Научная статья на тему 'MADANIYATLARARО TA’LIM USULINING XUSUSIYATLARI'

MADANIYATLARARО TA’LIM USULINING XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

29
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Zohidjon Tursunov

Madaniyatlararо degan tushuncha ilk bоr o’tgan asrning 70-80 yillarida paydо bo’lgan. Bu atama avval pedagоgika sоhasida, keyinrоq esa chet til o’qitish metоdikasida qo’llay bоshlandi.Madaniyatlararо ta`lim usulidan ko’zlangan asоsiy maqsad, o’zga madaniyat xususiyatlarini tushunish, ularga to’g’ri bahо berishni o’rgatishdan ibоrat. 80-yillarning o’rtalariga kelib bu tushunchaning qo’llanish sоhasi ancha kengaydi. Madaniyatlararо ta`lim usuliga asоslangan maktablar, madaniyatlararо o’qitish metоdi, madaniyatlararо didaktika yoki pedagоgika, madaniyatlararо lug’at ustida ishlash, madaniyatlararо mulоqоt, madaniyatlaarо mamlakatshunоslik kabilar shular jumlasidandir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MADANIYATLARARО TA’LIM USULINING XUSUSIYATLARI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

MADANIYATLARARQ TA'LIM USULINING XUSUSIYATLARI

Zohidjon Tursunov

Namangan davlat universiteti

Madaniyatlararo degan tushuncha ilk bоr o'tgan asrning 70-80 yillarida paydо bo'lgan. Bu atama avval pedagоgika sоhasida, keyinrоq esa chet til o'qitish metodikasida qo'llay boshlandi.Madaniyatlararo talim usulidan ko'zlangan asosiy maqsad, o'zga madaniyat xususiyatlarini tushunish, ularga to'g'ri baho berishni o'rgatishdan iborat. 80-yillarning o'rtalariga kelib bu tushunchaning qo'llanish sohasi ancha kengaydi. Madaniyatlararo talim usuliga asoslangan maktablar, madaniyatlararo o'qitish metodi, madaniyatlararo didaktika yoki pedagogika, madaniyatlararo lug'at ustida ishlash, madaniyatlararo muloqot, madaniyatlaaro mamlakatshunoslik kabilar shular jumlasidandir.

Madaniyatlararo muloqot va madaniyatlararo mamlakatshunoslik asosida birinchi navbatda iqtisod sohasidagi darsliklar yaratishga alohida etibor qaratildi. Chunki o'z madaniyati va o'zga madaniyatni yaxshiroq tushunish va anglash iqtisodiy hamkorlikn i to'g'ri tashkil etishga va tushunmovchiliklarni oldini olishga yordam beradi.

Madaniyatlararo ta lim usulining chet til darslariga tadbiq etishning turli ko'rinishlari yuzaga kelgan bo'lib, bugungi kun chet til o'qitish metodikasida keng munozaralarga sabab bo'lmoqda. Mazkur usulning mohiyati shundan iboratki, u o'zga madaniyat xususiyatlarini ko'rsatib beradi va madaniyatlararo muloqotni to'g'ri tashkil etishni o'rgatadi. Madaniyatlararo ta lim o'zga madaniyatga nisbatan xolis nuqtai nazarni shakllantiradi. Bunda o'zga madaniyatga o'z madaniyati xususiyatlaridan kelib chiqib munosabatda bo'lish yoki uni moslashtirish ko'zda tutilmaydi, balki unga nisbatan nuqtai nazarni o'zgartirish orqali baho berishga o'rgatiladi.

Turli madaniyat vakillarining o'zaro muloqoti davomida ayrim tushunmovchiliklarining yuzaga kelishiga ma lum sabablar bor. Lingvistik va leksik ko'nikmalarning yetishmasligi bilan bir qatorda, o'rganilayotgan tilning madaniy xususiyatlarini bilmaslik ham mazkur holatlarni keltirib chiqaradi. Kundalik hayotdagi salomlashish, uzr so'rash, hol ahvol so'rash kabi muloqot vaziyatlari milliy va madaniy jihatdan o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Har bir til o'rganuvchi til o'rganish faqat so'z va jumlalarni yod olish va ularni qo'llash bilan cheklanmasligini, to'g'ridan to'g'ri tarjima qilish orqali muloqotga kirish mumkin emasligini e tibordan chetda qoldirmasligi kerak. Biroq ananaviy chet til o'qitishda o'quvchilarga o'rganilayotgan tilning grammatik va leksik xususiyatlari tushuntirilib, o'sha tilda so'zlashayotgan xalqning madaniyati, turmush tarzi, dunyoqarashi, urf-odatlari va an analari haqida juda kam malumot berilgan. Har bir tilga madaniy va ijtimoiy nuqtai nazardan yondashish

April 23-24, 2024

1001

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiqdavlat^edagogika^niversiteti^^^^^^^Za

lozim. Chunki tilda xalqning ananalari, odatlari, shu tilda so'zlashuvchi kishilarning ijtimoiy va manaviy munosabatlari, dunyoqarashi o'z ifodasini topgan. Chet til talimida madaniyatlararo talim usuli aynan ananaviy chet til o'qitish usuliga qarshi o'laroq yuzaga kelgan. Anaanaviy chet til talimida o'quvchilarga chet tili tarjima tamoyili asosida o'rgatiladi. Natijada o'quvchi har bir muloqot vaziyatiga o'z madaniyati, dunyoqarashi va an analari asosida yondoshadi va unga baho beradi. Madaniyatlararo talim usuli chet til darsi jarayonida tilga oid madaniy va milliy xususiyatlarni ham o'quvchilarga yetkazib berishni, o'zga madaniyatga o'z madaniyati xususiyatlaridan kelib chiqib baho berish va munosabat bildirishni emas, balki o'rganilayotggan til madaniyati tamoyilaridan kelib chiqqan holda munosabat bildir ishni shakllantiradi. O'z madaniyati bilan o'zga madaniyatni solishtirish orqali o'quvchi chet tilda mavjud bo'lgan predmet, tushuncha va leksik birliklar o'z ona tilida mavjud predmet, tushuncha va leksik birliklarning to'g'ridan-to'g'ri tarjimasi bilan cheklanmaslik lozimligini tushunib yetadi.

O'tgan asrning 70-yillariga kelib kommunikativ didaktika ko'proq kundalik turmushda uchraydigan muloqot vaziyatlarga tayangan holda chet til darslarini tashkil etishga katta e tibor qarata boshladi. Bu orqali til o'rganuvchilar turli muloqot vaziyatlariga til va madaniy jihatidan tayyorlanadi, madaniyatlararo muloqot tamoyillarini o'zlashtiradilar. O'zga madaniyat vakillari bilan o'zaro muloqotga kirishilganda, avvalo o'sha madaniyatning, millatning kundalik turmushi bilan bog'liq milliy va madaniy qadriyatlari, odatlari va an analari haqida yetarli ma lumot va bilimlarga ega bo'lish lozim. Shundagina ikki tomon o'rtasidagi muloqot jarayoni har ikkala tomon uchun ham oson kechadi va tushunmovchiliklar yuzaga kelmaydi. O'z fikr-mulohazasini suhbatdoshiga tushuntira olish qobiliyati ikki tomonlama o'zaro biri-birini tushunishni taminlaydi. Muloqot jarayonida suhbat mavzusi haqida ikki tomonning umumiy tasavvur, bilim va malumotga ega bo'lishi katta ahamiyat kasb etadi. Madaniyatlararo muloqot deganda faqatgina o'zga madaniyat vakili bilan yuzma-yuz holatda muloqotga kirishini tushunmaslik kerak. Chunki chet tilni o'rganayotgan yoki o'rgangan kishi o'zaro suhbat doirasidan tashqarida ham o'zga madaniyat bilan muloqotga kirishishi mumkin. Masalan, kitob o'qishi, televizor ko'rishi, radio eshitishi yoki o'rganayotgan yoki o'rgangan tilga egalik qilayotgan xalq muhitiga safar qilishi, o'sha muhitda yashashi mumkin. Bunda kishi chet tilning leksik va grammatik qirralarini puxta o'zlashtirgan bo'lsa ham, biroq muloqot jarayonida aks hollarda o'z madaniyati va ananalariga asoslanib harakat qiladi.

Yuqorida aytib o'tilganidek, madaniyatlararo muloqot jarayoni bevosita va bilvosita amalga oshishi mumkin. O'zga til va madaniyat vakili bilan o'zaro suhbatga kirishish orqali bevosita muloqot jarayoni yuzaga keladi. Bunda tilning verbal va noverbal vositalari yordamida muloqot qilinadi. Tilning verbal vositalari deganda, uning

April 23-24, 2024

1002

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

leksik qatlami tushuniladi. Tilning leksik imkoniyatlaridan kelib chiqib, uning grammatik talablariga to'g'ri amal qilgan holda jumlalar tuzish va fikrni o'z suhbatdoshiga yetkazib berish mumkin. Malumki, verbal vositalar ko'pincha noverbal vositalar bilan birgalikda qo'llanadi. Noverbal vositalarning verbal muloqot jarayonidagi vazifasi yetkazilayotgan fikrni to'ldirish, uni takidlashdan iborat. Masalan, barcha xalqlar uchun xos bo'lgan salomlashish madaniyatini olaylik. Salomlashish stereotip sifatida tili, madaniyati va e tiqodidan qatiy nazar barcha xalqlarga xos. Biroq bu vaziyatda amal qilinishi lozim bo'lgan bir qator verbal va noverbal hatti -haraktlar borki, ular bu qadriyatning milliy o'ziga xosligini belgilaydi. Masalan, o'zbeklarda chap qo'lni ko'ksiga qo'yish, sal gavdani egish, sherigiga yaqinroq turish salomlashish odobining qator shartlarining biri sanaladi. Yoki yana bir stereotip - murojaat formalarini olaylik. Sharqda, xususan O'rta Osiyo xalqlarida qarindoshlik atamalarini bevosita murojaat shakli sifatida qo'llash ananaga aylangan. O'zbeklarning kundalik turmushida umuman tanimagan, bilmagan kishiga nisbatan ota, ona, aka, singil, tog'a, amaki, xola, jiyan, kelinoyi, o'g'lim, qizim deb murojaat qilishi tabiiy hol sifatida qaraladi. Bu o'ziga xos ananana, qadriyat, bir-biriga xurmat va o'zaro yaqinlikning belgisidir. Biroq shu yo' sinda madaniy va geografik jihatidan ancha olis millat vakiliga, masalan, fransuz, ingliz yoki nemisga shu tarzda murojaat qilinsa, ular uchun bu boshqacha tuyuladi. Murojaat qilishda amal qilinishi lozim bo'lgan umumiy shartlar ham borki, bularga deyarli barcha xalqlarda bir xil amal qilinadi. Murojaat qilishdan avval o'zbeklarda "kechirasiz", "uzr", ruslarda "izvinite", fransuzlarda "pardon", nemislarda "Entschuldigung", inglizlarda "excuse me" deyilishini kuzatish mumkin.

Noverbal muloqotning ham bir qator umumiy va milliy ko'rinishlari mavjud. Noverbal vositalarning milliy va umuminsoniy xususiyatlaridan yaxshi xabardor bo'lish ham madaniyatlararo muloqot jarayonida muhim rol o'ynaydi. Noverbal vositalarga yuz harakati, gavda harakati, qo'l harakati, bosh harakati, mimik va jestik imo-ishoralar kiradi. Noverbal muloqot ham til va madaniyat ana nalaridan kelib chiqib bir qator milliy xususiyatlarni o'zida mujassam etgan. Bir millatga xos noverbal ishora o'zga millatda boshqa ma no kasb etishi yoki umuman tushunilmasligi mumkin. Asli elementar sanalgan mazkur milliy o'ziga xosliklarning ham madaniyatlararo muloqot jarayonida alohida o'rni bor. Noo'rin qo'llangan birgina imo-ishora ham muloqot muhitiga salbiy ta sir etishi mumkin. O'zbeklarda biror voqea yoki vaziyatga ishonmaslikni, suhbatdoshining aldayotganligini bildirib qo'yish maqsadida "yolg'on gapirma" "aravani quruq olib qochma", "quloqqa lag'mon osma" degan manoda qo'l bilan quloqni qoqib qo'yiladi. Bu ishorani deyarli har bir o'zbek millati vakili tushunishi va bundan u tegishli xulosa chiqarib olishi mumkin. Ammo o'zga madaniyat vakili bilan muloqot paytida mazkur ishorani qo'llash orqali yuqoridagi ta ssurotni yuzaga keltirishning iloji yo'q. Ayni shu vaziyatda fransuz millati vakili boshqacha ishorani

April 23-24, 2024

1003

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiq^avlat^edagogjka^niVBBiiiiii^^^^^^^^ïmiiïï

qo'llagan bo'lar edi. Fransuzlar mazkur holatda barmog'i bilan ko'ziga ishora qilib, ko'zning pastki qovog'ini tortib qo'yishadi. Bu ishora bilan ular "mon oeil" "mon yeux" (so'zma-so'z: "mening ko'zim", "mening ko'zlarim") "aldama", "yolg'on gapirma" demoqchi bo'ladilar. Tabiiyki, mazkur ishoraning manosini o'zga madaniyat vakili bir ko'rishda tushunib olishi qiyin.

Turli madaniyat vakillarining o'zaro muloqot jarayoni ularning bir-biri bilan tanishishi, milliy va madaniy xususiyatlarini o'rganishi uchun imkoniyat yaratadi. Olib borilgan kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, turli millat vakillarining ovqatlanish va dasturxon atrofida o'zini tutish odatlari turlicha bo'lib, bu o'z navbatida madaniyatlararo muloqot jarayonida yaqqol namoyon bo'ladi. Mazkur holat tabiiy tarzda o'zga madaniyat, millat odatlarini o'rganishga va ularni o'z madaniyatida qabul qilingan odatlar bilan qiyoslashga imkon beradi. Bejiz ushbu soha inson hayotining kundalik turmushida muhim o'rin egallab, uning ajralmas qismiga aylanmagan. Tarixiy rivojlanish jarayonida xar bir millatda ovqatlanish va dasturxon atrofida o'zini tutish va mulozamat ko'rsatish borasida o'ziga xos qadriyat, odat va ananalar shakllangan bo'lib, ularga madaniyatlararo muloqot jarayonida amal qilish muhim sanaladi.

Ovqatlanish va dasturxon atrofida o'zini tutishning bir qator umuminsoniy talablari mavjud bo'lsada, madaniyatlararo muloqot jarayonida ko'plab tushunmovchilik va ikkilanishlar kuzatiladi. O'zbek xalqi azaldan mehmondo'st millat sifatida xurmat qozongan. Mehmondo'stlik fazilatlari xalqning qalbiga chuqur singib ketgan. Xalqimizda "Mehmon otangdan ulug'", "Mehmonxonang tor bo'lsa ham, mehri diling keng bo'lsin" degan hikmatlarning zamirida ham madaniy va milliy fazilatlar o'z ifodasini topgan. Kelgan mehmonni non va tuz bilan qarshi olish odati azaldan shakllangan ummuminsoniy fazilatdir.Bu odat dunyoning aksariyat xalqlarida juda qadrlanadi. Mezbon mehmonga tuz va non ulashar ekan, bu bilan u o'zining mezbonga nisbatan xurmatini, uni qadrlashini, garchi u dushman bo'lsada, non va tuz xurmati uning hayoti va sog'ligi uchun masul ekanligini namoyon qiladi. Mazkur odat o'zbek xalqining qon-qoniga singib ketgan. Shu bois bo'lsa kerak, kelgan mehmon oldiga eng avvalo non qo'yiladi, chunki non aziz va mo'tabar ne mat hisoblanadi. Dasturxon atrofidagi mulozamatda o'zbeklarda bir qator verbal va noverbal undovlar borki, ular o'zbek millatining boy an ana va qadriyatlari bilan uyg'unlashib ketgan. Mezbonni dasturxonga chorlash, taomlarni tanovul qilishga undash, borini mezbon oldiga muhayyo qilish kabilar o'zbek milatini o'zgalardan ajratib turuvchi milliy fazilatlar jumlasidandir.

Bunday fazilat va odatlar barcha millatlarda bir xil namoyon bo'lavermaydi. Quyidagi misolni ko'rib chiqaylik:

Bir kuni nemis talabalari frantsiyalikni mehmonga chaqirishibdi. Ular mehmon uchun ajoyib dasturxon tuzatib, unga turli taom va noz-ne matlarni qo'yishibdi. Mehmondorchilik paytida fransuz qo'yilgan taomlardan va noz-nematlardan nemis

April 23-24, 2024

1004

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

mezbonlar kutganchalik iste'mol qilmabdi.Mehmon ketgandan keyin mezbonlar hayron bo'lib, mehmonga nemis taomlari yoqmadi shekilli, shu bois u xush ko'rib istemol qilmadi- deb o'ylashibdi. Fransuz esa o'z navbatida nemis mezbonlarining dasturxon atrofidagi mulozamatidan xafa bo'libdi. Aslida taomlar unga juda maqul tushgan edi. Biroq u o'z madaniyati ananalaridan kelib chiqib, mezbonlarni qayta-qayta dasturxonga chorlashini kutgan edi. Fransuzlardagi odat bo'yicha mezbon mehmonga ovqat paytida tez-tez mulozamat ko'rsatib, har safar taomga chorlab turishi lozim ekan. Nemislarda esa bu odat tusiga kirmagan. Chunki ular o'z madaniyati ananalaridan kelib chiqib munosabatda bo'lishgan. Fransuz esa buni o'zicha talqin qilib, mening tashrifim ularga malol keldi shekilli deb o'ylab yeb-emasdan uyiga ravona bo'lgan.1 Shu o'rinda takidlash joizki, fransuzlarning mehmonga munosabati bilan o'zbeklarning munosabatida shu sohada o'xshashliklar ko'zga tashlanar ekan.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, til madaniyatlar va xalqlar o'rtasidagi vosita vazifasini bajaradi. Har bir tilda xalqning turmush tarzi, madaniyati, urf-odat, anana va qadriyatlari o'z ifodasini topgan bo'ladi. Shu sabab chet tilni o'rganish va o'rgatish jarayonida o'rganilayotgan til madaniyatini ham qo'shib kompleks tarzda o'zlashtirish madaniyatlararo muloqotni samarali va ikkitomonlama foydali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Turli madaniyatlarning o'zaro muloqoti natijasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarning mazmun mohiyati va ularning ijtimoiy va madaniy ahamiyati oydinlashib boraveradi. Kishilar qalbida baFrikenglik, o'zaro xurmat tuyralari rivojlanib, xalqlar o'rtasidagi do'stlik va hamkorlik mustahkamlanadi.

REFERENCES

1.Жалoлoв Ж.Ж. Чет тил у^итиш методикаси: Чет тиллар oлий укув юртлари талабалари учун дарслик. - Т.: У^итувчи, 1996.

2.Rupprecht.S.B., Kein Huhn im Topf?, Perspectives on Language in Performance.Studies in Linguistics Criticism, and Language Teaching and Learning, Tübingen, 1987

3.L.K.Iliyeva, Chet til ta'limida izchillikni ta'minlash texnologiyasi, Toshkent 2009

1 Rupprecht.S.B., Kein Huhn im Topf?, Perspectives on Language in Performance.Studies in Linguistics Criticism, and Language Teaching and Learning, Tübingen, 1987, Seite 1013

April 23-24, 2024 International Scientific and Practical Conference

1005

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.