Научная статья на тему 'KUZGI BUG‘DOY DONINING TEXNOLOGIK SIFAT KO‘RSATKICHLARIGA SHOLI POXOLI, MAHALLIY VA MA’DAN O‘G‘ITLAR MEYORLARINI TA’SIRI'

KUZGI BUG‘DOY DONINING TEXNOLOGIK SIFAT KO‘RSATKICHLARIGA SHOLI POXOLI, MAHALLIY VA MA’DAN O‘G‘ITLAR MEYORLARINI TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
kuzgi bug‘doy / sholi poxoli / mahalliy o‘g‘it / mineral o‘g‘itlar / don / hosildorlik / donining texnologik sifat ko‘rsatkichi.

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Mamadaliyev Muxammadkarim Zoyirjon O‘G‘Li, Uraimov Tojiddin, Musayev Iskandar Ibragimovich, Axmadjonov Avazbek Akmaljon O‘G‘Li

Ushbu maqolada kuzgi bug‘doy parvarishida qo‘llanilgan sholi poxoli, mahalliy va mineral o‘g‘itlar meyorlarining donining texnologik sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri bo‘yicha tadqiqot natijalari bayon etilgan. Unga ko‘ra, kuzgi bug‘doyga sholi poxoli bilan birga 20 t/ga go‘ng hamda ushbu fonda mineral o‘g‘itlarning N100P75K50 kg/ga meyorlari orqali oziqlantirish hisobiga donining texnologik sifat ko‘rsatkichlari o‘zgarishi bayon yetilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KUZGI BUG‘DOY DONINING TEXNOLOGIK SIFAT KO‘RSATKICHLARIGA SHOLI POXOLI, MAHALLIY VA MA’DAN O‘G‘ITLAR MEYORLARINI TA’SIRI»

KUZGI BUG'DOY DONINING TEXNOLOGIK SIFAT KO'RSATKICHLARIGA SHOLI POXOLI, MAHALLIY VA MA'DAN O'G'ITLAR MEYORLARINI TA'SIRI

1Mamadaliyev Muxammadkarim Zoyirjon o'g'li, 2Q.x.f.n., professor Uraimov Tojiddin, 3Musayev Iskandar Ibragimovich, 4Axmadjonov Avazbek Akmaljon o'g'li

1,3,4Farg'ona davlat universiteti tayanch doktorantlari 2Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalari instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.11401382

Annotatsiya: Ushbu maqolada kuzgi bug'doy parvarishida qo'llanilgan sholi poxoli, mahalliy va mineral o'g'itlar meyorlarining bug'doy donining texnologik sifat ko'rsatkichlariga ta 'siri bo'yicha tadqiqot natijalari bayon etilgan. Unga ko 'ra, kuzgi bug'doyga sholi poxoli bilan birga 20 t/ga go'ng hamda ushbu fonda mineral o'g'itlarning N100P75K50 kg/ga meyorlari orqali oziqlantirish hisobiga bug'doy donining texnologik sifat ko'rsatkichlari o'zgarishi aniqlangan.

Kalit so'zlar: kuzgi bug'doy, sholi poxoli, mahalliy o'g'it, mineral o'g'itlar, don, hosildorlik, donining texnologik sifat ko'rsatkichi.

Kirish. Har yili Respublikamizda g'alla hosilini nes-nobud qilmay yig'ishtirib olish, ichki bozorda bug'doy narxini barqarorligini ta'minlash maqsadida qator farmon va qarorlar imzolanadi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-iyundagi 255-sonli qaroriga asosan 1 mln 283 ming tonna tovar bug'doyni davlat resursi sifatida qabul qilish bo'yicha qaror qabul qilingan. Ushbu qarorga muvofiq, bug'doy yetishtiruvchilar o'z xohishlariga ko'ra yetishtirilgan tovar bug'doyni belgilangan dislokatsiyadan ortiqcha topshirishi mumkin. Bu borada kuzgi bug'doy don hosilini oshirish, ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirib, gektaridan yuqori daromad olish muhim ahamiyatga ega.

Tadqiqot uslublari. Tadqiqotlar 2020/2023-yillar mavsumida kuzgi bug'doy ekilgan o'tloqi saz tuproqlar sharoitida olib borilgan bo'lib, bug'doyni unib chiqishi, tup soni, don hosildorligi va sifat ko'rsatkichlariga sholi poxoli, mahalliy va mineral o'g'it meyorlarining ta'sirini aniqlashda "Dala tajribalarini o'tkazish uslublari" [1] uslubiy qo'llanmasidan foydalanildi.

Tadqiqotlarda 6 t/ga meyorda sholi poxoli alohida va unga qo'shimcha ravishda 10 va 20 t/ga meyorlarda go'ng qo'llanilgan fonlarda mineral o'g'itlarning N100P75K50 kg/ga hamda N150P105K75 kg/ga meyorlarini kuzgi bug'doy parvarishlashda donining texnologik sifat ko'rsatkichlari o'rganildi. Nazorat sifatida o'g'itsiz hamda ishlab chiqarish sharoitida kuzgi bug'doyda tavsiya etilgan N200P140K100 kg/ga meyorlari olinib, o'rganilgan variantlar nazoratga nisbatan taqqoslab borildi.

Tadqiqot natijalari. O'tloqi saz tuproqlar sharoitida asosiy ekin sifatida ekilgan sholidan so'ng kuzgi bug'doy yetishtirishda qo'llanilgan 6 tonna sholi poxoli, mahalliy va mineral o'g'itlar meyorlarinig donining texnologik sifat ko'rsatkichlari aniqlashda 2022-yil ma'lumotlarini asos qilib oldindi. Oqsil tarkibiga tuproq-iqlim sharoitlari tasir qiladi. Donli ekinlarni ekishda Shimoldan Janubga va G'arbdan Sharqqa tomon yurganda uning tarkibidagi oqsil miqdori o'sib boshlaydi. Donning sifatiga xavoning namligi, quyosh insolyatsiyasi, azot tarkibi va turli agrotexnik tadbirlarning qo'llanilishi natijasida unga ta'sir kursatadi. Baxorgi bug'doyning tarkibidagi oqsil moddasi shimoli-g'arbiy xududlarda 12,0% ni tatkil etadi, masalan quyosh nuri

kam bulgan Angliya sharoitida bug'doylar tarkibi oqsil 10-11% bo'lib, ularni yem xashak sifatida ishlatish mumkin. Janubiy mintaqalarda yumshoq bug'doy donida oqsil miqdori 14-16%, qattiq bug'doylarda 18-20% gacha boradi. Oqsil moddasi bug'doyda issiq-quruq kunda sug'orilsa, ya'ni, kleykovina moddasi orta boshlaydi. Biroq, zararli hashorotlar, jumladan zararli xasva uning sifatini tushiradi.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, nazorat variantida oqsil miqdori yillarga tegishlicha oqsil 11,9-12,3%gacha bo'lganligi kuzatildi. Kleykovina miqdori esa 23,3-24,1% ga teng bo'lganligi aniqlandi. Ma'lumotlar tahlilida aytish mumkinki, yillar bo'yicha yuqori ko'rsatkichlar 2022-yilda nisbatan yuqori bo'lganligi qayd etildi va shu yil asosida fikr yuritamiz.

Mineral o'g'itlarning ishlab chiqarish sharoitida tavsiyalarga ko'ra keng qo'llanilayotgan N200P140K100 kg/ga meyori ta'siri sholi poxoli 6 t/ga hisobida dalada qoldirilib mineral o'g'itlarni N100P75K50 Ba N150P105K75 kg/ga kamaytiligan meyorlari (3-4 variantlar) qo'llanilganga nisbatan yuqori natijalar olindi. Unga ko'ra, oqsil 15,1 % va kleykovina 28,0 %ga teng bo'lganligi aniqlandi. Bu esa yuqorida keltirilgan qarorga muvofiq 1-sinf qimmatbaho don sirasiga kiradi. Biroq, sholi poxoli siderat sifatida qo'llanilgan 3 va 4-variantlarda oqsil tegishlicha 14,5-14,6% va kleykovina 26,2-26,5%ga teng bo'lganligi va bu esa 2-sinfga xos ekanligi aniqlandi.

Tajribada yana bir sinalgan fonda sholi poxoli bilan birga 10 t/ga meyorda go'ng qo'llanilgan 5 va 6-variantlarda faqatgina sholi poxoli qo'llanilgan fonga nisbatan yaxshiroq natijalar qayd etildi. Ma'lumotlarga ko'ra, mineral o'g'itlarni N100P75K50 kg/ga qo'llanilgan

5-variantda oqsil 14,8% va kleykovina 27,0% ni, mineral o'g'itlarni N150P105K75 kg/ga qo'llanilgan

6-variantda esa oqsil miqdori 15,0% hamda kleykovina esa 27,4%ni tashkil etdi.

Nisbatan yuqori ko'rsatkichlar tajribada 6 t/ga sholi poxoli bilan birga gektar hisobiga 20 t go'ng qo'llanilgan variantlarda kuzatilib, don tarkibida oqsil va kleykovina mineral o'g'itlar meyoriga bog'liq holda 1-sinf qimmatbaho don olinganligi qayd etildi.

Mineral o'g'itlarning N150P105K75 kg/ga hamda N100P75K50 kg/ga ga kamaytirilganligi va kamaytirilgan miqdorning o'rnini to'ldirishda siderat sifatida sholi poxoli bilan birga 20 t/ga go'ng qo'llanilishi don sifat ko'rsatkichlariga ta'siri faqat mineral o'g'itlarning tavsiya etilgan meyoriga nisbatan samarali ekanligini ko'rsatdi.

Tajribada sholi poxoli bilan birga 20 t/ga go'ng qo'llanilgan fonda mineral o'g'itlarni N100P75K50 kg/ga meyorda qo'llanilgan 7-variantda don tarkibida oqsil miqdori 15,4%, kleykovina 28,2%ga teng bo'lganligi aniqlandi. Huddi shu fonda mineral o'g'itlarni N150P105K75 kg/ga me'yori qo'llanilgan 8-variantda tegishlicha oqsil 15,4%, kleykovina esa 28,3% bo'ganligi kuzatildi. Tajriba yillari bo'yicha olingan ma'lumotlar tahlil qilinganda ushbu qonuniyat kuzatildi.

jadval

Kuzgi bug'doy parvarishida qo'llanilgan sholi poxoli, mahalliy va mineral o'g'it

meyorlarining donning texnologik sifat ko'rsatkichlariga ta'siri

t/r Tajriba variantlari Mineral o'g'itlar meyori, kg/ga Oqsil, % Kleykovina, %

2021-y 2022-y 2023-y 2021-y 2022-y 2023-y

1 Nazorat o'g'itsiz 11,9 12,3 12,1 23,9 24,1 23,3

2 N200P140K100 14,3 15,1 14,6 27,6 28,0 27,7

3 6 t sholi poxoli N100P75K50 13,7 14,5 14,1 25,8 26,2 26,2

4 N150P105K75 13,8 14,6 14,3 26,0 26,5 26,4

5 N100P75K50 14,2 14,8 14,5 26,6 27,0 26,7

6 10 t go'ng+6 t sholi poxoli N150P105K75 14,4 15,0 14,6 27,1 27,4 27,1

7 20 t go'ng+6 t sholi poxoli N100P75K50 15,1 15,4 15,3 27,7 28,2 27,9

8 N150P105K75 15,2 15,5 15,3 28,0 28,3 28,0

Xulosa qilib aytish mumkinki, kuzgi bug'doy donini tarkibida oqsil va kleykovina miqdori qo'llanilgan agrotexnik tadbirlar ta'sirida o'zgaradi. Bu borada sholi poxoli bilan birga 20 t/ga go'ng qo'llash, hamda ushbu fonda mineral o'g'itlarni N150P105K75 kg/ga yillik meyorini qo'llash don sifat ko'rsatkichlarini yuqori meyorda (2-variant) mineral o'g'itlar qo'llanilganga nisbatan oqsil 0,4-0,7% va klsheykovina 0,3-0,4%ga ortishiga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Dala tajribalarini o'tkazish uslublari. -Toshkent. 2007.-148-B.

2. O.Soatov. Yer resurslaridan foydalanish iqtisodiy samaradorligini oshirishning asosiy yo'nalishlari. Agro ilm - O'zbekiston qishloq xo'jaligi jurnali. -Toshkent, 2012.- №1(21). 7879- B.

3. A.Turdaliyev, M.Mamadaliyev. Kuzgi bug'doy don hosiliga sholi poxoli, mahalliy va mineral o'g'itlar meyorlarining ta'siri. Agro ilm - O'zbekiston qishloq xo'jaligi jurnali. Toshkent, 2023. №3 (96). 6-7- B.

4. A.T.Turdaliyev, M.Z.Mamadaliyev. Kuzgi bug'doyning umumiy va mahsuldor poyalar sonini o'zgarishiga mahalliy va mineral o'g'itlar ta'siri. "Qishloq xo'jaligida resurs tejovchi innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanishning ilmiy-amaliy asoslari". Halqaro ilmiy va ilmiy-texnik anjuman. Andijon-2023 y. 113-116-b.

5. Турдалиев, А. Т., Абакумов, Е. В., Мусаев, И. И., & Ахмаджонов, А. А. (2023). Сугориладиган оч тусли буз тупрокларнинг морфологик белгиларидаги узгаришлар. Science and innovation, 2(Special Issue 6), 867-872.

6. Турдалиев, А. Т., И. И. Мусаев, and Г. Г. У. Мамажонов. "Изменение морфологических характеристик и агрохимического свойства орошаемых светлых сероземов." Научное обозрение. Биологические науки.-2023 4 (2023): 86-91.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.