Научная статья на тему 'LOTIN TILI VA TIBBIY TERMINOLOGIYANI O‘RGANISHDA O‘ZBEK TILINING O‘XSHASHLIGI VA FARQLARINI O‘RGANISH'

LOTIN TILI VA TIBBIY TERMINOLOGIYANI O‘RGANISHDA O‘ZBEK TILINING O‘XSHASHLIGI VA FARQLARINI O‘RGANISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

402
126
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yangi fan / lotin tili alifbosi / fonetikasi / ot / sifat / fe’l so‘z turkumlari / moslashgan va moslashmagan aniqlovchilar / murakkab anatomikgistologik va klinik terminlar tarjimasi. / new science / Latin alphabet / phonetics / noun / adjective / verb word groups / adapted and unadapted determiners / translation of complicated anatomicalhistological and clinical terms.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shafoat Malikovna Shirinqulova, Nurbek Shokir O‘G‘Li Oromov

Ushbu ilmiy mahsulotda darsda qoʻllaniladigan innovatsion texnologiya oʻquvchilarda vatanparvarlikni, mehnatsevarlikni va turli tarbiyaviy jihatga ega boʻlishini uqtirishi va innovatsion texnologiyalarning dars jarayonida foydalanishning didaktik tamoyillarni to‘g‘ri tanlash va uni yo‘naltirishni bilish zarur.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this scientific product, it is necessary to know how to correctly choose the didactic principles of the use of innovative technologies in the course of the lesson so that the innovative technology used in the lesson instills patriotism, diligence and various educational aspects in the students.

Текст научной работы на тему «LOTIN TILI VA TIBBIY TERMINOLOGIYANI O‘RGANISHDA O‘ZBEK TILINING O‘XSHASHLIGI VA FARQLARINI O‘RGANISH»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

LOTIN TILI VA TIBBIY TERMINOLOGIYANI O'RGANISHDA O'ZBEK TILINING O'XSHASHLIGI VA FARQLARINI O'RGANISH

Shafoat Malikovna Shirinqulova

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi katta o'qituvchisi, sh. sh02@gmail.com

Nurbek Shokir o'g'li Oromov

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi 2-son davolash ishi fakulteti 114a guruh talabasi,

nurbekoromov95@gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu ilmiy mahsulotda darsda qo'llaniladigan innovatsion texnologiya o'quvchilarda vatanparvarlikni, mehnatsevarlikni va turli tarbiyaviy jihatga ega bo'lishini uqtirishi va innovatsion texnologiyalarning dars jarayonida foydalanishning didaktik tamoyillarni to'g'ri tanlash va uni yo'naltirishni bilish zarur.

Kalit so'zlar: yangi fan, lotin tili alifbosi, fonetikasi, ot, sifat, fe'l so'z turkumlari, moslashgan va moslashmagan aniqlovchilar, murakkab anatomik-gistologik va klinik terminlar tarjimasi.

ABSTRACT

In this scientific product, it is necessary to know how to correctly choose the didactic principles of the use of innovative technologies in the course of the lesson so that the innovative technology used in the lesson instills patriotism, diligence and various educational aspects in the students.

Key words: new science, Latin alphabet, phonetics, noun, adjective, verb word groups, adapted and unadapted determiners, translation of complicated anatomical-histological and clinical terms.

АННОТАЦИЯ

В данном научном произведении необходимо уметь правильно выбирать дидактические принципы использования инновационных технологий в ходе урока, чтобы инновационная технология, используемая на уроке, прививала учащимся патриотизм, трудолюбие и различные воспитательные аспекты. студенты.

May 6

290

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

Ключевые слова: новая наука, латинский алфавит, фонетика, имя существительное, имя прилагательное, глагольные словосочетания, адаптированные и неадаптированные определители, перевод сложных анатомо-гистологических и клинических терминов.

Jahon miqyosida tibbiyot mstitutiari talabalarining o'z o'quv faoliyatlarining ilk kunlaridanoq lotin tili va tibbiy terminalogiya fanini o'rganishni boshlaydilar. Tabiiyki, bu fan ular uchun yangi fan, lotin tili alifbosi, fonetikasi, ot, sifat, fe'l so'z turkumlari, moslashgan va moslashmagan aniqlovchilar, murakkab anatomik-gistologik va klinik terminlar tarjimasi ularning barchasini hamma talaba bir hilda yaxshi yoki a'lo darajada o'zlashtira olmaydi. Ayniqsa, moslashmagan va moslashgan aniqlovchilarning tarjimasida ularning o'zlashtirish darajasi oqsaydi. Sababi o'zbek tili grammatikasida moslashmagan aniqlovchilar belgisiz bog'lanish degan qoidaga ham ega. Moslashgan aniqlovchi tushunchasi juda murakkab. O'zbek tilida so'nggi vaqtlarda grammatik qoidalarga e'tiborning kamayishi, maktab davrida o'quvchilarga shevaga oid so'zlardan foydalanishga ruxsat berilishi kabi bir qator sabablar bilan qaratqich kelishigi qo'shimchasining ishlatilmasligi talabaning to'g'ri tarjima qilishiga to'sqinlik qilmoqda. Bundan murakkabroq anatomik terminning tarjimasini ko'rib chiqaylik. O'zbek tilidan lotin tiliga tarjima qilishda adashgan talaba teskari jarayon ya'ni lotin tilidan o'zbek tiliga tarjima qilishda ham xato tarjima qilishi aniq. To'plangan malakalar shuni ko'rsatadiki, talaba o'rganilayotgan tilning murakkab mavzularini ona tilisining grammatik tuzilishini e'tiborga olgan holda olib borishlari muvoffaqiyot me'zoni hisoblanadi. Har bir o'rganilgan til malakasi insonning til bilish malakasiga ta'sir qilib va uni boyitib boradi. Bilimlar dunyosida yangi sahifaga duch kelgan talaba uni o'zlashtirishda avvalambor o'zi o'rgangan usulini qo'llaydi. Tillar borasida esa ikki tilning o'rganilayotgan va o'zbek tilining morfologiyasi va grammatikasini yaxshi bilishi talaba uchun muvaffaqiyat zinasi hisoblanadi. O'z navbatida boshqa fanlar qatori tibbiyot yo'nalishlarining umumkasbiy fanlar guruhiga kiruvchi lotin tili va tibbiy terminologiya fani o'qituvchisi ham innovatsion texnologiyalardan foydalanish usullari, vositalari, pirinsip va tamoyillarini bilishi lozim. Hozirda ta'limni yetuk malakali kadrlar bilan ta'minlash zamon talabi bo'lib, ta'limda innovatsion texnologiyalarni qo'llash pedagogdan quyidagilarni bilishni talab qiladi:

- har bir talabaning innovatsion texnologiyalarda o'rganadigan bilimini qay darajada o' zlashtirishi mumkinligini;

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

- har bir innovatsion texnolgiyalarni axborot texnologiyasi orqali tushuntira olishni;

- axborotdan jarayon sifatida bilim olish va ijod qilishni;

- fan-texnika va madaniyatdagi axborot va kreativ jarayonlarni;

- axborotda jamiyatni rivojlantirish muammolarini;

- sun'iy intellektning axborot tizimlari va bilim berish usullarini;

- axborotlashning texnik vositalari va telekommunikatsiya vositalarini;

- o'quv materiallari haqida axborotli ma'lumot tizimini bilish va qo'llay olishni;

- universal va muammoli-masofaviy innovatsion texnologiyalarni amalga oshirishning dasturiy vositalari haqida tasavvurga ega texnologiyalarni;

- axborotni modellashtirish asoslarini;

- o'qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini;

- global internet kompyuter tarmog'idan foydalanishni;

- o'quv jarayonida amaliy dastur paketlarini qo'llashni;

- o'quv jarayonida elektron pochtadan foydalanish bo'yicha ko'nikmalarga ega bo'lishni;

- diskka yozilishi mo'ljallangan o'quv predmeti strukturasi, mazmunini ishlab chiqishni;

- mustaqil ishlash, o'zlashtirish va mustahkamlash uchun savollar to'plamini ishlab chiqishni;

- bilimni sinash uchun test savollarini tuzish, sinov va imtihonlarni o'tkazishni;

- materialni chuqur o'rganish uchun manbalar ro'yxati, adabiyotlar katalogi, ijodiy ishlar mavzularini ishlab chiqishni

- telekonferensiyalar uyushtirish, faol muhokamani tashkil etish, referat, mustaqil ishlar uchun mavzular ro'yxatini tayyorlash, hamda zoom, big blue batton kabi dasturiy ta'minotlardan foydalanishni;

- o'quv mashqlarini bajarish, ketma-ketligini nazorat qilish va baholash shakllarini aniqlashni;

- o'qitish natijalarini tahlil qilish va takomillashtirish bo'yicha taklif berishni;

- nazorat ishlarini o'tkazish va tahlil qilishni.

Aynan innovatsion texnologiyalardan foydalanish istiqbolli masalalarni hal etib berar ekan, uning didaktik asosi qanday, shu haqida to'xtaladigan bo'lsak:

Lotin tili va tibbiy terminologiya fani darslari jarayonida innovatsion texnologiyalaridan foydalanishning didaktik asoslari quydagilarga asoslanadi:

May 6

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

a) innovatsion texnologiyalardan foydalanish tamoyillari;

b) innovatsion texnologiyalardan foydalanish vositalari;

d) innovatsion texnologiyalardan foydalanish shakllari (guruhli yoki individual); Lotin tili va tibbiy terminologiya fanining darsi jarayonida foydalanish mumkin bo'lgan innovatsion texnologiyalarning didaktik tamoyillariga quyidagilar kiradi: a) ilmiylik; b) loyihalanish; d) tizimlilik; e) yo'naltirilganlik; f) faoliyatli yondashuvlilik; g) boshqaruvchanlik; h) tuzatuvchanlik; i) natijaviylik (samaradorlik); j) takrorlanuvchanlik; k) tejamlilik;

Ushbu tamoyillar o'zaro bog'liq bo'lib, ular bir-birini to'ldiradi. Bu tamoyillar asosida o'quv jarayoni tashkil etiladi va o'qitish jarayoni amalga oshiriladi. Endi shu tamoyillar mazminiga qisqacha to'xtalib o'taylik. Ilmiylik tamoyili. Bu tamoyil har qanday o'quv predmeti o'quv materiali fanning zamonaviy yutuqlariga tayanishi lozimligini ko'rsatadi. Ilmiylik tamoyiliga ko'ra har yili fanlarning ishchi o'quv rejalari va o'quv materiallarini takomillashtirish talab etiladi. Bu borada mt.sammi.uz platformasida talabalarning mustaqil ta'lim olishi uchun qilinayotgan ishlarni ham ta'kidlab o'tish mumkin. Bu tamoyil o'quv jarayonini tashkil etish, hujjatlarni o'quv jarayoni grafigi, ishchi o'quv reja, fanning ishchi o'quv dasturi, fanning bo'limlarning o'quv maqsadlari toifalari, o'qitish jarayoni texnologiyasi egallangan bilim va malakalarni baholash mezonini yaratishni anglatadi. Ishlab chiqilgan hujjatlar asosida o'quv jarayoni amalga oshiriladi. Bu hujjatlarning barcha bandlariga rioya etilishi rejalashtirilgan natijaga erishishni kafolatlaydi. Tizimlilik tamoyilga ko'ra o'quv jarayonining barcha elementlari, ularning o'zaro bog'liqlik sharti asosida yagona tizim kabi loyihalanadi. Bunda o'quv jarayonining barcha elementlari tuzilmasi, tashkil etilishi va faoliyati o'quvchi - talabalarni o'qitishga rag'batlantiradi. Ta'lim jarayonini va darsni sifatli bo'lishini esa innovatsion texnologiyalar belgilab beradi. Lekin bugungi kun o'qituvchisi, pedagogi shunday bo'lishi darkorki, har bir yangi innovatsion texnologiyani o'quvchilarning milliy ruhiyatiga, tafakkuriga ijobiy ta'sirini ko'rsata olishi darkor.

Har bir darsda qo'llaniladigan innovatsion texnologiya o'quvchilarda vatanparvarlikni, mehnatsevarlikni va turli tarbiyaviy jihatga ega bo'lishini uqtirishi lozim. Buning uchun innovatsion texnologiyalarning dars jarayonida foydalanishning didaktik tamoyillarni to'g'ri tanlash va uni yo'naltirishni bilish zarur.

May 6

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

REFERENCES

1. Z.M.Maxmudov - Lotin tili va tibbiyot terminologiyasini o'rganishda o'zbek tili grammatikasining o'rni- "Fan va ta'lim" ilmiy jurnali / Impact-faktor 3.567 (SJIF) 2022 yil noyabr / 3-jild 11-son

2. Z.M.Maxmudov-Lotin tili va tibbiyot terminologiyasmi o'qitishda innovatsion texnologiyalardan didaktik tamoyillar va uning asosidagi fikrlardan foydalaniladi-Ta'lim fanlari bo'yicha akademik tadqiqotlar 2 JIM | 6-son | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-20216-1028-1033

3. Ibodullayeva ZJ "Masofaviy o'qitish texnologiyalari" fanidan elektron bilimlar omborini kerak. Mag.dis. - Toshkent, 2012. 14-b.

4. Esonovna, A. S. (2023). LOTIN VA YUNON TILLARINING TIBBIYOT TERMINOLOGIYASIDAGI O 'RNI.

5. Esonovna, A.S., & Ziyoda, Q. (2023). LOTIN VA YUNON TILLARINING TIBBIYOT TERMINOLOGIYASIDAGI O'RNI. Новости образования: исследование в XXI веке, 1(7), 551-552.

6. Абраева, Ш. Э. (2023). ЛОТИН ВА ЮНОН МОРФЕМАЛАРИНИНГ ТИББИЁТ МАТНЛАРИДА ТА^СИМЛАНИШИ ВА ^УЛЛАНИЛИШИ. Scientific Impulse, 1(6), 1255-1258.

7. Ziyoda, A., Mukaddam, S., & Shakhnoza, A. (2019). Communicative peculiarities of impersonal sentences in English discourse. Вопросы науки и образования, (7 (53)), 82-84.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.