Научная статья на тему 'BO‘LAJAK JISMONIY TARBIYA O‘QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENTLIGINI PEDAGOGIC TA’LIM KLASTERI SHAROITIDA SHAKLLANTIRISH'

BO‘LAJAK JISMONIY TARBIYA O‘QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENTLIGINI PEDAGOGIC TA’LIM KLASTERI SHAROITIDA SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

154
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kasbiy kompetensiya / maktab-laboratoriya / pedagogik ta’lim klasteri / konseptor / yo‘naltiruvchi / yaratuvchan qobiliyatlar / iqtidorli talabalar / tajriba maydonchalari / o‘zaro hamkorlik / ijtimoiy hamkorlik. / профессиональная компетентность / школалаборатория / кластер педагогического образования / концептуальность / режиссура / творческие способности / одаренные учащиеся / экспериментальные площадки / взаимное сотрудничество / социальное сотрудничество

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Javlonbek Abdukaxor O‘g‘li Zulxaydarov

Ushbu maqola pedagogik ta’lim klasteri sharoitida bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash, ularni bo‘lg‘usi ish faoliyatida zarur bo‘ladigan kasbiy va ijodiy mahoratini oshirish,iqtidorli talabalarni saralab, ularni kelgusi ijod faoliyatini aniqlab olish hamda “maktab-laboratoriya”tajriba maydonlarida ularning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishning foydali jihatlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье идет речь о подготовке будущих специалистов в условиях педагогического образовательного кластера, повышении их профессиональных и творческих навыков, которые будут необходимы для их будущей работы, отборе талантливых учащихся и определении их будущей творческой деятельности, а также в «школе-лаборатории». область опыта, выделены полезные аспекты формирования их профессиональных компетенций

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK JISMONIY TARBIYA O‘QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENTLIGINI PEDAGOGIC TA’LIM KLASTERI SHAROITIDA SHAKLLANTIRISH»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

BO'LAJAK JISMONIY TARBIYA O'QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENTLIGINI PEDAGOGIC TA'LIM KLASTERI SHAROITIDA

SHAKLLANTIRISH

Javlonbek Abdukaxor o'g'li Zulxaydarov

Oliy ta'limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg'or texnologiyalarni tadbiq etish markazi

tayanch doktoranti. JavlonbekPhD@gmail .com

Ushbu maqola pedagogik ta'lim klasteri sharoitida bo'lajak mutaxassislarni tayyorlash, ularni bo'lg'usi ish faoliyatida zarur bo'ladigan kasbiy va ijodiy mahoratini oshirish,iqtidorli talabalarni saralab, ularni kelgusi ijod faoliyatini aniqlab olish hamda "maktab-laboratoriya"tajriba maydonlarida ularning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishning foydali jihatlari yoritilgan.

Kalit so'zlar: kasbiy kompetensiya, maktab-laboratoriya, pedagogik ta'lim klasteri, konseptor, yo'naltiruvchi, yaratuvchan qobiliyatlar, iqtidorli talabalar, tajriba maydonchalari, o'zaro hamkorlik, ijtimoiy hamkorlik.

В данной статье идет речь о подготовке будущих специалистов в условиях педагогического образовательного кластера, повышении их профессиональных и творческих навыков, которые будут необходимы для их будущей работы, отборе талантливых учащихся и определении их будущей творческой деятельности, а также в «школе-лаборатории». область опыта, выделены полезные аспекты формирования их профессиональных компетенций.

Ключевые слова: профессиональная компетентность, школа-лаборатория, кластер педагогического образования, концептуальность, режиссура, творческие способности, одаренные учащиеся, экспериментальные площадки, взаимное сотрудничество, социальное сотрудничество.

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

This article is about training future specialists in conditions of the pedagogical education cluster, improving t]

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

professional and creative skills, which will be necessary for their future work, selecting talented students and determining their future creative activities, and in the "school-laboratory" field of experience. useful aspects of forming their professional competences are highlighted.

Keywords: professional competence, school-laboratory, pedagogical education cluster, conceptual, directing, creative abilities, talented students, experimental sites, mutual cooperation, social cooperation.

Bugungi zamonaviy dunyo oliy ta'lim tizimi juda tez sur'atlarda jadal rivojlanmoqda. Oliy ta'lim muassasalarining soni kun sayin ortib borishi va oliy ta'limga qiziquvchi talabalar soniga hamohang ortib bormoqda. Oliy ta'lim muassasalarining son bilan bir qatorda raqobatbardosh bilimli kadrlarni tayyorlashda sifatli ta'limga alohida e'tibor berishi zarur bo'lmoqda. Buni raqamlarda oladigan bo'lsak, yurtimizda 2016-yil jami oliy ta'lim muassasalari soni 76 tani tashkil etgan bo'lsa, bugungi kunda ularning soni 200 dan ziyod va oliy ta'limda taxsil olayotgan talabalar soni yil boshida 1 milliondan ziyod bo'lgani yaqqol misol bo'la oladi [11]. Endi bitiruvchi ta'labalarning ishga joylashish masalasi sog'lom raqobat asnosida kasbiy-ijtimoiy kompetensiyalari va bilimlari asnosida yuzaga kelishi, bo'lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda ularga kelgusi ish muhiti amaliyotini yaratish, kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish va ular bilan individual yondashishni hamda ularning mustaqil ta'limini sifatli tashkil etish muhim masala hisoblanadi [2]. Shu kabi bazi muammolarni hal etish va ta'limni isloh qilish va yangicha sayqal berish oliy ta'limni rivojlantirish bo'yicha qabul qilinayotgan qarorlarda ham o'z aksini topmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konseptsiyasi"[2], O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi "Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi [3] 213-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash, shuningdek, universitetning asosiy strategik yo'nalishi bo'lgan "Pedagogik ta'lim innovatsion klasteri" bo'yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining ilmiy-nazariy xulosalarini amalda joriy qilish, universitet ta'lim sifatini

KIRISH.

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023

Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

oshirish jarayoniga innovatsion texnologiyalarni tadbiq etish maqsadida "Individual yondashuv texnologiyalari" universitetning asosiy strategik rejasiga kiritildi [5].

ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYA:

Jismoniy tarbiya o'qituvchisining kasbiy kompetentligi shakllanganligi o'quvchilarni jismoniy jihatdan tarbiyalash soxasidagi innovatsion metodika va texnologiyalarni qo'llay olish malakasi bilan belgilanadi. Kasbiy kompetentliksiz pedagogning kasbiy o'sishi, o'quvchilar salomatlik darajasining mustaxkamlanishi, ta'lim oluvchilarda jismoniy tarbiya mashg'ulotlariga motivatsiyani rivojlantirish mumkin emasligi amalda o'z isbotini topgan.

Jismoniy tarbiya o'qituvchisining pedagogik jarayondagi innovatsion metodika va texnologiyalarni o'zlashtirganlik hamda uning kasbiy faoliyatda qo'llash malakasiga egaligi masalasini o'rganish natijalari bu ikki komponent bir-biri bilan bog'liq, bir-birini taqazo qiladigan va yaxlit xodisalar ekanligini ko'rsatadi. Ushbu jarayonga kompleks yondashuv bo'lajak jismoniy tarbiya o'qituvchisining kasbiy kompetentligi darajasini rivojlantirish va takomillashtirish imkonini beradi.

Zamonaviy jamiyat talablari "Jismoniy tarbiya" fanini o'qitishda zamonaviy innovatsion metodikalar va texnologiyalarni joriy qilish, mashg'ulotlarni sifatli o'tkazish, o'qituvchi bolalarda jismoniy tarbiyaga nisbatan xavas uyg'otish imkoniyatini qaror toptiradi. Bunday tizimni amaliyotida qo'llagan o'qituvchi ushbu jarayonda ta'lim oluvchilarning motivatsiyasini oshiradi, jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik hamda salomatlik darajasini oshirishdek strategic vazifani bajaradi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi[1] farmonida jismoniy tarbiya va sport soxasida yagona davlat siyosatini yuritish, axolining turmush tarzini ta'minlash va jismoniy faolligini oshirishning samarali tizimini yaratish vazifalari belgilangan. Mazkur farmonda o'quvchilarning ma'naviy-axloqiy tarbiyasini ta'minlash, bolalarni jismoniy rivojlangan va sog'lom bo'lib voyaga yetishi, shuningdek, yoshlarni sport va jismoniy tarbiyaga jalb qilishga aloxida e'tibor qaratilgan. Bu borada soxa bo'lajak pedagog xodimlarni har tomonlama bilimli, kasbiy kompetensiyali qilib tayyorlash asosiy masala bo'lib qoladi.

N.L.Gololobova "bo'lajak pedagog kadrlarning kasbiy kompetensiyalari quyigadi funksiyalarni bajarishi kerak" degan fikrni ilgari

surgan: [4]

May 6

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

- rivojlantiruvchi: asosiy kasbiy kompetensiyalami shakllantirish; -adaptiv (moslashuvchan): bo'lajak pedagogikning kasbiy faoliyatdagi o'zgaruvchan sharoitlarga moslashishga tayyorlash;

-yo'naltiruvchi: kurs va kurslararo davrda mustaqil ta'limga yo'naltiruvchi; -innovatsion: nazariy asoslarning yangilanishi va malakalarni takomillashtirish;

-kompensatorlik (o'rnini to'ldiruvchi): ta'limda o'zgarishlar yuzaga kelishi sababli kasbiy kompetentlikdagi kamchiliklarni to'ldirish.

talabalarni bo'lajak kasb faoliyati kompetensiyalarini sahkllantirish, ularni ilmiy faoliyatga jalb etish. Talabalarning pedagogik sifatlarini shakllantirish.

"Faol tashabbuskor murabbiy" va "maktab-laboratoriya" dasturlari bo'lajak jismoniy tarbiya o'qituvchilarining kelgusi ish faoliyatiga samarali tayyorlash uchun model vazifasini o'tab beradi[6]. Bugungi kunda Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti asosiy strategik yo'nalishi pedagogik ta'lim innovatsion klasteri bo'lib, "maktab-laboratoriya" uning yadrosi-amaliyotga tadbiq etish shakli xisoblanadi. "Maktab-laboratoriya" lar ilmiy-pedagogik innovatsion loyihalarni yaratish va tajriba-sinovdan o'tkazish bilan bog'liq muhim vazifalarni bajaradi. Bu boradagi ishlarni tizimli va muayyan reja asosida olib borish maqsadida "jismoniy madaniyat" ta'lim yo'nalishi va Chirchiq shaxar xalq ta'limi bo'limining umumiy o'rta ta'lim maktablari o'rtasida hamkorlik shartnomalari hamda chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

"Maktab-laboratoriya" innovatsion tajriba maydonchalarining maqsadi uzluksiz ta'lim jarayonida ta'lim turlari o'rtasidagi ilmiy, uslubiy va ta'lim vositalarini rivojlantirish, pedagogic ta'lim innovatsion klasterini amaliyotga tadbiq etish bilan bog'liq ilmiy-pedagogik loyihalarni tajriba sinovdan o'tkazishdan iborat [7]. Bundan tashqari, maktabda yangi ta'lim standartlarining joriy etilishi endigina pedagogik faoliyatini boshlagan o'qituvchilarning kasbiy moslashishiga qo'shimcha qiyinchiliklar tug'diradi. Bu holatdan chiqish yo'li, "maktab-laboratoriya" doirasida yosh o'qituvchilarning kasbiy moslashuvini pedagogik-psixologik jihatdan qo'llab quvvatlaydi. Jismoniy madaniyat ta'lim yo'nalishi bitiruvchilarini qo'llab-quvvatlash va ularga bitirgandan so'ng 3-5 yil davomida metodik yordam ko'rsatishdan iborat. Klasterning bu soxasi yosh o'qituvchilarning o'z kasbiy faoliyatini modellashtira

NATIJA:

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

oladigan darajada DTS talablarini hisobga olgan holda kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarini hamda kasbiy kompetensiyalarini oshirishga ko'maklashuvchi chora-tadbirlarni o'z ichiga oladi. MUHOKAMA:

Chirchiq davlat pedagogika universiteti "Jismoniy madaniyat" ta'lim yo'nalishining "maktab-laboratoriya" innovatsion tajriba maydonchalari asosida o'zaro hamkorlikning quyidagi modellarini amalga oshirmoqda [6,8]:

1. Informatsion-anglash ijtimoiy faoliyati. Ushbu model doirasida tashkiliy hizmatlar amalga oshirilmoqda: sport to'garaklari, master-klasslar, ma'ruzalar, ilmiy-amaliy anjumanlar, konsultatsiyalar, ekskursiyalar.

2. Muammoli -taxliliy yoki munozarali faoliyat, unga tayyorgarlik ko'rish, anketa va so'rovnomalar, treninglar, maxorat darslari, muammoli seminarlar, davra suhbatlari, ilmiy-tadqiqot va loyiha ishlari o'tkazilmoqda.

3. Ijtimoiy-rolli modeliga o'rta maktab o'quvchilarining kasbiy tayyorgarliga yo'naltirilgan ijtimoiy tadbirlar (tanlovlar, olimpiadalar, konferansiyalar, loyiha faoliyati, yosh sportchi maktabi va boshqalar).

4. Sport faoliyati sinfdan tashqari ishlarning turli shakllariga qaratiladi [9].

O'zaro hamkorlikning asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat: -o'quv-uslubiy o'zaro hamkorlik; -ilmiy-uslubiy o'zaro hamkorlik;

-o'qituvchilarning kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarini rivojlantirish kurslarini tashkil etish.

XULOSA:

Pedagogik ta'lim innovatsion klaster sharoitida "maktab-laboratoriya" tajriba maydonchalarini joriy etish orqali talabalarga qulay bo'lgan ta'lim muhiti va ta'lim jarayonini tashkil etishga yordam beradi. Bo'lajak kadrlarning tanlangan mutaxassisligi bo'yicha qiziqishi va ishtiyoqini yanada oshirishga, olgan bilimlarini amaliyotda qo'llashga va klaster muhitida yangi bilimlarni o'zlashtirishga, kasbiy kompetensiyalarini shakllanishiga yordam beradi.

Davlatimiz raxbari tomonidan sifatli ta'limga e'tibor berish yanada dolzarbligi, ta'limni shaxsga yo'naltirish ishlari jadal rivojlanishiga sabab bo'lmoqda.individual ta'lim yondashuvi davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan bo'lib, insonning qadr-qimmati va kapitali rivojlanishiga hizmat qiladi.

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 29.04.2019 sanasidagi "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-5712-sonli qarori.

2.Гoлoлoбoвa Н.Л. Пoвышeниe прoфeccиoнaльнoй кoмпeтeнтнocти cлушaтeлeй в мeжкурcoвoй пeриoд при иcпoльзoвaнии вoзмoжнocтeй ceтeвых cooбщecтв пeдaгoгoв. Мoнoгрaфия. - Тюмeнь: ТОГИРРО, 2011.

3. Maftuna Faxriddinovna Qurbonova. INDIVIDUAL TA'LIM- INNOVATSION O'QITISH USULI // Academic research in educational sciences // VOLUME 4, ISSUE 3, 2023.

4.T.S.Achilov, SH.M.Jurayev. Pedagogik ta'lim innovatsion klaster yondashuvida maktab-laboratoriya tajribasining tarmoqlararo o'zaro hamkorligi asos sifatida // Academic research in educational sciences // VOLUME 1, ISSUE 3, 2020.

5.Жавлонбек Абдукахор угли Зулхайдаров. Футболчиларни тайёрлаш жараёнидаги мусобакалар фаолияти курсаткичларини тахлил килишнинг ахамияти. Academic research in educational sciences (ares), volume 2, issue 10,764-

6. J.A.Zulxaydarov, S.D.Abduraximov. Ayollar futbolini rivojlantirishning istiqbollari. Academic research in educational sciences (ARES), volume 3, issue 11,588-593.

7. Xabibullayeva N.X, Zulxaydarov J.A. Ayollar o'rtasida O'zbekiston chempionati 2022-yilgi mavsum birinchi davra baxslarida "Sevinch", "So'g'diyona" va "Bunyodkor" jamoalarining texnik usullari aniqligi taxlili // Academic Research in Educational Sciences // VOLUME 4, ISSUE 4, 2023

770.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.