Научная статья на тему 'LINGVODIDAKTIKA VA TILLAR O`QITISH METODIKASI'

LINGVODIDAKTIKA VA TILLAR O`QITISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

14
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
didaktika / lingvodidaktika / texnika / usul / metod / metodika / texnologiya

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Saidumar Saydaliev

Ma`lumki har qanday fanning tadqiqot ob`ekti, predmeti va asosiy masalalarini belgilab va oydinlashtirib olish uchun avvalo shu fanning atamalarini bilish, izohlash va tavsiflash lozim. Didaktika termini yunoncha: didaktikos "o'rgatuvchi", "ta`lim beruvchi" ma`nosini anglatib, ushbu termin anglatuvchi soha pedagogikaning ta`lim nazariyasi bilan shug`ullanuvchi tarmog`i hisoblanadi. "Didaktika" atamasi ilk bor Yevropada XVII asrda o`qitish va ta`lim jarayoni haqida asarlar yaratgan olimlar tomonidan qo`llanila boshlagan. Chex pedagogi Yan Amos Komenskiy o`zining "Buyuk didaktika" asarida (1657) bolalar va o`smirlarni ma`lumotli qilish va ularga ta`lim berishning didaktik jihatlarini ishlab chiqdi. Nemis pedagogi Adolph Diesterweg o`zining "Nemis o`qituvchilarini o`qitish uchun yo`riqnoma" (1834-35) asarida didaktikaning pedagogikada ta`lim nazariyasini bayon etuvchi alohida qism ekanligini ta`kidlagan. Shundan keyin didaktikaga ta`lim nazariyasi haqidagi fan sifatida qarash keng yoyildi. Hozirgi zamon pedagogikasida ta`lim mazmunini aniqlash, ta`lim jarayoni qonuniyatlarini ochish hamda o`qitishning eng samarador usul va yo`llarini topish didaktikaning asosiy masalalari hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «LINGVODIDAKTIKA VA TILLAR O`QITISH METODIKASI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

LINGVODIDAKTIKA VA TILLAR O QITISH METODIKASI

Saidumar Saydaliev

NamDU professori

ANNOTATSIYA

Ma lumki har qanday fanning tadqiqot ob ekti, predmeti va asosiy masalalarini belgilab va oydinlashtirib olish uchun avvalo shu fanning atamalarini bilish, izohlash va tavsiflash lozim. Didaktika termini yunoncha: didaktikos - "oqrgatuvchi", "talim beruvchi" manosini anglatib, ushbu termin anglatuvchi soha pedagogikaning talim nazariyasi bilan shugullanuvchi tarmogi hisoblanadi. "Didaktika" atamasi ilk bor Yevropada XVII asrda oqitish va talim jarayoni haqida asarlar yaratgan olimlar tomonidan qollanila boshlagan. Chex pedagogi Yan Amos Komenskiy o'zining "Buyuk didaktika" asarida (1657) bolalar va osmirlarni malumotli qilish va ularga talim berishning didaktik jihatlarini ishlab chiqdi. Nemis pedagogi Adolph Diesterweg o'zining "Nemis oqituvchilarini o'qitish uchun yo'riqnoma" (1834-35) asarida didaktikaning pedagogikada talim nazariyasini bayon etuvchi alohida qism ekanligini takidlagan. Shundan keyin didaktikaga talim nazariyasi haqidagi fan sifatida qarash keng yoyildi. Hozirgi zamon pedagogikasida talim mazmunini aniqlash, talim jarayoni qonuniyatlarini ochish hamda oqitishning eng samarador usul va yollarini topish didaktikaning asosiy masalalari hisoblanadi.

Kalit so'zlar: didaktika, lingvodidaktika, texnika, usul, metod, metodika, texnologiya

Didaktika har qanday alohida predmetni oqitish va uning mazmunini belgilash qonuniyatlarini aniqlaydigan fan sifatida talim va marifat ishlarini samarali tashkil etishning umumiy usullarini belgilab berishi lozim. Ayni vaqtda, alohida predmetlarni o qitish metodikasi ta lim amaliyotining aniq tajribalaridan kelib chiqqanligi uchun didaktikaning tamoyillari ta lim jarayonida uchraydigan hodisalarning o ziga xosligini hisobga olgan holda amal qiladi. Didaktika ta lim usullari, ularning mohiyati va amalqilish qonuniyatlarini tadqiq qilish hamda amaliyotda sinab korish muammolarini ham qamrab oladi. Muallim biror predmet boyicha o quvchilarning tizimli bilim olishlarini taminlash maqsadida o z faoliyatini amalga oshirar ekan, u bu faoliyat jarayonida ta limiy usullarni sinab ko radi, ijobiy natija berganlaridan unumli foydalanadi, salbiy natijali yo l va usullarni tahrirlaydi hamda boshqasi bilan alishtiradi, ma lum oquv amallarining bajarilish namunasini korsatadi.

Lingvodidaktika til va tillar talimi bilan shugullanadi, shuning uchun ham uni tillar ta'limshunosligi deb atashga asos bor. Shu manoda tillar ta'limshunosligini

96

Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti

qdaVatpdagog

Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

taniqli metodist olim Jamol Jalolov hozirgi zamon til o'qitish ilmidagi mavjud ma'lumotlarni umumlashtirib, lingvodidaktikaga quyidagi ta'rifni tavsiya etadi: "Tillar ta'limshunosligi" deganda, yakzabonlik, ikkitillilik -zullisoniylik va ko ptillilik - poliglossiyani o'rgatishga doir ilmiy soha tushuniladi." [Jalolov, 2012:360]. Ustozning ushbu ta'rifini to'la ma'qullagan holda, undagi forscha, o'zbekcha, arabcha, ruscha so'zlarning qo'llanilishiga bir qadar e'tiroz bildirishga jazm etamiz.

Bir tilni o'rgatishni ham ayrimlar "Lingvodidaktika" deb atayveradilar, zotan ushbu soha tekshiradigan ob'yekt birdan ortiq tillarni o'rgatish, boshqacha qilib aytganda, tillar ta'limi va ta'limshunosligi hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, "til o'qitish" degandan ko'ra "til o'rgatish" birikmasini qo'llash ushbu jarayonni aniqroq ochib beradi deb hisoblaymiz. Ustoz J.Jalolovning fikriga suyangan holda hozirgi zamon til o'rgatish ilmidagi ma'lumotlarni umumlashtirib, quyidagi ishchi ta'rifni tavsiya etish mumkin deb hisoblaymiz: "Tillar ta'limshunosligi" deganda, birtillilik, ikkitillilik va ko'ptillilikni o'rgatishga doir ilmiy soha tushuniladi. Mazkur ta'rifga ko'ra, qaysi tilni, qay sharoitda, nima maqsadda va qanday qilib o'rgatilishidan qat'iy nazar, til ta'limi qonuniyatlarida umumiylikni kuzatish mumkin. Masalan, tinglab tushunish, gapirish, o'qish, yozish malakalarini hosil qilish o'rganilayotgan tilning maqomiga bog'liq emas. Ushbu nutq faoliyati turlari ona tili, ikkinchi va chet tilda o'rganilishini amaliyot taqozo etadi. Til o'rganish jarayonida hosil qilingan bilim, shakllantirilgan ko'nikma va nutq faoliyati turlaridagi rivojlantirilgan malakalarni til o'rgatishning zamonaviy metodikasida kompetensiyalar deb atash qabul qilingan. Nazariy bilim, amaliy ko'nikma va malakalar nisbati nuqtayi nazaridan tillar maqomi bir-biridan keskin farqlanadi. Ona tilida qoida maqomidagi mavhumotlar tilshunoslik asoslari sifatida beriladi. Ikkinchi tilda (o'zbek yoki rus tilida) nutqiy amaliyotqa e'tibor nazariyaga qaraganda kuchaytiriladi, biroq qoidalar ham e'tibordan chetda qoldirilmaydi. Chet tilda qoida amaliy hususiyatga ega bo'lsada, ular ko'nikmani shakllantirishga va malakalarni rivojlanishga yo'llovchi ko'rsatmalar bo'lib xizmat qiladi. Qoida va nutq mutanosibligi jihatidan ona tili ta'limi chuqur ilmiy-metodik izlanishlarni taqozo etadi.

Til ta'limshunosligidagi o'qitish sharoiti, maqsadi, mazmuni, texnikasi, usuli, metodi tushunchalari orqali ikkinchi til va chet til metodikasi tahlil qilinadi. Nutq vaziyati, sharoiti deganda tabiiy yoki sun'iy vaziyat tushuniladi. Til o'rganish jarayonidagi tabiiy sharoit tilni egallashning eng qulay va samarali omili hisoblanadi. Tabiiy muhitda ona tili yoki agar bir joyda turli millat vakillari istiqomat qilishsa ularning tili muloqot tili sifatida o'rganiladi.

97

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^Mrchjq^aVlitiedigogikaBniVeiiititi^^^^^^^BiäiiiiS

Til ta'limshunosligi muammolarini hal qilishda chet til o'rgatish umumiy, xususiy va qiyosiy metodikalarining o'rni va hususiyatlari bir-biridan farq qiladi. Chunki chet til o'rgatish jarayoni avval to'plangan til tajribasining amalda yuzaga chiqish mumkin bo'lgan imkoniyatlari maydoni bo'lib, amalda shu tajribalarga asoslaniladi. Unda ro'yobga chiqqan maqsadlar, o'zlashtirilgan mazmun va qo'llangan o'qitish metodi ham yaqqol sezilib turadi. Avvalgi o'ganilgan til tajribasi keying tilni egallashga ijobiy yoki salbiy ta'sir qilishi mumkin. Chet til o'qitishning qiyosiy metodikasi ma'lumotlari va til ta'limshunosligi (ona tili, ikkinchi til bo'yicha) axborotlari qo'shilib, yaxlit holatda "Tillar ta'limshunosligi" vujudga keladi. Til ta'limi yuzasidan jamlama tasnif yaratish fanda deyarli tadqiq etilmaganligi tufayli ushbu umumlashma mukammallik kasb eta olmasligi tabiiy holdir. Mazkur dolzarb ilmiy muammoni hal qilish yo'lida ko'p sonli maqola, qo'llanma, darslik va monografiyalar yuzaga kelishi muqarrar. [Jalolov, 2012:364].

Tillarni o'rgatish metodikasida ta'limning maqsadi, mazmuni, sharoiti, vosita, texnika, usul va metodlari deb nomlanuvchi kategoriyalari ham ona tili, ikkinchi til va chet til o'rgatish nuqtai nazaridan bir biridan farq qiladi. Ularni tahlil va tadqiq qilish alohida maqolaning tadqiqot ob'yekti bo'lib xizmat qiladi.

Lingvodidaktika va tillar o'qitish metodikasining o'zaro munosabatini o'rganish fanning ushbu tarmoqlari bir biri bilan uzviy bog'liq ekanligini, birinchisi ikkinchisini qamrab olishini ko'rsatadi. Lingvodidaktikaning chet til o'rgatishning tarixiy va jarayon metodlar bilan munosabatlarini tahlil va tadqiq qilish alohida olingan ilmiy tadqiqotning ob'yeki sifatida o'rganish lozim deb hisoblaymiz.

REFERENCES:

- Trim, J. North,B. Coste,D. Gemeinsamer europäischer Referenzrahmen für Sprachen: lernen, lehren und beurteilen. München. Langenscheidt. 2001.

- Jalolov, J. Chet til o'qitish metodikasi. -T. "O'qituvchi", 2012.

- Jalolov, J. Til ta'limida yechimini kutayotgan muammolar. Til va til o'qitish metodikasi pragmatik va kommunikativ lingvistika talqinida. Respublika ilmiy anjuman materiallari. Namangan, 2009.

- Базаров И.Р. Узбек тилида лингвотаълимшунослик терминологик бирликларининг шаклланиши ва ривожланишидаги асосий манбалар. "Узбекистонда хорижий тиллар" илмий-методик электрон журнал journal.fledu.uz № 6/2019.

98

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.