Научная статья на тему 'KIBER OLAMNING YOSHLAR MA’NAVIY HAYOTIGA TA’SIRI'

KIBER OLAMNING YOSHLAR MA’NAVIY HAYOTIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
axborot texnologiyalari / kiberhujum / ma’naviy poklik / global muammolar / internet / qadriyatlar.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Salaxidinov Sarvarbek Zaynabidinovich, Egamberdiyev Islom Abdumajid O’G’Li

Ushbu maqolada yoshlar ma’naviy-axloqiga jiddiy ta’sir etuvchi kiberhujumning salbiy xolatlari yoritilgan. Shu bilan birgalikda hozirgi globallashuv va rivojlanish davrida yoshlarni ongini yot va buzg‘unchi g‘oyalar bilan zaxarlanishida kiberolamni ahamiyati ifodalangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KIBER OLAMNING YOSHLAR MA’NAVIY HAYOTIGA TA’SIRI»

"MA'NAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI O'ZBEKISTON BUNYODKORI" XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN 2024-YIL 16-MAY

KIBER OLAMNING YOSHLAR MA'NAVIY HAYOTIGA TA'SIRI

1Salaxidinov Sarvarbek Zaynabidinovich, 2Egamberdiyev Islom Abdumajid o'g'li

1ADTI dotsent 2ADTI talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11215785

Annotasiya. Ushbu maqolada yoshlar ma'naviy-axloqiga jiddiy ta'sir etuvchi kiberhujumning salbiy xolatlari yoritilgan. Shu bilan birgalikda hozirgi globallashuv va rivojlanish davrida yoshlarni ongini yot va buzg'unchi g'oyalar bilan zaxarlanishida kiberolamni ahamiyati ifodalangan.

Kalit so'zlar: axborot texnologiyalari, kiberhujum, ma'naviy poklik, global muammolar, internet, qadriyatlar.

Hozirgi murakkab va tahlikali zamonda milliy o'zligimiz, azaliy qadriyatlarimizga yot va begona bo'lgan turli xil hurujlar, yoshlarimizning ongi va qalbini egallashga qaratilgan g'arazli intilishlar tobora kuchayib borayotgani barchamizni yanada hushyor va ogoh bo'lishga da'vat etishi tabiiydir.

Bugungi kunda rivojlanib borayotgan axborot texnologiyalari insonlar hayotini butunlay o'zgartirib yubordi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev: "Mana shunday murakkab sharoitda yoshlarimiz sezgir va ogoh bo'lishi, har bir masalada, avvalo, Vatan manfaatlarini o'ylab ish tutishi zarur. Ilm-ma'rifat va kasb-hunarga intilish, oilani muqaddas bilish, ma'naviy poklik, kattalarga hurmat, kichiklarga shafqat, qadriyatlarimizga sadoqat kabi ezgu fazilatlar azaldan xalqimiz, millatimizning qonida bo'lib kelgan. Biz mana shunday bebaho merosimizni nafaqat asrashimiz, balki uni yanada boyitishimiz, kelgusi avlodlarga bezavol yetkazishimiz kerak."1 Mana shu metodologik yondashuv asosida sivilizatsiya taraqqiyotining o'ziga xos bosqichi hisoblanayotgan axborotlashgan jamiyatda yoshlarni internetdagi destruktiv kuchlar ta'siridan himoya qilish muammosini hal etish tobora dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bu esa birinchi navbatda, jamiyatning hozirgi holati, yuqori texnologik madaniyatning yoshlar ma'naviy-axloqiy dunyoqarashiga ta'siri bilan bog'liq jarayon bo'lsa, ikkinchi navbatda axborotlashuv sharoitida hayotning yangi shakllarining paydo bo'lishi, dunyoning ilmiy-madaniy manzarasini o'zgarishi ommaviy axborot vositalari va kommunikatsiyalar ta'sirida sodir bo'lmoqda.

Global muammolardan biri kiberhujum xisoblanib internet muhitida Facebook va Twitter kabi platformalarda kompyuter, planshet va telefon kabi aloqa vositalaridan foydalanish bilan yuzaga kelishi mumkin. Bu Telegram kabi ijtimoiy tarmoqlar va onlayn o'yinlar kabi tezkor xabar almashish vositalarida ham sodir bo'lishi mumkin. Ishlab chiqilayotgan yangi texnologiyalar yangi kiber muhitning shakllanishiga olib keladi. Umuman olib qaraganda axborotlashuvning kuchayishi nafaqat qo'shimcha qulayliklar, balki ma'lum bir xavf va tahdidlarni ham yuzga keltirmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kibermakondagi zamonaviy tahdid va xatarlarga munosib javob qaytarish uchun ShHTning axborot xavfsizligi sohasidagi ekspertlar forumini ta'sis etish to'g'risida tashabbus bilan chiqqanligi ham bejiz emas.2

1 https://president.uz/uz/lists/view/4042 - fflaBKaT Mup3uëeB: Ëm^ap Kernware öraaH öofotk; ^ap «aH^an Ba3H$a önpnaMHH a^aMH^Tra эгa

2 https://president.uz/uz/lists/view/4620 - fflX,Tra pauc^HK Y36eKHCTOHra yrgu.

"MANAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI OZBEKISTON BUNYODKORI" XALQAROILMIY-AMALIY ANJUMAN 2024-YIL 16-MAY

O'zbekistonda raqamli texnologiyalar va ijtimoiy tarmoqlar rivojlanib borar ekan, buning natijasida yoshlar tomonidan raqamli texnologiyalar bilan bog'liq jinoyatlar soni ham ko'payib bormoqda. Ichki ishlar vazirligining ma'lumot berishicha: "So'nggi 3 yilda kiberjinoyatlar soni bir necha baravarga oshib ketgan. Jumladan, kiberjinoyatchilikning bir qator turlari sodir bo'layotganligi kuzatilmoqda"3. Internetdan foydalanish chegaralarini nazorat qilish qiyin bo'lgan bir paytda yoshlar dunyoqarashini kiberjinoyatlardan asrash muhim vazifadir. Bu qanchalik yangi fenomen bo'lmasin, dunyoqarashining darajasidan qat'iy nazar ota-onalar va ta'lim tizimi oldiga murakkab vazifalarni qo'yaveradi. Kiberbulling rivojlanayotgan texnologiya va ijtimoiy media platformalarida ildiz otgan. Millionlab foydalanuvchilar tomonidan foydalaniladigan ijtimoiy media kanallari kiberhujum paydo bo'lish joylari hisoblanadi.

Axborot texnologiyalarining rivojlanishi insonning axborot texnologiyalariga bo'lgan qaramligini oshiradi. Texnologiyaning rivojlanishi bilan foydalanuvchilar soni ham ortib bormoqda. Odamlar ma'lumot iste'molchisi bo'lib, axborot ishlab chiqaradi. Dunyodagi barcha odamlar hayotining o'rtacha yarmini axborot texnologiyalari bilan aloqada yoki YouTubega video yuklash, Facebook va Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlarda statuslar yozish va ularga javob berish, xat yozish va ularga javob berish orqali o'tkazadi. Bu esa axborotlashgan jamiyatda yoshlar milliy o'zligidan begonalashuvining oldini olish va milliy-ma'naviy xavfsizlikni ta'minlash muammolarini yuzaga keltiradi.

O'zbekiston ichki ishlar vazirligining ma'lumot berishicha: "So'nggi 3 yilda kiberjinoyatlar soni bir necha baravarga oshib ketgan. Jumladan, kiberjinoyatchilikning bir qator turlari sodir bo'layotganligi kuzatilmoqda.

-firibgarlar plastik karta foydalanuvchilariga kelgan SMS-xabarnomadagi kodlarni to'lovni amalga oshirish, yutuqni berish kabi bahonalar orqali egallab, undagi mablag'larni o'zlashtirish;

-shaxsiy ma'lumotlarni egallash va ularni oshkor qilish bilan qo'rqitib tovlamachilik qilish (kibertovlamachilik);

-ijtimoiy tarmoqda zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish, haqorat, suitsid holatlari (kiberbulling) va boshqalar. Tajovuzkorlikning ushbu turi (shakli) ko'proq o'smirlar orasida keng tarqalgan bo'lib, agressiyani amalga oshiruvchi shaxs anonim (shaxsi aniqlanmagan) holda bo'lib qoladi va shu sababdan o'smirlar zo'ravonlik qilishga intiladilar.

Agressiyani masofadan turib amalga oshirish agressiya o'ljasining reaksiyasi va munosabatini hamda o'zining xatti-harakatlarini qay tarzda ta'sir etayotganini ko'rish imkonini bermaydi, natijada esa, agressor o'z o'ljasiga nisbatan hech qanday his-tuyg'uni sezmaydi va hamdardlik hissiyoti yuzaga kelmaydi.

Mamlakatimizdagi ko'p ota-onalarning axborot texnologiyalarini yaxshi tushunmasligi va bilmasligi kiberbulling paydo bo'lishiga turtki bermoqda. Ko'pchilik ota-onalar axborot texnologiyalarini tushunmaganligi sababli, o'z farzandlari ushbu texnologiyalardan qay tarzda va nima maqsadlarda foydalanayotganligidan bexabar bo'lib qolmoqdalar.

Mamlakatimizda axborot xavfsizligini ta'minlash qator tashkiliy va huquqiy masalalarni hal qilishni, shuningdek, siyosiy va tarbiyaviy choralar ko'rishni taqozo qiladi. Axborot xavfsizligi fuqarolarning kundalik hayotda axborotga bo'lgan ehtiyojini qondirish uchun shart-sharoit yaratib, ularni turfa axborot tahdidlaridan himoya etishning huquqiy-siyosiy ko'rinishidir. Axborot xavfsizligini ta'minlashning yana bir muhim usuli - fuqarolarning axborot madaniyatini yuksaltirish, ya'ni ularda qabul qilgan axborotlarni saralay bilish va ularning umummanfaat uchun

3 https://telegra.ph/S%D1%9Enggi-3-jilda-kiberzhinoyatlar-soni-bir-necha-baravarga-oshib-ketdi--IIV-06-16

"MANAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI OZBEKISTON BUNYODKORI" XALQAROILMIY-AMALIY ANJUMAN 2024-YIL 16-MAY

xizmat qiluvchi jihatlaridan ongli foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirish bilan bog'liq. Axborot xavfsizligini ta'minlash, uning samaradorligini oshirish sohasida har bir shaxs ma'lum axborotning foydali yoki zararli tomonlarini chuqur idrok etib, ularni qay darajada qabul qilish mezonlarini ishlab chiqishi, ma'lum axborotning o'z professional-kasbiy faoliyati hamda kundalik hayoti uchun nechog'lik kerak yoki kerak emasligini tushunish va baholash ko'nikmasiga ega bo'lishi zarur. Boshqacha aytganda, kishilar tafakkurida axborotlarning keragini-kerakka, saragini-sarakka, puchagini-puchakka ajratadigan "filtr" va ko'nikmalar bo'lishi axborot xavfsizligini kafolatlovchi muhim omil hisoblanadi.

Agar siz kimdir haqida haqoratomuz postni yoqtirsangiz yoki yuborsangiz ham, bu ham kiberbullingdir. Ma'lumki, tahqirlangan odamda umidsizlik paydo bo'ladi. Ma'lumki, umidsizlikning oxiri ba'zan o'z joniga qasd qilish bilan bog'liq. Shuning uchun ham fuqarolarimizning internetdagi holatidan qat'iy nazar, media savodxon bo'lish zarur. Bu borada Xurshid Do'stmuhammadning fikrlariga e'tibor qaratish joiz: "Biz jamiyatni axborotlashtirish XXI asr odamining eng katta, eng dolzarb, eng murakkab vazifasi, burchiga aylangan zamonda yashamoqdamiz. Yangi asr insoniyat oldiga ushbu vazifani "Yo hayot, yo mamot" tarzida ko'ndalang qo'ydi".4

Yuqoridagilardan kelib chiqib quyidagicha xulosa qilish mumkin.

Birinchidan, kiberbulling hodisasiga qarshi kurashishda xorijiy mamlakatlarda tajribasidan foydalanish zarur. Ilg'or qonunchilik va texnologik innovatsiyalarni mamlakatimizda tatbiq qilish yo'llarini ishlab chiqish va bu boradagi xalqaro hamkorlikni yo'lga qo'yish zarur.

Ikkinchi navbatda, qayd etib o'tish kerakki, mamlakatimizda bugungi kunga kelib ushbu hodisaga nisbatan qarshi kurashish mexanizmi qisman shakllanganligi bo'lib, O'zbekiston Respublikasining "Bolalarni ularni sog'lig'iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to'g'risidagi" Qonunida "bolalar ongiga g'ayriqonuniy axborot-ruhiy ta'sir ko'rsatilishining, ularga hiyla ishlatilishining, bolalarni g'ayriijtimoiy harakatlarga undovchi axborot mahsuloti tarqatilishining oldini olish, shuningdek ushbu sohadagi huquqbuzarliklarni profilaktika qilish" yo'nalishi davlat siyosatining tarkibiy qismi sifatida belgilangan.5

Uchinchidan, kelgusida ushbu hodisalarning oldini olish va ularga qarshi kurashish mexanizmni takomillashtirish uchun qo'shimcha normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi maqsadga muvofiqdir. Bizning nazarimizda milliy ta'lim tizimida yoshlar orasida kiberbullingga qarshi kurashish mexanizmini takomillashtirishda quyidagilarga alohida e'tibor qaratish lozim:

Shu sababli ham Xitoy xalq respublikasi tajribasidan kelib chiqib internet tarmog'iga ulanishdayoq shaxsni identifikatsiya qilish choralarini ko'rish kerak.6 Albatta, bu masala juda bahsli bo'lib ayrim liberal qarashdagi tadqiqotchilar bu kabi choralarni inson huquqlarini buzish deb hisoblashlari tayin. Bizning fikrimizcha esa shaxs noqonuniy ma'lumot olish bilan shug'ullanmas ekan, uni shaxsini identifikatsiya qilishdan ham qo'rqmasligi kerak.

Beshinchidan, kiberhujumni oldini olish va hal qilishda oilaviy ta'lim muhim rol o'ynashini e'tiborga olgan holda oilaviy axborot madaniyatini kuchaytirish choralarini ko'rish kerak. Agar bolalar oilada yaxshi axloqiy tarbiya va psixologik maslahatlar olmagan bo'lsa, ular hujumlar, bezorilik va yomon niyatli xatti-harakatlarga moyil bo'ladi. Bundan tashqari, ba'zi ota-

4 Х.Дустмухдммад. Ахборот -муъжиза, жозиба, фалсафа. Янги аср авлоди. 2013. - Б. 99.

5 https://lex.uz/docs/3333797?ONDATE2=21.04.2021&action=compare

6 https://digital.report/s-1-iYunva-kitaYskiY-internet-budet-zhit-po-zakonu-o-kiberbezopasnosti/

"MA'NAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI O'ZBEKISTON BUNYODKORI" XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN 2024-YIL 16-MAY

onalar farzandlarining Internetdagi xatti-harakatlariga e'tibor bermasliklari yoki yetarlicha e'tibor va nazoratga ega bo'lmasliklari mumkin, bu ham bolalarda Internetda zararli xatti-harakatlarning paydo bo'lishiga olib keladi.Shu bilan birgalikda bolalarni internet tarmog'idagi zararli kontentdan himoya qilish choralarini ko'rish, ota-onalar va ta'lim muassasalari va xizmat ko'rsatuvchilarning bu boradagi majburiyatini kuchaytirish choralarini ko'rish maqsadga muvofiqdir.

Oltinchidan, voyaga yetmagan yoshlarning ta'lim-tarbiyasini takomillashtirish, ularni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, jonajon Vatanimiz ravnaqi yo'lida mamlakatimiz kelajagi vakillarining rolini oshirish masalalari alohida belgilab olish muhim ahamiyatga ega. Jamiyatimiz kelajagi yosh avlodni qanday tarbiyalash bilan bog'liq. Zero, yoshlar mamlakatimizning ertangi avlodi sifatida xalq xo'jaligining turli tarmoqlari taraqqiyoti va rivojlanishiga o'z hissalarini qo'shadilar. Ya'ni, bugun biz bilimli yoshlarni tarbiyalab, ularni o'zlikni anglash, Mustaqillik davri yutuqlariga hurmat ruhida tarbiyalayotgan bo'lsak, oldimizda porloq kelajak kutmoqda. Zamonaviy kasb-hunar va hunarmandchilikka ega bo'lish orqali o'smir va yoshlarimiz bor bilim va ko'nikmalarini milliy davlatimiz ravnaqi uchun yo'naltirishi tabiiy jarayondir. Shu jixatdan, yosh avlodni to'g'ri tarbiyalash uchun butun jamiyat mas'ul, har qanday huquqbuzarliklarning oldini olishda barchamiz tashabbuskor bo'lishimiz kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Дo'стмуhаммад Х. Ахборот -Mo^roa, жозиба, фалсафа. Янги аср авлоди. 2013. -Б. 99.

2. https://telegra.ph/S%D1%9Enggi-3-jilda-kiberzhinoyatlar-soni-bir-necha-baravarga-oshib-ketdi--IIV-06-16

3. https://digital.report/s-1-iyunya-kitayskiy-internet-budet-zhit-po-zakonu-o kiberbezopasnosti/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.