Научная статья на тему 'SIMSIZ TARMOQNI UZAYTIRISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI'

SIMSIZ TARMOQNI UZAYTIRISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
138
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
simsiz tarmoq / tarmoq texnologiyalari / tarmoq qurulmalari / Wi-Fi texnologiyasi / Wi-Max texnologiyasi / Ethernet texnologiyasi. / wireless network / network technology / network devices / Wi-Fi technology / Wi-Max technology / Ethernet technology.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — G‘Iyos Gofurjonovich Pulatov

Hozirgi kunda deyarli barcha turdagi kompyuterlarda tarmoqqa ulanish yohid internetga chqish imkoniyati mavjud. Keling ana shu hozirgi kunda deyarli barcha foydalanuvchilar foydalana olishi mumkin bo’lgan tarmoqqa ulanish usullarini biroz ko’rib chiqamiz. Quyida sizmsiz tarmoqdan foydalanish usullari, turlari va simsiz tarmoq texnologiyasi va qurulmalari xaqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WIRELESS NETWORK EXTENSION PROBLEMS AND SOLUTIONS

Today, almost all types of computers have the ability to connect to the network or access the Internet. Let's take a look at some of the ways to connect to a network that almost all users can use right now. Here's how to use a wireless network, types, and wireless networking technologies and devices.

Текст научной работы на тему «SIMSIZ TARMOQNI UZAYTIRISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI»

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 1 I ISSUE 1 I 2021

SIMSIZ TARMOQNI UZAYTIRISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

G'iyos Gofurjonovich Pulatov

Muhamad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

ANNOTATSIYA

Hozirgi kunda deyarli barcha turdagi kompyuterlarda tarmoqqa ulanish yohid internetga chqish imkoniyati mavjud. Keling ana shu hozirgi kunda deyarli barcha foydalanuvchilar foydalana olishi mumkin bo'lgan tarmoqqa ulanish usullarini biroz ko'rib chiqamiz. Quyida sizmsiz tarmoqdan foydalanish usullari, turlari va simsiz tarmoq texnologiyasi va qurulmalari xaqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: simsiz tarmoq, tarmoq texnologiyalari, tarmoq qurulmalari, Wi-Fi texnologiyasi, Wi-Max texnologiyasi, Ethernet texnologiyasi.

WIRELESS NETWORK EXTENSION PROBLEMS AND SOLUTIONS

ABSTRACT

Today, almost all types of computers have the ability to connect to the network or access the Internet. Let's take a look at some of the ways to connect to a network that almost all users can use right now. Here's how to use a wireless network, types, and wireless networking technologies and devices.

Keywords: wireless network, network technology, network devices, Wi-Fi technology, Wi-Max technology, Ethernet technology.

KIRISH

Hozirgi kunda axborot texnologiyalari jadal tarzda rivojlanib borayotgan bir vaqtda aloqa, axborot almashinuvi ham juda katta tezlik bilan rivojlanib bormoqda. Aloqalarning qulayligi oshirishda aloqa vositalarini ham o'rni beqiyosdir. Chunki aloqaning sifatliligi aloqa vositalariga chambarchas bog'liq. Dastlab aloqalarni faqat sim ulagichlar orqali amalga oshirilar edi. Ushbu simlar foydalanuvchilarni aloqa markazlari orqali bir-biri bilan bo'glagan va shu tariqa shaxarlar, davlatlar orasida aloqa o'rnatilgan. Hozirgi kunda bunday simlarni zamonaviy ko'rishdagi maxsulotlaridan foydalaniladi. Bularga misol qilib optik tolali simlarni keltiramiz. Bu bir qancha qulayliklarga ega. Lekin shunday tolali aloqalar ham zamon talablariga javob bera olmayapti. Chunki bu sim orqali aloqasining o'ziga bog'liq bir qancha noqulayliklari bor.

120

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

ASOSIY QISM

Axborot uzatishning simsiz texnologiyalari tarixi XIX asrning oxiriga kelib birinchi radiosignal uzatilishi bilan boshlangan va XX asrning 20-yillarida amplituda modulyatsiyali radio qabul qilgichlar paydo bo'lishi bu texnologiyalarni rivojlanish jarayonlariga katta ta'sir ko'rsatdi. 1970-yillarga kelib tovushni radioto'lqinlar orqali uzatuvchi birinchi simsiz radiotelefonlar yaratildi. Dastlab bular analog tarmoqlarda ishlagan bo'lsa, 80-yillar boshida raqamli standartlarga o'tish boshlanganligini anglatuvchi, spektrni yaxshi taqsimlashini, eng yaxshi sifatli signalni va eng yaxshi xavfsizlikni ta'minlovchi GSM standarti ishlab chiqildi. XX asrning 90-yillarida simsiz tarmoqlar holatini mustahkamlash jarayonlari yuz berishi, bu texnologiyalarni jadallik bilan rivojlanishiga olib keldi.

Bugungi kunda simsiz texnologiyalar kundalik hayotimizga mustahkam joylashib bormoqda, yuqori tezlikni ta'minlash bilan birga ular yangi qurilma va xizmatlarni taqdim etmoqda.

1. Dial-Up. Telefon liniyasi orqali kommutatsiyalangan ulanish. Ushbu texnologiya ulanishdagi oddiylik sababli yaratilganidan buyon ishlatilib kelinmoqda. Ikki modem bir-biri bilan telefon liniyasini ishlatgan holda aloqa o'rnatadi. Oddiy holda ulanish birga-bir amalgam oshiriladi hamda ma'lumot uzatish uchun barcha mavjud ovoz diapazoni chastotasidan foydalanadi. Lekin ushbu texnologiyaning ko'pgina kamchiliklari mavjud. Masalan: ma'lumot uzatishdagi past tezlik, tashqi ta'sir tufayli yuborilayotgan paketlarning qismi yo'qolish extimoli, ulanishning uzilib qolish extimoli hamda ulanish davrida telefon liniyasining butunlay band bo'lishi.

2. Keng polosali ma'lumot uzatish texnologiyasi xDSL. Ushbu texnologiya statsionar obyektlar uchun juda ham maqbuldir. Mavjud telefon tarmog'idan foydalangan holda bemalol ushbu texnologiya orqali yuqori tezlikka ega bo'lish mumkin, Lekin liniyalar mavjud bo'lmasachi? Yangi liniyasini foydalanuvchi manziligacha olib borish, juda ham qimmatga tushishi aniq. Uning ustiga ushbu texnologiyani har bir yangi foydalanuvchiga o'rnatish uchun ham foydalanuvchi ham uzatuvchi liniyasi tomonda ma'lum o'rnatish va tuzatishlar amalgam oshirilishi lozim.

3. Ethernet texnologiyasi. Local tarmoq texnologiyasining eng keng tarqalgan turi bo'lib, 10 Mbit/s, 100 Mbit/s (Fast Ethernet), 1 Gbit/s hattoki 10 Gbit/s tezlik bilan ulanib turish imkoniyatiga egadir. Ethernet ning yutug'I tarmoq strukturasi tanlanishidagi qulayligidir. Ammo ushbu texnologiya kamchiligi, bu uning ma'lum masofadagina ishlay olishidir. Agarda vitaya para kabelini oladigan bo'lsak, u holda tarmoq masofasi 100 metrdan oshmasligi aniq. Uzaytirish uchun esa har 100 metrda qurilma qo'yishga to'g'ri keladi yoki optik toladan foydalanish zarur. Lekin qo'shni binolarni 1 tarmoqda jamlash uchun bu juda qiyin hamda qimmatga tushishi mumkin.

4. Wi-Fi texnologiyasi orqali ma'lumot uzatish. Ushbu texnologiya Wi-Fi (802.11a/b/g/n standartida) ishlab, bino ichida 45 metr uzoqlikda, 100 metr ochiq joyda bemalol katta tezlikda stabil tarmoqqa ulanish imkonini beradi. Lekin katta hududda sifatli tezlikni ta'minlash uchun esa juda ham ko'p Wi-Fi nuqtalari o'rnatilishi lozim bo'ladi. Bu esa texnologiyaga bo'lgan harajatni oshishiga olib keladi. Muammolardan yana biri shuki, abonent, yani foydalanuvchini bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko'chganida, ma'lumot almashinish hamda ulanishda to'xtovlar vujudga kelishidir.

Yuqorida ko'rib chiqilgan tarmoq texnologiyalari bugungi kunda qo'yilayotgan yuqori o'tkazuvchanlik, ishonchlilik hamda mobillik darajalarini o'zida qizman yohud to'liq aks ettira olgani bilan, narh bo'yicha bugungi operatorlarga to'g'ri kelmaydi. Aynan ushbu muammoni simsiz texnologiyaning yangi avlodi bo'lmish IEEE 802.16 standartli WiMAX (Worldwide Interoperability for Microwave Access) texnologiyasi hal qilishi mumkin.

WiMAX texnologiyasini rivoji hamda ko'tarilishi uchun 1999 yili IEEE 802.16 bazasi qoshida WiMAX-forum tashkil qilingan edi. Forumga Nokia, Harris Corporation, Ensemble, Crosspan hamda Aperto kabi mashhur kompaniyalar qo'shilishgan. 2005 yil may oyiga kelib ushbu forumda 230dan ortiq qatnashchilarni birlashtirgan. O'sha yiliyoq WSIS (World Summit on Information Society) tomonidan WiMAX texnologiyasiga quyidagi maqsad va vazifalarni qo'ygan.

1. WiMAX yordamida kichik qishloqlar, uzoq regionlarda information hamda kommunikatsion texnologiyalarni rivojlantirish (ko'pgina chekka hududlarda telefon hamda kabel tarmoqlarning umuman mavjud emasligini hisobga olgan holda).

2. WiMAX yordamida yer sharining yarim aholisini information hamda kommunikatsion texnologiyalarga yo'lni ochish.

WiMAX sistemasi ikki asosiy qismdan iborat.

1. WiMAX baza stansiyasi (yuqori qavatli binolar yohud maxsus ustinga o'rnatilishi mumkin).

2. WiMAX qabul qilgich (qabul qilgichli antenna, PC card yoki tashqi kartalar form faktori asosida).

Baza stansiya hamda foydalanuvchi qabul qilgich qurilmasi oralig'idagi bog'lanish past chastotali diapason (2-11GHz) orqali amalgam oshiriladi. Bunday bog'lanish eng yaxshi sharoitlarda 20 Mb/s tezlikda ma'lumot uzatishga imkon beradi va to'g'ridan-to'g'ri signal ko'rishni talab etmaydi.

Shuni yodda tutish lozimki, WiMAX texnologiyasi nafaqat "so'nggi milya", balki regional tarmoqlar (ofis hamda rayonlar)ni bir biri bilan bog'lashda bemalol qo'llash mumkin.

Qo'shni baza stansiyalari bilan OYCh (o'ta yuqori chastota 10-66 GHz) to'g'ridan-to'g'ri radioaloqa rejimida doimiy bog'lanish o'rnatiladi. Bunday bog'lanishlar 120

Mb/s tezlikda ma'lumot almashish imkonini beradi. Albatta baza stansiyalarining to'g'ridan to'g'ri ko'rish orqaligina bir biri bilan ma'lumot almashinishi bu WiMAX ning minus tomoni. Lekin yuqori qavatli binolarda joy olgan baza stansiyalariga nima ham yuqorida bir-biri bilan bog'lanishga orada to'siq bo'la olardi.

Har bir baza stansiyasi yuqori polosali tezkor bog'lanish orqali (T3 va shunga o'xshash) provayder bilan doimiy bog'lanib turadi. Bu bilan yuklanmani uyali aloqa topologiyasi asosida teng baza stansiyalariga taqsimlash mumkin.

IEEE 802.16 tarmog'i strukturasi odatiy mobil aloqa tarmog'iga o'xshab ketadi. Bu yerda ham baza stansiyalari 50 km radiusda hizmat ko'rsata oladi.

WiMAX da quyidagi rejimlar mavjud.

Fixed WiMAX - fiksatsiyalangan aloqa

Nomadic WiMAX - seansli aloqa

Portable WiMAX - siljish rejimidagi aloqa

Mobile WiMAX - mobil aloqa.

Fixed WiMAX fiksatsiyalangan aloqa 10-66 GHz chastota diapazonini ishlatadi. Ushbu chastotali diapason kuchli so'nish tufayli uzatuvchi hamda qabul qilgichlarning to'g'ridan to'g'ri bir biriga ko'rish orqali signal uzatishni talab etadi. Boshqa tomondan esa ushbu chastotali diapazon radioaloqadagi eng asosiy muammo bo'lmish signalning ko'pnurli tarqalishini oldini oladi va signal uzatish tezligini 120 Mb/s gacha ko'tarilishiga olib keladi.

Nomadic WiMAX. Seansli aloqa orqali foydalanuvchi bemalol joydan joyga ko'chib yurishi hamda aloqaning uzilgan joyidan ulanib, foydalanishda davom etishi mumkin. Ushbu rejim asosan portative qurilmalar uchun keng qo'llaniladi.

Portable WiMAX. Portable rejimida foydalanuvchining baza stansiyalar aro aloqani uzmagan holda avtomatik ravishda ulanishi imkoni mavjud. Lekin ushbu rejimda foydalanuvchining joydan-joyga ko'chish tezligi 40 km/soat dan oshmasligi lozim. To'g'ri, ushbu rejimdan shaxarda foydalanish mumkin, lekin avtomobillarda foydalanish biroz muammoni tug'diradi.

Mobile WiMAX. 802.16e-2005 standartida ishlab chiqilgan bo'lib, foydalanuvchining joydan-joyga ko'chib yurish tezligini maksimal 120 km/soatgacha bo'lganda sifatli aloqani taminlay oladi. Mobile rejimning yutuqlarini quyidagi keltirilganlar orqali sanab o'tishimiz mumkin.

1. Ko'pnurli signal tarqalishi hamda shaxsiy xalaqitlarga bardoshliligi.

2. Kanalning yuqori o'tkazuvchanligi.

3. Time Division Duplex (TDD) texnologiyasi yordamida assimetrik traffikni qayta ishlab, kanallarning estafeta shaklidagi sessiyasi orqali antenalarning boshqaruvini osonlashtiradi.

4. Hybrid-Automatic Repeat Reqest (H-ARQ) texnologiyasi esa foydalanuvchining tezkor joydan-joyga ko'chishidagi aloqani stabilligini tamillab beradi.

5. Yuklanmaning kattaligida ham foydalanuvchi qurilmasidan kanalning yuqori tezlikdan eng maksimal darajada foydalana olishi.

6. Kutish rejimida energiyaning minimal darajadagi sarf harajati

7. Network-Optimized Hard Handoff (HHO) texnologiyasi kanaldan kanalga ulanishdagi vaqtni 50 millisekund va undan kam vaqtni tashkil etishida.

8. Multicast and Broadcast Service (MBS) texnologiyasi DVB-H, MediaFLO hamda 3GPP E-UTRA fuksiyalarini o'zida jamlagani.

9. Smart Antenna texnologiyasi kanallar aro sessiyalarning ulanishida subkanallar hamda estafeta shaklidagi yuborishni ta'minlaydi.

10. Fractional Frequency Reuse texnologiyasi kanallarning qayta ishlashidagi minimal yo'qotishlarni boshqara olishni ta'minlaydi.

Xulosada shuni takidlab o'tishimiz lozimki, hozirda WiMAX texnologiyasi yer yuzasining oz bo'lsada ba'zi bir shaxarlarda ishlatilmoqda hamda sinovdan o'tkazilmoqda.

Simsiz aloqa texnologiyasi rivojlanishi natijasida qimmat bo'lgan simli va sun'iy yo'ldoshli aloqa tizimlaridan kam foydalanilib, iqtisodiy jihatdan tejamkorlikka erishish mumkin. Bunday texnologiyalarni qo'llash orqali foydalanuvchi mobil va statsionar holatda, ixtiyoriy geografik muhitda ham aloqa almashinuvini va boshqa aloqa xizmatlaridan samarali foydalana oladi va vaqtdan ham, iqtisodiy jihatdan yutuqqa erishiladi.

Shularni e'tiborga olib, biz ham Wi-Fi, WiMax va Wi-Bro texnologiyalarining ochilmagan qirralarini o'rganish, ularni qo'llash choralarini topish, parametrlarini optimallashtirish va yangi ko'rinishdagi tarmoq topologiyalarini loyihalashtirish oldimizga qo'yilgan dolzarb va muhim masaladir.

REFERENCES

1. Goldenberg L. M., Matyushkin B. D., Polyak M. N. Tsifrovaya obrabotka signalov. Spravochnik. - M.: Radio i svyaz, 1985.

2. Tojiyev M., Salaxutdinov R., Barakayev M., Abdalova S. Ta'lim jarayonida 3amonaviy axborot texnologiyalari. Toshkent, 2001.

3. Muhammad Amin Yaxyo. Internetdagi tahdidlardan himoya. Yordamchi o'quv qo'llanma. Toshkent, 2016.

4. Hamdamov R., Begimqulov U., Tayloqov N. Ta'limda axborot texnologiyalari. Oli y ta'lim muassasalari uchun. Toshkent, 2010.

XULOSA

5. Khusanova, M. K. (2021). ANALYSIS OF DISCRETE CONVOLUTION IN THE MATLAB PROGRAM. Scientific progress, 2(4), 1023-1028.

6. Каримов, У. (2017). ИНФОКОМТЕХНОЛОГИИ (ИКТ) ФОРМИРОВАНИЕ ДУХОВНЫХ ХАРАКТЕРИСТИК ЛИЧНОСТИ. In Перспективные информационные технологии (ПИТ 2017) (pp. 1160-1163).

7. Karimov, U., Kaxarov, S., Yokubjonov, S., & Ziyodov, D. (2018). USING NEW INFORMATION TECHNOLOGIES IN DISTANCE LEARNING SYSTEM.

In НОВАЯ ПРОМЫШЛЕННАЯ РЕВОЛЮЦИЯ В ЗЕРКАЛЕ СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ (pp. 9-11).

8. Pulatov, G., Ganiev, S., & Karimova, G. POSSIBILITIES OF INFORMATION TECHNOLOGIES IN ENSURING THE QUALITY OF EDUCATION.

9. Umaralievich, K. U. SPIRITUAL EDUCATION OF STUDENTS OF PEDAGOGICAL UNIVERSITIES ON THE BASIS OF CULTURAL AND HUMANISTIC APPROACH.

10. Abdurakhmonova, M. M., ugli Mirzayev, M. A., Karimov, U. U., & Karimova, G. Y. (2021). Information Culture And Ethical Education In The Globalization Century. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(03),

11. Karimov, U., & Abdurakhmon, A. (2017). INNOVATIVE INFORMATION TECHNOLOGY IN EDUCATION. Форум молодых ученых, (5), 9-12.

12. Каримов, У., & Каримова, Г. (2021). АХБОРОТ О^ИМИ ВА АХБОРОТ МАДАНИЯТИНИНГ ШАКЛЛАНИШ ТЕНДЕНЦИЯЛАРИ. Scientific progress, 2(3), 743-750.

13. Каримов, У. У. (2017). РОЛЬ СРЕДСТВ МАССОВОЙ ИНФОРМАЦИИ В ПРОЦЕССЕ ГЛОБАЛИЗАЦИИ. In Перспективные информационные технологии (ПИТ 2017) (pp. 1189-1192).

14. Пулатов, Г. Г., & Хакимова, К. А. (2018). ТИПОВЫЕ ПРОБЛЕМЫ ДИСТАНЦИОННОГО ОБРАЗОВАНИЯ. In ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ НА УКИ И ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 33-35).

15. Karimov, U., & Kasimov, I. (2018). THE IMPORTANCE OF MODERN INFORMATION TECHNOLOGIES IN DEVELOPMENT OF DISTANCE EDUCATION. In Перспективные информационные технологии (ПИТ 2018) (pp. 1186-1187).

16. Karimov A., Muxammadjonov X. INFORMATION TECHNOLOGIES: INFORMATION EDUCATION AND INFORMATICS //Экономика и социум. -2020. - №. 8. - С. 40-43.

384-388.

17. Abdullaev, S. S., & Pulatov, G. G. (2016). SECURITY USE CASE AND SECURITY MISUSE CASE. In Современные научно-практические решения и подходы (pp. 41-44).

18. Каримов, У., & Каримова, Г. (2018). ГЕОПОЛИТИЧЕСКАЯ КОНКУРЕНЦИЯ В ИНФОРМАЦИОННОМ ПРОСТРАНСТВЕ. In Перспективные информационные технологии (ПИТ 2018) (pp. 1368-1372).

19. Bozarov, D. M., & Karimova, G. Y. (2021). ROLE OF THE SELF-ORGANIZATION MODEL IN COMPLEX SOCIAL SYSTEMS. Oriental Journal of Social Sciences, 1-9.

20. Tokhirov, R., & Rahmonov, N. (2021). Technologies of using local networks efficiently. Asian Journal Of Multidimensional Research, 10(6), 250-254.

21. Karimov, U. U., & Karimova, G. Y. (2021). THE IMPORTANCE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN ACHIEVING EDUCATIONAL EFFECTIVENESS. Журнал естественных наук, 1(1).

22. Usmanov, N., Ganiev, B. S., & Karimova, G. Y. (2021). THE PHILOSOPHICAL BASIS FOR THE FORMATION OF SPIRITUAL MATURITY AMONG YOUNG PEOPLE. Oriental Journal of Social Sciences, 33-37.

23. Djalilov, M. L., Abdullaev, S. S., & Pulatov, G. G. (2016). FLUCTUATIONS IN TWO-LAYER PLATE UNDER THE INFLUENCE OF SHOCK LOADS. In Современные научно-практические решения и подходы (pp. 30-33).

24. Каримов, У., Хакимова, Д., & Халилов, Л. (2018). ИНФОРМАЦИОННОЕ И КОММУНИКАЦИОННОЕ ТЕХНОЛОГИИ ВЛИЯНИЕ НА ОБРАЗОВАНИЕ В ТЕХНИЧЕСКОМ ОБСЛУЖИВАНИЕ. Мировая наука, (10), 193-197.

25. Пулатов, Г. Г., & Мадалиева, Г. А. (2018). ИССЛЕДОВАНИЕ СВОЙСТВ КАУСТИК ПРИ ПОМОЩИ MAPLETS. In ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ НА УКИ И ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 30-32).

26. Rayimov, A. A., & Karimova, G. Y. (2021). SOCIAL ASPECTS OF THE FORMATION OF SOCIAL ACTIVITY IN YOUTH. Oriental Journal of Social Sciences, 29-32.

27. Каримова, Г. Й. (2018). РОЛЬ КОНСТИТУЦИИ В ПОСТРОЕНИИ ПРАВОВОГО ГОСУДАРСТВА И ГРАЖДАНСКОГО ОБЩЕСТВА. Теория и практика современной науки, (2), 161-163.

28. Pulatov, G., Ganiev, S., & Karimova, G. POSSIBILITIES OF INFORMATION TECHNOLOGIES IN ENSURING THE QUALITY OF EDUCATION.

29. Yuldashev, F., & Yuldasheva, N. (2019). THE ROLE OF COMMUNICATION SKILLS AND IMPROVING THESE SKILLS IN TEACHING. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(2), 262-266.

30. Каримова, Г. Й. (2018). РОЛЬ КОНСТИТУЦИИ В ПОСТРОЕНИИ ПРАВОВОГО ГОСУДАРСТВА И ГРАЖДАНСКОГО ОБЩЕСТВА. Теория и практика современной науки, (2), 161-163.

31. Yuldashev, I. A. (2020). PEDAGOGICAL BASES OF FORMATION OF SOCIAL ACTIVITY IN PEDAGOGICAL SCIENCES. Теория и практика современной науки, (5), 67-69.

32. Latipdjanovich, D. M., Shavkatjonovich, A. S., & Gofurjonovich, P. G. IMPROVE THE STRENGTH OF HMAC BASED ONE TIME PASSWORDS USING SHA3 IN HMAC. НАУЧНО-ПРАКТИЧЕСКИЕ РЕШЕНИЯ И ПОДХОДЫ, 2016, 34.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.