Научная статья на тему 'MA’NAVIY BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHNING SAMARALI YO’LLARI VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARI'

MA’NAVIY BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHNING SAMARALI YO’LLARI VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
barkamol avlod / sifatli ta’lim / tarbiya / ilmiy texnika innovatsiyalar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Amanullayev Bekzod Botirovich, Abdurahimov Azamat Olimovich

Yosh avlodni tarbiyalashning samarali yo’llari. Ta’limning iqtisodiyotga bog’liqligi va innovatsion texnologiyalar, takliflar va tavsiyalar. Zamonaviy ta’lim tizimiga moslashish.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MA’NAVIY BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHNING SAMARALI YO’LLARI VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARI»

"MA'NAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI OZBEKISTON BUNYODKORI" XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN 2024-YIL 16-MAY

MA'NAVIY BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHNING SAMARALI YO'LLARI VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARI

*AmanuHayev Bekzod Botirovich, 2Abdurahimov Azamat Olimovich https://doi.org/10.5281/zenodo.11224964

Annontasiya. Yosh avlodni tarbiyalashning samarali yo'llari. Ta'limning iqtisodiyotga bog'liqligi va innovatsion texnologiyalar, takliflar va tavsiyalar. Zamonaviy ta'lim tizimiga moslashish.

Kalitso'zlar: barkamolavlod, sifatli ta'lim, tarbiya, ilmiy texnika innovatsiyalar.

Abstract. Effective ways of educating the young generation. Dependence of education on the economy and innovative technologies, suggestions and recommendations. Adaptability to the modern education system.

Keywords: perfect generation, quality education, education, scientific technique innovations.

AHHoma-ция. Эффективные пути воспитания молодого поколения. Зависимость образования от экономики и инновационных технологий, предложения и рекомендации. Адаптивность к современной системе образования.

Ключевые слова: идеальное поколение, качественное образование, воспитание, научно-технические инновации.

Ma'naviy barkamol avlodni tarbiyalashda ularga berilgan imkoniyatlarning o'rni juda muhim. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 11-aprel kuni yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.

Mamlakatimizda 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar 19 milliondan ortiq yoki aholining 55 foizini tashkil qiladi. Mehnat bozoriga har yili 600 ming yoshlar kirib kelayotgan bo'lsa, kelgusi 10 yilda bu raqam 1 millionga yetadi.

Shu bois yoshlarga sifatli ta'lim berish, kasb-hunarga o'qitish va bandligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu ishlarni mahallada tashkil etish bo'yicha vertikal boshqaruv tizimi yaratildi. 9 ming 500 ta mahallaga fidoyi va tashabbuskor yoshlar yetakchilari tayinlandi. Bu tizim orqali yoshlarga 100 dan ortiq imkoniyatlar yaratildi, ularni manzilli qo'llab-quvvatlash yo'lga qo'yildi.

Misol uchun, o'tgan yilning o'zida yoshlar tadbirkorligi uchun 4 trillion so'm kredit berilib, 150 mingta loyiha ishga tushirilgan, 325 mingta ish o'rni yaratilgan. 43 ming gektar ekin maydoni ajratilib, 435 ming yoshlar bandligi ta'minlangan. 32 mingdan ziyod yoshlarga subsidiya orqali asbob-uskuna, mehnat qurollari va kompyuter olib berilgan.

Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha ham ko'p ishlar qilinmoqda. Jumladan, o'tgan yili 130 ming talabaga 1 trillion 700 milliard so'm ta'lim krediti berildi, xotin-qizlarning magistraturada o'qishi bepul bo'ldi. 53 ming nafar ehtiyojmand talabaga kontrakt pullari, 15 mingdan ziyod yoshlarga harbiy xizmat va 13 ming nafariga chet tillari bo'yicha imtihon xarajatlari to'lab berildi. 81 ming talabaga uy-joy ijarasi to'lovi ajratildi. "Yoshlar daftari" orqali 300 ming yoshlarga qariyb 600 milliard so'mlik yordam ko'rsatildi. Imkoniyatlar tobora ortib bormoqda ekan tarbiyalashning samarali yo'llari ham kengaymoqda

"MANAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI O'ZBEKISTON BUNYODKORI" XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN 2024-YIL 16-MAY

Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma'naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo'lgan xususiyatlarga ega bo'lishini ta'minlash yo'lida ko'riladigan chora tadbirlar yig'indisi. Tarbiya insonning insonligini ta'minlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyat hisoblanadi. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo'la olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta'minlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqa avlodga o'tadi. Har bir yosh avlod o'z yurti uchun muhim shaxs ekanligini tushungan holda, aqliy tarbiya jihatidan ham o'z ustida mexnat qilishi lozim.

Aqliy tarbiya — shaxsning har tomonlama taraqqiyoti, uni turmush va mehnatga tayyorlashning muhim tarkibiy qismi. Aqliy tarbiya bilimlarni to'plash, biror narsani tahlil va sintez qilish, narsa va hodisalarni taqqoslash hamda tasniflash, umumlashtirish, mavhumlashtirish, ularni bir tizimga solishni nazarda tutadi. Aqliy tarbiya vazifasi intellektual ko'nikmalar, ya'ni har qanday fanni o'rganishda qo'llaniladigan umumiy o'quv ko'nikmalari — o'qish, tinglash, o'z fikrini og'zaki bayon etish, yozish, manba bilan ishlash, mustaqil ishlash malakalarini, shuningdek biror fanni egallash bo'yicha zarur bo'lgan maxsus ko'nikmalar (chizma, xaritalarni o'qiy bilish, ularning natijalarini chiqara olish) ni egallashdan iborat. Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, ya'ni bolalarga olam ilmiy manzarasi, tabiat va jamiyat taraqqiyotining asosiy qonunlarini tushuntirish ham Aqliy tarbiyaning muhim vazifasidan biridir. Bunda bolalar hayotining dastlabki yilidayoq atrofni o'rab turgan barcha narsalar bilan tanishtirib borish muhim ahamiyatga ega. Aqliy tarbiya ta'lim, o'yin, mehnat jarayonida, hayotiy vaziyatlarni hal etish, kattalar va tengdoshlar bilan bo'lgan muloqotda, ommaviy axborot vositalari orqali olinadigan axborotlarni qabul qilish va o'zlashtirishda ro'y beradi.Hozirgi kunda ta'lim tizimimizning ichida va menejmentida innovatsion texnologiyalardan foydalanish va o'qitish jarayonlariga kiritish yo'lga qoyilgan, bundan tashqari kun sayin talab ham ortib bormoqda.

Innovatsiya (inglizcha. innovationas — kiritilgan yangilik, ixtiro) — 1) texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni ta'minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablag'lar; 2) ilmiy-texnika yutuqlari va ilg'or tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qo'llanilishi. "Hemis" platformasidan 220 dan ortiq oliy ta'lim muassasalari va 1 milliondan ortiq talabalar foydalanib kelmoqda. Hemis universitet davomatini nazorat qila oladi "hemis" platformasining asoschisi UMFT rektori Utkir Hamdamov. Ta'lim yangi bosqichga kotarilmoqda o'quvchilar, talabalar kerakli ma'lumot olishlari osonlashmoqda. Hattoki universitetlarda qilinadigon "prezitatsiya" ni ham sun'iy intellekt yordami orqali qilinmoqda ba'zi hollarda. Ta'limda yosh avlodga to'g'ri tarbiya berilsa, barkamol avlodni yetuk kadr bo'lib yetishishga harakat qilsak iqtisodiyotimizga ham foyda keltiradi, milliy iqtisidiyot davlatimiz uchun millatimiz uchun juda muhim.

O'zbekiston Respublikasining Prezidentining farmoni: 2022 — 2026-YILLARGA MO'LJALLANGAN YANGI O'ZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIYASI TO'G'RISIDA.

milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash;

2023-2024 yillarda O'zbekiston iqtisodiyoti qanday o'zgardi?

"MANAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI OZBEKISTON BUNYODKORI" XALQAROILMIY-AMALIY ANJUMAN 2024-YIL 16-MAY

OTB mamlakat iqtisodiyotiga oid prognozni taqdim etdi. Unga ko'ra, ko'rsatkich har ikki yilda ham 5%ga o'sishi prognoz qilinmoqda. Ijtimoiy himoya, ta'lim va sog'liqni saqlashga kutilayotgan yuqori xarajatlar budjet taqchilligini qo'llab-quvvatlaydi.

Oltin zaxiralarining ko'payishi hisobiga 2023 va 2024-yillarda yalpi valyuta zaxiralari $37 mlrd.gacha oshishi kutilmoqda. Har ikki yilda keng pul mablag'lari 25% ga o'sishi prognoz qilinmoqda. Ta'lim va iqtisodiyot bir birga bog'liq ekan. Biz ilg'ori texnologiyalarimizni rivojlantira olsak, yurtimiz uchun, ham iqtisodiy ham tarbiyaviy foyda keltira olamiz.

2024-yil 4-may Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda BAA Investitsiyalar vazirligi o'rtasida memorandum imzolandi 3-may Visa rahbariyati bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Xalqaro investitsiya forumi doirasida "IT Park Uzbekistan: rivojlanishining yangi istiqbollari" mavzusida sessiya tashkil etildi 3-may Xalqaro investitsiya forumi doirasida sun'iy intellekt mavzusiga bag'ishlangan panel sessiyasi bo'lib o'tdi.

"MANAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI OZBEKISTON BUNYODKORI" XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN 2024-YIL 16-MAY

Toshkentda bo'lib o'tayotgan uchinchi Xalqaro investitsiya forumi doirasida "O'zgarishlar va barqarorlik algoritmi: mintaqa va jahon iqtisodiyotini o'zgartirishda sun'iy intellektning roli" mavzusida panel sessiyasi tashkil etildi. Ta'lim tizimimizga innovatsion texnologiyalar bilan yanada koproq yondashsak yoshlarning bilim olishi , tarbiyalash strategiyasining samarali yo'lini tuzishga e'tiborni kuchaytirsak, millatimiz kelajagi uchun manfaati yanada oshadi. Innovatsion texnologiyalar orqali ilm olishga moslashishimiz kerak.

Bugungi kunda eng dolzarb va zarur maxorat - bu g'ayrioddiy va moslashuvchan harakat bo'lib, faoliyat sohasidan qat'iy nazar, barcha muvoffaqiyatli odamlarning o'ziga hos xususiyati hisoblanadi.

REFERENCES

1. https://xs.uz/uz/post/yoshlar-uchun-yangi-imkoniyatlar-belgilandi

2. https://uz.rn.wikipedia.org/wiki/Tarbiya

3. https://uz.rn.wikipedia.org/wiki/Aqliy_tarbiya

4. https://uz.rn.wikipedia.org/wiki/Innovatsiya

5. https://hemis.uz

6. https://lex.uz/docs/-5841063

7. https://www.spot.uz/oz/2023/04/07/adb-forecast/

8. https://gov.uz/digital/news/view/10864/

9. Lider shaxsiyati / Brayan Treysi, Frank M. Sheelen, ingiliz tilidan Nilufar Yulchiyeva tarjimasi ISBN 978-9943-8217-3-6.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.