Научная статья на тему 'KUZGI BUG‘DOYNI SUYUQ AZOTLI O‘G‘ITLAR BILAN BARGIDAN OZIQLANTIRISHNING O‘SIMLIKNING O‘SISHI VA RIVOIJLANISHIGA TA’SIRI'

KUZGI BUG‘DOYNI SUYUQ AZOTLI O‘G‘ITLAR BILAN BARGIDAN OZIQLANTIRISHNING O‘SIMLIKNING O‘SISHI VA RIVOIJLANISHIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Suyuq azotli o‘g‘it / bug‘doy / barg / dala / iqlim / o‘simlik / bo‘y / bo‘g‘in.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Darvonov Qaxramon Anvarjonovich, Saminov Avazbek Alimardon O‘G‘Li

Ushbu maqola kuzgi bug‘doy hosildorligi va don sifatini oshirishda suyuq azotli o‘g‘itlarni bargi orqali oziqlantirishning kuzgi bug‘doy yetishtirish agrotexnologiyalarini takomillashtirish orqali yuqori sifatli don hosili olishga erishishdan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KUZGI BUG‘DOYNI SUYUQ AZOTLI O‘G‘ITLAR BILAN BARGIDAN OZIQLANTIRISHNING O‘SIMLIKNING O‘SISHI VA RIVOIJLANISHIGA TA’SIRI»

KUZGI BUG'DOYNI SUYUQ AZOTLI O'G'ITLAR BILAN BARGIDAN OZIQLANTIRISHNING O'SIMLIKNING O'SISHI VA RIVOIJLANISHIGA TA'SIRI 1Darvonov Qaxramon Anvarjonovich, 2Saminov Avazbek Alimardon o'g'li

1Q.x.f.d., dotsent. Farg'ona davlat universiteti 2Tayanch doktorant. Farg'ona davlat universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.11186218

Annotatsiya. Ushbu maqola kuzgi bug'doy hosildorligi va don sifatini oshirishda suyuq azotli o 'g'itlarni bargi orqali oziqlantirishning kuzgi bug'doy yetishtirish agrotexnologiyalarini takomillashtirish orqali yuqori sifatli don hosili olishga erishishdan iborat.

Kalit so'zlar: Suyuq azotli o'g'it, bug'doy, barg, dala, iqlim, o'simlik, bo'y, bo'g'in.

Аннотация. Целью данной статьи является достижение высокого урожая зерна путем совершенствования агротехнологий возделывания озимой пшеницы внекорневой подкормки жидкими азотными удобрениями для повышения продуктивности озимой пшеницы и качества зерна.

Ключевые слова: жидкое азотное удобрение, пшеница, лист, поле, климат, растение, высота, сочленение.

Abstract. This article aims to achieve a high-quality grain yield by improving winter wheat cultivation agrotechnologies of foliar feeding of liquid nitrogen fertilizers to increase winter wheat productivity and grain quality.

Keywords: liquid nitrogen fertilizer, wheat, leaf, field, climate, plant, height, joint.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7-fevraldagi PF4947-son «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida» gi Farmonida «3.3... qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini mutassil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish, ekin maydonlarini yanada maqbullashtirish, resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish» muhim strategik vazifalar sifatida belgilab berilgan.

Qishloq xo'jalik ekinlari parvarishida urug'ining unuvchanligi va unib chiqish quvvatini oshirishda, o'simlikning o'sishi va rivojlanishini yaxshilanishida, qurg'oqchilikga, sho'rga, kasallik hamda zararkunandalarga chidamliligini oshirishda fiziologik faol moddalarni o'rni juda katta bo'lib, ular o'simlikga ijobiy ta'sir etadi. (Abdualimov Sh.H. (2007), Davronov Q.A, 2022).

Kuzgi bug'doy hosildorligi va donining sifatini oshirishda kuzgi bug'doy yetishtirish agrotexnologiyalarini takomillashtirish orqali yuqori sifatli don hosili olish borasida ilmiy izlanishlarni davom ettirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham kuzgi bug'doyni parvarishlashda yangi agrotexnologiyalardan kuzgi bug'doyni suyuq azotli o'g'itlar bilan oziqlantirish jarayonlarini o'rganish asosida yuqori sifatli don hosili olish bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish muhim ahamiyatga ega (Tillabekov B.X.). Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda Farg'ona viloyati iqlim sharoitida kuzgi bug'doy parvarishida "Farg'onaazot" AJ tomonidan ishlab chiqarilgan yangi "Uni-agro" va "KAS" suyuq azotli o'g'itlarini suspenziya sifatida qo'llash me'yor va muddatlarini o'rganish orqali sifatli don hosili yetishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish bo'yicha tadqiqotlar olib borishni asosiy maqsad qilib beligilab oldik. Tadqiqotlarimiz 2022-2025 yillarda o'tkazilishi rejalashtirilgan bo'lib, kuzgi bug'doy parvarishida Uni-agro va KAS suyuq o'g'itlarini belgilangan 3-6-9 l/ga me'yorlari nazorat va andoza variantlarga taqqoslagan holda o'rganildi. (1-sepish)

Tajriba dalasida tegishlicha variantlar 6 qatorli, qator oralig'i 60 sm, eni 3,6 m, bo'yi 25 m ni, maydoni 90 m2 ni tashkil qilib, umumiy maydoni 2160 m2 bo'lib, 3 qaytariqda joylashtirildi. Tajribada kuzatuvlar va laboratoriya tahlillari "Dala tajribalarini o'tkazish usullari" O'zPITI uslubiy qo'llanmasi (2007) asosida olib borildi. Shuningdek, "Don maxsulotlarini saqlash va qayta ishlash" H.Bo'riev, R.Jo'raev, O.Alimov (1997) darslik hamda "Don va don maxsulotlarining sifatini baxolash hamda nazorat qilish" R.Xaitov, R.Zuparov, Z.Shukurov (2002) o'quv qo'llanmadan foydalanildi. Tajribada Kuzgi bug'doyni bargidan oziqlantirishda suyuq azotli o'g'itlarni qo'llashning don sifati va hosildorligiga ta'siri o'rganiladi.

Fenologik kuzatuvlar va laboratoriya tahlillari asosida o'rganib borildi. 2022 yilgi dala tajribasida ham o'simliklarni o'sishi rivojlanishi bo'yicha biologik holatini fenologik kuzatuvlar orqali kuzatib borilib, ularda bo'layotgan o'zgarishlarni tahlil qilish bilan baholandi.

Dala tajribalarida Uni-agro va KAS suyuq azotli o'g'itlari bilan o'simlikni bargidan oziqlantirilishidan oldin ya'ni, 2023 yil 28- mart kun holatida o'simlikni biologik holati fenologik kuzatuvlar orqali o'rganildi. Tajribada rejalashtirilgan suyuq o'g'itlarni sepishdan oldin o'simliklarni o'sishi va rivojlanishi kuzatilganda variantlardagi farq deyarli kuzatilmadi, ya'ni o'simlikning bo'yi o'rtacha 45,1-49,8 sm, ni bo'g'inlari soni 2,5-2,8 donani tashkil etdi.

Tajribadagi kuzatuvlarda kuzgi bug'doyni naychalash davri boshida 28-30 mart kunlaridan boshlanganligi aniqlandi. Kuzgi bug'doyni bargidan Uni-agro va KAS suyuq azotli o'g'itlarini ishchi eritmasini sepish 4- aprel kuni amalga oshirildi.

Tajriba variantlarida belgilangan tartibda Uni-agro bilan 3-6-9 l/ga, KAS bilan 3-6-9 l/ga, andoza (karbamid) 5 kg/ga me'yorlarda gektariga 500 litr suv hisobida ishchi eritma tayyorlanib sepildi. (1-jadval)

Kuzgi bug'doyni biologik holatini 15.04.2023 yil kungi fenologik kuzatuvlar natijalarini tahlil qilganimizda nazorat variantga nisbatan Uni-agro, KAS o'g'itlari qo'llanilgan variantlarda o'simlikni o'sishi va rivojlanishi sezilarli darajada ta'siri bo'lganligi kuzatildi. Ya'ni, kuzatuv natijalariga mos holda nazorat variantida o'simlikni bo'yi 57,1-65,2 sm ni, bo'g'in soni esa 3,13,3 dona bo'lganligi kuzatildi. Suyuq o'g'itlar qo'llanilgan variantlarda o'simlik bo'yi o'rtacha 57,1-65,2 sm ni, bo'g'in soni 3,1-3,3 donani tashkil qilib, nazoratga nisbatan o'simlikni bo'yi 1,14,7 smga, bo'g'in soni esa 0,1-0,3 donaga ko'p bo'lganligi aniqlandi.

1-jadval

Kuzgi bug'doyning naychalash davrida Uni-agro, KAS suyuq o'g'itini qo'llash me'yori va fenologik kuzatuvlar (2023 yil). (1-sepish)

№ Tajriba Ishlov berish O'simlik Bo'g'in soni O'simlik bo'yi, Bo'g'in soni

variantlari me'yori, kg/ga, l/ga bo'yi, sm 0.4.04 04.04 sm 15.04 15.04

1. Nazorat - 45,1 2,5 57,1 3,2

2. Andoza (karbamid) 5 kg/ga 46,2 2,6 58,5 3,2

3. KAS 3 l/ga 49,5 2,7 64,1 3,2

4. KAS 6 l/ga 49,8 2,8 63,3 3,3

5. KAS 9 l/ga 49,2 2,6 63,5 3,1

6. Uni-agro 3 l/ga 47,7 2,8 60,5 3,2

7. Uni-agro 6 l/ga 46,8 2,7 62,9 3,2

8. Uni-agro 9 l/ga 48,7 2,8 65,2 3,1

Olingan kuzatuv natijalaridan ko'rish mumkinki, Uni-agro va KAS o'g'itlari qo'llanilgan variantlarda o'simlikni bo'yi, bo'g'in soni kabi ko'rsatkichlarida biroz ko'proq bo'lganligi kuzatildi. Ayniqsa 6-9 l/ga me'yorlarda qo'llanilgan variantlarda o'simlik bo'yida sezilarli darajada yuqori ko'rsatkichlariga ega bo'lganligi aniqlandi. Bunda asosan kuzgi bug'doyni o'sishi rivojlanishini kuzatuv ishlari dastlab mart oyi boshida olingan bo'lib, avval suyuq o'g'itlarni qo'llashdan oldin variantlar bo'yicha o'simlikni biologik holati fenologik kuzatuvdan o'tkazilganda (2022-yilgi) variantlar bo'yicha deyarli sezilarli farq kuzatilmadi. Lekin, keyingi kuzatuv muddatlarida nazorat variantga nisbatan suyuq o'g'itlar bilan ishlov berilgan variantlarda bir biridan farqlanganligi aniqlandi. Bunda suyuq o'g'it hisoblangan Kas qo'llanilgan 4-5 variantlarda (6-9 l/ga me'yorlarida), Uni-agro suyuq azotli o'g'it qo'llanilgan 7- varinatlarda (6 l/ga me'yorida) bug'doyning bo'yini va bo'g'in sonini ortishi aniqlandi. Albatta bu qo'llanilgan suyuq o'g'itlarning ta'siri hisobiga deb aytish mumkin. Keyingi kuzatuvlardan bu holatni qanday natijalarga olib kelishi tahlil qilinadi.

REFERENCES

1. "Dala tajribalarini o'tkazish usullari" O'zPITI uslubiy qo'llanmasi (2007).

2. "Don maxsulotlarini saqlash va qayta ishlash" H.Bo'riev, R.Jo'raev, .Alimov (1997) darslik.

3. "Don va don maxsulotlarining sifatini baxolash hamda nazorat qilish".Xaitov, R.Zuparov, Z.Shukurov (2002) o'quv qo'llanma.

4. Anvarjonovich D. Q., O'g'li S. A. A., O'g'li X. The importance of fungicides and stimulants in preparing seed grains //Asian journal of multidimensional research. - 2021. - Т. 10. - №. 4. - С. 415-419.

5. Davronov Q., Haydarov M., Saminov A. Kuzgi bug'doy parvarishida suyuq azotli o'g'itlar bilan o'simlikni bargidan oziqlan tirishning don sifatiga ta'siri //Лучшие интеллектуальные исследования. - 2023. - Т. 8. - №. 1. - С. 11-18.

6. B.Sulaymonov, B.Boltaev, R.Tillaev, Sh.Abdualimov - Kuzgi bug'doy va g'o'za yetishtirish asoslari. Toshkent-2017 y. "Navro'z" nashriyoti. 124-bet.

7. O.Yakubjonov, S.Tursunov, J.Muqimov - Donchilik. Toshkent-2009 y. "Yangi asr avlodi". 304-bet.

8. Abdualimov Sh., Davronov Q.A. Urug'lik chigitlarga o'stiruvchi moddalar bilan ishlov berishning afzalliklari. // Tuproq unumdorligini oshirishning ilmiy va amaliy asoslari. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya maqolalar to'plami. I-qism. Toshkent, 2007. -B.280-283.

9. Davronov, k. (2022). suyuk azotli o'g'itlar meyorlari va suspenziya qo'llashning don hosiliga ta'siri. zamonaviy fandagi modellar va usullar, 1(18), 29-31.

10. Davronov Q.A. Farg'ona viloyati sharoitida g'o'zaning o'sishi, rivojlanish va tola sifatiga ekish me'yori va stimulyatorlarning ta'siri // Tuproq unumdorligini oshirishning ilmiy va amaliy asoslari. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya maqolalar to'plami. I-qism. O'zPITI. -Toshkent, 2007. -B. 348-350.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.