INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© S.Z. Jumayev1^_
1Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: molekulyar biologiya fanini o'qitishning o'ziga xos jihati talabalarning biologik obektlarni tanishi, ularda boradigan jarayonlarni tushuntirishi va izohlash qobilyatini shakllantishdan iborat bo'ladi. Molekulyar biologiya fanini o'qitishda talabalarda kreativ fikrlashni shakllantirish biologik obektlarni o'rganishga yangicha yondashuvni vujudga keltirishiga, individual o'rganish usullarini amalda qo'llashiga sabab bo'ladi. Ushbu maqolada talabalarning kreativ fikrlashga o'rgatishda masalalardan foydalanishning metodik xususiyatlari bayon etilgan.
MAQSAD: molekulyar biologiya fanini o'qitishda masalalardan kreativ fikrlashni rivojlantirishda foydalanish usullsrini tadqiq qilishdan iborat.
MATERIALLAR VA METODLAR: Muammoni tahlil qilish, tegishli empirik faktlarni o'rganish, sotsiologik kuzatish natijalari, shuningdek me'yoriy hujjatlarni tahliliy ko'rib chiqish asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, o'rganish davomida pedagogikaning umume'tirof etilgan qonuniyatlari, prinsiplariga asoslanganligi bilan ta'minlangan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: sodda va murakkab masalalar talabalarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, jarayonlarni rejalashtirishni o'rgatishda foydali vositasi bo'lib, odatda, o'z ichiga "yashirin informatsiyani" oladi. Bu informatsiyani qidirish, masala yechuvchidan analiz va sintezga mustaqil murojaat qilish, faktlarni taqqoslash, umumlashtirish va hokazolarni talab qiladi. Bilishning bu usullaridan foydalanish talabalarga kreativ fikrlashga o'rgatishning muhim yondashuvlardan biri hisoblanadi.
XULOSA: talabalarga Molekulyar biologiyani o'rgatishda masalalardan foydalanish, egallagan bilimlarini mustaxkamlashda, takrorlashda hamda olgan bilimlarini baholashda, kreativ fikrlashni rivojlantirishda masala va mashqlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega bo'ladi.
Kalit so'zlar: o'qitish, tushuntirish, izohlash, hodisa, jarayon, biologic obyekt, kreativ fikrlash, tahlil qilish, idrok, tasavvur, masala, obyekt, biologik tushuncha, masala, hisob-kitob.
Iqtibos uchun: Jumayev S.Z. Molekulyar biologiya fanini o'qitishda masalalardan kreativ fikrlashni rivojlantirishda foydalanish. // Inter education & global study. 2024. №4(1). B.123-130.
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №4 (1)
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ВОПРОСОВ В ПРЕПОДАВАНИИ МОЛЕКУЛЯРНОЙ БИОЛОГИИ ДЛЯ РАЗВИТИЯ ТВОРЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ
© С.З. Жумаев1И_
1Ташкентский государственный педагогический университет имени Низами, Ташкент, Узбекистан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: специфический аспект преподавания молекулярной биологии будет заключаться в формировании у учащихся способности распознавать биологические объекты, объяснять происходящие в них процессы и интерпретировать их. При преподавании молекулярной биологии формирование творческого мышления у студентов приводит к появлению нового подхода к изучению биологических объектов, практическому применению индивидуальных методов обучения. В данной статье описаны методические особенности использования вопросов при обучении студентов творческому мышлению.
ЦЕЛЬ: изучение методов использования проблем в развитии творческого мышления при преподавании молекулярной биологии.
Материалы и методы: анализ проблемы проводится на основе изучения соответствующих эмпирических фактов, результатов социологических наблюдений, а также аналитического рассмотрения нормативных актов. Это также обеспечивается тем фактом, что в ходе исследования опираются на общепринятые законы, принципы педагогики.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: простые и сложные вопросы являются полезными инструментами для развития навыков мышления учащихся, обучения планированию процессов и обычно включают в себя "скрытую информацию". Это требует поиска информации, самостоятельного обращения от решателя задач к анализу и синтезу, сопоставлению фактов, обобщению и т.д. Использование этих методов познания является одним из важных подходов к обучению студентов творческому мышлению.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: использование проблем в обучении студентов молекулярной биологии будет иметь важное значение для закрепления приобретенных знаний, повторения и оценки полученных знаний, а также для развития творческого мышления.
Ключевые слова: обучение, объяснение, интерпретация, явление, процесс, биологический объект, творческое мышление, анализ, восприятие, воображение, материя, биологическая концепция, вещество, расчет.
Для цитирования: Жумаев С.З. Использование вопросов в преподавании молекулярной биологии для развития творческого мышления. // Inter education & global study. 2024. №4(1). С 123-130.
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 4 (1)
CC
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №4 (1)
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
USING QUESTIONS IN TEACHING MOLECULAR BIOLOGY TO DEVELOP
CREATIVE THINKING_
© Sirojiddin Z. Jumayev1H
Tashkent State Pedagogical University named after Nizami, Tashkent, Uzbekistan
Annotation
INTRODUCTION: a specific aspect of teaching molecular biology will be the formation of students' ability to recognize biological objects, explain the processes occurring in them and interpret them. When teaching molecular biology, the formation of creative thinking among students leads to the emergence of a new approach to the study of biological objects, the practical application of individual teaching methods. This article describes the methodological features of using questions in teaching students creative thinking.
AIM: to study methods of using problems in the development of creative thinking in teaching molecular biology.
MATERIALS AND METHODS: the analysis of the problem is based on the study of relevant empirical facts, the results of sociological observations, as well as an analytical review of normative acts. This is also ensured by the fact that the research is based on generally accepted laws and principles of pedagogy.
DISCUSSION AND RESULTS: Simple and complex questions are useful tools for developing students' thinking skills, learning process planning, and usually include "hidden information". This requires searching for information, independent reference from the problem solver to analysis and synthesis, comparison of facts, generalization, etc. The use of these cognitive methods is one of the important approaches to teaching students creative thinking.
CONCLUSION: The use of problems in teaching students of molecular biology will be important for consolidating acquired knowledge, repeating and evaluating acquired knowledge, as well as for developing creative thinking.
Key words: teaching, explanation, annotation, phenomenon, process, biological object, creative thinking, analysis, perception, imagination, matter, object, biological concept, matter, calculus.
For citation: Sirojiddin Z. Jumayev. (2024) 'Using questions in teaching molecular biology to develop creative thinking', Inter education & global study, (4(1)), pp. 123130. (In Uzbek).
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-sonli "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini tashkil etish bilan bog'liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorida O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 4 (1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida - oliy ta'lim bilan qamrov darajasini oshirish, xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlar tayyorlash, ularning intellektual qobiliyatlarini namoyon etishi va ma'naviy barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun zarur shart-sharoit yaratish belgilangan.
Ma'lumki, pedagogika oliy ta'lim muasasalarining Biologiya ta'lim yo'nalihi talabalarga molekulyar biologiya fanini o'rgatish jarayonida o'quv bilish faoliyatini to'g'ri tashkil qilish ta'lim sifatining oshishiga, talabalarda kreativ fikrlashni rivojlantirishga sabab bo'ladi. O'quv bilish faoliyatiga masalalardan foydalanishni joriy qilish bilim berish jarayonida o'qitish vositalarini, o'qitish metodlarini uygunlashtirishga, integratsiyaga sabab bo'ladi.
Molekulyar biologiya fanini o'qitish jarayoniga masalalar yechishning qo'llaniliashi talabalarda aniq fikrlarini ajrata olish, xulosalar yasash, ma'lumotlar, ilmiy faktlarni aniqlash, ma'lumotlarni mos keltirish va qarama-qarshi qo'yish imkoniyatlariga ega bo'ladi. Masala yechish bo'yicha A.Ya.Xinchin quyidagi fikrlarni bayon etgan. Masala yechishda talabalar to'g'ri fikrlashni, eng muximi talabalar to'liq argumentlarni egallashga o'rganadilar. Masala yechishda fikrlar aniq ma'lumotlarga yo'naltirilgan, noqununiy umumlashtirishlarga yo'l qo'yilmagan xolda, masalada berilgan faktlarni to'liq qamrab olishni talab etilishi, klassifikatsiyalashga to'liq e'tibor berish talab etiladi. Biologik masalalarni yechish davomida talabalarda o'ziga xos fikrlash qobiliyati: ana'naviy fikrlash sxemasidan farq qiladigan fikrlar bayoni, fikrlarni sharxlash, belgilar aniqligi, fikrlash davomida fikrlarni aniq bo'laklarga bo'lib fikrlash shakllanadi.
Masala - muayyan bilim va tafakkur asosida yechimi topilishi shart bo'lgan muammo bo'lib, ta'lim oluvchilarga muayyan fanlardan ko'nikma va malakalarni hosil qilish hamda egallangan bilimlarni tekshirishda qo'llaniladi. Masala ishlash talabalarni kreativ fikrlashga, mavjud muammoga individual yangicha yondashuv asosida yo'naltiradi.
Kreativlik inglizcha "create"dan olingan bo'lib, yaratish ma'nosini bildiradi. Kreativlik deganda insonning yangilik yaratish, muammolarni yechishga qaratilgan ijodiy qobiliyati tushuniladi. Uning tag zamirida originallik, amaliylik, noodatiylik va erkinlik yotadi. Shuningdek, kreativ fikrlash muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash, bir nuqtaga turli rakursdan yondashishni anglatadi. Kreativlik asosida biologiya o'qitishda shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson tafakkuri, ma'naviyatining ajralmas qismiga aylanib, u shaxs ega bo'lgan bilimlarning ko'pqirrali ekanligida emas, balki yangi g'oyalarga intilish, o'rnatilgan stereotiplarni isloh qilish va o'zgartirishda, hayotiy muammolarni yechish jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo'ladi. Ya'ni, berilgan o'zlashtirilgan bilimlarni takrorlash orqali kreativlikka erishib bo'lmaydi, ijodiy fikrlash jarayonida yangi fikr, yangi g'oyaning paydo bo'lishi asosiy shartdir. Masalan, biologik obyekt haqida ma'lumotlarni yodlab, biologik obyekt haqida ma'lumotlarni "suv qilib ichib yuborgan" bo'lsangiz ham, nomalum vaziyatlarda qo'llay olmasangiz, barchasi bekor. Shuning uchun kreativ fikrlash jarayonida tasavvur muhim rol
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
o'ynaydi. Albert Eynshteyn "Tasavvur — bilimdan muhim" deganida aynan mana shu jihatni nazarda tutgan.
O'quv faoliyatida tanqidiy fikr yuritish ijodiy fikr yuritishga asoslanadi. Tanqidiy fikrlash orqali shaxs o'rganayotgan biologik jarayonga munosabati natijasida fikrlash jarayoni vujudga keltiriladi: o'rganishning asosini mantiqiy ketma ketlikda bajarilishini talab qiladigan o'quv topshiriqlariga yechim topish orqali bajariladigan mustaqil faoliyatni tashkil etish; topshiriqlarni bajarish talabalarning yangi bilimlarni egallashini ta'minlab, o'quv faoliyatida tanqidiy fikr yuritish ijodiy fikr yuritishga asos bo'ladi. Fikrlashning ikki turi bir-biri bilan bo'g'liqlikni keltirib chiqaradi va to'ldiradi.
Tanqidiy fikrlash orqali shaxs o'rganayotgan biologik jarayonga munosabati natijasida fikrlash jarayoni vujudga keltiriladi, jarayon quyidagicha : ma'lumotlarni tahlil qilish jarayoni (obyektlarni tahlil qilish, kerakli dalillarni tanlash, faktlar va hodisalarni taqqoslash); talabalarning tahliliy fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish uchun avval o'rganilgan obyektlari bilan o'rganilayotgan obyekt yoki jarayon o'rtasidagi bog'liqliklarni aniqlashga qaratilgan topshiriqlarni talabalarga berishi kerak; bog'lanishnili fikrlash jarayoni. Talaba tomonidan o'rganilgan bilimlarni, dalillar bilan bog'lanishini aniqlash, obyektni tanib olish va jarayonlarning yangi xususiyatini topib o'rganish; bog'lanishli fikrlash jarayonida talab oldindan o'zlashtirgan bilimlarini, ko'nikmalarini va malakalarini kutilmagan, tasodifiy vaziyatlarda qo'llay olishi yangi bilimlarni hamda ko'nimalarni o'rganadi.
Mustaqil fikrlash jarayonida talaba muammoli vaziyatni tahlil qiladi, farazlarini asoslaydi, egallagan bilim, ko'nikma va malakalarni yangi tasodifiy vaziyatlarda qo'llash jarayonida, yangi bilimlarni o'zlashtiradi, fikrini faktlar bilan isbotlashga o'rgatadi.
Talabalarning mustaqil ishlarini tashkillashtirish uchun biologik tushunchalarni, biologik jarayonlarni o'rganish yuzasidan topshiriqlar ishlab chiqish;
• Talabalarning qiziqish darajalarini hisobga olib, ularning mustaqil ta'limi tashkil etishda qo'shimcha ma'lumot manbalaridan o'quv adabiyotlari, multimedia vositalaridan foydalanish.
Talabalarning jarayonlarni o'rganishlarda o'quv ijodiy faoliyatini tashkil etishda mantiqiy amallardan tashkil topgan topshiriqlardan foydalanish .
•talabalarning bilim olishida bilish faoliyatining subyektiga aylantirilib, fikrlash jarayonida ularni bilimga ega bo'lishga yo'naltirish.
•talabalarning bilish faoliyatini emperik bilish va nazariy bilishni yaxlitligini taminlashda o'qitishning deduktiv tarzda o'rganish jarayonida ustuvorligini ta'minlash.
o'rganishning asosini mantiqiy ketma ketlikda bajarilishini talab qiladigan o'quv topshiriqlariga yechim topish orqali bajariladigan mustaqil faoliyatni tashkil etish.
• talabalar topshiriqlarni bajargandan keyin yangi bilim va ko'nikmalarni egallaydi.
Molekulyar biologiya fanini o'qitishda masala va mashqlardan foydalanish hisob-
kitob qilishni taqozo qiladi. Bu esa talabalardan aniq miqdorlarni, raqamlar asosida bilishga, raqamlar yordamida biologik qonun va jarayonlarni tushunishni osonlashtirishga imkon beradi. Buning uchun Molekulyar biologiya fanining nazariy ma'lumotlarini
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
o'rganishda ilmiy abstraksiya qo'llaniladi. Ilmiy abstraksiyadan foydalanilganda matematik ifodalar yordamida Molekulyar biologiyaga oid jarayonlarning o'zaro bog'liqliklarini tushunish osonlashadi. Talaba mavzuga oid masala va mashqlarni mustaqil bajarishi orqali oldinga qo'ygan mavzuni o'rganish maqsadiga erishadi.
Ilmiy abstraksiyalash - obektni mavhumlashtirish, uning ichki jarayonlarini hisobga olmay moddiy nuqta yoki sodda shaklda o'rganishdir. Bu usulning mohiyati shundaki, tadqiq yetilayotgan obekt ahamiyatsiz tomonlari, qismlaridan ajratib olishdan iboratdir, bu uning mohiyatini ochib beruvchi xossalarini ajratish maqsadida qilinadi. Abstraksiyalash yordamida boshqa hodisa kontekstidan fikran ajratilgan fikrlashning umumlashtirilgan natijalari shakllanadi, bu ular o'zaro bog'liqligini kuzatishga imkon beradi. Abstrakt fikrlash ijodiy yondashishning zaruriy shartlaridandir.[3]
Matematik abstraktlash ilmiy-tadqiqot - formallashtirish usulining asosi hisoblanadi. Formalizatsiyalash - tadqiqot olib borilayotgan (o'rganilayotgan) obektni, jarayonni, voqelikni matematik ifodalar bilan tasvirlash yoki matematik abstraksiyalashdir. Mazkur holda obektning e'tiborli tomonlari (xossasi, belgisi, bog'liqligi) matematik termin va tenglamalarda ifodalanadi, bular bilan keyinchalik ma'lum qoida bo'yicha amallar bajariladi.[3]
Molekulyar biologiyani o'rganishda foydalaniladigan masalalarda formalizatsiya-lashdan foydalaniladi. Bunda o'rganilayotgan obyektdagi mavjud miqdorlar asos qilib olinadi.
Masala. Ma'lum bir oqsil bo'lagida 41 ta peptid bog' mavjud. Shu oqsil haqida axborot saqlovchi DNK dagi 3-, 6-, 7- juft nukleotidlar duplikatsiyaga uchradi. Shundan so'ng hosil bo'lgan oqsildagi aminokislotalar sonini toping. Masalaning yechimi:
1) Oqsilda peptid bog'lar aminokislotalar sonidan har doim 1 taga kam bo'ladi ya'ni 41+1 = 42 ta aminokislota.
2) 1 ta aminokislotani 3 ta nukleotid kodlaydi. 42 x 3 = 126 ta nukleotid (RNK)
3) 126 x 2 = 252 ta nukleotid esa DNK molekulasida
4) 252 + 6 (3 jufti duplikatsiya bo'lgan) = 258 ta nukleotid
5) DNK 258 : 2=129 nukletid 1 ta zanjirida, chunki DNK bitta zanjiridan oqsil sintezlanadi.
6) 129 : 3 = 43 ta aminokislota Javob: 43 ta aminokislota
Mazkur masalaning yechimini topish uchun oqsil molekulalari tarkibidagi aminokislotlar orasida peptid bog'lar mavjudligini, DNK da oqsil haqidagi ma'lumotlarning saqlanishini, DNK duplikatsiyasi haqida tushunchani, peptid bog'lar sonini hamda aminokislotalar soni hisoblab topishni bilishni talab qiladi. Masala tarkibidagi mavhum tushuncha talabani masalaning yechimini topishga kreativ yondashuvni joriy etishga, masalaning tushunarli va soddaligi esa talabadagi motivatsiyasining oshishiga olib keladi. Masala tarkibidagi tushunchalarning ayrimlarini bilmaslik, masalaning javobini topa
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
olmaslikka masalaning yechimini topishda kerakli bo'lgan tushunchani qayta o'zlashtirishga, takroran o'rganishga sabab bo'ladi.
Masala. Gen eukariot hujayraning A oqsilini kodlagan. Bu genda beshta ekzondan, (140 juft nukleotiddan iborat) va uchta introndan (720 juft nukleotiddan iborat). Shakllangan i-RNK va shakllanmagan pro-iRNK tarkibidagi nukleotidlar sonini toping.
Masalaning yechimi:
1) Ekzon oqsil sintezi to'g'risidagi axborotni o'zida saqlaydigan qism. Intron-kodlamaydigan uchastkasi.
2) Shakllanmagan pro-i-RNK barcha DNK uchastkasidagi informatsiyani o'zida saqlaydi. Ya'ni 5 ta ekzon va 3 ta intronni, Shakllanmagan pro-i-RNK dagi nukleotidlar soni:
5 x 140 + 3 x 720 = 2860 nukleotiddan iborat.
3) pro-i-RNK ning shakllanish davrida undan intronlar uzilib qoladi shu sababli pro-i-RNK faqat 5 ta ekzondan iborat bo'lib qoladi. Bundan ko'rinib turibdiki, shakllangan pro-i-RNK nukleotidlar soni,
5 x 140 = 700 taga teng.
Javob: Shakllangan i-RNK tarkibidagi nukleotidlar soni - 2860 ta, shakllanmagan pro-iRNK tarkibidagi nukleotidlar soni - 700 ta
Mazkur masala tarkibida Gen eukariot hujayraning oqsilini kodlashi, genlarning ekzon va intronlardan iboratligi, i-RNK va pro-iRNK ning tuzilishi haqidagi tushunchalarni bilish talab qilinadi. Tushunchalardan ayrimlarini bilib ayrimlarini bilmaslik, masalaning javobini topa olmaslikka sabab bo'ladi. Masalaning yechimi va javobini topa olmasa, bu tushunchalarni takroran qayta o'zlashtiradi. Mavzuning mazmuni va beriladigan savollarning tarkibiga ko'ra talabalarning mavzularni o'qib o'rgangan bilimlarini amalda qo'llashga, mavjud bilimlar o'rtasida integratsiya aniqlik kiritishga, o'rganilgan bilimlarni tahlil qilishga, kreativ fikr yuritishga sabab bo'ladi. Masalaning yechimini topish uchun yangicha fikrlash amalga oshiriladi.
Biologik jarayonlarni o'rgatishda masalalarning darajalariga ajratib o'rgatish talabalarga bilim berish jarayonini sifatli tashkil etishga, talabalarni differensiallashgan ta'limga qamrab olishga, talabalarni mustaqil talim olish jarayoni samarali tashkil etishga, mavzuni mustaqil o'rganishlarini tashkil etish va nazorat qilish kabi bir qancha didaktik vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi: darslik/ Z.K Ismailova, P.M Maxsudov., O.K Ergashev, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. - O'.: «Yangiyo'l poligraf servis », Toshkent - 2020. - 262 b.
2. Ilmiy tadqiqot asoslari: o'quv qo'llanma /A.Radjabov; O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. - O'.: «Tafakkur-Bo'stoni», 2012. - 208 b.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
3. M.N.Valixonov, S.N.Dolimova, G.B.Umarova, P.Mirhamidova. Biologik kimyo va molekulyar biologiya (2-qism): / O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. - Т.: "NAVRO'Z" nashriyoti 2015, 204-bet.
4. Biologiyani o'qitishda pedagogik texnologiyalar: oliy o'quv yurtlari talabalari uchun darslik/J.O.Tolipova; mas'ul muharrir A.T.G'ofurov; O'zR oliy va o'rta-maxsus ta'lim vazirligi. — Т.: Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2011. — 160 b.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
Jumayev Sirojiddin Zafarovich, o'qituvchi, [Жумаев Сирожиддин Зафарович
преподаватель], [Sirojiddin Z. Jumayev, teacher]; manzil: O'zbekiston, Toshkent shaxar Chilonzor tumani Bunyodkor ko'chasi 27- uy [адрес: Узбекистан, город Ташкент Чиланзарский район улица Бунедкор дом 27], [address: Uzbekistan, Tashkent city Chilanzar district Bunyodkor street 27]