Научная статья на тему 'MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA TALABALARDA KASBIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK AHAMIYATI'

MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA TALABALARDA KASBIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
6
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
pedagogik

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Firuza Usmаnova

Hozirgi kunda pedagogik ilmlar tasnifida aynan bo‘lajak mutaxassislar kompetensiyasi masalasi o‘z dolzarbligi, katta qiziqish uyg‘otayotganligi va ta’lim jarayonini tashkil qilish, uning samaradorligini ta’minlash uchun muhimligi va zaruriyatini namoyon etmoqda. Faol va harakatchan, tashabbus ko‘rsatib, o‘zining professional maqsadlarini aniq anglaydigan, innovatsion tafakkurga ega va ta’limda yangiliklarni amalga oshirishga tayyor o‘qituvchi kompetensiyasini shakllantirish va ta’minlash, bu masalasini ta’lim va tarbiya jarayonining eng muhim unsurlaridan biri ekanligini targ‘ib qilish taqozo etmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA TALABALARDA KASBIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK AHAMIYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS"

October 19-20, 2023

MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA TALABALARDA KASBIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK

AHAMIYATI Firuza Usmanova

Samarqand davlat universiteti doktaranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10014898

Hozirgi kunda pedagogik ilmlar tasnifida aynan bo'lajak mutaxassislar kompetensiyasi masalasi o'z dolzarbligi, katta qiziqish uyg'otayotganligi va ta'lim jarayonini tashkil qilish, uning samaradorligini ta'minlash uchun muhimligi va zaruriyatini namoyon etmoqda. Faol va harakatchan, tashabbus ko'rsatib, o'zining professional maqsadlarini aniq anglaydigan, innovatsion tafakkurga ega va ta'limda yangiliklarni amalga oshirishga tayyor o'qituvchi kompetensiyasini shakllantirish va ta'minlash, bu masalasini ta'lim va tarbiya jarayonining eng muhim unsurlaridan biri ekanligini targ'ib qilish taqozo etmoqda.

Madaniyatning jamiyat hayotidagi o'rni ko'p jihatdan kishilar bilimining ijtimoiy rivojlanishida tutgan o'rni, ularning tajriba, ko'nikma, malakalari, kasbiy va shaxsiy sifatlarini rivojlantirish imkoniyatlari bilan belgilanadi.

Madaniyat bu - jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi sanaladi. «Madaniyat» so'zining lug'aviy ma'nosi «shaharlik», «shaharga oid» bo'lsa, uning ma'noviy izohi «odob-axloq» ni anglatadi. Demak, bugun yangi O'zbekistonning yangi tarixini yaratishda milliy madaniyatni yanada rivojlantirish g'oyat muhimdir.

Albatta, bu borada moddiy va nomoddiy madaniy meros durdonalarini saqlash, targ'ib etish, xalq og'zaki ijodiyoti va havaskorlik san'atini yanada ommalashtirish, yurtimizning jahon madaniy makoniga faol integratsiyalashuvini ta'minlash, madaniyat va san'at sohasini innovatsion rivojlantirish bo'yicha ulkan ishlar amalga oshirildi.

Xususan, O'zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish bo'yicha "yo'l xaritasi" tasdiqlandi [9].

Oliy ta'lim muassasalari talabalarida madaniyat kompetentliligiga qo'yilayotgan talablar hozirga kunda quyidagi ziddiyatlar va nomutanosibliklarning mavjudligini ko'rsatadi:

- oliy ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishning ob'ektiv zaruriyati va uning nazariy va amaliy asoslarini yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi;

- madaniyat kompetentligining ta'lim-tarbiya jarayonida asosiy o'rinni egallashi va oliy ta'lim talabalari o'rtasida shakllanishi uchun nazariy asosning mavjud emasligi;

- oliy ta'limda talabalarning madaniyat kompetentligini shakllantirish uchun o'quv-uslubiy yordam bo'lgan ehtiyoji va bunday yordam berilishini ta'minlovchi metodika hamda vositalarning rivojlanmaganligi.

- oliy ta'lim pedagogika yo'nalishlarida talabalar mustaqil bilim olish faoliyatini faollashtirish, faol ta'lim olish shakl, metod va imkoniyatlariga ega bo'lish ehtiyoji, shuningdek, ta'lim jarayonida pedagog kadrlarning yetarli darajada madaniyat kompetensiyasiga ega emasliklari;

- madaniyat kompetentligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi innovatsion ta'lim texnologiyalari va metodlarining samarali imkoniyatlaridan to'laligicha foydalanish maqsadida zarur pedagogik shart-sharoitlarning yaratilmaganligi.

Bu kabi ziddiyatlar va nomutanosiblikning asosiy manbai va sababi kasbiy-pedagogik tayyorgarlikni, talabalarning madaniyat kompetentligini rivojlantirishni ta'minlovchi mavjud

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS"

October 19-20, 2023

tizimning mukammal emasligidir. Ana shu ziddiyatlar va nomutanosibliklarning yechimini topish dissertatsiya ishining muammosini tashkil etadi va uning dolzarbligini belgilaydi. Muammoning dolzarbligi va uning yetarli darajada o'rganilmaganligi ushbu dissertatsiya tadqiqotining mavzusini "Oliy ta'lim muassasalari talabalarining madaniyat kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi" deb nomlanishiga asos bo'ldi.

O'zbekistonda iqtisodiy islohotlar jarayonlari tezkor rivojlanish dinamikasi ta'lim tizimi oldida ijodkorlik va tashabbuskorlik qobiliyatiga ega, mustaqil qaror qabul qila oladigan malakali mutaxassislarni tayyorlash vazifasini qo'ydi.

Inson shaxsi haqida gap ketganda albatta ko'z o'ngimizda komillikka intilgan ma'naviy jihatdan yetuk jamiyatning taraqqiy etishiga munosib hissa qo'sha oladigan yurt ravnaqining buguni va ertasini o'ylaydigan shaxsni keltiramiz. Shu o'rinda pezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning quyidagi fikrlarini keltiramiz: "Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma'naviy salohiyatga ega bo'lib, dunyo miqyosida o'z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi, baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz"[1].

Madaniyat kompetensiyasi - o'qituvchining talabalar bilan munosabatlar jarayonida zarur bo'lgan umumiy axloqiy qoidalar majmuasi, pedagogning meyoriy-ma'naviy qarashlarga asoslangan odobidir. Ma'lumki bo'lajak o'qituvchilarda madaniyat kompetensiyasini shakllantirish bo'yicha o'qituvchi - tarbiyachining olib boradigan ishlari murakkab va ko'p qirralidir.

Madaniyat kompetentligi asosida egallangan pedagogik tajribalarni orqali ko'p qirrali munosabatlar va muammolarni vujudga keltirishga yordam beradi, o'zini anglashni, o'zini takomillashtirishni ta'minlaydi.

Yuqorida aytib o'tilganlar xulosa qilish imkonini beradiki, madaniyat - bu o'zining strukturasi, mazmuni, maqsad va vazifalariga ega murakkab, ko'p qirrali hodisadir. Mazkur fenomenning mohiyatini bitta tadqiqot doirasida ochib ko'rsatish imkoni mavjud emas. Shuning uchun madaniyatning barcha turlari orasida bizlar kommunikativ, odamlarning boshqalar bilan munosabatlarni qurish madaniyatini ajratib ko'rsatamiz, chunki u, bizning fikrimizcha, ishlab chiqarish bo'lajak rahbarlari zaruriy sifatlarini shakllantirish uchun asosiy turlaridan biri bo'lib hisoblanadi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev SH.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. "O'zbekiston" 2016.

2. Abdullayev S.X., Beknazarova S.S. Ta'limda ergonomik madaniyatini rivojlantirish muhitini tashkil etish tizimi va texnologiyasi // Perspektivi razvitiya visshego obrazovaniya. 2021. №10.

3. Avesto: Tarixiy-adabiy yodgorlik. Asqar Mahkam tarjimasi. - T.: Sharq, 2001. - 400 b.

4. Avloniy, Abdulla. Turkiy Guliston yoxud axloq. - T.: O'qituvchi, 1992. - 160 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.