Научная статья на тему 'LTE TIZIMLARDA XIZMAT KOʻRSATISH SIFATI'

LTE TIZIMLARDA XIZMAT KOʻRSATISH SIFATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
217
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
3GPP / OFDM / SC-FDMA / LTE / tizim / protocol / aloqa / 3GPP / OFDM / SC-FDMA / LTE / system / protocol / communication

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Hamrayev Javlonbek Hoshim Oʻgʻli, Shoyimov Shermurod Shavkat Oʻgʻli

Ushbu maqolada Mobil aloqa sifatini taminlashda LTE tizimining ishlash prinsplari va uning afzallik va kamchiliklari keltirib oʻtilgan. Hozirgi vaqtda bu tizimning ishlash usullari va boshqa shu turdagi protollaridan afzalliklari keltirib oʻrilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

QUALITY OF SERVICE IN LTE SYSTEMS

This article discusses the principles of operation of the LTE system and its advantages and disadvantages in ensuring the quality of mobile communications. The advantages of this system over other types of protocols are currently being discussed.

Текст научной работы на тему «LTE TIZIMLARDA XIZMAT KOʻRSATISH SIFATI»

T

TOSHKENT DAVLAT ,n„

TRANSPORT UNIVERSITETI 2022

Tashkent ststs

transport university Tashkent state transport university

QUALITY OF SERVICE IN LTE SYSTEMS

Khamrayev Javlonbek Khoshim ogli, Shoyimov Shermurod Shavkat ogli

Taskent state transport university (Qashqadayo, Uzbekistan)

Abstract: This article discusses the principles of operation of the LTE system and its advantages and disadvantages in ensuring the quality of mobile communications. The advantages of this system over other types of protocols are currently being discussed. Keywords: 3GPP, OFDM, SC-FDMA, LTE, system, protocol, communication.

LTE TIZIMLARDA XIZMAT KO'RSATISH SIFATI

Hamrayev Javlonbek Hoshim o'g'li, Shoyimov Shermurod Shavkat o'g'li

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali (Qashqadaryo, O'zbekiston)

Annotatsiya Ushbu maqolada Mobil aloqa sifatini taminlashda LTE tizimining ishlash prinsplari va uning afzallik va kamchiliklari keltirib o'tilgan. Hozirgi vaqtda bu tizimning ishlash usullari va boshqa shu turdagi protollaridan afzalliklari keltirib o'rilgan.

Kalit so'zlari: 3GPP, OFDM, SC-FDMA, LTE, tizim, protocol, aloqa. 3GPP loyihasi ko'p sonli ulanish texnologiyalarini bir qatorini o'rganib chiqib, LTE tizimlari uchun "pastga" kanalda OFDM, «yuqoriga» kanalda esa SC-FDMA texnologiyalarini tanladi. Bu tanlov nafaqat spektrning moslashuvchanligini, balki kanallarni o'tkazish qobiliyatiga, spektral samaradorlikka, shuningdek, QoS sifatiga qo'yilgan qat'iy talablarni qoniqtiradi.

GSM va W-CDMA tizimlarida ishlatiladigan QoS konsepsiyasi murakkabligi sababli LTE tizimining ishlab chiquvchilari teskari moslashuvchanlikni qo'llab-quwatlagan holda oddiy va ixcham ulanishni o'ziga birlashtira oladigan QoS konsepsiyasini tadbiq etishga xarakat bo'ldi. LTE tizimida sinflarga asoslangan xizmat ko'rsatish sifati konsepsiyasi ishlatildi. U operatorlarga turli paketli xizmatlarni differensiyalash uchun oson va samarador yechimni taqdim etadi.

3GPP ishlanmalarida katta e'tibor hizmat ko'rsatish sifatini ta'minlash, tarmoqni tanlash va indentifikatsion ma'lumotlardan foydalanishga qaratilgan. Masalan, Wi-Fi va sotali tarmoqlarda ishlashga mo'ljallangan qo'p rejimli terminallarning paydo bo'lishi turli radioulanish texnologiyalarida abonentlarga hizmat ko'rsatish imkonini yaratadi. Shu munosabat bilan LTE tizimida abonentga zarur bo'lgan hizmatlarni taqdim etish uchun qulayroq infratuzilmani tiklash mexanizmi ko'zda tutilgan. Manzillashtirish, mobillikni ta'minlash, bog'lanishlarning uzluksizligini ta'minlash, ma'lumotlarni himoyalash va boshqa maqsadlarda ishlatiladigan abonent va tarmoq uskunalari uchun identifikatorlar tanlashda spetsifikatsiya mualliflari katta yondashuvchanlikni namoyon etdilar. Shunday qilib yangi tarmoqlarda ham GSM va UMTS tarmoqlarida qo'llaniladigan identifikatorlardan, ham E-UTRAN tarmoqlarida yangi funksiyalarni paydo bo'lishini aks ettirgan identifikatorlardan foydalanish ruxsat etilgan. Bundan tashqari, 3GPP ning 8 chi relizida yangi avlod mobil aloqa tarmoqlarida axborot xavfsizligi darajasini oshirishga yo'naltirilgan qator imkoniyatlar xam paydo bo'ldi.

Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida korporativ boshqaruv modellarining transformatsiyasi

т

TOSHKENT OAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI

Tashkent state transport university

Tashkent state transport university

2022

LTE tizimi ishlab chiquvchilari ta'kidlashlaricha, ular taqdim etgan arxitekturaviy o'zgarishlar VoIP yoki interaktiv onlayn o'yinlar kabi ilovalar uchun muxim bo'lgan ma'lumot uzatish ushlanishlarini sezilarli darajada kamaytirishga imkon beradi. Masalan, LTE tarmog'ida qisqa IP-paketlar uzatishda va uncha katta bo'lmagan tarmoq yuklamasi holatida 5MGs o'tkazish polosasida paketni umumiy ushlanishi 5ms ni, undan kichikroq polosalarda esa 10ms dan ortiqroqni tashkil etishi kerak. Bu qiymatlar esa bugungi 3G tarmoqlarining eng ilg'orlarini ko'rsatkichlaridan ham kamida 50 foizga yuqoriroqdir.

Ulanish o'rnatishdagi ushlanishlarni qisqartirishga qaratilgan talablar operatorlarga QoS ni nazorat qilish uchun sodda va samarador mexanizmlarini taqdim etadigan 3GRR xizmatlar sifatining bugungi konsepsiyasini rivojlanishini ta'minlaydi. LTE tarmoqlarda mantiqiy ulanish o'rnatilgan QoS darajasiga bog'liq (bunday ulanishni «tunnel» deyish mumkin) bo'ladi. Abonent turli QoS darajalari asosida ko'plab tunnellarga ega bo'lishi mumkin (zamonaviy 3G tarmoqlarida bunday tunnel PDP-kontekst va radioulanish kanalidan (ingl. Radio Access Bearer, RAB) tashkil topgan). Ulanish o'rnatilishida ushlanishlarni qisqartirish mumkin, agarda tunnellar oldindan o'rnatilgan bo'lsa (ya'ni, ushbu tunnellga bog'langan aloqa sessiyasi boshlangunicha). Tunnelni oldindan o'rnatish tufayli aloqa sessiyasini o'rnatish uchun kam tizim signallarini talab qiladi va shu tufayli ushlanish vaqtini qisqartiradi. Binobarin, tunnellarni AU yoqilishi bilan o'rnatish imkoni mavjud. Bunday yondashuvni VoIP xizmatlari kabi GB (ingl. Guaranteed Bandwidth) ma'lumot uzatishni kafolatlangan tezligini talab qiladigan hizmatlarga bog'liq tunnellar uchun ham ishlatish mumkin. Oldindan o'rnatilgan tunnellar amaliy va samarali bo'lishi uchun quyidagi protseduralarni bajarish talab qilinadi:

Ulanishlar boshqaruvi (ingl. Admission control) va tunnel o'rnatish funksiyalarini ikkita alohida protseduralarga ajratish, chunki aks holda tunnellar oldindan o'matilib, resurslar zaruratsiz zahiralangan bo'lib qoladi;

Oldindan o'rnatiladigan tunnellarga tayinlangan hizmatlar sifati darajalarini operatorlar tomonidan yaxshiroq nazorat imkonini ta'minlash. Buni tunnellarni o'rnatish uchun tarmoq tomonidan boshqariladigan maxsus protseduralar tufayli amalga oshirish mumkin;

Oldindan o'rnatiladigan tunnellarda ilovalarni zichlashtirilgan oqimlari ustidan operatorlar tomonidan yaxshiroq nazorat imkonini ta'minlash. Buni faqatgina yuklamani turli tunnellarga taqsimlovchi (ingl. mapping) paketlar filtrlari ustidan nazorat ruxsati tarmoqqa berilgan holda amalga oshirish mumkin. Hizmatlar sifatining bunday arxitekturasi operatorlarga har bir alohida tunnelga bog'liq bo'lgan QoS darajalari ustidan, alohida tunnellar o'rnatish vaqtlarini aniqlash ustidan va alohida tunnellarga bog'lanadigan ilovalar oqimlari ustidan to'liq nazorat qilishni ta'minlaydi. Shunday qilib, LTE tizimida hizmatlar sifatini nazorat qilishning samarali mexanizmini yaratish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. https ://uz. wikipedia.org/wiki/Wi-Fi

2. A.H. Степутин, А.Д. Николаев. Мобильная связь на пути к 6G. В 2 Т. - 2-е изд. - Москва-Вологда: Инфра-Инженерия, 2018. - 804с. : ил.

Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida korporativ boshqaruv modellarining transformatsiyasi

TOSHKENTDAVLAT рт1 2022

TRANSPORT UNIVERSITETI

transpoitSersity Tashkent state transport university

3. A.E. Рыжков, В. А. Лаврухин Гетерогенные сети радиодоступа: учебное пособие. - СПб. СПбГУТ, 2017. - 92 с.

4. http://wi-lifeni/texnologii/wi-fi/wi-fi-standarty

Iatisodiyotni raqamlashtirish sharoitida korporativ boshqaruv modellarining transformatsiyasi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.