Научная статья на тему 'MA’NAVIY ASARLARIMIZDA MEHR VA MUHABBAT TALQINI -ENG OLIY QADRIYATDIR'

MA’NAVIY ASARLARIMIZDA MEHR VA MUHABBAT TALQINI -ENG OLIY QADRIYATDIR Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
1
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
milliy-ma’naviy / mehr va muhabbat / qadriyat / muruvvat / ob’ektiv.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Sultonova Nodira Ergashovna

Maqolada qadim zamonlardan to bugungi kungacha milliy-ma’naviy tarbiyaning sharq olimlarimizning asarlarida aks etishi va bu asarlarni g‘arb olimlarimizning asarlari bilan qiyosiy taxlil kilish jarayonini o‘rganish. Oilada farzandlarni milliy ma’naviy tarbiyalashning milliy va ma’naviy omillarini millat urf-odatlarini, udumlarini, an’analarining yosh avlodni tarbiyalashda mehr va muxabbatning o‘rni va ahamiyatini yoritish dolzarb masala ekanligi ta’kidlanadi. Xalq hayotida mavjud bo‘lgan tartib va qoidalarning oilada barkamol avlod tarbiyasiga ta’siri

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MA’NAVIY ASARLARIMIZDA MEHR VA MUHABBAT TALQINI -ENG OLIY QADRIYATDIR»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 21ST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz

MA'NAVIY ASARLARIMIZDA MEHR VA MUHABBAT TALQINI - ENG

OLIY QADRIYATDIR

Sultonova Nodira Ergashovna

Toshkent amaliy fanlar universiteti "Tarix" kafedrasi f.f.d (PhD), dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.13304472 Annotatsiya: Maqolada qadim zamonlardan to bugungi kungacha milliy-ma'naviy tarbiyaning sharq olimlarimizning asarlarida aks etishi va bu asarlarni g'arb olimlarimizning asarlari bilan qiyosiy taxlil kilish jarayonini o'rganish. Oilada farzandlarni milliy ma'naviy tarbiyalashning milliy va ma'naviy omillarini millat urf-odatlarini, udumlarini, an'analarining yosh avlodni tarbiyalashda mehr va muxabbatning o'rni va ahamiyatini yoritish dolzarb masala ekanligi ta'kidlanadi. Xalq hayotida mavjud bo'lgan tartib va qoidalarning oilada barkamol avlod tarbiyasiga ta'siri.

Kalit so'zlar: milliy-ma'naviy, mehr va muhabbat, qadriyat, muruvvat, ob'ektiv.

KIRISH

Jahonda yuksak insoniy qadriyatlar odamzod ongi va qalbi uchun kechayotgan kurashlar jarayonida statik va dinamik omillarni mujassamlashtirgan holda namoyon bo'ladi. Inson va jamiyat hayoti o'zaro mehr hamda muhabbat uyg'un holda kechuvchi, ijobiy trasformatsiyalashuvchi, shuningdek qahr va g'azab bilan dixotomik asotsiatsiyalashuvchi murakkab jarayon hisoblanadi. Bugungi kunda Xalqaro mehr tashkiloti a'zolarining geografiyasi kengayib, qisqa muddatda dunyoning 50 ga yaqin mamlakatlarini qamrab oldi. Insoniyat keyingi paytlarda gumanitar inqirozlar hamda ziddiyatlarni bartaraf qilish, munosabatlarni konflikt holatidan kompromiss hamda konsensusga olib o'tish uchun mehr va muhabbatni shaxslararo birdamlikni mustahkamlovchi rotsional va irratsional omil tarzida keng qo'llanilganligi dolzarb masalalardan biridir.

Jahondagi aksariyat davlatlar doimo millatlararo totuvlik, Vatanga, tarixiy-madaniy merosga mehr, oila va farzandlarga, ayol va ota-onaga muhabbat kabi gumanistik g'oyalarni doimo qadrlab kelgan. Ayniqsa bugungi behalovat zamonda ko'p millatli mamlakatlarda, tinchlik, hamjihatlikni ta'minlashda mehr va muhabbatning mazmun-mohiyatini anglash va butun dunyo xalqlariga singdirish ulkan ahamiyat kasb etadi. Jahon ilm-fanida taraqqiyparvar kuchlar «hamma hammaga yov» prinsipi o'zining uzoq rivojlanish jarayonida yaratgan oliyjanob, boqiy qadriyatlari - mehr va muhabbatni qarshi qo'yishga majbur bo'lmoqda. Jamiyatda mehr va muhabbat tuyg'usi nafaqat individual, balki juda katta ijtimoiy-antropologik muammolardan biri hisoblanib, ushbu xususiyatlarsiz "hayotni e'zozlash", sivilizatsiyalar inqirozini tatqiq etish zamonaviy ilm-fanning muhim masalasidir.

Mamlakatimizda «mehr» va «muhabbat», «oqibat», «muruvvat» kabi fazilatlarga katta e'tibor qaratish, bu tushunchalarni qayta-qayta targ'ib qilish, xalqimizni birdamlik, hamjihatlikka da'vat qilish ham bejiz emas».[1:482] Hozirgi kunda «mehr» va «muhabbat» tushunchalariga falsafiy kategoriya sifatida yondashib, ularni ijtimoiy-antropologik jihatdan o'rganish dolzarb ekanligidan dalolat beradi. Afsuski, bugun yoshlar orasida hayotni yengil-yelpi tasavvur qilish, oila muqaddas ekanini tushunib yetmaslik holatlari uchrab turibdi. Yosh oilalar orasida arzimas sabablar bilan

ajralishlar ko'payib bormoqda. Begunoh bolalar mehr va e'tiborga eng tashna vaqtida tirik yetim bo'lib, ota-ona tarbiyasidan bebahra qolmoqda. Ba'zi oilalardagi nosog'lom munosabatlar, qaynona-kelin, er-xotin o'rtasidagi janjallar ayrim xotin-qizlarimizning o'z joniga qasd qilishi holatlari mavjud. Bu muammolarni aniqlab, amaliy hal etish usullari ishlab chiqish ob'ektiv zaruriyatdir.

Sharq falsafasi va axloqiy (falsafiy ahloqda) merosida mehr va muhabbat mavzusi yuqori o'rinda turadi. Deyarli barcha ijodkorlar, mutafakkirlar, din peshvolari, qomusiy olimu-fuzalolar mehr-muhabbat haqida fikr yuritgan, bahs-munozaralar qilgan, uning olam va odam hayotidagi o'rni masalalarini muhokama qilgan. Sharq mamlakatlarida mehr va muhabbat Alloh yaratgan olamni, ne'matlarni e'zozlash, undagi har bir jonzod va narsani qadrlash-asrash, deyarli hech narsaga ozor bermaslik, behuda o'ldirmaslik, xullas olamparvarlikdir deb talqin qilingan. Markaziy Osiyoda tasavvuf olimlarimiz uchun avval xudoni sevish darkor, chunki borliqni, olamni va odamni u yaratgan. Islom dogmatikasiga muvofiq xudoni bilish uning sifatlarini anglash mumkin emas, chunki "Alloh olam ichida ham emas va undan tashqari ham emas. Ul zot na olam va borliq bilan bog'liq va na undan uzilgan emas" [5:32] "Alloh taolloning zoti to'g'risida tafakkur qilmanglar". [5:33] Lekin bu olamni xudo yaratganini inkor qilmaydi, xudo yaratganini sevish bandalar uchun ham qarz ham farzdir.

"O'lkamiz halqlarining diniy vadunyoviy qarashlarini o'zida mujassametgan "Avestoda" olamni Axuramazda bunyod etgani qayd etiladi".Uni o'z-o'zi ruhidan, odamni jonli, ongli, o'zini o'zi anglovchi qilib yaratgan" [6:32] Ushbu olamni sevish, asrash har bir kishining burchidir. "Avesto"dagi olamparvarlik g'oyalarini tahlil qilib, falsafa fanlari doktori, professor T. Mahmudov yozadi: Zardushtiylik ta'limotiga e'tiqod qilgan odam tozalik va poklikka rioya qilib, it va hayvonlarga ozor bermasligi kerak. Xonadon va chorvani asrab avaylashga katta rol o'ynaydigan itlarga buzilgan yoki qaynoq ovqat berish gunohi azim hisoblangan.

Shuningdek, "zardushtiylikda tabiat muhofazasi va muhit tozaligini saqlash, turli kasalliklarning oldini olish maqsadida sanitariya gigiena qoidalariga amal

"¿J PPSUTLSC-2024

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 21ST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

qilingan, axlatlarni berkitish, ifloslangan joylarni tuproq, tosh, kul bilan ko'mib tashlash, olov, issiqlik va sovuqlik yo'li bilan kiyim kechaklar va oziq-ovqatlarni zararsizlantirish, kul, sirka, sharob, turli giyohlar tutatish odat bo'lgan". [6:16] Suvni, tuproqni, tabiatni asrashga qaratilgan urf-odatlar, qadriyatlar "Avesto"ning olamparvarlik g'oyalarini, tabiatga va ekologiyaga mehr-muhabbat, hayot tarzini qo'llab-quvvatlaganidan dalolat beradi

Falsafa fanlari doktori G. Mahmudovaning qayd etishicha, "Avesto"da osmon, yulduzlar, oy, quyosh, dengiz, suv haqida ularning inson hayoti bilan bog'liq jihatlari, ushbu bog'liqlikni e'zozlash, asrash, avlodlarni "to'g'ri niyat, to'g'ri so'z, to'g'ri amal"ga o'rgatish asosiy falsafiy-ahloqiy g'oyalardandir. [6:15] Bu g'oyalarni unitilmas qadriyat sifatida shakllantirish, yoshlar ongiga, ma'naviyatiga singdirish eng dolzarb maqsadlardan biridir.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Maqolada milliy ma'naviy asarlarimizda mehr va muhabbat tuyg'usini shakllantirish oliy qadriyat ekanligini sharq va g'arb olimlarimizning asarlarini xolislik tamoyili bilan tarixiy taqqoslash, xronologik, retrospektiv, tanqidiy tahlih qilish metodlari asosida xulosalar chiqarildi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Maqolada forsiy va arabiy, rus va o'zbek tillarda yozilgan o'nga yaqin manbalarda keltirilgan ma'lumotlar qiyosiy tahlil qilinib, tadqiqot olib borildi. Jumladan, Abu Abdullox Muhammad ibn Ismoil al Buxoriyning Hadislari va Abu Homid G'azzoliyning Tafakkur kitobi kabi tarixiy asarlar shular jumlasidandir

NATIJALAR VA ULARNING TAHLiLi

Yuqorida keltirilganidek, manbalarda Sharq mamlakatlari yashash tarzida qadriyatlari, odatlarini o'rganish jarayonida "mehr-muhabbatning fenomeni" insonning ushbu xususiyatlari bilan bog'liq bo'lib, bunda "4+6 qadriyati" formulasi ishlab chiqildi. To'rt odat mehr-muhabbatni paydo qiladi:

1. Sevgi to'la kulgi.

2. Yaxshilik qilish.

3. Samimiylik.

4. Ko'maklashish.

Insonlarning qalbidagi his-tuyg'ulari shakllanib urf-odatga aylanadi, ular shakllanib qadriyatlarni keltirib chiqaradi. Bu quyidagi to'rt qadriyat qahramonlik belgisidir :

1. Mardlik.

2. Dilozorlik qilmaslik.

3. Yaxshilikni mukofotlash.

4.Xatosiga jazolashni kechiktirmaslik.

To'rt qadriyat 4 xarakat tufayli qo'ldan ketadi:

1. Rizq - noshukurlik qilsang.

2. Quvvat - hasad qilsang.

3. Fursat - qadriga yetmasang.

4. Obro' - manmanlik qilsang qo'ldan ketadi.

To'rt qadriyat sog'lom fikrlash belgisi sanaladi:

1. Ertani ko'ra olish.

www.in-academy.uz

3. Oxirigacha kurashish.

4. Maslahatlashib ish ko'rish.

To'rt qadriyat sizni to'rt ne'matga yetkazadi:

1. Sabr - orzularingizga.

2. G'ayrat - omadga.

3. Ibodat - taqvoga.

4. Qanoat - muhtojlik ko'rmaslikka. [8:58] Insonlarlarni sharq olimlarimiz "aqlli mavjudot" sifatida o'rganib ijtimoiy-antropologik jixatdan to'rt xil xususiyatga bo'lib o'rganadilar:

l.O'zining aybini ko'rmaydi, o'zgalarnikini ko'radi. Bundaylar odatan xudbin, mutakabbir kishilar bo'ladi. Bu turdagilar nafslariga qul bo'lishadi. Ular o'zlarini doimo haq deb o'ylashadi.

2. O'zining aybini ko'radiyu, o'zgalarnikini ko'rmaydi. Bu turdagi shaxslar o'zlaridan bo'lak hammani alloma deb o'ylashadi. O'zlarini esa mutloq noto'g'ri yo'ldaman deb, o'zidan boshqa har qanday insonga ergashaverishadi. Natijada istagan inson ularni aldab, adashtirib ketaveradi.

3. O'zining aybini ham, o'zgalarning aybini ham ko'rmaydi.Bu navdagi kishilar befarosat, befahm, tentak kishilar bo'lishadi. Bular dunyodagi o'z vazifalarini unutib, dunyo hayoti bor yo'g'i o'yin-kulgidan iborat deb o'ylashadi.

4. O'zining ham, o'zgalarning ham aybini ko'ra biladiganlar. Bu toifadagilar oqil, olim, oliy farosat sohibi va kimga ergashishni biladigan zakiy insonlardir. Ularning ko'zlarini na shaxs muhabbati, na mol-dunyo muxabbati ko'r qilmagandir. Ular har qadamlarida haqni izlaydilar. Ular o'zlaridagi aybni payqagan zahotlari o'zlarini isloh etadilar. O'zgalardagi xatoni ko'rganlarida ularga xolis nasihat qiladilar. Ayb qilib, aybini tan olmaydigan, nasihatga quloq tutmaydiganlarni tark qiladilar.

Muxiddin ibn Arabiyning "Inson nasihatni navsingga qil, insonlar oldin ishingga boqarlar, so'zlaringga emas" inson xaqida va uning xis-tuyg'usi, odob-axloki, navsini tiyib olishi, mehr-muxabbatni oliy xis-tuyg'u sifatida qadrlash kerakligini ta'kidlagan.

Olim Mahmud Az-Zamaxshariy o'z asarlarida bu to'rt qadriyat yuksak ma'naviyat-ma'rifat belgisi sifatida talqin qiladi. Bu to'rt qadriyatga amal qilgan insonlar komil ma'naviyatli inson sanaladi. Mehr-muhabbatning qadriyatlari insonni ulug'lanishi, kamol topishi uchun, hayotga go'zal boqishi, yashashni sevishi, insonlarga mehr-muhabbatli bo'lishi, samimiylik xislatlarining insonga jam bo'lishini ko'rsatib beradi. Mahmud Az-Zamaxshariy maqtovga, yolg'onga g'urur, ezmalik va safsatabozlikka berilmaslikka chorlaydi: "Agar kimdur o'zini kelib chiqishi bilan maqtansa, bu sarob kabi zohiriydir", "Haqiqat va nomus yo'li o'rmondagi arslon qadami bilan tenglashadi", "Til orqali (ruhiy) madad moddiy madaddan ustundir" degan umuminsoniy va komillik sifatlar orqali erishish mumkin bo'lgan iroda haqida, insoniyatni farovonlik va xotirjamlikka, sabrlilikka intilishi haqida yozib qoldirgan.

Mehr-muxabbat antropologiyasida insonning buyukligi, qalbidagi inskti bashariyat uchun manfaatli

2. Sir saqlashni bilish.

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT, 0-8 MAY 2004 WW W. ¡П "Э СЭС^ГПу . U Z

ishlarni amalga oshiraolganligi bois ham yuksakdir. Insondagi oliy xis-tuyg'u uning yurak qalb jarayonlarining amalga oshishi bilan bog'liq albatta. Lekin, har qanday muhitda dilida imon-e'tiqodini asrab-avaylishi, insoniyatning botiniy buyukligidir.

Ko'ngil uchun aytilgan ikki og'iz so'zning qudrati shundaki, u inson kayfiyatini ko'tarib, yashashga bo'lgan ishonchini mustahkamlab, saxovatli ishlarga undaydi. "Boshqalardan "Menga mehr ber" deb so'rash o'rniga, mehr berishni boshlang. Mehr so'rash haqida unuting, shunchaki, mehr beravering - berganingizdan ham ko'proq mehr olasiz."

Do'stlikdagi mehr-muhabbat antropologiyasi ko'rinishlarini quyidagicha talqin qilamiz: Do'sti yanglishsa kechiradi, sirini yashiradi, uzrini qabul kiladi, Unga do'sti g'iybat qilinsa rad etadi, kerak paytda nasihat qiladi, do'stligini himoya qiladi, kasal bo'lsa borib ko'radi, janozasida qatnashadi, sovg'asini qabul qiladi, Yaxshiligiga ezgulik bilan javob qaytaradi, yordamini chiroyli qiladi, zarur ehtiyojini qondiradi, nomusi obro'sini himoya qiladi, orzularini ruyobga chiqishida ko'makdosh bo'ladi, xohish istaklarini inkor etmaydi. Suhbatini xushlaydi (sog'inadi), yaxshiliklarini ko'paytiradi, har qanday holatda ham yordam beradi, do'st bo'lib dushmanning ishini qilmaydi, uni musibat yoki og'ir paytida yolg'iz tashlab qo'ymaydi, o'ziga qaysi yaxshi amalni ravo ko'rsa do'stiga ham ilinadi va ravo ko'radi. Bu ko'rinishlar haqiqiy do'stlikka amal qilish ko'rinishi sifatida talqin qilinadi.

Inson falsafasida diniy asarlarimizda, Xadislarda "Musulmon kishi birodarlari va yaqinlari bilan uchrashganda, odamlar qarshisidan o'tayotganda, biror majlis yoki jamoat joyiga kirganda «Assalomu alaykum!» (Sizga tinchlik va omonlik bo'lsin) deb salom berishi zarur. Salomni yanada to'liq va chiroyli qilish uchun «Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh» deyiladi. Alik ham shunga yarasha mukammal bo'lishi kerak. Salom berish Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ko'rsatmalari (sunnat), unga alik olish esa Alloh taoloning buyrug'i (farz) hisoblanadi. Darhaqiqat, mehr-muhabbat antropologiyasida insonning qalbi boshqa insonlarga mehrli bo'lsagina shakllanadi. Qachonki etnoslarda mehr-muhabbat his-tuyg'usi qalbida bo'lmas ekan, yovuz illatlarni shakllani insonga bo'lgan nafrati salomlashish jarayoniga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Hasan Basriy o'z asarlarida Dunyo hayoti uch kun: kecha, bugun, erta. Kecha o'tdi, ertaning bo'lishi noma'lum. Shunday ekan, bugungi kunni qadrlash, har bir kunimizni mehr-muhabbat bilan o'tkazish, yaxshi yashashni o'rganish, hayotni sevish bilan belgilanadi. Barchamiz hayotimiz davomida insonlar bilan munosabatga kirishar ekanmiz, ushbu munosabat doirasida turli psixologik holatlarni boshdan kechiramiz. Jumladan, biror inson bilan ziddiyatga borib qolganimizda unga nisbatan jahl, nafrat, adovat, kek kabi yaxshilikka olib bormaydigan zararli tuyg'ularni yuragimizdan o'tkazamiz.

Olimlarning fikricha adovat yoki kek saqlab yurish inson salomatligi uchun zararli bo'lib, yurak-qon tomir va immun tizimining buzilishiga turtki berishi mumkin. Bundan tashqari insonda depressiya, xavotir, jizzakilik kabi muammolarni keltirib chiqarar ekan. Psixologlar bunday holatdan chiqib ketishning yo'li inson kechirimli bo'lishga harakat qilishi kerakligini ta'kidlashadi. Kechirimli bo'lish insonlar o'rtasidagi yaxshi munosabatlarni ta'minlashga hamda uni mustahkamlashga ko'mak beradi. Kechirimli bo'lish ancha qiyin ish bo'lsada ammo uni o'zlashtirsa bo'ladigan san'atdir. Avf etishni ikki turga ajratishadi. Tashqi "beixtiyoriy" (inson kechiradi ammo uni xafa qilgan odamga kelajakda munosabati o'zgaradi) va ichki ""emotsional" kechirish (insondagi ichki nafrat va xavotirning ijobiy tuyg'ularga ya'ni achinish va hamdardlik kabi xislarga aylanadi). Tashqi beixtiyoriy kechirish o'zaro munosabatlarni tiklashda ancha muhim sanalsa, ichki emotsional kechirish esa bizning jismoniy va ruhiy salomatligimiz uchun o'ta muhim hisoblanadi.

Buyuk faylasuf olimlarimiz: Kasal bolani davolashning eng oson yo'lini ko'rsatar ekanlar onaning mehr-muhabbat antropologiyasini bayon qiladilar: Bola kasal bo'lganida onaning ko'ngliga hech narsa sig'may qoladi. Bolani davolash uchun palon pullik dorilarga pulini ham, shifokorlar qabuliga tushish uchun vaqtini ham ayamaydi. Bu holat ayolning qalbidagi inski (his-uyg'usi) bo'lib, bolani ona ham davolashi mumkin. Buning uchun faqat mehrga to'la qalb talab etiladi, xalos. Afsuski 21-asrda ona mehri muhabbatini topish qiyin bo'lib bormoqda. Mehr-muhabbat antropologiyasida "ona mehri sigmenti" quyidagicha:

1. Ona mehri vitamini. Ushbu oddiy so'zlar bilan ona bola organizmini foydali vitamin bilan to'ydira oladi: «Sen mening hayotimdagi eng kerakli insonsan. Sen men uchun qadrlisan. Men sensiz yashay olmayman. Dadang va Onang seni juda yaxshi ko'ramiz!» Farzandning ota-onasi mehr-muhabbatining oshib borishiga olib keladigan ijtimoiy jarayon.

2. Onaning mehr-muhabbat terapiya. Yengil kasalliklarda davo vositasi: «Sen juda kuchlisan va sog'lomsan. Sening yuraging, tanang va qorning kuchli va sog'lom. Sen yaxshi ovqatlanasan va sog'lom rivojlanasan. Sen juda kam kasal bo'lasan.» deya bolani hayotga bo'lgan mehr-muhabbatini oshirish va kuchli sog'lom fikrlash, farzandini ideasini g'oyalarini maqsadlarini qo'llab-quvvatlash ijtimoiy-antropologik jarayondir.

3.Onaning bolasiga mehr-muhabbat-psixologik ko'magi. Bolaning psixikasi sinmasligi uchun unga ozuqa berib turish lozim. «Sen yoqimli bolasan. Yaxshi uxlaysan. Asabiy emassan. Sabr-toqatli va aqlli bolasan. Tiling yaxshi rivojlangan. Miyang yaxshi ishlaydi. Senda hammasi yaxshi bo'ladi.» deb ona bolaga psixologik kuch beradi

4. Onaning mehr-muhabbati Bola uchun- Kuchli zarba. Bola qattiq kasal bo'lganida dori vositalaridan tashqari onaning mehr va e'tibori nihoyatda kerak. Ona o'zining shirin so'zu-mehri bilan kasallikka zarba berishi lozim. «Seni juda yaxshi ko'raman. Sen bizga

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT.MM.Y20M WWW.in-aCademy.UZ

keraksan. Kasalliklaring yo'q bo'lib ketsin. Kasalligingni olib tashlab yuboraman. Qiynalganlaringni olib unutib yuboraman.» Bola ota-onasidan hadeb tanbeh eshitaversa, kasal bo'lishi oson bo'lib qoladi. Ota-onasi ishonmagan, urushgan bolani tuzalishi qiyinroq kechadi.

5. "Ona bolasiz, bola onasiz yashay olmaslik" tajribasini ishlab chiqish: Ota-ona bolaga charchov, alam va ranjish ko'zlari bilan qarasa, bolaning hayotida omadsizliklar va kasalliklar ko'p yuz beradi. Bu tasdiqlangan psixologik faktor. Bolalar ota-ona bilan birga yashashi, o'sishi, hayot jarayonida baxtlilikni keltirib chiqaradigan ijtimoiy-antropologik jarayon. Har kuni bolaga kamida 3 marta ota-ona mehrga to'la so'zlarni aytishi lozim. Bola onasining gaplarini his etib qabul qilishi kerak. Kasal bo'lgan bolaga esa, bundan 10 barobar ko'proq mehr va e'tibor talab etiladi. Bolaga har doim, «Men seni yaxshi ko'raman», deb yurishga odatlani bugungi oilalardagi farzand tarbiyasidagi mehr-muhabbat antropologiyasi sifatida o'rganiladi.

Sharq falsafiy-ahloqiy merosida bag'rikenglik (tolerantlik) muhim o'rin tutadi. Falsafa fanlari doktori M. Hojieva yozadi: "Tolerantlik turli qarash, e'tiqod, jahon madaniyatiga hurmat, umuminsoniy qadriyatlarni bag'rikenglik asosida qabul qilishga asoslangan individuallikning aniq namoyon bo'lishidir". Bag'rikenglikda insonning ichki ruhiy holati (uning ongi haqiqatgo'yligi, ko'tarinki kayfiyati, ishga munosabati, salomatlik darajasi, qiziqishi, ishonchi, xohishsizligi, qo'rquv hissi, ochiq ko'ngilligi, javobgarlikni o'z zimmasiga olishi, ishq-muhabbat kuchliligi. . . )aks etadi". [12:5] Shuningdek,"tolerantlik umrboqiy qadriyat va an'analarni asrashga, ularni yanada go'zallikka aylantirishga chaqiriqdir. Bu tuyg'u kishini shunchaki olijanob qilib qo'ymaydi, balki uning xulq atvorini, ahloqini, siyosat va ma'naviy pokligini, muqaddas narsalarga bo'lgan munosabatini ko'p jihatdan belgilab beradi". [12:29]

To'g'ri, bag'rikenglik tom ma'nodagi do'stlik va mehr-muhabbat emas, balki u do'stlik va mehr-muhabbat tomon tashlangan qadam, kishini ijtimoiy borliqda, rang-barang madaniyat mavjud muhitda, imoralizm va demokratik qadriyatlar qaror topgan sotsiumda yashash, samarali faoliyat ko'rsatish kafolatidir. Tolerantlik bo'lmagan muhitda insonlararo muhabbatning bo'lishi qiyin, muhabbat tuyg'usidan mahrum kishilarda bag'rikenglik bo'lmasligi aniqdir. Sharq falsafiy-ahloqiy merosida esa bag'rikenglik eng avvalo o'zaro hamkorlik, bir-birini hurmat qilish, tushunish, qadrlash ma'nosida talqin etiladi. Do'stlik va mehr-muhabbat ham mazkur ahloqiy qadriyatlarsiz bo'lishi mumkin emas. Demak, mehr-muhabbat barcha axloqiy qadriyatlarni bir nuqtada, maqsadda uyg'unlashtiradi, shu tariqa ularni go'zal, olijanob tuyg'ular darajasiga ko'taradi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qiladigan bo'lsak, mehr va muhabbat insoniyatni ezgu amallarga, olamni, yon-atrofni, ayniqsa tirik mavjudotni sevib yashashga xizmat qiladigan oliy

tuyg'ulardir. Hech bir kishi, xalq, millat uni salbiy voqelik deb bilmagan, balki, aksincha, o'yi, fikri, izlanishlarida undan ijobiy, dilni shod etadigan go'zallik, olijanoblik va ulug'vorlik topishga intilgan. Aynan shuning uchun ham gumanistlar dunyoni do'stlik va mehr-muhabbat qutqaradi, deb biladilar.

Mehr va muhabbat kishilarning urug', qabila, jamoa bo'lib yashashga o'tishida paydo bo'lgan. Yovvoyi tabiat, hayot uchun kurash, o'zini tur sifatida asrab qolish instinkti ularni bir-birlariga tayanib, bir-birini qo'llab-quvvatlab, qadrlab, sevib yashashga undagan. Ana shunday tuyg'ular, kechinmalar va munosabatlarsiz inson o'zini asrab qololmasdi, yovvoyi tabiatga qarshi turolmasdi.

To'g'ri, ilk ijtimoiy-tarixiy bosqichda « mehr va muhabbat» tushunchasi bo'lmagan. Topilgan antropologik, arxeologik va etnografik manbalarda bunday tuyg'ular aks ettirilgan tasvirlar uchramaydi. Biroq bu o'sha davrlarda do'stlik, birodarlik, mehr-muhabbat bo'lmaganligini anglatmaydi. Hayotning o'zi insonlarning bir-birlarini sevib, qadrlab, bir-birlariga suyanib yashashlarini ijtimoiy zaruratga aylantirgan.

Insoniyat urug'-jamoa bo'lib yashashga o'tgach va keyinchalik keng ijtimoiy antropologik munosabatlar qaror topgach insonlarda bir-biriga tayanish, o'zaro qo'llab-quvvatlash instinkti ular o'rtasidagi iqtisodiy, ma'naviy, ijtimoiy bog'lanishga aylangan. Ushbu bog'lanishni yo'qotish inson dilini o'rtagan, uni g'am-g'ussaga solgan. U, qanday bo'lmasin, ushbu yo'qotishning o'rnini to'ldirishi zarur edi. Shu tariqa kishilarning bir-biriga mehr qo'yishi, oila bo'lib yashashi, farzandlariga mehr-muhabbat ko'rsatishi, ijod qilishi, kasb-korini sevishi kabi rang-barang tuyg'ular qaror topgan.

Ijtimoiy munosabatlar doirasi kengayishi bilan insonlarda ichki (sensitiv) kechinmalar, his-tuyg'ular ham ko'payib, rang-barang tus olgan. Shunday bo'lsa-da, inson his-tuyg'ularga, ehtiroslarga beriluvchan mavjudotligicha qolaverdi, hatto tashqi, ob'ektiv olam ta'sirini sensitiv anglashga, bilishga intilishlari yanada kuchayib bordi. U hatto affektiv holatda sezgilarini mutlaqlashtirishdan ham qaytmadi. Bunday intilishlar, bir tomondan, insonning o'zligini anglashga qiziqishini oshirdi, uni ijtimoiy borliqning markaziga o'zini (insonni) qo'yishga yetakladi (Yum, Avenarius), boshqa tomondan, tashqi olamni bilish ishtiyoqini, gnoseologik qiziqishlarini kengaytirdi (R.Dekart, F.Bekon). Natijada do'stlik va mehr-muhabbatga ba'zi faylasuflar insonning ichki sensitiv kechinmalari bilan bog'liq voqelik, boshqalari esa ichki sensitiv kechinmalardan keng, insonning butun hayoti, faoliyatining turlari, munosabatlarining in'ikosi sifatida qaraydigan bo'ldilar.

Ularga bir-biridan ayricha qarash mumkin emas, chunki ichki sensitiv kechinmalar, ijod ahli uchun qanchalik betakror mavzu bo'lmasin, tashqi olamda do'stlik, mehr-muhabbat uchun ulardan ham muhim mavzu yo'q. Aynan shunday jarayon mehr-muhabbatga ijtimoiy mohiyat beradi, uni go'zal, olijanob va ulug'vor qiladi.

"¿J PPSUTLSC-2024

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 2IST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

O'tkazilgan tadqiqot natijasida do'stlik va mehr-muhabbatning falsafiy, ijtimoiy-antropologik xususiyatlarini hayotda targ'ib etish bo'yicha quyidagi ilmiy-nazariy xulosalarga kelindi:

1. Ajdodlarimiz tomonidan mehr va muhabbat ijtimoiy munosabatlar uyg'unligini ta'minlovchi, inson, davlat va jamiyat taraqqiyotini belgilovchi buyuk kuch ekanligi haqida noyob tarixiy, adabiy manbalar yaratilgan. Ushbu ma'naviy meros milliy qadriyatlarimizning poydevori bo'lib, ularni o'rganish, hayotga tatbiq etish va boyitish millatimizning o'ziga xos an'analarini hayotga moslash, ularga amal qilish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

2. Mehr va muhabbat ijtimoiy munosabatlar tizimida insonparvarlik, vatanparvarlik, oilaparvarlikni ta'minlovchi ma'naviy-axloqiy omil sifatida namoyon bo'ladi. Do'stlik va mehr-muhabbat bor jamiyatda tinchlik-osoyishtalik, farovonlik bo'lishi, u bo'lmagan joyda esa notinchlik, ishonchsizlik, xavf-xatar, qo'rquv kuchayadi va jamiyat tanazzulga yuz tutadi.

3. Sharq falsafiy merosida mehr va muhabbat insonni ma'naviy-ruhiy yetuklikka, barkamollikka yetaklovchi buyuk kuch sifatida ulug'lanadi. Sharq falsafasida shaxsning o'zini anglashi, tevarak-atrofga mehr-muhabbatini tasvirlashda uning ichki kechinmalarini aks ettirish ustunlik qiladi.

4. Mehr va muhabbatning ijtimoiy-antropologik xususiyatlarini o'rganishda Sharq va G'arb madaniyatining o'ziga xos jihatlarini inobatga olish zarur. G'arb madaniyatining o'rganishda uning quyidagi jihatlarini aks ettirish maqsadga muvofiqdir:

shaxsning o'z kuch va imkoniyatlariga tayanishi;

hurfikrlilik;

insonning his-tuyg'ulari, qadr-qimmatini hurmat qilish;

mehr-muhabbat qonun va boshqa shaxslar manfaatiga zid bo'lmasligi;

dunyoni insonlar qalbidagi mehr-muhabbat va go'zallik yaratishiga ishonib yashash.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Ijtimoiy munosabatlarning do'stlik va mehr-muhabbat asosida bo'lishi va ushbu qadriyatlarning insonlar ongiga singdirilishi jamiyatni taraqqiyotga yetaklaydi hamda turli ijtimoiy illatlar, buzg'unchi g'oyalar va urush-janjallarning oldini oladi.

TASHAKKUR

Ushbu maqola ni yozishda maslahatlari bilan yordam bergan ustozim, O'zbekiston Respublikasi Buxoro viloyati inson xukuqlarini himoya qilish mintaqaviy (ombudsman) vakili. Buxoro davlat universiteti F.f.d. professor. Xuseynova Abira Amonovnaga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

www.in-academy.uz

4. Abu Abdullox Muhammad ibn Ismoil al Buxoriy. Hadis. 2. tomlik -T.:O'zbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti, 2008.

5. Abu Homid G'azzoliy.Tafakkur kitobi. Toshkent.:Toshkent Islom Universiteti nashr.,2007. 32-b.

6. T.Mahmudov. "Avesto "haqida.T.:Sharq, 2000. 32-b.

7. Mahmudova G.Filosofskaya sumnost Avesti -T. :Izd.Jurnala "San'at "2010.-S.204-205.

8. Maxmud Az-Zamaxshariy. Al-mafassal. -T.O'zR FA Sharqshunoslik instituti. 2007. ( 420-423)-B 5458.

9. Jaloliddin Rumiy Xikmatlar. Yangi asr avlodi.2021.192-bet.

10. Kel Nyuport.Chalg'ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari. AQSh.(o'zbekcha taijima)2020y.236-bet.

11. N.I.Kozlov. Filosofskie skazka dlya obdumwayumix jite. M.AST-PRESS. 2004. (432) -B.233.

12. Hojieva M.O'zbekistonda tolerantlik jarayoni.-T.: Abu Matbuot Konsal, 2008.5-b.

ADABIYOTLAR:

1. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. -Toshkent: O'zbekiston NMIU, 2017. - B. 482.

2. Abdulla Sher. Axloqshunoslik. Darslik. -T.: O'zbekiston faylasuflarimilliy jamiyati nashriyoti, 2010.

3. Abdulla Avloniy Turkiy guliston yoxud axloq. -T.: O'qituvchi, 1992.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.