Научная статья на тему 'KREATIV YONDASHUV ASOSIDA PEDAGOGIK KONFLIKTLARNI BARTARAF ETISH YO’LLARI'

KREATIV YONDASHUV ASOSIDA PEDAGOGIK KONFLIKTLARNI BARTARAF ETISH YO’LLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Umarova Zuxra Abduraxmanovna, Pulatova Dilnura

“Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”da umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchi va ota-onalar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganib borish ham muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan [1]. Bunda yangi yo‘nalish bo‘lgan Ijodkorlik pedagogikasining imkoniyatlaridan foydalanish ham muhim o‘rin tutadi. Mazkur o‘rinda ana shu masalaning tahliliga e’tiboringizni tortamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KREATIV YONDASHUV ASOSIDA PEDAGOGIK KONFLIKTLARNI BARTARAF ETISH YO’LLARI»

"Ilg'or xorijiy tajribalar asosida bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik strategiyalari: muammolar va yechimlar" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

2024-yil 20-fevral

KREATIV YONDASHUV ASOSIDA PEDAGOGIK KONFLIKTLARNI BARTARAF

ETISH YO'LLARI 1Umarova Zuxra Abduraxmanovna, 2Pulatova Dilnura

1CHDPU dotsent v.b., pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), 2CHDPU talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10679974

"Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi"da umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'quvchi va ota-onalar o'rtasidagi munosabatlarni o'rganib borish ham muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan [1]. Bunda yangi yo'nalish bo'lgan Ijodkorlik pedagogikasining imkoniyatlaridan foydalanish ham muhim o'rin tutadi. Mazkur o'rinda ana shu masalaning tahliliga e'tiboringizni tortamiz.

O'quvchilar va ota-onalar o'rtasidagi pedagogik konfliktlar mazmuni. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida ta'lim va tarbiya jarayonining xususiyatlariga mos ravishda o'quvchilar va ota-onalar o'rtasida muayyan darajadagi pedagogik konfliktlar mavjud bo'lib turadi [2]. Bunday konfliktlarga quyidagi omillar asos bo'lishini eslatib o'tish joiz:

a) ba'zi ota-onalarning o'z farzandlariga nisbatan qat'iyatli munosabatda bo'lishi (bunda ota-onalar farzandlarining o'z fikrlari bilan hisoblashishi yondashuvi birlamchi hisoblanadi);

b) ba'zi oilalardagi katta yoshlilar va o'quvchilar o'rtasidagi tushunmovchilik munosabatlari;

v) oilada muammolarning mavjud bo'lishi;

g) muayyan o'quvchilarning me'yoridan ortiq darajada erkalatishi va ular uchun me'yorsiz sharoitlarning yaratilishi;

d) tashqi kishilarning oilalardagi muhitga salbiy ta'sir ko'rsatishi (masalan, farzandingizning o'qishi past kabi munosabatlar);

ye) mahalla faollarining oilalarga o'rinsiz aralashuvlari;

yo) o'qituvchilarning yo'naltirishlari ota-onalar tomonidan noto'g'ri tushunilishi.

Bunday omillar oilalarda muddatli va salbiy ta'sir kuchiga ega pedagogik konfliktlarning o'quvchilar va ota-onalar o'rtasida tarkib topishiga asos bo'ladi. Shu sababli bunday omillarni o'z vaqtida bartaraf etib borish Pedagogik konfliktologiyaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

O'quvchilar va ota-onalar o'rtasidagi pedagogik konfliktlarni Ijodkorlik pedagogikasi asosida bartaraf etish metodikasi. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'quvchilar va ota-onalar o'rtasidagi pedagogik konfliktlarni bartaraf etishning amaliy metodikalaridan biri bu - Ijodkorlik pedagogikasi asoslariga tayanishdir. Bunda quyidagilarga e'tibor berish kutilgan samarani beradi:

a) o'quvchilarning ijodkorlik layoqatini rivojlantiriuvchi to'garaklar faoliyatini tashkil qilish (to'garaklar o'quvchilarning kun davomida maktabda bo'lishini taqoza etadi va ular bu bilan ijodkorlik layoqatiga ega bo'lishadi;

b) o'quvchilarni qiziqishi va layoqatiga mos ravishda ijod bilan shug'ullanishga yo'naltirish (ijod bilan shug'ullanayotgan o'quvchilarda estetik madaniyat rivojlanadi va ota-onalarning munosababtlarini to'g'ri tushunishga yo'naltiradi);

v) maktabdan tashqari mashg'ulotlar vositasida o'quvchilarning ijodiy ishlanmalari taqdimotlarini va treninglarini muntazam o'tkazib borish (bunda Ijodkorlik pedagogikasi asoslariga kiruvchi kino, teatr, musiqa va tasviriy san'at hamda amaliy san'atlar imkoniyatlaridan keng foydalanish);

g) ijodkorlik ko'nikmasiga ega o'quvchilarning yutuqlarini turli tadbirlar, tanlovlar va festivallar vositasida ommalashtirib borish.

"Ilg'or xorijiy tajribalar asosida bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik strategiyalari: muammolar va yechimlar" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

2024-yil 20-fevral

Ijodkorlik pedagogikasining bunday imkoniyatlaridan foydalangan holada o'quvchilar va ota-onalar o'rtasidagi pedagogik konfliktlarni bartaraf etish bo'yicha yangi metodikalarga ega bo'linadi.

O'quvchilar va ota-onalar o'rtasidagi pedagogik konfliktlarni hal etishda Ijodkorlik pedagogikasi imkoniyatlaridan foydalanish bo'yicha amalga oshiriladigan ishlar. Ijodkorlik pedagogika imkoniyatlaridan foydalangan holda ota-onalar va o'quvchilar o'rtasidagi pedagogik konfliktlarni bartaraf etish bo'yicha quyidagilarni amalga oshirish dolzarb bo'lib turganligini ta'kidlab o'tish lozim:

a) o'quvchilar va ota-onalar o'rtasidagi pedagogik konfliktlarni bartaraf etish bo'yicha Ijodiy metodikani ishlab chiqish;

b) Ijodkorlik metodikasidan foydalangan holda o'quvchilar va ota-onalar o'rtasidagi pedagogik konfliktlarni bartaraf etish metodologiyasi bilan bo'lajak o'qituvchilarni oliy pedagogik ta'lim jarayonida chuqur qurollantirish;

v) bo'lajak o'qituvchilarni oliy pedagogik ta'lim jarayonida Ijodkorlik pedagogikasi dan foydalanish bo'yicha kasbiy bilim, kasbiy ko'nikma va kasbiy malakalarini tarkib toptirish;

g) Ijodkorlik pedagogikasi asoslari va undan pedagogik konfliktlarni bartaraf etish metodikasi masalalari bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlarini muntazam amalga oshirib borish.

Diqqat qilinsa, bu ishlarni amalga oshirish bilan bo'lajak o'qituvchilar o'quvchilar va ota-onalar o'rtasidagi pedagogik konfliktlarni bartaraf etishning ijodiy metodikasi bilan qurollanadi. Buning natijasida ularning pedagogik konfliktlar bilan ishlash faoliyat ko'lami kengayadi.

Shunday qilib Ijodkorlik pedagogikasi asoslaridan tayangan holda umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'quvchilar va ota-onalar o'rtasidagi pedagogik konfliktilarni bartaraf etish keng imkoniyatlarga ega. Shu sababli bu masala bo'yicha bo'lajak o'qituvchilarning metodik va texnologiya jihatdan qurollanishi dolzarb bo'lib turibdi.

REFERENCES

1. "0'zbekiston-2030" strategiyasi. // www.ziyonet.uz.

2. Umarova Z. Boshlang'ich ta'limda konfliktologiya. Darslik. - Toshkent, 2023

3. Основы творческой педагогики. // www.pedagog.ru.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.