Научная статья на тему 'L.Z.BUDAGOVNING “СРАВНИТЕЛЬНЫЙ СЛОВАРЬ ТУРЕЦКОТАТАРСКИХ НАРЕЧИЙ” ASARINING TURKOLOGIYADAGI O„RNI'

L.Z.BUDAGOVNING “СРАВНИТЕЛЬНЫЙ СЛОВАРЬ ТУРЕЦКОТАТАРСКИХ НАРЕЧИЙ” ASARINING TURKOLOGIYADAGI O„RNI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

0
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lug‗atlar / leksema / eski o‗zbek tili / turkologiya / baš / paša / düün / barїmta / dictionaries / lexeme / Old Uzbek language / Turkology / baš / paša / düün / barїmta.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Mahliyoxon Shavkatjon Qizi Tuxtasinova

Maqolada ―Turk-tatar tillarining qiyosiy lug‗ati‖ va uning turkologiyada turgan o‗rni zamondosh hamda keyingi davr turkolog olimlarning fikrlari asosida yoritilgan. Lug‗at tarkibida keluvchi qimmatli ma‘lumotlar, lug‗atning tuzilish tamoyillariga asoslanib tuzilgan lug‗atlar haqida ma‘lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In the article, the "Comparative dictionary of Turkic-Tatar languages" and its place in Turkology are highlighted based on the opinions of modern and later Turkic scientists. Given valuable information contained in the dictionary, information about dictionaries compiled based on the principles of the dictionary structure

Текст научной работы на тему «L.Z.BUDAGOVNING “СРАВНИТЕЛЬНЫЙ СЛОВАРЬ ТУРЕЦКОТАТАРСКИХ НАРЕЧИЙ” ASARINING TURKOLOGIYADAGI O„RNI»

Academic Research in Educational Sciences_Volume 4 | Issue 9 | 2023

ISSN:2181-138^^Si0,967^Cite-Fac^

L.Z.BUDAGOVNING "СРАВНИТЕЛЬНЫЙ СЛОВАРЬ ТУРЕЦКО-ТАТАРСКИХ НАРЕЧИЙ" ASARINING TURKOLOGIYADAGI O'RNI

Mahliyoxon Shavkatjon qizi Tuxtasinova

Erkin izlanuvchi

ANNOTATSIYA

Maqolada "Turk-tatar tillarining qiyosiy lug'ati" va uning turkologiyada turgan o'rni zamondosh hamda keyingi davr turkolog olimlarning fikrlari asosida yoritilgan. Lug'at tarkibida keluvchi qimmatli ma'lumotlar, lug'atning tuzilish tamoyillariga asoslanib tuzilgan lug'atlar haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: lug'atlar, leksema, eski o'zbek tili, turkologiya, bas, pasa, duun, barïmta.

ABSTRACT

In the article, the "Comparative dictionary of Turkic-Tatar languages" and its place in Turkology are highlighted based on the opinions of modern and later Turkic scientists. Given valuable information contained in the dictionary, information about dictionaries compiled based on the principles of the dictionary structure.

Keywords: dictionaries, lexeme, Old Uzbek language, Turkology, bas, pasa, duun, barïmta..

KIRISH

Turkologiyaning shakllanishi, turkiy leksikografiyaning yuzaga kelishida bir qator lug'atlar muhim rol o'ynagan. Ularning ichida alohida ahamiyatga molik L. Budagovning "Сравнительный словарь турецко-татарских наречий" asari o'ziga xos o'rin tutadi.

Turkologiya uchun L.Z. Budagov lug'atining muhim ahamiyatga ega ekanligi ko'plab olimlar tomonidan e'tirof etilgan. P.M. Melioranskiyning L.Z. Budagov va V.V. Radlov lug'atlariga nisbatan birday jiddiy e'tibor qaratganligi "Marhum P.M. Melioranskiydan qolgan bitiglarning qisqa ro'yhati"dan ma'lum: "...P.M. Meliorankiy tomonidan yig'ilgan leksik materiallar asosan L. Budagov va V. Radlov lug'atlariga tikilgan oq qog'ozlarga yozilgan". A.N. Samoylovich kundalik ilmiy faoliyatida lug'atdan keng foydalangan va uni "L. Budagovning umumturkiy lug'ati"[1] deb atagan. G.F. Blagova maqolasida [2] L. Budagov lug'atida XIX asr ikkinchi yarmida mavjud bo'lgan turkiy tillar va lahjalar, ularning o'ziga xos leksik-semantik va fonomorfologik

September, 2023 Multidisciplinary Scientific Journals

173

Academic Research in Educational Sciences_Volume 4 | Issue 9 | 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

xususiyatlari inobatga olingani holda asosiy lug'aviy fondi taqdim etilgani muallifning katta xizmati ekanligini ta'kidlaydi va lug'at borasida quyidagi fikrlarni qayd etadi.

Chunonchi, lug'at XIX asrdagi adabiy qirim-tatar tilining leksik tarkibi haqida to'liq tasavvur beradi. Masalan, L.Budagov qirim lahjasida to'yni anglatish uchun ¿j$j / j^jj / jj^jj dugyun (BD, II, 563) so'zi ishlatilganligini qayd etadi. Ushbu so'z ayni shu ma'noda ayrim fonetik o'zgarishlar bilan usmoniylar tilida ham mavjud va gyyH (BD, II, 563) tarzida talaffuz qilinadi. Hozirgi qirim-tatar adabiy tilida to'yni anglatish uchun boshqa qipchoq tillaridagi kabi ^j^ -toy so'zi ishlatiladi. Dugyun so'zi faqat qirim tilining janubiy lahjalarida saqlanib qolgan. U yoki bu so'zning rivojlanish tarixi nuqtai nazaridan ko'rar ekan, L.Budagov ularning haqiqiy kelib chiqishini mohirona bayon etadi. Masalan, qirim lahjasi (tili)da L^ pasa "oqsuyaklar, vazirlar, gubernatorlar, Turkiyadagi yuqori lavozimdagi shaxslarning martabasi" so'zini tahlil qilar ekan, ushbu so'z fosr tilidan ( oI^jIj podshoh) (BD, II, 309) o'zlashtirish jarayonida yuzaga kelgan fonetik o'zgarishlarni ham inobatga oladi [3].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

A. Memetov ta'biri bilan aytganda, V. Dalning tajribasini o'zlashtirish orqali L. Budagov bir asarda izohli, tarjima va etmologik nashrlardagi materiallarning yoritilish tamoyillarini birlashtirish orqali turk leksikografiyasida yangi an'anaga asos soldi. Ushbu tajriba oradan 71 yil o'tgach, K.K.Yudaxin tomonidan qirg'iz folklor matnlarni tushunish uchun zarur bo'lgan tarixiy etnografik tushunchalar, eskirgan so'zlarni keltirish orqali boyitilgan, qirg'iz leksikasining xilma-xilligini ochib beruvchi "Qirg'izcha-ruscha lug'af'da, shuningdek, E.V.Sevortyan tomonidan "Turkiy tillarning etimologik lug'ati"ni yaratishida ushbu an'ana davom ettirildi. Lug'at maqolalaridagi tarixiy chekinishlar va etimologik tadqiqotlar etimologik lug'at va qirim-tatar tilining tarixiy grammatikasini tuzuvchilar uchun foydali bo'ladi

[4].

L. Budagovning lug'atini ishonchli ma'lumotlar manbai sifatida etnograflar ham qadrlashgan. "Ilk turkiy tillarning solishtirma lug'ati" "Turk leksikografiyasi tarixida chuqur iz qoldirgan va hozirga qadar o'zining ilmiy ahamiyatini yo'qotmaganligi"[5] alohida ta'kidlanadi. L. Budagovning lug'atidagi lug'at maqolalarining etnografik ma'lumotlar bilan boy ekanligini aniq ko'rsatish uchun ushbu lug'atdagi bir maqolani V.V.Radlovning lug'ati bilan solishtirish yetarli bo'ladi. V.V.Radlovda ôapaHTa (g^.) va ôaptiMTa (Knp.) so'zlari ikki lug'at maqolalari bilan berilgan va qisqa qilib "qaroqchilar bosqini" deya izohlangan. L. Budagov bu so'zning izohiga bitta

September, 2023 Multidisciplinary Scientific Journals

174

maqola ajratgan, maqola u butun bir qatomi egallaydi. Bu yerda L. Budagovning so'zning semantikasiga ijodiy nazar tashlashga urinishi yaqqol ko'rinadi. U "hayvonlarni qo'lga olish yoki olib qochish; qarz yoki gina sababli o'zboshimchalik bilan olib qo'yish; vaxshiylik, bosqin" tarzida izohlash bilan cheklanmay, baranta hodisasini "ichki noroziliklar", "qirg'izlar orasidagi o'zaro kelishmovchiliklar"da ko'rarkan, uning tarixiy sabablarini tushuntiradi va qadimda baranta qanday amalga oshirilganligini ochiqlaydi (BD, II, 224). Shunga o'xshash boshqa namunalar L. Budagovning lug'atini turkiy so'zlar va iboralarning tarixi bo'yicha ilk asar sifatida tan olishga imkon yaratadi [6]. A.N.Kononov lug'atning Kirish qismida L. Budagovning asari yuzasidan fikr bildirar ekan, yig'ilgan ulkan materiallar (bevosita til va ekstralingvistika bo'yicha) lug'atning "amaliy, etimologik va qisman ensiklopedik lug'atlar xususiyatlarini jamlagan" ligini alohida urg'ulaydi (BD, I, 4).

Nashrning islom qonunlari, milliy urf-odatlar, turmush tarzi, jamiyat hayoti, so'zlarning u yoki bu vaziyatda qaysi ma'noda qo'llanilishiga sabab bo'ladigan jihatlar bilan to'ldirilishi kabi murakkab vazifaning amalga oshirilishi lug'atga ensiklopedik xususiyat beradi. "Ushbu chekinishlar, bu yerda keltirilgan manbalar bilan tanishish imkoniyati hammada mavjud emasligi va ularning turli hududlarda joylashganligi inobatga olinsa, nazarimda, ortiqcha emasdek tuyuldi," - qo'shimcha qiladi muallif (BD, I, 6).

Lug'atni ensiklopediyaga aylantirgan yana bir o'ziga xos jihat shundaki, oddiy tarjima lug'atni turk xalqlari turmush tarzi, ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotiga oid so'zlar etimologiyasini o'rganish bilan parallel ravishda, so'zlar anglatuvchi artifakt va madaniy tushunchalarni o'rganishga asoslangan «Wort und Sache» nemis metodikasidan oqilona foydalangan holda L. Budagov o'zining leksikografik asarini quyidagi jihatlar bilan anchagina boyitgan:

- Ko'p so'zlarning etimologik tarkibini muvaffaqiyatli tushuntirishlar;

- Ma'muriy, huquqiy, ilmiy, diniy istilohlar manbalari ko'rsatilgan holda qisqa tushunchalarning mavjudligi;

- Geografik nomlar, turk folklori qahramonlari otlari, turklarning turmush tarzi va an'analarni anglatuvchi so'zlarga qisqa tushuntirishlar.

Chunonchi, qirg'iz tilidan tarjima qilganda "ilmoq, qarmoq, qarmoq bilan ovlash" ma'nolarini anglatuvchi "кармакь" so'zini izohlarkan L.Budagov leksemaning yana boshqa ma'no anglatishi haqida qo'shimcha ma'lumot keltiradi. "Qarmoqchi nomi bilan mashhur bo'lgan, butun umri davomida baliq yeb kun ko'rgan qirg'iz avliyosining qabri yaqinidagi ikkinchi raqamli fort (istehkom) Turkistonning mahalliy aholisi tomonidan shunday ataladi" (BD, II, 11); "Qon uchun, qotillik uchun, jarohat uchun

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

to'lov; qasos" ma'nosini anglatuvchi qirg'izcha "кунъ" so'ziga oid maqolada shunday sharh beriladi. "Qirg'izlarda qotillik uchun mingta qo'y, jarohat uchun zarar yetgan tana a'zosining muhimligiga qarab to'lov qilinadi" (BD, II, 94) va boshqalar

G. Blagovaning ta'kidlashicha, L. Budagovga so'zlarni uyali joylashtirish V.I. Dal kabi bir asosli so'zlarning ma'nolarini ochish, so'zga va umuman, tilga semantik va so'z yasalish xususiyatlarini berishga imkon yaratdi. L.Budagov lug'atini V. Dalning "Izohli lug'at"i bilan solishtirish shuni ko'rsatadiki, so'zlarni joylashtirishda uyali usuldan foydalanish leksik materialni taqdim etishdagi ensiklopedik xususiyatning yuzaga kelishiga yo'l ochadi. Ushbu tahminni asoslash uchun XIX asr turk tillaridagi ma'lumotlar kiritilmagan Pave de Kurteylning "Sharqiy turkiy lug'at"iga murojaat qilamiz. Ushbu lug'at L. Budagovning lug'ati bilan deyarli bir vaqtda yaratilgan, undagi materiallar esa, ayniqsa, eski yozuvdagi qismlari ko'p hollarda L. Budagov tomonidan yig'ilgan materiallar (Navoiy, Bobur, Abul G'ozi asarlaridan olingan misollar) bilan bir xil. L. Budagovdan farqli ravishda Pave de Kurteyl lug'atini so'zlarni alifbo tartibida joylashtirish tamoyili asosida tuzgan: so'zning variantlari va uning yasama shakllari (masalan, fe'lning buyruq mayli) u tomonidan ko'pincha asos so'zga havola berish orqali alohida so'z maqolalari sifatida keltirilgan. "Sharqiy turkiy lug'at"da ensiklopediyaga xos belgilar juda oz darajada ko'rinadi (E.A.Umarov fikricha, Pave de Kourteyl lug'atida so'zlarni izohlashning ensiklopedik uslubidan foydalanish holatlari uchraydi); [8] unda so'zning na semantik, na so'z yasalish tavsifi mavjud.

L. Budagovni nafaqat so'z yasalishi, balki keng ma'noda turk tillarining grammatik xususiyatlari ham qiziqtirgan. Aynan shu bois lug'atdagi grammatik ma'lumotlarning ko'pligini izohlash mumkin, bu esa, o'z navbatida, turkologiya tarixidagi teskari lug'atning ilk namunasini ko'rish imkonini beradi. Ba'zi lug'aviy maqolalarda (yoki boshqa maqolalar tarkibida) L. Budagov bir qator so'z yasovchi affikslar va ularning allomorflarini keltiradi. Xususan, ot so'z yasovchi affiks -3aq/-caq... (BD, I, 458), -3yq/-cik... (BD, I, 478), -can/-caq, -cil (BD, I, 465),, -msaq (BD, II, 228), -s(y)maq (I, 634), fe'l yasovchi affikslar -sin... (I, 657-658), -la, -las (II, 183) va b. . Lug'atda shuningdek fe'l mayllari (BD, II, 183, 275), harakat nomlari (BD, I, 659; II, 194, 245, 269, 300) sifatdosh -3aq / -3ek (BD, I, 427) va -mys / -mis (BD, II, 233) va h.k. haqida ham ma'lumotlar mavjud.

Lug'atda so'zlarning manolarini ochib berish usullarini tavsiflash jarayonida diqqatni tortadigan o'rinlar ancha. Chunonchi, lug'aviy

[7].

maqolalarning tarjima qismi yetarlicha murakkab qurilishga ega;

September, 2023

ushbu holat L.Budagovning semantika masalalariga qay darajada qiziqish bildirganligini ko'rsatadi [9].

Shularning barchasidan kelib chiqib, N.K.Dimitriyevga L.Z.Budagovning lug'atida "kelajakdagi qiyosiy grammatika uchun material bo'lgan grammatik chekinishlar" [10] haqida gapirishiga asos bo'lgan, A.N. Kononov esa lug'atni "Turkiy tillar grammatik ishlanmalari bo'yicha muhim qadam"[11] bo'lgan XIX asr ikkinchi yarmida yozilgan oz sonli asarlar soniga qo'shgan. Shuni ta'kidlash lozimki, lug'atda grammatika elementlarini keltirish bo'yicha L.Z.Budagov V.I.Daldan farq qilgan: akademik lug'atlarda so'zlarni izohlashda grammatik ko'rsatkichlardan foydalanilgan bo'lsa-da, V.I.Dal ulardan butunlay voz kechgan[12].

N.K.Dmitriyev L.Z.Budagovning lug'ati haqida quyidagilarni alohida ta'kidlagan: "frazeologiya (semantika)ga boy" [13]. Quyidagi tayanch so'zlarda ko'plab frazeologik materiallar keltirilgan: aj "oy, oy (vaqt)", bas "bosh", at "nom", ata "ota" va b; mos lug'aviy maqolalar ham hajm jihatidan juda katta. Ushbu kichik lug'aviy maqola «тат. ajaz, джаг. ajas» — «1) ochiq, yaxshi (ob-havo): ajazda jat= -ochiq havoda yot=; 2) хив., кир. Ayoz, qishki ochiq havo: ajas uryan, хив. ajas ötkän - u shamollagan» (I,173-174) [14] kabi berilishi N.K.Dmitriyevning fikrini asoslaydi.

Yana bir misol, L.Budagov o'zining lug'atida ^ - sod va ^ -sin harflari o'zaro almashinish imkoniyatlari haqidagi masalani qo'yishni lozim deb topganligini e'tirof etish mumkin. Lug'atda ^ -sin harfi bilan bir qatorda ^ - sod harfi bilan boshlanuvchi so'zlar (asosan arabizmlar) 35 sahifani egallagan (BD, I, 682-716). Bu masala Pave de Kourteylning lug'atida umuman ko'tarilmagan, unda ^ - sod bilan boshlanuvchi so'zlar deyarli uchramaydi (Pabe de Kourteyl lug'atini tuzishda chig'atoy tili yodgorliklaridan foydalangan, ular orfografiyasidagi turkcha so'zlarida

- sod" harfidan foydalanilmagan (u arab o'zlashmalarida qo'llaniladi); L.Budagov esa usmonlilar an'anasiga ham e'tibor qaratgan, ularda orqa qator vokalizmiga ega bo'lgan turk so'zlaridagi "s"ni anglatish uchun " ^ - sod" qo'llanilgan; muallifning farqlar haqidagi fikrlarini shu bilan izohlash mumkin.). Shuning o'ziyoq L.Z.Budagovning tilga nisbatan chuqur munosabati, imkon qadar hech narsani chetda qoldirmaslik, leksika bo'yicha har qanday kuzatishlarning o'z o'rnini topishida ko'rinadi. Shu o'rinda, boshqa sohadagi misolga e'tibor qaratsak: caqyrmaq "shovqin solmoq, chaqirmoq" (I, 460) leksemasining lug'aviy maqolasida ilova ko'rinishida qirg'iz va qo'miqlardagi tovushga taqlid chaqiriqlar sanab o'tilgan.

Keyinchalik E.V.Sevortyan tomonidan etimologik lug'atda qabul qilingan L.Budagov lug'atidagi maqolalarda so'z ma'nolarining bo'linishi ushbu ma'no barcha turkiy tillar yoki ularning ba'zilarida foydalanilishidan kelib chiqib amalga oshirilgan. Avval

umumturkiy ma'nolar, keyin bir tilga tegishlilari (shu tilning qisqartmasi bilan) keltiriladi. Masalan: «тур.тат. ajaq oyoq..., 2) oxir (yil, oy); og'iz (daryo), 3) (omonim) дж.тат. piyola, qadah» (BD, I, 174 ); «каз. syrmaq solmoq (qamchi), supurmoq, qo'shmoq, bog'lamoq, кир. ipga chizmoq» (BD, I, 699).

Qadimgi Turkiya va Eron, Buxoro amirligi va Xiva xonligida XIX asr o'rtalarida amal qilgan hamda tarixiy mansab-daraja istilohlarini keltirar ekan, L.Budagov maqolaning tarjima qismida, zamonaviy lug'atlarda bo'lgani kabi, nafaqat mos so'zlarning transliteratsiyasini beradi, balki ularni to'liq izohlar bilan ta'minlaydi (BD, I, 263, 265, 288, 309, 311, 315 ).

Chunonchi, тур. ceri "lashkar" maqolasida yanicharlar korpusi haqidagi asosiy tarixiy ma'lumotlar, harbiy unvonlar bilan birga uning ierarxiyasi keltirilgan (1362-1826-yillar) (BD, I, 475). тур. caus "eshik og'asi, qorovul" maqolasida esa yanicharlar qo'shinidagi chavushlar korpusi, qo'shinning harbiy tuzilmasi, caus istilohi ishtirok etgan u yoxud bu mansab yoki unvon egasining majburiyatlari yoritilgan (BD, I, 465-466). Shuningdek, тур. caprar "qaraqolluqcu deb atalgan yanicharlarning kaprallari taqib yurgan yirik temir kamar; ular bu kamar bilan askarlarni urishgan" maqolasi e'tiborga molik (BD, I, 453); тур. postal "poyabzal (yanicharlar kiygan etik)" so'zi postal oylu "poyabzal o'g'li (kamsitish atamasi)", postaldan gelme "poyabzaldan chiqqan, poyabzalning hidi kelyapti (past tabaqadan)" shakllarida kamsitish ma'nolarini ifodalashda ham qo'llanilgan (BD, I, 321).

Lug'atdan o'rin olgan tarixiy-iqtisodiy ma'lumotlar ham qiziqarli va keng yoritilgan: Konstantinopolda yig'ilgan bojxona va boshqa yig'imlar, Turkiyadagi dallollar va komissionerlar, nimalar qanday savdo qilinganligi haqidagi sharhlar shular jumlasidandir (BD, II, 202, 204, 216). Numizmatikaga oid ma'lumotlar, xususan, Turkiya, Qirim, Ozarbayjon, Fors, Mongoliya, Vengriyada zarb etgan tangalarning nomlanishi, izohi, tangalarning qiymat ekvivalentlari haqidagi ma'lumotlar ham alohida qiziqish uyg'otadi (BD, I, 227, 319-320, 322, 427, 473, 492, 663).

Mato, teri va boshqa hunarmandchilik mahsulotlari nomlari nafaqat ularning izohlari (ba'zan ularning tayyorlanish texnologiyalari ham tushuntiriladi), balki buyumlarning, asosan, Toshkent va Turkistondagi narxlari bilan ham to'ldirilgan (BD, I, 275, 316, 663; II, 235). Lug'atda qishloq xo'jaligi ekinlari, ularning qayerlarda ekilishi ekilish va hosil yig'ish davrlari haqida ma'lumotlar berilgandi, u yoki bu turdagi ekinning qancha hosil berishigacha diqqat qaratilgan (BD, I, 445-446, 450).

Qator lug'aviy maqolalarda turli xalqlar kundalik turmush tarzida foydalaniladigan og'irlik o'lchov birliklari ro'yxatlari

ISSN: 2181-1385 ISI: G,967 j Cite-Factor: G,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

berilgan (BD, I, 231, 443, 483, 486). Shu bilan birga, turkiylar vaqtni qadimda (BD, I, 258-259) va nisbatan yangi davrda qanday o'lchanganligi; masofani o'lchash uslublari va o'lchov birliklari (BD, I, 304; II, 222) ham lug'atdan o'rin olgan.

N.K.Dmitriyev qayd etganidek, L.Z.Budagov "o'zining to'g'ridan to'g'ri mutaxassisligi chegarasidan tashqariga qaray olganligi" [15] uchun tarixda o'z nomini qoldiroldi. V.I.Dalning tajribasidan (lug'at hajmi va tuzilishi nuqtai nazaridan undagi so'zlar va frazeologizmlarni tushuntirish usullari va b.) foydalanib, L.Z.Budagov o'zini novator sifatida nomoyon qildi: tuzgan lug'ati yordamida u amalda turk leksikografiyasida kompleks yondashuv - qiyosiy, izohli va ikki tilli tarjima lug'atlar (bundan tashqari tarixiy lug'at tuzish asoslari) prinsiplarini birlashtirishga erishdi.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, muallifning rejasi bo'yicha "turk-tatar lahjalarining qiyosiy lug'ati"ning birinchi qismi u tomonidan yig'ilgan ulkan hajmdagi materiallarni tartibga solish jarayonida (lug'at tuzilish tamoyillarini ishlab chiqish, lug'atning hajmi va tarkibi, materiallarning berilishi va b.) turkolog duch kelgan amaliy leksikografiya masalalari va nazariy leksikografiya muammolarini sinkretik hal etishga mo'ljallangan edi. XX asrning birinchi yarmidagi yetuk turkologlarning L.Z.Budagovning lug'ati haqidagi fikrlaridan ko'rinadiki, muallif barcha o'ylagan rejalariga erisholgan.

REFERENCES

1. Самойлович А. Н. Обзор русских грамматик (XIX в.) различных тюркских языков // Самойлович А. Н. Тюркское языкознание. Филология. Руника / Сост. и отв. ред. Благова Г. Ф., Насилов Д. М. М., 2005. -С. 211.

2. Благова Г.Ф. Л. З. Будагов, Н. И. Ильминский и вопросы несистемной преемственности в тюркологии. Урало-алтайские исследования. М.№ 2 (7) 2012. - С. 101-109.

3. Благова Г.Ф. Лазарь Будагов - лексикограф - энциклопедист. Советская тюркология. № 6. 1985. - С. 42-57.

4. Меметов А. Вклад Л. Будагова в крымское востоковедение. Развитие востоковидения в Крыму (XI - начало XX века). - Симферополъ : ИТ "Ариал", 2019. -С. 180.

5. Биобиблиографический словарь отечественных тюркологов: Дооктябрьский период. 2-ое изд. Перераб., подгот. Кононов А. Н. М., 1989. -

XULOSA

С. 54

September, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

6. Благова Г.Ф. Лазарь Будагов - лексикограф - энциклопедист // Советская тюркология. 1985. № 6. - С. 42-57.

7. Благова Г.Ф. Лазарь Будагов - лексикограф - энциклопедист // Советская тюркология. 1985. № 6. - С. 42-57.

8. Умаров Э. А. Паве де Куртей — лексикограф // Советская тюркология. 1981, № 6.

9. Благова Г.Ф. Л. З. Будагов, Н. И. Ильминский и вопросы несистемной преемственности в тюркологии. Урало-алтайские исследования. М. 2012. № 2 (7)- С. 101-109.

10. Дмитриев Н. К. Сравнительный словарь турецко-татарских наречий Л. Будагова / Публ.,

11. комм. и примеч. Благовой Г. Ф. // Н. К. Дмитриев: К 100-летию. М., 2001. -

12. Кононов А. Н. История изучения тюркских языков в России: Дооктябрьский период. Л., 1982. -С.336.

13. Благова Г.Ф. Л. З. Будагов, Н. И. Ильминский и вопросы несистемной преемственности в тюркологии// Урало-алтайские исследования. М. 2012. № 2 (7). - С. 101-109.

14. Дмитриев Н. К. Сравнительный словарь турецко-татарских наречий Л. Будагова / Публ.,

15. комм. и примеч. Благовой Г. Ф. // Н. К. Дмитриев: К 100-летию. М., 2001. С.

С. 132.

106.

September, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.