Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
KREATIV FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHDA NUKLEIN MAVZUSIGA DOIR MASALALARDAN FOYDALNISH
© S.Z. Jumayev1^
1Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: bugungi kunda dunyoda yuz berayotgan to'rtinchi sanoat tamaddunining dvigateli — harakatga keltiruvchi kuchi kreativ fikrlashdir. talabalarda kreativ fikrlashni shakllantirishda mashqlardan foydalanish muhim o'rin egallaydi.
MAQSAD: molekulyar biologiya fanini o'qitishda mashqlardan foydalanib talabalarning kreativ fikrlashlarini o'rganishdan iborat.
MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda falsafiy, tarixiy, pedagogik, metodik, psixologik va pedagogikaga oid adabiyotlarni o'rganish, suhbat, pedagogik kuzatish, so'rovnoma, diagnostika, pedagogik tajriba-sinovdan foydalanildi. Nazariy qarashlar, tadqiqot usullari va yondashuvlar rasmiy manbalardan olinganligi, pedagogik ta'lim sohasidagi respublika va xorijiy davlat tadqiqotlariga asoslanganligi bilan belgilanadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: mazkur maqolada pedagogika Oliy ta'lim muassalarida Molekulyar biologiya fanini o'rgatishda talabalarning rivojlanishni ta'minlashda mashqdan foydalanish orqali talabalarning o'quv-ijodiy faoliyatini tashkil etishning pedagogik asoslari, hamda metodikasi yoritib berilgan.
XULOSA: fanni o'rganish maqsadida professor o'qituvchi tomonidan Molekulyar biologiyani o'rganish uchun berilgan masalalarni bajarish orqali talaba yangi ma'lumotlarni o'rganish maqsadida kreativ fikrlash jarayoni amalga oshiriladi. O'rganish jarayonida ijodiy yondashish asosida masalalardan foydalanish nazariy ma'lumotlarni egallanishini ta'minlaydi, mavzuning mazmuni to'g'ri ifodalash ko'nikmasini shakllantiradi, talabalarning bilim egallashlarida egallangan bilimni nazorat qilishga hamda egallagan bilimlarini tahlil qilishga imkon beradi.
Kalit so'zlar: bilim, malaka, ko'nikma, mashq ishlash, ma'lumot, fikrlash, bilim egallash.
Iqtibos uchun: Jumayev S.Z. Kreativ fikrlashni rivojlantirishda nuklein kislotalar mavzusiga doir masalalardan foydalnish. // Inter education & global study. 2024. №5. B.67-74.
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ВОПРОСОВ ПО ТЕМЕ НУКЛЕИНОВОГО КИСЛОТА В РАЗВИТИИ ТВОРЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ_
© С.З. Жумаев1И_
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Ташкентский государственный педагогический университет имени Низами, Ташкент, Узбекистан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: двигателем — движущей силой четвертой промышленной закуски, происходящей сегодня в мире, является творческое мышление. важное место в формировании творческого мышления у учащихся занимает использование упражнений.
ЦЕЛЬ: изучение творческого мышления учащихся с помощью упражнений в преподавании молекулярной биологии.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании использовано изучение философской, исторической, педагогической, методической, психолого-педагогической литературы, беседа, педагогическое наблюдение, анкетирование, диагностика, педагогический эксперимент-тестирование. Теоретические взгляды, методы исследования и подходы определяются тем, что они заимствованы из официальных источников, основаны на республиканских и зарубежных государственных исследованиях в области педагогического образования.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: в данной статье освещены педагогические основы, а также методика организации учебно-творческой деятельности студентов посредством использования упражнений в обеспечении развития студентов при преподавании молекулярной биологии в педагогических высших учебных заведениях.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: творческий мыслительный процесс осуществляется с целью изучения студентом новой информации путем выполнения задач, поставленных преподавателем для изучения молекулярной биологии с целью изучения науки. Использование задач на основе творческого подхода в процессе обучения обеспечивает усвоение теоретической информации, формирует умение правильно выражать содержание темы, позволяет контролировать приобретенные знания в процессе приобретения знаний учащимися, а также анализировать полученные знания.
Ключевые слова: знания, умения, навыки, упражнение работа, информация, мышление, приобретение знаний.
Для цитирования: Жумаев С.З. Использование вопросов по теме нуклеинового кислота в развитии творческого мышления. // Inter education & global study. 2024. №5. С. 67-74.
THE USE OF QUESTIONS ON THE TOPIC OF NUCLEIC ACIDS IN THE DEVELOPMENT OF CREATIVE THINKING_
© Sirojiddin Z. Jumayev1®
Tashkent State Pedagogical University named after Nizami, Tashkent, Uzbekistan
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Annotation
INTRODUCTION: the engine — driving force of the fourth industrial snack taking place in the world today is creative thinking. an important place in the formation of creative thinking among students is occupied by the use of exercises.
AIM: to study the creative thinking of students through exercises in teaching molecular biology.
MATERIALS AND METHODS: the study uses the study of philosophical, historical, pedagogical, methodological, psychological and pedagogical literature, conversation, pedagogical observation, questionnaires, diagnostics, pedagogical experiment-testing. Theoretical views, research methods and approaches are determined by the fact that they are borrowed from official sources, based on national and foreign government research in the field of teacher education.
DISCUSSION AND RESULTS: this article highlights the pedagogical foundations, as well as the methodology of organizing educational and creative activities of students through the use of exercises to ensure the development of students in teaching molecular biology in pedagogical higher educational institutions.
CONCLUSION: the creative thought process is carried out in order for the student to study new information by completing tasks assigned by the teacher to study molecular biology in order to study science. The use of tasks based on a creative approach in the learning process ensures the assimilation of theoretical information, forms the ability to correctly express the content of the topic, allows you to control the acquired knowledge in the process of acquiring knowledge by students, as well as analyze the acquired knowledge.
Key words: knowledge, skills, skills, exercise, work, information, thinking, knowledge acquisition.
Pedagogika oliy ta'lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan pedagoglar oldida talabalarga tayyor ma'luotlarni o'rgatibgina qolmasdan, balki talabalarning mantiqiy va mustaqil fikr yuritishini, ijodiy izlanish olib borish faoliyatini tashkil etishni, bilim egallashda faollik va ziyraklik ko'nikmalarini shakllantirish yo'llarini o'rgatish masalasi turibdi.
O'rganilayotgan mavzu bo'yicha talabalarning o'quv malakalarini hosil qilish, o'rganiladigan materialini o'zlashtirish, o'zlashtirilgan bilimlarni qayta ishlash, mavzuni qismlarga ajratish, ajratilgan qismlarni ketma ket o'zlashtirish, yangi o'rgangan bilimlari va avval o'zlashtirgan bilimlar bilan taqqoslash, bilimlarini umumlashtirish, takrorlash va ularni amalga tadbiq qilishlarning barchasi mustaqil ta'lim jaryonida o'rganiladi. Shuningdek talabalarda Molekulyar biologiya fani bo'yicha o'quv malakalarini hosil qilish talabalarning mustaqil ta'lim jarayonidagi barcha o'quv-bilish faoliyatlari bilan bog'liq bo'ladi.
For citation: Jumayev S.Z. (2024) 'The use of questions on the topic of nucleic acids in the development of creative thinking', Inter education & global study, (5), pp. 67-74. (In Uzbek).
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Molekulyar I biologiya fanini o'qitishda fanning tarkibidagi ma'lumotlar turlariga ahamiyat berishni talab qiladi. Fanni o'qitishda talabalarning o'quv ijodiy faoliyatlarini tashkil etishda fanning o'ziga xosligini hisobga olishni talab qiladi. Bunda bilish jarayonining bosqichlarini to'g'ri tashkil etish, nazorat qilish va boshqarish o'qituvchi pedagogning vazifasi hisoblanadi. Molekulyar biologiyani o'qitishda asosiy e'tibor predmet haqida ma'lumotga ega bo'lish, molekulyar darajadagi jarayonlarni o'rganishga qaratilgan. Bunday yondashuv Molekulyar biologiya mashg'ulotlarida amaliy-tatbiqiy, tabiiy-ilmiy mazmundagi masalalardan foydalanishni taqazo etadi. Aynan, jarayonlarni o'qitishda ko'nikmalarni shakllantirish uchun biologik masalalardan foydalanib o'qitish ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Molekulyar biologiya fanini o'qitishda masalalarning o'ziga xos xususiyati mavzuga oid tushuncha, jarayonlarning bosqichlarini qay darajada talaba o'zlashtirganini aniqlab berishi bilan birgalikda mavzu bo'yicha kreativ fikrlashga ham o'rgatadi.
Kreativ fikrlash - bu innovatsion (yangi, novator, original, nostandart, noodatiy va hokazo...) va samarali (amaliy, natijaviy, tejamli, optimal va hokazo) yechimlarni topish, yangi bilimlarni egallash, tasavvurni ta'sirchan ifodalashga qaratilgan g'oyalarni ishlab chiqish, baholash va takomillashtirish jarayonida samarali ishtirok etish qobiliyatidir. [1]
Kreativ fikrlash bizga muammolarni hal qilishda noodatiy yechim topishga yordam beradi. Biroq biz uni tanqidiy fikrlash bilan adashtirib yubormasligimiz, aksincha bizga imkonsiz muammolarni hal qilishda bir-birini to'ldirib turuvchi yechimlarni topishda yordam beradigan "aka-ukalar"dek qarashimiz kerak. Talabadan kreativ fikrlashni baholash modeliga ko'ra ilmiy muammolarni yoki ijtimoiy muammolarni hal qilish, o'z g'oyalarini yozma yoki vizual ifodalash talab etiladi.
Kreativ fikrlashni baholashda turli g'oyalarni ishlab chiqish, kreativ g'oyalarni ishlab chiqish hamda g'oyalarni baholash va takomillashtirish kompetentligiga e'tibor qaratiladi.
Agar ibtidoiy odamlarning kreativ fikrlashi bo'lmaganida edi, ikkita chaqmoqtoshni bir-biriga urib olovni, Tomas Edison elektr lampasini, Leonardo da Vinchi parashyutni ixtiro qilmagan bo'lar edi. [2]
Shuni nazarda tutish kerakki, barcha hollarda ham qisqa yozuvni bajarish bilan bir vaqtda masala bajarish shartining tahlili ham amalga oshiriladi. Aslini aytganda, qisqa yozuvning vazifasi shundan iborat. Haqiqatan ham masala shartining qisqa yozuvi talabalar xotirasiga tayanch bo'lib, ma'lumotlarni tushunish va ajratish imkonini beradi, shu bilan birga ularning ratsional yozilishi masala mazmunida nima berilgan va qanday bajarish kerakligini bayoniy tushuntirish imkonini yaratadi.
Talabalar malakasini shakllantirish ularning kreativ fikrlashlarini rivojlantirish imkonini beradi. Talabalar biologik obyektlarda sodir bo'ladigan modda va energiya almashinuvini o'rganishlari orqali energiyaning bordan yo'q bo'lmasligini, bir turdan ikkinchi turdagi energiyaga aylanishi haqidagi tushunchalarga ega bo'lib borishadi.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Oliy ta'lim tizimida bugungi kunda olib borilayitgan qator islohatlarning maqsadi ta'lim olayotgan talabalarning bilim sifatini oshirish, qobiliyatlarini namoyon qilish, iqtidorli talabalarni aniqlash va ularning iqtidorini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratish. [3]
Talabalarning Oliy ta'lim muassasida oladigan nazariy bilim, amaliy ko'nikma va malakalarning umumiy hajmi boshqa fanlarni o'rganish va amaliy faoliyatda, xususan, yangi ma'lumotlarni o'rganish, tadqiqot muammosini tegishli adabiyotlarga bog'lab o'rganish muhim o'rin egallaydi. Har bir o'qituvchining bosh vazifasi - bu nafaqat talabalarga bilim berish, balki unda bilim olishga bo'lgan qiziqishni uyg'otish, mustaqil fikrlashga o'rgatish. [4]
Talabalarning bilim olishiga ijodiy yondashuvi deyilganda egallanishi maqsad qilingan bilimlarni o'rganishga mos metodlarni topa bilishi, o'z ustida ishlash natijasida individual xususiyatlarini anglab yetishi asosida talaba o'zining bilim olishi uchun qulay bo'lgan usulni yaratishi, egallanishi kerak bo'lgan bilimlarni egallanganlik darajasini nazorat nazorat qilish, aniqlangan bilimdagi bo'shliqlarni bartaraf etishda yangi oziga xos usullardan foydalanish faoloyati bilan ifodalanadi. Buning uchun esa talaba bilimini nazorat qilish va fikrlash qobilyatini oshirishda masalalardan foydalanishning ahamiyatini bilishi muhim. Masalalardan foydalanish talabalarning mantiqiy fikrlashini, bilim olishini, bilim sifatini oshirishga xizmat qiladi. [5]
Ijodiy ta'lim talabalarni ijtimoiy tajriba bilan qurollantirishning alohida jihati bo'lib, u talabalar tafakkuriga mo'ljallangan ta'lim. U o'zidan yuqorida turadigan tashkiliy tizimning
- jamiyatning talaba-yoshlarni tarbiyalash sohasidagi ishlar qobig'ida amal qiladi, o'zidan pastki tashkiliy tizimlarni - ma'lumot mazmunini ijodiy o'zlashtirishi talabalarda ijodiy qobiliyatlarni tarbiyalash muammolarini o'z ichiga qamrab oladi. Muammoning tarkibiy qismlarini, eng avvalo, o'zidan yuqorida turadigan tashkiliy tizim tarkibida, so'ngra uning o'zidan quyida turadigan tashkiliy tizimga nisbatan tahlil qilish, umumiylikdan xususiylikka qarab borish, pedagogik hodisalarga tizimli yondashishning asosiy prinsipi hisoblanadi. Aksincha, tizimli yondashish majmuali yondashishni to'ldiradi.
Ijodiy ta'lim - ijtimoiy qimmatga ega yaratuvchanlik faoliyati. Talabalar o'quv-ijodiy faoliyatini rivojlantirishning navbatdagi tarkibiy qismi ma'lumot mazmunini va uning bir qismi - o'quv materiallarini ijodiy o'zlashtirish. Ijodiy o'zlashtirishni noijodiy o'zlashtirishda
- verbal ta'limga qiyoslash mumkin.
Verbal ta'lim zamirida talabalarlarning esda olib qolishi yotadi. U xotiraga mo'ljallangan ta'lim. Ijodiy ta'lim - tafakkurga, binobarin, talabalarlarning mustaqil fikrlashi, ijod qilib o'rganishiga mo'ljallangan faoliyat. O'zlashtirish keng tushuncha bo'lib, u o'z tajribasini o'zgalar tajribasiga qo'shib ko'rsatish demakdir.
Ijodiy o'zlashtirish o'zidan yuqori turadigan tashkiliy tizimning tarkibiy qismi bo'lib, o'zidan keyinda turadigan komponent - ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishning shart-sharoitlar vazifasini o'taydi. Zero, ijodiy o'zlashtirish mohiyatini to'liq tushunmasdan turib, ijodiy qobiliyatlarni o'zlashtirish muammosini anglab bo'lmaydi. Shunday bo'lgach, o'qish
Berilgan: L - 107,1 nm l - 0,34 nm
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
faoliyatining sub'ekti sifatida qarash talabalar ijodkorligiga oid qator prinsiplarni ajratish imkonini berdi.[6]
Masala. DNK molekulasidagi ma'lum bir fragmentning uzunligi 107,1 nm, nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm. DNK ning ushbu fragmentida 780 ta H2 bog' mavjud bo'lsa undagi guaninli va sitozinli nukleoitidlar qancha? Yechim.
Ushbu masalani yechish uchun quyidagicha bosqichlarni amalga oshirish zarur. Birinchi bosqich: bizga ma'lum ma'lumotlarni aniqlab olish.
Bular, ushbu fragment uzunligi 107,1 nm ga, qo'shni nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm ga teng ekanligi. Hamda DNK ning ushbu fragmentida 780 ta H2 bog' mavjudligi. Ikkinchi bosqich:
Yuqoridagi masalani matematik modelga asoslangan holda yechishni taklif etamiz. Yechilishi:
1) DNK ning bitta zanjiridagi nukleotidlar sonini topamiz. L
N = у yoki N = L:l 107,1 nm
N =-= 315 ta yoki N = L: l = 107,1: 0,34 nm = 315
0,34 nm 3
2) Vodorod bog'lari soniga asoslanib Azot asosli nukleotidlar nisbatini topamiz.
Bizga ma'lumki A va T o'rtasida 2 ta H2 bog'i, G va S o'rtasida 3 ta H2 bog'i bor. Masalani matematik modelga asoslangan holda, ya'ni, A va T larni x deb, G va S larni y deb olamiz. U holda A va T lar orasidagi H2 bog'lari sonini 2x deb, G va S lar orasidagi H2 bog'lari sonini esa 3y deb belgilaymiz. Chunki A va T o'rtasida 2 ta, G va S o'rtasida 3 ta H2 bog'i bor.
Nukleotidlar soni 315 ta bo'lganligi uchun x+y=315 tenglamani tuzamiz.
DNK ning fragmentida bog'lar soni 780 ta bo'lganligi uchun 2x+3y=780 tenglamani
tuzamiz.
Bu ikki tenglamadan quyidagi tenglamalar sistemasini hosil qilamiz. x + y = 315 2x + 3y = 780 Endi bu tenglamalar sistemasini yechamiz.
Buning uchun x+y=315 tenglamani har bir hadini -2 ga ko'paytirib, 2x+3y=780 tenglamaga hadma-had qo'shamiz
N - ? G - ? S -?
x + y = 315| x (-2) 2x + 3y = 780
bundan
-2x - 2y = -630 2x + 3y = 780
hosil qilamiz
2x-2y=-630 2x+3y=780
■ ko'rinishni hosil qilamiz.
So'ngra bu tenglamalarni hadma-had qo'shib,
a a -2x+2x-2y+3y=150
-2x+2x-2y+3y=150 tenglamani chap qismini ixchamlab, y=150 tenglikni hosil qilamiz. Demak, DNK ning bir zanjirida G va S lar 150 ta ekan. Javob: DNK ning qo'sh zanjiridagi guaninli va sitozinli nukleoitidlarni topish uchun 150 ni 2 ga ko'paytiramiz.
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 5
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Javob: 300 ta
Eslatma: N=L/l formulada, N-nukleotidlar soni, L-berilgan fragmentning umumiy uzunligi, l-qo'shni nukleotidlar orasidagi masofa.
Mazkur masalani ishlash davomida DNK molekulasining tuzilishi, DNK molekulasining uzunligini aniqlashni, nukleotidlar orasidagi masofani, DNK molekulasidagi H2 bog'larning mavjudligini, guanin va sitozin nukleoitidlarining joylashishini bilishi aniqlanadi. Talaba talab etilgan ma'lumotlarning birini bilmasligi masalaning yechimini topilmasligiga sabab bo'ladi. Natijada talaba kamchilikni aniqlab, mustaqil qayta o'zlashtirishi ta'minlanadi.
Mavzu asosida tayyorlangan masalalar mavzularni uzviyligi va izchilligini ta'minlagan holda integratsiyalashgan masalalardan tashkil topgan bo'lishi ham mumkin. Bunday masalalarning asosiy afzalligi shundayki, unda talabalarda bilimlar tizimini tashkil etish, fanlararo bog'liqlikni tasavvur etishga yordam berish mumkin. Masalalar har bir talabalar o'quv-ijodiy faolligini taqozo etadi, shu sababli mashg'ulotga guruhni ham tayyorlamoq zarur. Bunda dars mavzusi bo'yicha adabiyotlar berish, amaliy tajribani umumlashtirishni maslahat qilish, konkret hodisalarga diqqatni qaratishga, yagona harakat va talablarni ishlab chiqishga ko'maklashadi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi: darslik/ Z.K Ismailova, P.M Maxsudov., O.K Ergashev, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. - O'.: «Yangiyo'l poligraf servis », Toshkent - 2020. - 262 b.
2. Ilmiy tadqiqot asoslari: o'quv qo'llanma /A.Radjabov; O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. - O'.: «Tafakkur-Bo'stoni», 2012. - 208 b.
3. M.N.Valixonov, S.N.Dolimova, G.B.Umarova, P.Mirhamidova. Biologik kimyo va molekulyar biologiya (2-qism): / O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. - Т.: "NAVRO'Z" nashriyoti 2015, 204-bet.
4. Ergashevich, R. U. (2019). Cognitive tasks in educational-upbringing process on biology. International scientific review, (LVII), 60-61.
5. Rakhmatov, U. E. (2018). DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES OF PUPILS UNDER USING TASKS AND PROBLEMS IN BIOLOGY LESSONS. In XLIII INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE" INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION" (pp. 112-113).
6. Ergashevich, R. U. (2018). A perfection of the professional competence of teachers by using of creative works in biology lessons under solving tasks and exercises. European science review, (3-4), 225-227.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
Jumayev Sirojiddin Zafarovich, o'qituvchi [Жумаев Сирожиддин Зафарович,
преподаватель], [Sirojiddin Z. Jumayev, teacher]; manzil: manzil: O'zbekiston, Toshkent shaxar Chilonzor tumani Bunyodkor ko'chasi 27- uy [адрес: Узбекистан, город Ташкент Чиланзарский район улица Бунедкор дом 27], [address: Uzbekistan, Tashkent city Chilanzar district Bunyodkor street 27]