Научная статья на тему 'YANGI O'ZBEKISTON OLIY TA'LIM TIZIMIDA BARKAMOL YOSHLAR RIVOJLANISHIDA XOTIN QIZLARNING O'RNI'

YANGI O'ZBEKISTON OLIY TA'LIM TIZIMIDA BARKAMOL YOSHLAR RIVOJLANISHIDA XOTIN QIZLARNING O'RNI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
іlm-fan / xotіn-qіzlar / ta`lіm / jamіyat / metod.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Azibayeva Samira Boymirzayevna

Mazkur maqolada іlm-fan sohasіda ayollarnіng іshtіrokі, ularnі qo`llab-quvvatlash masalalarі ko`rіb chіqіladі. Undan tashqarі maqolada ta`lіm sіfatіnі oshіrіsh omіllarі tahlіl etіladі.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O'ZBEKISTON OLIY TA'LIM TIZIMIDA BARKAMOL YOSHLAR RIVOJLANISHIDA XOTIN QIZLARNING O'RNI»

"MA'NAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI OZBEKISTON BUNYODKORI" XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN 2024-YIL 16-MAY

YANGI OZBEKISTON OLIY TA'LIM TIZIMIDA BARKAMOL YOSHLAR RIVOJLANISHIDA XOTIN

QIZLARNING O'RNI

Azibayeva Samira Boymirzayevna https://doi.org/10.5281/zenodo.11215797

Annotatsiya. Mazkur maqolada ilm-fan sohasida ayollarning ishtiroki, ularni qollab-quvvatlash masalalari ko'rib chiqiladi. Undan tashqari maqolada talim sifatini oshirish omillari tahlil etiladi.

Kalit so'zlar: ilm-fan, xotin-qizlar, talim, jamiyat, metod.

KIRISH. Bugungi kunda mamlakatimiz ayollar talimiga, gender tengligi masalalariga yuksak e'tibor qaratmoqda. Ayollarning sifatli talim olishi uchun kopdan-kop imkoniyatlar, chegirmalar berilmoqda. Birgina misol magistratura bosqichiga o'qishga qabul qilingan xotin-qizlarning tolov-shartnoma summasi davlat tomonidan qoplab berilishi ularga bolgan etiborning naqadar yuksakligini ko'rsatib beradi.

ADABIYOTLAR SHARHI. BMT Bosh Assambleyasining taraqqiyot maqsadlari yo'lida fan, texnika va innovatsiyalar to'g'risidagi rezolyusiyada 11 fevral "Ilm-fanda xotin-qizlar ishtiroki xalqaro kun" sifatida e'lon qilingan. Ushbu xalqaro sana belgilanishida xotin-qizlarni uzluksiz qo'llab-quvvatlash ishlarni yanada rivojlantirish borasidagi navbatdagi muhim qadamlardan bo'ldi. O'zbekistonda "2022 — 2026 yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo'yicha milliy dasturning maqsadi — xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada kuchaytirish, ularning salomatligini mustahkamlash, qizlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, iqtidorli va bilimli qizlarni tarbiyalash hamdaularning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish, ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirish, jamiyatda, xususan,davlat boshqaruvida ularning rolini mustahkamlash hamda gender tenglikni ta'minlashdan iborat" [1;5].

Yangi O'zbekiston Taraqqiyot strategiyasining ustuvor vazifalaridan biri xotin-qizlarni ilm-fanga jalb etish, ular uchun imkoniyatlarni kengaytirish, jamiyat va davlat hayotidagi rolini kuchaytirish hamda barqaror rivojlanishga erishish etib belgilangan.

Xotin-qizlarning ilm-fandagi faoliyatlarini rivojlatnirishda an'anaviy shakllar bilan bir qatorda yangi zamonaviy shakllarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha tadqiqot dasturi tuzish, real amaliyotdagi ahvolni jamoatchilik fikri va qarashlarini ifoda etishga erishildi.

2010 yil yanvarda Jeneva shahrida BMTning "Ayollarga nisbatan kamsitishga barham berish bo'yicha qo'mitasining 45-sessiyasida O'zbekistonda xotin-qizlar turmush farovonligini yanada yuksaltirishda, ular uchun munosib turmush, mehnat, ta'lim sharoitlarini yaratishda ulkan ishlar amalga oshirilgani alohida e'tirofetildi" [2;1].

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL. Aytish joizki, ta'lim sifati va samaradorligi pedagogning kasbiy salohiyati, pedagogik mahoratiga bevosita bog'liq bo'lgani sababli «Ta'lim to'g'risida»gi Qonunda ta'lim tizimini malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, o'qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning yangi tizimini yaratish,ularning mehnatini rag'batlantirishni kuchaytirish masalalariga alohida e'tibor berilgan.

"MANAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI O'ZBEKISTON BUNYODKORI" XALQAROILMIY-AMALIY ANJUMAN 2024-YIL 16-MAY

Mustaqillik yillarida ta'lim sohasida malaka oshirish tizimi yanada takomillashtirildi, uning moddiy-texnika bazasi mustahkamlandi. Surxondaryo, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahridagi malaka oshirish institutlari uchun o'quv va yotoqxona binolari ajratildi.

O'qituvchilar malakasini oshirish yo'nalishidagi ishlarni yanada rivojlantirish maqsadida Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikdagi «Ta'lim sektorini rivojlantirish dasturi» loyihasi doirasida Abdulla Avloniy nomidagi respublika malaka oshirish instituti, 14 ta hududiy malaka oshirish instituti va 70 ta (har bir viloyatda 5 tadan) tayanch maktab qoshida masofadan o'qitishning ta'lim-resurs markazlari tashkil qilindi.215 nafar tizimdagi mutaxassis Germaniyada malaka oshirdi.

Bugungi kunda ta'lim muassasasining buyurtmasiga asosan pedagogning toifasi, staji, kasbiy tayyorgarligini oshirishga bo'lgan ehtiyojga mos holda, uning turlari va davriyligi qayta ko'rib chiqilib, malaka oshirishning «rejali-majburiy» tizimidan «yo'naltirilgan

maqsadli» takomillashtirilgan tizimiga o'tkazdi. Ta'lim mazmunining tez sur'atlarda yangilanib borayotgani munosabati bilan pedagoglarning malaka oshirish davriyligi 5 yildan 3 yil qilib belgilandi.

Ilm-fan faoliyat sohalaridagi shunday islohotlar, ilmiy kadrlar tayyorlash borasidagi erishilgan ijobiy natijalar xotin-qizlar ilm-fan sohalarida faolligi mamlakatimiz taraqqiyotini ta'minlash muhim omil bo'lmoqda. "Hozirgi vaqtda Fanlar akademiyasi tizimida ishlayotgan 4 ming 760 nafar xizmatchining 40 fozini, ya'ni 1 ming 905 nafarini xotin-qizlar tashkil etmoqda. Yurtimizda ilmiy izlanishlar bilan mashg'ul 2 ming 146 nafar tadqiqotchidan 695 nafari ham ayollardir. O'zbekiston xotin-qizlarining 7 nafari - akademik, 271 nafari - fan doktori (DSc), 1 ming 411 nafari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi sohibalari hisoblanadi" [3;2].

O'zbek olimalari kimyo, biotexnologiya, qishloq xo'jaligi kabi sohalarda ayniqsa faol izlanmoqdalar. Ta'lim, sog'liqni saqlash, ijtimoiy va gumanitar sohalar rivojida xotin-qizlarimizning ishtiroki salmoqli o'rin tutadi. O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 sentabrdagi "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi 562-sonli Qonunining 6-bob "Ta'lim, fan va madaniyat sohasida ayollar va erkaklarning tenghuquq va imkoniyatlarining kafolatlari" to'g'risidagi 26-moddasida - davlat ayollar va erkaklarning ta'lim olish huquqini amalga oshirishda teng imkoniyatlar yaratilishi hamda kafolatlar berilishini ta'minlashi ta'kidlangan. Shuningdek, ayollar va erkaklarning barcha turdagi ta'lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, o'quv va ilmiy jarayonni amalga oshirishda ishtirok etish, madaniyat, madaniy qadriyatlar va merosdan foydalanishda teng huquq va imkoniyatlar ega ekanligi, turli ta'lim dasturlaridagi gender mavzularini kiritish orqali fuqarolarninggender ta'limini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratish lozimligi urg'ulangan" [4;]. Ta'lim sohasidagi vakolatli organlar tomonidan ta'limmuassasalarining ta'lim dasturlari va rejalarining ayollar hamda erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni kafolatlash tamoyillariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o'tkazish jarayonlarini tahlil qilish muammoga yechim topishdagi muhim ilmiy va amaliy natijalarni kafolatlaydi.

O'zbekistonda xotin-qizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning salohiyatini yuzaga chiqarish masalalariga e'tibor kuchayib bormoqda. Gender ekspertizasining eng keng tarqalgan turi muhim davlat huquqiy hujjatlari, iqtisodiy va ijtimoiy siyosat, mehnat bandligining gender auditi, ayollar bandligi va mehnat sharoitlarining ixtisoslashuvi XMT (Xalqaro mehnat tashkiloti) bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Shuningdek, xotin-qizlarni ilmiy faoliyatga

"MA'NAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI O'ZBEKISTON BUNYODKORI" XALQAROILMIY-AMALIY ANJUMAN 2024-YIL 16-MAY

yo'naltirishning jinsga oid o'ziga xosligini ochib beruvchi, jamiyat hayotidagi o'zgarishlarni inobatga olgan holda an'anaviy gender stereotiplarni yengib o'tishga intilishni ifodalovchi nazariy-tahliliy ishlar ham, amaliy ishlanmalarni yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni yetarli, deb bo'lmaydi. Mazkur holat ushbu yo'nalishdagi ilmiy izlanishlarning mamlakatimiz ilm-fani va ijtimoiy hayoti uchun yangiligi va dolzarbligini belgilab beradi.

Birlamchi tahlillar jarayonida ayon bo'ladiki, xotin-qizlarni ilm-fan sohalaridagi faoliyatida psixologik-pedagogik, tibbiy-biologik va ijtimoiy- iqtisodiy jihatlar bog'lanib gender yondashuv uyg'unlikda kechadi. Shuningdek, psixologik-pedagogik jihatdan qaraganda, xotin-qizlarni ilm-fan sohalarini tanlovida gender omili tarbiyaviy ta'sir ko'rsatib, ularning shaxsiy va ijtimoiymanfaatlar uyg'unligiga intilishi, jamiyat taraqqiyoti uchun o'zini-o'zi takomillashtirish kabi o'z-o'zidan o'g'il-qizlar tarbiyasini amalga oshirishda ham inobatga olinishi zarur bo'ladi.

XULOSA VA MUNOZARA. Umuman, xotin-qizlarni ilm-fan sohalarini tanlashdagi qarashlarida ob'ektiv o'zgarishlar ro'y berishi uchun ijtimoiy ong, jamiyatdagi kayfiyatlar, qarashlar darajasida muayyan transformatsiya jarayonlari kechishi kerak bo'ladi.

Zamonaviy sharoitda xotin-qizlarning jamiyatdagi siyosiy-ijtimoiy ishtiroki dinamikasi, ilmiy salohiyatni egallashdagi faoliyati, mehnat bozoridabandlik darajasi, qadriyatli yondashuvlar asosidagi faoliyati tarixiy davrlar nazariyalari bo'yicha tavsiflanadi. Gender yondashuv va shaxsga qadriyatli yondashuv asosida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirish bugungi kunda ta'lim sohasi hamda yoshlar ma'naviy saviyasini oshirishga xizmat qiladi.

ADABIYOTLAR RO YXATI

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 martdagi "Oila va xotin-qizlarni tizimli qo'llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-87-son Farmoni.

2. Xotin-qizlar manfaati - doimiy himoyada. 2010 y. 12 iyul // O'zbekiston Milliy axborot agentligi (O'zA)ning veb-sayti - www.uza.uz

3. Ilm-fan sohasida xotin-qizlarning o'rni va ahamiyati: ma'naviyat, tinchlik va bunyodkorlik tushunchalari talqinida. 2022 y. 11 fevral // O'zbekiston Respublikasi oliy majlisi qonunchilik palatasining veb-sayti - https://parliament.gov.uz

4. O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 sentabrda qabul qilingan "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi 562-son Qonuni.

5. www.natlib.uz

6. www.ziyonet.uz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.