Научная статья на тему 'KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHDA YEVROPA KENGASHINING KORRUPSIYA UCHUN JINOIY JAVOBGARLIK BO‘YICHA KONVENSIYASINING AHAMIYATI'

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHDA YEVROPA KENGASHINING KORRUPSIYA UCHUN JINOIY JAVOBGARLIK BO‘YICHA KONVENSIYASINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

27
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
GRECO / korrupsiya / Yevropa Kengashi / konvensiya / GMK / GMC / transmilliy jinoyat / xalqaro hamkorlik / uyushgan jinoyatchilik. / ГРЕКО / коррупция / Совет Европы / конвенция / ГМК / ГМС / транснациональная преступность / международное сотрудничество / организованная преступность.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Salimbek Baxtiyor O‘g‘li Rasulov

Ushbu maqolada Yevropa Kengashining Korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik bo‘yicha konvensiyasining global miqyosda korrupsiyaga qarshi kurashdagi o‘rni va ahamiyati chuqur tahlil qilinib, a’zo davlatlarda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlikning umumiy standartlarini belgilash, konvensiya normalarini milliy qonunchilikka muvofiqlashtirish hamda taraflarning konvensiyaga rioya etilishini ta’minlashda monitoring mexanizmi masalalari muhokama qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье подробно анализируется роль и значение Конвенции об уголовной ответственности за коррупцию Совета Европы в борьбе с коррупцией на глобальном уровне, определяя общие стандарты уголовной ответственности за преступления коррупционной направленности в государствах-членах, обсуждаются вопросы гармонизации норм конвенции с национальным законодательством, а также вопросы механизмов контроля за соблюдением сторонами положений конвенции.

Текст научной работы на тему «KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHDA YEVROPA KENGASHINING KORRUPSIYA UCHUN JINOIY JAVOBGARLIK BO‘YICHA KONVENSIYASINING AHAMIYATI»

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHDA YEVROPA KENGASHINING KORRUPSIYA UCHUN JINOIY JAVOBGARLIK BO'YICHA KONVENSIYASINING AHAMIYATI

Salimbek Baxtiyor o'g'li Rasulov

O'zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi "Korrupsiyaga qarshi kurashish" yo'nalishi magistratura tinglovchisi Elekron manzil: [email protected]

ANNOTATSIYA:

Ushbu maqolada Yevropa Kengashining Korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik bo'yicha konvensiyasining global miqyosda korrupsiyaga qarshi kurashdagi o'rni va ahamiyati chuqur tahlil qilinib, a'zo davlatlarda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlikning umumiy standartlarini belgilash, konvensiya normalarini milliy qonunchilikka muvofiqlashtirish hamda taraflarning konvensiyaga rioya etilishini ta'minlashda monitoring mexanizmi masalalari muhokama qilingan.

Kalit so'zlar: GRECO, korrupsiya, Yevropa Kengashi, konvensiya, GMK, GMC, transmilliy jinoyat, xalqaro hamkorlik, uyushgan jinoyatchilik.

АННОТАЦИЯ

В данной статье подробно анализируется роль и значение Конвенции об уголовной ответственности за коррупцию Совета Европы в борьбе с коррупцией на глобальном уровне, определяя общие стандарты уголовной ответственности за преступления коррупционной направленности в государствах-членах, обсуждаются вопросы гармонизации норм конвенции с национальным законодательством, а также вопросы механизмов контроля за соблюдением сторонами положений конвенции.

Ключевые слова: ГРЕКО, коррупция, Совет Европы, конвенция, ГМК, ГМС, транснациональная преступность, международное сотрудничество, организованная преступность.

ABSTRACT:

In this article, the role and importance of the Criminal Law Convention on Corruption of the Council of Europe in the fight against corruption at the global level is analyzed in depth, detarmining the general standards of criminal responsibility for corruption-related offenses in the member states, harmonizing the norms of the convention with the national legislation, and issues of monitoring mechanisms to ensure compliance of the parties with the convention are discussed.

516

April 24, 2024

Keywords: GRECO, corruption, Council of Europe, convention, GMK, GMC, transnational crime, international cooperation, organized crime.

Bugungi kunda korrupsiya muammosiga dunyoning har bir davlatida u yoki bu ko'rinishda duch kelish mumkin. So'nggi yillarda korrupsiya o'zining ichki hodisa ekanligi xususiyatini yo'qotib, globallashuv jarayonlari orqali xalqaro miqyosda transmilliy jinoyat sifatida keng muhokama qilinayotgan mavzulardan biriga aylandi. Chunki transmilliy uyushgan jinoyatchilikning rivojlanishi, mahalliy va xalqaro mansabdor shaxslarga pora berish, uyushgan jinoyatchilikning kirib kelishi faqat davlatlarning ichki emas, balki ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning xalqaro mexanizmiga ham o'zining ta'sirini ko'rsatdi.

Korrupsiya olib keladigan zarar barcha davlatlar uchun teng sanalib, mazkur jinoyat har bir mamlakatning turli sohalariga, jumladan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga hamda uning xalqaro maydondagi imiji va investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy ta'sir ko'rsatmasdan qolmaydi.

Korrupsiyaga qarshi kurashishda turli mamlakatlar milliy qonunchiligining umumiy yondashuvlarini birlashtirishda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida qabul qilingan xalqaro hujjatlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Yevropa Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan keng qamrovli xalqaro huquqiy hujjatlaridan biri bo'lgan "Korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik bo'yicha konvensiyasi" korrupsiyaga qarshi kurashda hal qiluvchi vazifalardan birini bajaradi. Misol uchun, 2007-yil fevral holatiga ko'ra, konvensiyani 48 ta davlat imzolagan va 37 ta davlatda kuchga kirgan [3].

Mazkur konvensiyaning 24-moddasiga ko'ra, Yevropa Kengashining Korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik bo'yicha konvensiyasining taraflar tomonidan bajarilishini Korrupsiyaga qarshi davlatlar guruhi ( GRECO) nazorat qiladi [1].

Avvalo, GRECO ning tashkil etilishiga qanday omillar turtki bo'lgan? Yevropa Kengashiga a'zo davlatlar o'rtasidagi kuchli siyosiy iroda tashkilotning korrupsiyaga qarshi faoliyatini o'n yildan ortiq vaqt davomida shakllantirib, standartlarni o'rnatish bo'yicha keng qamrovli vositalar to'plamining qabul qilinishiga va samarali monitoring organining tashkil etilishiga olib kelgan.

Yevropa Kengashi Vazirlar Qo'mitasi iqtisodiy jinoyatlarga (shu jumladan, korrupsiyaga) qarshi choralar ko'rishni tavsiya qilgan 1981-yildan beri bu ishning rivojlanishida bir qancha muhim bosqichlar amalga oshirilgan.

1994-yilda Yevropa Kengashiga a'zo davlatlar adliya vazirlari mazkur illat demokratik institutlar barqarorligiga jiddiy tahdid solishi mumkinligini anglagan holda (19-konferensiya, Valetta) korrupsiyaga Yevropa darajasida e'tibor qaratish zarurligi to'g'risida kelishib oldilar. Natijada demokratiya, qonun ustuvorligi va inson huquqlarini

April 24, 2024

517

himoya qiluvchi Yevropaning nufuzli instituti sifatida Yevropa Kengashi tahdidga javob berishga chaqirildi [2].

Vazirlar korrupsiyaga qarshi samarali kurashga keng yondashish zarurligiga ishonch hosil qilib, ulardagi majburiyatlarni amalga oshirish uchun navbatdagi mexanizmni ishlab chiqish kerakligiga ishora qilib, korrupsiyaga qarshi kompleks chora-tadbirlar dasturini tayyorlash va bu sohada huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish imkoniyatlarini o'rganish uchun Korrupsiya bo'yicha ko'p tarmoqli guruh (GMK) tuzishni tavsiya qildilar. Jinoyatchilik Muommolari bo'yicha Yevropa qo'mitasi (CDPC) va Yevropa huquqiy hamkorlik qo'mitasi (CDCJ) mas'uliyati ostida 1994-yil sentyabr oyida Korrupsiya bo'yicha ko'p tarmoqli guruh (GMC) tashkil etilishi bilan korrupsiyaga qarshi kurash Yevropa Kengashining ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida mustahkam o'rnatildi [2].

Keyingi bosqich sifatida 1996-yil noyabr oyida Vazirlar qo'mitasi tomonidan GMC tomonidan tayyorlangan Korrupsiyaga qarshi harakat dasturi qabul qilindi va uni amalga oshirish muddati 2000-yil 31-dekabr etib belgilandi. Vazirlar qo'mitasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha bir yoki bir nechta xalqaro konvensiyalarning ishlab chiqilishini va ularda mavjud bo'lgan tashabbuslarni amalga oshirishning keyingi mexanizmini ishlab chiqishni zarur deb hisoblashdi.

1997-yil iyun oyida Yevropa Kengashiga a'zo davlatlar Adliya vazirlari (21 -konferensiya, Praga) zamonaviy jinoyatchilikning yangi tendensiyalari, xususan, ayrim jinoiy faoliyatning uyushgan, murakkab va transmilliy xarakteridan kelib chiqib, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo'yicha munosib mexanizmni ishlab chiqshga kirishildi.

Bundan tashqari, ular Vazirlar qo'mitasiga Yevropa Kengashiga a'zo davlatlar va a'zo bo'lmagan davlatlar uchun teng asosda ochiq bo'lgan samarali kuzatuv mexanizmini ishlab chiqishni ham tavsiya qildilar.

Nihoyat, 1998-yil mart oyida GMC CDCJ va CDPC fikrlarini inobatga olib, "Korrupsiyaga qarshi davlatlar guruhi - GRECO" ni tashkil etish to'g'risidagi Bitim loyihasini ma'qulladi. 1998-yil may oyida Vazirlar qo'mitasi (102-sessiya, Strasburg) kengaytirilgan qisman kelishuv shaklida "Korrupsiyaga qarshi davlatlar guruhi -GRECO" ni tashkil etishga ruxsat berdi va 1999-yil 1-mayda GRECO 17 ta

ta'sischi davlatlar tomonidan tashkil etildi. Darhaqiqat, tashkilotning asosiy maqsadi o'zaro baholash va davlatlarning dinamik jarayoni orqali Yevropa Kengashining korrupsiyaga qarshi standartlariga muvofiqligini nazorat qilish yo'li bilan o'z a'zolarining korrupsiyaga qarshi kurashish imkoniyatlarini oshirishdan iborat sanaladi

[3].

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, kengaytirilgan kelishuv sanaladigan GRECOga a'zolik faqat Yevropa Kengashiga a'zo davlatlar bilangina cheklanmaydi. Kengaytirilgan qisman kelishuvlarda ishtirok etgan har qanday davlat Yevropa Kengashi

April 24, 2024

518

Bosh kotibiga xabar berish orqali tashkilotga qo'shilishi mumkin. Bundan tashqari, Korrupsiya uchun Jinoiy yoki Fuqarolik-huquqiy javobgarlik bo'yicha konvensiyalarning ishtirokchisi bo'lgan har qanday davlat to'g'ridan to'g'ri GRECO va uni baholash tartib-qoidalariga qo'shila oladi. Shu sababli GRECO Yevropa Kengashiga a'zo va a'zo bo'lmagan davlatlar uchun ochiqdir [3].

Yevropa Kengashining mazkur Konvensiyasi korrupsiyaga qarshi kurashishda GRECOga a'zo va unga a'zo bo'lmagan davlatlar uchun muhim o'rin egallaydi.

Birinchidan, konvensiya korrupsiyaga qarshi kurashning mustahkam huquqiy asosini ta'minlab a'zo davlatlar amal qilishi kutilayotgan umumiy standartlar va tamoyillarni taklif etadi. Konvensiya korrupsiya amaliyotining aniq metodini o'rnatish va muayyan huquqbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlik belgilash orqali korrupsiyaga qarshi milliy va xalqaro qonunchilikni uyg'unlashtirishga yordam beradi.

Ikkinchidan, konvensiya korrupsiyaga qarshi samarali kurashish uchun profilaktika choralariga alohida urg'u beradi. U a'zo davlatlarni davlat xaridlarida shaffoflik, davlat mansabdor shaxslarining mol-mulkini deklaratsiya qilish va korrupsiyaga qarshi mustaqil idoralar tashkil etish kabi choralarni amalga oshirishni nazarda tutadi. Ushbu profilaktik chora-tadbirlar davlat va xususiy sektorda halollik, shaffoflik va hisobdorlikni shakllantirishga yordam beradi.

Uchinchidan, konvensiya a'zo davlatlarni korrupsiyaning turli shakllari, jumladan, poraxo'rlik, mansab vazifasini suiste'mol qilish, korrupsiyaga oid jinoyatlardan olingan pullarni yuvish kabi huquqbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlikka tortish majburiyatini yuklaydi. Shuningdek, unda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni tergov qilish, jinoiy javobgarlikka tortish va hukm qilish, aybdorlarning qilmishlari uchun javobgarlikka tortilishini ta'minlash, shuningdek yuridik shaxslar javobgarligi kabi qoidalar belgilab berilgan.

To'rtinchidan, korrupsiya ko'pincha milliy chegaralardan oshib ketishini e'tirof etgan holda, Konvensiya korrupsiyaga qarshi kurashda xalqaro hamkorlikning muhimligini ta'kidlaydi. Jumladan, unda o'zaro huquqiy yordam ko'rsatish, ekstraditsiya qilish va korrupsiya yo'li bilan qo'lga kiritilgan aktivlarni qaytarishga doir samarali mexanizmlar nazarda tutilgan.

Beshinchidan, konvensiya Korrupsiyaga qarshi davlatlar guruhi (GRECO) tomonidan amalga oshiriladigan monitoring mexanizmini o'rnatadi, u a'zo davlatlar tomonidan uning qoidalarining bajarilishini nazorat qiladi. Bundan tashqari GRECO muntazam ravishda baholash va mamlakatlarda korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarni kuchaytirish, hisobdorlik va shaffoflikni ta'minlashda o'zining tavsiyalarini berib boradi.

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, GRECO monitoring mexanizmi orqali korrupsiyaga qarshi milliy siyosatdagi kamchiliklarni aniqlashga yordam beradi, natijada a'zo davlatlarda bevosita zarur qonunchilik, institutsional va amaliy islohotlarni

519

April 24, 2024

ishlab chiqishni talab qiladi. Shuningdek, GRECO korrupsiyaning oldini olish va aniqlashda ilg'or tajriba almashish uchun platforma ham taqdim etgan.

Bundan tashqari Yevropa Kengashi a'zo davlatlarga Konvensiya qoidalarini samarali amalga oshirishda yordam berish uchun ularga texnik ko'mak beradi va korrupsiyaga qarshi kurashda davlatlarning salohiyatlarini oshirishga qaratilgan harakatlarni rag'batlantiradi. Ushbu huquqiy yordam huquqni muhofaza qilish, sud-huquq sohasidagi hamkorlik va davlat boshqaruvi kabi sohalarda o'quv dasturlari, seminarlar hamda ilg'or tajriba almashishni o'z ichiga oladi.

Darhaqiqat, GRECOning korrupsiyani oldini olish va markaziy hukumatlar (yuqori ijroiya funksiyalari) hamda huquqni muhofaza qilish organlarida halollikni ta'minlashga qaratilgan joriy 5-baholash monitoringgi 2017-yil 20-martda boshlangan. Mazkur Roundda a'zo davlatlar 6 ta ko'rsatkich, ya'ni axloqiy tamoyillar va xulq-atvor qoidalari, manfaatlar to'qnashuvi, muayyan faoliyatni taqiqlash yoki cheklash, aktivlar, daromadlar, majburiyatlar va manfaatlar bo'yicha deklaratsiyasi, manfaatlar to'qnashuvini oldini olish, xabardorlik ko'rsatkichlari bo'yicha baholanadi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Yevropa Kengashining Korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik bo'yicha konvensiyasi mintaqaviy va xalqaro darajada korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish va korrupsiyani oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki konvensiya korrupsiyaga oid jinoyatlardan olingan pullarni yuvish, mahalliy davlat mansabdor shaxslarining aktiv va passiv poraxo'rligi bilan bir qatorda xorijiy ommaviy mansabdor shaxslarning poraxo'rligi, ularga qarshi kurashish usullari, sodir etilgan jinoiy huquqbuzarliklarining og'irligini hisobga olgan holda qo'llaniladigan jazo choralari va sanksiyalar hamda ushbu sohada xalqaro hamkorlik qilishni rag'batlantiradi.

REFERENCES:

1. Criminal Law Convention on Corruption. Strasbourg, 27.I.1999

2. Institutions against Corruption. A Comparative Study of the National Anti-Corruption Strategies reflected by GRECO's First Evaluation Round. Prof. Dr. Dr. h.c. Albin Eser, M.CJ. Dr. Michael Kubiciel

3. https://www.coe.int/en/web/greco

4. Проблемы соответствия международных стандартов уголовной ответственности за преступления коррупционной направленности и национального законодательства. Безрукова Светлана Анатольевна Уральский государственный юридический университет.

520

April 24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.