Научная статья на тему 'UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA PEDAGOGIK KONFLIKTLARNING TURLARI VA ULARNING RAQAMLI TIZIMI'

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA PEDAGOGIK KONFLIKTLARNING TURLARI VA ULARNING RAQAMLI TIZIMI Текст научной статьи по специальности «Физика»

170
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
umumiy o„rta ta‟lim / pedagogik konfliktlar turlari / munosabat va muhokama / tahlil va tavsiya.

Аннотация научной статьи по физике, автор научной работы — Zuxra Abduraxmanovna Umarova

maqolada umumiy o„rta ta‟lim maktablarida pedagogik konfliktlarning turlari va ularga munosabat masalasi to„g„risida fikr yuritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA PEDAGOGIK KONFLIKTLARNING TURLARI VA ULARNING RAQAMLI TIZIMI»

g

UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA PEDAGOGIK KONFLIKTLARNING TURLARI VA ULARNING RAQAMLI TIZIMI

Zuxra Abduraxmanovna Umarova

CHDPU dotsent v.b., pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

maqolada umumiy o'rta ta'lim maktablarida pedagogik konfliktlarning turlari va ularga munosabat masalasi to'g'risida fikr yuritilgan.

Tayanch tushunchalar: umumiy o'rta ta'lim, pedagogik konfliktlar turlari, munosabat va muhokama, tahlil va tavsiya.

Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasida mamlakatimizda 2026 yilga qadar sifatli ta'limga erishish vazifalari qo'yilgan [1]. Mazkur vazifalar ijrosi jarayonida umumiy o'rta ta'lim maktablarida pedagogik konfliktlarning turlarini o'rganish va tadqiq etish muhim o'rin tutadi.

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida uchraydigan pedagogik konfliktlarni makro, mezo va mikro darajaga bo'lib o'rganish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shu jihatdan pedagogik konfliktlarning makro darajasi umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilari va pedagogik jamoasi, ota-onalar va maktab jamoasi o'rtasida kechishini ta'kidlab o'tish lozim. Mazkur konfliktlar makro darajada bo'lib, ular ba'zan maktab Pedagogik kengashida ham muhokama qilinadi. Shu jihatdan quyidagilar tavsiya etiladi:

a) o'quvchilarning yoshlik xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning xatti-harakatlarini tabiiy qabul qilish;

b) o'quvchilar bilan oqilona munosabatda bo'lish;

v) maktab ta'lim muhitini qiziqarli tashkil etish.

Bunday yondashuv o'qituvchilar va maktab rahbariyati o'rtasida yuzaga keladigan pedagogik konfliktlar turlarini yumshatadi. Shu sababli bizning yondashuvimizga ko'ra, bevosita o'quvchilar bilan ishlash bu borada samarali hisoblanadi.

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida tarbiyaviy pedagogik konfliktlar turlari ham namoyon bo'ladi. Chunki tarbiya - bu tadrijiy rivojlanib boradigan jarayondir. Shu jihatdan bugunegi kunda umumiy o'rta ta'lim maktablarida amalga oshirilayotgan tarbiya jarayoni O'zbekiston Respublikasi

ANNOTATSIYA

Prezidentining "Eng katta meros - bu yaxshi tarbiyadir" g'oyasi

October 20, 2023

g

asosida amalga oshirilmoqda [2]. Shu jihatdan pedagogik konfliktlar turlari yaxshi tarbiyani amalga oshirish jarayoniga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi hodisa hisoblanadi.

Kuzatishlar va tahlillar shuni ko'rsatadiki, umumiy o'rta ta'lim maktablarida quyidagi tarbiyaviy konfliktlar ko'proq uchraydi:

a) tartib-intizom bo'yicha o'quvchilar va o'qituvchilar o'rtasidagi pedagogik konfliktlar (mikro darajada);

b) fazilatlarni o'zlashtirish bo'yicha sinf rahbarlari va o'quvchilar o'rtasidagi pedagogik konfliktlar (mezo darajada);

v) aqloqiy faoliyat bo'yicha o'qituvchilar va maktab rahbariyati o'rtasidagi pedagogik konfliktlar (makro darajada).

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida makro darajada uchraydigan o 'quvchilar va o'qituvchilar o'rtasidagi pedagogik konfliktlarning tartib-intizom bo'yicha turlari o'tkinchi hodisalardan hisoblanadi. Chunki o'quvchilar rivojlanish bosqichida bo'lganligi uchun ba'zida beixtiyor ravishda tartib-intizomga rioya qilmaydilar. Buning natijasida o'qituvchilarning e'tiroziga duch kelinadi. Bu hol dinamik xarakterda bo'lib, deyarli har kuni uchraydi. Bizning yondashuvimizga ko'ra bu pedagogik konflikt turlarini yumshatish yo'lidan borish maqsadga muvofiq bo'ladi. Buning uchun pedagogik jazo emas, aksincha, o'ziga xos amaliy vositalardan foydalanish kutilgan samarani beradi. Misol uchun, sho'x va serharakat o'quvchilar bilan indivitdual ishlash hamda ularning qiziqishini hisobga olish talab darajasidagi tartib-intizomni ta'minlashga asos bo'ladi. Shu jihatdan umumiy o'rta ta'lim maktabi tartib-intizomiga nisbatan dogmatig munosabatda bo'lmaslik lozim. Aksincha, demokratik yondashuvlar asosidagi tartib-intizomni joriy etish pedagogik konfliktologiya nuqtai nazaridan maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida ijtimoiy va insoniy fazilatlarni o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilishi asosiy vazifalardan biridir. Sinf rahbarlari o'z sinfining o'quvchilarini fazilatli voyaga yetkazish tartiblarini amalga oshiradi, o'quvchilar esa yoshlik xususiyatlariga mos ravishda ba'zan fazilatlarni o'zlashtirish jarayonida passiv ishtirok etadi. Natijada fazilatlar bo'yicha mezo darajadagi sinf rahbarlari va o'quvchilar o'rtasida pedagogik konflikt yuzaga keladi. Ko'p hollarda o'quvchilarning yolg'on gapirmaslik, haqgo'ylik, mardlik, mehribonlik, jamoaparvarlik kabi fazilatlarni o'zlashtirishini sinf rahbarlari qat'iyat bilan talab qilishadi. Ammo, fazilatlarni o'zlashtirish jarayonida tabiiy metodlarga asoslanish kutilgan samarani beradi. Unga ko'ra, ibrat ko'rsatish, namuna bo'lish kabi metodlar nafaqat pedagogik konfliktlarning oldini

oladi, balki o'quvchilarning axloqiy fazilatiarini tabiiy

October 20, 2023

g

g

o'zlashtirish jarayonini ham tarkib toptiradi. Shu ma'noda bu masalada sinf rahbarlarining demokratik metodlarga ega bo'lishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

Bugungi kunda o'quvchilarning axloqiy faoliyati muhim masalalardan biridir. Unga ko'ra, o'quvchilar har bir xatti-harakatlarida axloq qoidalariga rioya qilishi va bu boradagi ko'nikmalarini rivojlantirib borishi kerak. Shu jihatdan mazkur masalada ba'zan o'zaro tushunmovchiliklar natijasida o'qituvchilar va maktab rahbariyati o'rtasida makro darajadagi pedagogik konfliktlar yuzaga keladi. Bunda maktab rahbariyati o'qituvchilardan o'quvchilarning talab darajasidagi axloqiy faoliyat yuritishini talab qiladi va o'z navbatida o'qituvchilar o'z o'quvchilarining bunday talablarga rioya qilayotganligini ta'kidlashadi. Shu sababli bunday holatda yuzaga keladigan pedagogik konfliktlarda o'qituvchilarning murosa metodiga amal qilishim va maktab rahbariyati esa o'z vakolati doirasida harakat qilishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Bunda maktab rahbariyatining qat'iy usullarga tayanishi pedagogik konfliktlarni kuchaytirishga xizmat qilishini eslatib o'tish joiz.

E'tibor berilsa, umumiy o'rta ta'lim maktablarida uchraydigan tarbiyaviy xarakterdagi pedagogik konfliktlar o'quvchilar, o'qituvchilar va maktab rahbariyati ishtirokida tarkib topadi. Shu sababli mazkur masalada onglilik, tushunuvchanlik, insonparvarlik kabi tamoyillar asosida yondashish pedagogik konfliktlar nazariyasi va metodikasi nuqtai nazaridan to'g'ri hisoblanadi.

Virtual pedagogik konfliktlar ko'p hollarda tashqi omillar va ta'sir kuchi asosida yuzaga keladi. Shu sababli mazkur pedagogik konfliktlar turlari alohida o'rganishni taqoza etadi. Bizning yondashuvimizga ko'ra, virtual pedagogik konfliktlarning asosiy turlarini quyidagilar tashkil etadi:

a) o'quvchilarning sababsiz dars mashg'ulotlariga qatnashmasligi bo'yicha o'qituvchilar va o'quvchilar o'rtasidagi pedagogik konfliktlar (mikro darajada);

b) virtual o'qitish masalalari bo'yicha sinf rahbarlari va o'qituvchilar zrtasidagi pedagogik konfliktlar (mezo darajada);

v) o'quvchilarning bilim va tarbiyalanganlik darajasini virtual baholash bo'yicha o'qituvchilar va maktab rahbariyati o'rtasidagi pedagogik konfliktlar (makro darajada).

Ijtimoiy muhiit va turli sabablarga ko'ra keyingi yillarda mamlakatimizda virtual ta'limning turli shakllari amalga kiritildi. Buning natijasida o'qitish tizimi, nazariyasi va metodikaksida o'zgarishlar ro'y berdi. Shu jihatdan virtual o'qitish jarayonida o'quvchilarning sababsiz darsga qatnashmasligi bo'yicha pedagogik konfliktlarning yangi turi o'qituvchilar va

o'quvchilar o'rtasidagi anglashilmovchiliklar mikro darajada

October 20, 2023

¿L

tarkib topib bormoqda. Kezi kelganda ta'kidlash lozimki, onlayn yoki masofaviy shaklda amalga oshiriladigan virtual ta'lim jarayoniga o'quvchilarning nega faol qatnashmasligi masalasi o'rganilishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Shuningdek, bu masalada o'quvchilar virtual ta'lim asosdagi bilim va ko'nikmaklarni kutilgan darajada o'zlashtiryaptimi, mazmunidagi muammoni ham o'rganish taqoza etiladi. Bunday o'rganish natijasida o'quvchi va o'qituvchi o'rtasida yuzaga keladigan pedagogik konfliktlarni bartaraf etish imkoniyattiga ega bo'linadi. Bizning tahlilimizga ko'ra, eng avvalo virtual ta'limning qiziqarli, jihozli va qisqa muddatli xususiyatlarga asosan tashkil etish o'quvchilarning faolligiga asos bo'ladi. Shu jihatdan virtual ta'limda matnni tushuntirish uchun oz muddat, mustaqil tlpshiriqlar uchun esa nisbatan ko'proq vaqt ajratilishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu o'rinda eng asosiy masala virtual dars mashg'ulotllarining qiziqarli bo'lishi bilan bog'liqdir.

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida virtual ta'limni amalga oshirish bo'yicha sinf rahbarlari va o'qituvchilar o'rtasida mezo darajada pedagogik konfliktlar yuzaga keladi. Bunda sinf rahbarlari virtual mashg'ulotlarning o'z vaqtida faollik bilan o'tkazilishini naxzorat qilishadi va o'qituvchilar esa aynan shunday faoliyat ko'rsatayotganligini ta'kidlashadi. Shu sababli bu jarayonda yuzaga keladigan pedagogik konfliktlarning oldini olish yoki ularni bartaraf etish uchun amalga oshirilayotgan virtual mashg'ulotlarni yagonalashtirilgan raqamli texnologiya asosida nazorat qilib borish maqsadga muvofiq bo'ladi. Buning uchun barcha umumiy o'rta ta'lim maktablarimizda texnik sharoitlar mavjud. Shu jihatdan o'qituvchilarning dars mashg'ulotlarini makazlashgan va yagonalashtirilgan texnologiya asosida nazorat qilib borish bu bloadagi istalmagan pedagogik konfliktlarning oldini oladi.

Hozirgi kunda umumiy o'rta ta'lim maktablarida makro darajadagi o'quvchilarning bilim va tarbiyalanganlik darajasini virtual baholash bo'yicha o 'qituvchilar va maktab rahbariyati o 'rtasida pedagogik konfliktlar yuzaga kelmoqda. Unga ko'ra, maktab rahbariyati maktab rahbariyati o'quvchilarning bilim va tarbiyalanganlik darajasini oqilona baholashni talab qiladi, o'qituvchilar esa o'quvchilarning o'zlashtirganlik darajasiga qarab virtual baholashni ma'qul ko'rishadi. Buning natijasida o'qituvchilar va maktab rahbariyati o'rtasida muddatli xususiyatga ega bo'lgan pedagogik konfliktlar yuzaga keladi. Bizning yondashuvimizga ko'ra, o'quvchilarning o'zlashtirganlik va tarbiyalanganlik darajasini virtual baholashda ularning faolligi asos qilib olinishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Misol uchun, o'quvchilar virtual tarzda berilgan topshiriqlarni to'liq bajarsa, ular ta'limiy va tarbiyaviy faol ekanligi namoyon bo'ladi hamda ushbu tamoyilga asosan yuqori

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

723

g

g

darajada baholash mumkin bo'ladi. Umuman bugungi kunda umumiy o'rta ta'lim maktablarida onlayn yoki masofaviy ta'lim shakllarida amalga oshiriladigan virtual ta'lim asoslari, talablari va uni baholash tamoyillari ishlab chiqilib, amalga kiritilishi dolzarb bo'lib turibdi [3].

Pedagogik konfliktlarning turlarini raqamlashtirish ularning kelib chiqish sabablari, xususiyatlari va oqibatlarini o'rganishda muhim o'rin tutadi. Shu sababli bu borada oliy pedagogik ta'lim muassasalarida quyidagilarni amalga oshirish dolzarb bo'lib turganligini eslatib o'tish lozim:

a) mutaxassislik fanlaridagi pedagogik konfliktlar mavzularini raqamli texnologiya asosida o'qitish;

b) pedagogik konfliktlarni bartaraf etishning kompyuterli texnologiyasini ommalashtirish;

v) bo'lajak o'qituvchilarni pedagogik konfliktlar turlari bilan ishlash bo'yicha raqamli texnologiyadan foydalanish ko'nikmasini tarkib toptirish.

Bunday yondashuv pedagogik konfliktlarni raqamli texnologiya imkoniyatlari asosida o'rganish va bartaraf etish bo'yicha keng imkoniyatlarni beradi.

Shunday qilib umumiy o'rta ta'lim maktablarida pedagogik konfliktlarning ta'limiy, tarbiyaviy va virtual turlari uchraydi. Mazkur pedagogik konfliktlar turlarini vaqtida aniqlab borish, tartibga solish va ularni bartaraf etish asoslarini ishlab chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

REFERENCES

1. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi . // www.ziyonet.uz.

2. Qarang: Jabbrova O.,Umarova Z., Babaxodjayeva L. Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi. -T.: "Malik Print Ko". 2021. Jabbrova O., Umarova Z. Boshlang'ich ta'limda "Tarbiya" fanini o'qitish metodikasi. -T.: "Zebo Print". 2022 va hk.

3. Umarova Z. Boshlang'ich sinflavrda pedagogik konfliktlarni bartaraf etish. -Toshkent, 2021

October 20, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.