Научная статья на тему 'Xorijiy tillarni o’qitish nazariyasi va metodikasi'

Xorijiy tillarni o’qitish nazariyasi va metodikasi Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1224
175
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
pedagogik texnologiyalar / ongli qiyosiy metod / anʼanaviy metod / intensiv metod / didaktika / metodning asosiy prinsiplari / grammatik shakl / kommunikativ didaktika / metod va texnologiya

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Anvar Shavkat O’G’Li Yoqubov

Ushbu maqolada xorijiy tillarni oʻqitishda zamonaviy texnologiyalar, jahon amaliyoti va soʻnggi nazariyalardan foydalangan holda, oʻquvchilarni taʼlim jarayonida faolligini oshirish va asosiysi oʻquvchining diqqatni torta oladigan fan oʻqituvchisi oʻzining turli metodikasi va salohiyati bilan oʻquvchilarni jalb qilish haqida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Xorijiy tillarni o’qitish nazariyasi va metodikasi»

Xorijiy tillarni o'qitish nazariyasi va metodikasi

Anvar Shavkat o'g'li Yoqubov Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada xorijiy tillarni o'qitishda zamonaviy texnologiyalar, jahon amaliyoti va so'nggi nazariyalardan foydalangan holda, o'quvchilarni ta'lim jarayonida faolligini oshirish va asosiysi o'quvchining diqqatni torta oladigan fan o'qituvchisi o'zining turli metodikasi va salohiyati bilan o'quvchilarni jalb qilish haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: pedagogik texnologiyalar, ongli qiyosiy metod, an'anaviy metod, intensiv metod, didaktika, metodning asosiy prinsiplari, grammatik shakl, kommunikativ didaktika, metod va texnologiya.

Theory and methodology of teaching foreign languages

Anvar Shavkat oglu Yakubov Samarkand Institute of Economics and Service

Abstract: This article talks about the use of modern technologies, world practices and the latest theories in teaching foreign languages, increasing the activity of students in the educational process and, most importantly, attracting students with their various methods and the potential of a science teacher who can attract the attention of students.

Keywords: pedagogical technologies, conscious comparative method, traditional method, intensive method, didactics, basic principles of the method, grammatical form, communicative didactics, method and technology.

Bizga ma'lumki, dunyoda xorijiy tillarni o'rganish va o'rgatish turli soha vakillarini jalb etib kelmoqda. Va bu albatta ulardan hamkorlikda ishlashni taqozo etmoqda. Jahon amaliyotida o'quvchilarning xorijiy tillar bo'yicha kasbiy kompetentligini rivojlantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llashga doir innovatsion faoliyatini modernizatsiyalash alohida ahamiyatga molikdir. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasining "Ta'lim va fan sohasini rivojlantirish" bandida "Uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish" kabi muhim vazifalar belgilab berilgan edi. Biz bu vazifalarni amaliy jihatlarini quyidagi qaror va farmonlar orqali ko'rishimiz mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF 4947-son farmoni, 2017-yil 20-apreldagi "Oliy ta'lim standardlarini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ 2909-son qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-may "Uzluksiz ta'lim tiziminining chet tillar bo'yicha Davlat Ta'lim Standardlarini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ 1875-sonli qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar amalga oshirilgan. Butun jahon hamjamiyatiga munosib o'rin egallashga harakat qilayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyati juda kattadir. Bundan tashqari, xorijiy tillarni tez va oson o'rganish uchun ilg'or pedagogik texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyatga egadir.

Ta'lim jarayonini rivojlantirish va o'zgartirish o'qituvchi va o'quvchilarning dars jarayonida o'zaro ochiq muloqotga kirisha olishiga bog'liqdir. Ta'lim jarayonida qo'llaniladigan metod va texnologiyalar butun bir dars jarayonini va o'quvchilarning faolligini oshiradi, desak mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Pedagogik texnologiyalar o'quvchilarga yangi bilim berish, konikma hosil qilish, o'quvchilarning ijodiy qobiliyatini rag'batlantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Yangi tamoyillar asosida rivojlanayotgan ta'lim tizimini yosh avlodni barkamol, ma'naviy yetuk inson sifatida shakllantirishga qarata olgandir.

Xorijiy tillarni o'rgatishda metodikaning o'rni katta rol o'ynaydi. Metodika bu-o'qituvchining qanday dars o'tishini o'rganadi. Metodika tarixga oid adabiyotlarni chuqurroq o'rganish shuni ko'rsatadiki, ayrim tadqiqotchilar metodikani san'at deydilar. Ular odatda fransuz metodisti Penlash fikriga ishora qiladilar., ya'ni "yaxshi" yoki "yomon" metod yo'q, aksincha "yaxshi" yoki "yomon" o'qituivchilar bor. Bunday fikrdagi kishilarga nemis metodisti E.Ottoning 1924-yilda bayon qilingan fikrlari bilan javob berish mumkin. U jumladan shunday deydi: "Agar kimki metodikani san'at deb hisoblar ekan, u fan nazariyasini uning amalda qo'llanishi bilan qorishtirib yuboradi" Har bir fanda o'z tushunchalar yig'indisi mavjud. Xorijiy til o'qitish metodikasida qabul qilingan asosiy tushunchalar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: talim sistemasi, ta'lim metodi, ta'lim prinsipi, ta'lim vositasi, metodik usul.

Xorijiy til o'qitish metodi- deyilganda xorijiy til o'rgatishning amaliy, umumta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlariga erishuvni ta'minlovchi muallim va o'quvchi faoliyatining majmuasi tushuniladi. Metod atamasi "ta'lim usullari yig'indisi" va "talimning yo'nalishi" ma'nolarida qo'llanadi. Birinchisi ta'lim nazariyasida jarayon metodlar ma'nosida ishlatilsa, ikkinchi ma'noda uni o'qitish metodikasi tarixiga oid asarlarda uchratishimiz mumkin. Masalan, xorijiy til o'qitishning tarjima metodi, to'g'ri metod, ongli-qiyosiy metod, an'anaviy metod, intensiv metod va boshqalar hisoblanadi.xorijiy til o'qitish metodikasi didaktika bilan

uyg'un, o'zaro bog'langan holda rivojlanib kelgan. Barcha o'quv fanlarining o'qitish nazariyalari didaktika faniga asoslanishi, undan ilmiy ozuqa olishi shubhasiz barchamizga ma'lum. Xorijiy til o'qitish ham didaktikaga asoslanadi. Didaktika ta'limning umumiy nazariyasi, metodika muayyan o'quv predmetini o'qitish ilmi, lingvodidaktika tillarni tillarni o'qitish umumiy nazariyasi, lingvometodika aniq bir tilni o'qitish ilmi sifatida qaraladi. "Metod"atamasi bilim, malaka, ko'nikma egallash, o'quvchilarda dunyoqarashni shakllantirish va bilish imkoniyatlarini yartish yo'lidagi o'qituvchi-pedagog va talabaning yoki o'quvchining ish usuli ma'nolarini bildiradi. Ushbu tushuncha son-sanoqsiz ta'riflarga ega. Xorijiy tillar o'qitilishida metodlarni tadbiq etish uzoq davrlardan boshlangan, prinsiplar esa nisbatan yangiroq metodik atamalardir. Tarixan metodlar 4 guruhga birlashtirib, ularning nomlariga "tarjima", "to'g'ri", "qiyosiy", "aralash" deb atash qabul qilingan.

Metodlar tarixi atoqli metodist prof. I.V.Rahmanov tomonidan chuqur o'rganilgan. Tarjima metodi asosan ikki ko'rinishda bo'lib, grammatika-tarjima metodi nuqtayi nazaridan xorijiy til umumta'limiy maqsadda o'rganilgan. Grammatik mashqlar til o'rganuvchining mantiqiy tafakkurini o'stirish maqsadida bajarilgan. Grammatik bilimlarni bayon etish ta'limning asosiy maqsadi deb qabul qilingan. Bu metodning asosiy prinsiplari quyidagilar:

1. Til o'rganish yozma nutqqa asoslangan.

2. O'rganish predmeti qilib grammatika olingan, leksika ham unga tobe ravishda tanlangan. Grammatik mashqlar bajarish asosiy ish usuli bo'lgan.

3. Oldin, Grammatik qoida yod olingan, so'ng esa so'zlarning ma'nosi so'zma-so'z tarjima vositasida ochib berilgan.

4. Grammatik shakl va so'zlarning ma'nosi so'zma-so'z tarjima vositasida ochib berilgan.

5. So'zma-so'z tarjima va quruq yodlash yo'li bilan til materiali o'zlashtirilgan.

6. So'zlarni kontekstdan tashqarida, yakka yodlash bilan chegaralanilgan.

Bundan tashqari, kommunikativ didaktika til o'rganuvchining tabiiy nutqiy

vaziyatdan unumli foydalanishini birinchio'ringa qo'ydi, ya'ni transportdagi, vokzaldagi, e'lonlar, radio va televideniyedagi reklamalar, telefondagi suhbatlar va shu kabilarni misol keltirishimiz mumkin. Axborotni tinglab tushunish hamda qabul qilish bo'yicha qo'yilgan maqsadlar o'zgardi. Tinglaganini hikoya qilish va nazorat qilish ham boshqacha tus oldi. Mazkur metod maqsaddan kelib chiqqan holda tinglovchiga tinglab tushunishning yangicha turlarini ajratib olishiga yordam berdi.

Xorijiy tilni o'qitish metodikasida hozirda madaniyatlararo muloqot iborasi keng qo'llanib kelinmoqda . aynan shu tushunchani biz turli xildagi kontekstlarda qo'llashimiz mumkin. Aslida esa, Madaniyatlararo muloqot-turli madaniyat vakillarining ijtimoiy kelib chiqishi, mentaliteti, milliy xarakteri, hayot tarsi, urf-

odatlari, qadriyatlari sistemasi va boshqalar to'g'risidagi muloqoti - ma'lumotidir. Madaniyatlararo muloqot formulasi sabrlilik, bag'rikenglik hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, xorijiy til o'rganish ko'p qirrali ta'limot bo'lib, bu jarayonda inson murakkab psixologik o'zgarishlarni boshdan kechiradi. Jumladan, ona tili bilan chet tilini taqqoslash jarayoni yuzaga keladi. Bu jarayonda o'rgatishning turli metod va texnologiyalaridan foydalaniladi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida xorijiy til bilan ona tilini taqqoslab o'rgatish samarali natija beradi. Xorijiy tilni o'rgatish uning metodikasiga oid bilimlarga ega bo'lishni taqozo etadi. Metodika va texnologiyalar xorijiy til o'rganish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Darsni tashkil qilishda metodika fanining turli usullari mavjud. Xorijiy til o'qitish metodikasida keng qo'llaniladigan metodlar: kommunikativ didaktika metodi, madaniyatlararo muloqotni tashkil qilish metodi va mashqni tashkil qilish metodi hisoblanadi. Uchala metod bir-biri bilan chambarchas bog'liq va bir-birini to'ldiradi. Metodika fani didaktika fani bilan bog'liq bo'lganligi sababli, xorijiy tilni o'rganish mobaynida kommunikativlikka asoslanadi va kommunikativ didaktika metodi yuzaga keladi.

Kommunikativ didaktika metodini qo'llash jarayonida pedagogning madaniyatlararo muloqotni shakllantirish metodi ham shakllanadi. Xorijiy til o'rganish jarayonini kommunikativlikka yondashgan holda tashkil qilish, keying bosqich madaniyatlararo muloqot darajasiga yetkazish, bunday natijalarga erishish uchun esa, so'nggi qadam "mashq texnologiyasi"ga e'tibor qaratish muhim. Xorijiy tilni o'rgatish jarayonini natijaviy tashkil etish uchun zamonaviy pedagogik axborot kommunikatsiya texnologiyalariga oid bilimlar egallash lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Samarova, S.R. (2019). Methods and technologies for the development of creative thinking of pupils. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 7(10), 37-43.

2. Samarova, S.R., & Mirzayeva, M.M. (2020). The problem of the formation of creative abilities of students in foreign psychology. An International Multidisciplinary Research Journal, 10(5), 1937-1943.

3. Rahmanova, M.K. (2019). Talabalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirishning nazariy metodologik asoslari. Xalq ta'limi. (1), 24-29.

4. Shokarimova, K.A. (2020) pedagogik qobiliyat va pedagogik mahoratning ta'lim tarbiya berishdagi ahamiyati. Science and Education, 1 (Special Issue 2).

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev.Sh.M. 2017-yil 7-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-sonli farmoni, O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami. -2017-yil 6-son 70-modda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.