Научная статья на тему 'KREDIT MODUL TIZIMIDA TA’LIMNI TASHKIL ETISH XUSUSIYATLARI'

KREDIT MODUL TIZIMIDA TA’LIMNI TASHKIL ETISH XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
fan dasturlari / kredit ta'limining o'lchov birligi kredit-modul tizimida o'qish yuklamasi / kredit-modul tizimida o'qish natijalari / kredit-modul tizimida auditoriya va mustaqil soatlar / kredit va modul tushunchalarining ta'rifi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Kamoldinova Madinaxon Shavkatjon Qizi

Maqolada oliy ta’lim muassasalarining ta'limning kredit-modul tizimining mohiyati, barcha bosqichlaridagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari fan dasturlari tahlili va o‘quv dasturlarining fanlar kesimida uzviyligi, uning qanday ishlashi va kredit modul tizimining shart-sharoit va ehtiyojlar asosida vujudga kelishi kabi masalalar yechiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KREDIT MODUL TIZIMIDA TA’LIMNI TASHKIL ETISH XUSUSIYATLARI»

KREDIT MODUL TIZIMIDA TA'LIMNI TASHKIL ETISH

XUSUSIYATLARI

Kamoldinova Madinaxon Shavkatjon qizi

QDPI Talim muassasalari boshqaruvi magistri https://doi.org/10.5281/zenodo.11184701

Annotatsiya. Maqolada oliy ta'lim muassasalarining ta'limning kredit-modul tizimining mohiyati, barcha bosqichlaridagi bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari fan dasturlari tahlili va o'quv dasturlarining fanlar kesimida uzviyligi, uning qanday ishlashi va kredit - modul tizimining shart-sharoit va ehtiyojlar asosida vujudga kelishi kabi masalalar yechiladi.

Kalit so'zlar: fan dasturlari, kredit ta'limining o'lchov birligi kredit-modul tizimida o'qish yuklamasi, kredit-modul tizimida o'qish natijalari, kredit-modul tizimida auditoriya va mustaqil soatlar, kredit va modul tushunchalarining ta'rifi.

Abstract. In the article, the analysis of the subject programs of bachelor's and master's majors at all levels of higher education institutions and the coherence of the curriculum in the field of subjects, the essence of the credit-module system of education, how it works and the conditions of the credit-module system and issues arising on the basis of needs are resolved.

Key words: science programs, the unit of credit education is the study load in the credit-module system, study results in the credit-module system, audience and independent hours in the credit-module system, definition of credit and module concepts.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida shunday dedilar: "2020 yilda "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish" Davlat dasturiga muvofiq yangi O'zbekistonni barpo etish bo'yicha barcha sohalarda islohotlarni qat'iy davom ettirdik. Oliygohlar va ta'lim tizimining quyi bo'g'inlari o'rtasidagi uzviylikni kuchaytirish maqsadida 65 ta akademik litsey oliy o'quv yurtlari tasarrufiga o'tkaziladi. Shuningdek, 187 ta texnikum ham o'z yo'nalishi bo'yicha turdosh oliygoh va tarmoq korxonalariga biriktiriladi. Nufuzli xorijiy universitetlar, ilmiy va innovatsion markazlar bilan aloqalarni kuchaytirish, ular bilan kadrlar tayyorlash bo'yicha hamkorlikni yanada kengaytirishimiz zarur.. .Yangi yilda yurtimizdagi 30 ta yetakchi oliygohga o'quv dasturlarini ishlab chiqish, qabul kvotasi va moliyaviy masalalarni mustaqil hal qilish huquqi beriladi. Shunday ekan, oliy ta'lim tizimida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda, Xorijiy universitetlar bilan qo'shma fakultetlar, qo'shma dasturlar ishga tushmoqda.

Kredit modul tizimi ishga tusha boshladi. Ushbu o'quv yilida 33 ta OTMda kredit modul tizimida o'qishni tashkil etildi, pandemiya masofaviy o'qish turlarini joriy etishni jadallashtirib bordi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi" ga ko'ra, mamlakat oliy o'quv yurtlarining 85 foizini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o'tkazish rejalashtirilgan. Tajriba sifatida 2018-2019 o'quv yilidan boshlab Musa al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent yuridik universiteti ECTS ga muvofiq ta'lim tizimiga o'tdi. 2020-2021 o'quv yilidan, boshqa universitetlar qatorida Muqimiy nomidagi QDPI ham o'qitishning kredit tizimi boshlangan.[1]

Tayanch oliy ta'lim muassasalarining barcha bosqichlaridagi bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari fan dasturlari tahlil qilinmoqda.

O'quv dasturlarining fanlar kesimida uzviyligi haqida gapirganda, oliy ta'lim muassasalarida nomutaxassis yo'nalishi bo'yicha umumta'lim fanlarini, ya'ni aksariyat hollarda o'quv rejadagi 1-blokdagi umumta'lim fanlarini nazarda tutmoqdamiz.[3]

Bu jarayon baxolashning miqdori bo'lgan kredit birliklaridan - kreditlardan foydalanish asosida o'quv rejalarni tahlil qilish, o'quv dasturlari, asosiy fanlar, tanlov fanlarnii tanlash tahlili, bilimlarni baholash mezonlari, baholashning reyting tizimidan ball-kredit tizimiga o'tish masalalaridan boshlandi. Shu bilan birga, kreditlar talabaning haftalik soat yuklamasi ekanligini hisobga olgan holda bir kredit 30 akademik soat deb belgilandi. Shuningdek, ta'limni kreditmodulli tizimini tashkil etish jarayonidida ikkita asosiy masalaga katta ahamiyat berilishi aniqlandi bular talabalarning mustaqil ishlarini ta'minlash; talabalar bilimini reyting baholashga asoslangan holda baholash.

ECTS kredit-modul tizimi ma'lum tamoyillar asosida qurilgan. Ular quyidagilar:

1) talabalarga yo'naltirilgan ta'limni tashkil etish (student-centered education);

2) ta'limda shaffofnHKKa erishish (shaffof ta'lim);

3) ta'limda moslashuvchanlikni oshirish;

4) akademik mobillik;

Hozirgi kunda QDPIda moduli tizimining asosiy vazifalari deb quyidagilar e'tirof etiladi:

- o'quv jarayonini modullar asosida tashkil etish;

- talabalar bilimini kredit- ballari asosida baholash;

- ta'lim jarayonida mustaqil ta'lim olish ulushini oshirish;

- o'quv dasturlarining qulayligi.

Faoliyatimiz davomida ko'p davlatlar tajribasini o'rganib boramiz. Masalan, Janubiy Koreyada maktablarda o'quvchilar qiziqishlarini rag'batlantirish maqsadida tanlov fanlari joriy etilgan. Ularning Konstitutsiyasiga ko'ra, boshlang'ich va o'rta maktab (1-9-sinflar) har bir fuqaro uchun majburiy bo'lib, ta'limning mazmuni orqali o'quvchi shaxsi rivojlantiriladi va mustaqil qaror qabul qilishga o'rgatiladi. O'quvchi qobiliyatini kelajakda biron-bir mutaxassislikni egallashga yo'naltirish orqali uni barcha zaruriy bilimlarni olishga o'rgatish, estetik tarbiyalash, mas'uliyatli bo'lish, mustaqillik va so'z erkinligini sevishga o'rgatish, milliy g'oya va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ko'zda tutiladi. Janubiy Koreya hukumati tomonidan 2009-2011-yillarda milliy o'quv dasturlari qayta ko'rib chiqilgan bo'lib, mamlakatning milliy va ijtimoiy ehtiyojlarini inobatga olgan holda ta'lim mazmuni takomillashtirilgan va bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etilgan ekan.[3]

Bunday yondashuv o'quv dasturini bir yilda emas, balki bir necha yil mobaynida o'zlashtirish, ya'ni o'quvchilarning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda ularning natijalarini korreksiyalab borish imkonini beradi.

O'quv dasturlarining uzviylik va uzluksizligini ta'minlash jarayoni boshlandi desa bo'ladi, lekin bu oson ish emas, ilgari ta'lim bosqichlari o'rtasida uzviylikni ta'minlash bo'yicha boshlangan harakatlar to'liq nihoyasiga yetgan deb ayta olmaymiz. Bu juda katta mehnat talab etadi, vazirlik va idoralar mutasaddilari bir yoqadan bosh chiqarib, Prezidentimiz oldimizga qo'ygan maqsad va vazifalar sari ildam qadam tashlashni talab etadi. Bu vazifalarni amalga oshirish natijasida fanlar kesimida mavzular soddadan — murakkabga tomon tamoyili asosida shakllantiriladi, xalqaro tadqiqotlar fan dasturlariga kiritiladi, mavzular takrorlanishi bartaraf etiladi, amaliy mashg'ulotlar hajmi ko'paytiriladi. Mantiqiy fikrlash va qiziqish o'sadi, kompetensiyalar rivojlanadi, xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik takomillashtiriladi, ta'lim oluvchi va beruvchilar uchun o'zaro integratsiyalashgan pedagogik-metodik muhit shakllanadi. Uzluksiz

ta'lim turlariaro me'yoriy hujjatlar tizimlashtiriladi, fanlar mazmuni izchilligiga erishiladi, ta'lim jarayoni innovatsion tarzda muvofiqlashtiriladi.

Kredit texnologiyasi ta'lim oluvchilarga ishchi o'quv dasturiga kiritilgan fakultativ fanlarni tanlash huquqini beradi, shuning uchun ular alohida o'quv dasturini shakllantirishda bevosita ishtirok etadi. Talabalarga nafaqat fanlar bo'yicha tanlov beriladi, balki ular Professor va o'qituvchini ham tanlashlari mumkin. O'quvchilarga fanlarni tanlash imkoniyati berilganligi ijobiy hisoblanadi. Bu ham o'quv jarayonlarini baholashning o'ziga xos qiymatining ko'rsatkichi sifatida qaraladi.[2].

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni № PF-5847: O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi/ https://lex.uz/ru/docs/45458872.

2. O'zbekiston Respublikasi oliy o'quv yurtlarida kredit-modulli tizimi: asosiy tushuncha va qoidalar / Voxid Urinov Nyu-Brunsvik universiteti, Kanada universiteti huquqshunoslik fakulteti. Toshkent: 2020

3. A.Nosirov /http://www.marifat.uz

4. Х.А.Устаджалилова, М.С.Закирова./ Совершенствование современного непрерывного образования в Республике Узбекистан./Санкт Петерург, 2018,с. 42

5. Saidova, X. R. "EFFECTIVENESS OF QUALITY MANAGEMENT IN THE ORGANIZATION OF ACTIVITIES OF EDUCATIONAL INSTITUTIONS." PublishingHouse "BaltijaPublishing" (2023).

6. Saidova, X. R. "Mechanism For Attracting Staff To Improve The Quality Of Education." International Journal Of Social Science & Interdisciplinary Research ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.07 (2022): 59-67.

7. Ustadjalilova, K. (2022). IMPROVING THE MECHANISMS OF THE SYSTEM OF ADVANCED TRAINING OF UNIVERSITY TEACHERS USING ALTERNATIVE METHODS. International Journal of Early Childhood Special Education, 14(8).

8. Ustadjalilova, X. (2023). Pedagogik tadqiqotlar metodlari va statistik gipotezalarning nazariy jihatlari. Scientific journal of the Fergana State University, (6), 21-21.

9. Umarovna, Radjabova Gavhar. "FEATURES OF THE MARKET OF EDUCATIONAL SERVICES AND THE PROBLEM OF INTERACTION OF HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS WITH EMPLOYERS." E Conference Zone. 2022.

10. Umarovna, Rajabova Gavkhar. "ConceptualFoundations For Improving The Organizational And Economic Mechanism Of The University Management System." International Journal of Early Childhood Special Education 14.8 (2022).

11. Xusnida, Madaminova. "SPECIFIC ASPECTS OF THE DEVELOPMENT OF TEACHERS'PROFESSIONAL DEVELOPMENT IN EDUCATIONAL INSTITUTIONS." Open Access Repository 9.12 (2023): 176-181.

12. Rashidovna, MadaminovaKhusnida. "Development Of Independent Thinking Skills Of Children In A Preschool Educational Organization." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 11.11 (2023): 44-47.

13. NURMATOVA, MI. "THE NATURE AND THEORETICAL DESCRIPTION OF THE CONCEPT OF" ECONOMIC COMPETENCE"." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.07 (2022): 16-20.

14. Нурматова, M. И. "ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ ОПИСАНИЕ ПОНЯТИЯ "ЭКОНОМИЧЕСКАЯ КОМПЕНСАЦИЯ"." СОВРЕМЕННАЯ НАУКА: АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ, ДОСТИЖЕНИЯ И ИННОВАЦИИ. 2022

15. Rahmonova, Manzura. "THE UNDERSTANDING OF HUMAN CAPITAL INDEX AND ANALYSIS OF ITS SITUATION IN UZBEKISTAN." Interpretationandresearches 1 (2023).

16. Shokirovna, R. M. (2024). SMART TEXNOLOGIYALAR" NING ILG 'OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAGI O 'RNI VA ILMIY NAZARIY ASOSLARI "TA'LIM MENEJMENTI" FANI TAHLILIDA. Science and innovation, 3(Special Issue 18), б94-б97.

17. Sultonmurodovna, Otajonova Maftuna. "FORMATION OF INDEPENDENT EDUCATION OF STUDENTS BASED ON TIME MANAGEMENT TECHNOLOGIES." Open Access Repository 9.12 (2022): 143-149.

18. Sultanmurodovna, Otajonova Maftuna. "Essential Characteristic and Advantage of "Time Management"." Central Asian Journal of Innovations on Tourism Management and Finance 3.10 (2022): 32-3б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.