Научная статья на тему 'MАDАNIYАT VА SАN’АT SOHАSIDАGI MUАMMOLАR VА ULАRGА TEGISHLI BА’ZI YECHIMLАR'

MАDАNIYАT VА SАN’АT SOHАSIDАGI MUАMMOLАR VА ULАRGА TEGISHLI BА’ZI YECHIMLАR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mаdаniyаt / mаdаniyаt mаrkаzlаri / oliy o‘quv yurtlаri / xаlq / mаdаniyаt xodimlаri / аsosiy muаmmolаr / yechimlаr / Yаngi O‘zbekiston. / культура / культурные центры / высшие учебные заведения / люди / деятели культуры / основные проблемы / решения / Новый Узбекистан.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — А.F. Xаyriddinovа

mаzkur mаqolаdа O‘zbekistondаgi mаdаniyаt vа sаn’аt sohаsidаgi bа’zi muаmmolаr, ulаrning sаbаblаri, bir so‘z bilаn аytgаndа, sohаdаgi nechа yillаrdаn beri yechimini kutаyotgаn bа’zi muаmmolаr hаqidа so‘z borаdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROBLEMS IN THE FIELD OF CULTURE АND АRT, АND SOME SOLUTIONS TO THEM

в данной статье говорится некоторых проблемах в сфере культуры и искусства Узбекистана, их причинах, одним словом, о некоторых проблемах, в этой сфере, которые ждут решения уже несколько лет.

Текст научной работы на тему «MАDАNIYАT VА SАN’АT SOHАSIDАGI MUАMMOLАR VА ULАRGА TEGISHLI BА’ZI YECHIMLАR»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original peper

© A.F. Xayrïddinova1^_

1O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institut, Toshkent, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: mazkur maqolada O'zbekistondagi madaniyat va san'at sohasidagi ba'zi muammolar, ularning sabablari, bir so'z bilan aytganda, sohadagi necha yillardan beri yechimini kutayotgan ba'zi muammolar haqida so'z boradi.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot olib borilayotgan fan va texnologiyalarni talabalarda qay darajada o'zlashtira olish va ularni bu fanni o'zlashtirishdagi qulayliklar va qiyinchiliklarni o'rganishdan keyingi ta'sir qilishini tahlil qilish uchun 5 ta ilmiy maqoladan iborat korpus yaratildi. Yig'ilgan maqolalar 2020-2023 yillar oralig'ida xalqaro va milliy akademik jurnallarda chop etilgan. Bu maqolalar tahlil qilindi va qiyosiy tahlil olindi.

MAQSAD: madaniyat va san'at sohasi faoliyatida natijadorlikka erishish uchun barcha jihatlarni ko'rib chiqish, har jabhada madaniyat va san'at sohasining mavqeyini ko'tarish.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: madaniyat va san'atni yanada rivojlantirishga to'sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolar va kamchiliklar mavjud. Jumladan:

Birinchidan, metsenatlar va homiylar yordamini jalb qilishni rag'batlantiradigan samarali huquqiy mexanizimlarning yo'qligi respublika madaniyat va san'at muassasalari faoliyatini, eng avvalo, muqobil manbalar hisobidan munosib tarzda moliyalashtirishni ta'minlash imkonini bermayapti, bu esa byudjet mablag'lariga haddan ortiq qaramlikni keltirib chiqarmoqda; Ikkinchidan, xodimlarning kasbga tayyorgarlik darajasi hamda madaniyat va san'at muassasalari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlarning sifati zamonaviy talablarga va xalqaro standartlarga mos kelmaydi, be esa ularning mahalliy tashrif buyuruvchilar va turistlar uchun jalb etuvchanligini pasaytirmoqda.

XULOSA: yurtimizda xaqimiz madaniyatini yuksaltirish, san'atini yanada ravnaq toptirish borasida yaratilayotgan beqiyos imkoniyatlarni sanab adog'iga yetib bo'lmaydi. Bularni dildan his qilib, teran idrok etishimiz darkor. Zotan, asrlarga tatigulik bunday ibratli ishlar bilan har qancha g'ururlansak arziydi. Bizdan talab etiladigani esa milliy madaniyatimizning yanada ravnaq topishi uchun fidokorona xizmat qilishdir. Chunki milliy madaniyati yuksak xalq jahon hamjamiyatida mustahkam mavqega ega bo'ladi.

Kalit so'zlar: madaniyat, madaniyat markazlari, oliy o'quv yurtlari, xalq, madaniyat xodimlari, asosiy muammolar, yechimlar, Yangi O'zbekiston.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Iqtibos uchun: Xаyriddinovа A.F. Medeniyet v8 s8n'8t sohesidegi тиатто1аг va ularga tegishli b^zi yechimlar. // Inter education & global study. 2024. №5. B.469-476.

ПРОБЛЕМЫ В СФЕРЕ КУЛЬТУРЫ И ИСКУССТВА И ПУТИ ИХ РЕШЕНИЯ

© Д.Ф. Хайриддинова1Н

1 Государственный институт искусств и культуры Узбекистана, Ташкент,Узбекистан

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в данной статье говорится некоторых проблемах в сфере культуры и искусства Узбекистана, их причинах, одним словом, о некоторых проблемах, в этой сфере, которые ждут решения уже несколько лет.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: с целью анализа того, в какой степени студенты могут освоить изучаемую науку и технику, а также влияние легкости и сложности освоения этой науки после обучения, создан корпус из 5 научных статей.Сборник статей 2020-2023 гг., опубликованный в международных и национальных изданиях. академические журналы между годами. Эти статьи были проанализированы и получен сравнительный анализ.

ЦЕЛЬ: учитывать все аспекты для достижения результатов в области культуры и искусства, повышать позиции сферы культуры и искусства во всех аспектах.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: существует ряд системных проблем и недостатков, препятствующих дальнейшему развитию культуры и искусств. включая:

во-первых, отсутствие эффективных правовых механизмов, стимулирующих привлечение меценатов и меценатов, не позволяет адекватно финансировать деятельность республиканских учреждений культуры и искусства, прежде всего, из альтернативных источников, что приводит к чрезмерной зависимости от бюджета средства.

во-вторых, уровень профессиональной подготовки сотрудников и качество услуг, предоставляемых учреждениями культуры и искусства, не соответствуют современным требованиям и международным стандартам, что снижает их привлекательность для местных гостей и туристов.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: невозможна перечислить несравненные возможности, созданные в нашей стране для совершенствования культуры и искусства нашей страны. Нам необходимо их почувствовать и глубока понять. Ведь мы должны гордиться такими образцовыми произведениями, существующими веками. От нас требуется самоотверженное служение развитию нашей национальной культуры будет иметь прочные позиции в мировом сообществе.

Ключевые слова: культура, культурные центры, высшие учебные заведения, люди, деятели культуры, основные проблемы, решения, Новый Узбекистан.

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Для цитирования: Хайриддинова A.O. Проблемы в сфере культуры и искусства и пути их решения. // Inter education & global study. 2024. №5. С 469-476.

PROBLEMS IN THE FIELD OF CULTURE АND АRTJ АND SOME SOLUTIONS TO THEM_

© Asal F. Xayriddinova1®

1 State Institute of Arts and Culture of Uzbekistan, Tashkent, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: this article talks about some problems in the field of culture and art in Uzbekistan, their causes, in a word, some problems in the field that have been waiting for a solution for several years.

MАTERIАLS АND METHODS: in order to analyze the extent to which students can master the science and technology they are studying, as well as the influence of the ease and complexity of mastering this science after training, a corpus of 5 scientific articles was created. A collection of articles 2020-2023, published in international and national publications. academic journals between years. These articles were analyzed and a comparative analysis was obtained.

АIM: to consider all aspects in order to achieve results in the field of culture and art, to raise the position of the field of culture and art in every aspect.

DISCUSSION АND RESULTS: there are a number of systemic problems and shortcoming that prevent the further development of culture and art. Including:

First of all, from alternative sources, which leads to excessive dependence on budget funds causing;

Secondly, the level professional training of employees and the quality of services provided by cultural and art institutions do not meet modern requirements and international standards, which reduces their attractiveness for local visitors and tourists.

CONCLUSION: it is impossible to enumerate the incomparable opportunities created in our country to improve the culture and art of our country. We need to feel and deeply understand them. After all, we should be proud of such exemplary works that have lasted for centuries. What is required of us is selfless service for the development of our national culture. Because a nation with a high national culture will have a strong position in the world community.

Key words: culture, cultural centers, higher educational institutions, people, cultural workers, main problems, solutions New Uzbekistan.

For citation: Asal F. Xayriddinova. (2024) 'Problems in the field of culture and art, and some solutions to them', Inter education & global study, (5), pp. 469-476 (In Uzbek).

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 2017-yil madaniyat va san'at sohasi rahbarlari bilan uchrashuvda shunday ta'kidlagan edi: "Bir haqiqatni hech qachon

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

esimizdan chiqarmasligimiz kerak: mamlakatimizda madaniyat va san'at taraqqiy etmasa, jamiyat rivojlanmaydi. Xalqimizning rivojlanish darajasi avvalo milliy madaniyatimizga qarab baholanadi. Shu ma'noda, madaniyat - bu xalqimiz, jamiyatimiz qiyofasidir. Biz O'zbekistonning yangi qiyofasini yaratishga kirishgan ekanmiz, buni avvalo milliy madaniyatimizni rivojlantirishimizdan boshlashimiz lozim". [1:23] Darhaqiqat insoniyat ma'naviyati va tafakkuri rivojlanishi madaniyat va san'atsiz kechmaydi. Madaniyat - jamiyat, inson, ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. [2:1] Mamlakatimizda ham bu soha turli sabablar bilan yuksalish va depsinish davrini boshidan o'tkazib keldi. Lekin, so'nggi yillarda mazkur sohalarni rivojlanishning yangi bosqichiga ko'tarish yuzasidan hukumatimiz tomonidan tub o'zgarishlar, islohotlar olib borilmoqda. Shunga qaramay, haligacha madaniyat sohasida o'zining yechimini kutayotgan ba'zi muammolar mavjud.

So'nggi yillarda madaniyat sohasi ikkinchi darajali sohalardan ham past o'ringa tushib qolgani barchamizga sir emas, albatta. Nima uchun bu darajaga tushib qoldik? Axir mamlakatning o'zligini namoyon qiladigan omillardan eng birinchisi-madaniyat-ku? Bunga nima sabab bo'lmoqda? Aynan mazkur maqolamizda bunga sabab va yechimlarni biroz bo'lsa-da ko'rib chiqamiz.

Madaniyat va san'at sohasidagi asosiy muammolardan biri-kadrlar tayyorlash va ularni jalb qilishdan iborat. Birgina maqom yoki baxshichilik san'at turini misol tariqasida olsak. Maqom ijrochiligi, baxshichilik va Katta ashula yo'nalishlari bo'yicha kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasasi Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti tashkil etilgan. Endi savol tug'iladi, mazkur institut kadrlar tayyorlar ekan, Baxshishunoslarni. Maqomshunoslarni tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalari mavjudmi? Aslini olganda biz ayni vaqtda baxshichilik va maqom yo'nalishlari borasida zo'r ijrochilarga ehtiyojimiz yo'q, sababi amaliyot bor, va hattoki bunday iste'dod egalarini chekka-chekka hududlarda ham bemalol topishimiz mumkin. Ammo, muammo shundaki o'tgan davr mobaynida bu sohalarda ilm bilan hech kim shug'ullanmayapti, nazariya uzilgan. Va aynan, mana shu ta'lim muassasada maqomga doir ma'lumotlar to'plasa, yig'ilsa, Yunus Rajabiy maqom yo'nalishi bo'yicha birinchi va oxirgi akademik bo'lishi mumkin, shubhasiz. Bu aytishga bizning millat uchun ayanchli holat bo'lishiga qaramasdan, tan olishimiz kerak bo'lgan haqiqatlar mavjud. Hozirda hattoki kanservatoriyada ham maqom fakultetida ustoz-shogird an'anasiga asosan ta'lim berib kelinmoqda. Albatta, men bu an'anani qoralamoqchi emasman, lekin havotirli jihati shuki, agarda birorta ustoz qolmasa, bu san'at yo'q bo'ldi degani, uning davomiyligini saqlovchi hujjati yo'q. bir so'z bilan aytganda, bizning milliy san'at namunalarimiz bo'lgan baxshichilik, maqomchilik kabi san'at turlarining bazasini shakllantirishga, uning qo'lyozma, kitoblarini yaratishga muhtojmiz. Va albatta, bu muammoni bartaraf etish maqsadida maqom, baxshichilik markazlari ham tashkil etilmoqda, umid qilamizki bunday islohotlar o'z samarasini beradi.

Umumiy qilib olganda, masalan, bugun kanservatoriya faoliyati o'rtacha baholanmoqda, sababi kanservatoriyada ko'plab bolalar masalan, skripka, pianino, akademik ijrolar bo'yicha ko'plab yutuqlarni qo'lga kiritib kelmoqda, lekin uning ichida

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

shunday yo'nalishlar borki o'zini yo'qotib bormoqda, va aynan yuqoridagi individual ijrochilar, iste'dod egalari o'z yutuqlari bilan bunday sohalarni yopib yubormoqda. Aynan yo'q bo'lib ketayotgan yo'nalishlar ham bizning milliy san'atimizdir. To'g'ri maqom, baxshichilik yo'nalishlarida ko'plab yigit-qizlar yaxshi natijalarni qayd etmoqda, lekin biz ularni kanservatoriya tayyorladi deya olamizmi? Ular tug'ma iste'dod egalari. Agar biz shunday beparvolikni davom ettirsak, milliy san'atimizdan butkul ayrilishimiz mumkin.

Yana bir dolzarb masaladan biri - hududlarda madaniyat markazlarining yetishmasligi yoki umuman yo'qligi. Misol tariqasida, Andijon viloyati Shahrixon tumanini olsak. Bu tumanda 35 ming aholi istiqomat qiladi, ammo 3 ta madaniyat markazi mavjud, bulardan ham 1 yarimtasi faoliyat yuritadi. Endi oddiy fuqaro sifatida men ham, taxminan 30 km uzoqlikdagi madaniyat markazlaridan foydalana olmagan bo'lar edim. Mana nima uchun aholi madaniyat markazlariga borish u yoqda tursin, ular borligi haqida ham ma'lumotga ega emas. Albatta, buni bartaraf qilish maqsadida, Prezidentimiz tomonidan avtoklublar joriy qilingan edi. Umid qilamanki, ular o'z faoliyatini davomiyligini saqlay oladi. Yangilik sifatida bundan bir necha yil avval madaniyat markazlariga o'zini o'zi moliyalashtirish huquqi ham berilgan edi. Bu ham madaniyat markazining faoliyatida natijadorlikka erishishida muhim omil bo'lib xizmat qilmoqda. Darvoqe AQSHda mamlakatimizdagi kabi davlat qaramog'idagi Madaniyat markazlari, madaniyat saroylari, teatrlar, muzeyar, dam olish va istirohat bog'lari yo'q. Bu esa AQSHda madaniyat muassasalari yo'q degani emas. Nafaqat AQSHda, balki ko'plab xorijiy davlatlarda shunday. Har bir aholi istiqomat qiladigan joylarda madaniy-maishiy xizmat ko'rsatadigan servislar mavjud. Ular davlat byudjetidan mablag' talab etmaydi, insonlarning o'zlari quradi va o'zlari boshqaradi. [3:59]

Bundan tashqari, xalqimizning madaniyat, san'at borasidagi dunyoqarashi so'nggi yillarda o'tmaslashib borayotgani bor gap. Bu masalani hal etish uchun, birinchi navbatda madaniyat xodimlari o'z vazifalarini to'laqonli anglab yetishlari, ularning jamiyatga ta'sirini qanchalik katta ekanligini his etishlari darkor. Va eng muhimi madaniyat xodimlarininig asl vazifasi, maqsadi nima? Shuni anglab yetishi kerak deb o'ylayman. Masalan, bugun ko'cha-ko'yda yuzaga kelayotgan har qanday tartibsizlikda biz, madaniyat xodimlarining aybi nechog'lik? Bu haqida hozir qaysi madaniyat xodimi bosh qotirmoqda? Aslida, madaniyat faqatgina tadbir, konsert uyushtirish emas, balki madaniyat juda keng qamrovli tushunchadir. Millatning yashovchanligini ta'minlaydigan omil ham aynan madaniyat. Demak, madaniyat xodimlari o'z vazifalarini yaxshi anglashi kerak.

Keyingi masala, maktablarda musiqa darslarining saviyasi talab darajasida emasligi. Va aynan, boshqa fanlar emas, musiqa faniga keraksiz fandek qaralishi. Nima uchun inson o'zi xordiq chiqarishi, ma'naviy ozuqa olishi mumkin bo'lgan narsaga shu darajada past nazar bilan qaraydi? Bu masalani hal etishda albatta, Madaniyat vazirligi javobgardir. Sababi, soha vakili sifatida ayta olamanki, Xalq ta'limi vazirligi yoki boshqa vazirliklar biz uchun kim? Albatta, muxlislar, bizning ijod namunalarimizdan bahramand bo'luvchilardir. O'z navbatida, muxlislarning ham musiqaga nisbatan saviyasi bo'lishi zarur, ya'ni ma'lum bir musiqaga to'g'ri baho beroladigan darajada bilimga ega bo'lishi kerak. Bundan kelib chiqadiki, bugun arzon san'at turlarini yuqori baholanishining asl sababi ham muxlis

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

saviyasining pastligi bilan baholasak bo'ladi. San'atning rivojlanishida ham iste'molchining talabi katta rol o'ynashi turgan gap. Shuning uchun biz umumta'lim maktablaridagi mazkur holatga e'tiborsizlik qilishga haqqimiz yo'q. Statistikaga qaraydigan bo'lsak, bola 7 yoshigacha o'zi eshtadigan musiqa yo'nalishini tanlab bo'lar ekan. Bundan ko'rinadiki, biz jarayonni maktabgacha ta'lim muassasalardan boshlasak maqsadga muvofiq bo'lar edi.

Boshqa masala, nogironligi bor va harakatlanishi cheklangan fuqarolar madaniy hayotda ishtirok etishda teng huquqlimi? Madaniyat muassasalarida ular uchun qanday sharoitlar yaratish mumkin? Madaniyatga aloqador bo'lish-nogironlikning turli shakllari bo'lgan bolalar va kattalarning jamiyatdagi ijtimoiylashuvi va inklyuziyasi uchun samarali vositalardan biridir. San'atni o'rganish ma'nan va intellektual jihatdan rivolanishga sabab bo'ladi. U insonga estetik qoniqish hissini beradi. Biroq O'zbekistonda yashayotganlarning hammasi ham teatr, muzey yoki istirohat bog'lariga tashrif buyura oladimi? Buni o'rganish maqsadida ba'zi ma'lumotlarni o'rganishga to'g'ri keldi. Masalan, bir necha yil oldin Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi tashabbusi asosida nogironlar jamoat birlashmasi "Sharoit Plyus" NNT bilan ijtimoiy sherikchilikda poytaxtdagi sakkizta madaniyat muassasasida sinov tariqasida sharoitlar monitoringi o'tkazilgan. Monitoring jarayoniga nogironlikning turli shakllari bo'lgan odamlar rahbarlik qiliishgan. Ular 8 ta obyektga borishgan. Men faqat 2 tasi, ya'ni Alisher Navoiy nomidagi DAKT hamda Yoshlar teatrini misol tariqasida oldim.

Alisher Navoiy nomidagi DAKT 2015-yilda teatr binosida kapital ta'mirlash ishlari yakuniga yetgan va unda nogironligi bor insonlar uchun sharoitlar bo'yicha barcha me'yorlarga rioya qilingan. Teatr binosi 1947 yilda qurilgan va rekonstruksiyaga qadar bunday talablarga muvofiq kelmagan. Endilikda teatrning asosiy kirish qismi va foyesi qiyalik burchagi talablarga mos bo'lgan pandus bilan ta'minlangan. Tomosha zali markazida nogironlar aravachasi foydalanuvchilari uchun ikkita yon maydonchalar, ularga hamrohlik qiluvchilar uchun esa qo'shni o'rindiqlar nazarda tutilgan. Bir so'z bilan aytganda, bu bino talablarga javob bera oladi.

Yoshlar teatrida esa darhol-asosiy kirish qismidayoq foydalanish uchun yaroqsiz bo'lgan yangi pandusga duch kelingan. Uning qiyalik burchagi va konstruksiyasi nogironlik aravachasi foydalanuvchisiga teatrning asosiy kirish qismiga mustaqil ravishda ko'tarilishiga imkon bermaydi." Yana bir to'siq foyeda- u yerda pandus yo'q va uch erkak monitoring guruhimiz ishtirokchisini ko'tarib tushurishga to'g'ri keldi"-deb ta'kidladi monitoring rahbari. Qolgan 6 ta binolarning hammasi shu ahvolda ekan

Bundan ko'rinadiki, hali-hanuzgacha nogironligi bor shaxslarga yetarlicha sharoitlar yaratilmagan. Men aynan nogironligi bo'lgan shaxslarga bera olish mumkin bo'lgan ba'zi qulayliklarni taklif qilaman.

Masalan, Alisher Navoiy nomidagi DAKT va Yoshlar teatri ko'zi ojiz tomohsabinlar uchun tifloizoh (audiodeskripsiya) tizimi bilan ta'minlanmagan ekan. Ushbu tizimsiz esa sahnada aktyorlar qanday harakatlarni amalga oshirayotganini to'liq tushunib bo'lmaydi.

Eshitish qobiliyati cheklangan tomoshabinlar uchun esa speaktakllar, filmlar va televizion dasturlar avtomat ravishda subtitrlanishi (kino yoki televizor ekranining pastki

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

qismida dialog yoki hikoyani tarjima qiladigan yoki transkripsiya qiladigan taglavhalar) lozim. Xorij mamlakatlarida maxsus subtitrlar yozib chiqariladigan planshetlarni tarqatish amaliyoti yo'lga qo'yilgan. Bu nafaqat eshitishda nuqsoni bo'lgan tomoshabinlar balki spektaklni ingliz tilida tomosha qilish istagidagi chet ellik sayyohlar uchun ham qulay.

Zaif eshituvchi tomoshabinlar uchun esa maxsus induksion ilgak o'rnatilishi lozim. Bu qurilma aktyorlarning ovozlarini, kansert paytida musiqani va kinoteatrda film tovushlarini qayta ishlaydi va "teleg'altak" yoki qisqacha "T" rejimida turgan eshitish moslamasiga shovqinlardan holi holatda yetkizib beradi. Shunday qilib, zaif eshituvchi odam hatto oxirgi qatorda o'tirsa ham, u spektaklni to'liq eshitish imkoniyatiga ega bo'ladi. Madaniyat muassasalaridagi ovozli xabarlar ham xuddi shu tarzda eshitish uskunalariga yetkazilishi mumkin. Madaniyat muassasalariga eshitish qobiliyati cheklangan tashrif buyuruvchilar uchun aylanib turuvchi yozuvli axborot taxtasini ham o'rnatsa bo'ladi.

O'zbekiston tarixi muzeyida ko'zi ojiz tashrif buyuruvchilar muzey eksponatlari va kolleksiyalari haqida to'liq tasavvur hosil qilishlari uchun muzey buyumlari maketlari va taniqli shaxslarning byustlarini yaratish mumkin. Muzeyda, shuningdek, ko'zi ojiz tashrif buyuruvchilar uchun interaktivlik va taktil sezgini kuchaytirish maqsadida maxsus ta'lim olgan gidlar va ovozli hamrohlik usuli yordamida qiziqarli yo'nalishlar ishlab chiqish mumkin. Eksponatlar haqida Brayl yozuvida ma'lumotlar berish ham oqilona qulayliklardan biri hisoblanadi.

Albatta mazkur takliflar nogironligi bor shaxslar uchun bir muncha yengilliklar beradi deb umid qilaman.

Bundan tashqari, barcha sohalarga tobora keng tarqalib borayotgan sun'iy intellektdan ayni shu madaniyat va san'at sohasida ham keng foydalanishimiz mumkin.

Sun'iy intellekt algoritmlari, ayniqsa chuqur o'rganish va neyron tarmoqlarga asoslangan algoritmlar avtonom tarzda yangi san'at asarlarini yaratishi mumkin. Rassomlar va tadqiqotchilar Sun'iy intellektdan rasm, musiqa, adabiyot va hatto she'riyat yaratishda foydalanishlari mumkin.

Sun'iy intellekt bir tasvirning uslubini boshqasiga o'tkazishi mumkin, bu esa rassomlarga turli uslublarga ega yangi san'at asarlarini yaratishga imkon beradi. Ushbu uslub taniqli rassomlarning uslublarini uyg'unlashtirish, noyob visual effeklarni yaratish va hatto turli ijodiy loyihalar uchun dizayn jarayonida yordam berishi ham mumkin.

Sun'iy intellektni madaniy merosni saqlash va tiklashda qo'llash mumkin. Kompyuter ko'rish algoritmlari san'at asarlarini tahlil qilish va tasniflash imkoniyatiga ham ega. Sun'iy intellektga asoslangan texnikalar yetishmayotgan qismlarni qayta tiklash va ko'rish sifatini oshirish orqali shikastlangan yoki yomonlashgan qismlarni tiklashga ham yordam bera oladi.

SI algoritmlari musiqa yozishi, ohanglarni yaratishi va hatto musiqachilar bilan hamkorlikda ijro etishi mumkin. SI quvvatlanadigan musiqa platformalari shaxsiy tavsiyalar, musiqa kompozitsiyalari vositalari va hatto virtual konsertlarni taklif qila oladi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Bundan tashqari SI asosidagi til tarjima xizmatlari matn, audio va video kontentini real vaqt rejimida tarjima qilish imkonini beradi va madaniy kontentni global auditoriyaga yanada qulayroq qiladi. Bu madaniyatlararo muloqot va fikr almashishni osonlashtiradi.

Yuqoridagilar SI ning san'at va madaniyat sohasidagi imkoniyatlari hisoblanib, biz ulardan oqilona foydalana olsak maqsadga muvofiq bo'ladi.

Bugun hayot yangicha fikrlash va ishlash, milliy "aql markazlari" mizni shakllantirishni talab qilmoqda. [4:271] Shunday ekan madaniyat markazlarida ishlovchi xodimlardan juda katta mas'uliyat va fidoiylik talab etiladi. Yangi O'zbekistonda Madaniyat markazlari madaniyat va san'atni alq orasida yoyuvchi eng katta kuch vazifasini o'tashi lozimdir.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. A.Haydarov. Madaniyat va san'at sohasini boshqarish asoslari. "Kamalak" nashriyoti. Toshkent - 2019. 192-b

2. O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. 2000-2005-yillar.

3. Alimasov V. Madaniyat va demokratiya. // O'ZDSMI xabarlari. - Toshkent. 2021. 3(19)-son. - B.96.

4. Mirziyoyev. Sh. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent: O'zbekiston, 2021. - B 464.

5. Xolmo'minov, Mo'minmirzo Zokir O'g'Li, and Nilufar Laziz Qizi Maratova. "MADANIYAT MARKAZLARIGA MALAKALI KADRLARNI JALB ETISH MUAMMOLARI." Oriental Art and Culture 3.3 (2022): 108-113.

6. Xolmo'minov, Mo'minmirzo Zokir O'g'Li, and Nilufar Laziz Qizi Maratova. "MADANIYAT VA SAN'AT SOHASIDA LOYIHALARGA MABLAG 'JALB ETISH MASALALARI." Oriental Art and Culture 3.3 (2022): 114-118

7. Xolmo'minov, Mo'minmirzo Zokir O'g'Li. "MADANIYAT MARKAZLARIDA TO'GARAKLARNI TASHKIL ETISH MUAMMOLARI." Oriental Art and Culture 3.3 (2022): 102-107.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Xayriddinova Asal Farhod qizi, 3-bosqich talabasi [Хайриддинова Асал Фарходовна, студент 3-го Kypca], [Asal F. Xayriddinova, 3rd year student]; manzil: O'zbekiston, Toshkent viloyati, Parkent tumani M.Yusuf mahallasi 59-uy; ^дрес: Узбекистн, Тaшкент, Пapкентcкий paйон, микpоpaйон М.Юcуфa квapтиpa-59]; [address: Uzbekistan, Tashkent city, Parkent district, M.Yusuf neighborhood, 59 apartments]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.