Научная статья на тему 'MADANIYAT VA SAN’AT SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA XORIJ TAJRIBASI'

MADANIYAT VA SAN’AT SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA XORIJ TAJRIBASI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
487
86
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
xorij tajribasi / teatr / mahalla / texnologiya / madaniy xizmat / musiqiy ta’lim / rasmli nota / savodxonlik / targ‘ibot

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ziyodaxon To‘G‘Onboyeva, Mo‘Minmirzo Xolmo‘Minov

Ushbu maqolada madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish borasida xorij tajribasini amalda qo‘llash hamda sohada amalga oshirilgan ishlar tahlili milliy madaniyatimizni targ‘ib etish borasidagi takliflar tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MADANIYAT VA SAN’AT SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA XORIJ TAJRIBASI»

MADANIYAT VA SAN'AT SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA XORIJ

TAJRIBASI

Ziyodaxon To'g'onboyeva Ilmiy rahbar: Mo'minmirzo Xolmo'minov mominmirzoxolmominov@gmail .com

Annotatsiya: Ushbu maqolada madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirish borasida xorij tajribasini amalda qo'llash hamda sohada amalga oshirilgan ishlar tahlili milliy madaniyatimizni targ'ib etish borasidagi takliflar tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: xorij tajribasi, teatr, mahalla, texnologiya, madaniy xizmat, musiqiy ta'lim, rasmli nota, savodxonlik, targ'ibot

FOREIGN EXPERIENCE IN THE DEVELOPMENT OF CULTURE AND

ART

Ziyodakhan Togonbayeva Scientific supervisor: Mominmirza Kholmominov mominmirzoxolmominov@gmail.com

Abstract: In this article, the practical application of foreign experience in the field of culture and art, as well as the analysis of the work carried out in the field, are analyzed and the proposals for the promotion of our national culture are analyzed.

Keywords: foreign experience, theater, community, technology, cultural service, music education, musical score, literacy, promotion

"Ayni hayotdan qoniqmaslik insoniyatni taraqqiyotga va madaniyat rivojlanishiga undagan. Holatidan qoniqib o'tiraverish - ortga ketishdir "

Ayzbek Azimov

Har bir millat o'z milliy qadriyati, madaniyat va san'ati bilan ma'lum va mashhur bo'ladi. Qaysidir davlatni ko'z oldimizga keltirmaylik, uni milliy kiyimlari-yu, san'at asarlari hamda madaniyati bilan ko'z oldimizda gavdalantiramiz. Xususan, biz ham chet el xalqlari tasavvurida avvalo san'at va madaniyatimiz, milliyligimiz, musiqamiz bilan gavdalanamiz.

Bugungi yangi texnologiyalar kun sayin rivojlanayotgan yurtimizda madaniyat va san'at sohasiga ham alohida e'tibor qaratilyotgani barchamizga sir emas. Ma'lumki, ko'plab innovatsion loyihalarni ishlab chiqib sohaga tadbiq etilyotganligini ko'rishimiz mumkin. Bugungi kunda chet el tajribalarini puxta

I icclT^^^^H 650 http://oac.dsmi-qf.uz

o'rgangan holda sohada qo'llab, yuqori suratlarda rivojlantirish ishlari ham olib borilmoqda.

Misol tariqasida, Turkiyada aholiga madaniy xizmat ko'rsatishning qanday tizimi mavjudligini o'rgandik!?

U yerda maktab va Oliy o'quv yurti talabalaridan iborat teatr to'garaklari aholiga madaniy xizmat ko'rsatish uchun shartnoma asosida belgilangan tashkilot va hududlarga jalb qilinadi. Imkoniyati cheklangan o'quvchilar maktablarida kasalxona va qariyalar uylarida teatr jamoalari bepul xizmat ko'rsatishadi yoki homiylar yordami asosida spektakllar ijro etishadi.

Aynan O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti tashabbusi bilan ham bugungi kunda institut talabalaridan tuzilgan ijodiy jamoa "Mahallada duv-duv gap" shiori ostida mahallalarda hamda chekka hududlarda madaniy-ma'rifiy tadbirlarni tashkil etib kelmoqda. Ushbu madaniy-ma'rifiy tadbir mahalla faollari, hududdagi tashkilot, korxona, muassasalar mutasaddilari, o'quv muassasalari direktorlari, mehnat faxriylari, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar vakillari, uyushmagan yoshlar, ehtiyojmand ayollar, keksa va nuroniylarni jam qildi desak mubolag'a bo'lmaydi. Bundan tashqari, ushbu tadbirni o'tkazishda faol qatnashib kelayotgan institut yoshlari uchun institut tomonidan maosh ham joriy etilgan bo'lib, talabalar har bir tadbirdagi ishtiroki uchun rag'batlantiriladi. Bu orqali talabalar ham o'zlari uchun yetarlicha tajriba va ko'nikmaga ega bo'lishadi ham moddiy jihatdan taqdirlanishadi. O'ylaymanki, bunday tadbir dasturlari yaqin kelajakda yana ham k o'payib rivoj topib boradi.

Bunday tadbirlar nafaqat institut talaba yoshlari tomonidan, balki, madaniyat va san'at sohasining fidoyi kishilari tomonidan ham uyushtirilmoqda va olis hududlar aholisiga madaniy xizmat ko'rsatish uchun gastrollar uyushtirib kelinmoqda. Bu kabi tadbirlar sohaning rivoji va aholining sohaga bo'lgan qiziqishlari ortishi uchun xizmat qiladi.

Ana endi ma'rifat maskani bo'lgan teatrlar faoliyatiga e'tiborimizni qaratsak. Bilamiz teatrlarimizga kiruvchilar ozchilikni tashkil etadi. Shuningdek, tomoshabinlar orasida asosan yoshi katta insonlarni uchratamiz. Yoshlarning qatnovi deyarli sezilmaydi. Nima uchun shunday? Nima teatrda qo'yiladigan spektakllar faqat yoshi kattalar uchunmi? Yoxud yoshlarga qiziq bo'lgan mavzular sahnada namoyish etilmaydimi? Aslo unday emas, teatrlarimizda aktyor va aktrisalarimiz tomonidan juda qiziqarli va ibratli spektakllar namoyish etiladi. Mavzu doirasi ham yetti yoshdan yetmish yoshgacha qiziq bo'lgan mavzuni namoyon etadi. Faqatgina teatrlar faoliyatini reklama qilish yetarli yo'lga qo'yilmagan. Misol uchun, Turkiya davlatida teatrlar faoliyati samaradorligi, aholini teatrga keng jalb qilish uchun har bir teatr o'z repertuarini mamlakat bo'yicha reklama qiladi. Teatrlar hududlar bo'ylab

651

http://oac.dsmi-qf.uz

muntazam ravishda gastrollarga chiqishadi va spektakllar ijro etishadi. Mutasaddilar har bir teatr bo'yicha ish olib borishadi. Narxlar hududlar kesimida belgilanadi.

Qatar davlatida esa, teatrlar faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida teatr marketologlari sahnaga namoyish etiladigan spektaklar ro'yxatini doimiy ravishda nafaqat bryoshyura shaklida, balki, elektron shaklda ham internet saytlariga joylaydi. Teatrga kiruvchi asosiy tomoshabinlar yoshlarni tashkil etadi. Agarda, teatr tomoshabinlar bilan to'lsa, qolgan tomoshabinlar onlayin ravishda spektaklni ko'rishlari mumkin bo'ladi. Narxlar hududlar kesimida shuningdek, onlayn va oflayin tizimida ikki narxda belgilanadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-112-sonli qarorida teatrlar faoliyatiga ham alohida e'tibor qaratilib o'tilgan. Xususan, qarorda 2022-yilda Madaniyat vazirligi tizimidagi davlat teatrlari jamoalarining hududlarga gastrol safarlarini tashkil etish rejasi tuzilgan. Teatrlarimizda yoshlarimizning qatnovlarini oshirishimiz, ularni ko'proq jalb etishimiz hamda teatrlarga bo'lgan qiziqishlarini orttirishimiz lozim. Zero, Maxmudxo'ja Behbudiy aytib o'tganlaridek, - "Teatr bu ibratxonadir".

Aholini shuningdek, yoshlarimizning madaniyat va san'at sohasiga bo'lgan qarashlarini, sohaga bo'lgan qiziqishlarini yanada orttirish uchun yoshlikdan san'atga uyg'un holda ta'lim olishlarini ta'minlashimiz lozim. Chunonchi xuddi bizda mavjud bo'lgan musiqa va san'at maktablari kabi, Turkiyada ham san'atga ixtisoslashtirilgan maktablar mavjud va ular 8 yillik bo'lib, dars dasturlari maktab mutaxassisliklaridan iborat hay'at tomonidan ishlab chiqiladi va Turkiya ta'lim Vazirligi bilan kelishiladi. Fanlarning tanlanishi va mazmuni maktab mutaxassislari kengashi tomonidan hal qilinadi. Musiqa va san'at sohasini tamomlagan o'quvchi davlat standarti bo'yicha imtihon topshiradi. Keyingi bosqichga o'tishi uchun to'plagan bali asos bo'ladi.

Xususan, davlat rahbarining "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori ham o'quvchi va talabalarning musiqiy bilim va ko'nikmalarini ularning qalbida milliy madaniyatga bo'lgan muhabbatini shakllantirish, yosh iste'dodlarni aniqlash va qo'llab quvvatlash qaratilgan chora-tadbirlar nazarda tutilgan.

Qarorga ko'ra, musiqa fani uchun ajratilgan o'quv soatlari doirasida "Hayotimga hamrohdir cholg'u" shiori ostida cholg'u ijrochiligi dars mashg'ulotlari yo'lga qo'yiladi. Shuningdek, 2022-2023-o'quv yili davomida ro'yxatida keltirilgan milliy musiqa cholg'ularidan kamida bittasida kuy ijro etish ko'nikmalari o'rgatiladi hamda ularning ta'lim to'g'risidagi hujjati (shahodatnoma)ga tegishli qayd kiritiladi. 2023-2024-o'quv yilidan boshlab esa, kamida uchtasida kuy ijro etish mahoratiga ega bo'lish musiqa fani o'qituvchilariga majburiy hisoblanadi[1:1]. Albatta, mazkur qaror ijrosi to'laqonli ta'minlansa, o'sib borayotgan yosh avlodda, musiqaga,

I icclT^^^^H 652 http://oac.dsmi-qf.uz

milliyligimizga muhabbat kun sayin rivoj topib boradi desak adashmaymiz. Sababi, bizning xalqimizda qadimdan musiqaga muhabbat, oshuvtalik j o'sh urgan. Mohir sarkarda Sohibqiron Temur bobomiz ham hatto, janggi kirishda qo'shinni ruhlantirishda shoshmaqomni eshittirishlari, jangga kirishishda nog'oralar jo'rligida jangovarlik ruhini olg'a surganligiga tarix guvoh.

So'z mulkining sultoni hazrat Alisher Navoiy bobomiz ham musiqa ilmi va san'ati ustasi bo'lgan, asarlarida, musiqaning inson faoliyatidagi o'rniga alohida e'tibor qaratgan. Cholg'ularda kuylar ijro etgan[2.4]. Bundan ko'rinadiki, musiqaga ishtiyoqmadlik biz o'zbek xalqining qonimizda bor. Qaror doirasida, bolalarni musiqiy asboblarni chalishga o'rgatish, ularni milliy musiqaga bo'lgan muhabbat ruhida tarbiyalash g'oyasi ilgari surilgan.

Ko'pchilik insonlarda biror musiqa asbobini chalishga bo'lgan qiziqish mavjud bo'ladi. Biroq, inson musiqa chalishni xohlasayu, lekin notalarni o'qishni bilmasa, nima qilishi kerak? Barcha musiqiy asarlarni eshitib yodlab olishning esa iloji yoq, lekin musiqa yozish uchun notalardan tashqari yana biror usul bormi? Bu kabi savollarga Finlandiya davlati antiqa yechim topishgan. Ushbu maqsadda, Finlandiya davlatida musiqani o'rganish uslubi o'ylab topilgan. Bu uslub rangli rasmlar orqali notalarni o'rganish uslubidir. Rangli rasmlar orqali notalarni o'rganish usulida, notalar o'z ranggi va shakli bilan farq qiladi. Xususan, turli ranglardan foydalanish, rivojlanishda ehtiyoji bo'lgan odamlar va bolalarga notalar orasidagi farqni yanada aniqroq farqlay olish imkonini beradi. Bu tufayli ko'pchilik, musiqiy asarlarni ular notalarni odatiy uslubiyat orqali o'rgangan bo'lganlaridan ko'ra tezroq ijro etadilar. Bularning barchasi o'quvchining rag'batlantirilishini kuchaytirishga imkon beradi. Ta'lim olish natijasida o'quvchida bilim o'zlashtirish qobiliyati shakllanadi, axborotni qayta ishlash va tahlil qilish jarayonlari, hamda mavhumalshtirish mexanizmi ham yaxshilanadi.

Avvaliga rangli rasmlardagi nota savodxonligi uslubi, aqliy faoliyatida nuqsonlari bo'lgan odamlarni musiqaga o'rgatish uchun ishlab chiqilmoqda edi, lekin so'nggi vaqtda ushbu uslubdan maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarni ham musiqaga o'rgatish davomida foydalanish mumkinligi belgilab o'tildi. Bolalar faqat musiqiy asarlarni ijro etibgina qolamay, balki, o'z asarlarini yaratishdan ham quvonch oladilar. Yaponiyada ushbu uslubdan kunduzgi xizmat markazlariga qatnovchi keksalarga musiqani o'rgatish jarayonida foydalishga e'tibor bermoqchilar. Nota savodxonligiga o'rgatishning innovatsion uslubi ham akademik, ham kasb-hunar ta'lim muassasalaring tadqiqot mavzusiga aylandi va bitta doktorlik dissertatsiyasi ushbu uslubga bag'ishlanadi.

Rangli rasmlar orqali notalarni o'rgatish uslubi bo'yicha boshqa mamlakatlar bilan hamkorlik o'sib bormoqda. Hozirgi paytda ushbu uslub bo'yicha o'qitish Estoniya, Italiya, Yaponiya, Iralndiya va Latviya kabi davlatlarda olib borilmoqda.

I ibiSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

O'quv qo'llanmalari Finlandiyadan tashqari, Yaponiya, Estoniya, va Italiyada ham tayyorlangan va chop etilgan. [3.152,153]

Yuqorida keltirib o'tilgan o'ziga xos uslubni nima uchun biz ham qo'llab ko'rmasligimiz kerak. Albatta bu kabi o'ziga xos uslublardan foyadalinib ko'rish kerak. Kezi kelsa uni yanada rivojlantitish yo'llarini izlash lozim deb hisoblayman.

Bugungi globallashuv davrida chet el tajribalaridan foydalangan holda rivojlanish va hattoki o'zimizning o'ziga xos bo'lgan bilim va ko'nikmalarimizni xorij mamlakatlarida ham targ'ib etishimiz bugungi kunning zamon talabidir.

Odamzod o'zligini qadimiy qadriyati, milliyligi-yu, o'lmas durdona tarona va asarlari bilan dunyoga tanitadi. Biz ajdodlari buyuk xalqmiz. Nazarimda, ota-bobolarimiz bilan faxrlanish emas, ularga munosib bo'lish uchun harakat qilishimiz darkor. Bizning madaniyatimiz, qadimiy san'atimiz uzoq o'tmishga borib taqaladi. Biz mana shu san'at va madaniyatimiz bilan shunchaki faxrlanib hayot kechirishimiz emas, uni dunyoga targ'ib eta bilishimiz lozim. Barchamizga sir emaski, biz bugun axborot-kommunikatsiya tizimi rivojlangan zamonda yashayapmiz. Oddiygina uyali telefon vositasi orqali jahonda bo'layotgan o'zgarishlardan osongina xabardor bo'la olamiz. Demak, bizga o'z san'atimizni, madaniyatimizni jahon tajribalari asosida rivojlantirishimiz hamda, o'zimizning milliyligimizni targ'ib etishimiz qiyinchilik tug'dirmaydi. Ko'plab chet el davlatlarida mana shunday ko'rsatuvlar mavjud, yani ular o'zlarining diqqatga sazovor joylarini, milliy kiyimlar-u. taomlarini ajoyib teleko'rsatuvlar orqali dunyoga tanitadi, aniqroq aytganda reklama qiladi. Xo'sh biz ham mana shu kabi usullardan foydalansak, qanday bo'ladi? Xorij davlatlariga sayohat orqali milliyligimizni targ'ib qilsak, ular bilan o'z urf-odat va qadriyatlarimizni o'rtoqlashsak, nazarimda maqsadga muvofiqdir. Bizda diqqatga sazovor joylarimiz juda ham ko'p. Hatto biz bilgan va bilmagan ajoyibotlarimiz bor. Ularni o'rgansak, yanada rivojlanishi uchun e'tibor qaratsak hamda dunyoga targ'ib qilsak, o'ylaymanki, madaniyat hamda turizm sohasida yanada rivojlanish, yuksalish hukm suradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-112-sonli qarori. www.lex.uz

2. "Xalq so'zi" gazetasi //. 2022-yil 15-aprel, N 78 (8140)

3. Finlandiyaning 100ta ijtimoiy innovatsiyasi.YFinlandiya qanday qilib Finlandiya bo'ldi: siyosiy, ijtimoiy va maishiy innovatsiyalar. - T.:"Sharq", 2019. -336 bet.

654

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.