan shaklidir.

Bizning fikrimizcha, Respublika va mahalliy byudjet mamlakat milliy xo'jaligini moliyaviy jihatdan tartibga solish, byudjet daromadlarini rejalashtirish va byudjetdan moliyalashtirish jarayonlarini samarali tashkil etishda dolzarb vazifani bajaradi.

Barcha darajadagi byudjetlardagi yirik soliq tushumlarining ulushi yuqori byudjetdan belgilanadi. Bunda mahalliy byudjetga keyingi yillardagi tushumlarni belgilash imkoni bo'lmaydi. Chunki bu ko'rsatkich vaqt o'tishi bilan o'zgarishi mumkin. Masalan, tumanda ishlab chiqarish korxonalari va ishlab chiqarish hajmi ko'payib, ular to'lagan soliqlar salmog'i ham ortsa, kelasi yilda ajratma soliq bazasi kengaygani hisobiga kamaytiriladi. Bunday vaziyatda tuman iqtisodiy o'sishga erisholmaydi. Aminmizki, biz bergan taklif va tavsiyalar O'zbekistonda Barcha darajadagi byudjetlarning faoliyatini yaxshilash va ularning moliyaviy barqarorligini ta'minlashga hizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Allayarov, S. A. (2020). Strengthening tax discipline in the tax security system: Features and current problems. South Asian Journal of Marketing & Management Research, 10(11), 124-128.

2. Allayarov, S., Allayarov, S., Yuldasheva, U., & Madjidov, N. (2020). Assessment of the effectiveness of the results of the fiscal policy of the republic of Uzbekistan. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(7), 79207926.

3. CairopoB, Б. К., & Aллaярoв, С. Р. (2017). PasBHrae эгашмики Y36eKMCTaHa в уоговиях MHpoBbix интeгрaциoнных npo^ccoB. HayKa, TexHHKa и o6pasoBaHHe, 1(5 (35)), 98-100.

4. Аллaяpoв, С. Р., & Кaндaхapoвa, Ш. Н. (2021). ПЕРСПЕКТИВЫ ЭФФЕКТИВНОГО ИСПОЛЬЗОВАНИЯ БЮДЖЕТНЫХ СРЕДСТВ В УПРАВЛЕНИИ ГОСУДАРСТВЕННЫМИ ФИНАНСАМИ. СТОЛИЦА НАУКИ, 3, 4.

5. Аллaяpoв, С. (2022). К ВОПРОСУ РЕАЛИЗАЦИИ ОПТИМИЗИРОВАННОЙ ФИСКАЛЬНОЙ ПОЛИТИКИ ПРИ СТИМУЛИРОВАНИИ ЭКОНОМИЧЕСКОГО РОСТА. Архив мучных иccлeдoвaний, 2(1).

6. Anvarov, N. M. O. G. L., & Allayarov, S. R. (2022). Mahalliy byudjetlarni qo 'shimcha manbalardan foydalanishning umumnazariy asoslari. Science and Education, 3(2), 1519-1527.

7. O'G'Li, D. G. A., & Allayarov, S. R. (2022). Respublika va mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligini ta'minlashning ustuvor yo 'nalishlari. Science and Education, 3(2), 1565-1573.

8. Allayarov, S. (2018). Theoretical Study of Optimal Fiscal and Monetary Policies for Stimulating Economic Growth. Research Journal of Finance and Accounting, 9(8), 206-212.

9. Аллaяpoв, С. Р., Мapдoнoв, Ш. Х., & Абдypaхимoвa, Г. М. (2020). РЕТРОСПЕКТИВНЫЙ И ЦЕЛЕОРИЕНТИРОВАННЫЙ ПОДХОДЫ К ОЦЕНКЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ ФИСКАЛЬНОЙ ПОЛИТИКИ. Экoнoмикa и шциум, (4), 138-147.

10. Аллaяpoв, С. Р., & Зaйнитдинoв, С. М. У. (2021). Икти^дий усишга тя^^ куpcaтyвчи oмиллap вя yлapнинг тясниФи. Science and Education, 2(11), 1156-1169.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.