Научная статья на тему 'KUZGI BUG‘DOYNI RESURSTEJAMKOR TEXNOLOGIYA ASOSIDA YETISHTIRISHDA DONNING FIZIKAVIY SIFAT KO‘RSATKICHLARIGA YETISHTIRISH AGROTEXNIKASINING TA’SIRI'

KUZGI BUG‘DOYNI RESURSTEJAMKOR TEXNOLOGIYA ASOSIDA YETISHTIRISHDA DONNING FIZIKAVIY SIFAT KO‘RSATKICHLARIGA YETISHTIRISH AGROTEXNIKASINING TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kuzgi bug‘doy navlari / ekish usullari / erta / o‘rta va kechki muddatlar / donning shishasimonligi / oqsil / kleykovina / don naturasi.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — M.X.Hakimova, Sh.B. Sohibova, B. A. Ibroximov

Ushbu maqola kuzgi bug‘doy donining fizikaviy sifat ko‘rsatkichlarining navga va uni turli muddatlarda, meyorlarda, har xil seyalkalarda ochiq maydonlarda ekish usullariga bevosita bog‘liqligi haqida yozilgan. Donni yetishtirish jarayonida qo‘llanilgan agrotexnik tadbirlarni don sifat ko‘rsatkislarga ta’siri bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KUZGI BUG‘DOYNI RESURSTEJAMKOR TEXNOLOGIYA ASOSIDA YETISHTIRISHDA DONNING FIZIKAVIY SIFAT KO‘RSATKICHLARIGA YETISHTIRISH AGROTEXNIKASINING TA’SIRI»

KUZGI BUG'DOYNI RESURSTEJAMKOR TEXNOLOGIYA ASOSIDA YETISHTIRISHDA DONNINGFIZIKAVIYSIFATKO'RSATKICHLARIGA YETISHTIRISHAGROTEXNIKASINING TA'SIRI

M.X.Hakimova

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti dotsenti

SH.B. Sohibova, B. A. Ibroximov Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti magistri https://doi.org/10.5281/zenodo.11516719

Annotatsiya: Ushbu maqola kuzgi bug'doy donining fizikaviy sifat ko'rsatkichlarining navga va uni turli muddatlarda, meyorlarda, har xil seyalkalarda ochiq maydonlarda ekish usullariga bevosita bog'liqligi haqida yozilgan. Donni yetishtirish jarayonida qo'llanilgan agrotexnik tadbirlarni don sifat ko'rsatkislarga ta'siri bayon etilgan.

Kalit so'zlar: kuzgi bug'doy navlari, ekish usullari, erta, o'rta va kechki muddatlar, donning shishasimonligi, oqsil, kleykovina, don naturasi.

Abstract: This article is devoted to the direct dependence of the physical indicators of the quality of winter wheat grain on the variety and methods of sowing it in open ground at different times, norms, and with different seeders. The influence of agrotechnical measures used in the process of grain cultivation on grain quality indicators is described.

Key words: winter wheat varieties, sowing methods, early, middle and late dates, grain vitreousness, protein, gluten, grain nature

Аннотация: Данная статья посвящена вопросам прямой зависимости физических показателей качества зерна озимой пшеницы от сорта и способов её посева в открытом грунте в различные сроки, нормы, разными сеялками. Описано влияние агротехнических мероприятий, применяемых в процессе возделывания зерна, на показатели качества зерна.

Ключевые слова: сорта озимой пшеницы, способы посева, ранние, средние и поздние сроки, стекловидность зерна, белок, клейковина, натура зерна.

Kirish. Respublikamizda bugungi kunda qishloq xo'jaligi tizimi tubdan yangilanmoqda. Qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish, oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini isloh qilishni diversifikatsiyalash, zamonaviy yuqori samarali texnologiyalarni joriy etish hamda xo'jaliklarning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanishi hisobiga bugungi kunda yuqori don hosili olishga erishilmoqda. Respublikamizni yanada rivojlashtirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi doirasida «...mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, qishloq xo'jaligida resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish»ga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Respublikamizda so'nggi yillarda sug'oriladigan yerlarda kuzgi bug'doyning hosildorligi ikki barobar oshganligi ammo don sifatini oshmaganligi aksincha ayrim mintaqalarda kamayganligi olimlar tomonidan ta'kidlanmoqda.

Kuzgi bug'doy donlari tarkibida oqsil va kleykovina miqdorini pasayishining yana bir sababi, ishlab chiqarish sharoitida ularni yetishtirishda beriladigan mineral o'g'itlarning bir tomonlama berilishi ya'ni, azotli, fosforli va kaliyli o'g'itlar miqdorining 1:0.5:0.3 nisbatda berishga axamiyat

berilmasligidadir. Shuningdek, ularni suv bilan ta'minlanganligini yaxshilanganligi, sug'orishlar sonini ortganligi, hosil bilan katta miqdordagi azotning chiqib ketishidir. Shuning uchun navlarning biologik xususiyatlariga mos nav agrotexnikasini va don sifatini oshirishni ta'minlaydigan yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish zarurligini ko'rsatadi.

Ko'pgina mualliflarning tadqiqotlarida kuzgi bug'doyni nam bilan ta'minlanishi yaxshilanib borgan sari, donning fizikaviy ko'rsatkichlari donning shishasimonligi, uning tarkibidagi oqsil va kleykovina miqdori pasayib borishi qayd etilgan. Keyingi yillarda sug'oriladigan yerlarda kuzgi bug'doyni intensiv navlarida don sifatining pasayganligi qayd etilmoqda. Don tarkibidagi oqsil va kleykovinani pasayishi hosildorlikni oshishi, tuproqda o'simlikning o'zlashtirishi oson bo'lgan azot miqdorini kamligi tufayli yuzaga keladi. Ammo bu masalani faqat kuzgi bug'doyga solinadigan azot miqdorini oshirish hisobiga hal qilib bo'lmaydi. N. Xalilov (1994; 1998) tajribalarda kuzgi bug'doyga gektariga 240 kg azotni solish intensiv 83 tipdagi kuzgi bug'doy navlari hosildorligini 52 -74% oshirgan holda don tarkibidagi oqsilni to'rtdan bir qismga ko'paytirgan xolos. Shuning uchun don tarkibidagi oqsil, kleykovina miqdorini oshirish, don sifatini yaxshilash uchun kuchli bug'doy talabiga javob bera oladigan navni tanlash, barcha agrotexnik tadbirlarni shu jumladan ekish muddatlari va meyorlarini ham optimallashtirishni talab etadi.

O'zbekistonning janubiy mintaqasida kuzgi bug'doy yetishtirishda resurstejamkor texnologiyalarni takomillashtirish yuzasidan G '. Uzoqov tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot tajriba ishlari ma'lumotlari magistrlar tomonidan o'rganilib, tahlil qilinib maqolada tadbiq qilinmoqda.

Tadqiqot natijalari. Donning sifati uning fizik, kimyoviy, texnologik xususiyatlari bilan belgilanadi. Donning naturasi, shishasimonligi, 1000 ta don massasi uning fizik xususiyatlari, tarkibidagi oqsil, kleykovina, unning kuchi, unning chiqishi, unning uksus kislotasida ko'pchishi, xamirni elastikligini cho'ziluvchanlikka nisbati, suvni yutish xususiyati, xamirni suyuqlanishi, 100 g undan yopilgan nonning hajmi, nonning g'ovakligi, balandligini diametriga nisbati (h/d) singari ko'rsatkichlar bilan ifodalanadi. Donning sifati navning biologik xususiyatlari, tashqi muhit omillari, qo'llanilgan agrotexnikaga bog'liq holda shakllanadigan murakkab ko'rsatkichdir. Don tarkibidagi kleykovina majmuasi uning sifatini belgilovchi asosiy ko'rsatkichlardan biridir. Kleykovina suvda erimaydigan oqsillar liadin va glyutenindan iborat. Shuning uchun don sifati uning tarkibidagi oqsil miqdoriga bog'liq bo'ladi. Kuzgi bug'doy hosildorligini oshirishga qaratilgan barcha agrotexnik tadbirlar, yirik donni shakllanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Donni yirikligi sifat ko'rsatkichlaridan biri bo'lib, u 1000 ta don massasi bilan ifodalanadi. Shuningdek 1000 ta don massasi hosil strukturasini ham tarkibiy elementlaridan biridir. Udachin R.A. va boshqa olimlarning takidlashlaricha 1000 ta don massasi navdorlik belgisi bo'lib, hosildorlikni belgilashda 1000 ta don massasi muhim ko'rsatkich xisoblanadi, shu bilan birgalikda kuchli darajada to'lishish davridagi ob-xavo sharoitiga ham bevosita bog'liqdir.

Donni hosil bo'lish davrida yuqori harorat, namlikni yetishmasligi, o'simlikni yotib qolishi, kasalliklar, zararkunandalar bilan zararlanishi 1000 ta don massasini kamaytiradi. Ko'pgina tadqiqotchilar ekish muddatlarining kechikishi bilan kamayishini ta'kidlashgan.

Olib borilgan tadqiqotlar natijalariga ko'ra ochiq va g'o'za qator oralariga ekilgan kuzgi bug'doy 1000 ta don massasiga ekish muddatlari va meyorlari sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Erta muddatda ekilganda 1000 ta don massasi ochiq maydonga SZU-3,6 seyalkasida ekilganda 40,5-42,4 g, Fankxauzer-2115 seyalkasida ekilganda 40,2-43,9 g, g'o'za qator oralariga SZU-3,6 seyalkasida ekilganda 40,4-43,4 g, Fankxauzer-2115 seyalkasida ekilganda 41,6-44,3 g ni tashkil qildi. Navlar

kesimida, ekish meyorlari bo'yicha 1000 ta don massasining o'zgarishiga etibor qaratadigan bo'lsak, G'ozg'on navi ochiq maydonga Fankxauzer-2115 seyalkasida 5 mln. dona urug' ekilganda 42.7 g, 5.5 mln. dona urug' ekilganda 42.0 g va 6 mln. dona urug' ekilgan variantda 40.9 g, SZU-3,6 seyalkasida ekilganda yuqoridagiga mos ravishda 42.0; 41.1; 40.5 g ni tashkil etdi. Qolgan navlarda xam 1000 ta don massasining ekish meèrlari bo'yicha o'zgarishi yuqoridagi qonuniyat saqlanib qoldi. O'rta muddatda ekilganda 1000 ta don massasi ochiq maydonga SZU-3,6 seyalkasida ekilganda 40,2-42,7 g, Fankxauzer-2115 seyalkasida ekilganda 39,0-42,4 g, g'o'z qator oralariga SZU-3,6 seyalkasida ekilganda 39,5-42,6 g, Fankxauzer-2115 seyalkasida ekilganda 40,543,5 g ni tashkil qildi. Erta muddatdagi kabi ekish meyorlarining ortishi 1000 ta don massasining kamayishiga olib kelgan.

Donning shishasimonligi uning tarkibidagi oqsil va kleykovina miqdori bilan bevosita bog'liq bo'lganligi uchun muhim sifat ko'rsatkichlarida biri hisoblanadi.

Erta muddatda ekilganda donning shishasimonlik darajasi ochiq maydonga Fankxauzer-2115 seyalkasida ekilganda 73,2-83,0 %, SZU-3,6 seyalkasida ekilganda 75,4-85,2 %, g'o'za qator oralariga Fankxauzer-2115 seyalkasida ekilganda 76,3-81,3 %, SZU-3,6 seyalkasida ekilganda 73,3-81,1 % ni tashkil qildi.

Eng yuqori don shishasimonligi Bunèdkor navida kayd qilingan bo'lsa, past ko'rsatkich G'ozg'on navida kuzatildi.

O'rta muddatda ekilganda donning shishasimonlik darajasi ochiq maydonga Fankxauzer-2115 seyalkasida ekilganda 71,8-84,1 %, SZU-3,6 seyalkasida ekilganda 74,3-81,1 %, g'o'za qator oralariga Fankxauzer-2115 seyalkasida ekilganda 66,0-78,7 %, SZU-3,6 seyalkasida ekilganda 71,9-77,1 % bo'lishi aniqlandi.

Kech muddatda ekilganda donning shishasimonlik darajasi ochiq maydonga Fankxauzer-2115 seyalkasida ekilganda 65,4-77,8 %, SZU-3,6 seyalkasida ekilganda 67,9-78,2 %, g'o'za qator oralariga Fankxauzer-2115 seyalkasida ekilganda 66,3-75,3 %, SZU-3,6 seyalkasida ekilganda 64,3-73,4 % i tashkil qildi.

Shishasimonligi yuqori donni tegirmonda unga aylanishi yaxshi bo'ladi va un chiqimini yuqori, un sifatini yaxshi bo'lishini ta'minlaydi. Donning shishasimonligi nav belgisi bo'lib, tashqi muhit omillari, qo'llanilgan agrotexnikaga bog'liq holda o'zgaradi. Tajribalar natijalarini ko'rsatishicha donning shishasimonligiga ekish usuli va muddatlari ta'sir ko'rsatadi.

Tajribalarda urug'lar erta muddatda ekilganda don shishasimonligi G'ozg'on navida 73,277,8 %ni, Bunèdkor navida 76,2-85,2 %ni, Yaksart navida 78,1-86,1 %ni tashkil qilishi aniqlandi.

Bug'doy donining sifat ko'rsatkichlarini aniqlaydigan asosiy belgilardan biri bu undagi oqsil miqdoridir. Oqsil miqdorining u yoki bu darajada bo'lishi bug'doy navining biologik xususiyati, yetishtirish uslubi va iqlim sharoitlariga bog'liqdir .

Atmosfera yog'ingarchiliklarining ko'p bo'lishi, past harorat donda oqsil miqdorini kamayishiga, uning sifatini pasayishiga olib keladi. Yog'ingarchilik ko'p bo'lgan, ayniqsa sut-mum pishish fazasida ko'p bo'lsa, o'suv davri cho'ziladi, donda oqsil kamayib uglevodlar miqdori oshadi.

So'nggi yillarda O'zbekiston Respublikasida yetishtirilayotgan don tarkibida oqsil miqdorini kamayishi kuzatilmoqda. Bunga mineral o'g'itlarni (azot, fosfor va kaliy) belgilangan nisbatda va miqdorda berilmasligi, hosildorlikni yuqori bo'lishi, nav xususiyatlari sabab bo'lmoqda. Shuning uchun tarkibida oqsil miqdori yuqori bo'lgan sifatli don yetishtirish g'allachilikdagi juda dolzarb muammodir.

G'ozg'on navida erta muddatda dondagi oqsil miqdori ochiq maydonga Fankxauzer-2115 seyalkasida ekilganda 14,5-14,9 %, SZU-3,6 seyalkasida ekilganda 14,7-14,9 %, g'o'za qator orasiga Fankxauzer-2115 seyalkasida ekilganda 14,5-14,6 % va SZU-3,6 seyalkasida ekilganda 14,2,7-14,6 % ni tashkil etdi. O'rta muddatda dondagi oqsil miqdori ochiq maydonga Fankxauzer-2115 seyalkasida ekilganda 14,4-14,6 %, SZU-3,6 seyalkasida ekilganda 14,6-14,8 %, g'o'za qator orasiga Fankxauzer-2115 seyalkasida ekilganda 14,3-14,5 % va SZU-3,6 seyalkasida ekilganda 13,9-14,6% ni tashkil etdi. Kech muddatda dondagi oqsil miqdori ochiq maydonga Fankxauzer-2115 seyalkasida ekilganda 14,0-14,4 %, SZU-3,6 seyalkasida ekilganda 14,3-14,7 %, g'o'za qator orasiga Fankxauzer-2115 seyalkasida ekilganda 13,9-14,2 % va SZU-3,6 seyalkasida ekilganda 13,8-14,5% ni tashkil etdi.

G'ozg'on navida eng yuqori oqsil miqdori ochiq maydonga erta muddatda 5 mln. dona unuvchan urug' ekilganda 14,9 % va eng past oqsil miqdori g'o'za qator orasiga SZU-3,6 seyalkasida kech muddatda ekilganda 13,8 % bo'lishi aniqlandi. Bunyodkor navida erta muddatda dondagi oqsil miqdori ochiq maydonga Fankxauzer-2115 seyalkasida ekilganda 14,6-15,4 %, SZU-3,6 seyalkasida ekilganda 15,2-15,4 %, g'o'za qator orasiga Fankxauzer-2115 seyalkasida ekilganda 14,5-14,6 % va SZU-3,6 seyalkasida ekilganda 14,4 % dan 14,8 % gacha o'zgardi. O'rta muddatda dondagi oqsil miqdori ochiq maydonga Fankxauzer-2115 seyalkasida ekilganda 14,6-14,7 %, SZU-3,6 seyalkasida ekilganda 14,9-15,0 %, g'o'za qator orasiga Fankxauzer-2115 seyalkasida ekilganda 14,3-14,5 % va SZU-3,6 seyalkasida ekilganda 13,8-14,7 % bo'lgan.

Xulosa. Tadqiqot tajribalarida don tarkibidagi oqsilning miqdori ekish meyorlarining o'zgarishida katta farq ko'rsatmadi. Navlarning biologik xususiyatlari hamda ekish muddatlariga ko'ra sezilarli darajada farq kuzatildi. Demak bug'doy donining fizikaviy sifat ko'rsatkichlari navga va uni turli muddatlarda har xil seyalkalarda ochiq maydonlarda ekilganda, ekilgan donni yetishtirish uchun qo'llanilgan agrotexnik tadbirlar va uni yig'ishtirib olish usullariga bog'liq ekanligini ko'rsatdi. Ekish muddatlari va me'èrlari ta'sirida 1000 dona don massasi 37,4 g dan 44,3 g. gacha o'zgarib, ekish me'èrlarining oshib borishi bilan 1000 dona don massasi kamayib boradi. Kuzgi bug'doy navlarini ekish muddati kechikishi bilan don naturasi pasayib boradi, ekish me'èrlari ortib borishida esa don tarkibidagi oqsil va kleykovina miqdori kamayadi. Kuzgi bug'doy navlari erta muddatda ekilganda hosildorlikning yuqori bo'lishiga mos ravishda, rentabellik darajasi 42,7-70,8%, o'rta muddatda ekilganda 30,2-50,7% ni tashkil etadi. Kuzgi bug'doy navlarini g'o'za qator oralariga to'g'ridan-to'g'ri resurstejamkor Fankxauzer-2115 seyalkasida ekish rentabellik darajasini erta muddatda 67-70%, o'rta muddatda 45-50% bo'lishini 'minlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Uzoqov G'. O'zbekistonning janubiy mintaqasida kuzgi bug'doy yetishtirishda resurstejamkor texnologiyalarni takomillashtirish: q.-x. f.f.d. (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan diss: ... avtoref. Samarqand. -2018.

2. Xalilov N. va boshqalar. Kuzgi bugdoy yetishtirish texnologiyasining takomillashtirish shartlari. O'zbekiston qishloq xo'jaligi, 1998, №5-6, 35-37 b.

3. Xalilov N. va boshq. Kuzgi g'alla ekinlaridan yuqori hosil yetishtirish texnologiyasi.-Samarqand.: 1999. 96 b.

4. Rakhimov, D., et al. "Application of hyperspectral and multispectral datasets for mineral mapping." E3S Web of Conferences. Vol. 386. EDP Sciences, 2023.

5. Hakimova M. X., Azimova M.E. Kuzgi bug'doy navlari hosildorligiga ekish muddatlari, ekish meyorlari va oziqlantirishning ta'siri. Agro kimyo himoya va o'simliklar karantini. 2023 й., №5, 132-134 бетлар

6. Hakimova, M. Kh. "THE EFFECT OF FACTORS ON THE NUMERICAL INDICATIONS OF MICROORGANISMS IN IRRIGATED LIGHT COLORED GRAY AND BARRIOUS SOILS." (2024).

7. M.Hakimova, M.Azimova, M.Ochilova. Qashqadaryo viloyati och tusli bo'z tuproqlari sharoitida kuzgi bug'doy yetishtirish agrotexnologiyalari". Agro kimyo himoya va o'simliklar karantini" jurnalining 2022 yil (2) noyabr Maxsus son. 212-213 betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.