Научная статья на тему 'KREATIVLIK PEDAGOGNING INNOVATSION FAOLIYATINING ASOSI SIFATIDA'

KREATIVLIK PEDAGOGNING INNOVATSION FAOLIYATINING ASOSI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
337
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
Kreativlik / standart tafakkur / qobiliyat / senzitiv davr / irsiyat / ijtimoiy muhit / tasavvur / motiv / innovatsiya / ijodiy fikrlash.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Odiljonova Aziza Abduxakimovna

Maqolada pedagoglarda kreativlikni shakllantirish va rivojlantirish muammosi yoritib berilgan. Pedagoglarda kreativlik shakllanishining psixologik xususiyatlari yuzasidan olimlarning tadqiqotlari tahlil etilgan. Pedagoglarning standart tafakkuri va kreativ fikrlashini turli xil usullaridan foydalangan holda olib borilgan tadqiqotlar, ta’lim jarayonida kreativlik qobiliyatining ahamiyati haqidagi maʼlumotlar keltirib oʼtilgan. Kreativlik xususiyatlarini rivojlantirishga taʼsir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillar ifodalangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KREATIVLIK PEDAGOGNING INNOVATSION FAOLIYATINING ASOSI SIFATIDA»

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

KREATIVLIK - PEDAGOGNING INNOVATSION FAOLIYATINING ASOSI

SIFATIDA Odiljonova Aziza Abduxakimovna

Andijon davlat universiteti katta o'qituvchisi (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.10158463

Annotatsiya. Maqolada pedagoglarda kreativlikni shakllantirish va rivojlantirish muammosi yoritib berilgan. Pedagoglarda kreativlik shakllanishining psixologik xususiyatlari yuzasidan olimlarning tadqiqotlari tahlil etilgan. Pedagoglarning standart tafakkuri va kreativ fikrlashini turli xil usullaridan foydalangan holda olib borilgan tadqiqotlar, ta'lim jarayonida kreativlik qobiliyatining ahamiyati haqidagi ma'lumotlar keltirib o'tilgan. Kreativlik xususiyatlarini rivojlantirishga ta'sir etuvchi ijtimoiy-psixologikomillar ifodalangan.

Kalit so'zlar: Kreativlik, standart tafakkur, qobiliyat, senzitiv davr, irsiyat, ijtimoiy muhit, tasavvur, motiv, innovatsiya, ijodiy fikrlash.

Аннотация. В статье раскрыта проблема формирования и развития творческих способностей педагогов. Анализируются исследования ученых о психологических особенностях формирования креативности педагогов. Исследования, проведенные с использованием различных методов нормативного и творческого мышления педагогов, представлены сведения о значении творчества в образовательном процессе. Выражены социально-психологические факторы, влияющие на развитие творческих особенностей.

Ключевые слова: Креативность, стандартное мышление, способности, сенситивный период, наследственность, социальная среда, воображение, мотив, новаторство, творческое мышление.

Abstract. The article describes the problem of formation and development of creativity among pedagogues. Researches of scientists on the psychological characteristics of the formation of creativity in pedagogues are analyzed. Research conducted using various methods of standard thinking and creative thinking of educators, information about the importance of creativity in the educational process is presented. Socio-psychological factors affecting the development of creativity characteristics are expressed.

Keywords: Creativity, standard thinking, ability, sensitive period, heredity, social environment, imagination, motive, innovation, creative thinking.

Kirish.

Kreativlik bevosita innovatsiyalar bilan bog'liq jarayondir. Negaki o'qituvchining kreativlik faoliyat yuritishi uchun, u albatta o'zining sohasidagi eng so'nggi yangiliklardan, shu bilan bir qatorda butun jamiyatdagi voqea va hodisalardan boxabar bo lishi, innovatsion yangiliklarni o'z faoliyatida o'rinli foydalana olishi lozim.

Innovatsiya - ingliz tilidan olingan bo'lib, «In-ichida», «Novus-yangi», «yangilik», «yangilik kiritish» degan manoni anglatadi. U muayyan ijtimoiy birlikka (tashkilotga, aholiga, jamiyatga, guruhga, tizimga) yangi, nicbatan turg'un unsurlarni kiritib borishi va ularning maqsadga muvofiq o'zgarishidir.

«Innovatsiya» tushunchasi birinchi marta XIX asrda madaniyatshunosik sohasida paydo bo'lib, bir madaniyat elementlarini boshqasiga joriy qilish ma'nosini bildirgan. XX asrning 30 yillarda AQShda «firma innovatsion siyosati», «innovatsion jarayon» atamalari paydo bo'ldi.

Innovatsiyalar ikki turga bo'linadi:

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

•Stixiyali, yani innovatsiyalarga bo'lgan ijtimoiy talablar natijasida paydo bo'lib, bunday innovatsiyalarni yaratishga doir oldindan moljallangan reja, metod va texnologiyalar bo'lmaydi.

•Ongli, yani ilmiy asosga ega maqsadga yo'naltirilgan innovatsiyalar.

Adabiyotlar tahlili.

Innovatsion pedagogika tushunchasi Garbda 50 yillar oxirlarida, bizning mamlakatimizda esa keyingi 10 yillikdan boshlab qollanilib, olimlar ushbu sohani maxsus o'rgana boshladilar. Jahon pedagogik nashriyotlarda va jurnallarda innovatsion maqolalar chop etila boshladi. Songra YUNESKO qoshida talimni rivojlantirish Osiyo pedagogik innovatsiyalar markazi tashkil etildi. Bu tashkilot turli mamlakatlardagi pedagogik yangiliklarni umumlashtirib, talim masalalari bo'yicha xalqaro byuro bilan birgalikda pedagogik jamoatchilikka maxsus nashrlarda ular haqida malumotlarni tarqatib bordi. Bu jarayonlar bilan bog'liq holda «innovatsion jarayon» tushunchasi vujudga keldi.

Innovatsiya jarayoni - tarkibiy tuzilmalar va qonuniyatlarni qamrab olgan tizim bo'lib, u o'quv jarayonini zamonaviy pedagogika va psixologiya fanlari yutuqlari asosida, jahon standartlari darajasida tashkil etish imkonini beruvchi innovatsion harakatlar.

Innovatsion jarayonlarga nisbatan ikki xil qarash mavjud:

•Hayotga joriy etilgan qandaydir yangi g'oya yoritiladi.

• Alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning ozaro ta'siri, ularning birlamchi, raqobati va natijada birining ornini ikkinchisi egallashidir.

Innovatsion jarayonlar qo'yidagi bosqichlardan iborat:

1. Yangi g'oyaning paydo bo lishi, ya'ni fundamental va amaliy ilmiy

tekshirishlar (yoki birdan paydo bo'ladigan) natijalaridan kelib chiqadigan yangilik bosqichi.

2. Kashf etish vaqti, yani amalga oshgan ob'ekt, moddiy yoki manaviy mahsulot namuna ko'rinishidagi yangilik yaratish.

3. Yaratilgan yangilikni qoshimcha ishlab, mukammallashtirish. Bu bosqich yangilik kiritishdan mustahkam samaradorlikka erishish bilan yakunlanadi.

4. Yangilikning tarqalishi uning yangi sohalarga diffuziyalanib (qo'shilib) keng tatbiq

etilishi.

5. Yangilikning biror sohada hukmron bo lishi. Y angilik oz yangiligini yo'qotib, yangilik sifatida mavjud bo'lmay qoladi. Bu bosqich yangi samarali yangilik paydo bo lishi yoki uning yanada samarasi bilan almashishi bilan yakunlanadi.

Yangilikning ikki turi mavjud:

1. Birinchi marta yaratilgan yangilik. Bu yangilik ixtiroga teng, ya' ni yana o'rnatilgan yangi haqiqat demakdir.

2. Avvalgi mavjud bo'lgan nazariyani yanada takomillashtirib, zamonaga moslashtirishdan iborat.

Fanda innovatsion jarayonning kechishini 4 ta asosiy qonuniyatga bo'ysinishi aniqlangan:

1. Pedagogik innovatsiya muhitining ayovsiz bir sharoitda emasligi qonuni. Bunda pedagogik jarayonlar haqidagi tasavvurlar buziladi, pedagogik ong buziladi, pedagogik yangilik baholanadi.

2. Nihoyat amalga oshirish qonuni. Bunda yangilikning hayotiyligi bo'lib, erta yo kech, stixiyali yoki ongli ravishda amalga oshadi

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

3. Komillashtirish qonuni. Bunda pedagogik innovatsiya qolipga tushadi va amaliy harakat tendentsiyasiga ega boladi.

4. Pedagogik innovatsiyaning davriyligi va qaytish qonuni. Bunda yangilik yangi sharoitlarda qayta tiklanadi.

Innovatsion jarayonlarning asosini qo'yidagi yondoshuvlar tashkil etadi:

1. Madaniyatshunoslik, yani inson uchun bilishning ustuvorligi.

2. Shaxsiy faoliyat, ta'limdagi yangi texnologiyalardan foydalana olish.

3. Kop suhbatli (dialogik) yondashuv, kasbiy tayyorgarlikni insonparvarlashtirish;

4. Individual - ijodiy (o'qituvchi va talabalarning ozaro munosabatlari, kreativ faoliyati) yondashuvi.

Innovatsion pedagogik jarayonlar qo'yidagi belgilari bilan tavsiflanadi: 1. Oquvchilarning ozini-ozi boshqarishi va talim-tarbiya olishga yo'naltirilganligi,

2.0'quvchining bilish faoliyatining rivojlanganligi, 3.0'quvchilarning faolligining oshganligi Metodlar.

Pedagoglarda kreativlik xususiyatlarini rivojlantiruvchi metodikalar dasturi:

1. O'qituvchining ijodiy fikrlashi, pedagogik masalalarini echish psixologik- pedagogik

analizi.

2. O'qituvchining innovatsion faoliyati: amalga oshirishning texnologiyasi va tuzilishi (nuqtai nazarlar boyicha mulohazalar).

3. Yangilikni qabul qilishda psixologik to'siqlar (nizolarsiz munosabatlar treningi).

4. Innovatsion munosabatlar rivojlanish uslublari:i jodiy masalalarni ochish kashfiyot uslublari. «Aqliy xujum», xayratlanarli savollar uslubi, innovatsion o'yinlar va boshqalar.

5. Oqituvchi mutaxassilik faoliyatida refleksiya (refleksiv qobiliyatlari trenningi).

O'qituvchining innovatsion faoliyatga bo'lgan qobiliyatini baholash va oziga-ozi baho berish pedagogik karta Innovatsion faoliyatni amalga oshirishga o'qituvchi mutaxasislik qobiliyatini baholash Oqituvchi shaxsining individual xususiyatlari:

- Shaxsning asoslangan - ijodiy yo'nalishi

- Shaxsning ijodiy faoliyat metodologiyasini egallab olish qobiliyati

- Qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish Pedagogik tadqiqot metodlarini bilishi

- Ijodiy faoliyatdashaxsiy ish olib borish imkoniyati

va taqqoslash, jamlash qobiliyati. O'zi tashkil eta olish qobiliyati O'qituvchining kreativligi.

- Ijodiy faoliyatda hamkorlik va ozaro yordam qobiliyati

- Kop sonli echimlarni amalda qollash

- Muloxazalarning mustaqilligi (Oz fikrini aytishdan uyalmaslik)

- Tasavvur etish, ijodiy hayol. (g'oyalarni o'rganishda intelektul' akliy erkinlik)

- Pedagogik faoliyatda bir xilliklardan voz kecha olish, fikrlar harakatsizlikni yenga

olish

- Tavakkalchilik

- Pedagogik faoliyat muammolariga tasirchanlik

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

- Tanqidiy fikrlash, muloxazalarga qobiliyati

- O'z ishlarini tahlil qila olish qobiliyati Natijalar.

Yuqoridagi fikrlarga e'tibor qaratadigan bo'lsak, unda o'qituvchining kreativligi, ushbu kreativlikning mahiyatini beruvchi ijodkorlik ustuvor xarakterga egadir. Bu esa bizning tatqiqot ob'ektimiz bo'lgan o'qituvchining kreativlik faoliyatining naqadar muhimligidan dalolat beradi.

Shu bilan bir qatorda olima R.A.Mavlanova talaba-yoshlar orasidagi kreativlikni qiyosiy tajriba-sinov asosida tahlil qilishga harakat qilganlar va quyidagi ilmiy ma'lumotlarni taqdim etgan.

1. Olimaning fikricha «refleksiv - innovatsion amaliyot dasturi birinchidan, ishtirokchilarini tanishtirish bilan boshlanadi. Emotsional refleksiv oshkoralik va xushmuomalalik muhitiga imkon beradi. Amaliyotga ijodiy fikrlashning rivojlantirish mashqlari kiritiladi.

2. Keyingi bosqich - hamjixatlikda ijodning hayotiyligi o'zi yoqtirgan hikoyalarni aytish keyin esa ularni maktab hayotiga kiritish, qahramonlar harakterini ko'rsatib berish, syujet o'ylab topish va ijro etish.

3. Shundan keyin u yoki bu personaj nomidan monolog o'qiladi, qahramonlar harakteri analiz qilinadi.

4. Shundan keyin maktab muammolari ko'rsatib beriladi, ulardan eng muhimlarini «+» belgisi bilan belgilanadi. Asosiy mashqlar esa o'qituvchi innovatsioi faoliyati tarkibiy tashkil etuvchilarini modellashtiradi. Quyidagi mashqlar kiritiladi: assotsiativ davra, pedagogik konsulium, ijodiy tortishuvlar, ochiq darslar, praktikum dasturiga talabalarni o'z refleksiv fikrlashini baholash, analiz qilish.

Xulosa va tavsiyalar.

Yuqorida aytilganidek o'qituvchining kreativligi va innovatsion munosabati rivojlanayotgan muhit ta'siri ostida shakllanishi kerak. Tekshirishlarga asoslanib, ularga binoan ijodni qandaydir tahliliy vaziyatdan yoki mavjud bilim chegarasida chiqish deb belgilab, shunday tasdiqlash mumkin: kreativ muammoni shaxsiy fikrlarga to'la dolzarb qo'yishda ifoda etilgan chuqur xususiyatdir.

O'qituvchi dolzarblasha oladigan muhit qo'yidagi imkoniyatlarga ega bo'lishi lozim: Yuqori darajali noaniq potentsial va ko'p variantlikka. Noaniqlik tayyor yo'nalishlarni qabul qilmay o'zlari izlanishlarini rag'batlantiradi. Ko'p variantlilik ularni topishga imkon beradi.

REFERENCES

1. Бухвалов В.А. Алгоритмы педагогического творчества / В.А. Бухвалов. - 2-е изд. - М.: Просвещение. - 2004 - С.96.

2. Выготский Л.С. Избранные психологические исследования. - Москва, 2010. - С. 148.

3. Гилфорда Дж. и М. Салливена Михайлова (Алешина) Е.С. Методика исследования социального интеллекта: Адаптация теста: Руководство по использованию. - СПб: ГП «Иматон», 2006.

4. Маслоу А. Новые рубежи человеческой природы /Пер. с англ. -М.: Смысл, 2009. - С. 425.

5. Торренс П. Тест творческого мышления - ТТСТ: Методические рекомендации по работе с тестом (для школьных психологов)/ Перевод Н.Б.Шумаковой, КИ.Щеблановой, Н.П.Щербо. - М., 2014. - С.44.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.