Научная статья на тему 'YAPON TILIDA LEKSIK VA GRAMMATIK LAKUNALAR TARJIMASIDA DUCH KELINADIGAN MUAMMOLAR. ULARNI O’QITISH DAVOMIDA QO’LLANILADIGAN INTERFAOL METODLAR, ULARNING TAVSIFI VA SAMARADORLIGI'

YAPON TILIDA LEKSIK VA GRAMMATIK LAKUNALAR TARJIMASIDA DUCH KELINADIGAN MUAMMOLAR. ULARNI O’QITISH DAVOMIDA QO’LLANILADIGAN INTERFAOL METODLAR, ULARNING TAVSIFI VA SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
196
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lingvokulturologiya / lakuna va lakunariylik hodisasi / IT-kompetensiya / innovatsion ta’lim texnologiyalari / linguoculturology / lacuna and lacunarity / IT-competencies / innovative learning technologies.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Kodirova, Shaxnoza Abduraxmonovna, Myrzalieva, Ainura Kerimbekovna

“Yapon tilida leksik va grammatik lakunalar tarjimasida duch kelinadigan muammolar. Ularni o’qitish davomida qo’llaniladigan interfaol metodlar, ularning tavsifi va samaradorligi.” mavzusidagi mazkur maqolada talabalarga yapon lingvomadaniyatidagi lakunariylik hodisalarini tushuntirishda turli interfaol metodlar va zamonaviy pedagogik hamda axborot texnologiyalardan foydalanish, ularning samarasi xususidagi mulohazalar keltirilgan. Maqola nazariy va amaliy qismlardan iborat bo’lib, amaliy qismda nazariy qismda izohlangan mavzuning yangi ped texnologiyalar yordamida dars jarayoniga tadbiq qilinish usullari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INTERACTIVE METHODS USED IN TEACHING THE PROBLEMS ENCOUNTERED IN THE TRANSLATION OF LEXICAL AND GRAMMATICAL LACUNAS IN JAPANESE, THEIR DESCRIPTION AND EFFECTIVENESS

This article on the topic: "Interactive methods used in teaching the problems encountered in the translation of lexical and grammatical “lacunas” in Japanese, their description and effectiveness” provides feedback on the use of various interactive methods and modern pedagogical and information technologies in explaining the phenomenon of lacunarism in Japanese cultural linguistics. The article consists of theoretical and practical parts, and the practical part, ways are given to apply the topic presented in the theoretical part to the educational process using new technologies.

Текст научной работы на тему «YAPON TILIDA LEKSIK VA GRAMMATIK LAKUNALAR TARJIMASIDA DUCH KELINADIGAN MUAMMOLAR. ULARNI O’QITISH DAVOMIDA QO’LLANILADIGAN INTERFAOL METODLAR, ULARNING TAVSIFI VA SAMARADORLIGI»

R 0#

YAPON TILIDA LEKSIK VA GRAMMATIK LAKUNALAR TARJIMASIDA DUCH KELINADIGAN MUAMMOLAR. ULARNI O'QITISH DAVOMIDA QO'LLANILADIGAN INTERFAOL METODLAR, ULARNING TAVSIFI VA

SAMARADORLIGI

Myrzalieva Ainura Kerimbekovna

Qirg'iziston davlat universiteti, Yaponshunoslik kafedrasi katta o'qituvchisi

"Yapon tilida leksik va grammatik lakunalar tarjimasida duch kelinadigan muammolar. Ularni o 'qitish davomida qo 'llaniladigan interfaol metodlar, ularning tavsifi va samaradorligi." mavzusidagi mazkur maqolada talabalarga yapon lingvomadaniyatidagi lakunariylik hodisalarini tushuntirishda turli interfaol metodlar va zamonaviy pedagogik hamda axborot texnologiyalardan foydalanish, ularning samarasi xususidagi mulohazalar keltirilgan. Maqola nazariy va amaliy qismlardan iborat bo'lib, amaliy qismda nazariy qismda izohlangan mavzuningyangi ped texnologiyalar yordamida dars jarayoniga tadbiq qilinish usullari keltirilgan.

Kalit so'zlar: lingvokulturologiya, lakuna va lakunariylik hodisasi, IT-kompetensiya, innovatsion ta'lim texnologiyalari

INTERACTIVE METHODS USED IN TEACHING THE PROBLEMS ENCOUNTERED IN THE TRANSLATION OF LEXICAL AND GRAMMATICAL LACUNAS IN JAPANESE, THEIR DESCRIPTION AND

EFFECTIVENESS Kodirova Shakhnoza Abdurahmonovna Samarkand state institute of foreign languages Faculty of Oriental languages, teacher. shaxnoza-90-77@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.6653766

Kodirova Shaxnoza Abduraxmonovna

Samarqand davlat chet tillar instituti "Sharq tillari'Takulteti o'qituvchisi shaxnoza-90-77@mail.ru

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

This article on the topic: "Interactive methods used in teaching the problems encountered in the translation of lexical and grammatical "lacunas" in Japanese, their description and effectiveness" provides feedback on the use of various interactive methods and modern pedagogical and information technologies in explaining the phenomenon of lacunarism in Japanese cultural linguistics. The article consists of theoretical and practical parts, and the practical part, ways are given to apply the topic presented in the theoretical part to the educational process using new technologies.

Key words: linguoculturology, lacuna and lacunarity, IT-competencies, innovative learning technologies.

ИНТЕРАКТИВНЫЕ ПРИЁМЫ, ИСПОЛЬЗУЕМЫЕ ПРИ ОБУЧЕНИИ ПРОБЛЕМАМ, ВОЗНИКАЮЩИМ ПРИ ПЕРЕВОДЕ ЛЕКСИКО-ГРАММАТИЧЕСКИХ ЛАКУН В ЯПОНСКОМ ЯЗЫКЕ, ИХ ОПИСАНИЕ

И ЭФФЕКТИВНОСТЬ Кодирова Шахноза Абдурахмоновна Самаркандский государственный институт иностранных языков Преподаватель факультета восточных языков shaxnoza-90-77@mail. ru

АННОТАЦИЯ

В данном статье на тему: «Интерактивные приёмы, используемые при обучении проблемам, возникающим при переводе лексико-грамматических лакун в японском языке, их описание и эффективность.» предоставляется отзывы об использовании различных интерактивных методов и современных педагогических и информационных технологий в объяснении феномена лакунаризма в японской лингвокультурологии. Статья состоит из теоретической и практической частей, а в практической части даются способы применения изложенной в теоретической части темы к учебному процессу с использованием новых педагогических технологий.

Ключевые слова: лингвокультурология, лакуна и лакунарность, IT-компетпнции, инновационные технологии обучения.

KIRISH

Zamonaviy auditoriyalar avvalgilaridan juda katta farq qiladi.Hozirgi kunda zamonaviy televizorlar, planshetlar, kompyuterlar, iPad, smart-doskalar va boshqa turdagi ta'lim texnologiyalari bilan jihozlangan auditoriyalar kundan kunga doilzarblashib zamon talabi darajasiga chiqmoqda. Dunyoning barcha rivojlangan mamlakatlarida bo'lgani kabi O'zbekistonda ham raqamli avlodning yetti ekranli avlodi - televizor, kompyuter, planshet, tablet, fablet, smartfon va smart-soatlari paydo bo'ldi. Bunday zich raqamli muhitga ega bo'lish va u bilan doimiy o'zaro munosabat natijasida bugungi kun talabalarining fikrlashi va axborotlarga ishlov berish jarayonlari oldingi fikr yuritish va axborot jarayonlaridan tubdan farq qiladi. Yashil yoki qora doskani markerli oqiga yoki smart doskalarga, markerga o'zgartirish hech narsani o'zgartirmaydi, ya'ni zamonaviy talabalarni bilim olishga va mehnat bozorida muvaffaqiyatga erishish ko'nikmalarini rivojlantirishga undash usuli bo'la olmaydi. [10] Axborot va kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan innovatsion ta'lim texnologiyalari va didaktik modellarni ommaviy va samarali qo'llash orqali ta'lim tizimini raqamli avlodga moslashtirish zarur. Shu bilan birga, ta'lim jarayonida tadqiqotga asoslangan yondashuvdan faol foydalanish , ilmiy tadqiqotda talabalarning ko'nikmalarini rivojlantirish va IT-kompetensiyaga asoslangan ijodiy qobiliyatlarini va ijodiy fikrlashlarini shakllantirish mumkin. Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari - ta'lim tizimidagi barcha muammolarga yechim emas, balki raqamli avlod uchun turli leksiyalar va seminarlar va amaliy mashg'ulotlarni ma'lumotlarga boy va interaktiv qilib amalga oshirish vositasidir. Alohida e'tirof etish lozim bo'lgan jihatlardan biri, ta'lim jarayonida o'qituvchilar o'quvchilarning qiziqish va ehtiyojlariga yo'naltirilgan interfaol o'quv jarayonida asosiy rolni saqlab qoladi. O'qituvchining o'rni, obro'si va uning faoliyatining samaradorligi faqatgina kurs mazmunidagi bilimlar darajasi va uning pedagogik qobiliyatiga emas, balki muayyan o'quv materialini to'plash, qayta ishlash va o'qitishda talabalarning zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini qay darajada qo'llash darajasiga bog'liq bo'ladi. Boshqa so'z bilan ta'kidlaganda, raqamli asrda ta'lim qayta ko'rib chiqilishi va ta'lim paradigmasi o'zgartirilishi kerak. Bunga sabab, talabalar oddiy an'anaviy uslubda o'qishni xohlamaydilar va o'qituvchilar ham bu kabi odatiy usulda o'qitishni davom ettirishlari maqsadga muvofiq emas. Zamonaviy interfaol usullar o'qituvchi va talabalar orasida o'zaro muloqotdan tashqari ularning ham bir birlari bilan o'zaro munosabatda bo'lishlarini anglatadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mazkur maqolada tilshunoslikdagi "Lakuna" tushunchasini zamonaviy ped-texnologiyalar yordamida talabalarga yetkazish yo'llari qarab chiqiladi. Mavzuni atroflicha yoritish uchun avvalambor "Lakuna" tushunchasi haqida biroz to'xtalib o'tish joiz. "Lakuna" iborasi lotincha "lacuna" - bo'shliq, chuqurlik, cho'nqir joy; fransuzcha "lacune" - bo'shliq, bo'sh joy so'zlaridan olingan bo'lib, fanga birinchi marotaba kanadalik tilshunos olimlar J. Darbelne hamda J.P. Vinelar tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan va olimlar tomonidan "Bir tildagi so'z boshqa tilda muqobilini topa olmagan o'rinlarda har doim lakuna hodisasi voqelanadi" [7] degan ta'rif berilgan.

Turli madaniyatlar qorishib borayotgan XXI asrda turli davlatlar, tillar, millatlar, xalqlar, ularning madaniyatlariga qiziqish, ular ustida turli tadqiqotlar olib borish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bir-biriga yaqin va uzoq bo'lgan 2ta milliy madaniyat hech har qanday holatda ham ham bir - biriga to'liq 100% mos tushmaydi. Qabul qiluvchi (Retsipient)ning boshqa madaniyatdagi matnni o'z madaniyati doirasida qabul qilishi o'zga madaniyatni noto'g'ri tushunishga, tushunmaslikka va hattoki, ayrim hollarda madaniyatlararo ziddiyat hamda to'qnashuvlarga sabab bo'ladi. Leksik (Lisoniy) to'siqlar mavjud bo'lmagan hollarda ham aynan madaniyatlardagi noo'xshahshliklar va farqlarning mavjudligi madaniyatlararo muloqotga xalaqit berishi mumkin. Lingvomadaniyatlar jamoasining milliy xususiyatlarini ifodalovchi "lakuna"lar chet tillarni o'rgatishda o'ziga xos to'siq hisoblanadi. Biroq, madaniyatlararo muloqot tajribasi mazkur madaniyatlarning milliy o'ziga xos farqlaridagi qiyinchilik va tushunmovchiliklarni bartaraf qilishda turli usullarning mavjudligini ko'rsatadi. Jumladan, O.A. Donskix, I.Y. Markovina, G.A. Antipov va Y.A. Sorokinlar ijtimoiy lakunalarni bartaraf qilishning 2 usulga ajratadi. Ular to'ldirish va kompensatsiyalash usullaridir. "Lakuna"larni to'ldirish qabul qiluvchi (retsipient) uchun boshqa madaniyatga tegishli bo'lgan ayrim tushunchaning ma'nosini ochib berish jarayonidir. [8] Lakunalarni to'ldirishning eng ko'p tarqalgan turi matn tarjimasida milliy - madaniy xususiyatga ega bo'lgan unsurni saqlab qolishdir. Ijtimoiy " lakuna" larni bartaraf etishning yana bir usuli kompensatsiyalash usuli hisoblanib, uning asosiy vazifasi sifatida milliy o'ziga xos to'siqni olib tashlash keltiriladi. Matndagi lakunalarni kompensatsiyalashning eng sodda turi boshqa madaniyatga oid bo'lgan parchani retsipient tilida berishda muallif tomonidan oddiy leksik birliklar yoki realiyalardan foydalanish hisoblanadi.

Til sistemalarida va madaniyatlarida milliy o'ziga xos (o'zaro mos kelmaydigan, farqlanuvchi) elementlarning mavjudligi masalasi oxirgi o'n yilliklarda jahon tilshunoslari tomonidan turlicha aspektlarda tadqiq qilinib, bu farqlar yuzasidan

quyidagi turli xil atamalar orqali talqin qilinib kelinmoqda. Zamonaviy tilshunoslikda ular "lakuna" deb atalib, ular turli tilshunoslar tomonida turlicha ta'riflangan. Jumladan, J.P.Vine, V.L.Muravyov, J.Darbelne va boshqalar "tushirib qoldirilgan tushuncha" (probel, lakuna), K.Xeyl "tilning semantik xaritasidagi «oq dog'lar», tushirib qoldirilgan tushunchalar" (антислова, пробелы, лакуны, или белые пятна на семантической карте языка), Yu.S.Stepanov "tarjimaga tortilmaydigan so'zlar" (примеры непереводного характера), V.G.Chernov "ekvivalentsiz leksika, nol leksema, leksik nol" (лексический нуль, нулевая лексема), I.A.Sternin "ekvivalentsiz, yoki fon ma'noli leksika, L.S.Barxudarov, E.M.Vereshagin "bir til matnidagi til taraqqiyotining keyingi bosqichlarida tushuniladigan qorong'i ma'noli so'zlar-tasodifiy qoldirib ketishlar" va shu kabi ta'riflar keltirilgan. [4] Tasodifiy lakunalar madaniyatlararo muloqotda jig'iga tegadigan elementlar - turlicha etnik jamoalar olamning milliy manzarasidagi ichki obraz, tarjima qilinmaydigan leksika, adekvatsiz leksika va turli izohlar bilan ham keltirilgan ta'riflarni ham uchratish mumkin.

Yapon tilidan o'zbek tiliga tarjima jarayonida duch kelinadigan "lacuna" muammosi, o'z navbatida o'zbek tilidan yapon tiliga tarjima qilish jarayonlarida ham o'z aksini topadi. Bu muammolar ayniqsa, hozirgi davrda dolzarb ko'rinishga kelayotgan va ommalashayotgan turli ertaklar, bolalar multiplikatsion filmari , kinofilmlar va boshqa tarjima turlarida o'z aksini topadi. [6]

"Lakuna" tushunchasi mazmun mohiyatining nazariy jihatlari yoritib berildi. Endi yapon tilidagi leksik va grammatik lakunalar tarjimasida duch kelinadigan muammolarni o'qitish davomida foydalanilgan samarali interfaol metodlarni keltiramiz.

Shaxslararo muloqot, munosabatlarni ifodalovchi lakunalarni o'rgatishda foydalanish tavsiya qilinayotgan mazkur metod haqidagi tadqiqotlarimizda "GIRI" atamasiga to'xtalib o'tmasdan ilojimiz yo'q. Bu atama ham boshqa tillarga faqatgina izoh yordamida tushuntiriladigan, lekin boshqa millat vakillari tomonidan qo'llanila olmaydigan atamalardan biri hisoblanadi. Mazkur tushunchani unga beriladigan quyidagi 3 ta ta'rif bilan izohlash mumkin.

1. Qarz yoki qarzdor.

2. Shaxslar amal qilishi majburiy bo'lgan jamiyatdagi tartib - qoidalar majmui.

3. Shaxslar hatto o'z xohishlariga qarshi turib bo'lsa ham, amal qilishlari majburiy bo'lgan, yozilgan yoki yozilmagan yurish-turish intizomi va o'zini tutish qoidalari.

Yuqorida keltirilgan izohlardan "GIRI" atamasining ta'rifinigina tushunish mumkin. Lekin aslida, bu tushunchaning tub mohiyatini tushunish yoki tushuntirish juda murakkabdir. Yaponlar "GIRI" atamasini qadim zamonlardan beri qo'llashadi. Dastlab, yaqinlaringiz tomonidan sizga qilingan yaxshilikga qaytarilgan javobni ifodalashda ishlatilgan.

Hozirgi kunga kelib, "GIRI" atamasi juda keng qamrovli tushuncha bo'lib, oddiy "qarzdorlik"dan ko'ra yuqoriroq ma'noni ifodalaydi. Bunda, "jamiyat oldidagi qarzdorlik", "ma'naviy majburiyat", yoki "insoniylik yuzasidan qarz" ma'nolarini anglatadi. Misol tariqasida bemor yotgan odamga ma'lum miqdorda moddiy yordam berilganda, bemoz tuzagandan so'ng "GIRI" sifatida ushbu mablag'ning biroz qismini yordam bergan odamga minnatdorchilik tariqasida kichik sovg'a beriladi. Bundan tashqari oilaviy munosabatlarda ham "giri" atamasini uchratishimiz mumkin. "Giri no haha" - qaynonam (majburiy ona), "giri no chichi" - qaynotam (majburiy ota) va turmush o'rtog'ining boshqa oila a'zolarini atashda qo'llaniladi. Yapon lingvomadaniyatida uchraydigan "GIRI" atamasini zamonaviy metodlardan biri hisoblangan Rus tilidagi adabiyotlarda "Весы" tarzida uchratish mumkin bo'lgan "Tarozi" texnologiyasi yordamida tushuntirish mumkin. Mazkur texnologiya, munozarasi turli mazmunli mavzularni o'rganishda va o'rgatishda qo'l keladi. [10] Lingvomadaniyatshunoslikdagi yagona tarjima variantiga ega bo'lmagan "lakuna" tushunchasi ham ana shunday munozarali mavzulardan biri hisoblanadi. Bunda, talabalar guruhdagi talabalar soniga ko'ra 2 guruhga ajratiladi. Har bir guruhga lakunariylik hodisasi mavjud matn beriladi va har bir guruh tarjimasiz leksika hisoblangan lakunalarni tarjimada qay ko'rinishda ifolash mumkinligi haqida o'z fikr va mulohazalarini keltiradilar.

Bunda, 1-guruh va 2-guruh talabalari "giri" lakunasining yuqorida keltirilgan ta'riflarini yozadilar va bu ta'riflar guruhda birgalikda muhokama qilinadi. Egallangan bilimlar mustahkamlanadi.

Bundan tashqari, mazkur metod yordamida yapon lingvomadaniyatida uchraydigan, fr & (kana) tugallanuvchi qo'shimchasining ham qanday tarjima qilinishi maqsadga muvofiqligi ustida 2 guruhga savol o'rtaga tashlanadi. Bunda,

1 guruh: Ikkilanganlikni yumshoq tarzda ifodalash.

2 guruh: Ishonchsizlik ifodasi.

kabi javoblarni keltirishi mumkin. Shundan so'ng, har ikkala guruh vakillarining keltirgan javoblari (kana) tugallanuvchi qo'shimchasi ishtirokida gaplar tuzish orqali muhokama qilinadi.

Leksik va grammatik lakunalarni o'rgatish va berilgan bilimlarni mustahkamlash uchun qo'llaniladigan zamonaviy hamda samarali pedagogik texnologiyalardan yana biri sifatida, "Ikki qismli kundalik" metodini ham ko'rsatib o'tishimiz mumkin. Bu metodda talabalar guruh bo'lib emas balki, yakka tartibda mashqlarni bajarishlari kerak bo'ladi. Akademik guruhdagi har bir talabaga ltadan oq qog'oz tarqatiladi va qog'oz o'rtasidan to'g'ri chiziq chiziladi. Birinchi qismga lakunalar ustun shaklida yozib chiqiladi . Ikkinchi qismga esa, ularning izohlari keltiriladi. Masalan, fe M (senpai) va M M ( kouhai ) ham yapon lingvomadaniyatiga xos bo'lgan tushunchalar (lakuna) hisoblanadi. Demak, bunda talaba oq qog'ozining birinchi qismiga % M (senpai) yoki MM (kouhai) so'zlarini va ikkinchi qismiga esa, mazkur so'zlarning izohini yozadi. Natijada, so'z ham, tarjimasi ham o'rgatiladi.

Umuman olganda, dars jarayonida qo'llaniladigan interfaol meodikalarning har biri ham o'ziga yarasha samarali va talabalarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg'otishga xizmat qilishi tabiiydir. Ammo, o'qituvchi o'z pedagogik mahoratidan kelib chiqqan holda to'g'ri metodikani tanlay olishi maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodlarni qo'llashda kutiladigan natijalar sifatida yangi bilimlarni bera olish, doimiy nazorat, zeriktirmaslik hamda adolatli baholash kabilarni aytishimiz mumkin. Talabalarda esa shubhasiz, yangi bilimlarni o'zlashtirish, mustahkamlash, baholanish, yakka yoki guruh bo'lib ishlash ko'nikmalarini hosil qilish va egallash kabi ijobiy natijalarga erishiladi. Tavsiya sifatida shuni aytish mumkinki, har bir mavzuni yoritish va darni tashkil qilishda, mavjud metodikalarning eng moslarini tanlay olish va ulardan to'g'ri foydalanish, mavzuni to'liq qamrab oladigan qo'shimcha ma'lumotlar yig'ish lozim.

REFERENCES

1. Алпатов В.М. Япония: язык и общество. М.:Муравей, 2003. - 208с. -(Японский язык и японская культура).

2. Быкова Г.В. Лакунарность как категория лексической системологии. Благовещенск.: Изд-во БГПУ: 2003.- 364c.

3. Дымарский М.Я. Возможно ли онтологическая интерпритация понятия лакуны // Лакунарность в языке, картина мира , словаре и тексте. Новосибирск Изд— НГПУ 2009

4. Стернин И.А. Лексическая лакунарность и понятийная безэквивалентность. Воронеж: 1997.- C180.

Ilmiy-amaliy anjuman materiallari

5. Байкабилов У.А. "Таълимда инновацион педагогик технологиялардан фойдаланиш боскичлари." Science and education scientific journal. Volume 1 / Issue 2/ September 2020

6. Kurbonova G.I. O'zbek va yapon xalq ertaklarining qiyosiy tahlili ("Oltin tarvuz" va [T^^M^^J - "Chumchuqning minnatdorchiligi haqida" ertaklari misolida). XORIJIY FILOLOGIYA til • adabiyot • ta'lim. - Samarqand. - 2021. №3 (80). B. 6266

7. Санакулов З., Журабоев Б. "Чет тили укитиш методикасида замонавий методлар." Academic research in educational sciences. Volume 2/ Issue4/2021.

8. • ^^ LtXfolMM • 2006 ^

9. https://uz.denemetr.com/docs/768/index-33950-1 .html?=4

10. https://cyberleninka.ru/article/n/ta-limda-innovatsion-pedagogik-texnologiyalardan-foydalanish-bosqichlari

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.