Научная статья на тему 'MEDIATA'LIM – TIL VA MADANIYATLARARO KOMMUNIKATSIYA KONTEKSIDA'

MEDIATA'LIM – TIL VA MADANIYATLARARO KOMMUNIKATSIYA KONTEKSIDA Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
3077
251
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
madaniyatlararo kommunikatsiya / reprezentatsiya / mediata'lim / mediasavodxonlik / super etnos / mediatizim. / intercultural communication / representation / media education / media literacy / super ethnos / media system.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Djumanova, Sanobar

Maqolada madaniyatlararo kommunikatsiyani ta'minlashda medianing o'rni haqida so'z boradi. Mediasavodxonlik tolerantlik, madaniyatlararo hamjihatlik, tenglik, ijtimoiy integratsiya, moslashuvchanlik, tinchlik va barqaror rivojlanishning asosiy komponenti sifatida tadqiq etiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MEDIA EDUCATION IN THE CONTEX OF LANGUAGE AND CULTURE COMMUNICATION

The article discusses the role of the media in ensuring intercultural communication. Media literacy is studied as its main component of tolerance, intercultural harmony, equality, social integration, flexibility, peace and sustainable development.

Текст научной работы на тему «MEDIATA'LIM – TIL VA MADANIYATLARARO KOMMUNIKATSIYA KONTEKSIDA»

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

MEDIATA'LIM - TIL VA MADANIYATLARARO KOMMUNIKATSIYA KONTEKSIDA

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-20-42-51

Sanobar Djumanova

O'zJOKU, Media nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o'qituvchisi.

Tel: 977810843

ANNOTATSIYA

Maqolada madaniyatlararo kommunikatsiyani ta'minlashda medianing o'rni haqida so'z boradi. Mediasavodxonlik tolerantlik, madaniyatlararo hamjihatlik, tenglik, ijtimoiy integratsiya, moslashuvchanlik, tinchlik va barqaror rivojlanishning asosiy komponenti sifatida tadqiq etiladi.

Kalit so'zlar: madaniyatlararo kommunikatsiya, reprezentatsiya, mediata'lim, mediasavodxonlik, super etnos, mediatizim.

MEDIA EDUCATION - IN THE CONTEX OF LANGUAGE AND CULTURE COMMUNICATION

ABSTRACT

The article discusses the role of the media in ensuring intercultural communication. Media literacy is studied as its main component of tolerance, intercultural harmony, equality, social integration, flexibility, peace and sustainable development.

Keywords: intercultural communication, representation, media education, media literacy, super ethnos, media system.

KIRISH

Globallashuv jarayonida davlat va xalqlar o'rtasidagi integratsiya va hamkorlik aloqalari kuchaymoqda. Bunda madaniyatlararo kommunikatsiyani ta'minlashda media, OAVning o'rni beqiyos. Zero, xalqaro hamjihatlik yo'lida har bir inson, jamoa va millat bashariyatning turli-tuman madaniyatlardan iborat ekanini anglashi va hurmat qilishi juda muhimdir. Uning original talqinini buyuk bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniyning "Hindiston"[6, Beruniy: 1965, 538] asarida ko'rishimiz mumkin. Unda alloma Yer yuzini faqat o'zlariga tegishli deb bilguvchilarni, faqat o'z xalqinigina odam hisoblaguvchilarni, faqat o'z hukmdorlarini podsho deguvchilarni,

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

faqat o'z e'tiqodlarini din hisoblaydiganlarni, o'zlarida mavjud narsalarnigina ilm sanaydiganlarni tanqid ostiga oladi.

Madaniyatlararo kommunikatsiya (ing. cross-cultural communication, intercultural communication) yoki madaniyatlarning o'zaro ta'siri deganda dunyo xalqlarining turli madaniyatlari vakillari o'rtasidagi turli shakllar (til, nutq, yozma, elektron va boshqa kommunikatsiya turlari)dagi bevosita va bilvosita kommunikatsiya, muloqot jarayoni tushuniladi. Madaniyatlararo kommunikatsiya fanlararo, masalan, falsafa, madaniyatshunoslik, psixologiya, lingvistika, etnologiya, antropologiya, sotsiologiya, kommunikatsiya vositalari ekologiyasi kabi yo'nalishlarda tadqiq etiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Madaniyatlararo kommunikatsiya turli madaniyatlarga tegishli bo'lgan individlar va guruhlar o'rtasidagi munosabatlar va muloqotning turli-tuman shakllari majmuidir [2]. A. P. Sadoxinaning ta'kidlashicha, "Madaniyatlararo kommunikatsiya turli madaniyatlarga tegishli individ va guruhlar o'rtasidagi munosabat va muloqot shakllarining majmuidir" [11, Старыгина: 2014, 112]. T. B. Frik esa uni "turli madaniyat vakillarining muloqotidir" [12, Фрик: 2013, 100] deydi. I.V.Denisova va A.P.Yeremenko ham shunga yaqin tasnif beradi: "o'zaro entikkommunikatsiya - turli xalq vakillari bo'lgan shaxslar o'rtasidagi muloqotdir" [8, Денисова, Еременко: 2012]

V.S.Bibler [7, Библер: 1991, 417] madaniyatlararo kommunikatsiya to'g'risida so'z yuritar ekan, madaniyatlararo muloqot maydonidagi erkin munosabatlarning alohida ijtimoiy shakli, madaniyatning yangi ko'rinishi sifatida ta'riflaydi. Bu o'rinda asosiy dolzarb masala muloqotni yo'lga qo'yishdagi to'siqlar hisoblanadi. T. N. Persikova mazkur tushunchani kommunikatsiya jarayoni ishtirokchilariga tegishli madaniy (milliy) yaqin munosabatlarga asoslangan madaniy jarayon sifatida ta'riflaydi. [10, Персикова: 2007]

Madaniyatlararo kommunikatsiya jarayonida axborot asosiy xomashyo, tovar, muloqot va munosabatlarni ta'minlab beruvchi omildir. Shuning uchun madaniyatlararo kommunikatsiya ommaviy kommunikatsiyaning bir bo'lagi, ko'rinishi sifatida jurnalistikada o'rganiladi. Madaniyatlararo kommunikatsiyani giperdiffuzionizm, madaniy shok, yuqori va past konteksli madaniyat, madaniy apropriatsiya, madaniy diffuziya, madaniy-texnologik almashuv, madaniyatlararo kompetentsiya, neoevolyutsionizm kabi tushunchalar yordamida yanada chuqurroq tadqiq etish mumkin.

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

Axborot globallashuvi, barcha tizimlarning mobillashuvi, milliy chegaralarning yuvilishi madaniyat sohasiga ham bugun o'z ta'sirini o'tkazmay qolmayapti. Bu boradagi ziddiyatlar madaniyat sohasida ko'proq namoyon bo'lmoqda. Madaniy inqilob turli madaniyat xususiyatlarini o'zida jamlagan "super etnos"ning shakllanishiga xizmat qilayotir. Bir qarashda bunga muayyan asos bordek tuyuladi. Global axborot tizimining shakllanishi, ommaviy tus olgan axborot migratsiyasi kabi xodisalar ma'lum ma'noda "global inson"ni shakllantirmoqda. Masalan, o'zga yurtda tug'ilgan, boshqa millatga mansub inson AQSh yoki Germaniyada o'qigan, Yaponiya yoki Xitoyda ishlayotgan, har xil o'zi tushgan muhitga, u yerdagi xalqning urf-odatlariga moslashishi normal holatga aylanmoqda. Begona xalq yashash tarzini qabul qilishga majbur bo'lgan madaniyatlar chorrahasida qoladi. Globallashuvning madaniy ta'siri jiddiy ekanligi ko'rinmoqda.

Madaniyatlararo kommunikatsiya nihoyatda murakkab hodisa. Masalan, barcha G'arb mamlakatlari madaniyatida kulgi va tabassum hursandchilik, hazil, ijobiy emotsiyalar in'ikosi bo'lsa, Yaponiyada xijolat tortish, ishonchsizlik belgisidir [3].

Ko'plab odamlar ko'ngilli yoki majburiy ravishda u yoki bu ijtimoiy guruhlar tarkibiga kiradilar. Bu guruhlar o'z madaniyat xususiyatlariga ega bo'lib, tuzilmaviy nuqtai nazardan ular mikromadaniyat (submadaniyat) deb ataladi va makromadaniyatning tarkibiy qismi hisoblanadi. Har bir mikromadaniyat o'zining ona madaniyati bilan o'xshashliklar va farqlanishlarga ega bo'ladi. Ayni paytda ona madaniyat mikromadaniyatdan etnik va diniy mansublik, geografik joylashuvi, iqtisodiy ahvoli jinsi va yoshi, oilaviy ahvoli va a'zolarining maqomi jihatidan farqlanadi.

Madaniyatlarning o'zaro amal qilishi, odamlarning turli guruhlarini birlashtiradi. Bir necha o'nlikdan iborat kamsonli etnoslardan to milliardlab aholiga ega bo'lgan xalqlargacha. Shuning uchun ham madaniyatlarning o'zaro amal qilishni tahlil qilganda etnik, milliy va sivilizatsiyaviy darajalarini inobatga olinadi.

Madaniyatshunos olimlarning fikricha "odamlar qancha bo'lsa, fikrlar ham shuncha", odamlarning fikrlari bir biriga doimo qarama - qarshi turadi, ayrim hollarda mojaroni keltirib chiqaradi. Madaniyatshunoslikda mojaro madaniyatlararo muomalada to'qnashuv yoki raqobat sifatida emas, balki kommunikatsiyaning buzilganli sifatida qaraladi.

G'arb olimi K.Delxes "Madaniyat nazariyasi" kitobida kommunikatsiyaviy mojarolarning uchta asosiy sabablarini ko'rsatadi, kommunikantlarning shaxsiy xususiyatlari, ijtimoiy (shaxslararo) munosabatlar va tashkiliy munosabatlar. [1,

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

Delhes: 1994] Germaniya, Skandinaviya va Niderlandiyada madaniy kommunikatsiya aniqlik, Osiyo mamlakatlarida yopiqlik va hurmat, Buyuk Britaniyada yumshoq tanqid, AQShda natija va samaraga intilish kabilar bilan farqlanadi. [4]

Mojarolarni barataraf qilish ko'rinishlari uning ishtirokchilari madaniyatlarining xususiyatlari bilan belgilanadi. Masalan, Yaponiyada ishchan hamkorliklarning qoidalaridan biri murakkab masalalarni yechishda muzokara olib borish hisoblanib, uning turlari tomonlarning og'zaki shartlashib olish asosida amalga oshiriladi. Amerikalilar esa o'z majburiyatlarini bajarmagan hamkor bilan bir stol atrofida o'tirib, tinchgina gaplashish mumkinligini tasavvur ham qila olmaydilar. Xitoyliklar esa kompromiss yoki yon berishlik tarafdorlaridir.

Muomalaning har qanday ko'rinishi singari, madaniyatlararo kommunikatsiya har bir darajada o'z maqsadlariga ega bo'ladi. Ularning amalga oshirilishi esa kommunikatsiyaning samaradorligi yoki samarasizligini keltirib chiqaradi. bu holda "madaniyaüararo kompetentsiya" tushunchasi muhim rol o'ynaydi. Oddiygina telefonda muloqot qilishning ham nihoyatda katta nozikliklari mavjud. Masalan, rasmiy idoralarda telefondagi muloqotda "ahvolingiz yaxshimi" deb so'rash yaramaydi.

Kommunikativ kompetentsiya - bu insonning turli holatlarda kerakli yo'lni topa bilish qobiliyati hamda muomala madaniyati tushunilib, suhbat davomida vaziyatlarni to'g'ri baholay olishidir. Xulosa o'rnida aytish mumkinki, madaniyatlararo kompetensiya deganda jamiyatda turli etnomadaniy guruhlar mavjudligiga ijobiy munosabatni, individning bu guruxlar vakillari bilan samarali muomalada bo'lish qobiliyati tushuniladi. Ayni bugungi tezkor jarayonda halqlarningyashab qolishi uchun muhim shartlardan biri integratsiya har bir xalq suverenligi uning madaniyati qimmatli ekanligini tan olish hisoblanadi. Bunda albatta xalqlar va madaniyatlarning o'zaro amal qilishi tolerantlik tamoyili asosida rivojlanishi zarur [2].

Madaniyatlararo kommunikatsiyada OAVning roli va o'rnini A.N.Kachalkin, T.A.Komova T.V.Kozlova, V.V.Mironov va boshqalar o'rgangan. Ularning tadqiqotlarida OAVda milliy-madaniy asosda nutq madaniyati, ijtimoiy nominatsiya yaratishda OAVning roli, OAV konteksida til va madaniyat masalalari, zamonaviy pop-madaniyatni shakllantirishda OAVning o'rni chuqur o'rganilgan. Ta'kidlash lozimki, zamonaviy madaniyatda ommaviy kommunikatsiya tizimi yetakchi omil hisoblanadi. Mass-media zamonaviy insonning olami, uning qadriyatlari, stereotiplarini shakllantiradi, madaniy muloqot konteksida mediamahsulotlar

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

mazmunida o'zaro ta'sir effekti kuzatiladi. Mediamatnlar o'zga ijtimoiy-madaniy jamiyatdagi o'ziga xosliklar xabar berishi yoki xorijiy auditoriya uchun yo'naltirilgan bo'lishi mumkin.

O.V.Zernetska fikricha, OAV madaniyatlararo kommunikatsiyani ta'minlashda quyidagi ko'rinishlarda o'zini namoyon etadi[ McQuail: 2000, 137]:

• oyna, voqeliklar bir-biriga to'qnashuvi, jarayonlar uchrashuvi uchun ochiq (jarayonga hech kim xalaqit qilmaydi);

• jamiyatda va dunyoda yuz berayotgan voqeliklar ko'zgusi (haqqoniy tasvir aks etadi), materiallarda tasvir burchagini belgilash mumkin, ishtirokchilarning barchasi ham ko'rishi mumkin bo'lgan barcha tasvirlarni ko'ra olmaydi;

• filtr, darvozabon yoki soqchi (fakt va fikrlarni saralaydi, qarashlarni bo'rttirib yoki kichiklashtirib ko'rsatadi);

• yo'l ko'rsatuvchi, gid yoki tarjimon (jumboqli yoki to'mtoq kontekslarni ochib ko'rsatadi);

• ekran yoki barer (bizni reallikdan uzib qo'yadi, olamda fantaziya yoki propaganda orqali soxta qarashni shakllantiradi).

Reprezentatsiya usullari madaniyatlar qorishuvi jarayonini kuchaytiradi. Diniy va etnik ziddiyatlar o'ta murakkab xalqaro muammolarga aylanib borayotgan hozirgi davrda madaniyatlararo, konfessiyalararo va millatlararo hamkorlik, muloqot turli negativ stereotiplarga qarshi, ziddiyatlarni bartaraf etishda turli madaniy va diniy birliklar va uyushmalar o'rtasidagi hamkorlikni shakllantirishda muhim vosita hisoblanadi.

OAV orqali auditoriyada madaniyatlararo kommunikatsiyani bag'rikenglik tamoyillarini shakllantirishda kuyidagilarga e'tibor berish muhimdir:

- Auditoriyani boshqa madaniyatlarga integratsiyalashuvining sharti hisoblangan o'z xalqi madaniyatini chuqur va har tomonlama o'zlashtirishga ko'maklashish;

- Dunyo madaniyati rang-barangligi to'g'risidagi tasavvurni, madaniy tafovutlarga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish;

- Turli madaniyat vakillari bilan o'zaro samarali ta'sirlashuv malakasini shakllantirish;

- Tinchlik, toqatlilik, insonparvar, millarlararo muloqot ruhini singdirish;

- O'z qadriyatlaridan uzoqlashgan holda, boshqa madaniyatlarning qadriyatlari, e'tiqodlari va odatlari ustidan hukm chiqarishga yo'l qo'ymaslik;

- O'z dinini boshqa dinlardan ustun qo'yish, boshqa e'tiqod vakillarini tahqirlashga, kamsitishga yo'l qo'ymaslik.

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

Bu jarayonda medianing yangi vazifasi — har qanday fuqaro ishtirok etish mumkin bo'lgan, tobora kengayib boruvchi, ko'p sonli ishtirokchilardan iborat "ijtimoiy orkestr"ning uyg'unligiga hissa qo'shishga harakat qilishdir. Bularni mediata'limsiz amalga oshirish imkonsizdir.

Bugungi dunyo manzarasini kuzata turib, amerikalik taniqli siyosatshunos Samyuel Xantingtonning Uchinchi jahon urushi haqidagi fikri esga tushadi: "Mening fikrimcha, - deb yozgan edi u, - yangi shakllanayotgan dunyoda ixtiloflar manbai mafkura ham, iqtisod ham bo'lmaydi. Insoniyatni ajratib turgan qaltis chegara va asosiy ixtilof manbai madaniyat bo'lib qoladi. Milliy davlatlar xalqaro munosabatlarda bosh ishtirokchi maqomida qolsa-da, global siyosatning eng yirik ixtiloflari turli millat va tamaddunga mansub guruhlar o'rtasida yuz beradi. Ushbu tamaddunlarni ajratib turuvchi chiziqlar kelajakda front chiziqlari bo'ladi"[Xantington: 1999, 552].

Mediata'lim va madaniyatlararo kommunikatsiya sohalari bog'liqligini quyidagicha izohlash mumkin:

1. Mediata'lim va madaniyatlararo muloqot tushunchalari doimo yondash keladi. Xalqaro media axboriy savodxonlik va madaniyatlararo muloqot universiteti tarmog'i bunga misoldir.

2. Mediata'lim bo'yicha Gryunvald Deklaratsiyasida "Axborot vositalarining muqarrar kuchini muhokama qilish yoki ma'qullash o'rniga biz uning hayotning barcha jabhalariga jiddiy ta'sir ko'rsatishi va singib borishini mavjud fakt sifatida tan olishimiz, shuningdek, ularning zamonaviy madaniyatning ajralmas elementi sifatidagi ahamiyatini hisobga olishimiz zarur.

Siyosiy va ta'limiy dasturlar shuni tan olishi kerakki, fuqarolar tomonidan kommunikatsiya hodisasini tanqidiy anglashga ko'maklashish ularning majburiyatini tashkil etadi... mediata'lim bo'yicha dalillar ongli fuqarolikni tayyorlash vositasi sifatida hozir muayyan ikkilanishlarga sabab bo'lsa, eng yaqin kelajakda, kommunikatsion texnologiyalarda sakrash ro'y bergach, ushbu dalillar muqarrar bo'lib qoladi"[Muratova: 2019, 112], deyiladi.

3. Eng muhimi, mediasavodxonlik dinlararo bag'rikenglik, madaniyatlararo hamjihatlik, tenglik, ijtimoiy integratsiya, moslashuvchanlik, tinchlik va barqaror rivojlanishni o'z asosiy komponenti sifatida namoyon etadi.

Mediata'limdan ko'zlangan asosiy maqsad mediasavodxonlikni shakllantirishdir. Boisi savodxonlikning aynan shu turi insonga axboriy maydonda televideniye, radio, video, kinematograf, matbuot, internet, mediamadaniyatning tilini tushunishga,

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

axborotlarni tahlil etish yo'li bilan qabul etishga, axborotlardan faol foydalanishga yordam beradi. Mediasavodxon odam sotsiomadaniy, siyosiy konteksdagi medianing faoliyatini tahlil etish, baho berish qobiliyatga ega bo'ladi.

Xo'sh, mediata'lim madaniyatlararo kommunikatsiya konteksida, xususan, fan, ta'lim va madaniyatlararo kommunikatsiya jarayonlarida xavfsizlikni ta'minlashda qanday o'rin tutadi?

Bugun insoniyat uning ma'naviyati, badiiy-estetik didi, ijtimoiy va intellektual qadriyatlari va qiziqishlariga ta'sir etuvchi katta miqdordagi axboriy oqimga duch kelmoqda. Mediadagi axborot har bir millat, madaniyatning o'ziga xos tafakkuri va taraqqiyotini, dunyoni idrok etish shaklini namoyon etadi. Bir paytning o'zida media madaniyat tashuvchi vosita sifatida atrof-olamni noadekvat qabul qilish, kommunikativ xatoliklar va madaniyatlararo tushunmovchiliklarga yo'l qo'yish, kelgusida o'zaro konfliktlarga olib kelishi mumkin bo'lgan noturg'un vaziyatlarni yuzaga keltirishi mumkin.

Milliy madaniyatlar turfa. Shaxslararo muloqotlardan tortib millatlararo aloqalarning barcha darajalarida muvaffaqiyatli va xavfsiz madaniy kommunikatsiyada dunyoning madaniy xilma-xilligi, u yoki bu madaniyatning xarakterli belgilari to'g'risida tasavvurga ega bo'lish nihoyatda muhim. Xususan, o'zi va jamiyatni anglash (har bir madaniyat vakilida yorqin aks etuvchi qulay individual muhit, madaniyatning tuzilishi, shakli); tashqi ko'rinishi va kiyinishi (kiyimi, zeb-ziynat va pardozi); ovqatlanishi va dasturxon atrofida o'zini tutishi; vaqt va uni idrok qilish qonuniyatlari (sutkalik vaqt hisobi, yilning fasllarga bo'linishi, masalan, Yangi yil Yevpora mamlakatlarida qorli ob-havoda kutib olinsa, bu Avstraliyada jaziramaga to'g'ri keladi); mehnatni tashkil etish va ishga munosabat (mehnat va uning foydaliligini tushunish (ba'zi mamlakatlarda mehnat mashaqqat va ayrimlarida rohat deb qabul qilishini), mehnatning bo'linishi, ish turlari va printsiplari va h.k.); kommunikatsiya (verbal va noverbal) va til; o'zaro munosabatlar (yoshi, jinsi, mavqei, qarindoshlik darajasi, ijtimoiy ahvoli, bilim va salohiyatiga ko'ra; oila tushunchasi va uning boshi, gender tengligi va b.); me'yor va qadriyatlar (ijtimoiy talablar, axloqning ustuvor shakllari, qadriyatlar va urf-odatlar); diniy e'tiqod va tushunchalar tizimi; intellektual faoliyat va ta'lim usullari va boshqalar

E. Xoll va L. V. Kulikova olib borgan tadqiqot tahliliga ko'ra, madaniyatlar va ularni farqlovchi xususiyatlar bir-biridan izolyatsiyalanmagan. Shu bilan birga, ularni yaxlit kompleks sifatida ko'rish ham murakkab ish. Madaniyatlararo munosabatlar doimiy ravishda kengayib va chuqurlashib bormoqda. Bu bir madaniyatga taalluqli

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

muloqotlarga qaraganda konfliktogen xususiyatga egadir. Bundagi muammolar turli madaniyatga ega xalqlar o'rtasidagina emas, bitta lingvomadaniyatga tegishli submadaniyatlar o'rtasida ham uchrashi mumkin. Turli madaniyatlar o'rtasidagi verbal va noverbal belgilarni "to'g'ri o'qish", pragmatik natija olish uchun hamkorlik faoliyatini tashkil etish madaniyatlararo kommunikatsiyaning muvaffaqiyatli mexanizmini ta'minlab beradi. Xorijiy tilni madaniyatlararo kommunikatsiyada bir-birini tushunish jarayonini sezilarli darajada yengillashtiradi, ziddiyat keltirib chiqaruvchi omillarni yumshoqlik bilan chetlab o'tish imkonini beradi.

XULOSA

Bugungi globallashuv davrida hech qaysi davlat ta'lim, fan, madaniyat sohasidagi millatlararo kommunikatsiyasiz taraqqiy eta olmaydi. Ayniqsa, siyosiy va iqtisodiy yetakchilikni qo'lga olgan qudratli davlatlarning boshqa mamlakatlarga ta'siri kattadir. Ularning tarixi, madaniyati, siyosiy va iqtisodiy tizimi, ta'lim va sog'liqni saqlash tizimini o'rganish, unga intilish kuchayib boradi.

Transmadaniy o'zaro ta'sir turli milliy ta'lim tizimlari o'rtasida ham kuzatilishi mumkin. Saudiya Arabistoni, Isroil, Yaponiya etnomilliy nuqtai nazardan gomogen emas. Madaniyatlararo kommunikatsiyada bu yorqin ko'zga tashlanadi. Bugungi kunda dunyoviy integratsiyalashgan taraqqiyot markazlarini aniqlash qiyin.

Ularning mediatizimlari ham OAV, kino orqali madaniyati, turli loyihalarda ta'limini ommalashtirib boradi. Mediata'lim mana shu ta'sirni yumshatib beradi. Avvalo, mediata'lim mediamatnlarning ta'lim va tarbiya sohasida, ongni rivojlantirish, xatti-harakatlar, qarashlar, reaksiyalar, javoblarni, axborot tarqatilishini shakllantirish va h.k. bo'yicha auditoriyaga ta'sirini yumshatadi. Auditoriyani verifikatsiya — mantiqiy usullar yordamida qabul qilingan va uzatilgan axborotlarning muvofiqligini aniqlash, faktcheking — faktlarni tekshirish, uning yordamida chop etilgan faktlar bilan haqiqatda mavjud bo'lgan faktlar o'rtasidagi nomutanosibliklarni tekshirishga o'rgatadi. Natijada auditoriya kinosanoati, reklama va medianing boshqa turlarida madaniy to'qnashuvlar yuzaga kelganida, turli axboriy metod va texnologiyalar yordamida tayyorlangan mahsulotning ta'siridan yaxshi himoyalanadi. Madaniy turli-tumanliklarni yaxshi farqlaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Delhes K. Soziale Kommunikation. Opladen, 1994.

2. http: //j urnal. org/articles/2017/kult 1 .html

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

3. https: //studme.org/90310/kulturologiya/formy_tipy_elementy_mezhkultumoy_k ommunikatsii

4. https://www.bbc.com/russian/business/2014/11/141030_vert_cap_talk_shock

5. McQuail D. Mass Communication theory. London: Sage Publicatios, 1996. Р. 65. Цит. по: Зернецкая О.В. Новостийные медиа в политическом дискурсе // Методология исследований политического дискурса: актуальные проблемы содержательного анализа общественно-политических текстов. Вып. 2./ Сост. и общ. ред. И.Ф.Ухвановой-Шмыговой..Минск, 2000. С.137.

6. Беруний, Абу Райхрн. Танланган асарлар. Т.: "Фан", 1965, 538-бет.

7. Библер В. С. От наукоучения — к логике культуры. — 1991. — Политиздат, 1991. — 417 с. — ISBN 5-250-00739-2.

8. Денисова И. В., Еременко А. П. Типы межкультурных коммуникаций // IV Международная студенческая электронная научная конференция «Студенческий научный форум» 15 февраля - 31 марта 2012 года. — 2012. Архивировано 10 июля 2015 года.

9. Журналистикада медиа ва ахборот саводхонлиги / Н. Муратова, Э. Гризл, Д. Мирзахмедова — Тошкент: Baktria press, 2019. — 112 б.

10. Персикова Т. Н. Межкультурная коммуникация и корпоративная культура: Учебное пособие. — 2002. — М.: Логос, 2007.

11. Старыгина Г. М. Межкультурная коммуникация: Учебно-методическое пособие. — Благовещенск: Амурский гос. ун-т, 2014. — 112 с.

12. Фрик Т. Б. Основы теории межкультурный коммуникации: учебное пособие. — Томск: Томский политехнический университет, 2013. — 100 с.

13. Хантингтон С. Столкновение цивилизаций и преобразование мирового порядка // Новая постиндустриальная волна на Западе: Антология / Под ред. В.Л.Иноземцева. - М., 1999, С 552.

14. Khasanova G. K. The success and education system of South Korea and Japan //Наука сегодня: проблемы и пути решения. - 2021. - С. 94-95.

15. Khusanovna K. G. Essential features of vocational education systems in Uzbekistan and Japan //European science review. - 2018. - №. 3-4.

16. Хашимова С. On some features of teaching foreign language for students of non-philological areas at the initial stage. - 2019. - Евразийское Научное Объединение. - С. 334-338.

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

17. Hashimova, S. A., & Nasirova, S. A. (2021). FEATURES OF FORMING OF ANIMATED NOUNS WITH THE AFFIXES IN MODERN CHINESE LANGUAGE. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 1-10

18. Nasirova, S. A. (2020). CONCEPTS OF ^H CHINESE DREAM" AND ^ ^ ® ^ ^ " COMMUNITY OF THE ONE FATE OF HUMANITY"-A LINGUISTIC AREA. Journal of Central Asian Social Studies, 7(01), 05-14.

19. Abdullaevna, N. S. (2020). Lexical-semantic and cognitive specifics of political discourse (based on Si Jinping's speeches). ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 70(5), 1086-1092.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.