Научная статья на тему '5G TARMOG‘INI JORIY ETISH BILAN BOG‘LIQ ASOSIY MUAMMOLAR TAHLILI'

5G TARMOG‘INI JORIY ETISH BILAN BOG‘LIQ ASOSIY MUAMMOLAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Компьютерные и информационные науки»

CC BY
235
57
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Radio ulanish tarmoqlari(RAN) / MIMO (kanallar ko‘pligi kirish/kanallar ko‘pligida chiqish) / NFV / SDN / C-RAN.

Аннотация научной статьи по компьютерным и информационным наукам, автор научной работы — Atabek Quo’Anishbay Uli Seytbayev, O’Tkir Karimovich Matyokubov

Mazkur maqola, 5G tarmog’ini joriy etish bilan bog’liq asosiy muammolari va ular haqida umumiy tushunchalar va foydali yo'llar tushuntirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «5G TARMOG‘INI JORIY ETISH BILAN BOG‘LIQ ASOSIY MUAMMOLAR TAHLILI»

5G TARMOG'INI JORIY ETISH BILAN BOG'LIQ ASOSIY MUAMMOLAR

TAHLILI

Atabek Quo'anishbay uli Seytbayev O'tkir Karimovich Matyokubov

Muhammad al-Xorazimiy Toshkent axborot texnologiyalar universtiteti

ANNATATSIYA

Mazkur maqola, 5G tarmog'ini joriy etish bilan bog'liq asosiy muammolari va ular haqida umumiy tushunchalar va foydali yo'llar tushuntirilgan.

Kalit so'zlar: Radio ulanish tarmoqlari(RAN), MIMO (kanallar ko'pligi kirish/kanallar ko'pligida chiqish), NFV, SDN, C-RAN.

Kirish: Radiochastota spektri, tranzit ulanishlar, bazaviy tarmoqlarni va radioulanish tarmoqlarini dasturlash, 5G tarmog'ini tarqatishning dastlabki bosqichlarida, ayniqsa yangilangan mobil kengpolosali aloqani o'rnatishda muhim ahamiyatga ega.

5G uchun radioulanish tarmoqlari

Bugungi kunda amaldagi 4G mobil tarmoqlar makrosotaga asoslangan. Ammo keng geografik o'rinni egallagan makrosotalar, 5G da qo'llanishi zarur bo'lgan zich tarzda qoplanishi, kechikishlar vaqtining kam bo'lishini va yuqori o'tkazuvchanglik xususiyatiga ega bo'lishini ta'minlashi qiyin (1-rasm).

5G tarmog'idan talab etiladigan, zich tarzda qoplash va yuqori o'tkazuvchanglik xususiyatini ta'minlash uchun, simsiz aloqa operatorlari 4G radioulanish tarmoqlariga (RAN) xarajatlarni investitsiyalashmoqda, ayniqsa kichik sotalarni qoplashni, aholi zich joylashgan shahar tumanlarda amalga oshirishmoqda. Geografik joylashuv bo'yicha kichik sotalar makrosotalarga nisbatan, katta oraliqlarni qoplamaganligi bilan ushbu sotalarda tarmoq qoplanishini ancha yaxshi yuz beradi va o'tkazuvchanglik xususiyati va xizmat ko'rsatish sifati ham makrosotaga nisbatan ancha yaxshi (2-rasm).

Kechikish

1 ms

10 ms

100 ms

1000 ms

Avtonom transport

•Ql

.o'shimcha reallik

Smart Grid

Taktil ^Internet

Virtual reallik

»

Xavfli

ziyatlarda ogohlantirish

eCall xizmatlari

® Masofaviy boshqaruv

Nazorat sensorlari tarmog'i

Real vaqtda o'yinlar

Ko'p tomonlama video qo'ng'iroq

Ikki tomonlama masofaviy boshqaruv

Tezkor reaktsiya xizmaatlari

Kritik ahamiyatli xizmatlar

Statsionar xizmatlar

Mavjud 4G mobil aloqa tarmoqlari yordmida taqdim qilinishi mumkin ho'lgan xizmatlar

Shaxsiy bulut

Videoma'lumotlar oqimini uzatsh

Bull as

lutli xizmatlar osida simsiz ofis

< 1 Mbit/s 1 Mbit/s 10 Mbit/s 100 Mbit/s >1 Gbit/s

Polosa kengligi

1-rasm. 5G ni qo'llashda o'tkazuvchanglik qobiliyati va kechikish uchun qo'yilgan

talablar

Kichik sotalarni tarqatish, 4G tarmog'ining o'tkazuvchanlik xususiyatini oshirib giga qolmasdan, 5G tarmoqlarining va yangilangan harakatlanuvchi kengpolosali aloqa xizmatlari uchun asos sifatida qo'llaniladi. Simsiz aloqaning ba'zi operatorlari o'tkazuvchanglik xususiyatni orttirish va o'zlarining 4G tarmoqlarini qoplash uchun hozirda kichik sotlarani qo'llashmoqda, ayniqsa zich shahar tuzilishida.

Makrosota

Ml

\jr -m

Kichik sota darajasi

2-rasm. Katta va kichik sotali tarmoqlar.

Kichik sotalar qo'shimcha spektrni ajratmasdan o'tkazuvchanlik xususiyatni orttirish imkoniga ega va bu spektr yetishmasligida hamda chastota spektrining uncha katta bo'lmagan hajmida operatorlar uchun qulay hisoblanadi. Bundan tashqari, harakattagi 4G tarmoqlari sifatini oshirish maqsadida zich tuzilishga ega shahar tumanlarda kichik sotalarni tarqatish 5G quyiladigan yuqori talablarni va yangilangan harakatlanuvchi kengpolosali aloqa xizmatlarining dastlabki imkoniyatlarini amalga oshirishga yordam beradi.

Kichik sotalar to'liq qamtishni ta'minlaganlikdan, ularning antennalarini kucha tuzilishiga moslashgan holda o'rnatish zarur (avtobus bekatlarida, yorug'lik pog'onalarida, svetoforlarda). Odatda ularning yonida operatoming radioapparaturasi, o'z ulanish manbai va ulanish vositasi joylashgan maxsus quti joylashadi. 2-rasmda ko'cha chirog'i pog'onasida o'rnatilgan anten tizim va maxsus quti ko'rsatilgan.

Keng o'lchamli MIMO (kanallar ko'pligi kirish/kanallar ko'pligida chiqish) tizimlari yuzlab hattoki minglab antennalarga ega, va bu ma'lumotlarni uzatish tezligini oshirib, energiyaning samarali uzatilishi uchun zarur bo'lgan, nurning yuzaga kelishini ta'minlaydi. Keng o'lchamli MIMO tizimlari spektral samaradorlikni orttiradi hamda kichik sotalarning zich tarzda tarqatilishi hisobidan, 5G texnologiyasi tarafidan taqdim etiladigan, o'tkazuvchanlik xususiyati imkoniyatlarini qanoatlandirishni ta'minlaydi.

5G da bazaviy tarmoqlar

5G tarmog'ining asosiy afzalliklaridan biri aloqa liniyasining moslashuvchanligi. Bunday moslashuvchanlik, tarmoqni tarmoqning dasturiy ta'minoti va bazaviy qurilmasi vazifasi ajratiladigan, tarmoqning dasturlashtirilish darajasiga bog'liq. Tarmoq funksiyalari virtualizatsiyasi (NFV) hisobidan amalga oshiriladigan, tarmoqni dasturlashtirish, dasturlashtirilgan parametrlarda tarmoqni tashkil etish (SDN), tarmoqni kesimga ajratish va bulutli RAN tizimi, innovatsiyalarni joriy etishni tezlashtirish va harakatlanuvchi tarmoqlarning yangilanish tempini rivojlantirishga yo'naltirilgan [8].

• NFV tayyor standart qurilmada ishlaydigan, DT ning virtuallashtirilgan nusqalaridagi, tarmoqlararo ekran, yuklamalarni tenglashtirish va marshrutizatorlar singari, maxsus qurilmalarda bajariladigan, tarmoq funksiyalarini almashtiradi va bu tarmoqni o'zgartirish hamda modernizatsiyalashdagi bahoni pasaytiradi.

• SDN real vaqt rejimida tarmoq elementlarining dinamik rekonfiguratsiyasini amalga oshirishni ta'minlaydi hamda dasturiy ta'minot yordamida 5G tarmog'ni boshqarish imkoniyatini ta'minlash bilan, tarmoqning o'tkazuvchanglik xususiyatini va xizmat ko'rsatish sifatini oshiradi.

• Tarmoqni kesimga ajratish har hil RAN ni va foydalanuvchilarning belgilangan segmenti uchun xizmatning bir nechta turini ta'minlaydigan fizik tarmoqni bir nechta virtual tarmoqga (mantiqiy segmentga) ajratadi va ushbu yondoshuv aloqa kanalining ancha samarali foydalanilishiga muvofiq, tarmoqning qurilishi uchun sarflanadigan xarajatlarni kamaytiradi.

• C-RAN 5G tarmog'ini harakatlandirish uchun o'ta zarur bo'lgan texnologiya. Radiotarmoqning bulutli arxitekturasiga ega bo'lgan ushbu tizimda, harakatlanuvchi aloqaning bazaviy stansiyalaridagi signallarning bo'lishtirilgan tarzdagi qayta ishlanishi moduli o'rniga, markazlashtirilgan protsessor bilan moslashtirilgan virtualizatsiya texnologiyasi qo'llaniladi va bu usul kichik sotalar asosida zich mobil tarmoqlariga sarflanadigan xarajtalrni kamaytiradi.

So'nggi yillarda Telefonica Argentina, Meksika va Peruda 5G ga tayyorgarlik ko'rishda o'zining asosiy SDN/NFV tarmog'ini virtualizatsiya qilishga e'tibor qaratdi (2.1-rasm).

Texnologik yangilanishlar sirasiga 5G tarmoqlari uchun zarur bo'lgan, orttirilgan spektral samaradorlikni va uzatishning yuqori tezligini ta'minlaydigan, signallarni kodlashtirish metodi kiradi. Bundan tashqari real vaqt rejimida ishlaydigan ilovalar va kechikishlarga yuqori sezuvchanglikga ega qo'llanmalarda periferik hisoblashlar ancha ahamiyatga ega. Periferik hisoblashlar talab darajasi yuqori bo'lgan ilova va qo'llanmalar uchun qisqa to'qtashlar hisobidan hisoblash imkoniyatini taqdim etish bilan, ma'lumotlarni foydalanuvchi qurilmasiga yaqinlashtiradi. Bu ma'lumotlarning to'liq yetib borishini ta'minlash bilan birga, transport xarajatlarini kamaytiradi hamda trafik yo'nalishini optimizatsiyalash imkoniga ega.

REFERENCES

1. Mirziyoyev SH.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag'ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo'shma majlisidagi nutqi. -T.: "O'zbekiston" NMIU, 2016. - 56 b.

2. Mirziyoyev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruza 2016 yil 7 dekabr'. - T.: "O'zbekiston" NMIU, 2016.- 48 b.

3. "The 5G Economy", IHS economics and IHS technology, January 2017: https://cdn.ihs.com/www/pdf/IHS-Technology-5G-Economic-Impact-Study.pdf

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.