Научная статья на тему 'MAGISTRATURA TALABALARINI TA’LIM JARAYONIDA ILMIY TADQIQOT ISHLARIGA MAQSADLI YO‘NALTIRISHGA ASOSLANGAN INTEGRATSION JARAYON'

MAGISTRATURA TALABALARINI TA’LIM JARAYONIDA ILMIY TADQIQOT ISHLARIGA MAQSADLI YO‘NALTIRISHGA ASOSLANGAN INTEGRATSION JARAYON Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
145
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
yangilik / ilm-fan / ilmiy-pedagogik faoliyat / tadqiqot / ilmiy tadqiqotchilik / kashfiyot / o‘z-o‘zini anglash / ilmiy konferensiyalar / intellektual-rivojlantiruvchi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Usmanova Umida Aybekovna

Mazkur maqolada magistratura talabalarini ta’lim jarayonida ilmiy tadqiqot ishlariga maqsadli yo‘naltirishga asoslangan integratsion jarayon to‘g‘risida fikr yuritilgan. Shuningdek, oliy ta’lim muassasasi va undan keyingi kasbiy rivojlanish jarayonida magistratura talabalari o‘z fanidagi ilmiy yondashuvlar, konsepsiyalar, nazariyalar, eng so‘ngi axborotlar mazmunidan xabardor bo‘lishi kerakligi aoslab ko‘rsatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAGISTRATURA TALABALARINI TA’LIM JARAYONIDA ILMIY TADQIQOT ISHLARIGA MAQSADLI YO‘NALTIRISHGA ASOSLANGAN INTEGRATSION JARAYON»

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

MAGISTRATURA TALABALARINI TA'LIM JARAYONIDA ILMIY TADQIQOT ISHLARIGA MAQSADLI YO'NALTIRISHGA ASOSLANGAN INTEGRATSION

JARAYON Usmanova Umida Aybekovna

Andijon davlat pedagogika instituti, kafedra mudiri Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori,

dotsent

https://doi.org/10.5281/zenodo.10160059

Annotatsiya. Mazkur maqolada magistratura talabalarini ta'lim jarayonida ilmiy tadqiqot ishlariga maqsadli yo'naltirishga asoslangan integratsion jarayon to'g'risida fikr yuritilgan. Shuningdek, oliy ta'lim muassasasi va undan keyingi kasbiy rivojlanish jarayonida magistratura talabalari o'z fanidagi ilmiy yondashuvlar, konsepsiyalar, nazariyalar, eng so'ngi axborotlar mazmunidan xabardor bo'lishi kerakligi aoslab ko'rsatilgan.

Kalit so'zlar: yangilik, ilm-fan, ilmiy-pedagogik faoliyat, tadqiqot, ilmiy tadqiqotchilik, kashfiyot, o'z-o'zini anglash, ilmiy konferensiyalar, intellektual-rivojlantiruvchi.

Аннотация. В данной статье рассматривается комплексный процесс, основанный на целенаправленной ориентации аспирантов на научные исследования в образовательном процессе. Также в процессе обучения в вузе и последующего профессионального развития четко указано, что магистранты должны быть осведомлены о содержании научных подходов, концепций, теорий и новейшей информации в своей области..

Ключевые слова: инновации, наука, научно-педагогическая деятельность, исследования, научное исследование, открытие, самосознание, научные конференции, интеллектуальное развитие.

Abstract. This article discusses the integrated process based on the purposeful orientation ofgraduate students to scientific research in the educational process. Also, in the process of higher education institution and subsequent professional development, it is clearly stated that master's students should be aware of the content of scientific approaches, concepts, theories, and the latest information in their field.

Keywords: innovation, science, scientific-pedagogical activity, research, scientific research, discovery, self-awareness, scientific conferences, intellectual development.

Kirish. Oliy ta'lim sifatini oshirish, bo'lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish, ilmiy tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirish davlat siyosatini amalga oshirishning ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lib, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini hal qilishni ta'minlaydigan tizimli o'zgarishlarning umumiy asosidir.

Shunga muvofiq, O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida " ...ilm-fanni iqtisodiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylantirish, ilmiy tadqiqotlar ko'lamini kengaytirish, iqtidorli yosh olimlarning innovatsion faoliyatini rag'batlantirish, mavjud ilmiy tashkilotlar salohiyatini yanada mustahkamlash va rivojlantirish", " .ilm-fanni iqtisodiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylantirish, ilmiy tadqiqotlar ko'lamini kengaytirish, iqtidorli yosh olimlarning innovatsion faoliyatini rag'batlantirish, mavjud ilmiy tashkilotlar salohiyatini yanada mustahkamlash va rivojlantirish" ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirishning asosiy yo'nalishi sifatida belgilandi.

Birinchidan, inson kapitali mamlakatning muhim milliy boyligi hisoblanadi. Uning har tomonlama ko'payishi va taraqqiy etishi, zamonaviy fkrlaydigan, intellektual rivojlangan,

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

professional tayyorgarlikka ega bo'lgan, mamlakatni modernizatsiya qila oladigan va demokratik jamiyat qurish yo'lidagi murakkab va keng ko'lamli vazifalarni hal yetishga qodir bo'lgan, yurt va xalq manfaatlariga sadoqatli yangi avlod kadrlarini tayyorlash bugungi zamon talabidir. Bunga erishishda eng asosiy e'tiborni kadrlarni tayyorlab berishdagi muhim bo'g'in, pedagog kadrlar tayyorlashdagi asosiy bosqich hisoblangan magistratura mutaxassisliklariga e'tibor qaratib, bu yo'nalishda ayrim islohotlarni kechiktirmasdan amalga oshirish lozim.

Ikkinchidan, respublikamizda magistratura bosqichida ilmiy tadqiqotchilik kompetensiyasi baland emas. Ayni paytda bu yo'nalishlarda ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar ham barmoq bilan sanoqli. Ilmiy izlanishlar orqali iqtidorli yoshlarni bu sohada ilmiy tadqiqot ishlariga yo'naltirish maqsadida ilmiy g'oya va yangiliklarni, tadqiqot natijalarini loyihaga jalb qilingan professor o'qituvchilar, pedagogik sohadagi magistratura bosqichi talabalari orqali tajriba-sinov hamda aprobatsiyadan o'tkazish, amaliyotga joriy qilish vazifalari ham g'oyat muhim dolzarb ahamiyatga ega.

Uchinchidan, OTMlaridagi magistratura bosqichi talabalarini, bo'lajak tadqiqotchilarni ilmiy faoliyatga tayyorlash, kasbga ruhiy sozlanish jarayonini yo'lga qo'yish uchun ayni paytda ularning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug'ullanishlari, magistratura talabalarida pedagogik ilmiy -tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantiruvchi mobil ilova hamda elektron platforma yaratish orqali ilmiy-metodik ta'minotni yaratilishi, talabalarni masofadan turib ilmiy faoliyatga tayyorlanishi, egallagan bilimlarini nazorat qilinishi, SMART ta'limni joriy qilish orqali bilim olishdagi qulayliklarga erishish yetarli darajada yo'lga qo'yilmagan.

To'rtinchidan, magistratura bosqichidagi ta'lim-tarbiya jarayonining bevosita ijrochisi bo'lmish talabalar faoliyatini metodik ta'minlaydigan va to'ldiradigan o'quv-uslubiy adabiyotlarining, ayniqsa, elektron shakldagi uslubiy ishlanmalar, ta'limiy multimediya mahsulotlarining tanqisligi og'riqli muammolardan sanaladi.

Magistratura talabalarini ta'lim jarayonida ilmiy tadqiqot ishlariga maqsadli yo'naltirishga asoslangan integratsion jarayon qisqa muddat ichida oliy ta'lim muassasalari kafedralarining ilmiy imkoniyatlari kengayishiga ko'maklashadi. Bugungi kunda fan va ta'lim integratsiyasining rivojlanishi ko'p jihatdan amalga oshiriladigan tadqiqotlarga ham bog'liq.

Hozirgi texnologik jarayonlar rivojlangan darvda, oliy ta'lim muasasalarida amalga oshiriladigan tadqiqotlar mavjud muammolar yechimiga qaratiladi. Bu o'rinda ilmiy laboratoriyalarning o'rni alohida ahamiyatga ega.

Bugungi axborot texnologiyalari asrida oliy ta'lim jarayonida faqat mavjud bilimlarnigina o'zlashtirib, so'ngra ilm bilan shug'ullanish emas, balki ta'lim jarayonini ilmiy tadqiqot ishlari bilan bir vaqtda va bir-biri bilan bog'lagan holda olib borish maqsadga muvofiqdir. Chunki axborot texnologiyalarini tatbiq etgan holda tashkil etilgan ta'lim jarayoni juda ko'p ma'lumotlarga asoslanilgan tarzda amalga oshirilishi tufayli talaba barcha ma'lumot yoki axborotlarni o'zlashtira olmaydi hamda ularni tizimlashtirish imkoniyatiga ham ega bo'lmaydi. Shuning uchun bo'lajak mutaxassisning bilim darajasi mukammal bo'lmay turib o'z ishiga yuqori qiziqish bilan yondoshmaydi. Ta'lim ilmiy tadqiqot jarayoni bilan qo'shib amalga oshirilganda esa, talaba o'zi ishtirok etayotgan yoki olib borayotgan ilmiy tadqiqot natijalarining aniqligi va ishonchli bo'lishi uchun, mavjud va axborotlarni o'zi mustaqil ravishda hamda tanlangan qiziqqan sohasini mukammal egallash maqsadida barcha imkoniyatlarda foydalanishga harakat qiladi. Tadqiqot ishi talabani mas'ulyat hissini anglab yetish va oldiga qo'yilgan vazifalarni bajarishda intizomga qat'iy rioya qilishga undaydi.

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2G23-yil 22-noyabr

Fan bilan ta'lim jarayoni integratsiyasini yuqori darajada tashkil etish uchun avvalo, o'quv va ilmiy-muammoli laboratoriyalar holati hamda ularda olib boriladigan tadqiqotlarning mazmun-mohiyatiga e'tibor berish kerak. Bunda asosiy e'tibor talabaning ushbu faoliyatiga qiziqishi va kerakli ko'nikmalarni hosil qila olishiga qaratilishi, buning uchun ilmiy laboratoriyalarda olib boriladigan tadqiqotlar va ilmiy izlanishlar qo'proq mahalliy muammolar bilan bog'langan bo'lishi lozim. Chunki talaba o'zi duch keladigan muammo yechimi bilan bog'liq tarzda olib boriladigan tadqiqotlarga ko'proq e'tibor beradi. Ushbu jarayon ta'lim va fan integratsiyasini tashkil etishning bosh mezonlaridan biridir.

Ilmiy tadqiqot natijalari bayonining maqsad va vazifalari ushbu yo'nalishdagi yangiliklar va ma'lumotlarni ommalashtirishdan iboratdur. Buning natijasida ilmiy tadqiqot ishidan olingan xulosalar soha vakillari va mutaxassislarning e'tiboriga havola etiladi va bildirilgan munosabatlar orqali ish samaradorligini aniqlash, zarur hollarda yangi ma'lumotlar bilan to'ldirish imkoniyati vujudga keladi.

Hozirgi o'quv-tarbiya jarayonida magistratura talabalarida ilmiy tadqiqotchilik ko'nikmalarni rivojlantirishda raqamli texnologiyalarning ahamiyati juda katta. Raqamli texnologiyalar XXI-asr yoshlari hayotining ajralmas qismidir. Magistratura talabalari raqamli muhitda elektron vositalar uchun har qachongidan ko'proq, yoshligidanoq vaqtlarini sarflaydilar. Bu esa ularda hayot uchun zarur bo'lgan raqamli ko'nikmalarni erta shakllantirish, ta'limda natij alarga erishish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanish zaruratini keltirib chiqarmoqda.

Misol tariqasida taniqli olim Eynshteyn yoshligida kamgap, juda kuzatuvchan bola bo'lgan. Besh yoshida uning qo'liga kompas tushib qoladi. Yosh Albert kompasni qaysi tomonga burmasin, uning ignasi har doim bir xil yo'nalishni ko'rsatishidan hayratda edi. U o'yinchoq deb tasavvur qilgan fizik moslama uni ilm olamiga olib kirdi, magnit maydoniga oid ilk tushunchalar bilan tanishtirdi. "Bu tajriba menda chuqur va uzoq taassurot qoldirdi", deb yozgan u yillar o'tib. "Keyinchalik men uning ortiga yashiringan sir-asrorlarni bilish uchun ilm-fanni chuqurroq o'rganishga harakat qildim.

Magistratura talabalarining ilmiy tadqiqot va ilmiy-ijodiy ishlari natijalari hisobot, referat, maqola, maqola, ixtiro, tavsiyanoma va bitiruv- malakaviy ish ko'rinishlarida yakunlanadi. Shu singari ishlar bo'lajak mutaxassislarning tadqiqotchilik va ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirib, rivojlantiribgina qolmasdan, balki ular o'zlashtirgan bilimlarning yanada chuqur va mustahkam bo'lishiga olib keladi hamda kasbiy-amaliy ko'nikmalarini takomillashtiradi.

Magistratura talabalarining ilmiy tadqiqot ishlari oldiga quyidagi talablar qo'yiladi: -magistratura talabalarining ilmiy eruditsiyasi va nazariy dunyoqarashini kengaytirish; -nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llash qobiliyatini rivojlantirish; -ijodiy fkrlashini rivojlantirish va ilmiy munozaralar olib borish; -ko'nikmalarini shakllantirish, ma'lum ilmiy, texnik masalalarni yechishga undash; -yuksak ishbilarmonlik manaviy-ahlokiy sifatlarini rivojlantirish, har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirishga ko'maklashish hamda talabalarning jamoa va tashkiliy ishlarini olib borish tajribasini o'ziga singdirish.

O'quv jarayonidan tashqari magistratura talabalarilarni ilmiy tadqiqot ishiga jalb etishning quyidagicha 2 xil shakli mavjud: fan ilmiy to'garagi va mutaxassislik bo'yicha ilmiy tadqiqot to'garagi.

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2G23-yil 22-noyabr

Shunday qilib, fan va ta'limning maqsadlari umumiy bo'lib, muammoning yagona yechimini topishga qaratilgandir. Ilmiy tadqiqotlar oliy ta'limni keng doirada rivojlantirish, ilmiy xizmat ko'rsatishning samaradorligini oshirish hamda ta'lim-tarbiya va tadqiqot jarayonlari oxirgi natijalarining takomillashuviga yo'naltirilishi kerak.

Ta'lim jarayoniga axborot texnologiyalarining kirib kelishi fanlarni zamonaviy texnologiyalar asosida o'kitish tizimining shakllanishiga asos bo'ldi. Bu tizim nafaqat oliy, balki butun uzluksiz ta'lim tizimida noan'anaviy usullarni qo'llash imkoniyatini yuzaga keltirdi.

Ta'limda zamon va rivojlanish talablari asosida yangicha yondashuvlar usullarini izlash bilan bog'liq holda oliy ta'lim muasasalari faoliyatida ilm orqali bilim berish usuli ustuvor bo'lmoqda. Bu usulning amaldagi namunasi sifatida kafedralar qoshida ilmiy tadqiqotlarga asoslangan holda tashkil etilgan "Tlmiy- amaliy muzey", "Ilmiy adabiyotlar kutubxonasi"," Seloksion tajribalar eksperimental maydonlari", 'Mintaqaviy tadqiqot markazi", "Pedagogik innovatsiya markazi", "Pedagogik ilmiy tadqiqotlar" markazi, "Kichik maktab"lar, "Kvorking markazi" kabilarning tashkil etilganligini misol qilib keltirish mumkin. Shunday markazlarning tashkil etilishi magistratura talabalarining ilmiy tadqiqotlarga asoslangan ilmiy izlanishlarini yo'lga qo'yish, qo'llab-quvvatlash, rag'batlantirishning mamuriy-tashkiliy tomonlariga asos bo'ladi.

O'quv maqsadlarida ham, haqiqiy muammolarni hal qilishda ham (ilmiy, ishlab chiqarish, tashkiliy va boshqalar) turli xil o'yin turlari mavjud. Bular ta'lim, simulyatsiya, rol o'ynash, tashkiliy faoliyat, operativ, biznes, boshqaruv, harbiy, muntazam, innovatsion va boshqalar. Ular ko'pincha turli sabablarga ko'ra ajralib turadigan va bir-biriga mos keladigan darajada qat'iy tasnifga berilmaydi.

Mazkur fikrlar jamiyatimizda yoshlar qatlamini har jihatdan raqobatbardosh etib tarbiyalash, dunyo o'zgarishlarga jonli tarzda javob beradigan, buyuk yurt kelajagini o'z aql-zakovati, ma'naviyati, madaniyati, tashkilotchiligi va tadbirkorligi bilan rivojiga xissa qo'sha oladigan tarzda ta'lim-tarbiya berish darkor.

Zamonaviy voqelik sharoitlaridan kelib chiqib, innovatsion ta'lim sharoitida bo'lajak o'qituvchilarda bilish faoliyatini rivojlantirishning asosiy maqsadi deb ijodiy individullikka va alohida o'ziga xos kreativ tafakkurga ega shaxsni rivojlantirishni hisoblash lozim. F aqatgina maxsus bilimlarni olish yaxshi bitiruvchi bo'lish uchun yetarli emas, va bunda shaxsning eng ko'p jihatdan individual tabiat, ijodiy potensialiga mos keladigan tomonlarini rivojlantirishni ham hisobga olish zarur. Mutaxassislar tayyorlash tizimini modernizatsiyalash, pedagogik faoliyat samaradorligini ta'minlashning asosiy shartlaridan biri - ularda o'quv-bilish jarayonida induvidual yondashuvni rivojlantirishdan iborat.

Tahlil va natijalari:

Tadqiqotchilik faoliyati magistratura talabalarilarning izlanuvchanlikka, ijodkorlikka yetaklovchi faoliyatdir. Tadqiqotchilik faoliyati tajriba qo'yish va uni o'tkazish, kuzatuv natijalarini qayd etish, olingan natijalarni qayta ishlash, jamoa oldida o'z fikrini bayon etish, nutq so'zlash kabi kompetensiyalarni shakllantiradi. Tadqiqotchilik faoliyati ijrochi insonni emas, balki ilmiy salohiyatga ega, zamon talabiga mos ijodkor va tadqiqotchi insonni tarbiyalaydi.

Ilmiy tadqiqotchilik faoliyati bu - yechimi noma'lum bo'lgan muammoni hal etish, o'rganilayotgan obyektga oid qonuniyatlarni amaliyotda foydalanish uchun kashf etish, yangi bilimlarni ishlab chiqish jarayoni bilan bog'liq bilish faoliyati.

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2G23-yil 22-noyabr

Ilmiy tadqiqotchilik - magistratura talabalarining bu intellektual jihati mashg'ulotlarga tayyorlanish va ilmiy izlanishlari jarayonida namoyon bo'ladi. Ilmiy tadqiqotchilik talabaning puxta va aniq ilmiy qarashlarga egaligi, fikriy mustaqilligini ta'minlash bilan birga o'ziga xos ta'lim-tarbiyaviy imkoniyatlarga ega.

Tadqiqotchilik kompetensiyasi - bu shaxsning ajralmas sifati bollib, u tadqiqot muammolarini mustaqil ravishda hal qilish qobiliyati va tayyorligi, tadqiqot ko'nikmlarining qiyma Tadqiqotchilik kompetensiyasi - bu shaxsning ajralmas sifati bollib, u tadqiqot muammolarini mustaqil ravishda hal qilish qobiliyati va tayyorligi, tadqiqot ko'nikmlarining qiymatini tan olish va ularni ilmiy sohada qo'llashga tayyorlikda namoyon bo'ladi.

Kuzatishlarimiz va mavjud tajriba ilmiy savodxon bo'lgan shaxsda turli kompetensiyalar shakllangan bo'lishini ko'rsatditini tan olish va ularni ilmiy sohada qo'llashga tayyorlikda namoyon bo'ladi.

1. Hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish:

texnologiyalar, tabiiy hodisa-jarayonlarning izohlarini bilish, taklif qilish va baholash; tabiiy yo'nalishdagi fanlardan tegishli bilimlarni yodga olish va ulardan foydalanish; izohlovchi modellar va tasvirlarni anglash, yaratish va ulardan foydalanish; tegishli prognozlar qilish va asoslash;

izohlovchi farazlarni taklif etish; ilmiy bilishning jamiyat uchun amaliy ahamiyatini tushuntirish.

2. Ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash. Ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash kompetensiyasi quyidagi ko'nikmalarni o'z ichiga oladi:

berilgan ilmiy tadqiqotda o'rganilayotgan muammoni aniqlash; berilgan muammoni ilmiy tadqiq etish usulini taklif etish;

ma'lumotlarning obyektivligi va ishonchliligini ta'minlashda olimlar tomonidan qo'llaniladigan usullarni tavsiflash va baholash;

ilmiy tadqiq etilishi mumkin bo'lgan savollarni farqlash; berilgan muammoni ilmiy tadqiq etish usullarini baholash;

3. Ma'lumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish:

ma'lum bir ko'rinishdagi ma'lumotlarni boshqa ko'rinishda ifodalash; ma'lumotlarni tahlil va talqin qilish hamda tegishli xulosalar chiqarish; ilmiy dalillarga asoslangan mulohazalarni boshqa qarashlardan farqlay olish; ilmiy adabiyotlardan olingan matnlardagi faraz, dalil va xulosalarni aniqlash; turli manbaalardan olingan ilmiy mulohaza va dalillarni baholash.

Oliy ta'lim tizimida ilmiy dunyoqarashga ega, ma'naviy barkamol shaxsni shakllantirish, uning axloqiy qiyofasini tarkib toptirishda magistratura talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga maqsadli jalb etishning katta ahamiyatga ega ekanligi mutaxassislar tomonidan e'tirof etilgan. Jamiyat taraqqiyoti uchun zarur bo'lgan, insoniyat farovon turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan yangilikni kashf etish shaxs ma'naviyatiga xos sifatlarni shakllantirishga eng salmoqli hissa qo'shishi mumkin bo'lgan faoliyat turi tadqiqotchilikdir.

Magistratura talabalarining tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish orqali shakllantiriladigan ko'nikmalar:

1. Tadqiqot muammosini aniqlash: a) kuzatish; b) ob'ektning muhim jihatlarini aniqlay olish; c) muammoni qo'ya bilish; d) diqqatni jamlay olish.

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2G23-yil 22-noyabr

2. Tadqiqot ob'ekti, predmetini ifodalash: a) umumiydan xuysusiyni ajrata olish;

b) muhim jihatni aniqlay olish; c) tarkibiy qismlarga ajrata olish.

3. Tadqiqot maqsadi va vazifalarini belgilash: a) maqsadni to'g'ri belgilay olish; b) muammoni savol shaklida ifoda etish; c) asosli savol bera olish; d) kreativ fkr yuritish;

4. Tadqiqot farazini ishlab chiqish: a) dalillarga asoslanib bashorat qilish; b) tadqiqot rejasini tuzish.

5. Tadqiqot metodlarini belgilash: a) muammoni hal etish uchun eng maqbul usulni tanlay bilish.

6. Ma'lumotlar to'plash, kuzatish, tajribalar o'tkazish: a) ma'lumotlar yig'ish; b) ma'lumotlarni qayd etish; c) kuzatish; d) hisoblash; e) ma'lumotlarni jadvallarda ifoda etish; f) jihozlardan foydalanish.

7. Natijalarni tahlil qilish va dalillarni qayd etish: a) ma'lumotlarni umumlashtirish; b) ma'lumotlarni grafk, diagrammada ifoda etish; c) matematik-statistik tahlil; d) taqqoslash; e) klassifikatsiyalash; f) korrelyatsiya-mutanosiblikni aniqlash.

8. Tadqiqot natijalarini xulosalash: a) sabab-oqibat bog'lanishlarni aniqlash; b) umumlashtirish; c) tizimlashtirish.

9. Tadqiqot natijalari ishonchliligini tekshirish: a) tanqidiy baholash; b) mavjud mezonlarlardan foydalanib natijalarni tekshirish.

Ilmiy tadqiqotchilik faoliyati o'z navbatida, bir qator vazifalarni o'z ichiga oladi. Quyida tadqiqotchilik faoliyatini shakllantirish jarayonida bajariladigan ishlarga izoh berilgan va aniqliklar kiritilgan:

1. Magistratura talabalarining qiziqishlarini o'rganish.

Magistratura talabalarining ilmiy yo'nalishini aniqlash uchun umumiy savollar asosida suhbat o'tkaziladi va talaba tadqiqot sohasining qaysi yo'nalishlariga qiziqishi belgilanadi. Uning bu sohadagi bilimi, dunyoqarashi, ko'nikma va malakalari darajasi aniqlanadi.

2. Ilmiy mavzulardagi suhbatlarga jalb qilish.

Magistratura talabalari kafedrada tashkil etilgan ilmiy seminarlar, suhbatlar, ilmiy munozaralar, konferensiyalarga jalb etiladi. Ilmiy bahslarda shaxsiy munosabati va qarashlarini bayon etadi.

3. Ilmiy mavzuda ma'ruza tayyorlash.

Qiziqqan sohasi bo'yicha o'rgangan materiallari, tadqiq qilingan ilmiy izlanishlar xulosalari, ilmiy tadqiqotlar, manbalar tahlili asosida maqola va ma'ruza matni tayyorlaydi.

4. Referat, kurs ishlari tayyorlash.

Tadqiqot ishlarining mazmuni asosida o'quv rejasidan tashqari referat, kurs ishi, taqriz, rezyume, annotatsiya tayyorlaydi.

5. Ilmiy materiallarni tahlil qilish.

Magistratura talabalarining ilmiy yo'nalishi aniqlanganidan so'ng unga shu yo'nalishda bajarilgan tadqiqot ishlarini o'rganish va tahlil qilish malakasini egallashi uchun ilmiy adabiyotlar, dissertatsiyalar, avtoreferatlar, ilmiy maqolalar) tavsiya etiladi. Talabaning shu yo'nalishda bajargan ishlari belgilangan muddatlarda o'rganib chiqiladi va yig'ilishlarda muhokama qilinadi.

6. Ilmiy tadqiqotchilik hujjatlarini tayyorlash.

Ilmiy ishning maqsadi va mohiyatini anglaganidan so'ng talabaga tadqiqot ishlarining me'yoriy (nizom, qaror, konsepsiya va b.), joriy (buyruq, dastur va b)ishchi (chora-tadbir, reja va b.) hujjatlarni tayyorlash, rasmiylashtirish va tartib -qoidalari o'rgatiladi.

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2G23-yil 22-noyabr

7.Tadqiqot rejasini ishlab chiqish.

Tadqiqot ishining ishchi rejasini ishlab chiqish, unda etiborga olinadigan holatlar va tartibga rioya qilish, tadqiqot ishi davrining umumiy va yillik hisobot rejalarini belgilash topshiriladi.

8. Ilmiy adabiyotlar bilan ishlash.

Ilmiy tadqiqot natijalari bayonining maqsad va vazifalari ushbu yo'nalishdagi yangiliklar va ma'lumotlarni ommalashtirishdan iboratdur. Buning natijasida ilmiy tadqiqot ishidan olingan xulosalar soha vakillari va mutaxassislarning e'tiboriga havola etiladi va bildirilgan munosabatlar orqali ish samaradorligini aniqlash, zarur hollarda yangi ma'lumotlar bilan to'ldirish imkoniyati vujudga keladi.

Magistratura talabalarining ilmiy tadqiqot va ilmiy-ijodiy ishlari natijalari hisobot, referat, maqola, maqola, ixtiro, tavsiyanoma va bitiruv-malakaviy ish ko'rinishlarida yakunlanadi. Bu bo'lajak mutaxassislarning tadqiqotchilik va ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirib, rivojlantiribgina qolmasdan, balki ular o'zlashtirgan bilimlarning yanada chuqur va mustahkam bo'lishiga olib keladi hamda kasbiy-amaliy ko'nikmalarini takomillashtiradi.

Biz magistratura talabalarining shaxsiy va kasbiy rivojlanishini ilmiy-tadqiqot qobiliyatlarini ta'minlashga yo'naltirilgan o'z-o'zini rivojlantirish sharti sifatida qaraymiz, bu ko'pincha ular tashkil etayotgan tadqiqot faoliyati ta'sirida amalga oshiriladi. Buning uchun talabalar ilmiy o'z-o'zini uzluksiz ravishda tadqiqot qobiliyatlarini rivojlantirib borishi lozim, bunda bakalaviaturada shakllangan motivlar ta'sirida o'z oldiga maqsad qo'yadi va aniq natij alarga erishadi. O'z-o'zini namoyon qilish va o'zini-o'zi tasdiqlash shakllaridan foydalanganda, uning faoliyat sifati yaxshilana boshlaydi. Talabaga aynan shu jarayon tadqiqot faoliyatidagi xatti-harakatlar usullarini mustahkamlash imkoniyatini beradi.

Shunday qilib, biz zamonaviy sharoitda tadqiqot malakasini o'z-o'zini rivojlantirish kontekstida magistraturada talabalarning subyektiv pozitsiyasini rivojlantirish muammosini hal qilish uchun ma'lum shartlar mavjud degan xulosaga kelamiz. Pedagogika magistraturasi talabalarining ilmiy-tadqiqot malakasini o'z-o'zini rivojlantirishning pedagogik shartlari ularning subyektiv pozitsiyasini rivojlantirish uchun to'liq ta'lim maydonini ta'minlashni nazarda tutadi. Universitet amaliyoti shuni ko'rsatadiki, magistrantning mavzu pozitsiyasi uning tadqiqotchi sifatida shakllanishining ushbu ko'rsatkichi bilan bog'liq holda harakat qiladigan shaxsiy pozitsiyasining zaruriy rivojlanuvchi jihati sifatida qaralishi mumkin. Biz buni uning o'z ta'limini oshirishga tayyorligini shakllantirishning tabiiy jarayoni deb bilamiz, ushbu jihat magistratura tizimi universitet sharoitida shakllanishiga yordam beradi. Shu munosabat bilan, pedagogika magistraturasi talabalarining ilmiy-tadqiqot kompetensiyasini o'z-o'zini rivojlantirish uchun pedagogik shart-sharoitlar aniq ko'rsatmalarga ega bo'lib, ular kontekstida, ta'limning bakalaviatura bosqichi talabani tadqiqotchi sifatida tarbiyalashda muhim sanaladi. Bu, xususan, muayyan vazifalarni aniqlash va hal qilishga qaratilgan bo'lib, ularni amalga oshirish jarayonida o'z shaxsiy pozitsiyasining quyidagi fazilatlari rivojlanadi:

- o'zlarining ta'lim imkoniyatlarida harakat qilish qobiliyati, shu jumladan o'zlarining ta'lim muammolarini aniqlash va ularni hal qilish variantlarini topish qobiliyati;

- ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish uchun magistraturaning barcha imkoniyatlaridan foydalanish qobiliyati;

- universitet hayotining turli sohalarida, birinchi navbatda, ilmiy xarakterdagi faoliyatda o'zini namoyon qilish uchun har qanday imkoniyatni topish qobiliyati;

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2G23-yil 22-noyabr

- tegishli muammolarni hal qilishga tayyorligini hisobga olgan holda, tadqiqot malakasini o'z-o'zini rivojlantirish kontekstida shaxsiy va kasbiy rivojlanish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish qobiliyati;

- o'z ta'limini qadrlash va mas'uliyat bilan yondashish, uning maqsad va mazmunini o'ylangan holda belgilash qobiliyati.

Shu munosabat bilan magistrantning ilmiy-tadqiqot malakasini rivojlantirish yo'llarini tanlashda uning faolligi kabi omilni hisobga olish zarur, bu kasbiy yo'naltirilgan bilimlarni o'zlashtirganda o'zining amaliy ilmiy faoliyatida samarali qo'llash imkonini beradi. Magistratura talabalarining ilmiy-tadqiqot qobiliyatlarini mustaqil ravishda rivojlantirish shartlarini hisobga olgan holda, ularning ijtimoiy ko'nikmalarini va harakatchanligini, ijodkorligini va bilishga tayyorligini namoyon etish imkoniyatlarini ta'minlash zarurligini ta'kidlash muhimdir, bu ularning kognitiv faoliyatini tashkil etish kompetensiyasining ma'lum bir ko'rsatkichi hisoblanadi. Magistratura dasturi doirasida tadqiqot malakasini o'z-o'zini rivojlantirish g'oyasi shaxsning rivojlanishini faollik bilan to'ldirish sifatida amalga oshiriladi va shaxsiy rivojlanish tadqiqot faoliyatining muvaffaqiyatini belgilaydi. Bu muvaffaqiyat faqat shaxsiy va kasbiy rivojlanishning birligi natijasida amalga oshishi mumkin.

Shunday qilib, magistrantlarning ilmiy-tadqiqotchilik kompetensiyasini o'z- o'zini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish quyidagilarni nazarda tutadi: bo'lajak ilmiy faoliyatning aniq maqsadlari va tadqiqot faoliyatining aniq dasturini ishlab chiqish; talabalarning ilmiy- tadqiqot qobiliyatlarini rivojlantirishda o'z-o'zini rivojlantirishni pedagogik qo'llab -quvvatlash modelini ishlab chiqish; ushbu jarayonning barcha sub'ektlarining o'quv va tadqiqot jamoasi o'zining pedagogik salohiyatini ta'lim resursiga aylantirish uchun muhitga aylanadigan maxsus ta'lim maydonini yaratish; tadqiqot faoliyati natijalarini baholash mezonlarini aniqlash; uning natijalarini haqiqiy baholash va boshqalar.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

REFERENCES

1. «O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida». O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5847-son Farmoni. 2019 yil 8 oktyabr.

2. Appleton, K. (2003). How do beginning primary school teachers cope with science? Towards and understanding of science teaching practice. Research in Science Education, 33: 1-25.

3. Narzieva N.N. Umumta'lim maktab o'quvchilarida tayanch kompetensiyalar asosida tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirish. Pedagogika

4. Maxmudov A.X. Bo'lajak magistrlarni kompetentli tayyorlashning didaktik ta'minotini takomillashtirish. .: Ped. fan. dokt...diss. avtoref - Toshkent: TDPU. 2016. - 49 b.

5. MparaMoBa Г.Н., "Интepфaoл укигиш мeтoдлapи Ba тexнoлoгиялapи acocидa тaлaбaлapнинг кpeaтивлик кoбилиятлapини pивoжлaнгиpиШ пeдaгoгикa фaнлapи бyйичa фaлcaфa дoкгopи . ..дите. Aвтopeф. - Т., 2017.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.