Научная статья на тему '“LAYLI VA MAJNUN” DOSTONIDAGI ANTROPONIMLAR'

“LAYLI VA MAJNUN” DOSTONIDAGI ANTROPONIMLAR Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o‘zbek tili / onomastika / antroponimlar / ism / laqab / taxallus / “Layli va Majnun” dostoni. / Uzbek language / onomastics / anthroponyms / name / nickname / "Layli and Majnun" epic poem.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Xanmuratova S.X.

Maqolada Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostonidagi antroponimlarning leksik xususiyatlari yoritildi. Dostonning onomastik ko‘lami, ya’ni atoqli otlarning qo‘llanilish masalalari tahlil etildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANTHROPONYMS IN THE EPIC POEM "LAYLI AND MAJNUN"

The article describes the lexical features of anthroponyms in Alisher Navoi's epic "Layli and Majnun". The onomastic scope of the epic poem, especially, the issues of using proper nouns, was analyzed.

Текст научной работы на тему «“LAYLI VA MAJNUN” DOSTONIDAGI ANTROPONIMLAR»

Xanmuratova S.X.

O'zbek tili va adabiyoti ta'lim yo'nalishi talabasi Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI

"LAYLI VA MAJNUN" DOSTONIDAGI ANTROPONIMLAR

Annotatsiya. Maqolada Alisher Navoiyning "Layli va Majnun" dostonidagi antroponimlarning leksik xususiyatlari yoritildi. Dostonning onomastik ko 'lami, ya 'ni atoqli otlarning qo'llanilish masalalari tahlil etildi.

Kalit so 'zlar: o 'zbek tili, onomastika, antroponimlar, ism, laqab, taxallus, "Layli va Majnun " dostoni.

Khanmuratova S.H.

student

Uzbek language and literature faculty Nukus SPI named after Ajiniyaz

ANTHROPONYMS IN THE EPIC POEM "LAYLI AND MAJNUN"

Abstract. The article describes the lexical features of anthroponyms in Alisher Navoi's epic "Layli and Majnun". The onomastic scope of the epic poem, especially, the issues of using proper nouns, was analyzed.

Key words: Uzbek language, onomastics, anthroponyms, name, nickname, "Layli and Majnun" epic poem.

KIRISH VA DOLZARBLIGI.

Qadimiy tarixiy nomlar xalq tarixining o'ziga xos darakchilaridir. Atoqli otlar, o'zida lisoniy xususiyatlardan tashqari, qimmatli tarixiy, etnografik, geofizik, etikaviy va hattoki arxeologik ma'lumotlarni ham mujassam qilgan bo'ladi. Atoqli otlar qadimiy ajdodlarimiz bizga qoldirgan buyuk madaniy lisoniy merosdir. Bu merosda xalqimizning tarixiy xotirasi o'z ifodasini topgan. Shu sababli keyingi yillarda o'tmish davrlarga oid tarixiy nomlarni tiklash va asrashga doir harakatlarning kuchayganligi seziladi. Shu jihatdan oliy qadriyat hisoblanmish tilimizni har tomonlama o'rganish, uni yanada takomillashtirish dolzarb vazifalardan biriga aylandi.

So'z mulkining sultoni - Alisher Navoiyning asarlari necha asrlar o'tsa hamki, o'z qiymatini hamda ahamiyatini yo'qotmay kelmoqda. Xalqimiz orasida, nafaqat xalqimiz, balki butun dunyoda uning ijodi katta qiziqish bilan o'rganilib kelinmoqda. Bunga sabab esa Navoiy asarlari qamrovining kengligi, har davr uchun muhim sanalgan ma'naviy-ma'rifiy mavzularga boyligi va shu bilan birga, ulkan iste'dod namunasi ekanligidir. Ijodkorning ko'plab asarlari mashhur hisoblanib, ularning orasida, ayniqsa, "Layli va Majnun" dostoni o'zining dolzarbligi va ahamiyatliligi bilan alohida ajralib turadi. Biz o'z maqolamizda

Alisher Navoiyning "Layli va Majnun" dostonining onomastik ko'lamini, ya'ni atoqli otlarning qo'llanilish masalalarini o'rganishga harakat qildik.

METODLAR VA O'RGANILISH DARAJASI.

Navoiy asarlari tili leksikasi, uning har bir asarlari alohida-alohida ilmiy tadqiqot mavzusi sifatida o'rganilgan bo'lsa-da [1;2;3;4], tarixiy leksikologiya yo'nalishida kompleks tadqiq etilmagan. Bu esa mutafakkir asarlari tilini, xususan leksikasini leksik-semantik, leksik-stilistik, leksikografik, onomasiologik nuqtayi nazardan tadqiq etish zaruriyatini keltirib chiqaradi.

Alisher Navoiy asarlaridagi onomastik birliklarning etimologiyasi, semantikasini aniqlash hamda grammatik xususiyatlarini hisobga olishda qadimgi etnonimlar, antroponimlar, o'simlik, hayvonlarning o'sha davrdagi nomlari, toponimlarning grammatik tuzilishiga doir mulohazalar g'oyat katta ahamiyatga egadir. Sh.Yoqubov "Navoiy asarlari onomastikasi" mavzusidagi dissertatsion tadqiqotida o'zbek nomshunoslari o'zbek tili atoqli otlari tizimini o'rganish bo'yicha jiddiy ishlarni amalga oshirganini e'tirof etish bilan birga bu sohada qilinishi kerak bo'lgan bir qator ishlar mavjudligini aytadi. Ayniqsa, o'zbek adabiy onomastikasi yoki badiiy onomastika deb yuritiluvchi atoqli otlar tizimining deyarli tadqiq qilinmaganligini qayd etish o'rinlidir" - deydi tadqiqotchi. Bu jihatdan "Layli va Majnun" dostoni nihoyatda boy material beradi.

TADQIQOT NATIJALARI.

Antroponim - shaxc (inson)ning atoqli otidir. Antroponimiya biror tildagi shaxs atoqli otlarining majmuidir. Antroponimlar makroko'lamiga kiradigan nomlar quyidagi atoqli otlardan tashkil topadi: 1) ismlar; 2) laqablar; 3) familiyalar; 4) otaismlar; 5) taxalluslar; 6) shaxsni nomlashning boshqa xil tarixiy shakllari.

Sh.Yoqubov "Navoiy asarlari onomastikasi" mavzusidagi dissertatsion tadqiqotida 1103 dan ortiq antroponim mavjudligini ta'kidlaydi [5: 6].

"Layli va Majnun" dostonidagi antroponimlar makroko'lamiga kiradigan ismlar, laqablar, taxallus va shaxsni nomlashning boshqa xil tarixiy shakllari yuzasidan qilingan tadqiqot ishlariga suyangan holda tadqiq qildik.

Ism - yakka shaxsni o'zgalardan oilada (avlodda va umuman jamiyatda) farqlash uchun unga go'daklik davrida beriladigan atoqli ot.

Ismlarning etnografik ma'nosi muayyan ismning paydo bo'lishi, tanlanishi va chaqaloqqa berilishiga asos, sabab bo'lgan tushunchalarning ifodalanishidan iboratdir.

Alisher Navoiy asarlari onomastikasini o'rgangan Sh.Yoqubov ismlarni 3 guruhga ajratadi:

1. Tarixiy nomlar;

2. Afsonaviy nomlar;

3. To'qima nomlar [5: 6].

Shu asosda "Layli va Majnun" dostonida qo'llanilgan ismlarni quyidagi guruhlarga ajratdik:

1) real, ya'ni hayotiy shaxslar atoqli oti;

2) obrazlarning to'qima atoqli oti;

3) afsonaviy (mifologik) shaxslar atoqli oti.

1. Real, ya'ni hayotiy shaxslar atoqli oti. Navoiy asarlarida o'zi bilan zamondosh bo'lgan ko'plab tarixiy shaxslarning nomlarini keltiradi. Sh.Yoqubov Navoiy "Majolisun nafois" asarida 459 nafar shoirning nomini tilga olganligini qayd etadi [5: 7].

"Layli va Majnun" dostonida ham bir necha tarixiy shaxslar, ularning faoliyati va sarguzashtlari tasvir etiladi. Bular shohlar, viloyat hokimlari, din namoyondalari, ilm-fan, san'at va adabiyot ahillari va boshqa ijtimoiy guruhdagi lavozim va kasbkordagi kishilardir.

Filotun (Aflotun) - qadimgi yunon (grek) faylasuflaridan bo'lib, Suqrotning shogirdi va Arastuning ustozidir. Eramizdan ilgari 427 yilda tug'ilib, 347 yilda vafot etgan.

Ot solsa jahon eliga Majnun,

Bir kuyguchi bo'lg'usi Filotun.

Sulton Husayn Boyqaro - Temur ko'ragon naslidan bo'lib Mirzo Manmur binni Mirzo Boyqaroning o'g'lidir. U 1438 yili tug'ilgan, 1469 yili Hirot taxtiga o'tirib, 37 yil hukmronlik qilgan. Navoiyning bolalikdagi do'sti bo'lgan. U Husayniy taxallusi bilan she'rlar yozgan. Bizgacha uning devoni yetib kelgan. Uning qalamiga nasriy «Risola» ham mansub. U 1506 yilda Hirotda vafot etdi. Husayn Boyqaro imkon boricha mamlakatda ilm-ma'rifatni, madaniyatni taraqqiy ettirishga intildi.

Bor edi shahi sipehr tamkin,

Ya'niki, muizzi davlatu din.

Din nusratining alam tirozi,

Ya'ni Sulton Husayni g'ozi

G'oziy - Husayn Boyqaroning unvoni bo'lib «Shohi G'oziy» deb ham yuritiladi.

Sulton Badiuzzamon Mirzo - Husayn Boyqaroning katta o'g'li. Astrobod viloyatining hokimi, otasi vafotidan so'ng ukasi Muzaffar Mirzo bilan birga mamlakatni boshqaradi. Navoiy «Majolis un-nafois»da u haqda shunday deydi: «Husni surat va husni sifat bila orasta va jamoli zohiriy va kamoli botiniy bila piqrosta yigitdur. Razm atvoridin otar-tutarda dilpisand va bazm asbobidan ichmak va bag'ishlamoqda bemonand. Tab'i hach nazm uslubida muloyimdur». (Navoiy, Asarlar, 12-tom, 174-bet).

Olam eli ichra qahramon ul,

Ya'niki, Vadiuz-zamon ul

Shahzoda Uvays - Sulton Husayn Boyqaroning akasining o'g'li. Navoiy dostonning XXXVII bobida shunday deydi: "Shahzodai sipehr janob va sipehri xurshed intisob, ya'ni Sulton Uvays Bahodir madhida so'z intihosi va nasoyih bisotida ko'p la'l va durri maknun va mavoiz xonida favoqih va niami guno-gun ul hazratqa quloqqa olmoq va og'ziga solmoqning salosi".

To so'zda falak nishonlig' aylay, Axtar kibi durfishoilig' aylay. Topqach duri bahru la'li koni, Shahzoda nisori aylay oni. Shahzodai ma'dalatshior ul, Yetti ato shohu shahriyor ul. Sultoni zamon, Uvays ul shoh, Kim, charx anga keldi xoki dargoh.

Iskandar - Dostonda Iskandar tomonidan temirga sayqal berib yaratilgan oyina haqida gap boradi. Go'yo unda Jamshidning jomidagidek, shu asnoda bo'layotgan narsalarni ko'rsa bo'lar ekan. Iskandar (356-323) eramizdan avval yashagan makedoniyalik Filippning o'g'li. Yoshligidan harbiy salohiyat paydo qilib, Eron, Arabiston, Hindiston kabi mamlakatlarni ishg'ol qilgan. Badiiy adabiyotda Iskandar qudratli hukmdor timsoliga aylangan. Ul oyinakim Skandar etti, Po'loddin o'yla paykar etti. Kim, Rum aro chekib manori, Boqturdi ani Farang sori.

Uvays - Shayx Uvays Qaraniy, Alisher Navoiy«Nasoim ul-muhabbat» asarida Uvays Qaraniy to'g'risida, jumladan shularni yozadi: «Goh-goh Xojai olam muborak yuzin Yaman sori qilib der edikim, men xudoning taxtini Yaman tomonidan topdim». Yuqoridagi talmih orqali ana shu haqiqatga ishorat qilingan. Yo'q, yo'qki, Uvays ko'ngli tobi, Qilg'ay qora tunni mohtobi.

Taxallus - (arabcha - o'zini o'zi qutqarish, ozod qilish, xolos bo'lish) biror ijodkor (shoir, yozuvchi, rassom, olim va sh.k.) yoki siyosiy arbobning o'zi uchun tanlab olgan boshqa, ikkinchi nomi [6: 14].

Alisher Navoiyning "Layli va Majnun" dostonida juda ko'plab taxalluslarni uchratish mumkin. Jumladan, Xusrav Dehlaviy, Nizomiy, Jomiy, Suhayliy, Navoiy kabi.

Anqo gar emas nedin hamisha, So'z Qofida uzlat etti pesha. Nazm ahlining afsahul-kalomi,

So'z durrig'a muntazim Nizomiy

kkkkk

Afsonalari jahonda nomiy, Nazm aylab Xusravu Nizomiy.

Abdurahmon Jomiy - (1414 yil Jom viloyatining Xargarda dahasida tug'ilib 1492 yili Hirotda vafot etgan) fors-tojik adabiyotining yirik namoyandasi genial shoir mutafakkir olim, Navoiyning yaqin do'sti va ustozidir. Abdurahmondin oti nomiy, Lekin topib ishtihor Jomiy.

Suhayliy - Shayx Ahmad Suhayliy - XV asrning II yarmida yashab ijod etgan forsigo'y shoir. 1465-1469 yillarda Navoiy Samarqanddalik vaqtlarida Shayximbek Suhayliy ham u bilan birga bo'lgan. 1469 yilda Navoiy bilan Hirotga kelgan va Sulton Husayn Boyqaro xizmatiga kirgan. Navoiy uni ardoqlab yori aziz der edi.«Suhayliy» taxallusi qilur uchun, Sayxim Suhayliy derlar erdi», - deb yozadi Bobur.

Suhayliyning «Layli va Majnun» dostoni o'z davrida mashhur bo'lgan.

Kim, ishq so'zin rivoyat aylab,

Ham bu ikidin hikoyat aylab.

Andoqki bo'lub demakka mayli,

Nazm avjining axtari Suhayli.

2. Obrazlarning to'qima atoqli oti. Dostondagi obrazlarning to'qima atoqli otlariga quyidagilarni keltrish mumkin:

Majnun - Qaysning laqabi bo'lib, telba, devona, jinni demakdir. «Sharqdagi eng mashhur qahramonlardan. Qadimiy arab manbalarining shahodat berishicha, Majnun tarixiy shaxs bo'lib, Arabistondagi Bani Omir qabilasiga mansub bo'lgan. Majnunning oshiqlik qismati haqida Sharqda juda ko'p rivoyatlar to'qilgan. U Nizomiy, Dehlaviy, Navoiy kabi ulug' san'atkorlarning ijodida fojiaviy qahramon sifatida o'rin egallagan» [7: 235]. Ey kimniki aylabon parivash, Majnun anga yuz asiri g'amkash, Ey kimni qilib parig'a Majnun, Ashki suyin oqizib jigargun. Qays - Majnunning asl nomi. So'z darsini ulki berdi ta'lim, Bu nav' etti fasona taqsim. Kim, Qaysg'a ilm uchun murag'g'ib, Har yon chu tilattilar muaddib.

Layli arab manbalarida kichik epizod obraz - ko'rinishga ega bo'lgan. Ibn Qutayba o'zining «Kitob ush-she'r vash-shuaro» nomli asarida Layli haqida so'zlash Majnunni gapirtirish uchun asosiy kalit edi, deganmuhim fikr bildiradi. Nizomiydan boshlab, bu fikr mahorat bilan rivojlantirildi va Layli dostonda mukammal, etuk, barkamol ayol obraziga - sevgi va vafo ramziga aylantirildi. Ayni vaqtda dostonda Navoiy Layli va Majnunlar obrazi orqali majozni oshiq-ma'shuqlar timsolini gavdalantirgan. Ey oniki Layli aylab otin, Majnun qilmoq qilib sifotin, Ey Majnunung xiraddin ozod, Ohi beribop xiradni barbod, Ey aql sening yo'lungda g'ofil Kim, telba sening yo'lungda oqil.

Navfal - Arab qabilalaridan birining boshlig'i, dostonda Majnunning holatini tushungan, uning xaloskori sifatida bayon etilgan. I.Y.Krachkovskiyning fikriga ko'ra Navfal ham tarixiy shaxsdir.

Navfal garchi davlatmand bo'lsa-da, inson qadri-qimmatini, uning ichki kechinmalarini chin yurakdan tushunib, yuqori baholandi. Navfal Majnunning ishqini tushunib, yordamlashsa ham, lekin uning odamlardan uzoqlashib, tog'-dashtlarda, yovvoyi hayvonlar orasida yurishini qoralaydi. Navfal qoshida surub hikoyat, Ul qissani qildilar rivoyat. Navfal dag'i ishq ko'rgan erdi, G'am dashti aro yugurgan erdi.

Zayd - Laylining qabiladoshi. U ikki oshiq-ma'shuqqa hamdard» ularga xat etkazib turadi. Layli va Majnun sevgisini, ular xarakterini to'laqonli chiqishida vositachi obraz sifatida dostondagi o'rni muhimdir. Yuz uzr ila Zayd sori boqib, Hasrat suyi ko'zloridin oqib: «Key tan aro jon berib kaloming, Jismimg'a ravon berib payoming!

Yusuf - Sharq xalqlari adabiyotida mashhur bo'lgan «Yusuf va Zulayxo» afsonasining bosh qahramoni. Ya'qub payg'ambarning o'g'li, akalari tomonidan ko'p aziyat chekkan - chunonchi, cho'lda adashtirilib, quduqqa tashlangan, qul qilib sotilgan va hokazo. Bu yerda Qaysning yo'qolishi Yusuf bilan bog'liq o'sha voqealarga o'xshatilmoqda. Sharq adabiyotida Yusuf obrazi go'zallik va poklik ramziga aylanib ketgan.

Andin bo'lub ul guruh afgor, Itgon Yusuflarin talabgor.

Parvez - Xusrav Parvez - Sharq xalqlari og'zaki ijodi va yozma adabiyotida keng tarqalgan obraz. Uning tarixiy ildizi sosoniy podshohlaridan Xusrav Parvez (VI asr oxiri) faoliyatiga borib taqaladi. Badiiy adabiyotda, chunonchi, Firdavsiyning «Shohnoma»si, Nizomiyning «Xusrav va Shirin»ida ideal shoh, Navoiyda esa Xusrav mutlaqo salbiy qahramon sifatida talqin etiladi. Sahroda ne lola bo'lsa barbod, Parvez kulohidin berur yod.

Jamshid - Eronning qadimgi podshohlaridan biri. Jamshid jomi - Jamshid yasattirgan tilsimli jom. (Navoiyning ta'rificha, Jamshid hakimlarga buyurib, ikkita jom yasattirgan, birining oti Jomi ishratfizoy - bu jomdagi may ichgan bilan tugamas, to'liq turaverar va qiyshaytirilsa ham to'kilmas ekan. Ikkinchisining oti Jomi gitiynamoy — bu jomda dunyoda yuz bergan hodisalar ko'rinib turar ekan. Bu jomni - Jomi jahonbin ham deydilar). Har sharbat ayog'i jomi Jamshed, Har sadqa fatiri qursi xurshed 3. Afsonaviy (mifologik) shaxslar atoqli oti.

Jibril - Jabrail so'zining qisqargan shakli. Xudo bilan payg'ambar o'rtasida vositachi, vahiy keltiruvchi farishta nomi. Nomang vale andakim bo'lub fosh, Xattidin Ulus ko'tarmayin bosh. Ey po'yada markabingg'a ta'jil, Olingda haqir payki Jibril.

Sulaymon - islomda payg'ambar va shon-shavkatli podshoh hamdir. Rivoyatlarga ko'ra, unga eru osmon, shamol, devu pari, barcha hayvonot olami bo'ysungan. Unish taxtini devlar ko'tarib shamol uchirib, qushlar esa boshiga soyabon bo'lishar ekan. Bir Kun Hudhud Sulaymonga Sabo shahri va uning malikasi Bilqis haqida xabar keltiradi. Bu ikki baytda shunga ishora qilib talmeh orqali Jabrailning Muhammad payg'ambarga xabar yetkazib turishini Hudhudning Sulaymonga xabar yetkazishiga qiyos etilmoqda. Hudhudg'a ne moya, qadru somon, Sayr aylasa er uza Sulaymon Ey zumrai anbiyo shafii, Olam eli buyrug'ung mutii.

Qorun - behisob boylikka ega bo'lgan diniy afsonaviy shaxs. Navoiy o'zining «Tarixi anbiyo va hukamo» asarida Qorunni Muso payg'ambar qarindoshlaridan ekani, ilmu fazilatda o'tkir, ayniqsa, kimyo fanida mohir, qobiliyatli kishi bo'lganini yozadi.

So 'z gavhari vasfidakim, gavhar so 'zi aning qoshida gavhar olida bir qatra suvdek bo 'la olg'ay, bir necha so 'z surmoq va Ganja hakimi ta'rifidakim, ganji Qorun aning «Panj ganji» qoshida ganj olida vayronadek ko'rungay -ganjfishonliq qilmoq va Hind sohirinikim, Kashmir jodulari aning olida ip esha olmaslar — aning gavhari silkiga tortmoq va o 'z nazmining churuk rishtasin va uzuk torin ham alarg 'a ulamoq.

Xizr - Afsonaga ko'ra«obi hayvon» (tiriklik suvi)ni izlab topgan va undan ichib doim tirik yurgan - bir payg'ambarning nomi. Kishilarga hamrohlik qilishi bilan mashhur. Baytda shunga ishora qilinadi. Yo'q, yo'qki, shubonliq ichra Muso, Ilgingda aso ham ajdaroso. Muso neki, Xizri rohim o'ldung, G'am zulmatida panohim o'ldung. XULOSALAR.

Xulosa qilib aytganda, "Layli va Majnun" dostonidagi antroponimlarni o'rganish so'z qo'llash tarixini mukammalroq yoritishga, so'zlarning tarixiy-etimologik qiyofasini aniqlashga, so'zlarning diaxronik o'zgarishlari va sinxron holatdagi shaklini, o'rganilayotgan tilga qardosh va qardosh bo'lmagan tillarning leksik jihatidan ta'sirini baholashga, so'zlarning leksik-semantik, semantik-uslubiy xususiyatlarini kengroq yoritishga imkoniyat beradi.

Adabiyotlar:

1. Бафоев Б "Хамса" лексикаси буйича кузатишлар. УТА, 1985, №1. -Б.19-23. 2. Каримов А."Фарход ва Ширин "достонида кучма маъноли сузлар. Ж.УТА, 1981. №3, 25-31 бетлар.

3. Каримов А.Навоий лексикасининг бир катлами. Ж.УТА, 1984. №2, 58-61 бетлар.

4. Маматов X,. "Махбубул кулуб"нинг тили хдкида баъзи мулохдзалар. УТА, 1987. №1, 70-72 бетлар.

5. Yoqubov Sh. Navoiy asarlari onomastikasi. Nomzodlik diss. avtoreferati. -Toshkent: 1994. - B 6.

6.O'zbek tilining izohli lug'ati. 4-jild. - Toshkent: O'zbekiston milliy entsiklopediyasi, 2008. - B. 14.

7. www.ziyo.com kutubxonasi. Navoiy A. Layli va Majnun. - B. 235.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.