Научная статья на тему 'MA’NAVIYAT-JAMIYAT RIVOJLANISHINING MUHIM OMILI'

MA’NAVIYAT-JAMIYAT RIVOJLANISHINING MUHIM OMILI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4876
293
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
MA'NAVIYAT / JAMIYAT / MA'RIFAT / UMUMINSONIY QADRIYATLAR / MILLIY QADRIYATLAR / MA'NAVIY MEROS / TARAQQIYOT

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Raxmonova G.Sh.

Xalqimiz ma’naviyatini yanada yuksaltirishda o’ziga xos yo’lidan borayotgan mamlakatimiz taraqqiyotining ustivor yo’nalishlaridan biri ekanligini, ma’naviyat barcha insonlarning milliy va umuminsoniylik darajasini yuksaltirishi ushu maqolada aks ettirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

AN IMPORTANT FACTOR OF SPIRITUAL-SOCIAL DEVELOPMENT

It is reflected in the article that spirituality is one of the priority directions of the development of our country, which goes its own way in further raising the spirituality of our people, raising the level of national and universal humanism of all people.

Текст научной работы на тему «MA’NAVIYAT-JAMIYAT RIVOJLANISHINING MUHIM OMILI»

Raxmonova G.Sh. mustaqil izlanuvchisi Buxoro Davlat Universiteti

MA'NAVIYAT-JAMIYAT RIVOJLANISHINING MUHIM OMILI

Annotatsiya. Xalqimiz ma'naviyatini yanada yuksaltirishda o'ziga xos yo'lidan borayotgan mamlakatimiz taraqqiyotining ustivor yo'nalishlaridan biri ekanligini, ma'naviyat barcha insonlarning milliy va umuminsoniylik darajasini yuksaltirishi ushu maqolada aks ettirilgan.

Kalit so'zlar: ma'naviyat, jamiyat, ma'rifat, umuminsoniy qadriyatlar, milliy qadriyatlar,ma'naviy meros, taraqqiyot.

Rakhmonova G.Sh. independent researcher Bukhara State University

AN IMPORTANT FACTOR OF SPIRITUAL-SOCIAL DEVELOPMENT

Annotation. It is reflected in the article that spirituality is one of the priority directions of the development of our country, which goes its own way in further raising the spirituality of our people, raising the level of national and universal humanism of all people.

Key words: spirituality, society, enlightenment, universal values, national values,spiritual heritage, development.

Respublikamizning bugungi ma'naviy-ma'rifiy hayotida asrlarga teng sezilarli o'zgarishlarni ko'rsak bo'ladi. Asriy qadriyatlarimiz va milliy an'analarimiz tiklanmoqda va mustahkamlanmoqda. Xalqimiz ma'naviyatini yanada yuksaltirishda o'ziga xos yo'lidan borayotgan mamlakatimiz taraqqiyotining ustivor yo'nalishlaridan biri ekanligini yaqqol ko'rsa bo'ladi.

Har bir jamiyatda ma'naviyatning mohiyatini chuqur anglash muvafaqqiyat garovidir. Chunki ma'naviyat-insonning insoniylik mohiyati, shaxsdagi ijobiy fazilatlari qiyofasi majmuidir. U inson hayotining tub mohiyatini belgilaydigan aqliy, ruhiy, axloqiy va jismoniy qarashlar, ko'nikmalar, odatlar tizimidir. Ma'naviyat - har bir insonning milliy va umuminsoniy komillik darajasi, unga etaklovchi, undovchi imkoniyat. U inson shaxsini insoniylik bilan boyituvchi, kamol toptiruvchi, ko'rkamlashtiruvchi beqiyos hayotiy omil. Ma'naviyat - yaxshilik va ezgulikka moyil, yomonlik va yovuzlikdan tiyilish, nafosat va haqiqatga, halollik va rostgo'ylikka intilish, o'zi mansub jamiyatning axloqiy, huquqiy, ma'rifiy-madaniy mezonlariga amal qilish hissidir.

Bu masala har bir jamiyatda yetakchi o'rinda turmog'i lozim. O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov ta'kidlaganidek: "biz ko'p yillar davomida ma'rifat va madaniyatga noto'g'ri munosabatda bo'ldik. Unga sarflanadigan mablag'lar doim boshqa sohalardan kam bo'ldi. Natijada biz bu masalada orqada qolib ketdik. Bundan buyon barcha rejalarimizda madaniyat, ma'rifat, jismoniy tarbiya va sport birinchi darajali vazifalar qatoridan joy olishi lozim. Va nihoyat, shu sohalarda va shifokorlar, madaniy-oqartuv muassasalaridagi va boshqa sohalardagi ko'plab mutaxassislar-chinakam ziyolilardir".

Ma'rifat - mohiyatan aql-idrok, tafakkurning mayog'i, mijozning murabbiysi, qalbda munavvarlikni, insoniy ulug'vorlikni qaror toptiruvchi umriy vosita, iymon-e'tiqod, harakter, lafzning me'mori, vujudning jon tomiri. U -bilish, tanish, ilm va madaniyatning kamol topish mazmuni, usul va vositalaridir.

Ma'naviyat va ma'rifat va inson tushunchalari bir butun holdagina muayyan mazmunga ega bo'ladi. Ma'naviyat yo'q joyda ma'lum maqsadga qaratilgan insoniy faoliyat ham bo'lmaydi, insonlar jamoasining birligi - jamiyat ham bo'lmaydi. Ma'naviyatning ahamiyatini ana shu nuqtai nazardan baholamoq kerak.

Ma'naviyat va ma'rifat davlat ichki hayotidagi bir butunlikni, odamlar ruhiyatidagi ko'tarinkilik va kelajakka ishonchni, aql-zakovat yuksakligini, o'z faoliyatida tinchlikni, millatlararo hamjihatlikni barqaror rivojlantirish yo'lini aniq belgilashdagi o'z fuqarolarning orzu-umidlarini, manfaatlarini ifoda eta bilish, uni buyuk kelajak sari harakatga yo'naltirish va unga rahbarlik qilish salohiyati hisoblanadi. Ma'naviyat va ma'rifatning yangi jamiyatni qurishdagi qudratli kuch va bebaho manba ekanligi quyidagi masalalarda o'z ifodasini topadi va ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etishda ularga alohida e'tibor qaratiladi.

Ma'naviyat va ma'rifat jamiyat oldida turgan muammolar mohiyatini o'zida ifoda ettiradi hamda uni hal qilish uchun fuqarolar va davlat manfaatlarini birlashtiradi. Ma'naviyati va ma'rifati zamonaviy rivojlangan mamlakatlarda xalqning vatanparvarlik va millatparvarlik tuyg'ulari kuchli bo'ladi. Bunday holat o'z navbatida davlat va xalqning birligini mustahkamlashda turli xil millatlar va ijtimoiy qatlamlarning bir-birlari bilan umummanfaatlar yo'lida jipslashishlarida qudratli omil sifatida xizmat qiladi.

Ma'naviyat va ma'rifat bor joyda ehtiyojlar va zaruriyatlar ham yuzaga keladi. O'z navbatida ehtiyojlar va zaruriyatlar shaxs, millat va davlatni kechagidan bugun, bugundan ertaga yana ham yaxshiroq hayot kechirishga, barkamol bo'lishiga etaklaydi, shaxs, millat va davlatning taraqqiyoti sari harakat qilishga da'vat etadi. Bu jarayonda ma'naviyat va ma'rifat shaxs, millat va davlat taraqqiyotini harakatga keltiruvchi bosh omil hisoblanadi.

Ma'naviyat va ma'rifat aql-zakovat, salohiyat yuksakligining muhim mezoni va manbai hisoblanadi. Bu orqali inson millat mahsulini millat va mamlakatning yuksak moddiy va ma'naviy boyliklari darajasiga ko'taradi.

Ma'naviyat va ma'rifat davlat ichki hayotida tinchlik, barqarorlikni vujudga keltiradi, har qanday munozarali masalalarni aql va vazminlik bilan hal qilishda xalq ruhiyatini shakllantiradi.

Ma'naviyat va ma'rifat kishilarni subyektiv, qarindosh-urug'chilik, mahalliychilik manfaatlari ehtiroslarga berilishidan saqlaydi, shaxsiy va mahalliy manfaatlarni millat hamda Vatan manfaatlariga uyg'unlashtirish muhitini vujudga keltiradi, millatning umubashariy qadriyatlar sari intilishini kuchaytiradi.

Ma'naviyat va ma'rifat mamlakatda adolatni qaror toptirish, insonlarni qonunlarning ijodkori va itoatkori darajasiga ko'taradi. Qonunlar davlat, millat va shaxsning har qanday harakatining aniq me'yori darajasiga aylangan mamlakatda demokratik ruhdagi adolatli qadriyatlar shakllanishi mumkin bo'ladi.

Ma'naviyatning tarkibiy tizimi.

Ma'naviyat - shaxsning ruhiy hayot tajribasi, ruhiy olamini, dunyoqarashini, aqliy salohiyatini o'zida mujassamlashtiradi. U shaxsning va millatning o'zligini anglashi, milliy g'urur, milliy iftihor, vatanparvarlik, davlatga hurmat, jamoa an'analariga xayrixohlik, diyonat, mehr-shafqat, poklik, halollik, vijdonlilik, rostgo'ylik, adolatparvarlik, kamtarinlik kabilarni o'z ichiga oladi. Ma'naviyat yo'li - bosqichma-bosqich o'tiladigan yo'l. Inson aqlini tanigandan boshlab, tafakkur, axloq va ma'rifatda kamolotga intiladi. Jamiyat ma'naviyati, uning rivoji ham uzoq davom etgan tarixiy taraqqiyotning natijasi hisoblanadi. Jamiyat asta-sekin rivojlanib borgan sari inson ma'naviyati ham tarkibiy jihatdan mukammallashib borgan. Ma'naviyatning eng qadimgi asoslarini axloqiy, diniy va badiiy qarashlar tashkil qiladi. Davlatning yuzaga kelishi bilan ma'naviyatning siyosiy, falsafiy va ilmiy shakllari yuzaga kelgan. Shunday qilib, ma'naviyatning tarkibiy tizimini quyidagilar tashkil qiladi:

S tarbiyaga oid qarashlar va axloqiy ta'lim;

S diniy qarashlar va diniy ta'lim;

S badiiy qarashlar va badiiy ta'lim;

S falsafiy qarashlar va falsafiy ta'lim;

S siyosiy qarashlar va siyosiy ta'lim;

S huquqiy qarashlar va huquqiy ta'lim;

S ilmiy qarashlar va fan jami tabiiy va gumanitar fanlar ham shu guruhga

kiradi.

Bularning har qaysisi tadqiq predmetiga ega. Ular ma'lum ijtimoiy vazifani bajarishga da'vat etilgan bo'lib, jamiyat taraqqiyoti va ma'naviyatli komil insonni tarbiyalashda muhim mavqe tutadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ma'naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug'ati. T.: G'.G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2010.

2. Ziyomuhammadov B., Ziyomuhammedova S., Qodirova S. Ma'naviyat asoslari. T.: O'zbekiston Milliy etiklopediyasidavlat ilmiy nashriyoti, 2000.

3. Рахмонова Г. Ш. и др. АХЛО^-ШАХС ТАРА^ИЁТИНИНГ Ю^ОРИ МАЪНАВИЙ ПОЙДЕВОРИ //BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI. - 2022. - Т. 2. - №. 2. - С. 160-165.

4. Рахмонова Г. Ш. и др. ТАЛАБА-ЁШЛАРНИ ТАРБИЯЛАШДА МАЪНАВИЙ-АХЛОКИЙ ^АДРИЯТЛАРНИНГ УРНИ ВА А^АМИЯТИ //BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI. -2022. - Т. 2. - №. 2. - С. 108-113.

5. Rakhmonova G. S. The Content of the Development of Spiritual and Moral Competencies of Students //EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION. - 2022. - Т. 2. - №. 2. - С. 179-183.

6. Rakhmonova G. S. Development of Spiritual and Moral Competencies in Students as a Pedagogical Problem //International Journal of Culture and Modernity. - 2021. - Т. 11. - С. 311-314.

7. Рахмонова Г. Ш. РАЗВИТИЕ ДУХОВНО-НРАВСТВЕННЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ У СТУДЕНТОВ: DOI: 10.53885/edinres. 2021.30. 30.038 Рахмонова ГШ, научный исследователь кафедры «Дошкольное образование» БГУ, Асадова Вазира, одарённый студент факультета Дошкольного образования БГУ //Научно-практическая конференция. -2021. - С. 96-97.

8. Shavkatovna R. G. Methods of formation of spiritual and moral competencies in the education of future teachers //Academicia: an international multidisciplinary research journal. - 2021. - Т. 11. - №. 2. - С. 976-980.

9. MILLIY QADRIYATLAR ORQALI OILADA BOLALARNI AXLOQIY TARBIYALASHNING AHAMIYATI». S Jabborova - ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 2022

10. The ways to promote healthy lifestyles in preschools. S.Z. Jabborova -ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 2022

11. The ways to Promote Healthy Lifestyles in Preschools JS Zoirovna -EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN ..., 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.